OILA VA NIKOH TUSHUNCHALARINING ILMIY-FALSAFIY, IJTIMOIY-HUQUQIY, TARIXIY TALQINI.
Isakov Abdulvohid QobilovichNamangan Davlat Universiteti ijtimoiy falsafa kafedrasi erkin tadqiqotchisi.2025
Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 1Sahifa 170–175
Annotatsiya
Maqolada oila va nikoh tushunchalariga falsafiy, ijtimoiy-huquqiy va tarixiy nuqtai nazardan yondashiladi. Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi va Oila kodeksi asosida oilaning jamiyatdagi o‘rni, nikohning huquqiy asoslari, uning ixtiyoriyligi, yoshga oid talablar hamda nikohga oid turli huquqiy cheklovlar tahlil qilinadi. Muallif o‘zbek oilasining urf-odatlari, axloqiy qadriyatlari, oiladagi o‘zaro munosabatlar va shaxsiy erkinliklar masalalariga alohida e‘tibor qaratadi. Shuningdek, islomiy fiqh manbalariga tayanilgan holda nikoh va oilaga oid an‘anaviy qarashlar ilmiy asosda yoritiladi. Xulosa sifatida, nikoh va oila jamiyatning barqarorligi va ma‘naviy taraqqiyotining asosiy instituti sifatida talqin etiladi.
Boshqa tillarda
ruschaНАУЧНО-ФИЛОСОФСКОЕ, СОЦИАЛЬНО-ПРАВОВОЕ И ИСТОРИЧЕСКОЕ ТОЛКОВАНИЕ ПОНЯТИЙ СЕМЬИ И БРАКА.
В статье рассматриваются понятия семьи и брака с философской, социально-правовой и исторической точек зрения. На основе Конституции Нового Узбекистана и Семейного кодекса анализируются место семьи в обществе, правовые основы брака, его добровольность, возрастные требования, а также различные правовые ограничения, связанные с браком. Автор уделяет особое внимание узбекским семейным традициям, моральным ценностям, взаимным отношениям в семье и вопросам личной свободы. Кроме того, на научной основе освещаются традиционные взгляды на брак и семью, основанные на исламских фикхистских источниках. В заключение брак и семья рассматриваются как важнейший институт устойчивости и духовного развития общества.
inglizchaSCIENTIFIC-PHILOSOPHICAL, SOCIO-LEGAL, AND HISTORICAL INTERPRETATION OF THE CONCEPTS OF FAMILY AND MARRIAGE.
The article examines the concepts of family and marriage from philosophical, socio-legal, and historical perspectives. Based on the Constitution of New Uzbekistan and the Family Code, the article analyzes the role of the family in society, the legal foundations of marriage, its voluntariness, age requirements, as well as various legal restrictions related to marriage. The author pays special attention to Uzbek family traditions, moral values, mutual relationships within the family, and issues of personal freedom. Additionally, traditional views on marriage and family, based on Islamic fiqh sources, are presented on a scientific basis. In conclusion, marriage and family are considered as essential institutions for the stability and spiritual development of society.
Kalit so‘zlar
- Oila instituti
- Nikoh huquqiy asoslari
- Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi
- Oila kodeksi
- Ijtimoiy-huquqiy munosabatlar
- Urf-odat va an‘analar
- Axloqiy mezonlar
- Islom huquqshunosligi
- Shaxsiy va oilaviy huquqlar
- Nikoh yoshi
- Soxta nikoh
- Qonunchilik va oilaviy munosabatlar
- Oilada tenglik tamoyili
- O‘zbek oilasining milliy qadriyatlari
- Demografik rivojlanish
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
OILA VA NIKOH TUSHUNCHALARINING ILMIY-FALSAFIY, IJTIMOIYHUQUQIY, TARIXIY TALQINI.
НАУЧНО-ФИЛОСОФСКОЕ, СОЦИАЛЬНО-ПРАВОВОЕ И ИСТОРИЧЕСКОЕ ТОЛКОВАНИЕ ПОНЯТИЙ СЕМЬИ И БРАКА.
SCIENTIFIC-PHILOSOPHICAL, SOCIO-LEGAL, AND HISTORICAL INTERPRETATION OF THE CONCEPTS OF FAMILY AND MARRIAGE.
