Asosiy mazmunga o‘tish

O‘QCHILIK O‘YINLARI JIHOZLARIGA OID AYRIM MA‘LUMOTLAR

Ahrorbek Azamjonovich AzizovFA Tarix instituti kichik ilmiy xodimi, t.f.f.d. (PhD)2025

Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 1Sahifa 146–151

Annotatsiya

Eng qadimgi qurollardan biri hisoblangan yoy va o‘q hamda u bilan bog‘liq turli xil jihozlar muhim ahamiyat kasb etgan. Ovchilik va keyinchalik harbiy ahamiyat kasb etgan o‘qchilik faoliyatini takomillashtirish uchun shakllantirilgan o‘yinlarda qo‘llash maqsadida maxsus jihozlar yaratilgan. Ushbu maqolada Turonning o‘qchilik o‘yinlarida qo‘llangan jihozlar va ularning qo‘llanish maqsad hamda vazifalari ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, o‘qchilik jihozlari hisoblangan yoy, o‘q, maxsus nishonlar, yuksak va boshqa vositalarning ahamiyati ochib berilgan.

Boshqa tillarda

ruschaНЕКОТОРИИ ИНФОРМАЦИИ ПО ИНСТРУМЕНТОВ ИГРЫ СТРЕЛЬБЫ ИЗ ЛУКА

Лук и стрелы, считающиеся одним из древнейших видов оружия, а также различное связанное с ними снаряжение приобрели важное значение. Для игр было создано специальное снаряжение, направленное на совершенствование навыков охоты и стрельбы, что впоследствии приобрело военное значение. В статье описывается снаряжение, используемое в стрельбе из лука Турана, его назначение и функции. Кроме того, раскрывается значение лука, стрел, специальных мишеней, специальные кольца и других инструментов, которые считаются снаряжением для стрельбы из лука.

inglizchaSOME INFORMATION ABOUT ARCHERY TOOLS

The bow and arrow, considered one of the most ancient weapons, as well as various equipment associated with them, have acquired great importance. Special equipment was created for the games, aimed at improving hunting and shooting skills, which later acquired military significance. The article describes the equipment used in Turan archery, its purpose and functions. In addition, the meaning of the bow, arrows, special targets, special rings and other tools that are considered archery equipment is revealed.

Kalit so‘zlar

  • yoy
  • karak
  • Xorazm
  • Choch
  • So‘noh
  • kurt
  • yatan
  • il ko‘kan
  • amach
  • amachliq yer
  • yuksak
  • oltin qabaq
  • oltin o‘rdak
  • soqim

