Asosiy mazmunga o‘tish

O‘ZBEKISTON DUNGANLARI ZAMONAVIY JARAYONLAR FONIDA: OILA, NIKOH VA ETNOMADANIY UZVIYLIK

Ortikov Yosin AbdulbokievichNamangan davlat universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).2025

Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 1Sahifa 204–207

Annotatsiya

Ushbu maqola O‘zbekistonda yashaydigan dungan diasporasining etnomadaniy identikligini saqlash mexanizmlariga bag‘ishlangan. Ayniqsa, oila va nikoh amaliyotining ularning madaniy o‘zligini saqlashdagi roli, endogam va ekzogam nikohlarning hududiy tafovutlari tahlil qilinadi. Toshkent, Andijon kabi mintaqalarda dunganlarning nikoh amaliyotidagi farqlar, shuningdek, gansu va shensilik guruhlarining integratsiya darajasi qiyosiy tahlil qilingan. Maqolada dunganlarning zamonaviy sharoitga qaramay, o‘z an‘analarini saqlab qolishining ijtimoiy-madaniy omillari ko‘rib chiqiladi.

Boshqa tillarda

ruschaДУНГАНЕ УЗБЕКИСТАНА НА ФОНЕ СОВРЕМЕННЫХ ПРОЦЕССОВ: СЕМЬЯ, БРАК И ЭТНОКУЛЬТУРНАЯ ПРИНАДЛЕЖНОСТЬ

Статья посвящена механизмам сохранения этнокультурной идентичности дунганской диаспоры, проживающей в Узбекистане. В частности, анализируется роль семейно-брачной практики в сохранении их культурной идентичности, территориальные различия эндогамных и экзогамных браков. Сравнительно анализируются различия в брачных практиках дунган в таких регионах, как Ташкент и Андижан, а также уровень интеграции групп Ганьсу и Шэньси. В статье рассматриваются социокультурные факторы сохранения дунганами своих традиций в современных условиях.

inglizchaDUNGANIANS OF UZBEKISTAN IN THE BACKGROUND OF MODERN PROCESSES: FAMILY, MARRIAGE AND ETHNOCULTURAL MEMBERSHIP

This article is devoted to the mechanisms of preserving the ethnocultural identity of the Dungan diaspora living in Uzbekistan. In particular, the role of family and marriage practices in preserving their cultural identity, territorial differences in endogamous and exogamous marriages are analyzed. Differences in the marriage practices of the Dungans in regions such as Tashkent and Andijan, as well as the level of integration of the Gansu and Shensi groups, are analyzed comparatively. The article examines the socio-cultural factors of the Dungans‘ preservation of their traditions despite modern conditions.

Kalit so‘zlar

  • Dunganlar
  • etnomadaniy identifikatsiya
  • endogam nikoh
  • eksogam nikoh
  • oila instituti
  • madaniy uzviylik
  • Gansu va Shaanxi dunganlari
  • demografik o‘zgarishlar
  • integratsiya

