XALQ O‘YINLARI IJTIMOIYLASHUVNING SAMARALI VOSITASI VA OMILI
Salimjon Valiyevich YuldoshevFarg‘ona davlat universiteti O‘zbekiston tarixi kafedrasi dotsenti, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent2025
Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 1Sahifa 139–146
Annotatsiya
Mazkur maqolada bolalar o‘yinlari tarixi, yoshlarning ijtimoiy hayotining barcha sohalarida bir-birini tushunishga va o‘zaro yaqinlashishga, hamma uchun tushunarli umumiy tili bir-birlarini anglab olishlarida hamda ijtimoiylashuvida tarbiya vositasi, omili ekanligi ochib berilgan. Xalq o‘yinlari xo‘jalik hayoti bilan bog‘liqligi manbalar asosida etnografik aspektda yoritilgan.
Boshqa tillarda
ruschaНАРОДНЫЕ ИГРЫ КАК ЭФФЕКТИВНОЕ СРЕДСТВО И ФАКТОР СОЦИАЛИЗАЦИИ
В статье рассматривается история детских игр, то, как они являются средством воспитания и фактором социализации и понимания молодых людей во всех сферах их общественной жизни, а также то, как они используют общий язык, понятный всем. С этнографической точки зрения на основе источников рассматривается связь народных игр с хозяйственной жизнью.
inglizchaFOLK GAMES AS AN EFFECTIVE MEANS AND FACTOR OF SOCIALIZATION
The article examines the history of children‘s games, how they are a means of education and a factor in the socialization and understanding of young people in all areas of their social life, as well as how they use a common language that is understandable to everyone. From an ethnographic point of view, based on sources, the connection of folk games with economic life is considered.
Kalit so‘zlar
- Etnografiya
- ibtidoiy jamiyat
- urf-odat
- udum
- marosimlar
- kundalik turmush
- milliy-etnografik qiyofa
- hayotiy taassurotlar
- kuzatishlar
- tajriba
- hissiyotlar
- musiqa
- raqs shakllari
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
XALQ OʻYINLARI IJTIMOIYLASHUVNING SAMARALI VOSITASI VA OMILI
FOLK GAMES AS AN EFFECTIVE MEANS AND FACTOR OF SOCIALIZATION
НАРОДНЫЕ ИГРЫ КАК ЭФФЕКТИВНОЕ СРЕДСТВО И ФАКТОР СОЦИАЛИЗАЦИИ
Salimjon Valiyevich Yoʻldoshev Fargʻona davlat universiteti Oʻzbekiston tarixi kafedrasi dotsenti, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent e-mail: salimjonyoldoshev4@gmail.com Tel: [telefon raqami yashirilgan] https://doi.org/10.5281/zenodo.16919391 Annotatsiya. Mazkur maqolada bolalar oʻyinlari tarixi, yoshlarning ijtimoiy hayotining barcha sohalarida bir-birini tushunishga va oʻzaro yaqinlashishga, hamma uchun tushunarli umumiy tili bir-birlarini anglab olishlarida hamda ijtimoiylashuvida tarbiya vositasi, omili ekanligi ochib berilgan. Xalq oʻyinlari xoʻjalik hayoti bilan bogʻliqligi manbalar asosida etnografik aspektda yoritilgan. Аннотация. В статье рассматривается история детских игр, то, как они являются средством воспитания и фактором социализации и понимания молодых людей во всех сферах их общественной жизни, а также то, как они используют общий язык, понятный всем. С этнографической точки зрения на основе источников рассматривается связь народных игр с хозяйственной жизнью. Abstract. The article examines the history of children's games, how they are a means of education and a factor in the socialization and understanding of young people in all areas of their social life, as well as how they use a common language that is understandable to everyone. From an ethnographic point of view, based on sources, the connection of folk games with economic life is considered. Kalit soʻzlar. Etnografiya, ibtidoiy jamiyat, urf-odat, udum, marosimlar, kundalik turmush, milliy-etnografik qiyofa, hayotiy taassurotlar, kuzatishlar, tajriba, hissiyotlar, musiqa, raqs shakllari. Ключевые слова. Этнография, первобытное общество, обычаи, традиции, обряды, быт, национальноэтнографический образ, жизненные впечатления, наблюдения, опыт, эмоции, музыка, танцевальные формы. Key words. Ethnography, primitive society, customs, traditions, rituals, everyday life, nationalethnographic image, life impressions, observations, experience, emotions, music, dance forms.
Xalq oʻyinlari xalq ijodiyotining oʻziga xos janri boʻlib, koʻp asrlik tarixga ega. Ularda jamiyat rivojlanishining u yoki bu bosqichiga xos ijtimoiy voqealar aniq aks etadi.
