ISLOMDA EKOLOGIYA MASALALARI TALQINI
Shavkatjon TolanbayevNamangan davlat universiteti katta o‘qituvchisi2025
Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 1Sahifa 126–131
Annotatsiya
Ushbu maqolada hozirgi kunning eng dolzarb muammolaridan biri bo‘lgan atrof-muhit muhofazasi va unga islom dinida bo‘lgan yondashuvlar aks etgan. Maqolada asosiy e‘tibor Qur‘oni Karimda keltirilgan tabiatni asrab-avaylashga doir ekologik qarashlar, ularning oyatlardagi talqini va o‘zbek xalqining tabiat unsurlariga bo‘lgan munosabati masalasiga qaratilgan. Tabiiyki, tabiatni muhofaza qilish muammosi butun olamdagi yuz millionlab musulmonlar va islom ulamolarini ham tashvishga solmoqda hamda ular ushbu muammolarni hal qilishda Qur‘oni Karim oyatlari va Hadisi shariflarning o‘rni kattadir.
Boshqa tillarda
ruschaИНТЕРПРЕТАЦИЯ ЭКОЛОГИЧЕСКИХ ВОПРОСОВ В ИСЛАМЕ
В данной статье отражены охрана окружающей среды, которая является одной из наиболее актуальных проблем современности, и подходы к ней в исламской религии. Основное внимание в статье уделяется экологическим взглядам на охрану природы, упомянутым в Священном Коране, их трактовке в аятах и отношению узбекского народа к стихиям природы. Естественно, проблема охраны природы волнует сотни миллионов мусульман и исламских ученых во всем мире, и аяты Священного Корана и хадисы играют огромную роль в решении этих проблем.
inglizchaINTERPRETATION OF ECOLOGICAL ISSUES IN ISLAM
This article reflects one of the most pressing problems of our time, environmental protection, and the approaches to it in Islam. The article focuses on the ecological views on the preservation of nature contained in the Holy Quran, their interpretation in the verses, and the attitude of the Uzbek people to the elements of nature. Naturally, the problem of nature protection also worries hundreds of millions of Muslims and Islamic scholars around the world, and they consider the verses of the Holy Quran and Hadiths to be of great importance in solving these problems.
Kalit so‘zlar
- Qur‘oni Karim
- oyatlar
- ekologiya
- tabiat
- o‘simlik dunyosi
- hayvonot olami
- yer
- suv
- havo
- olov
- ekologik madaniyat
- gunoh
- savob
- osmon
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ЭКОЛОГИЧЕСКИХ ВОПРОСОВ В ИСЛАМЕ
INTERPRETATION OF ECOLOGICAL ISSUES IN ISLAM
Shavkatjon To‘lanboyev, Namangan davlat universiteti katta o‘qituvchisi e-mail: shavkatjon1972@mail.ru Tel: [telefon raqami yashirilgan] https://doi.org/10.5281/zenodo.16919285 Annotatsiya Ushbu maqolada hozirgi kunning eng dolzarb muammolaridan biri bo‘lgan atrof-muhit muhofazasi va unga islom dinida bo‘lgan yondashuvlar aks etgan. Maqolada asosiy e’tibor Qur’oni Karimda keltirilgan tabiatni asrab-avaylashga doir ekologik qarashlar, ularning oyatlardagi talqini va o‘zbek xalqining tabiat unsurlariga bo‘lgan munosabati masalasiga qaratilgan. Tabiiyki, tabiatni muhofaza qilish muammosi butun olamdagi yuz millionlab musulmonlar va islom ulamolarini ham tashvishga solmoqda hamda ular ushbu muammolarni hal qilishda Qur’oni Karim oyatlari va Hadisi shariflarning o‘rni kattadir. Аннотация В данной статье отражены охрана окружающей среды, которая является одной из наиболее актуальных проблем современности, и подходы к ней в исламской религии. Основное внимание в статье уделяется экологическим взглядам на охрану природы, упомянутым в Священном Коране, их трактовке в аятах и отношению узбекского народа к стихиям природы. Естественно, проблема охраны природы волнует сотни миллионов мусульман и исламских ученых во всем мире, и аяты Священного Корана и хадисы играют огромную роль в решении этих проблем. Annotation This article reflects one of the most pressing problems of our time, environmental protection, and the approaches to it in Islam. The article focuses on the ecological views on the preservation of nature contained in the Holy Quran, their interpretation in the verses, and the attitude of the Uzbek people to the elements of nature. Naturally, the problem of nature protection also worries hundreds of millions of Muslims and Islamic scholars around the world, and they consider the verses of the Holy Quran and Hadiths to be of great importance in solving these problems. Kalit so‘z va iboralar: Qur’oni Karim, oyatlar, ekologiya, tabiat, o‘simlik dunyosi, hayvonot olami, yer, suv, havo, olov, ekologik madaniyat, gunoh, savob, osmon. Ключевые слова и фразы: Коран, аяты, экология, природа, флора, фауна, земля, вода, воздух, огонь, экологическая культура, грех, награда, небо. Keywords and phrases: Quran, verses, ecology, nature, plant world, animal world, earth, water, air, fire, ecological culture, sin, reward, sky.