Isaqov Abdulvohid Qobilovich Namangan Davlat Universiteti ijtimoiy falsafa kafedrasi erkin tadqiqotchisi. e-mail: isaqovabdulvohidisaqov@gamil.com Tel: [telefon raqami yashirilgan] https://doi.org/10.5281/zenodo.16919632 Annotatsiya Maqolada oila va nikoh tushunchalariga falsafiy, ijtimoiy-huquqiy va tarixiy nuqtai nazardan yondashiladi. Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi va Oila kodeksi asosida oilaning jamiyatdagi o‘rni, nikohning huquqiy asoslari, uning ixtiyoriyligi, yoshga oid talablar hamda nikohga oid turli huquqiy cheklovlar tahlil qilinadi. Muallif o‘zbek oilasining urf-odatlari, axloqiy qadriyatlari, oiladagi o‘zaro munosabatlar va shaxsiy erkinliklar masalalariga alohida e’tibor qaratadi. Shuningdek, islomiy fiqh manbalariga tayanilgan holda nikoh va oilaga oid an’anaviy qarashlar ilmiy asosda yoritiladi. Xulosa sifatida, nikoh va oila jamiyatning barqarorligi va ma’naviy taraqqiyotining asosiy instituti sifatida talqin etiladi. Аннотация В статье рассматриваются понятия семьи и брака с философской, социальноправовой и исторической точек зрения. На основе Конституции Нового Узбекистана и Семейного кодекса анализируются место семьи в обществе, правовые основы брака, его добровольность, возрастные требования, а также различные правовые ограничения, связанные с браком. Автор уделяет особое внимание узбекским семейным традициям, моральным ценностям, взаимным отношениям в семье и вопросам личной свободы. Кроме того, на научной основе освещаются традиционные взгляды на брак и семью, основанные на исламских фикхистских источниках. В заключение брак и семья рассматриваются как важнейший институт устойчивости и духовного развития общества. Annotation The article examines the concepts of family and marriage from philosophical, socio-legal, and historical perspectives. Based on the Constitution of New Uzbekistan and the Family Code, the article analyzes the role of the family in society, the legal foundations of marriage, its voluntariness, age requirements, as well as various legal restrictions related to marriage. The author pays special attention to Uzbek family traditions, moral values, mutual relationships within the family, and issues of personal freedom. Additionally, traditional views on marriage and family, based on Islamic fiqh sources, are presented on a scientific basis. In conclusion, marriage and family are considered as essential institutions for the stability and spiritual development of society. Kalit so‘zlar: Oila instituti, Nikoh huquqiy asoslari, Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi, Oila kodeksi, Ijtimoiy-huquqiy munosabatlar, Urf-odat va an’analar, Axloqiy mezonlar, Islom huquqshunosligi, Shaxsiy va oilaviy huquqlar, Nikoh yoshi, Soxta nikoh, Qonunchilik va oilaviy munosabatlar, Oilada tenglik tamoyili, O‘zbek oilasining milliy qadriyatlari, Demografik rivojlanish.
Ключевые слова: Институт семьи, правовые основы брака, Конституция Нового Узбекистана, Семейный кодекс, социально-правовые отношения, обычаи и традиции, моральные нормы, исламская юриспруденция, личные и семейные права, брачный возраст, фиктивный брак, законодательство и семейные отношения, принцип равенства в семье, национальные ценности узбекской семьи, демографическое развитие. Keywords: Family institution, legal foundations of marriage, Constitution of New Uzbekistan, Family Code, socio-legal relations, customs and traditions, moral norms, Islamic jurisprudence, personal and family rights, marriage age, fictitious marriage, legislation and family relations, principle of equality in the family, national values of the Uzbek family, demographic development.
