FARG‘ONA VODIYSI DIZAYN TARIXI AN‘ANALARI
Ruzinov Bakhtiyor Askarovich1, Askarov Behzodbek Bakhtiyor oglu22025
- 1Namangan davlat universiteti, “San‘atshunoslik” kafedrasi o‘qituvchisi
- 2University of Business and Science O‘quv bo‘lim mutaxassisi
Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 1Sahifa 199–204
Annotatsiya
O‘zbekistonning gavhari deb atalmish Farg‘ona vodiysi hududi o‘zining qadimiy shaharlari, bepoyon dalalari, me‘moriy obidalari, go‘zal bog‘lardagi shirin - shakar mevalari, Chust pichoq va do‘ppilari, Marg‘ilon do‘ppilari, Shahrixon pichoqlari, ipakli matolari atlasi, adrasi, shoyi, beqasamlari kabi hunarmandchilik mahsulotlari bilan mashhurdir. Qadimgi arxeologik yodgorliklardan topilgan turli hunarmandchilik namunalari an‘analarini davom ettirayotgan kulolchilik maktablari, me‘moriy bezaklar uchun koshinlar, mozaika va boshqa kulolchilik maxsulotlarini yaratilmoqda. Ushbu yaratilayotgan uy-ro‘zg‘or anjomlari qadimiy ashyolarni dizaynini o‘sha qadimgi davridayoq o‘ta kuchli insoniyat o‘zi uchun qulay sharoitlar yaratishiga bog‘liqdir.
Boshqa tillarda
ruschaТРАДИЦИИ ИСТОРИИ ДИЗАЙНА ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЫ
Ферганская долина, называемая жемчужиной Узбекистана, славится своими древними городами, обширными полями, архитектурными памятниками, сладкими фруктами в прекрасных садах, чустскими ножами и тюбетейками, маргиланскими тюбетейками, шахриханскими ножами, шелковыми тканями, такими как атлас, адраси, шойи, бекасамы и др. Гончарные школы, продолжая традиции различных ремёсел, найденных в древних археологических памятниках, создают изразцы, мозаику и другие керамические изделия для архитектурного декора. Эти предметы быта обусловлены тем, что в древности дизайн древних предметов был чрезвычайно мощным, создавая комфортные условия для человечества.
inglizchaTRADITIONS OF THE FERGANA VALLEY DESIGN HISTORY
The Fergana Valley, called the pearl of Uzbekistan, is famous for its ancient cities, vast fields, architectural monuments, sweet fruits in beautiful gardens, Chust knives and skullcaps, Margilan skullcaps, Shahrikhan knives, silk fabrics such as atlas, adrasi, shoyi, bekasams, etc. Pottery schools, continuing the traditions of various crafts found in ancient archaeological sites, are creating tiles, mosaics and other ceramic products for architectural decoration. These household items are due to the fact that in ancient times, the design of ancient objects was extremely powerful, creating comfortable conditions for humanity.
Kalit so‘zlar
- Uy-ro‘zg‘or buyumlari
- yog‘och buyumlar
- kulol
- me‘moriy bezak
- naqsh
- ganchkorlik
- yog‘och o‘ymakorligi
- pargori
- timpan
- unsur
- koshin
- kitoba
- terrakota
- amaliy bezak
- dastgox
- angob
- sir
- xal
- simobdon
- usta-shogird
- simmetriya
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
FARG‘ONA VODIYSI DIZAYN TARIXI AN’ANALARI
ТРАДИЦИИ ИСТОРИИ ДИЗАЙНА ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЫ
TRADITIONS OF THE HISTORY OF DESIGN OF THE FERGANA VALLEY
Ruzinov Baxtiyor Asqarovich Namangan davlat universiteti, “San’atshunoslik” kafedrasi o‘qituvchisi e-mail: abruz@mail.ru Tel: [telefon raqami yashirilgan] Asqarov Behzodbek Baxtiyor o‘g‘li University of Business and Science O‘quv bo‘lim mutaxassisi Tel: [telefon raqami yashirilgan]. https://doi.org/10.5281/zenodo.16920023 Annotatsiya.