O‘zbek xalqining yer, suv, havo, olov va tabiatga ongli ravishdagi munosabati, ularni e’zozlash bilan bog‘liq qadimiy urf-odatlari hamda marosimlarining genezisi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Ularni jiddiy o‘rganishni ekologik muammolar global xavfsizlikka tahdid solayotgan hozirgi davrning o‘zi ham taqozo etmoqda. Hech shak-shubha yo‘qki, hozirgi kunda atrof-muhitni muhofaza qilish muammosi asrimizning eng muhim muammolaridan biri bo‘lib turibdi. Bu muammo o‘zining insoniyatga keltirishi mumkin bo‘lgan yomon oqibatlari bo‘yicha yadro halokatidan kam emas. Albatta, texnologiya sohasidagi taraqqiyot, yangi energiya manbalarining kashf etilishi, yangi ma’danlar va kimyoviy moddalarning paydo bo‘lishi, oqibatini o‘ylamay, tabiatdagi jarayonlarga aralashuv kabi holatlarning barchasi atrofmuhitni muhofaza qilish borasida nihoyatda tashvishli vaziyatni vujudga keltirdi. Tabiiyki, mazkur muammo butun olamdagi yuz millionlab musulmonlarni ham, Islom ulamolarini ham tashvishga solmoqda va ular bu muammolarni hal qilishda Qur’oni karim oyatlariga hamda Islom ta’limotlariga murojaat qilishmoqda. Barchamizga ma’lumki, atrof-muhitning ifloslanishiga kishilar tarbiyasida tabiatni muhofaza qilish haqida tarbiyaviy ishlar yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmaganligi ham sababdir. Ma’lumki, Islom ushbu muammo, xususan, tabiat muhofazasi tarbiyasiga alohida e’tibor bilan karaydi. Islom dini inson kamolotida tabiatni muhofaza qilish tarbiyasini asosiy o‘rinlardan biriga ko‘yadi. Shu narsani har bir musulmon yaxshi bilmog‘i va umr bo‘yi amal qilmog‘i kerakki, Islom nuktai nazarida tabiatni muhofaza qilish tarbiyasi hamma joyda va hamisha amaldadir. Har bir musulmon o‘z dinining ta’limotlariga sodiq bo‘lmoqligi kerak va ularni hayotga tadbiq etmoqligi darkor. Xalq madaniyatining asosi hisoblangan islomiy an’analar asrlar davomida xalqni ozodalik, poklik, yer, suv va havoni bulg‘amaslikka da’vat etgan. Alloh yaratgan har bir jonli maxluqotlar – o‘simliklar, hayvonot dunyosi va hokazolarga mehr-shafqat nazari bilan qarash talab etilgan. Umuman, islom ta’limotida jonli, jonsiz tabiatni asrash, umuman borliqqa ijobiy munosabat keng o‘rin olgan. “Gunoh” va “savob” tushunchalari islom dinida ma’lum bir kategoriya darajasiga ko‘tarilgan. Islom dini sababsiz biror jonzot yoki o‘simlik kabi tabiat unsurlariga zarar yetkazishni taqiqlaydi. Bu taqiq ko‘pincha diniy taqiq mohiyatini ifodalovchi “uvol” kategoriyasi orqali izohlanadi. Uvol asosida ham kishilarning ma’lum bir narsalarga bo‘lgan ishonch-e’tiqodlari yotadi. Deylik, yerni tepish gunoh sanaladi. Islomiy rivoyatlarga ko‘ra, Alloh insonni tuproqdan yaratgan, u yana tuproqqa qaytadi. yerni tepish esa kishilarning o‘zligini oyoq osti qilish bilan barobardir. Shuning uchun ham bunday taqiq shakllangan. Ayni paytda uvol ma’lum bir ishni qilish e’tiqodga zidligini, shuning uchun uni bajarmaslik kerakligini, bordi-yu amal qilinmasa, biror halokatga sabab bo‘lishi mumkin, degan tushuncha mavjud.