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

OʻQCHILIK OʻYINLARI JIHOZLARIGA OID AYRIM MAʼLUMOTLAR

НЕКОТОРИИ ИНФОРМАЦИИ ПО ИНСТРУМЕНТОВ ИГРЫ СТРЕЛЬБЫ ИЗ ЛУКА

Ahrorbek Aʼzamjonovich Azizov FA Tarix instituti kichik ilmiy xodimi, t.f.f.d. (PhD) e-mail: aahazizov@gmail.com tel: [telefon raqami yashirilgan] https://doi.org/10.5281/zenodo.16919476 Annotatsiya Eng qadimgi qurollardan biri hisoblangan yoy va oʻq hamda u bilan bogʻliq turli xil jihozlar muhim ahamiyat kasb etgan. Ovchilik va keyinchalik harbiy ahamiyat kasb etgan oʻqchilik faoliyatini takomillashtirish uchun shakllantirilgan oʻyinlarda qoʻllash maqsadida maxsus jihozlar yaratilgan. Ushbu maqolada Turonning oʻqchilik oʻyinlarida qoʻllangan jihozlar va ularning qoʻllanish maqsad hamda vazifalari koʻrsatilgan. Bundan tashqari, oʻqchilik jihozlari hisoblangan yoy, oʻq, maxsus nishonlar, yuksak va boshqa vositalarning ahamiyati ochib berilgan. Аннотация Лук и стрелы, считающиеся одним из древнейших видов оружия, а также различное связанное с ними снаряжение приобрели важное значение. Для игр было создано специальное снаряжение, направленное на совершенствование навыков охоты и стрельбы, что впоследствии приобрело военное значение. В статье описывается снаряжение, используемое в стрельбе из лука Турана, его назначение и функции. Кроме того, раскрывается значение лука, стрел, специальных мишеней, специальные кольца и других инструментов, которые считаются снаряжением для стрельбы из лука. Abstract The bow and arrow, considered one of the most ancient weapons, as well as various equipment associated with them, have acquired great importance. Special equipment was created for the games, aimed at improving hunting and shooting skills, which later acquired military significance. The article describes the equipment used in Turan archery, its purpose and functions. In addition, the meaning of the bow, arrows, special targets, special rings and other tools that are considered archery equipment is revealed. Kalit soʻzlar: yoy, karak, Xorazm, Choch, Soʻnoh, kurt, yatan, il koʻkan, amach, amachliq yer, yuksak, oltin qabaq, oltin oʻrdak, soqim. Ключевые слова: лук, карак, Харезм, Чач, Сунах, курт, ятан, ыл кукан, амач, амачлик ер, юксак, золотая тыква, золотая утка, сокым. Key words: bow, karak, Kharezm, Chach, Cunakh, kurt, yatan, il kukan, amach, amachlik yer, yuksak, golden pumkin, golden duck, sokim.

Milliy oʻyinlar tarixi bir necha ming yillarga borib taqalib, ular bilan bogʻliq maʼlumotlar qadimshunoslik topilmalarida, tarixiy manbalarda, moʻjaz suratlarda qisman boʻlsada saqlanib qolgan. Xususan, tarixiy manbalarda tilga olingan