O‘zbekistonning gavhari deb atalmish Farg‘ona vodiysi hududi o‘zining qadimiy shaharlari, bepoyon dalalari, me’moriy obidalari, go‘zal bog‘lardagi shirin - shakar mevalari, Chust pichoq va do‘ppilari, Marg‘ilon do‘ppilari, Shahrixon pichoqlari, ipakli matolari atlasi, adrasi, shoyi, beqasamlari kabi hunarmandchilik mahsulotlari bilan mashhurdir. Qadimgi arxeologik yodgorliklardan topilgan turli hunarmandchilik namunalari an’analarini davom ettirayotgan kulolchilik maktablari, me’moriy bezaklar uchun koshinlar, mozaika va boshqa kulolchilik maxsulotlarini yaratilmoqda. Ushbu yaratilayotgan uy-ro‘zg‘or anjomlari qadimiy ashyolarni dizaynini o‘sha qadimgi davridayoq o‘ta kuchli insoniyat o‘zi uchun qulay sharoitlar yaratishiga bog‘liqdir. Kalit so‘zlar.
Uy-ro‘zg‘or buyumlari, yog‘och buyumlar, kulol, me’moriy bezak, naqsh, ganchkorlik, yog‘och o‘ymakorligi, pargori, timpan, unsur, koshin, kitoba, terrakota, amaliy bezak, dastgox, angob, sir, xal, simobdon, usta-shogird, simmetriya. Аннотация.
Ферганская долина, известная как жемчужина Узбекистана, славится своими древними городами, обширными полями, архитектурными памятниками, сладкими фруктами в прекрасных садах, чустскими ножами и тюбетейками, маргиланскими тюбетейками, шахриханскими ножами, шелковыми тканями, такими как атлас, адраси, шойи и бекасам. Гончарные школы, продолжая традиции различных ремесел, найденных в древних археологических памятниках, создают плитку, мозаику и другие керамические изделия для архитектурного декора. Дизайн этих предметов домашнего обихода основан на древней конструкции предметов, которые в древние времена обладали огромной силой и создавали комфортные условия для человека. Ключевые слова.
Предметы домашнего обихода, изделия из дерева, керамика, архитектурный декор, узор, ганчкарлик, резьба по дереву, паргори, тимпан, элемент, плитка, книжный шкаф, терракота, практичный декор, дастгох, ангоб, секрет, хал, ртуть, мастерученик, симметрия. Annotation.
Fergana Valley, known as the pearl of Uzbekistan, is famous for its ancient cities, vast fields, architectural monuments, sweet fruits in beautiful gardens, Chust knives and skullcaps, Margilan skullcaps, Shakhrikhan knives, silk fabrics such as satin, adrasi, shoyi and bekasam. Pottery schools, continuing the traditions of various crafts found in ancient archaeological sites, create tiles, mosaics and other ceramic products for architectural decoration. The design of these household items is based on the ancient design of objects that in ancient times possessed great strength and created comfortable conditions for humans. Keywords. Household items, wood products, ceramics, architectural decor, pattern, ganchkarlik, wood carving, pargori, tympanum, element, tile, bookcase, terracotta, practical decor, dastgokh, engobe, secret, khal, mercury, master-apprentice, symmetry.