Ma’lumki, yer yuzining 3/4 qismi suv bilan o‘ralgan. Suvning xususiyatlaridan biri, yer yuzidagi haroratning bir xil saqlanib turishidagi ahamiyati kattadir. Agar shunday bo‘lmaganda, yer yuzida hayot bo‘lishi qiyinlashib qolardi. Suvning xususiyatlari juda ko‘p bo‘lib, ularning har biri Alloh taolo suvni o‘zining mahluqlariga zarur narsa qilib yaratganligiga dalildir [1, 347]. Islom dini insonlarni jonivorlarga zarar keltirmaslikka, hayvonot olamiga mehribon bo‘lishga chaqiradi. Alloh taolo Qur’oni Karimda yer yuzidagi barcha narsalar, shu jumladan, hayvonot dunyosiga qanday munosabatda bo‘lish kerakligini bizlarga mufassal bayon qilib bergan [2, 45]. Islom dini asosi bo‘lgan Qur’on Karim kitobida Alloh barcha jonivorlarni suvdan yaratdi. Ulardan qorni bilan (sudralib) yuradiganlari ham, ikki oyoqda yuradiganlari ham, to‘rt oyoqda yuradiganlari ham bordir. Alloh o‘zi xohlagan narsani yaratur. Albatta, Alloh barcha narsaga qodirdirb, deya qayd etilgan [3, 24– 32]. Shuningdek, Qur’oni Karimda koinot, yer-suv, quyosh, oy, tabiat, hayvonot, o‘simlik, tabiiy ofatlar haqidagi oyatlar bor. Qur’oni Karimning 6-sura 72-oyatda yozilishicha, Alloh olamni yaratish niyatida “Kun”, ya’ni “Bo‘l” deb amri-farmon bergan ekan. 6 kun davomida birin-ketin hamma narsa muhayyo bo‘libdi. 2-kuni Quyosh, Oy, yulduzlar yaratilib, shamol hosil bo‘libdi. 3-sida yer va dengizlarda yashaydigan maxluqlar; 7 qavat osmonda yashaydigan farishtalar va havo vujudga kelibdi; 4-kuni xudo suvni yaratibdi; hamma mahluqlarga o‘z nasibasini tayyorlabdi; 5-kuni jannatni yaratibdi; faqat 6-kunigina Odam ato va Momo Havo dunyoga kelishibdi. Ulardan barcha odamlar tarqaldi. Shu tariqa dunyoda tartib yuzaga kelib, hech kim putr yetkaza olmaydigan uyg‘unlik hosil bo‘ldi. Islom ta’limotiga binoan, odamlar hayvonot va nabotot olamiga ham odob bilan muomalada bo‘lishga majburdirlar. Hayvonot va nabotot olamiga munosabat masalalari ham Qur’oni Karim oyatlarida batafsil bayon etilgan. Ulardan biri insonning nabotot olamida haqqi bo‘lganidek, nabotot olamining ham insonlarda haqqi bor. Masalan, Qur’oni Karimning “Abasa” surasida Alloh taolo bunday deb marhamat qiladi: “Inson o‘z taomiga bir nazar solsin. Albatta, Biz suvni rosa quyib qo‘yibmiz. So‘ngra yerni o‘ziga xos yordik. Biz unda donni. Va uzum va ko‘klarni. Va zaytun va xurmolarni. Va mevalaru o‘t-o‘lanlarni yerni o‘stirib qo‘ydik. Sizlarga va chorvalaringizga manfaat va lazzat bo‘lsin” [4, 38]. Yuqorida keltirilgan dalillardan tashqari, nabotot va hayvonot olamini nobud qilishdan qaytaruvchi yana ko‘plab oyatlar mavjud: “yerdagi biror jonivor va biror ikki qanoti bilan uchadigan parranda yo‘qki, (ular ham) sizlar kabi ummatlar bo‘lmasalar. Kitobda (Lavhul-Mahfuzda) biror narsani (yozmasdan) qoldirmaganmiz. So‘ngra (hamma ummatlar) Parvardigorlari (huzuriga) jamlanurlar” [5, 66]. Aksariyat olimlar jonivorlarning bunday aqlli xatti-harakatlarini sof instinktiv hodisa deb hisoblaydilar. Ammo, unga chuqurroq yondashilsa, o‘sha instinkt ichki mayl, intilish, mavjud yashash sharoitiga moslashish jarayonida ayrim odamlar uchun katta ibrat o‘rnak bordek tuyuladi. 3