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

O‘ZBEKISTON DUNGANLARI ZAMONAVIY JARAYONLAR FONIDA: OILA, NIKOH VA ETNOMADANIY UZVIYLIK

ДУНГАНЕ УЗБЕКИСТАНА НА ФОНЕ СОВРЕМЕННЫХ ПРОЦЕССОВ: СЕМЬЯ, БРАК И ЭТНОКУЛЬТУРНАЯ ЦЕЛОСТНОСТЬ

THE DUNGANS OF UZBEKISTAN AGAINST THE BACKDROP OF CONTEMPORARY TRENDS: FAMILY, MARRIAGE, AND ETHNOCULTURAL COHESION

Ortiqov Yosin Abdulboqiyevich Namangan davlat universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti, tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD). e-mail: yosin@namdu.uz Tel: [telefon raqami yashirilgan] https://doi.org/10.5281/zenodo.16920079 Annotasiya. Ushbu maqola O‘zbekistonda yashaydigan dungan diasporasining etnomadaniy identikligini saqlash mexanizmlariga bag‘ishlangan. Ayniqsa, oila va nikoh amaliyotining ularning madaniy o‘zligini saqlashdagi roli, endogam va ekzogam nikohlarning hududiy tafovutlari tahlil qilinadi. Toshkent, Andijon kabi mintaqalarda dunganlarning nikoh amaliyotidagi farqlar, shuningdek, gansu va shensilik guruhlarining integratsiya darajasi qiyosiy tahlil qilingan. Maqolada dunganlarning zamonaviy sharoitga qaramay, o‘z an’analarini saqlab qolishining ijtimoiy-madaniy omillari ko‘rib chiqiladi.

Аннотация. Статья посвящена анализу механизмов сохранения этнокультурной идентичности дунганской диаспоры в Узбекистане, с акцентом на институтах семьи и брака. Исследуются региональные различия в практике эндогамных браков (97% в Ташкентской области, 83% в г. Ташкенте, 52% в Андижане), а также степень интеграции субгрупп дунган (ганьсуйцы vs. шэньсийцы). Особое внимание уделяется историческим связям ганьсуйских дунган с уйгурами, что объясняет их более высокую склонность к межэтническим бракам. На примере современных урбанизационных процессов показаны адаптивные стратегии сохранения традиционной культуры.

Abstract. This article examines the mechanisms of ethnocultural identity preservation among the Dungan diaspora in Uzbekistan, focusing on the role of family and marriage traditions. It analyzes regional differences in endogamous and exogamous marriages (e.g., 97% endogamy in Tashkent Region vs. 52% in Andijan) and compares the integration levels of Gansu and Shaanxi Dungan subgroups. Despite urbanization and migration, Dungans maintain cultural continuity through adaptive strategies, with historical ties to Uyghurs facilitating interethnic marriages among Gansu Dungans. The study highlights how demographic factors, linguistic subgroups, and local interactions shape evolving identity preservation methods.

Kalit so‘zlar. Dunganlar, etnomadaniy identifikatsiya, endogam nikoh, eksogam nikoh, oila instituti, madaniy uzviylik, Gansu va Shaanxi dunganlari, demografik oʻzgarishlar, integratsiya Ключевые слова. Дунгане, этнокультурная идентичность, эндогамный брак, экзогамный брак, институт семьи, культурная преемственность, ганьсуйские и шэньсийские дунгане, демографические изменения, интеграция. Key words. Dungans, ethnocultural identity, endogamous marriage, exogamous marriage, family institution, cultural continuity, Gansu and Shaanxi Dungans, demographic shifts, integration.