Fargʻona vodiysi Markaziy Osiyo mintaqasida eng qadimgi tarixiyetnografik va muhim ijtimoiy-iqtisodiy hududlardan hisoblanadi. Ham oʻtroq, ham koʻchmanchi sivilizatsiyaning eng ilgʻor tajribalarini oʻziga singdirib va sintezlab olgan vodiy aholisi oʻziga xos original madaniyatga asos solgan.
Mintaqada oʻzbek, tojik, qirgʻiz millati vakillari yonma-yon yashaganligi, bir-biriga yaqin xoʻjalik turlari bilan shugʻullanganliklari tufayli uzoq asrlar davomida etnomadaniy jarayonlarda uygʻunlik mavjud Ushbu xalqlarning urf-odati va anʼanalarida, kundalik turmush tarzida, udum va marosimlarida umumiylik komponentlari koʻzga yaqqol tashlanadi. Shuningdek, yozma manbalarning qiyosiy tahlili shuni koʻrsatadiki, bu xalqlarda urf-odat va marosimlarning oʻziga xos jihatlarida chegaraviy masofaning ham oʻrni mavjud. Tadqiqotda asrlar davomida tabiiy shart-sharoit va xoʻjalik anʼanalaridan kelib chiqqan, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlarida sayqallanib borgan xalq oʻyinlari haqida mushohada yuritilishi etnotarixiy jarayonlarni chuqurroq idrok etishga imkon beradi.Tarixiy taraqqiyot jarayonida xalq oʻyinlarining tadrijiy rivojlanishini va shu oʻyinlardan tarbiyaviy maqsadlarda foydalanish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqishda xalq oʻyinlarining har bir turiga xos jihatlariga alohida eʼtibor berish kerak. Oʻyinlar xalq tomonidan yaratilgan va kishilarning kundalik hayotidagi voqealar hamda hodisalarni obrazli aks ettirgan. Ularning hayotiy taassurotlarini, kuzatishlarini, tajriba va hissiyotlarini gavdalantirib, oʻzida musiqa, raqs shakllarini ham mujassamlashtirgan.
Ibtidoiy jamiyatda yoshlarni kattalar safiga qoʻshish, deb ataladigan bayramlar, diniy maʼrosimlar keng tarqalgan. Bular oʻziga xos oʻyin, musobaqalardan iborat boʻlib, ularning mazmunini mehnat faoliyati, qabilalarning urf-odatlari, udumlari, xalq ogʻzaki ijodi tashkil qilgan. Mana shunday oʻyin musobaqalarda yigitlar qurollardan foydalana olishlarini, diniy odatlarni, qoʻshiqlarni, qabila rivoyatlarini bilishlarini namoyish etishlari lozim boʻlgan. Marosimlarda raqslar ham ijro qilinib, ularda ibtidoiy odamlar oʻz hayotlaridagi voqealarni, yutuqlari va muvaffaqiyatsizliklarini, shodliklari va qaygʻularini ifodalaganlar.
Ibtidoiy odamlarning yovvoyi hayvonlarni ovlashlari, ularni oʻzlariga boʻysundirishga intilishlari ov oʻyinlarini ijod qilishga va namoyish etishga sabab boʻldi. D.U.Elkonin oʻyin va sanʼatning kelib chiqishini tadqiq qilib, “ibtidoiy kishilar ov, urush voqealarini va boshqa jiddiy faoliyat turlarini oʻyinlarda ifodalaganlar. Ovdagi muvaffaqiyatsizlikni oʻynash ularga yoʻl qoʻyilgan xatolarni hamda muvaffaqiyatsizlikning sabablarini aniqlashda yordam bergan”, degan xulosaga keldi [12: 23].
Tadqiqot tarixshunosligining tahlili shuni koʻrsatadiki, Fargʻona vodiysi aholisining tarixi etnohududiy xususiyatlari ushbu mintaqaga kelgan turli toifadagi kishilarni qiziqtirgan.
XIX – XX asr boshlarida Markaziy Osiyo, jumladan, Fargʻona vodiysiga Rossiya imperiyasi va xorijiy davlatlardan yuzlab geograf-sayyohlar, harbiy xizmatchilar, savdogar va aygʻoqchilar tashrif buyurib, bu hududdagi aholining etnomadaniy va xoʻjalik hayoti bilan bogʻliq jihatlarga qiziqqanlar. Mahalliy xalqning urf-odat, udum, marosimlari, kundalik turmushi haqida xotira, esdaliklarni yozib qoldirganlar yohud, asar va maqolalarida qiziqarli maʼlumotlarni keltirganlar.
