Asosiy mazmunga o‘tish

ISLOM DINI VA MAROSIMLAR HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR

Ashirov Adhamjon AzimbayevichO‘zR FA Tarix instituti markaz boshlig‘i, Tarix fanlari doktori, professor.2025

Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 1Sahifa 119–126

Annotatsiya

Ushbu maqolada hozirgi zamonaviy jamiyatda islom dinining tutgan o‘rni, unga xos marosimlar tizimi, islomda “marosim” tushunchasiga bo‘lgan munosabat, o‘zbeklarning kundalik oilaviy hayotida “aqiqa” va “nikoh” to‘ylarining ahamiyatiga doir etnografik ma‘lumotlar aks etgan. Muallif maqolada asosiy e‘tiborni jadid allomalarining to‘y marosimlariga bo‘lgan munosabati, oilaviy marosimlar va ularga qilinadigan xarajatlarga doir tahliliy ma‘lumotlarga qaratgan.

Boshqa tillarda

ruschaНЕКОТОРЫЕ МЫСЛИ ОБ ИСЛАМЕ И ЕГО ЦЕРЕМОНИИ

В данной статье представлены этнографические данные о роли ислама в современном обществе, системе присущих ему обрядов, отношении к понятию «церемония» в исламе, значении свадеб «акика» и «свадьба» в повседневной семейной жизни узбеков. В статье автор сосредоточивает внимание на аналитических данных об отношении современных ученых к свадебным обрядам, семейным церемониям и их расходам.

inglizchaSOME THOUGHTS ON ISLAM AND ITS CEREMONIES

This article presents ethnographic data on the role of Islam in today‘s modern society, the system of rituals specific to it, the attitude to the concept of "ceremony" in Islam, the importance of “aqeeqah” and “wedding” weddings in the daily family life of Uzbeks. In the article, the author focuses on analytical data on the attitude of modern scholars to wedding ceremonies, family ceremonies and their expenses

Kalit so‘zlar

  • Islom dini
  • o‘zbeklar
  • urf-odat
  • marosim
  • to‘y
  • aqiqa
  • qalin
  • mahr
  • oila
  • nikoh
  • ajralish

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

ISLOM DINI VA MAROSIMLAR HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR

НЕКОТОРЫЕ МЫСЛИ ОБ ИСЛАМЕ И ЕГО ЦЕРЕМОНИИ

SOME THOUGHTS ON ISLAM AND ITS CEREMONIES

Ashirov Adxamjon Azimbayevich OʻzR FA Tarix instituti markaz boshligʻi, Tarix fanlari doktori, professor. e-mail: adhashirov@yandex.ru Tel: [telefon raqami yashirilgan] https://doi.org/10.5281/zenodo.16919173

Annotatsiya. Ushbu maqolada hozirgi zamonaviy jamiyatda islom dinining tutgan oʻrni, unga xos marosimlar tizimi, islomda “marosim” tushunchasiga boʻlgan munosabat, oʻzbeklarning kundalik oilaviy hayotida “aqiqa” va “nikoh” toʻylarining ahamiyatiga doir etnografik maʼlumotlar aks etgan. Muallif maqolada asosiy eʼtiborni jadid allomalarining toʻy marosimlariga boʻlgan munosabati, oilaviy marosimlar va ularga qilinadigan xarajatlarga doir tahliliy maʼlumotlarga qaratgan.

Аннотация. В данной статье представлены этнографические данные о роли ислама в современном обществе, системе присущих ему обрядов, отношении к понятию «церемония» в исламе, значении свадеб «акика» и «свадьба» в повседневной семейной жизни узбеков. В статье автор сосредоточивает внимание на аналитических данных об отношении современных ученых к свадебным обрядам, семейным церемониям и их расходам.

Abstract. This article presents ethnographic data on the role of Islam in today's modern society, the system of rituals specific to it, the attitude to the concept of "ceremony" in Islam, the importance of “aqeeqah” and “wedding” weddings in the daily family life of Uzbeks. In the article, the author focuses on analytical data on the attitude of modern scholars to wedding ceremonies, family ceremonies and their expenses

Kalit soʻzlar. Islom dini, oʻzbeklar, urf-odat, marosim, toʻy, aqiqa, qalin, mahr, oila, nikoh, ajralish. Ключевые слова. Ислам, узбеки, традиция, обычай, свадьба, акика, приданое, семья, брак, развод. Key words.

Islam, Uzbeks, tradition, ceremony, wedding, aqeeqah, dowry, family, marriage, divorce.

Soʻnggi yillarda axborot makonining globallashuvi natijasida ijtimoiy tarmoqlardan erkin foydalanish, yoshlarning migratsiya jarayonlariga keng jalb qilinishi sharoitida oilaviy marosimlar va ularga qilinadigan xarajatlar borasida ham koʻplab bahs-munozaralar kun tartibiga chiqmoqda. Bunday holatlar jamiyat va davlat hamjihatligiga xatar boʻlishi bilan birga, oilaviy nizolarga ham sabab boʻlmoqda.