O‘zbekistonning eng qadimgi va yaxshi o‘rganilgani bu Sopollitepa yodgorligidir. Ikkinchi eng yirik arxeologik ob’ekt bu Jarqo‘ton shaharchasi bo‘lib, u yerda ko‘p yillik qazilma ishlarini olib borgan A. Asqarov, T. Shirinov va ularning shogirdlari ulkan jahonshumul kashfiyot qilishga muvaffaq bo‘lishgan[1]. 1950- yilda arxeolog M. E. Vorones, 1951–61- yillarda arxeolog V.I. Sprishevskiy, 1974–82 yillarda Yu.A. Zadneprovskiy hamda 1982-84 yillarda Akademik Ahmadali Asqarov boshchiligida o‘zbekistonlik va petrogradlik olimlar tomonidan tomonidan o‘rganildi. Albatta, buning uchun quyidagi adabiyotlarni ilmiy asosda o‘rganilganligini eslatib o‘tish joizdir. S. Aliyeva “Художественная поливная керамика”, G. V. Shishkina “Глазурованная керамика Согда”, N. S. Grajdankina, M. K. Raximov, I. E. Pletnev “Архитектурная керамика Узбекистана”, S. P. Tolstov “Xorazm sirlangan kulolchiligi”, D. A. Nozilov “Markaziy Osiyo me’morchiligida in’teryer”, A. Pugachenkova, L. I. Rempel’ “Очерки Средней Азии: древносъ и средневекыве”, A. A. Xakimov “Изобразителъно орнаменталъные образы мотивы прикладного искусства”, Sh. S. Toshxodjaev “Художественная поливная керамика Самарқанда”, M. Jo‘raqulov M. Isomiddinov “O‘rta Osiyo kulolchiligi tarixidan”, M. Issomiddinov “Sopolga bitilgan tarix”, L. F. Akunova, V. A. Krapivinlar tomonidan ma’lum darajada ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. O‘rta Osiyo xalqlarining eng yaxshi fazilatlaridan biri mehmondo‘stlikdir. O‘tmish manbalarini varaqlaganimizda shoir, donishmand, olim va mutafakkirlarnnng mehmondo‘stlik to‘g‘risida aytgan hikmatli so‘zlari, maqol, rivoyat, masal va hikoyalarini juda ko‘p uchratamiz. Bular hozirgi kunda kunda ham xalq orasida keng ishlatilmoqda. Manbalar mehmondo‘stlikning qadim zamonlarda ham naqadar yuksak, olijanob an’ana bo‘lganligini ko‘rsatadi. Basharti shunday ekan, mehmondo‘stlikning xalq me’morchiligiga ham ta’siri bo‘lganmikin, degan fikr tug‘iladi, albatta. Mehmondo‘stlik xalq me’morchiligida alohida o‘rin olgan, degan xulosaga kelishimizga olimlarimizning qadimiy arxitektura obidalarini o‘rganish borasida olib borgan ko‘p yillik tadqiqotlari davomida aniqlangan saroy, karvonsaroy, mehmonxona va boshqalar asos bo‘ladi. O‘tmishda ham xalqimiz mehmondo‘stlikka zo‘r e’tibor bergan. O‘rta Osiyo tarixini o‘rganuvchi olimlarning yozishicha, o‘tmishda mehmonning kelishi ma’murchilikka, hosilning ko‘payishiga sabab bo‘ladi, degan tushunchalar mavjud bo‘lgan. Mehmon kutish xushfe’l, xushchaqchaq, odamshavanda kishilarga xos xususiyat hisoblangan. Shuning uchun mehmon kutish bizga avlod-ajdodlarimizdan yaxshi an’ana sifatida meros bo‘lib keldi. Mehmondo‘stlik san’ati ayniqsa har bir viloyatida o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lganidek, mehmonxonalar, ham har bir viloyatda o‘sha xalqning qadim zamonlardan meros bo‘lib kelgan arxitektura tuzilishiga ega.
Mehmonxonalarning har biri o‘ziga xos reja, kompozitsiyada hamda boshqa-boshqa materiallardan qurilgan bo‘lishiga qaramasdan hammasi bir prinsipga, ya’ni mehmonning zerikmasligi, siqilmasligiga xizmat qilgan. Shuning uchun ham mehmonxonalarning devor va shiftiga rangdor bezaklar solinib, eshik va ustunlariga jimjimador gullar o‘yilgan. Bunday mehmonxona arxitekturasi san’atining o‘ziyoq kishi qalbiga farax bag‘ishlaydi, estetik zavq beradi. Farg‘ona vodiysida turar joylar ikki-uch hovlidan tashkil topgan bo‘lib, ularda mehmonxona alohida tashqi hovlida joylashgan [2].
