NAMANGAN VILOYATI QORAQALPOQLARIDA HUNARMANDCHILIK AN‘ANALARI
Sarimsokov Abdilatip Abdirakhimovich1, Nasirjonova Yulduz Takhirjon kizi22025
- 1University of Business and Science Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti, tarix fanlari nomzodi.
- 2University of Business and Science Tarix mutaxassisligi magistranti.
Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 1Sahifa 135–139
Annotatsiya
Ushbu maqolada Namangan viloyatida yashovchi qoraqalpoqlarga xos hunarmandchilik an‘analari tahlil qilingan. Muallif bunda asosiy e‘tiborni viloyatda yashovchi qoraqalpoqlarning geografik joylashuvi, kundalik hayoti, aynan mazkur etnosga xos hunarmandchilik turlari, uning bugungi kundagi ko‘rinishlaridan biri bo‘lgan bo‘yrado‘zlikka qaratgan
Boshqa tillarda
ruschaРЕМЕСЛЕННЫЕ ТРАДИЦИИ КАРАКАЛПАКОВ НАМАНГАНСКОЙ ОБЛАСТИ
В данной статье анализируются ремесленные традиции каракалпаков, проживающих в Наманганской области. Автор сосредоточил внимание на географическом положении каракалпаков, проживающих в регионе, их повседневной жизни, ремеслах, характерных для этой этнической группы, и одном из его проявлений в наши дни – буйрадузлик.
inglizchaTRADITIONS OF HANDICRAFTS IN KARAKALPAKS OF NAMANGAN
This article analyzes the craft traditions of Karakalpaks living in Namangan region. The author focused on the geographical location of the Karakalpaks living in the region, their daily life, handicrafts specific to this ethnic group, and one of its manifestations today, that is, weaving.
Kalit so‘zlar
- Namangan viloyati
- qoraqalpoqlar
- Farg‘ona vodiysi qoraqalpoqlari milliy qadriyatlar
- marosimlar
- hunarmandchilik
- baliqchilik
- bo‘yrado‘zlik
- qamish
- chiy to‘qish
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
NAMANGAN VILOYATI QORAQALPOQLARIDA HUNARMANDCHILIK AN'ANALARI
РЕМЕСЛЕННЫЕ ТРАДИЦИИ КАРАКАЛПАКОВ НАМАНГАНСКОЙ ОБЛАСТИ
TRADITIONS OF HANDICRAFTS IN KARAKALPAKS OF NAMANGAN
Sarimsokov Abdilatip Abdiraximovich University of Business and Science Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti, tarix fanlari nomzodi. e-mail: abdulsarimsokov@gmail.com Tel: [telefon raqami yashirilgan]
Nosirjonova Yulduz Toxirjon qizi University of Business and Science Tarix mutaxassisligi magistranti. e-mail: nosirjonovayulduz@gmail.com Тел: [telefon raqami yashirilgan] https://doi.org/10.5281/zenodo.16919387 Annotasiya Ushbu maqolada Namangan viloyatida yashovchi qoraqalpoqlarga xos hunarmandchilik an'analari tahlil qilingan. Muallif bunda asosiy e'tiborni viloyatda yashovchi qoraqalpoqlarning geografik joylashuvi, kundalik hayoti, aynan mazkur etnosga xos hunarmandchilik turlari, uning bugungi kundagi ko‘rinishlaridan biri bo‘lgan bo‘yrado‘zlikka qaratgan. Аннотация В данной статье анализируются ремесленные традиции каракалпаков, проживающих в Наманганской области. Автор сосредоточил внимание на географическом положении каракалпаков, проживающих в регионе, их повседневной жизни, ремеслах, характерных для этой этнической группы, и одном из его проявлений в наши дни – буйрадузлик. Annotation This article analyzes the craft traditions of Karakalpaks living in Namangan region. The author focused on the geographical location of the Karakalpaks living in the region, their daily life, handicrafts specific to this ethnic group, and one of its manifestations today, that is, weaving.
Kalit so‘z va iboralar. Namangan viloyati, qoraqalpoqlar, Farg‘ona vodiysi qoraqalpoqlari milliy qadriyatlar, marosimlar, hunarmandchilik, baliqchilik, bo‘yrado‘zlik, qamish, chiy to‘qish. Ключевые слова и фразы.
Наманганская область, каракалпаки, каракалпаки Ферганской долины, национальные ценности, обряды, ремесла, рыболовство, циновка, плетение из камыша Key words and phrases. Namangan region, Karakalpaks, Fergana Valley Karakalpaks, national values, rituals, handicrafts, fishing, mat weaving, reed weaving.