maʼlumotlar Turon qadimdan oʻqchilikning eng muhim markazlaridan biri boʻlganligini va milliy aholi hamisha oʻqchilik koʻnikmalarini yuksak darajada boʻlishi uchun tinimsiz mashq qilib kelganligi anglashiladi. Oʻqchilikda mohir boʻlish uchun esa, albatta, yoshlikdan tizimli yoʻlga qoʻyilgan oʻyinlar asosidagi bellashuvlar katta ahamiyat kasb etgan. Ayniqsa, oʻqchilik uchun yaratilgan vositalar havfsizlik, qulaylik, foydalanishdagi yengillikni taʼminlashi shart hisoblangan. Turonda paydo boʻlgan oʻyinlar bilan birgalikda uning vositalari ham oʻziga xos hisoblanadi. Aholi tomonidan yaratilgan oʻyinlarning aksariyati turli jihozlar va vositalar yordamida tashkillashtirilgan hamda oʻynalgan. Bunday vositalar turonliklarning mashgʻulotlari, xoʻjaligi va ishlab chiqariluvchi mahsulotlaridan kelib chiqib shakllantirilgan. Bu mahsulotlar Turon hunarmandchilik naʼmunalaridan boʻlib, ayrimlari koʻplab qoʻshni xalqlar orasida mashhur boʻlgan yoki tovar sifatida maʼlum bir qiymatga ega boʻlgan. Qadimdan mavjud boʻlgan oʻyinlardan biri oʻqchilik boʻlib, turonliklarda ushbu oʻyin vositalari boʻlgan kamon va oʻqlar tayyorlovchi bir qancha yirik markazlar mavjud boʻlgan. Ushbu markazlar ibtidoiy davrdan mavjud boʻlib, dastlab turli toshdan qilingan maxsus vositalar urf boʻlgan boʻlsa, keyinchalik maʼdanlar taraqqiyoti natijasida oʻqchilik jihozlari tarkibi hamda tuzilishida ham oʻzgarishlar roʻy bergan. Qadimshunoslik manbalari va yozma asarlar toʻla maʼlumot beruvchi davr Turon tarixida oʻrta chogʻlar davri hisoblanadi. Aynan shu davrda Turon oʻqchiligi dunyoga yana bir bor mashhur boʻldi va ushbu faoliyatda qoʻllanuvchi jihozlar boshqa hududlarga kirib bordi. Turon yoyi va oʻqlari boshqa mamlakatlarda ham mashhur boʻlgan. Xususan, kamon va kamon oʻqi ishlab chiqarishda 8 – 9-yuzyilliklarda Turonning Xorazm[1, 76], Choch, Soʻnoh kabi hududlar juda ham mashhur boʻlgan[17, 18 – 19]. Aholi istiqomat qiluvchi hududlardan ayrimlari mazmuni ham ayrim jihozlarning nomiga nisbat berib qoʻyilgan. Masalan, milodning 8-yuzyilliklarida Hirot shahri yaqinidagi rustoqlardan biri Karak deb atalgan. Bu soʻzning mazmuni “yoy” degan maʼnosi anglatgan[8, 76]. Nafaqat joy nomlari, balki, ayrim kishilarning ismlari mazmuni ham yoy maʼnosini anglatgan. Ulardan biri saljuqiylar asoschisi – Saljuq hisoblanadi[14, 171]. Oʻz davrida Saljuqni – Temir yangligʻoʻqchi sifatida talqin etganlar. Shuningdek, yoy oʻrta chogʻlarda ham ilohiy ahamiyat kasb etgan vosita sifatida qadrlangan. Xususan, tasavvufda yoy “taqdir” sifatida talqin etilgan va insonlarni esa “oʻq” tarzida ifodalangan. Ushbu jihatlar ham oʻqchilik jihozlariga oid bilimlarning naqadar chuqur ildiz otganini tasdiqlaydi. Oʻqchilikda qoʻllangan yoyning bir necha turlari mavjud boʻlgan. Uning turi va sifati qanday hom-ashyodan yasalganiga bogʻliq boʻlgan. Albatta, yoyning turlari uning foydalanilish maqsadlariga koʻra ham shakllangan. Yuqori natijani koʻrsatuvchi yoyni tayyorlash riyoziyot, handasa va tabiat ilmiga oid bilimlarni talab etgan. Shu sababli Turon yoylari uzoq masofalarga borib yetuvchi, yuqori tortilish kuchiga ega hamda katta bosimni yaratuvsi vositaga aylangan. Eng qadimgi yozma yunon manbalaridan birida boxtarliklarning yoylari qamishdan[12, 71] yasalgani toʻgʻrisida axborot berilgan. Balki, yunonlar