Hozirgi kunda mamlakatimizning qaysi burchagiga bormang, zamonaviy mehmonxonalarda tunaysiz. Davlat tomonidan qurilayotgan ko‘p qavatli uylarda ham mehmon kutish uchun katta xonalar nazarda tutilib xalqaro talab darajasida sharoitlar yaratilmoqda.
Albatta bunday sharoitlarni zamonaviy mebellar, televizor, radio va boshqa zarur narsalar bilan jihozlangan bo‘lib, xalqqa mehmonlar uchun xizmat qilib kelmoqda.
Jumladan, sharoitlarni yaratilishining dizayn tarixiga, ya’ni o‘tmishga ham bir nazar tashlasak ajdodlarmiz tomonidan bundan ming yillar avvallari ham bundanda qulayroq tartibda aziz bo‘lgan mehmonlarni kutib olish uchun ko‘p mehnat qilishganligini guvohi bo‘lamiz. Albatta, bu kabi sharoitlarni tarixiy manbalar orqali o‘qib o‘rganishdan tashqari hozirgi kunda arxeologik qazuv tadqiqot ishlarini olib borilgan topilmalarga ilmiy yondoshuv orqali mulohaza qiladigan bo‘lsak, juda ko‘plab arxeologik topilmalar badiiy kulolchilik ashyolari, uy-ro‘zg‘or buyumlaridan iboratligini bilamiz. Mana hozirgi kundagi, 1989 yilda Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan Mo‘nchoqtepa arxeologik yodgorligidan topilgan uy-ro‘zg‘or buyumlarini e’tiborga oladigan bo‘lsak, nafaqat kulolchilik buyumlari topilgan. Balkim, insoniyat uchun zarur bo‘lgan barcha uy-ro‘zg‘or buyumlaridan tashqari ayollar va erkaklar ishlatadigan barcha hunarmandchilik maxsulotlarini ko‘rishimiz mumkin.
Ya’ni, ko‘plab qadimgi xalqimiz ham albatta mehmonni yaxshi kutib olish maqsadida mehmonxonalarni milliy me’moriy bezak turlarining naqqoshlik, ganchkorlik, yog‘och o‘ymakorligi kabi milliy xalq amaliy san’ati namunalaridan deyarli barchasidan unumli foydalanganligini qadimiy moddiy madaniy meros ob’ektlaridagi saqlanib qolgan namunalarida uchratishimiz mumkin. Nafaqat me’moriy bezak namunalari, balkim ayniqsa mana guvoxi bo‘lib turgan arxeologik topilmalarning insoniyat o‘zi uchun qulay uy-ro‘zg‘or buyumlarini ham o‘ta kuchli ong va amalda yasagan jihozlariga baho bersak bo‘ladi.
1987-89 yillarda Munchoqtepadan topilgan nodir ashyolar jahonshumul tarixiy va arxeologik ahamiyatga ega bo‘lib, Munchoqtepa “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro ekspeditsiyasi xaritasiga kiritildi. Munchoqtepa yoxud Pop sag‘anasi(ba’zan Danu dafinasi deb nomlangan xazina) o‘chog‘ini topish shunday ro‘y berdi [3].
Bu yerda 1987 yilda akademik Ahmadali Asqarovning umumiy rahbarligida ish boshlangan. 1989 yil may oyi oxirlarida Respublika Fanlar Akademiyasi Arxeologiya instituti ilmiy xodimi Boqijon Matboboev boshliq Namangan arxeologiya ekspeditsiyasining Pop otryadi xodimlari shu tepalikning shimolida joylashgan ikkinchi tepalikdagi V-VII asrlarga oid qabristonda qazish ishlarini olib borayotgan paytda tasodifan tashlama suvlar ta’sirida paydo bo‘lgan yonbag‘irdagi jarlikda xom g‘ishtdan tiklangan devorlar iziga duch keladilar. So‘ngra bu tepalikda ham qazish ishlari boshlanadi. Ichki devorida na g‘isht, na boshqa biron qurilish ashyosi ishlatilmagan bu sag‘analar lahm qilib o‘yilgan. Bir yarim ming yil muqaddam dafn etilgan murdalar ehtiyotkorlik bilan olib chiqildi. Ma’lum bo‘lishicha, sag‘anada jami 47 ta tobut qo‘yilgan ekan, Tobutlar qamishdan har bir murdaga mos qilib yasalgan. Ushbu sag‘ananing o‘zi yer ostida qurilgan bo‘lib, balandligi 2 metr, maydoni 15 kvadrat metrni tashkil qiladi.