Bu oʻrinda nima uchun marosimlar va ular bilan bogʻliq xarajatlar mavzusi jamoatchilik orasida keng muhokama qilinmoqda?, turli ijtimoiy qatlamlar va hatto, davlat rahbari hamda jamoatchilik faolllari tomonidan ham marosimlardagi xarajatlarni jiddiy tanqid qilinishining sababi nimada?, oʻzbeklar toʻylar uchun yaratilganmi?, qachongacha marosimlar uchun yashash davom etadi? degan savollar dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Avvalo, shuni taʼkidlash kerakki, ushbu muammo oʻtgan 100-yildan beri jamoatchilik orasida keng muhokamaga sabab boʻlgan mavzulardan biri boʻlib, uning oʻziga xos tarixi mavjud.

XX asr boshlarida jadidlar xalq ommasining milliy urf-odatlarni asrab-avaylash va maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini yuksaltirishga chorlab, hashamdor toʻylar, serxarajatli motam, toʻy hamda aza marosimlarini riyokorlik va dabdababozlik bilan oʻtkazishga jiddiy ravishda qarshi chiqib, ularni milliy illatlar sifatida baholagan edi. Jumladan, Turkiston jadidchilik harakatining yirik namoyondalaridan biri Mahmudxoʻja Behbudiy “Oyna” jurnalida ushbu illat haqida shunday yozgan edi: “Bizni kemirguvchi illatlar deganda, zaxmu maraznimi gumon etarsiz? Yoyinki, sil, sil-ar-iya (oʻpka sili) va maxovliknimi dersiz? Yoʻq, andan ham yamonroq va andan ham jonxarosh (jon azobi), bevoya, xonavayron va gʻarib etguvchi bir dard, biz – turkistoniylarni shahri va qishloqi yoyinki yarim madaniy, yarim vahshiy sinflarimizgʻacha istilo etib, butun tirikligimizgʻa sorilgan va bizni inqirozgʻa va tahlikagʻa va jahannamgʻa yumalaturgʻon toʻy, azo ismindagi ikki qattol dushmanni derman” [26: 338–342]. Umuman olganda, jadidlar toʻy va marosimlardagi xarajatlarga doir tanqidiy chiqishlar qilishganiga qaramay keyingi davrlarda ham bu odatlar davom etgan.

Sovet davrida kommunistik mafkura gʻoyalarida yashagan oʻzbeklar hayotiga yangicha toʻy-tantanalar – “qizil toʻy”, “komsomol toʻy”, “baynalmilal nikoh” kabi marosimlar kirib keldi. Ushbu davrda shaklan sovet davri gʻoyalariga asoslangan anʼanalar keng tarqalganiga qaramasdan, milliy va diniy anʼanalar marosimiy hayot simbiozi tarzida saqlanib qoldi. Xususan, oʻgʻil farzand uchun sunnat toʻyi oʻtkazish, nikoh oʻqish orqali yangi oila tuzilishi, janoza namozini ado etish bilan marhumlarni dafn qilish anʼanalari davom etdi.

XX asr 90-yillarida SSSRning parchalanishi tufayli sovet Respublikalari kabi Oʻzbekiston ham mustaqillikka erishganidan soʻng mamlakatda milliy va diniy oʻzlikni anglash hissi kuchaydi. Mafkuraviy tutqunlikdan ozod boʻlgan yurt oʻzining oʻtmish tarixi, oʻzligi (identiklik), milliy va diniy qadriyatlarini qayta tiklashga harakat qildi. Mazkur jarayonda iqtisodiy jihatdan koʻp xarajatli yangicha urf-odat va marosimlar paydo boʻldi. Natijada, marosimlar oila byudjetining asosiga aylandi va odamlar yillar davomida farzandlarini toʻylari uchun “orzu havas” yoʻlida mablagʻhamda qimmatbaho buyumlar toʻplash odat tusiga kirib bordi. Boshqa tomondan, aynan “orzu havas” va “oʻzbekchilik” deb marosimlarda kim koʻp xarajatli marosimni oʻtkazish, isrofgarchiliklarga qaramasdan, jamiyat oldida nomini chiqarish odati ham ayrim qatlamlar orasida ommalashdi.

Umuman olganda, sovet davri hamda mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda toʻylar va oilaviy marosimlar bilan bogʻliq qator qaror, farmon, buyruq hamda yoʻriqnomalar eʼlon qilingan. Jumladan, soʻnggi yillarda, aniqrogʻi, 2019-yil 14-sentyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining “Toʻylar, oilaviy tantanalar maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarori qabul qilindi. Ushbu qarorda Respublika, jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari, shuningdek, mahalla fuqarolar yigʻinlarida toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka hamda marosimlar oʻtkazilishini tartibga solish masalalari boʻyicha komissiyalar tuzish belgilandi [36]. Yaqinda Oʻzbekiston Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonida Oʻzbekistonda toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini tartibga solish boʻyicha Oliy Majlis palatalari kengashlarining qoʻshma qarori loyihasi ishlab chiqish taʼkidlandi [37].