massagetlar hududidagi ayrim butasimon oʻsimliklarni qamishga adashtirib tasvirlagan boʻlishlari mumkin. Yoki ushbu tushuncha ularning oʻqlariga nisbatan qoʻllangan boʻlishi mumkin. Maʼlumki, oʻqlar uzoq masofaga borib yetishi uchun ular ancha yengil boʻlishi talab etilgan. Turkiy xalqlar tomonidan yoyni turli xil tuzilishi juda ham pishiq boʻlgan daraxtlardan tayyorlaganlar. Bunday pishiq daraxtlardan biri togʻdaraxti boʻlib, u “kurt” [9, 329] deb atalgan. Ushbu daraxtning tanasi qizil boʻlganligi sababli hozirgi kunda “qizilqurt” deb ataladi va ushbu daraxt pishiqligi bois undan choʻponlar oʻz tayoqlarini yasaydilar[4]. Ushbu daraxt oʻzining pishiqligi va zichligi ortiqligi bilan ajralib turadi. Tabiiyki, turkiylar qadimdan oʻqning mustahkamligini taʼminlash maqsadida ana shunday xom-ashyolardan foydalanganlar. Baʼzan, yoy oddiy yogʻochdan ham yasalgan. Bu turkiylar orasida “yatan” [11, 28] deb atalgan. Yana turkiylarda oʻq va yoy umumiy bir nom bilan ham atalgan. Masalan, 9 – 13-yuzyilliklarda oʻq va yoy – “il koʻkan” [9, 393] deb atalgan. Ushbu kamalak sifat jihatidan quyiroqda boʻlib, odatiy qurol sifatida talqin etilgan. Yoy turonliklar turmush tarzidagi eng muhim va zaruriy qurollardan biri hisoblanib, deyarli barcha merganlik ilmini yaxshi egallashi shart boʻlgan. Ular piyoda tarzida ham otliq tarzida ham yoydan oʻq uza olish qobiliyatiga ega boʻlishi jamiyatning muhim talablaridan biri boʻlgan. Shu sababli qaysi mintaqada istiqomat qilishidan qatʼiy nazar turonliklar turli hom-ashyolardan yoy yasay olganlar. Yoyning shakli va kattaligi ham eng asosiy jihatlardan biri sanalgan. Turon qoʻshini asosini otliqlar tashkil etgani bois yoyning shakli otda harakat qilishga halal bermaydigan, quvish uchun ham yoki chekinish vaqtida ham bemalol otish imkonini berishi shart boʻlgan. Biz Turon otliqlari yoyi suratlarini koʻplab qadimshunoslik topilmalaridan, xususan, Orlot topilmasidagi yoy shaklidan, yoki Afrosiyob hamda Panjikentdagi devoriy suratlardan koʻrib anglab olishimiz mumkin. ular uncha katta boʻlmagan va olib yurishga juda qulay etib ishlangan[7, 480]. Huddi shu shakldagi yoylarni ham aynan devoriy suratlarda aks ettirganlar. Oʻqchilik oʻyini uchun tayyorlangan maxsus nishonlar boʻlib, ular maʼlum masofaga joylashtirilib, kamondan oʻq uzish musobaqalari oʻtkazilgan yoki mashq qilingan. 6-yuzyilliklarda oʻqchilik oʻyini ancha ommaviy boʻlib, ularda foydalanilgan jihozlar va vositalar xilma-xil boʻlgan. Oʻzbekiston janubidagi Haydorobodtepadan shu davrga oid oʻq teshiklari mavjud sopol idishlar ochib oʻrganilgan[2, 74 – 75]. Ushbu idishlar oʻqchilik uchun tayyorlangan maxsus nishon vazifasini oʻtagan buyumlar boʻlishi mumkin. Oʻq otish mashqi uchun tayyorlangan maxsus nishon 9 – 12 yuzyilliklarda “amach” [11, 117] deb atalgan. Nishon oʻrnatilgan maxsus maydon – “amachliq yer” [9, 166] deb atalgan. Bunday maydon ancha keng boʻlib, ot bilan harakatlanishga qulay va oson etib tayyorlangan. Turonliklarning sevimli sport turi hisoblangan oʻqchilik asosan, keng maydonlarda ot bilan oʻynalgan. Shuning uchun ham “amachliq yer” ancha katta maxsus maydonga oʻrnatilgan. Ayrim hollarda bunday maydon sifatida hukmdorlar uchun ajratilgan maxsus qoʻriq yerlar tanlangan[15, 114]. Nishon sifatida turli narsalardan foydalanilgan. Masalan, 16-