Qur’oni Karimda kishilarni yer yuzidagi barcha narsalar, shu jumladan, hayvonot dunyosiga qanday munosabatda bo‘lish kerakligi batafsil bayon etilgan. Aksariyat oyatlarda musulmonlarga Alloh taoloning hayvonot olamini yaratish maqsadini tushuntirib berilgan. Xalqni hayvonot va nabotot olamini muhofaza etishga da’vat berilgan. Qur’oni Karimning “Baqara” surasi 29-oyatida “U shunday zotki, siz uchun yerdagi barcha narsalarni yaratdi”, ya’ni Alloh taolo o‘zining yerdagi xalifasi bo‘lgan insonni hayot kechirishi uchun yerni makon qilib yaratgan. Demak, yer yuzidagi barcha narsalar inson uchun yaratilgan ekan, o‘z navbatida, har bir inson ham ularga nisbatan oqilona munosabatda bo‘lib, ularni asrab-avaylashi kerak bo‘ladi. Tuproq, suv, havo va boshqa narsalarni toza tutish va ularni ifloslantiruvchi va zarar beruvchi narsalardan saqlash islom dinining amridir” [6, 29]. Alloh taolo insonni tuproqdan yaratganligini hozirgi zamon ilmi ham ta’kidlaydi. Agar inson jismidan bir bo‘lagini olib, unda qanday modda borligi tekshirilib ko‘rilsa, tuproqdagi moddalardan hech farq qilmas ekan. Shuning o‘zi ham inson tuproqdan yaratilganligiga yorqin dalildir” [7, 56]. Qur’oni karimda “yerni (Alloh xayrli ishlarga) yaroqli qilib qo‘ygandan keyin (unda) buzg‘unchilik qilmangiz!...” deyilgan. Ushbu oyat insonning tabiatga nisbatan bildirishi kerak bo‘lgan munosabatini ko‘rsatadi. “(Oldingizdan) ketganida yerda fitna-fasod, ekin va naslni halok qilish ishlari bilan yuradi, Alloh esa, fasodni (buzg‘unchilikni) yoqtirmaydi”. Oyatda “ekin” deb nabotot olami, “nasl” deb hayvonot olami e’tiborga olinyapti. Tabiatning katta vakillari bo‘lgan hayvonot va nabotot olamiga yetkazilgan zararni ushbu oyatda buzg‘unchilik va fasod ekanligi uqtiriladi. Islom dini maqsadsiz daraxtlarni kesish va hayvonlarni o‘ldirishlikni buzg‘unchi va fasod ish ekanligini dunyo olamiga e’lon qilganida, tabiat u yoqda tursin, insonning o‘zi e’tibor va muhofazaga muhtoj edi. yer yuzi uzra qullik va zulm hukm surgan vaqtda islom dini nafaqat insonning huquqini himoya qilishlik bilan, balki ozod va erkin insonni tabiat muhofazasiga chaqirishlik bilan ham maydonga birinchilardan bo‘lib chiqdi. Qur’oni Karimda nabotot va hayvonot dunyosidan inson qay tarzda foydalanishi mumkinligi, uy hayvonlariga qanday munosabatda bo‘lish zarurligi qayd etilgan. Islomda najosatni ketkazish ibodat talabi bo‘lishi bilan birga, ayni ibodatdir. Nopok narsalarning insonning ma’naviyatiga, sog‘lik-salomatligiga, tabiati sofligiga salbiy ta’siri juda ham ko‘p. Ushbu oddiy haqiqatni hozirgi ilm-fan ham tasdiqlab turibdi. Islomda suvning paydo bo‘lishi va tozaligi borasida ko‘p qayg‘urilgan. Alloh Taolo “Kof” surasida: “Va osmondan Baraka suvini tushirdik, hamda u bilan bog‘-rog‘larni va don hosilini o‘stirdik. Va zich mevali shingillari bor xurmolarni ham. Bandalarga rizk qilib. Va u (yomg‘ir) bilan o‘lgan shaharni tiriltirdik”, deydi [8, 11–13]. Qur’oni Karimning ushbu oyatlaridan ma’lumki, nabotot olami bandalar uchun rizkdir, bandalarning esa o‘z rizklarini extirom qilishlari hamda ular uchun shukr keltirishlari kerak. Ularning rizk beruvchiga shukrlari hamdu sano ila va 4