Loyihada toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini tartibga solish, yoshlarda tejamkorlik madaniyatini shakllantirish boʻyicha yangi mexanizmlar nazarda tutiladi. Loyihani 2025-yil avgust oyiga qadar ishlab chiqish belgilab berilgan.

Biz ham mazkur maqolada yuqoridagi muammoning ayrim qirralarini xususan, nikoh toʻyi va boshqa oilaviy marosimlardagi xarajatlar borasida islomiy ulamolar hamda imomlarning qarashlari, diniy makonda ushbu mavzu borasida boʻlayotgan bahs-munozaralarni ilmiy asosda tahlil qilishga harakat qildik.

Mavzu tarixshunosligi. Oʻtgan yuz yillikda toʻylar va oilaviy tantanalar mavzusi bir qator tadqiqotchilar tomonidan qiziqish bilan oʻrganilgan boʻlib [18: 239–244; 19: 291–300; 21; 33: 192–200], Markaziy Osiyodagi qozoqlar [6: 69–76; 7], qirgʻizlar [12; 5: 280–286; 4], turkmanlar [10: 172–188; 11: 152–153], tojiklar [31: 72–79; 17; 16; 30] hamda qoraqalpoqlar [8] misolida sovetlar davrida ayrim ilmiy izlanishlar amalga oshirilgan. Xususan, mazkur davrda Oʻzbekistonning turli hududlari, xususan, Xorazm vohasi [22: 43–45: 24: 43], Zarafshon [32: 173–176; 20: 119–127] va Fargʻona [34; 9; 3] vodiylarida istiqomat qilgan etnoslarning oila-nikoh marosimlariga bagʻishlangan monografiya, maqola hamda ilmiy tadqiqotlar yaratildi. Ushbu ilmiy izlanishlarda koʻproq Markaziy Osiyoning turli mintaqalarida yashovchi aholi nikoh toʻy marosimlari hamda ularning mintaqaviy xususiyatlariga asosiy eʼtibor qaratildi.

Sovet davrida nikoh toʻy marosimlariga oid bajarilgan tadqiqotlarda oʻsha davrga xos odatlar targʻibotiga keng oʻrin berildi. Jumladan, N. P. Lobachevaning 1975-yilda nashr qilingan “Formirovaniye novoy obryadnosti uzbekov” nomli monografiyasida oʻzbek xalqi madaniyatidagi turli anʼanalar bilan bogʻliq etnomadaniy jarayonlarni yoritishni maqsad qilib olingan boʻlsa-da, unda “yangi nikoh toʻylari” – “qizil toʻy”, “komsomol toʻy”, “baynalminal toʻy”larga alohida urgʻu berib targʻib qilingan va milliy nikoh toʻylari bilan bogʻliq marosimlar “eskilik sarqiti” deb qoralangan [23: 45–68]. Bu kabi fikrlar Oʻ. Otamirzayeva, T. Toshboyeva va M. Savurovlarning asarlari hamda Respublika seminar kengashining materiallari asosida nashr qilingan “Yangi turmush – yangi anʼanalar” toʻplamida ham maʼqullangan [27; 35; 38].

Oʻzbekistonlik etnograf H. Ismoilovning “Oʻzbek toʻylari” [15: 96–162] nomli kitobida milliy toʻylar bilan bogʻliq marosimlar, urf-odatlar va rasm-rusumlarni oʻrganish jarayonida nikoh toʻylari bilan bogʻliq sovchilik, fotiha toʻyi, toʻydan soʻnggi udumlar tadqiq etilgan [25: 106–116]. Adabiyotshunos Mahmud Sattorning “Oʻzbek udumlari” risolasida nikoh-toʻy marosimining baʼzi tomonlari yoritib berilgan.

Elshunos Ico Jabborovning “Oʻzbek xalqi etnografiyasi” asarida xalqimizning etnogenezi, etnik tarixi, moddiy va maʼnaviy madaniyati, oilaviy turmush hamda hayot tarzini yoritish bilan birga, nikoh, qalin berish, nikoh toʻyidagi iqtisodiy munosabatlar etnografik materiallar asosida tadqiq qilingan [13].

Sabohat Soatovaning nomzodlik dissertatsiyasida esa Zarafshon vodiysi aholisi oʻrtasidagi nikoh shakllari, sovchilik, fotiha toʻyi rasm-rusumlari hamda toʻydan keyin bajariladigan marosimiy xarajatlar oʻrganilgan [29].

Rossiyalik etnolog S. N. Abashinning bir qator maqolalarida oʻzbek xalqi oila-nikoh marosimlariga oid maʼlumotlarda qizlar uchun beriladigan qalin va mahrning oʻzaro farqli jihatlari hamda mintaqa xalqlaridagi marosimiy xarajatlarning ratsionalligi yoki aksincha ekanligi tahlil qilingan [14: 50–53; 2: 158–164; 1]. Shuningdek, ushbu antropolog olim tomonidan marosim iqtisodiyoti bilan bogʻliq koʻplab diqqatga sazovor fikrlar ham bildirilgan. Lekin, muallif diniy makonda marosim iqtisodiyoti borasida boʻlgan bahs-munozaralarni yoritishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻymagan.