yuzyillikda saroyda uyushtirilgan oʻyinlarda nishon vazifasini bajarishi uchun maxsus oʻrdak yasalgan. Bunday jihozlar oltin yoki kumushdan yasalgan boʻlib, “oltin oʻrdak” [16, 52] deb atalgan. Nishon sifatida qovoqdan ham foydalanilgan[6, 135]. 19 – yuzyillikda ham ushbu oʻyin vositasi qoʻllab kelingan va nishonga oltin tanga yoki tugma qoʻyib merganlikda bahslashilgan. Oʻqchilikda turkiy xalqlar ixtiro etgan yana bir jihoz borki, bu jihoz oʻqchilikda inqilobiy burilish yasay olgan. Maʼlumki, otliq yoki piyoda holatda yoydan koʻplab oʻq uzishda yoyning ipi barmoqlarga jarohat yetkazishi mumkin. bundan saqlanish va oʻqni kerakli vaqtda qoʻyib yuborish uchun barmoqqa kiyiluvchi “yuksak” [11, 53] – angishvona yaratilgan. Bu oʻq otish jarayonida barmoqqa kiyiluvchi qopcha boʻlib, turli hom-ashyo yoki madanlardan yasalgan. Turkiylardan bu jihoz teri yoki misdan yasalgan. Bunday angishvona qattiq homashyolardan ham tayyorlangan. Xususan, barmoqqa kiyiladigan angishvonaning suyak[3, 51] dan yasalgan turlari ham mavjud boʻlgan. Shuning uchun ham baʼzan yoydan oʻq otish “zixgirtaroshlik” deb atalgan. Yoy oʻqlari turkiylar tomonidan turli shaklda va koʻrinishlarda yasab foydalanilgan. Oʻqlarning qisqa masofaga otiluvchi ogʻir, uzoq masofaga yetib boruvchi yengil va ingichka oʻqlari turlari boʻlgan. Eng ingichga oʻqlar barmoqqa taqiluvchi angishvonadan oʻtadigan darajada nozik qilib ishlangan[6, 135]. Yosh bolalarni ov mashgʻulotiga yoki oʻzini mudofaa qilishi uchun yoydan oʻq uzishni oʻrgatish maqsadida maxsus oʻqlar yasalgan. Bunday oʻqlar odatda “boshoq” [9, 359]siz tarzda yasalgan. Tigʻsiz boʻlgan oʻqlar “qalva” deb atalib, temirsiz, uchi dumaloq tarzda yogʻochdan qilingan[9, 402]. Shu orqali oʻq otishni mashq qilayotgan yoshlar bir-biriga yoki birovga zarar berishi oldi olingan. Ovchilik jarayoni usullari va ovlanuvchi hayvonlar turlari xilma-xilligi sabab ayrim oʻq turlari ixtiro etilgan. Yirik, qoʻlga tushurish mushkul boʻlgan tezlikka ega yoki qushlarni ovlash uchun zaxarlangan oʻqlardan foydalanilgan. Qadimdan turkiylarda bunday oʻqlar keng isteʼmolda mavjud boʻlib, ular “qatutlugʻoq” yaʼni tigʻi zaharga qotishtirilgan oʻq deb atalgan[10, 328]. Bunday oʻqlar bevosita kuchli zaxar bilan emas, balki, falajlantiruvchi moddalarga surtib, qayta ishlangan. Shunday oʻqlar orqali ov jarayoni kam kuch hamda ishtirokchilarsiz amalga oshirilishi mumkin boʻlgan. Oʻq yasash va uni yetkazib berish Turon hududida ayrim qishloqlar yoki shaharning maʼlum mahallari asosiy mashgʻulotlaridan biri boʻlgan. Bunday mahallalar “Oʻqchi” nomi bilan bugungi kunga qadar atalib keladi[5]. Bugungi kunda bunday qishloqlar Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumani va Andijon viloyati Marhamat tumanlarida mavjud. Oʻq yasashda qoʻllangan turli asbob-anjomlar uning sifatli chiqishi va toʻgʻri boʻlishini taʼminlagan. Shunday asboblardan biri oʻq yasovchilarning oʻq oʻrnatadigan yogʻochi boʻlib, bu asbob “qugʻush” [9, 350] deb atalgan. Oʻqlar turli maqsadlarda qoʻllangan va turli vazifalarni bajargan. Turkiylarda oʻqlarning maxsus vazifalar uchun moʻljallab yasalgan turlari bir necha boʻlib, bulardan biri “soqim” [9, 378] oʻqi hisoblanadi. Soqim oʻqidan yaqinlashayotgan havfdan ogohlantirish yoki muayyan vaziyatda xabar berish maqsadida foydalanilgan. Bu oʻq yogʻochni archa bujuri shaklida qirqib olib,