Mustaqillik sharofati ila o‘zbek xalqining tarixiy turmush tarzi, urf-odatlari, qadimiy an'analari, boy milliy va ma'naviy qadriyatlari, asrlar davomida yaratilib, bizning davrimizgacha yetib kelgan moddiy madaniyat durdonalari, amaliy san'at asarlari, nodir yozma manbalar, shuningdek xalqimizning aql-idroki va tafakkuri yutug‘i hisoblanmish hunarmandchilik turlarini ilmiy tadqiq etish uchun imkoniyat tug‘ildi. Qolaversa, hunarmandchilik turlari tarixi, ishlab chiqarish jarayonlari, buyumlar shakllari, bezaklari, ranglarini bilish, usta-shogird munosabatlari, urfodat, an'ana va marosimlarini o‘rganish yanada dolzarbdir. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, qadimda xo‘jalikning barcha turlari xususan, chorvachilik va dehqonchilik kabi hunarmandchilik ham rivoj topgan edi. Bugungi kungacha yaratilib kelgan, xalqimiz hayotini barcha jabhalarini qamrab olgan hunarmandchilik namunalari oddiy buyumgina hisoblanmay, unda mahalliy xalqning dunyoqarashi, milliy tafakkurining chuqur qatlamlari, xo‘jalik faoliyati, falsafasi, axloqiy qarashlari, turmush tarzining taraqqiyot darajasi ham namoyon bo‘ladi. Zamonaviy etnologiya fanida tadqiqot mavzusi xalqlarni ham izchil o‘rganishga va ular bilan bog‘liq marosim, urf-odatlarni ularning turmush tarzidagi o‘rnini bilishga e'tibor qaratilmoqda. So‘nggi o‘n yilliklarda dunyo miqyosida kechayotgan globallashuv jarayonlari etnik xususiyatlarni saqlab qolish omillari va milliy marosimlarni tadqiq etish masalasining dolzarb muammolar tarzida kun tartibiga qo‘yildashiga sabab bo‘lmoqda [1: 19]. Ma'lumki, o‘zbek xalqining kundalik turmush tarzida o‘ziga xos o‘rinni egallovchi ayollar hunarmandchiligi hamda u bilan bog‘liq urf-odat va marosimlar ayni paytda insoniyat moddiy madaniyatining muhim komponentlaridan biridir. An'anaviy ayollar hunarmandchiligi o‘zbeklarning oilaviy, xo‘jalik, jamoaviy hayotida muhim o‘rin egallagan bo‘lib, asrlar mobaynida xalqimiz turli xil kasbhunarlar bilan mashg‘ul bo‘lib kelgan. Ana shunday ayollar hunarmandchiligi turlaridan biri bo‘yrachilikdir. Ma'lumki, Farg‘ona vodiysi qoraqalpoqlari XVIII asrda Sirdaryoning o‘rta oqimidan vodiyga kelib joylashar ekanlar, asosan ular daryo yoqasiga o‘rnashishga harakat qilganlar [2: 17]. Chunki, bunday joylarda ularda an'anaviy qamish buyumlar tayyorlashni davom ettira olar edilar. Demak, hunarmandchilik qoraqalpoqlar yashab kelgan tabiiy-geografik muhitdagi xomashyodan unumli foydalanish natijasida asrlar davomida vujudga kelgan va an'anaaviy mashg‘ulot sifatida xo‘jalikda mustahkam o‘rin egallagan. Bunday xususiyat qoraqalpoqlarda qamish to‘qish borasida boy tajribani to‘planishiga sabab bo‘lib, ular tayyorlagan mahsulotni boshqa etnoslar buyumlaridan yuqori sifati bilan ajralib turishga olib kelgan. Qoraqalpoqlar o‘rnashgan joylarning deyarli barchasida qamish o‘suvchi ko‘llar mavjud bo‘lgan. Masalan, Farg‘ona
viloyati Dang‘ara tumani Oqtepa qishlog‘i yonida Joymishko‘l, Uymovut qishlog‘i yonida Sirdaryo o‘zani ko‘llari, Quduq qishlog‘i yonida Hobbuva ziyoratgohi ko‘li, Namangan viloyati Pop tumani Kenagas qishlog‘i yonida G‘aznoq ko‘li va boshqalar [3: 60]. Qoraqalpoqlar bu kabi hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash an'anasini yaxshi saqlab qolinishiga ularning xo‘jalik-madaniy an'analari va tabiiy-geografik omil o‘z ta'sirini ko‘rsatgan. Natijada, ushbu hunar turi vodiy qoraqalpoqlari xo‘jaligida alohida ahamiyat kasb etgan va tovar xarakterini olgan. Dala tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, qamishdan bo‘yra tayyorlash vodiyda Sirdaryo bo‘yida