Yaponiyalik tadqiqotchi Seyko Vazakining bir qator tadqiqotlarida oʻzbeklarda oila, nikoh va ajralish masalasi etnografik materiallar asosida tahlil qilingan [28: 83– 107].

Xullas, nikoh va oila bilan bogʻliq adabiyotlar tahlili shundan dalolat beradiki, hozirgi kunga qadar diniy makon, xususan, mahalliy ulamolar hamda imomlarning oilaviy marosimlarni oʻtkazish hamda ulardagi xarajatlarni qisqartirish borasidagi bahs-munozaralari maxsus tadqiqot obyekti sifatida oʻrganilmagan.

Marosim va anʼana: taʼrif hamda tavsif. Marosim – inson hayotining maʼnaviy turmushini talab va ehtiyoji bilan yuzaga keladigan hodisadir. Har qanday marosim u yoki bu jamoaning maʼlum bir tarixiy taraqqiyoti bosqichidagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hamda madaniy rivojlanish darajasini koʻrsatuvchi asosiy belgilarni mujassamlashtirgan holda vujudga keladi va yashaydi. Boshqacha qilib ifodalaganda, marosim umum tomonidan qabul qilingan ramziy harakatlarga ega boʻlgan hayotiy tadbirdir.

Oʻzbek marosimlari 3 ta katta turkumga boʻlinadi:

1. Oilaviy marosimlar. 2. Yil fasllari bilan bogʻliq taqvimiy marosimlar. 3. Diniy marosimlar. Marosimlar tasnifida oilaviy marosimlar muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, tugʻilish, nikoh va motam bilan bogʻliq marosimlar hayotning muhim burilish bosqichlari bilan bogʻliq boʻlgan turfa xil anʼanalar hamda urf-odatlardan tashkil topgan. Shu sababdan ham koʻplab xalqlarda boʻlgani kabi oʻzbek jamiyatida ham oilaviy marosimlarga alohida eʼtibor qaratiladi. Bunday turdagi marosimlar boshqalariga qaraganda oila uchun koʻp sarf-xarajat olib kelishi hamda iqtisodiy jihatdan koʻplab muammolarga sabab boʻlishi bilan ham ajralib turadi. Qolaversa, bunday marosimlar garchi, oila nomi bilan bogʻliq boʻlsa-da, asosan, mahalla va qoʻni-qoʻshnilar ishtirokida, jamoaviy tarzda nishonlanadi. Maʼlumki, islom dinida isrofgarchilikka yoʻl qattiq qoralangan va harom qilingan amallar sirasiga kiradi. Jumladan, Qurʼoni Karimda yozilishicha, Alloh isrof qiluvchi bandalarini yoqtirmaydi. Chunki, Allox bergan neʼmatlar ezgu amallarga sarf etilishi kerak. Ulamolar nikoh toʻy marosimlardagi dabdaba, isrofgarchilik va manmanlikka berilishni “milliy nuqson”larimiz deb tanqid qildi. Bu oʻrinda “nima uchun milliy nuqsonlar?” degan savol paydo boʻladi. Bizningcha, buning qator sabablari boʻlib, ularni milliy nuqson tarzda baholash xato boʻlsa kerak. Aynan jamiyat hayotida “oʻzbekchilik” va “odat” institutining yuqori ekanligi, qoʻni-qoʻshnilar va turli ijtimoiy qatlamlarning oʻzaro bellashuvi, ota-onalarning farzandlari uchun koʻp masʼuliyatni zimmasiga olishi, ayrim shaxslarning manmanligi hamda bilimsizligi sabab boʻlsa kerak. 2019-yilda Oʻzbekiston musulmonlar idorasining fatvosida toʻy va marosimlarni ixchamlashtirish boʻyicha taklif hamda mulohazalar bayon qilindi. Jumladan, idora tomonidan “Respublikadagi imom-xatiblari juma maʼruzalari hamda turli tadbirlarda toʻy, maʼraka va marosimlardagi isrofgarchilik, shuhratparastlik, manmanlik hamda riyokorlik kabi illatlarning moddiy va maʼnaviy zararlari, tejamkorlik hamda oʻrtahollikning foydalari toʻgʻrisida asosli dalillar va hayotiy misollar bilan keng tashviqot ishlarini olib borishi kerakligi” haqida koʻrsatma berildi. Mazkur fatvoda oʻzbeklarning nikoh toʻyi va turli tuman voqeliklar bilan bogʻliq tarzda oʻtkazadigan “kelin navkari”, “chorlar”, “ota koʻrdi”, “sep yoydi”, “quda chaqirdi”, “kuyov chaqirdi”, “kelin chaqirdi”, “togʻora yuborish”, “yuz ochdi”, “safar qaytarma”, “supra ochdi”, “koʻrpa yigʻdi”, “qiz bazmi”, “salomnoma”, “hoji oshi”, “oqlik oldi”, “paxta berdi”, “kelin koʻrdi”, “xina qoʻyish”, “shukronalik”, “paygʻambar oshi” va “ashurlik” kabi marosimlarni islom dinida mavjud emasligiga urgʻu bergan. Qolaversa, fatvoda mazkur marosimlar xalqqa mashaqqat, ortiqcha xarajat va isrofgarchilik manbasiga aylanganligi taʼkidlandi. Bizningcha, fatvoda qayd qilingan marosimlar garchi, shariat qoidalarida aks etmagan boʻlsa-da, oʻzbeklar tomonidan milliy qadriyat maqomida oʻtkazish anʼanaga aylangan. Lekin, ularning ayrimlari bugungi kunda ixchamlashtirilgan yoki marosimiy hayotdan chiqib ketgan.