Yangi O‘zbekiston Konstitusiyasining “Oila, bolalar va yoshlar” deb nomlangan 76-moddasida ifodalanishicha: “Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda u jamiyat va davlat muhofazasidadir” [1]. Ushbu norma mazmun-mohiyatidan anglashiladiki, oila institute falsafiy-huquqiy, ijtimoiy-biologik va ma’naviy-axloqiy kategoriyadir. Bu degani, xalqimizning oilaga taalluqli milliy an’ana va qadriyatlari hamda oilaning to‘laqonli rivojlanishi uchun davlat ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa zarur shart-sharoitlarni yaratib beradi. Oila bilan bog‘liq qoidalarga qiyosiytahliliy nazar shundan dalolat beradiki, Yangi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, Fuqarolik va Oila kodekslari, shuningdek, boshqa tegishli normative hujjatlarimizning xalqparvarligiga, ularning milliy, diniy qadriyatlarimiz va an’analarimiz bilan uyg‘unligiga amin bo‘lamiz. Oila serqirra va mazmuniga ko‘ra keng qamrovli institute hisoblanib, yosh avlod ta’lim-tarbiyasida, ularni sog‘lom, to‘laqonli va hartomonlama kamol toptirish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida muhim o‘rintutadi. Shu bois, oila azaldan jamiyat ijtimoiy-ma’naviy, qolaversa iqtisodiy, ma’rifiy, axloqiy, diniy, hattoki, siyosiy hayotida muhim ahamiyatga molik bo‘lgan muqaddas maskan sifatida e’tirof etiladi. Tarixdan ma’lumki, davlat bilan oila, ularning vujudga kelishi va boshqarish mexanizmi ijtimoiy-huquqiy tusga ega. Oilaning yuzaga kelish asosi sifatida nikoh – nikohlanuvchi taraflarga er va xotin maqomini berish orqali ular zimmasiga huquq va majburiyatlar, javobgarlik (burch, vazifa, mas’uliyat) yuklashni yuridik jihatdan rasmiylashtirish jarayoni hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 3- bobida nikoh, nikoh tuzish tartibi, uning ixtiyoriyligi, nikohyoshi kabi huquqiy jihatlari to‘la-to‘kis yoritib berilgan. [2]. Aynan nikoh qayd etilganidan e’tiboran oilaviy munosabatlarni nazorat qilish, muammolarni hal qilish, nazoratga olish huquqiy jihatdan boshqarish davlat zimmasida bo‘ladi. Zero, har qanday jamiyat, davlatning ijtimoiy tanazzuli oilaning buzilishi, barbod bo‘lishi kabi illatlar bilan bevosita bog‘liq. Shuning uchun nikoh munosabatlari, yolg‘iz yashovchilar va oilaviy muammolarni o‘rganish jamiyat ijtimoiy tarkibini ijobiy rivojlanishiga xizmat qiladi. Barcha dinlarda ham nikoh muqaddas rishta hisoblangan, xususan, islom dinimizda nikoh va oilaning falsafiy qarashlari bo‘yicha juda ko‘p olimlar ilmiy asar yozishgan
shular qatorida yurtimiz allomalari qatorida Tojiddin Abubakr Al-Axsikatiy ”alfatavo al-Ho‘jandiy” asarida ham oilada er-xotin huquq va majburiyatlari haqida ma’lumot berilgan. Ta’kidlash kerakki, har bir oila o‘ziga xos turmush tarziga ega bo‘lib, turmush oilaning kundalik hayoti hisoblanadi. Oila g‘oyat serqirra va murakkab ijtimoiyhuquqiy ittifoq yoki aniqroq qilib aytganda uyushmadir. Unda quvonchlar ham, tashvishlar ham mujassam. Agar oila a’zolari ahil, hamjihat, odob-axloqli, nomusli, o‘z qadr-qimmatini saqlaydigan, saranjom-sarishta, tejamkor bo‘lsa, bunday xonadonda turmush shirin va maroqli o‘tadi. O‘zbek oilasining tashqaridan sezilmaydigan o‘ziga xos ichki qonun-qoidalari, axloqiy me’zonlari borki, bunda urf-odatlar va an’analar alohida o‘rin tutadi. Jumladan, “urf-odatlar va an’analar – tarixan shakllangan va avloddan-avlodga o‘tib boradigan, ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan va doimo takrorlanib turadigan hattiharakat, xulq-atvor normalari va ko‘nikmalaridir”. [3]. Masalan, tongda barvaqt turish, yuz-qo‘l yuvilmasdan salomlashmaslik, ayollarning nonushta hozirlashlari, qizlar va kelinlarning hovli va ko‘cha supurishlari kabi bir qator fazilatlar bisyor. Buni ustiga o‘zbek oilalari bolajon. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Uylaninglar, ko‘payinglar chunki men qiyomatda payg‘ambarlar o‘rtasida ummatimning ko‘pligi bilan faxrlanaman” deb, marhamat qilganlar. Vaholanki, oilaviy munosabatlar mustaqil hodisa bo‘lib, uning ichki ishlariga hech kim behuda aralashishga haqli emas. Shu sababli oila muqaddas va daxlsiz hisoblanadi. Ilmiy-nazariy tilda aytganda, oila o‘ziga xos muhitni shakllantirgan kichik bir davlatdir. Chunonchi, oila jamiyat ichida, uning tashqarisida emas, uning tarkibidadir. Oilaviy munosabatlar jamiyatdagi mavjud ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy-axloqiy munosabatlar bilan belgilanadi va uning bevosita yoxud bilvosita ta’siri ostida shakllanib rivojlanib boradi. Demoqchimizki, aynan jamiyat hayoti, ruhiyati oilaning ijobiy yoki salbiy jihatlariga bog‘liq bo‘ladi. Shunga ko‘ra har bir jamiyat o‘ziga xos va mos oila turini tanlaydi va bag‘rida yetishtiradi. Jamiyatning tashkil topishida, uning davomiyligini ta’minlashda oila ijtimoiydemografik manba hisoblanadi. Insonning dunyoga kelishi, yangi avlodning paydo bo‘lishi, avlodlar almashinuvi asosan oilada sodir bo‘ladi. Farzand tug‘ilib, kamolga yetib shaxs sifatida shakllanguniga qadar lozim bo‘lgan barcha ta’lim-tarbiya oila muhitida beriladi. Insonning ota-onasi, qarindoshlari, qariyalar, atrof-muhit va tabiatga bo‘lgan munosabatlari dastlab oilada boshlanadi. Shu bilan birga, oila urfodatlarni avloddan-avlodga yetkazish vositasi ham hisoblanadi. [4]. Oilaning vujudga kelishida uning yuridik fakt sifatida e’tirof etilganligi va jamiyat ijtimoiy hayotidagi ahamiyati nuqtai-nazaridan nikohning huquqiy jihatlariga alohida e’tibor beriladi. Qonunda belgilanishicha, nikoh tuzish ixtiyoriy bo‘lib, bo‘lajak er-xotin o‘z roziligini erkin ifoda etish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Demak, zo‘rlash, aldash, adashish, po‘pisa qilish va boshqa noqonuniy harakatlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Aks holda, nikohning haqiqiy emasligiga olib kelishi mumkin.
Nikoh munosabatlarini o‘rnatishga doir asl ichki xohishga tayanmagan irodaning tashqi ifodasi o‘zi hech qanday vaziyatda nikohdan o‘tishga huquqiy jihatdan rozilik sifatida qabul qilinmaydi. Nikoh faqat nikoh yoshiga yetgan, balog‘at yoshiga yetgan shaxslar o‘rtasida tuzilishi mumkin. Uzrli sabablar bo‘lganida, alohida hollarda nikohga kirishni xohlovchilarning iltimosiga ko‘ra nikoh davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini ko‘pi bilan bir yilga kamaytirishi mumkin. Nikoh yoshini kamaytirish uchun uzrli sabablarning ro‘yhati kodeksda keltirilmagan bo‘lsada, aksariyat hollarda, bu homiladorlik yoki farzandning tug‘ilishi bilan bog‘liqdir. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 15-moddasiga muvofiq O‘zbekistonda nikoh yoshi erkaklar va ayollarlar uchun o‘n sakkiz yosh etib belgilangan. Nikohdan o‘tish uchun ariza topshirilayotganda, nikohdan o‘tmoqchi bo‘lgan shaxslarning yoshi belgilangan, ularning shaxsini tasdiqlaydigan hujjati talab etiladi. Ammo, ayrim joylarda mazkur shartni buzib, nikohlarning qayd qilinishi achinarli holdir. Amaldagi qonunchilikka muvofiq, loaqal bittasi ro‘yxatga olingan boshqa nikoxda turgan shaxslar o‘rtasida nikohning tuzilishiga ham yo‘l qo‘yilmaydi. Ko‘pgina mamlakatlarning qonunchiligi bir nikohlik qoidasidan kelib chiqadi. Bunday ta’qiqning kelib chiqishi hududdagi mavjud diniy an’analar va madaniyat bilan bog‘likdir. Bugungi kunda islom diniga e’tiqod etgan va milliy tarixiy an’analarga ega, avvallari ko‘p xotinlilikka yo‘l qo‘yadigan mamlakatimiz aholisi ham bir