Dungan diasporasi O‘zbekistonning ko‘p millatli tarkibida o‘ziga xos madaniy qatlam sifatida ajralib turadi. Har qanday diaspora singari, dunganlar ham zamonaviy ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar, iqtisodiy omillar va madaniy integratsiya bosqichlarida o‘zining etnomadaniy mohiyatini asrash yo‘lida turli mexanizmlarni ishlab chiqqan. Ayniqsa, oila instituti va nikoh amaliyoti etnik identiklikni saqlashda asosiy vositalardan biri sifatida maydonga chiqadi. Ushbu maqolada O‘zbekistonda yashovchi dunganlar turmush tarzida yuz berayotgan zamonaviy o‘zgarishlar fonida etnomadaniy o‘zlikning qanday saqlanayotgani, ayniqsa endogam nikohning hududiy va guruhlararo tafovutlari asosida bu jarayon qanday tus olayotgani tahlil qilinadi. Dunganlar turmush tarzida sodir bo‘laëtgan zamonaviy o‘zgarishlarga qaramay, etnomadaniy o‘zligini ham saqlab kelmoqda. Oila jamiyatda nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy o‘rni, shu bilan birga etnomadaniy an’analarni uzatuvchi vazifani nufuzini o‘sishiga xizmat qiladi. Bu esa milliy urf-odat va an’analarning davomiyligi uchun zamin yaratadi. Chunki, diaspora hayoti davomiyligini ta’minlovchi omillardan biri ularning nufuzidir[1]. O‘zbekiston dunganlari nisbatan anchagina kam sonli bo‘lsada, bugungi kunga qadar o‘z madaniy qadriyatlarini saqlab kelmoqda. Bu haqida xitoylik tarixchi Di Yongjun (邸永君) dungan oilasini ta’riflay turib, “... biz fazoviy vaqt tunnelidan o‘tib, yuz yil orqaga qaytib qolgandek bo‘ldik”[2], deb yozadi. Muallif o‘z tadqiqotlari davomida xitoy madaniyatining faqatgina kitoblarda saqlanib qolgan ko‘rinishini dunganlar hayotida uchrashini ta’kidlagan. Dungan oilasida kelinni faqat ota-ona tanlaydi va buning sababi ularda nikoh asosan endogam nikohga asoslanganidir[3]. Shuning uchun ham ular munosib kelinni kamsonli nomzodlar ichidan birini tanlaydi yoki qo‘shni respublikalardan olib kelinadi. Albatta, endogam nikoh hududiy jihatdan farqlanadi. Tadqiqot davri mobaynida olib borilgan umumiy hisob-kitoblarga ko‘ra hududiy farqlar taqriban quyidagicha: Toshkent viloyati dunganlarida – 97%; Toshkent shahri dunganlarida – 83%; Andijon shahri dunganlarida – 52%. Endogam nikohlarning hududlari kesimida farqlanishi ham o‘ziga xos sabablarga ega bo‘lib, ularni quyidagi tarzda ko‘rib chiqish mumkin: birinchidan – joylashuv hududidagi dunganlarning umumiy soni. Buning ahamiyati shundaki, yashayotgan hududda dunganlar sonining ko‘pligi aynan

munosib kelin topish imkoniyatini oshiradi, etnomadaniy identiklikka chegarani mustahkamroq qo‘yadi, o‘zlikni saqlash birmuncha barqaror bo‘ladi; ikkinchidan – mazkur guruh dunganlarning qaysi guruhiga mansubligi. O‘zbekiston va umuman olganda, Markaziy Osiyo dunganlari til lahjasiga va shunga mutanosib ravishda kelgan hududiga ko‘ra, ikki guruhga bo‘linadi. Bularning birinchisi gansu shevasida gaplashuvchi Gansu provinsiyasidan kelib joylashgan dunganlar. Ularning ekzogam nikohga moyilligi shensilik dunganlarinikiga qaraganda yuqoriroq bo‘lib, buning sababi Toshkent shahri va Andijon shaharlarida yashovchi dunganlarning ko‘pchiligi gansuliklar guruhiga mansubligidir. Bu o‘rinda shunday savol tug‘iladiki, nima uchun gansuliklarda aralash nikohga moyillik yuqori? Ta’kidlash kerakki, gansulik dunganlar azaldan hududiy jihatdan uyg‘urlar bilan qo‘shni bo‘lgan bo‘dib, ular Markaziy Osiyo hududiga ko‘chib kelishidan avval ham uyg‘urlar bilan aralash nikohlar ko‘p bo‘lgan va shu sababli o‘zaro madaniy chegaralar birmuncha zaif bo‘lgan. Shu sababli ham yangi hududga ko‘chib o‘tgandan keyin uyg‘urlar bilan deyarli juda yaqin madaniyatga ega bo‘lgan mahalliy madaniyat ularga begona tuyulmagan, chegarlar qattiq ko‘rinmagan. Ular ko‘chib kelgan vaqtida ham mahalliy aholi bilan bemalol mahalliy turkiy tilda gaplasha olgan. Mahalliy aholi vakillariga o‘zini tanitishda ko‘proq uyg‘urlarning bir tarmog‘i sifatida ko‘rsatgan[4]. Yana shuni ham qo‘shimcha qilish kerakki, gansulik dunganlarning mahalliy aholi bilan aralash joylashishligi ularning tilni o‘rganish oson bo‘lganligi va qisman bilganligi, deb qayd etish mumkin. Bu, birinchidan – dunganlarning aholi orasida tarqoq joylashuviga xizmat qilgan; ikkinchidan – ularning mahalliy millat vakillari bilan aralash nikohlarga kirishishiga sabab bo‘lgan. Aralash nikohlar dastlabki paytlarda dungan qizlarining yetishmasligi sababidan ham ko‘p kuzatilgan. Bu hol ham gansuliik dunganlarda ko‘p kuzatiladi. Qizlarning kamligi sababli ularga to‘lanishi kerak bo‘lgan qalin pullari ham keskin oshib ketagan. Bu esa dunganlarning mahalliy millat vakillarining qizlariga uylanish uchun sabablardan biridir[5]. uchinchidan – etnomadaniy identiklik. Albatta, hududda dunganlarning kam bo‘lishi til va madaniyatning ko‘plab jihatlarini saqlash jarayonini qiyinlashtiradi, bu esa mahalliy madaniyat ta’siriga tushib qolishga sabab bo‘ladi. O‘zga madaniyatning ta’siri esa etnomadaniy identiklikning kuchni qirqadi. Buning natijasi sifatida bo‘lajak kelinning millatiga qo‘yilgan talabning ahamiyati pasayadi. Yuqoridagi tahlillar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda yashovchi dunganlar zamonaviy urbanizatsiya, migratsiya va madaniy almashinuvlarga qaramay, oila va nikoh institutini etnomadaniy o‘zlikni saqlash vositasi sifatida faol qo‘llab kelmoqda. Endogam nikoh darajasining hududlar kesimida farqlanishi, dungan guruhlari o‘rtasidagi lingvistik va tarixiy tafovutlar, shuningdek, ular yashayotgan mahalliy muhitga bo‘lgan integratsiya darajasi bu jarayonga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, ganusulik dunganlarning tarixiy tajribalari va madaniy ochiqligi ularning boshqa etnik guruhlar bilan madaniy va nikoh aloqalarini