Soʻnggi yillarda Respublika miqyosida imomlar jamiyat hayoti, xususan, mahalla, mediamakon va ijtimoiy tarmoqlarda faol faoliyat olib bormoqda. Ular oʻz chiqishlarida turli diniy masalalar yechimlari bilan birga nikoh va motam marosimlaridagi xarajatlarni tanqid qilmoqda. Umuman olganda soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda islom jamoatchiligi orasida marosimiy iqtisodiyot borasida boʻlayotgan munozaralarda muhim ikki jihatni ajratib koʻrsatish mumkin. Birinchi rakurs – bu avvalo, davlat tomonidan ilgari surilayotgan gʻoyalarni Qurʼon, hadis asosida talqin qilish boʻlsa, ikkinchisi, aholi orasida, boshqacha aytganda, jamiyat hayotida boʻlayotgan milliy madaniyatga begona boʻlgan marosimlardagi salbiy jihatdan tanqid qilish bilan bogʻliq qarashlar tarzida tahlil qilish mumkin. Xullas, islomiy liderlar boʻlgan imomlar oʻrtasidagi diskurlarni jamiyat va davlat oʻrtasidagi koʻprik sifatida talqin qilish mumkin. Musulmonlar orasida toʻy va marosmlar borasida juma namozlarida ham koʻplab maʼruzalar oʻqildi. Chunonchi, 2020-yil 12-dekabrda “Nikoh rishtasi uzilmasin!”, 2022-yil 7-yanvarda “Oila mustahkamligi – jamiyat farovonligi”, 2021- yil 4-iyulda “Farzand tarbiyasi, yoshlarning ilm-maʼrifatga eʼtiborini qaratish”, 2022- yil 10-iyunda “Oilaviy ajrimlar jamiyat zavoli” va 2025-yil 17-yanvarda “Jamiyatdagi salbiy illatlar – dabdababozlik va isrofgarchilik“ mavzularida juma maʼruzalari boʻldi. 2022-yil 7-yanvarda “Oilaviy ajrimlar – jamiyat zavoli” mavzusida oʻqilgan juma maʼruzasi boshlanishida islomda oila qurish shart ekanligi haqida maʼlumot berildi. Imom diniy manbalar asoslangan holda har bir voyaga yetgan musulmon oʻgʻil-qiz juftlashib, oila boʻlib yashashi nikoh orqali amalga oshadi, deb taʼkidladi. Imomlarning fikricha, nikoh marosimi uchun qilinadigan xarajatlar bilan birga keyingi oilaviy byudjetni erkak kishi zimmasiga olishi kerak. Xususan, musulmon er kishi ayoli uchun nafaqa, mahr berishi, oziq ovqat, kiyim va turar-joy bilan taʼminlashi kerak. Qolaversa, ular nikoh va boshqa turkum oilaviy marosimlardagi xarajatlarning aksariyati islom dini bilan bogʻliq emasligiga urgʻu beradilar hamda ular milliy nuqsonlar deb, tanqid qilinadi. Oʻzbekistondagi islom ulamolari oʻzlaring oila erkakning barcha xarajatlar uchun masʼul ekanligi va oila boshligʻi sifatida butun masʼuliyat unda boʻlishi haqidagi fikrlarga isbot sifatida Qurʼoni Karimning “Niso” surasi “Erkaklar xotinlar ustidan (oila boshligʻi sifatida doimiy) qoim turuvchilardir. Sabab – Alloh ularni ayrimlari (erkaklar)ni ayrimlari (ayollar)dan (baʼzi xususiyatlarda) ortiq qilganligi va (erkaklar oʻz oilasiga) oʻz mol-mulklaridan sarf qilib turishlaridir” degan 34-oyatni dalil sifatida keltiradilar. Xullas, aynan soʻnggi besh yilda juma oilaviy marosimlar xarajatlari borasida koʻplab maʼruzalar qilingani bois ham oilaviy marosimlar, xususan, nikoh toʻylarida oʻzgarishlar yuz berib, soʻnggi yillarda qiz tomonning xarajatlari birmuncha qisqarganligini kuzatish mumkin. Kuzatishlarga koʻra, aynan imomlar tomonidan qilingan maʼruzalar tufayli keyingi yillarda yosh oilalar uchun yotoqxona va uy mebellari hamda maishiy texnika buyumlarini asosan, kuyov tomon qilmoqda, shuningdek, nikoh toʻylarida sep qilish ixchamlashdi. Qolaversa, juma maʼruzalari va yoshlarning islomiy bilimlarni egallashlari sababli nikohdan soʻng farzand tugʻilganda