Qamish tobutlar topilishining o‘zi noyob hodisa bo‘lib, shu kungacha bunday tobutlar topilmagandi. Tobutlarning o‘lchamlari esa har bir marhumning bo‘yiga qarab tayyorlangan-ligini ko‘ramiz. Qamish tobutlar ichida eng uzun tobut 2,20 sm ga teng bo‘lib, sag‘ana ichiga yonma-yon qilib terib chiqilgan. Joy qolmagan taqdirda qavat-qavat qilib terilgan. Marhumni qamish tobutga egnidagi libosi bilan chalqancha qo‘yilgan, ba’zilarining yuziga ipak parda yopilgan. Bunday rasm-rusumlar ham noyob bo‘lib, Xitoyning Sinszyan tumanida uchragani ma’lum. Shu bilan birga, qamish tobutlar yoniga marhumning u dunyoda yashashi uchun kerakli bo‘lgan barcha narsalari va kasbi-koriga tegishli buyumlari bilan dafn etilganligining guvohi bo‘ldik. Sag‘ana ichidan topilgan buyumlar orasida asosan yog‘och, sopol idishlar, savatlar va boshqa ro‘zg‘or buyumlari olindi.
Bundan tashqari, sag‘anaga aloqasi bo‘lmagan ikkita qabr ochilganda, ularning birida odam suyaklari katta xum shaklidagi qozonga solib ko‘milgan bo‘lsa, ikkinchisi to‘rt burchakli maxsus sopol idish–ostodonga solib dafn etilganligi aniqlandi. Bunday odat zardushtiylik diniga xos bo‘lib, Farg‘ona vodiysida uning izlari VII asrdan boshlab uchraydi. Bu topilmalar esa VIII – IX asrlarga oid edi. Zardushtiylarning urf-odatlariga ko‘ra, murda maxsus joylarga qo‘yilib yirtqich qushlarga yedirilgan. Etdan tozalangandan keyin esa suyaklar ostodonlarga solinib dafn etilgan.
Topilmalar bu yerda odamlarning kulolchilik, to‘qimachilik, dehqonchilik, chorvachilik, ovchilik, hunarmandchilik, poyabzal tikish bilan shug‘ullanganlaridan ham dalolat beradi. Shuningdek, topilmalar orasida uchragan to‘qimachilik usulida to‘qilgan va ishlov berib bo‘yalgan mato VII asrga oid emas, balki II–III asrlarga taalluqli ekanligini xitoylik arxeolog mutaxasssis olimlar tomonidan aniqlanib, dunyo olimlari tomonidan tan olindi. Buni O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Arxeologiya instituti ilmiy xodimi B.Matboboev Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib o‘tgan Xalqaro anjumanda namoyish etdi. Ushbu noyob matoning nomi hozirgi tilda parcha atalib, uning vatani O‘zbekiston, ya’ni Pop hunarmandlarining mahsuloti ekanligi fanda o‘z isbotini topdi.