Oʻrta Osiyo Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingandan soʻng, rus tadqiqotchilari Fargʻona vodiysini etnosotsial xususiyatlarini oʻrganishga jiddiy eʼtibor qaratib, ilmiy asoslangan maʼlumotlar toʻplashga erishganlar. Tadqiqotlari ularning koʻzlangan asosiy manfaatlariga yoʻnaltirilgan boʻlsa-da, vodiy xalqlari etnografiyasiga oid boy maʼlumotlar olish mumkin. Bu oʻrinda X. Potanin, A. Middendorf, V. V. Velyaminov-Zernov, A. Shishov, A. P. Xoroshkin, V. Firsov, N. F. Sitnyakovskiy, A. I. Bryanov, A. Divayev, A. Kasatkin, A. Ye. Kushakevich, P. Ye. Kuznetsovlar olib borgan ilmiy tekshirishlarni qayd etish mumkin [23: 173- 178; 19: 10-329; 26; 5; 34; 35: 225-226; 30: 218; 31; 25: 28-39; 3: 31; 9; 10; 13; 16; 14: 23-24; 15: 349]. Ularning tadqiqotlarida Fargʻona vodiysi aholisi kundalik turmushi va urf odatlarida xalq oʻyinlari bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirilgan.
Ayniqsa, A. Divayev va A. Firsovlarning maqolalarida Turkistonda bolalar oʻyinlari va yilqichilikka oid anchagina maʼlumotlar keltirilganligi eʼtiborga loyiq. Xalq oʻyinlari, ularning hududiy va umumiy xususiyatlarini oʻrganishga boʻlgan eʼtibor keyingi yillarda ayniqsa yanada kuchayib, tarixiy, etnografik, arxeologik, pedagogik, folklorshunoslik, oʻlkashunoslik hamda etnologik jihatdan ham qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, M. Joʻrayev, T. S. Usmonxoʻjayev, F. Xoʻjayev, R. Yoʻldosheva, Habibulla Gʻofur, F. Nasriddinov, A. Qosimov, M. Daminova, G. Adambekova, E. Gʻ. Gʻoziyev, Sh. Anarmetova, V. Mirzayev, Sh. Galiyev, T. Abduraximov, K. X. Rahimova, Sh. Norqulov, Sh. Sultonov, B. Buzrukov, A. Abdullayev, T. S. Usmonxoʻjayev, Sh. Xonkeldiyev, R. Rasulov, Gʻ. Qurbonov, A. H. Nosirov, P. A. Usmonov, D. B. Alimbekov, A. Mullayev, N. Abdulahatov, S. N. Tursunov, G. Valixonovalar [11; 29; 17; 12; 33: 15; 21; 8; 7; 20; 32; 6; 2; 24; 28; 1; 27; 22; 4] bolalar oʻyinlarining tarixi, ularning turlari, maʼnaviy va milliy qadriyatlarni mustahkamlashdagi hamda tarbiyaviy ahamiyati borasida tadqiqot olib bordilar. Lekin yuqoridagi tadqiqotchilar oʻz ixtisosliklari doirasida tadqiq qilganlar.
Xalqlarning uzoq davrlardan buyon saqlanib kelayotgan oʻyinlari ular hayotining bir boʻlagiga aylangan. Oʻyinlarda xalqning xoxish-istaklari, oʻtmishi, turmush tarzi namoyon boʻladi. Xalq oʻyinlari boshqa urf-odat va anʼanalar singari uzoq tarixga ega. Bu oʻyinlar, musobaqalarning ayrimlari turli taʼsirlar natijasida modernizatsiyalashgan, ayrimlari lokal xususiyatlarini saqlab qolgan. Bu esa xalqning ijtimoiy-psixologik holatidan kelib chiqib, quvnoqlik, xushchaqchaqlik, toʻy va bayramlarga ishtiyoqning kuchliligi, tadbir oʻtkazishga moyillik kabi komponentlarning yetakchiligidan dalolat beradi.
Yer yuzida biror bir oʻyini shakllanmagan xalqni uchratmaysiz. Inson goʻdakligidanoq tashqi olamni anglay boshlaydi. Bu jarayonda oʻyinchoqlar vositasida atrof haqida tasavvurga ega boʻladi. Goʻdaklik, bolalik, oʻsmirlik va oʻspirinlik bosqichlaridagi turli oʻyinlar oʻziga xos tarzda ixtiyoriy faoliyat turlari hisoblanib, obyektiv ravishda tarbiyaviy, axloqiy, ijtimoiy-estetik funksiyani bajaradi [12: 28]. Jumladan, “Xola-xola” oʻyini bolalarni yoshlik chogʻidanoq, mehmon kutish va kuzatish, dasturxon tuzash odobiga oid koʻnikmalar, ijobiy xislatlar shaklanishiga yordam beradi. Bu esa oʻz navbatida qizlarni oilaga tayyorlashda bir bosqich vazifasini oʻtaydi. Shuningdek, u bolaning jamoa ichida oʻzini tutishi, boshqarishiga ijobiy taʼsir qiladi.
Xalqlarimiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida bir-birini tushunishga va oʻzaro yaqinlashishga intilayotgan hozirgi davrda oʻyinlarning hamma uchun tushunarli umumiy tili bolalar ham bir-birlarini anglab olishlarida katta yordam beradi. Ularning boshqa millatlarning oʻyinlarida ishtirok etishlari ularda baynalmilallik his-tuygʻularni, turli millat kishilariga hurmat va muhabbatni, boshqa millatlarning turmushi, madaniyati, anʼanalari, odatlari va hokazolariga doir bilimlarni tarkib toptiradi. Mazkur oʻyinlar oʻzbek xalqi hayotini va madaniyatini boshqa millatlarning hayoti va madaniyati bilan taqqoslashda yordam beradi. Bu esa yoshlarni oʻz xalqining xususiyatlarini, oʻziga xosligini, hissiy jihatlarini chuqurroq bilib olishiga xizmat qiladi. Oʻyin mazmunining rivojlanishi bolaning kattalar hayoti va faoliyatining mohiyatiga chuqurroq kirib borishida, atrofdagi voqealarga munosabati oʻzgarishida, shuningdek, oʻyin mazmuni hamda syujeti ijtimoiy shart-sharoit va jamiyat aʼzolari turmushining tobora toʻgʻri aks ettirishda koʻzga tashlanadi. Shuning uchun bolalarni oʻyin qobiliyatini oʻsishi oʻz-oʻzidan yuzaga kelmaydi, balki kattalarning taʼsiri natijasida atrof-muhit bilan tanishish, sayrlar uyushtirish, shaxslararo munosabatlarning mohiyatini tushunish, kabilarda amalga oshadi.
Yuzaki qaraganda, xalq oʻyinlari boʻsh vaqtni shunchaki koʻngilli oʻtkazishdek koʻrinadi. Lekin uning zamirida jismoniy va maʼnaviy barkamollikni tarbiyalashning samarali usullari jamlangan. Shunday tarbiya usuliga asoslangan Oʻzbek bolalar oʻyinlari talaygina. Masalan, lappak, tosh koʻtarish, kabi arqon, koptok, tosh predmetlar bilan oʻynaladigan qator oʻyinlar mazmuni bolalarni jismoniy va maʼnaviy tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega. Oʻyinlardagi milliy qadriyatlar, insoniy tuygʻular, tabiat va insonga muhabbat, ajdodlar anʼanasiga sadoqat ularning maʼnaviy qudratga ega ekanligini koʻrsatadi. Oʻyinlar oʻz-oʻzidan paydo boʻlavermaydi. Ular xalq ijodining mahsuli boʻlib, insonlarning olamda oʻz mavqe va oʻrnini bilishi, goʻzal hayot barpo eta olishi xalq oʻyinlarining etnografik elementlari koʻrinishida namoyon boʻladi. Oʻyinlar jarayonida bolalardan aql-zakovat, mohirlik, tadbirkorlik, epchillik va chaqqonlik, jasurlik va shijoat, hushyorlik va favqulodda qaʼiy qarorga kela olish kabi sifatlar talab qilinadi. Bunday sifatlar talab etiladigan oʻyinlar sirasiga yashirin topaloq, koʻz boylash, qorovul bola, Zim-ziyo, ushla-ushla, bogʻbon qorovul kabilarni kiritish mumkin. Bu sifatlar esa tarbiyaning jismoniy, axloqiy, estetik, ruhiy komponentlarni oʻyinlar orqali bolalarga singdirish imkoniyati kengligidan dalolat beradi. Oʻyinlar orqali komil insonni tarbiyalashning qulayligi shundaki, bolalarni bu jarayon (oʻyin)ga olib kirishda qiyinchilik tugʻdirmaydi, tarbiyaning majburiy usul va vositalari qoʻllanilmaydi. Bolalarda u yoki bu oʻyinda ishtirok etishda ixtiyoriylik prinsipiga amal qilinadi. Tarbiya berishning sinf, auditoriya kabi anʼanaviy metodlaridan oʻyin maydoniga olib chiqiladi. Oʻyin orqali oʻquvchilarda maʼnaviy va jismoniy sifatlar shakllanadi. Shuningdek, bosqichma-bosqich komil inson tarbiyalanadi.