“Aqiqa toʻyi”ni oʻtkazish va nikohda kelin uchun mahr berish odatlari ommalashmoqda. Lekin, bu oʻrinda shuni ham taʼkidlash kerakki, bugungi kunda mahr sifatida boʻlgʻusi kelin uchun qimmatbaho taqinchoqlar, mashina va uy berish, “Aqiqa toʻyi”ni ham ortiqcha xarajatlar qilgan holda oʻtkazish holatlari ham kuzatilmoqda. Asrlar davomida oʻzbek jamiyati anʼanaviy jamiyat boʻlganligi bois islom dini va marosimlar doim xalqning kundalik va marosimiy hayotining ajralmas bir qismi boʻlib kelgan. Soʻnggi yillarda oʻzbeklarning yangi oilani qurish, nikoh haqidagi tushunchalari, nikoh yoshi, oiladagi vazifalar, marosim xarajatlarini borasidagi qarashlar jiddiy evrilishlarga uchradi. Hozirda yangi oila qurishdan avval yoshlarning bilim olish, kasb egallashiga katta eʼtibor qaratilmoqda. Bunday holat esa millat genofondi va yoshlar tarbiyasi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR. (REFERENCES) 1. Абашин С. Н. Вопроси “здравому смыслу”? (К вопросу о “рациональности/ иррациональности” ритуальных расходов в Средней Азии) // Вестник Евразии. – 1999. – № 1–2. 2. Абашин С. Н. «Калым” и “махр” в Средней Азии о «границах» в социальных отношениях. Человек и право / Книга о летней школе по юридической антропологии. – М.: Стратегия, 1999. – С. 158–164. 3. Абдуллаев У. С. Традиционное и новое, общее и особенное в современной свадебной обрядности народов Ферганской долины / Узбекистан: страницы истории. – Ташкент, 1991. 4. Абрамзон С. М. Киргизы и их этногенетические и историко-культурные связы. – Л.: Наука, 1971. 5. Аргынбаев Х. А. Свадьба и свадебные обряды казахов в прошлом и настояшем / СЭ. – 1974. – №6. – С. 69–76. 6. Аргынбаев Х. А. Семья и брак у казахов. – Алма-Ата: Казахстан, 1993. 7. Бекмуротова А. Т. Семейно бытовой уклад каракалпаков в прошлом и задача проедаления и его вредних пережитков: Автреф. дисс... канд. ист. наук. – М., 1967. 8. Бикжанова М. А. Семья в колхозах Узбекистана. (На материалах колхозов Наманганской области). – Ташкент: Фан, 1959. 9. Васильева Г. П. Туркмены-нохурли // СЭС. – М., 1954. Т. 1. – С. 172– 188. 10. Джикиев А. Свадебные обряды у туркмен-сарыков в конце XIX – начале XX века. / ТИИАЭ АН ТССР. – Ашхабад, 1963. Т. 7. – С. 152–153. 11. Джумагулов А. Семья и брак киргизов Чуйской долины. – Фрунзе, 1960. Абрамзон С. М. О пережитках ранних форм брака у киргизов / История, археология и этнография Средней Азии. – М., 1968. – С. 280–286. 12. Жабборов И. Ўзбек халқи этнографияси. – Тошкент: Ўқитувчи, 1994. 13. Жуманазаров Э. Қирғиз ва ўзбекларнинг никоҳ удумлари тарихидан (XIX аср охири – ХХ аср) // Ўзбекистон тарихи. – 1999. – Б. 50–53. 14. Исмоилов Ҳ. Ўзбек тўйлари. – Тошкент: Ўзбекистон, 1992. – Б. 96–162. 15. Ишанкулов Х. Г. Брак и свадьба у населения Ходжента в новое время. (конце XIX – начале ХХ вв.). – Душанбе: Дониш, 1972. 16. Кисляков Н. А. Семья и брак у таджиков. – М.-Л.: Наука, 1959. 17. Кисляков Н. Некоторые брачные церемонии у народов Среденй Азии и проблемы материнского рода // МКАЭН. – М., 1967. Вып. VII; Т. 4. – С. 239–244. 18. Кисляков Н. Сохранения экзогамных норм у народов Средней Азии и Казахстана в конце XIX – в начале ХХ вв. / История, археология и этнография Средней Азии. – М.: Наука, 1968. – С. 291–300. 19. Кубаков К. К истории развития узбекской семьи / Этнографическое изучение быта и культуры узбеков. – Ташкент, 1972. – С. 119–127. 20. Лобачева Н. П. Различные обрядовые комплексы в свадебном церемониале народов Средней Азии и Казахстана. – М.: Наука, 1971.