nikohlik qoidasiga bo‘ysungan. Ommaviy axborot vositalarida bir necha marta mazkur muammo muhokama qilindi, qonunchiligiga zid bo‘lgan ko‘pxotinlik haqida me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilish haqida so‘z bordi, ko‘p xotinlilikni qonuniylashtirish tarafdorlari paydo bo‘ldi. Ayrimlar, hattoki, mazkur ta’qiqni juda favqulodda vaziyatlarda, masalan, oilada xotinning kasalligi yoki farzandning bo‘lmasligi, yani farzand ko‘rmagan hollarda bekor qilish mumkin deb hisoblaydi. Mamlakatimizda ko‘pxotinlilikka oid masala bir paytlar darhaqiqat mavjud bo‘lganligi va u milliy urf-odatlar hamda turli dinlar bilan bog‘liq bo‘lgani bois unga juda mulohazali yondashish lozim. Nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar o‘rtasida, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan opa-singillar o‘rtasida, shuningdek, farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasida ham nikohning tuzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Biroq, bunda farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasida nikoh biologik mulohazalar emas, balki ijtimoiy aloqalar tufayli ta’qiqlanadi. Farzandlikka olish ota-onalik kabi munosabatlarni yuzaga keltirishni maqsad qilib qo‘ygan. Shuning uchun farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasidagi nikoh axloqiy va huquqiy ta’qiq ostida hisoblanadi. Loaqal bittasining ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layoqasiz deb topilgan shaxslar o‘rtasida ham nikohning tuzilishiga ruxsat etilmaydi. Mazkur ta’qiq tasodifiy emas. Albatta, u bir necha
shartlar bilan asoslangan, ulardan biri bunday nikohda tug‘ilgan farzandlar haqida g‘amxo‘rlikni nazarda tutadi. Chunki ruhiy kasallikning nasl bo‘yicha o‘tish ehtimoli juda kattadir. Soxta nikohning tuzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Soxta nikoh deb shaxsning oila qurish niyatisiz, biror bir manfaatni yoki g‘arazli maqsadni ko‘zlab tuzgan nikohigi aytiladi. Soxta nikoh tuzuvchi er-xotin doimo ma’lum bir maqsadni ko‘zlaydilar. Soxtalik har ikki tomonlama yoki faqat bir tomonlama bo‘lishi mumkin. Agar er ham xotin ham soxta nikoh tuzish niyatida bo‘lsa, nikohni soxtaligini isbotlab berish juda qiyin. Soxta nikohni hisobli nikohdan farqlash zarur, bunday nikohni haqiqiy emas deb topish mumkin emas, uni faqat tugatish mumkin. Nikohlanuvchi shaxslardan biri tanosil kasalligi yoki odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV kasalligi) borligini ikkinchisidan yashirganda bunday nikoh ham haqiqiy hisoblanmaydi. Qonun chiqaruvchi qayd etilgan kasalliklar mavjudligi haqida ma’lum qilishga alohida ahamiyat beradi. Agar nikohlanuvchi shaxslardan biri boshqasining kasalligi haqida oldindan xabardor bo‘lsa, bunday nikohni haqiqiy emas deb topish mumkin emas. Er-xotinning kundalik hayoti mohiyatini tashkil qiluvchi aksariyat munosabatlar huquq doirasidan tashqarida yotadi. Agar so‘zsiz nikoh-oilaviy munosabatlarga huquq vositasida ta’sir etish mumkin bo‘lmasa, ularga nafaqat oilaviy, balki boshqa ixtiyoriy huquq sohasi yordamida ta’sir o‘tkazish mumkin emasligini tan olish kerak. Shaxsiy oilaviy munosabatlarga faqat ixtilof yuzaga kelgandagina aralashish huquqi mavjud. Oilada er va xotinning teng huquqligi shaxsning huquqiy mavqeini belgilovchi konstitusiyaviy qoidalardan kelib chiqadi. Bunga ko‘ra har bir erkak va ayol fuqarolarning bir xil huquq va erkinlikka egaligi hamda qonun oldida tengligi; yashash va turar joylarini erkin tanlashga egaligi; o‘z faoliyatining turini va kasbini tanlashdagi erkinliklari ifodalangan. Er va xotin teng huquq va majburiyatlarga hamda o‘zaro munosabatlarda va farzandlari bilan bo‘lgan munosabatlarida, nikoh