Tashqi olamga taqlid va ularni hayotga tatbiq qilishga intilayotgan bolani koʻrsangiz, bilingki, u zavqlanyapti, murakkab olamning eng sodda vakili nimagadir talpinayapti [18].
Aslida bolalarni tetapoya qilishlaridagi mohiyat bioasosga tayanadi, yaʼni ulgʻayish, voyaga yetish, oʻsib-unish jarayonida bir millatning yosh avlodi bu yoʻlni oʻziga xos, boshqalardan farqli ravishda bosib oʻtadi. Xalq oʻyinlari odamlarga ham jismonan bardamlik, ham intellektual ozuqa beradi. Jumladan, asosan qizlar oʻynaydigan, hunarmandchilik xoʻjaligi rivojlangan hududlarda eng koʻp tarqalgan rang top, lappak, toʻp tosh, topishmoq (buyumlar bilan bogʻliq topishmoqlar) kabi oʻyinlar bolalar va qizlarda intellektual salohiyatni oshirishga xizmat qiladi. Asosan bolalarning barkamol boʻlib voyaga yetishlari uchun xizmat qiladigan oʻyinlar yosh avlodda, avvalo, millatga boʻlgan hurmatni, ota-bobolardan qolgan boy merosga nisbatan sadoqatni oshiradi.
Bundan tashqari, milliy sport turlari bilan doim hamnafas boʻlgan oʻgʻilqizda jamoa boʻlib ishlash malakasi, halollik, mehnatsevarlik, burch va maʼsuliyatni his qilish, chaqqonlik, shiddat, tezlik, oʻz oʻrnida aql bilan ish tutish, aniqlik kabi xususiyatlar shakllanadi. Bolalarcha begʻubor raqobatga bardosh berishga intilgan oʻgʻil yoki qiz kelajakda hayot qiyinchiliklarini, albatta, yengib oʻtadi. Xalq oʻyinlarida bu kabi olijanob va taraqqiyotga chorlovchi fazilatlarni oʻzida jamlangan oʻyinlar koʻp. Oddiygina berkinmachoq oʻyini bolalarda harbiy sohaga ishtiyoq, sezgirlik va chaqqonlik, harakatlarda uygʻunlik va oʻyinga xos mutanosiblik jihatlarini shakllantiradi. Mazkur oʻyinning, umuman harbiy oʻyinlarning (moʻngʻuz-moʻngʻuz, oq soʻngak, oq terakmi-koʻk terak, botir bola, dasta, danak yashirish, yashirin-topaloq, topil-topil, quloq choʻzma, kurash va hokazo) Vatanning botir va jasur himoyachilari, vatanparvar, yurtparvar, elparvar yurtdoshlarimizni tarbiyalashdagi roli beqiyos. Tarixga nazar solsak, Mustaqillik sharoitida bunday anʼanaviy oʻyinlarning qayta tiklanishi bolalarni yoshlikdan vatan himoyachisi boʻlishdek koʻnikma-malakalarni bosqichma-bosqich shakllantirib bormoqda. Mustaqillik yillarida oʻquvchi yoshlar oʻrtasida “Umid nihollari”, ”Barkamol avlod”, oliy oʻquv yurti talabalari oʻrtasida “Universiada” kabi sport oʻyinlari ommaviylashib, anʼanaviy tus olib bormoqda. Bu sport oʻyinlari rivojlanishi natijasida xalq oʻyinlarining tarkibi, turlari koʻpaydi, ijtimoiy qatlami kengaydi. Shuningdek, ular ommabop tadbirlarga aylandi. Tarixan tarkib topgan oʻyin va musobaqalarning bu tadbirlarga olib kirilishi anʼanaviy hamda zamonaviy xalq oʻyinlarining transformatsiyalashuvi jarayonini kuchaytirdi. Jumladan, toʻp, arqon predmeti bilan bogʻliq oʻyinlar, uzunlikka sakrash, kurash kabilar guruh-jamoa boʻlib oʻynaladigan oʻyinlar sirasiga kirib, bolalarda jamoaviy hisni tarbiyalashga xizmat qiladi.
Har qanday xalq oʻyinlari yakka tartibda oʻynalmaydi. Unda guruh va jamoa ishtirok etadi. Oʻyin jarayonida jamoaviy harakat va muloqot, qoidalari, axloq normalari, oʻzaro yordam koʻnikmalari, umuminsoniy qadriyat tamoyillari, maʼnaviyat va ruhiyatning tarkibiy qismlari shakllanadi. Oʻyinlarda shaxslararo munosabat meʼyorlari, kattalar tajribasini oʻzlashtirish va uni shaxsiy faoliyatda sinab koʻrishning koʻnikmalari vujudga keladi. Xalq oʻyinlari milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirib borish bilan birga milliy oʻzlikni anglash, urf-odat va anʼanalarga sodiq qolish jihatlarini namoyon qilib boraveradi.