nisbatan erkin yuritishlariga sabab bo‘lgan. Bu esa, umumiy nuqtai nazardan, dunganlar etnomadaniy identikligini moslashuvchan shakllarda saqlab qolayotganligini ko‘rsatadi.

FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR. (REFERENCES) 1. Allworth E. Central Asia: 130 Years of Russian Dominance, A Historical Overview. Duke University Press. 1994. – P. 134. 2. 邸永君. 你知道东干人吗? //民 族 之 林. 科百科知识. 2006.9. 第57- 58页. (Di Yongjun. Siz dungan xalqini bilasizmi? // Milliy rang-baranglik. Ilmiy ensiklopediya. 2006. №9. – Б. 57-58). 3. Laruelle M. Central Asian Dungan Communities: Migration, Identity, and Integration. Springer. 2020. – P. 176-177. 4. Dala yozuvlari. Andijon shahri “Yangi turmush” mahallasi. 2019-yil. 5. Abashin S. The Dungan Communities of Uzbekistan: Ethnicity and Adaptation. Journal of Eurasian Studies. 2014. – P. 232.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. Allworth E. Central Asia: 130 Years of Russian Dominance, A Historical Overview. Duke University Press. 1994. – P. 134.10.1215/9780822396246
  2. 邸永君. 你知道东干人吗? //民 族 之 林. 科百科知识. 2006.9. 第57-58页. (Di Yongjun. Siz dungan xalqini bilasizmi? // Milliy rang-baranglik. Ilmiy ensiklopediya. 2006. №9. – Б. 57-58).
  3. Laruelle M. Central Asian Dungan Communities: Migration, Identity, and Integration. Springer. 2020. – P. 176-177.
  4. Dala yozuvlari. Andijon shahri “Yangi turmush” mahallasi. 2019-yil.
  5. Abashin S. The Dungan Communities of Uzbekistan: Ethnicity and Adaptation. Journal of Eurasian Studies. 2014. – P. 232.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011080
Nashr sanasi
2025-08-27
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
Jild
1
Son
1
DOI
10.66073/refocus-conf/45
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
204–207
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-09-08