tuzish, nikohda bo‘lish va nikohni bekor qilinishi kabi munosabatlarda bir xil javobgarlikka egadirlar. Er-xotin o‘rtasidagi shaxsiy munosabatlar maxsus ahamiyatga ega, ular o‘z egalari bilan chambarchas bog’liq va ulardan ajratilmaydi. Aynan shaxsiy munosabatlar nikoh asosini tashkil qiladi va er-xotin o‘rtasidagi boshqa munosabatlarga ta’sir ko‘rsatadi. Ular er-xotin munosabatlari tarzini va xususiyatini belgilaydi. Er-xotin oilaviy turmush masalalarini birgalikda hal qilish huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 19-moddasida “Er va xotin oilada teng huquqlardan foydalanadilar va ular teng majburiyatlarga egadirlar” [5] deb belgilangan. Ya’ni, bundan er va xotin bolalar tarbiyasi va oilaviy turmushning boshqa masalalarini birgalikda hal qiladilar, degan mazmun-ma’no kelib chiqadi. Xulosa qilib aytganda, nikoh, oila va oilaviy munosabatlar jamiyat kesimida qaralganda muqaddas hisoblanib, juda murakkab va nozik ijtimoiy-huquqiy masalalar
qatoridan haqli ravishda joy oladi. Xususan, bizni yurtlarda oila muqaddas rishta hisoblangan va juda ko‘p ijod qilib o‘tgan olimlar asarlarida o‘z aksini topgan shular jumlasidan yurtimiz allomalari qatorida Tojiddin Abubakr Alaxsikatiy ”Al-fatavoi alHo‘jandiy” qo‘lyozma asarida xat alohida nikoh va oilaning falsafiy qarashlari bor.
FOYDALANILGAN MANBA ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. Rasmiy nashr. – Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyoti, 2023. 2. O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi: Rasmiy nashr – Toshkent.: “Adolat”, 2021. 3. Milliy istitqlol g‘oyasi: asosiy tushunchalar, tamoyillar va atamalar (qisqa izohli lug‘at). Toshkent: Yangi asr avlodi. 2002. 4. Ro‘ziyeva N. Yoshlar tarbiyasida o‘zbek oilalari urf-odatlarining o‘rni // “Barkamol avlod tarbiyasining manaviy-ahloqiy, huquqiy, ekologik, valeologik, akmeologik va iqtisodiy masalalari” Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. -Toshkent: Falsafa va huquq instituti. 2010. 5. O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi: Rasmiy nashr – Toshkent.: “Adolat”, 2021. 6.Tojiddin Abubakr Al-Axsikatiy ”Al-fatavoi al-Ho‘jandiy” O‘zbekiston fanlar akademiyasi sharqshunoslik inustuti qo‘lyozmalar fondi 2339 sonli fonida saqlanadi. 1112-yil.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar6 ta adabiyot
- O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. Rasmiy nashr. – Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyoti, 2023.
- O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi: Rasmiy nashr – Toshkent.: “Adolat”, 2021.
- Milliy istitqlol g‘oyasi: asosiy tushunchalar, tamoyillar va atamalar (qisqa izohli lug‘at). Toshkent: Yangi asr avlodi. 2002.
- Ro‘ziyeva N. Yoshlar tarbiyasida o‘zbek oilalari urf-odatlarining o‘rni // “Barkamol avlod tarbiyasining manaviy-ahloqiy, huquqiy, ekologik, valeologik, akmeologik va iqtisodiy masalalari” Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. -Toshkent: Falsafa va huquq instituti. 2010.
- O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi: Rasmiy nashr – Toshkent.: “Adolat”, 2021.
- 6.Tojiddin Abubakr Al-Axsikatiy ”Al-fatavoi al-Ho‘jandiy” O‘zbekiston fanlar akademiyasi sharqshunoslik inustuti qo‘lyozmalar fondi 2339 sonli fonida saqlanadi. 1112-yil.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011073
- Nashr sanasi
- 2025-08-27
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
- Jild
- 1
- Son
- 1
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/38
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 170–175
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 22026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-08