Xalq orasida tarqalgan oʻyinlar, asosan, ochiq havoda oʻynaladi. Tabiat qoʻynida, ochiq havoda yilning barcha fasllariga xos oʻyinlar kishini ruhan tetik, hayotga va yashashga intiluvchan boʻlishga xizmat qilibgina qolmay, balki ishtirokchilarning tanasida har qanday kasallikka nisbatan immunitetni shakllantiradi.
Oʻyinlar ham xalq ommasining ijodiy salohiyati natijasida yuzaga kelganligi, asrdan-asrga oʻtib anʼana tarzida yashab kelayotganligi, turli-tuman variantlarda ommalashganligi mohiyatan xalq ijodiyotining mahsuli hisoblanadi. Shuning uchun ham ananaviy xalq oʻyinlarining kelib chiqish tarixi, yosh avlod tarbiyasidagi ijtimoiy-estetik ahamiyatini tadqiq va targʻib etish-ajdodlarimizning yosh avlodni komil insonni voyaga yetkazish borasidagi qadimiy ananalarini tiklash yoʻlidagi muhim bir qadamdir.
Sogʻlom va maʼnan barkamol avlod tarbiyasi umumdavlat ahamiyatiga molik ish deb qaralayotgan shu kunlarda ananaviy xalq oʻyinlarini tadqiq etish xalqimiz milliy-etnografik qiyofasini aks ettiruvchi oʻyinlarning shaxs dunyoqarashi va ruhiy olamida tutgan oʻrnini belgilash imkonini beradi.
S. A. Shmakov oʻyinlarning tarbiyaviy imkoniyatlarini ifodalab shunday yozgan edi: “Oʻyin goʻyo soyadek, bola bilan birga tugʻilgan, u n i n g hamrohi, ishonchli doʻstiga aylangan. Lekin biz uni uzoq yil davom etishi uncha yaxshi deb hisoblamaymiz. Oʻyin juda katta, baʼzan koʻz ilgʻamas tarbiyaviy rezervlari, gʻoyat keng pedagogik imkoniyatlari tufayli insonlar eʼtiborini qozonadi” [12: 26].
Musobaqa shaklidagi oʻyinlar gʻolib va magʻlub tomonning boʻlishini taqozo etadi. Lekin oʻyin yakunidagi magʻlublik nisbiy tushuncha boʻlib, magʻlub tomonning kelgusidagi gʻalabaga boʻlgan intilishini kuchaytiradi, gʻolib tomonning esa oʻz mavqeini saqlab qolish uchun harakatini yanada oshiradi. Bu esa bolalar oʻrtasidagi doʻstona raqobat muhitini yaratish bilan birga, ulardagi jismoniy va maʼnaviy tayyorgarlikni rivojlantiradi. Xalq oʻyinlari tarbiya jarayonida faoliyatning bir turi sifatida namoyon boʻladi.
Tadqiqotdan quyidagi xulosalarga kelishimiz mumkin: -globallashuv sharoitida xalq oʻyinlari milliy mazmuni va shaklini saqlab qolgan holda millatlaro munosabatlarning shakllanishi va mustahkamlanishida xizmati katta ekanligini isbotladi; -jamiyat hayotida ijtimoiy mazmun kasb etib, qadriyatga aylanib borayotgan sport oʻyinlarimiz etnik madaniyat, axloqiy-maʼnaviy qadriyatlarimizni saqlash va rivojlantirishning muhim vosita sifatida qarash lozim; -shuningdek, bolalar oʻyinlaridagi uygʻunligi, atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish tarbiyaning muhim omili ekanligini taʼkidlash oʻrinlidir; -oʻyinlarning ommalashib borishi dunyo xalqlari oʻrtasidagi hamjihatlikni mustahkamlashga, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni saqlashda xizmat qiladi; -xalq oʻyinlari ochiq havoda, asosan, jamoa boʻlib oʻynalganligi tufayli bu oʻyinlar asosida bugungi avlodni aqliy, jismoniy, ruhiy, axloqiy, estetik ruhda tarbiyalashning eng qulay va ixtiyoriy manbalaridan biridir.
-sogʻlom avlod tarbiyasida koʻllanilayotgan turli xil jismoniy mashqlar, harakatli oʻyinlar, zamonaviy sport turlari beradigan jismoniy sifatlar hamda insoniy fazilatlar majmuasi xalq oʻyinlari mazmunida yetarlicha mujasamlashganligi bilan ham umuminsoniylik kasb etadi.
FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR. (REFERENCES) 1. Абдулаҳатов Н., Ғозиев Т. Бурхониддин Марғиноний: Тарихий ҳақиқат ва асотирлар. – Т.: Янги аср авлоди, 2010. 2. Адурахимов Т. Ўзбек халқ ўйинлари ва томошалари. – Тошкент, 1997. 3. Брянов А.И. На память о Фергане 1876-1901 гг. – Новый Маргелан, 1901. 4. Валихонова Г. Фарғона водийси уйғурлари: турмуш тарзи ва маданияти. – Т.: Янги нашр, 2013. 5. Вельяминов-Зернов В.В. Сведения о Кокандском ханстве // ВРГО ч.XVIII КН. 5. – Спб. 1886. 6. Галиев Ш. Ўзбек болалар ўйин фольклори. – Т.: Фан, 1998. 7. Ғозиев Э.Ғ., Анарметова Ш. Ўйин назарияси. – Тошкент: 1995. 8. Даминова М., Адамбекова Г. Ўйин машғулотлари. – Т.: Ўқитувчи, 1993. 9. Диваев А. Древние игры киргизской молодёжи // Туркестанская ведомость. 1907. № 54. 10. Диваев А. Коневодства Туркестана // Туркестанский сборник. 1909. Т. 510. 11. Жўраев М. Ўзбек халқ эртакларида сеҳрли рақамлар. – Т.: Фан, 1991. 12. Йўлдошева Р. Ўзбек халқ ўйинлариннг тарбиявий аҳамияти. – Т., 1992. 13. Касаткин А. Переселенческое дело в Ферганской области. К истории возникновения русских поселков в Фергане // Ферганские областные ведомости. – Скобелев, 1907. № 92. 14. Кузнецов П.Е. О таджиках Наманганского уезда // ИТОРГО. – Ташкент, 1915. Т.XI.21. 15. Кузнецов П.Е. О таджиках Кокандского уезда // ИТОРГО. – Ташкент, 1916. Т.XII. Вып.II. 16. Кушакевич А.Е. Сведения о Ходжентском уезде // ЗИРГО. – Ташкент, 1915. 17. Қорабоев У.Х. Ўзбекона ўйинлар // Гулистон. – Т.: 1991.- №9. 18. Маҳсумов С. Миллий ўйинлар-тарбия воситаси // Маърифат. 2007.- №20. 10 март 19. Миддендорф А. Очерки Ферганской долины. – Спб., 1882. 20. Мирзаев В. Тўптош ўйини. – Т.: Чўлпон, 1996. 21. Насриддинов Ф., Қосимов А. Ўзбек халқ – миллий ўйинлари. – Тошкент, 1993.
22. Носиров А.Ҳ., Усмонов П.А. ва б. Ўзбек жанг санъатининг матонатли спортчилари. А.Ҳ. Носиров, таҳрири остида. – Т.: Янги аср авлоди, 2012. 23. Потанин Х. Записки о Кокандском ханстве / Вестник Исследования и материалы в 1830 годах. – Спб., 1857. Т.8. 24. Раҳимова К.Х. Болаларни маънавий-аҳлоқий тарбиялаш учун ўйинлар. – Фарғона, 2006. 25. Ситняковский Н.Ф. Перечисление некоторых родов киргиз, обитающих в восточной отдела русского географического общества. Вып.1. – Ташкент, 1900. Т.2. 26. Туркестанский сборник. 1882. Т.431. 27. Турсунов С.Н., Пардаев Т.Р., Турсунов А.С., Тоғаева М.Р. Ўзбекистоннинг жанубий ҳудудларида номоддий маданият тарихи. – Т.: “Муҳаррир”, 2012. 28. Усмонхўжаев Т.С. Кичкинтойлар учун 200 ҳаракатли ўйинлар. – Т.: Янги аср авлоди, 2009. 29. Усмонхўжаев Т.С., Хўжаева.Ф. Минг бир ўйин. – Т.: Ибн Сино, 1990. 30. Фирсов В. Сарты / Этнографическое и антропологическое исследование. Ч.I. Этнография. – Ташкент, 1904. 31. Фирсов В. Туркестан и Туркестанские породы лошадей. Туркестанский сборник. 1895. Т. 479. 32. Хоразм хазинаси. – Ургенч. 1996. 33. Ҳабибулла Ғофур. Халқ ўйинлари, қўшиқлари ва анъаналарига бир назар. – Тошкент: 1992. 34. Шишов А., Хорошкин А.П. Сборник статей, касающихся до Туркестанского края. – Спб., 1876. 35. Шишов. А. Сарты / Этнографическое и антропологическое исследование. Ч.I. Этнография. – Ташкент, 1904.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar35 ta adabiyot
- Абдулаҳатов Н., Ғозиев Т. Бурхониддин Марғиноний: Тарихий ҳақиқат ва асотирлар. – Т.: Янги аср авлоди, 2010.