21. Лобачева Н. П. Свадебный обряд Хорезмских узбеков / Крат. сооб. ин - та. Этногр. – М., 1960. Вып. 34. – С. 43–45. 22. Лобачева Н. П. Формирования новой обрядности узбеков. – М., 1975. – С. 45–68. 23. Лобачева Н. П. Хивинская свадьба / Этнография Таджикистана. – Душанбе, 1985. – С. 43. 24. Маҳмуд Саттор. Ўзбек удумлари. – Тошкент: Фан, 1993. – Б. 106–116. 25. Маҳмудхўжа Беҳбудий. Бизни кемиргувчи иллатлар // “Ойна” журнали. 1915. 1915 йил, 13- сон, 338-342- бетлар. Маҳмудхўжа Беҳбудий. Бизни кемиргувчи иллатлар (1915) — ziyouz.uz 26. Отамирзаева У. Янги урф-одатлар. – Тошкент: Фан, 1988. 27. Сейка Вазаки. Брак и развод среди мусульман бывшего Советского Союза: пример Узбекистана / Под руководством Eiji Nagasawa, под редакцией Toyoko Morita и Хитоми Оно, «Исламские гендерные исследования 1 Брак и развод. – Токио; Акаси Шотен, 2019. – С. 83–107. 28. Соатова С. Зарафшон водийси ўзбекларининг никоҳ-тўй маросимлари (XIX аср охири – ХХ аср бошлари). Тарих фанлари номзоди диссертацияси. – Тошкент, 1999. 29. Суфиев У. Традиции и инновации в свадебных обычаях и обрядов таджиков долины р. Сох. Автореф. дисс... канд. ист. наук. – Л., 1991. 30. Сухарева О. А. Некоторые вопросы брака и свадебные обряды у таджиков кишлака Шахристана / Сб. науч. кружка при вост. фак. СаГУ. – Ташкент, 1928. Вып. 1. – С. 72–79. 31. Сухарева О. А. Свадебные обряды таджиков г. Самарканда и некоторых других районов Средней Азии // СЭ. – 1940. – №3. – С. 173–176. 32. Сухарева О. А. Традиции семейно-родственных браков у народов Средней Азии и Казахстана / Семья и семейные обряды у народов Средней Азии и Казахстана. – М., 1978. – С. 192–200. 33. Сухарева О. А., Бикжанова М. А. Прошлое и настояшее селения Айкыран. – Ташкент: Фан, 1955. 34. Ташбаева Т. Х., Савуров М. Д. Новое традиционное быту сельской семьи узбеков. – Ташкент: Фан, 1989. 35. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси кенгаши ва Республика Олий Мажлиси Сенати кенгашининг қўшма қарори // https://lex.uz/uz/docs/5153833. 36. Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Коррупцияга қарши курашиш тизимини янада такомиллаштириш бўйича белгиланган устувор вазифалар ижросини самарали ташкил этишга доир чора-тадбирлар тўғрисида”ги Фармони // https://lex.uz/pdfs/7486412 37. Янги турмуш – янги анъаналар. Тўплам. – Тошкент: Ўзбекистон, 1973.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar37 ta adabiyot