joylashgan deyarli barcha qoraqalpoq qishloqlarida rivojlangan. Ayniqsa, hunarmandchilikning ushbu turi Qo‘qon uyezdining Quduq va Shopo‘lat, Namangan uyezdining G‘aznoq, Nayman, Beshsari, Qozoqovul va Momoxon qishloqlarida rivojlangan. Mazkur qishloqlarda yashovchi qoraqalpoqlar sohaning mohir ustalari hisoblanib, hozirgi kunga qadar ushbu an'anani davom ettirib kelmoqda [4: 61]. Shuningdek, bo‘yra to‘qishda kam turdagi asboblardan foydalanilgan. Jumladan, sherdam o‘roq deb ataluvchi uzun bo‘yinli o‘roq, kaltakcho‘p, kichik kaltak cho‘p, yorg‘u, bo‘yra tosh va bo‘yra pichoqdan iborat. Axborotchilarning fikriga ko‘ra, XX asrning 50- yillaridagi qo‘riq, zaxkash yerlarni o‘zlashtirish davrida bu ko‘llar quritilib o‘zlashtirilgan. Xom-ashyo kamayishi bilan hunarmandchilik tugay boshlagan. Shunga qaramay, hunarmandchilik ayrim qoraqalpoq qishloqlarida bugungi kunga qadar saqlanib qolmoqda. Yuqorida qayd etilganidek, vodiy qoraqalpoqlari qamishdan turli buyumlar to‘qiganlar. Masalan, Momoxon qoraqalpoqlari don solinadigan maxsus idish bardon bo‘yradir to‘qiganlar. U silindr shaklida bo‘lib, saqlanayotgan don uchun havoni yaxshi o‘tkazgan, donga mita tushmagan, kemiruvchilar ziyon yetkaza olmaganlar. Ular o‘choq yoniga “P” shaklida o‘choqbardon to‘shab o‘tirganlar [5]. Bo‘yrani o‘lchami 170x200 sm. qilib to‘qilgan. Qamishdan baliq ovlash uchun g‘azo ham to‘qilgan. Qamishdan tom tepasiga solish uchun chiy ham tayyorlangan. Qolgan qoraqalpoq qishloqlarida yana shu kabi mahsulotlar va tom yopishda foydalaniladigan bordon-bo‘yraning bir turi (qamishning bargi tozalanmasdan to‘qiladi), qazo bo‘yra to‘qilgan. Qazo bo‘yra o‘lchamiga ko‘ra “chor gaz” 5–6 m2 va 1.6 m2 lisi (se gaz) bo‘lgan. Qozon ustiga yopishda ishlatiladigan qozon bo‘yra ham to‘qilgan [6: 62]. Bo‘yra to‘qish texnologiyasi barcha qoraqalpoqlar uchun umumiy xususiyatga ega bo‘lgan. Qamish o‘rib kelingach, salqinda quritilgan. So‘ng 5–6 dona qamish poyasi bir qo‘lgan olinib, 2 ta “kaltakcho‘p”ni ayri qilib olib ularga urib poyalar barglardan tozalangan. Kaltakcho‘p yulg‘un butasidan 50–60 sm uzunlikda kesib olingan cho‘pdir. Tozalangan qamish “yorg‘u” (uzunligi 10–15 sm uzunlikdagi ichi kavak yog‘och bo‘lgan bo‘lib, o‘rtasiga 3-4 sm.li metall tig‘o‘rnatilgan) bilan tozalangan. Qamish poyasi sirtidan u yurgizilganda u poyani bir tomondan bir marta yorib ketadi. Yorilgan qamish ustidan eniga og‘ir tosh bostirilib endi poya bir necha qismlarga ajratilib eziladi. Ezilgan qamishdan bo‘g‘im pardalari, barglari “kichik kaltakcho‘p” (30 sm) bilan ikkinchi marta yuqoridagi usul kabi tozalanadi. Qamish orasi ochilib oyoq bilan yozib turilib
yorilmay qolgan bo‘g‘imlar bo‘yra tosh bilan urib ezib chiqiladi. Bo‘lajak bo‘yra bichmini chiqarish uchun to‘quvchi dastlab 11 dona qamish poyasini sirtini yuqoriga qilib poyalar yoyilgan holda yerga yonma-yon joylashtiradi. Bunda 5 ta qamish poyasi uchi bir tarafga, 6 tasiniki qarama-qarshi tarafga yo‘nalgan bo‘ladi. So‘ng shu qamish poyalari o‘rtasidan arqov qamish poyasi o‘tkazish boshlanadi. Arqov qamish asos qamish poyalarini dastlab 2 ta poya tepasidan, so‘ng 2 ta poya quyidan qilib o‘tkazib boriladi. Keyingi arqov qamish birinchi arqov qamishga qarama-qarshi tarzda o‘tkazib bo‘yra to‘qiladi. Bo‘yra to‘quvchilarning fikricha, arqov qamish bir marta “4 bosar” 4 ta qamishdan so‘ng tarzida, keyin “2 bosar”, ya'ni 2 ta poyadan so‘ng o‘tkazish shaklida to‘qib boriladi. 