Yer ostiga qurilgan sag‘analar noyob muhadislik–quruvchilik inshooti namunasidir. Bu yerdan topilgan noyob topilmalarning xalqimiz tarixini o‘rganishdagi ulkan ahamiyatini hisobga olib, ularni saqlash uchun Pop shahrida arxeologiya muzeyi tashkil etilgan, xozirgi kunda esa Namangan viloyati tarixi va madaniyati muzeyiga keltirilgan. Ushbu topilmalar har tomonlama uy-ro‘zg‘or buyumlarining tarixiy axamiyati va dizayn san’atining yuksak namunasi sifatida ishlangan maxsulotlardani iboratdir. Abatta kamishdan yasalgan savatchalarni esa xozirgi kunda ham to‘qib xalq xizmati uchun chiqarilmoqda, lekin 1500-2000 yil oldin ajdodlarimiz tomonidan yasalgan kamish buyumlar o‘ta go‘zal va mustahkam qilib san’atkorona darajada ishlanganligini guvoxi bo‘lamiz. Shuningdek, xozirgi kunlarda katta – katta restoran va oshxonalarda urf bo‘layotgan yog‘ochdan ishlangan patnus, yog‘och lagan, kosa buyumlari ajdodlarmiz tomonidan go‘zal va nafis holda yaratib ishlatishganligini ko‘ramiz. Bundan tashqari ayollar uchun taqinchoqlar turli ashyolardan ishlangan mo‘nchoqlar jamlanmasi ham diqqatga sazovordir. Hattoki qamish tobutlardan tashqari sopoldan ishlangan ostodonlar ham o‘z davrining buyuk ixtiro va dizayn yo‘nalishi xalq amaliy san’ati va tasviriy san’at maxsuli ekanligini isbotidir.
Shuningdek, Qadimiy Koson shahri eramizdan oldingi II asr o‘rtalarida tog‘oldi hamda vodiy dexqonlari o‘rtasidagi aloqa markazi, Farg‘ona vodiysida hukmronlik qilgan Davan podsholigi, buyuk Kushonlar saltanati, turk xoqonligi, Somoniylar, G‘aznaviylar, Qoraxoniylar saltanatida poytaxt, harbiy-siyosiy markaz, ilm-fan, hunarmandchilik, savdo, tijorat ishlari taraqqiy etgan iqtisodiy shahar maqomiga ega bo‘lgan.
Shuningdek, Kosonsoy shahrida ham aynan shu kabi arxeologik buyumlarni yog‘ochdan yasalgan lagan, kosa, to‘qimachilik buyumlari va boshqa dizayn sohasiga oid buyumlarni uchratishimiz mumkin. Xulosa qilib aytganda, milodiy eradan avvalgi II-I asrlarda Kosonsoy havzasining qadimgi dehqonchilik va shaharsozlik madaniyati asosida paydo bo‘lgan Koson – Kosonsoy shahri 2100- 2200 yillik uzluksiz tarixga egadir. Albatta bu davr ichida nafaqat kulolchilik buyumlari balkim allomalarni xotirlash maqsadida turli tuman shakldagi qayroq toshlarga bezakli bitik yozuvlari ham ishlanganligini guvoxi bo‘lamiz. Bu bilan yosh avlodni o‘z tariximiz va o‘zligimizni anglashga undovchi tasviriy san’at asarlarini naqadar bebaho noyob osori-atiqalarimizligini tushuntirish vaqti kelganligi ham muhimdir.
FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR. (REFERENCES) 1. Жўрақулов М., Исомиддинов М. Ўрта Осиё кулолчилиги тарихидан. – Самарқанд, 1999. 2. Нозилов Д. Ўрта Осиё меъморчилиги ва меҳмонхоналар. – Т.: “Ўзбекистон”, 1977. 3. Рўзинов Б., Ражабова С., Исмоилов Ю., Қосимов А. Наманган вилояти маданий мероси. – Наманган: “Наманган” нашриёти, 2013.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar3 ta adabiyot
- Жўрақулов М., Исомиддинов М. Ўрта Осиё кулолчилиги тарихидан. – Самарқанд, 1999.
- Нозилов Д. Ўрта Осиё меъморчилиги ва меҳмонхоналар. – Т.: “Ўзбекистон”, 1977.
- Рўзинов Б., Ражабова С., Исмоилов Ю., Қосимов А. Наманган вилояти маданий мероси. – Наманган: “Наманган” нашриёти, 2013.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011079
- Nashr sanasi
- 2025-08-27
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
- Jild
- 1
- Son
- 1
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/44
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 199–204
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-08