  1. Абашин С. Н. Вопроси “здравому смыслу”? (К вопросу о “рациональности/ иррациональности” ритуальных расходов в Средней Азии) // Вестник Евразии. – 1999. – № 1–2.
  2. Абашин С. Н. «Калым” и “махр” в Средней Азии о «границах» в социальных отношениях. Человек и право / Книга о летней школе по юридической антропологии. – М.: Стратегия, 1999. – С. 158–164.
  3. Абдуллаев У. С. Традиционное и новое, общее и особенное в современной свадебной обрядности народов Ферганской долины / Узбекистан: страницы истории. – Ташкент, 1991.
  4. Абрамзон С. М. Киргизы и их этногенетические и историко-культурные связы. – Л.: Наука, 1971.
  5. Аргынбаев Х. А. Свадьба и свадебные обряды казахов в прошлом и настояшем / СЭ. – 1974. – №6. – С. 69–76.
  6. Аргынбаев Х. А. Семья и брак у казахов. – Алма-Ата: Казахстан, 1993.
  7. Бекмуротова А. Т. Семейно бытовой уклад каракалпаков в прошлом и задача проедаления и его вредних пережитков: Автреф. дисс... канд. ист. наук. – М., 1967.
  8. Бикжанова М. А. Семья в колхозах Узбекистана. (На материалах колхозов Наманганской области). – Ташкент: Фан, 1959.
  9. Васильева Г. П. Туркмены-нохурли // СЭС. – М., 1954. Т. 1. – С. 172–188.
  10. Джикиев А. Свадебные обряды у туркмен-сарыков в конце XIX – начале XX века. / ТИИАЭ АН ТССР. – Ашхабад, 1963. Т. 7. – С. 152–153.
  11. Джумагулов А. Семья и брак киргизов Чуйской долины. – Фрунзе, 1960. Абрамзон С. М. О пережитках ранних форм брака у киргизов / История, археология и этнография Средней Азии. – М., 1968. – С. 280–286.
  12. Жабборов И. Ўзбек халқи этнографияси. – Тошкент: Ўқитувчи, 1994.
  13. Жуманазаров Э. Қирғиз ва ўзбекларнинг никоҳ удумлари тарихидан (XIX аср охири – ХХ аср) // Ўзбекистон тарихи. – 1999. – Б. 50–53.
  14. Исмоилов Ҳ. Ўзбек тўйлари. – Тошкент: Ўзбекистон, 1992. – Б. 96–162.
  15. Ишанкулов Х. Г. Брак и свадьба у населения Ходжента в новое время. (конце XIX – начале ХХ вв.). – Душанбе: Дониш, 1972.
  16. Кисляков Н. А. Семья и брак у таджиков. – М.-Л.: Наука, 1959.
  17. Кисляков Н. Некоторые брачные церемонии у народов Среденй Азии и проблемы материнского рода // МКАЭН. – М., 1967. Вып. VII; Т. 4. – С. 239–244.
  18. Кисляков Н. Сохранения экзогамных норм у народов Средней Азии и Казахстана в конце XIX – в начале ХХ вв. / История, археология и этнография Средней Азии. – М.: Наука, 1968. – С. 291–300.
  19. Кубаков К. К истории развития узбекской семьи / Этнографическое изучение быта и культуры узбеков. – Ташкент, 1972. – С. 119–127.
  20. Лобачева Н. П. Различные обрядовые ком¬п¬лексы в свадебном церемониале народов Средней Азии и Казахстана. – М.: Наука, 1971.
  21. Лобачева Н. П. Свадебный обряд Хорезмских узбеков / Крат. сооб. ин -та. Этно¬гр. – М., 1960. Вып. 34. – С. 43–45.
  22. Лобачева Н. П. Формирования новой обрядности узбеков. – М., 1975. – С. 45–68.
  23. Лобачева Н. П. Хивинская свадьба / Этнография Таджикистана. – Душанбе, 1985. – С. 43.
  24. Маҳмуд Саттор. Ўзбек удумлари. – Тошкент: Фан, 1993. – Б. 106–116.
  25. Маҳмудхўжа Беҳбудий. Бизни кемиргувчи иллатлар // “Ойна” журнали. 1915. 1915 йил, 13- сон, 338-342- бетлар. Маҳмудхўжа Беҳбудий. Бизни кемиргувчи иллатлар (1915) — ziyouz.uz
  26. Отамирзаева У. Янги урф-одатлар. – Тошкент: Фан, 1988.
  27. Сейка Вазаки. Брак и развод среди мусульман бывшего Советского Союза: пример Узбекистана / Под руководством Eiji Nagasawa, под редакцией Toyoko Morita и Хитоми Оно, «Исламские гендерные исследования 1 Брак и развод. – Токио; Акаси Шотен, 2019. – С. 83–107.
  28. Соатова С. Зарафшон водийси ўзбекларининг никоҳ-тўй маросимлари (XIX аср охири – ХХ аср бошлари). Тарих фанлари номзоди диссертацияси. – Тошкент, 1999.
  29. Суфиев У. Традиции и инновации в свадебных обычаях и обрядов таджиков долины р. Сох. Автореф. дисс... канд. ист. наук. – Л., 1991.
  30. Сухарева О. А. Некоторые вопросы брака и свадебные обряды у таджиков кишлака Шахристана / Сб. науч. кружка при вост. фак. СаГУ. – Ташкент, 1928. Вып. 1. – С. 72–79.
  31. Сухарева О. А. Свадебные обряды таджиков г. Самарканда и некоторых других районов Средней Азии // СЭ. – 1940. – №3. – С. 173–176.
  32. Сухарева О. А. Традиции семейно-родственных браков у народов Средней Азии и Казахстана / Семья и семейные обряды у народов Средней Азии и Казахстана. – М., 1978. – С. 192–200.
  33. Сухарева О. А., Бикжанова М. А. Прошлое и настояшее селения Айкыран. – Ташкент: Фан, 1955.
  34. Ташбаева Т. Х., Савуров М. Д. Новое традиционное быту сельской семьи узбеков. – Ташкент: Фан, 1989.
  35. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси кенгаши ва Республика Олий Мажлиси Сенати кенгашининг қўшма қарори // https://lex.uz/uz/docs/5153833.
  36. Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Коррупцияга қарши курашиш тизимини янада такомиллаштириш бўйича белгиланган устувор вазифалар ижросини самарали ташкил этишга доир чора-тадбирлар тўғрисида”ги Фармони // https://lex.uz/pdfs/7486412
  37. Янги турмуш – янги анъаналар. Тўплам. – Тошкент: Ўзбекистон, 1973.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011063
Nashr sanasi
2025-08-27
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
Jild
1
Son
1
DOI
10.66073/refocus-conf/27
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
119–126
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-09-08