4 bosar arqov qamish o‘tkazishda poya uchi bilan o‘tkazilsa, 2 bosar arqov qamish poya ildiz tomon bilan o‘tkaziladi. Umuman olganda, 13 ta arqov qamish o‘tkazib olingach, bo‘yra bichimi chiqadi. So‘ng bo‘yraga suv sepiladi. Pichoq uchiga qamishni tirab turib qayirib, bo‘yratosh bilan urilib bo‘yra cheti chiqariladi. Bo‘yrani shu qismi bo‘ylab to‘qish davom ettirilib, u 3 metrga yetgach, oxiri cheti qayrilib to‘qish yakunlanadi [7]. Bo‘yrado‘zlik hunarmandchiligi oila-jamoachilik xarakteridagi ishlab chiqarish usuliga ega. To‘qish oilada erkaklar va ayollar tomonidan bajariladi. Oiladagi bolalar ham hunarmandchilikka erta yoshligidan ota-onalari tomonidan o‘rgatiladi. Hunarmandchilik oilalarda individual xarakterda bo‘lsada, xomashyoni keltirish jamoachilik xarakteriga ega bo‘lgan. Masalan, xom-ashyo qamish uchun mahalladagi barcha erkaklar birgalikda qamish ko‘p bo‘lgan ko‘llar bo‘yiga borib, u yerdan qamish jamg‘arganlar va o‘z qishloqlariga keltirganlar [8: 62]. Xulosa qilib shuni qayd etish mumkinki, Farg‘ona vodiysi qoraqalpoqlarida bo‘yrado‘zlik, hunarmandchiligi azaldan rivoj topgan an'anaviy mashg‘ulotlardan biri bo‘lgan. Hunarmandchilik mahsulotlari nafaqat qoraqalpoqlar, balki vodiyning boshqa etnoslari tomonidan ham juda qadrlangan. Hunarmandchilik qoraqalpoqlar hayotidagi muhim o‘rnini keyingi davrlarda ham saqlab qolib, bugungi kunda ham an'analar davom ettirilmoqda. Zero, bugungi zamonaviy turmush tarzimizda otabobolarimizning milliy an'analaridan foydalanishimiz mustahkam kelajagimiz poydevoriga zamin yaratishdir.
FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR (REFERENCES) 1. Аширов А. А. Ўзбек халқи этнологиясида терминология муаммосига доир айрим мулоҳазалар / Этнос ва маданият: анъанавийлик ва замонавийлик. – Тошкент, 2010. 2. Толстова Я. С. Каракалпаки Ферганский долины. – Нукус, 1959. 3. Эсонов З. Ю. Фарғона водийси қишлоқ аҳолисининг ҳунармандчилик анъаналари (XIX аср охири – XX аср бошлари). Тарих фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) илмий даражасини олиш учун тайёрлаган диссертацияси. – Тошкент, 2021. 4. Эсонов З. Ю. Фарғона водийси қишлоқ аҳолисининг ҳунармандчилик анъаналари... 5. Dala yozuvlari. Namangan viloyati Mingbuloq tumani Momoxon qishlog‘i. 2025 yil.
6. Буланов С. Бўйранинг хосиятлари // Гулистон. – 1998. – №2 7. Dala yozuvlari. Namangan viloyati Mingbuloq tumani Momoxon qishlog‘i. 2025 yil. 8. Эсонов З. Ю. Фарғона водийси қишлоқ аҳолисининг ҳунармандчилик анъаналари...
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar8 ta adabiyot
- Аширов А. А. Ўзбек халқи этнологиясида терминология муаммосига доир айрим мулоҳазалар / Этнос ва маданият: анъанавийлик ва замонавийлик. – Тошкент, 2010.
- Толстова Я. С. Каракалпаки Ферганский долины. – Нукус, 1959.
- Эсонов З. Ю. Фарғона водийси қишлоқ аҳолисининг ҳунармандчилик анъаналари (XIX аср охири – XX аср бошлари). Тарих фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) илмий даражасини олиш учун тайёрлаган диссертацияси. – Тошкент, 2021.
- Эсонов З. Ю. Фарғона водийси қишлоқ аҳолисининг ҳунармандчилик анъаналари...
- Dala yozuvlari. Namangan viloyati Mingbuloq tumani Momoxon qishlog‘i. 2025 yil.
- Буланов С. Бўйранинг хосиятлари // Гулистон. – 1998. – №2
- Dala yozuvlari. Namangan viloyati Mingbuloq tumani Momoxon qishlog‘i. 2025 yil.
- Эсонов З. Ю. Фарғона водийси қишлоқ аҳолисининг ҳунармандчилик анъаналари...
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011066
- Nashr sanasi
- 2025-08-27
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
- Jild
- 1
- Son
- 1
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/30
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 135–139
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-08