rizkni o‘sha rizk beruvchi zotni rozi qiluvchi narsalarga sarflash bilan bo‘ladi. Bu borada, Allohning roziligiga erishish uchun, inson nabotot olamiga nisbatan to‘g‘ri muomalada bo‘lmog‘i kerak, aks xolda, nabotot olamiga nisbatan yomon muomala Allohning g‘azabi va ikobiga olib keladi. Qur’oni Karimda Alloh suvni hayotning asosiy unsuri sifatida yaratgani alohida qaydlanadi. Darhaqikat, bugun yer yuzida suvsiz hayotni tasavvur ham qilib bo‘lmaydi. Alloh Taolo Qur’oni Karimda shunday marhamat qiladi: “…va suvdan har bir tirik narsani qilganmiz” [9, 45]. Islom dini nazarida, suv Allohning ulkan ne’mati bo‘lib, uni zoe va iflos qilmaslik kerak. Islom ummatinig o‘tgan avlodlarining suvga bo‘lgan e’tiborlari shu darajaga yetganki, hatto ulamolarimiz fiqh kitoblarida “Dengizdan olganda ham suvni isrof qilmaslik” haqida mavzular ochganlar. Bu hukmga esa Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning quyidagi hadislarini dalil qilib olishganlar: Imom Buxoriy va imom Muslimlar rivoyat qilgan hadisda anas roziyallohu anxu aytadilar: “Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bir so‘dan besh muddagacha (bo‘lgan suv) bilan g‘usl qilar edilar va bir mudd bilan tahorat qilar edilar”. Hadislarda o‘simlik va hayvonlarni muhofaza qilish, insoniyatga zarur bo‘lgan turlarning miqdorini ko‘paytirish haqidagi fikrlar ifoda topgan. Yashash muhiti tozaligi va tanani toza ozoda saqlash masalalariga alohida ahamiyat berilgan. Xulosa sifatida shuni qayd etish kerakki, hozirgi davrda ekologik muammolar umumbashariy muammoga aylandi. Ajdodlarimiz ming yillar mobaynida yer, suv, havo, olov va boshqa tabiat in’omlarini munosib ravishda e’zozlaganlar. Afsuski, ajdodlarimizning tabiatni asrash borasidagi qadimiy an’analari texnologik taraqqiyot tufayli ma’lum darajada unutilib yuborildi. Shu sababli xalqimizning qadimiy madaniyati, tabiatdan oqilona foydalanishga qaratilgan an’ana va marosimlarini bugungi kunda chuqurroq o‘rganish, uning mohiyatini keng ommaga tushuntirish dolzarb vazifalardan biridir. Bunda xalqimizning tabiatni asrab-avaylash haqidagi qarashlari, inson va tabiatning uyg‘un munosabatlarini o‘zida aks ettirgan milliy qadriyatlarni yangi bosqichga ko‘tarish zarur.
FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. Шайх Муҳаммадсодиқ Муҳаммадюсуф. Мукаммал саодат йўли. – Тошкент: Шарқ, 2012. – Б. 347. 2. Qur’oni Karim. “Nur” surasi, 45-oyat. 3. Qur’oni Karim. “Abasa” surasi. 24–32-oyatlar. 4. Qur’oni Karim. “An’om” surasi. 38-oyat. 5. Отабоев Ш. Экология, дин ва саломатлик. – Тошкент, 2007. – Б. 66. 6. Qur’oni Karim. “Baqara” surasi, 29-oyat. 7. Qur’oni Karim. “An’om” surasi. 56-oyat. 8. Qur’oni Karim. “Kof” surasi, 11–13- oyatlar. 9. Qur’oni Karim. “Nur” surasi. 45- oyat.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar9 ta adabiyot
- Шайх Муҳаммадсодиқ Муҳаммадюсуф. Мукаммал саодат йўли. – Тошкент: Шарқ, 2012. – Б. 347.
- Qur’oni Karim. “Nur” surasi, 45-oyat.
- Qur’oni Karim. “Abasa” surasi. 24–32-oyatlar.10.7748/ns.24.44.32.s44
- Qur’oni Karim. “An’om” surasi. 38-oyat.
- Отабоев Ш. Экология, дин ва саломатлик. – Тошкент, 2007. – Б. 66.
- Qur’oni Karim. “Baqara” surasi, 29-oyat.
- Qur’oni Karim. “An’om” surasi. 56-oyat.
- Qur’oni Karim. “Kof” surasi, 11–13- oyatlar.
- Qur’oni Karim. “Nur” surasi. 45- oyat.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011064
- Nashr sanasi
- 2025-08-27
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
- Jild
- 1
- Son
- 1
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/28
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 126–131
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-08