ichini oʻyib ishlangan va uch tomoni teshib oʻqlarning ustiga kiygizilgan. Natijada, oʻq uchgan vaqtda hushtak chalib tovush chiqargan. Shunday oʻqlar orqali maʼlum belgi berilgan va keyingi harakat amalga oshirilgan. Bunday oʻqlar yana “kudali” [13, 41] deb ham atalgan. Kudali oʻqini yasashda boshqa hom-ashyo – suyakdan foydalanilgan. Ichi gʻovak suyakning ikki cheti maxsus teshib qoʻyilgan va bu oʻq ham otilganda oʻzidan tovush chiqargan. Oʻqchilikda oʻq turlari baʼzan otilish maqsadi bilan birgalikda otilish usuliga koʻra ham nomlangan. Xususan, unga koʻra, oʻq uzoq borishi maqsadida yoy chalqancha yotgan holda otilgan. Bunday otilgan oʻq “churam oʻqi” deb atalgan va odatdagi otilgan oʻq ancha uzoqqa borib tushgan[9, 391]. Turonliklar oʻrtasida oʻqchilik oʻyinlari, asosan, aniq moʻljalga olish maqsadida uyushtirilishdan tashqari, yana uzoqlikka hamda balandlikka otilishi boʻyicha ham bellashilgan. Natijada, ushbu bellashuv shartlariga mos oʻqlar yasalgan. Yoydan oʻq otish oʻyinlari Turon xalqlarining kundalik turmush tarzi va xoʻjaligi hamda harbiy mashqlari taʼsirida ayrim farqli jihatlarga ega boʻldi. Xususan, hududiy tafovutlar yoydan oʻq otish oʻyini nomlari, qoidalari va talablariga koʻra shakllangan. Keyinchalik yoydan oʻq otish oʻyini oʻtkazilishi muddati va maqsadlariga koʻra ayrim tafovutlarni oʻzida mujassam etdi. Dastlab ovchilik mashgʻuloti oʻz ahamiyatini saqlab qolgan hududlarda yoydan oʻq otishning uzoqlikka, balandlikka turlari vujudga keldi. Yilqichilik rivojlangan hududlarda esa, yoydan oʻq otishning otda oʻynaladigan turlari asosiy ahamiyat kasb etdi. Yoyning harbiy ahamiyat kasb etishi natijasida, piyoda va otliq holatda oʻynaladigan yoydan oʻq otish bellashuvlari ancha ommalashdi. Keyingi yuzyilliklarda ham ayrim jihozlar boshqa mamlakatlar yoki hududlarda qoʻllana boshladi yoki ularning lugʻatlarida Turon oʻqchilik anjomlari hamda vositalarining nomlari kirib bordi. Bir necha ming yillik tajriba oʻlaroq qoʻllanib kelgan vositalar kirib borgan hududlarida ham uzoq yillar davomida oʻqchilik vositasi sifatida xizmat qildi va tarixiy manbalaridan joy oldi. Bundan tashqari, Turon oʻqchiligi mohir ustalari dovrugʻi qadimdan forslar, hindlar, xitoyliklar, yunonlar, rumliklarga maʼlum boʻlgan boʻlsa, ilk oʻrta chogʻlardayoq arablar, vizantiyaliklar va boshqa yevropaliklarga tanildi. Ular haqida turli afsonalar shakllandi, ularning mashq jarayonlari toʻgʻrisida esa turli xabarlar boshqa mamlakatlarga har xil shaklda kirib bordi.

FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR (REFERENCES) 1. Абу Мансур ас-Саолибий. Китоб латоиф ал-маориф. Ажойиб маълумотлар ҳақида китоб. / Тар. И.Абдуллаев. Тошкент. 1987. 2. Альбаум Л.И. Балалык-тепе. Ташкент. 1960. 3. Гулбаданбегим Заҳириддин Бобур қизи. Ҳумоюннома. Тошкент. 1998. 4. Дала ёзувлари. Андижон вилояти, Булоқбоши тумани. Ширмонбулоқ қишлоғи. 2018 йил. 5. Дала ёзувлари. Фарғона вилояти, Ўзбекистон тумани. Ўқчи қишлоғи. 2017 йил. 6. Заҳриддин Муҳаммад Бобур. Бобурнома. Тошкент. 2008.

7. Илясов Д.Я. Кочевники в Согдиане. Историко-культурный контекст орлатских находок. Санкт-Петербург. 2025. 8. Истахрий. Хуросон ва Мовароуннаҳр. Тошкент. 2019. 9. Маҳмуд Кошғарий. Девону луғотит турк. Тошкент. 1960. 1-жилд. 10. Маҳмуд Кошғарий. Девону луғотит турк. Тошкент. 1963. 2-жилд. 11. Маҳмуд Кошғарий. Девону луғотит турк. Тошкент. 1963. 3-жилд. 12. Қадимги тарихчилар Ўрта Осиё ҳақида. Тошкент. 2008. 13. Рашид-ад-дин. Сборник летописей. Том I. книга первая. Москва. 1952. 14. Садр ад-Дин Али ал-Хусайни. Ахбар ад-даулат ас-селджукиййа. Москва. 1980. 15. Фазлаллах ибн Рузбихан Исфахани. Михман-наме-йи Бухара. Москва. 1976. 16. Ҳофиз Таниш Бухорий. Абдулланома. 2-жилд. Тошкент. 2000. 17. Ҳудуд ул-олам (Мовароуннаҳр тавсифи). Тошкент. 2008.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar17 ta adabiyot

  1. Абу Мансур ас-Саолибий. Китоб латоиф ал-маориф. Ажойиб маълумотлар ҳақида китоб. / Тар. И.Абдуллаев. Тошкент. 1987.
  2. Альбаум Л.И. Балалык-тепе. Ташкент. 1960.
  3. Гулбаданбегим Заҳириддин Бобур қизи. Ҳумоюннома. Тошкент. 1998.
  4. Дала ёзувлари. Андижон вилояти, Булоқбоши тумани. Ширмонбулоқ қишлоғи. 2018 йил.
  5. Дала ёзувлари. Фарғона вилояти, Ўзбекистон тумани. Ўқчи қишлоғи. 2017 йил.
  6. Заҳриддин Муҳаммад Бобур. Бобурнома. Тошкент. 2008.
  7. Илясов Д.Я. Кочевники в Согдиане. Историко-культурный контекст орлатских находок. Санкт-Петербург. 2025.
  8. Истахрий. Хуросон ва Мовароуннаҳр. Тошкент. 2019.
  9. Маҳмуд Кошғарий. Девону луғотит турк. Тошкент. 1960. 1-жилд.
  10. Маҳмуд Кошғарий. Девону луғотит турк. Тошкент. 1963. 2-жилд.
  11. Маҳмуд Кошғарий. Девону луғотит турк. Тошкент. 1963. 3-жилд.
  12. Қадимги тарихчилар Ўрта Осиё ҳақида. Тошкент. 2008.
  13. Рашид-ад-дин. Сборник летописей. Том I. книга первая. Москва. 1952.
  14. Садр ад-Дин Али ал-Хусайни. Ахбар ад-даулат ас-селджукиййа. Москва. 1980.
  15. Фазлаллах ибн Рузбихан Исфахани. Михман-наме-йи Бухара. Москва. 1976.
  16. Ҳофиз Таниш Бухорий. Абдулланома. 2-жилд. Тошкент. 2000.
  17. Ҳудуд ул-олам (Мовароуннаҳр тавсифи). Тошкент. 2008.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011068
Nashr sanasi
2025-08-27
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
Jild
1
Son
1
DOI
10.66073/refocus-conf/32
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
146–151
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-09-08