- Адурахимов Т. Ўзбек халқ ўйинлари ва томошалари. – Тошкент, 1997.
- Брянов А.И. На память о Фергане 1876-1901 гг. – Новый Маргелан, 1901.
- Валихонова Г. Фарғона водийси уйғурлари: турмуш тарзи ва маданияти. – Т.: Янги нашр, 2013.
- Вельяминов-Зернов В.В. Сведения о Кокандском ханстве // ВРГО ч.XVIII КН. 5. – Спб. 1886.
- Галиев Ш. Ўзбек болалар ўйин фольклори. – Т.: Фан, 1998.
- Ғозиев Э.Ғ., Анарметова Ш. Ўйин назарияси. – Тошкент: 1995.
- Даминова М., Адамбекова Г. Ўйин машғулотлари. – Т.: Ўқитувчи, 1993.
- Диваев А. Древние игры киргизской молодёжи // Туркестанская ведомость. 1907. № 54.
- Диваев А. Коневодства Туркестана // Туркестанский сборник. 1909. Т. 510.
- Жўраев М. Ўзбек халқ эртакларида сеҳрли рақамлар. – Т.: Фан, 1991.
- Йўлдошева Р. Ўзбек халқ ўйинлариннг тарбиявий аҳамияти. – Т., 1992.
- Касаткин А. Переселенческое дело в Ферганской области. К истории возникновения русских поселков в Фергане // Ферганские областные ведомости. – Скобелев, 1907. № 92.
- Кузнецов П.Е. О таджиках Наманганского уезда // ИТОРГО. – Ташкент, 1915. Т.XI.21.
- Кузнецов П.Е. О таджиках Кокандского уезда // ИТОРГО. – Ташкент, 1916. Т.XII. Вып.II.
- Кушакевич А.Е. Сведения о Ходжентском уезде // ЗИРГО. – Ташкент, 1915.
- Қорабоев У.Х. Ўзбекона ўйинлар // Гулистон. – Т.: 1991.- №9.
- Маҳсумов С. Миллий ўйинлар-тарбия воситаси // Маърифат. 2007.- №20. 10 март
- Миддендорф А. Очерки Ферганской долины. – Спб., 1882.
- Мирзаев В. Тўптош ўйини. – Т.: Чўлпон, 1996.
- Насриддинов Ф., Қосимов А. Ўзбек халқ – миллий ўйинлари. – Тошкент, 1993.
- Носиров А.Ҳ., Усмонов П.А. ва б. Ўзбек жанг санъатининг матонатли спортчилари. А.Ҳ. Носиров, таҳрири остида. – Т.: Янги аср авлоди, 2012.
- Потанин Х. Записки о Кокандском ханстве / Вестник Исследования и материалы в 1830 годах. – Спб., 1857. Т.8.
- Раҳимова К.Х. Болаларни маънавий-аҳлоқий тарбиялаш учун ўйинлар. – Фарғона, 2006.
- Ситняковский Н.Ф. Перечисление некоторых родов киргиз, обитающих в восточной отдела русского географического общества. Вып.1. – Ташкент, 1900. Т.2.
- Туркестанский сборник. 1882. Т.431.
- Турсунов С.Н., Пардаев Т.Р., Турсунов А.С., Тоғаева М.Р. Ўзбекистоннинг жанубий ҳудудларида номоддий маданият тарихи. – Т.: “Муҳаррир”, 2012.
- Усмонхўжаев Т.С. Кичкинтойлар учун 200 ҳаракатли ўйинлар. – Т.: Янги аср авлоди, 2009.
- Усмонхўжаев Т.С., Хўжаева.Ф. Минг бир ўйин. – Т.: Ибн Сино, 1990.
- Фирсов В. Сарты / Этнографическое и антропологическое исследование. Ч.I. Этнография. – Ташкент, 1904.
- Фирсов В. Туркестан и Туркестанские породы лошадей. Туркестанский сборник. 1895. Т. 479.
- Хоразм хазинаси. – Ургенч. 1996.
- Ҳабибулла Ғофур. Халқ ўйинлари, қўшиқлари ва анъаналарига бир назар. – Тошкент: 1992.
- Шишов А., Хорошкин А.П. Сборник статей, касающихся до Туркестанского края. – Спб., 1876.
- Шишов. А. Сарты / Этнографическое и антропологическое исследование. Ч.I. Этнография. – Ташкент, 1904.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011067
- Nashr sanasi
- 2025-08-27
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
- Jild
- 1
- Son
- 1
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/31
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 139–146
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-08