Asosiy mazmunga o‘tish

CHUST SHAHRI TARIXI, GEOGRAFIK JOYLASHUVI, MADANIYATI VA HUNARMANDCHILIGI, IJTIMOIY VA IQTISODIY HAYOTI

Namozov Ilgorbek Khatamjon oglu“University of Business and Science” “Ijtimoiy gumanitar fanlar fakulteti” tarix yo‘nalishi talabasi.2025

Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 1Sahifa 108–112

Annotatsiya

Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysining arxeologik yodgorliklaridan biri hisoblangan qadimiy Chust shahri haqida arxeologik, tarixiy, geografik, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy ma‘lumotlar tahlil qilinadi. Chustning bronza davridan boshlab to hozirgi kungacha bo‘lgan rivojlanish bosqichlari, arxeologik topilmalar asosida uning o‘ziga xosliklari ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, shaharning hunarmandchilik, dehqonchilik va shaharlik madaniyatidagi ahamiyati yoritiladi.

Boshqa tillarda

ruschaИСТОРИЯ, ГЕОГРАФИЧЕСКОЕ ПОЛОЖЕНИЕ, КУЛЬТУРА И РЕМЕСЛА, СОЦИАЛЬНАЯ И ЭКОНОМИЧЕСКАЯ ЖИЗНЬ ГОРОДА ЧУСТ

В статье анализируются археологические, исторические, географические, социально-экономические и культурные сведения о древнем городе Чуст, одном из археологических памятников Ферганской долины. Показаны этапы развития Чуста от эпохи бронзы до наших дней, а также его уникальные особенности, основанные на археологических находках. В нем также подчеркивается важность города в ремеслах, сельском хозяйстве и городской культуре..

inglizchaHISTORY, GEOGRAPHICAL LOCATION, CULTURE AND CRAFTS, SOCIAL AND ECONOMIC LIFE OF THE CITY OF CHUST

This article analyzes archaeological, historical, geographical, socio-economic and cultural information about the ancient city of Chust, which is considered one of the archaeological monuments of the Fergana Valley. The stages of development of Chust from the Bronze Age to the present day, its features based on archaeological finds, are shown. The importance of the city in crafts, agriculture and urban culture is also highlighted..

Kalit so‘zlar

  • Chust
  • Farg‘ona vodiysi
  • arxeologik yodgorliklar
  • tarix
  • geografiya
  • bronza davri
  • hunarmandchilik
  • arxeologiya
  • moddiy madaniyat

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

CHUST SHAHRI TARIXI, GEOGRAFIK JOYLASHUVI, MADANIYATI VA HUNARMANDCHILIGI, IJTIMOIY VA IQTISODIY HAYOTI

ИСТОРИЯ, ГЕОГРАФИЧЕСКОЕ ПОЛОЖЕНИЕ, КУЛЬТУРА И РЕМЕСЛА, СОЦИАЛЬНАЯ И ЭКОНОМИЧЕСКАЯ ЖИЗНЬ ГОРОДА ЧУСТ

HISTORY, GEOGRAPHICAL LOCATION, CULTURE AND CRAFTS, SOCIAL AND ECONOMIC LIFE OF THE CITY OF CHUST

Namozov Ilg‘orbek Xatamjon o‘g‘li “University of Business and Science” “Ijtimoiy gumanitar fanlar fakulteti” tarix yo‘nalishi talabasi. E-mail: namozovilgorbek27@gmail.com Tel: [telefon raqami yashirilgan] https://doi.org/10.5281/zenodo.16918075

Anotatsiya. Ushbu maqolada Farg’ona vodiysining arxeologik yodgorliklaridan biri hisoblangan qadimiy Chust shahri haqida arxeologik, tarixiy, geografik, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy ma’lumotlar tahlil qilinadi. Chustning bronza davridan boshlab to hozirgi kungacha bo‘lgan rivojlanish bosqichlari, arxeologik topilmalar asosida uning o‘ziga xosliklari ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, shaharning hunarmandchilik, dehqonchilik va shaharlik madaniyatidagi ahamiyati yoritiladi. Аннотация. В статье анализируются археологические, исторические, географические, социальноэкономические и культурные сведения о древнем городе Чуст, одном из археологических памятников Ферганской долины. Показаны этапы развития Чуста от эпохи бронзы до наших дней, а также его уникальные особенности, основанные на археологических находках. В нем также подчеркивается важность города в ремеслах, сельском хозяйстве и городской культуре.. Abstract. This article analyzes archaeological, historical, geographical, socio-economic and cultural information about the ancient city of Chust, which is considered one of the archaeological monuments of the Fergana Valley. The stages of development of Chust from the Bronze Age to the present day, its features based on archaeological finds, are shown. The importance of the city in crafts, agriculture and urban culture is also highlighted.. Kalit so‘zlar. Chust, Farg’ona vodiysi, arxeologik yodgorliklar,tarix, geografiya, bronza davri, hunarmandchilik, arxeologiya, moddiy madaniyat. Keywords. Chust, Fergana Valley, archaeological monuments, history, geography, Bronze Age, crafts,archeology, material culture. Ключевые слова. Чуст, Ферганская долина, археологические памятники, история, география, бронзовый век, ремесла, археология, материальная культура.

O‘zbekistonning qadimiy va boy tarixga ega shaharlaridan biri bo‘lgan Chust shahri ming yilliklar davomida Markaziy Osiyo sivilizatsiyasining muhim

markazlaridan biri bo‘lib kelgan. Uning strategik joylashuvi, tabiiy resurslari va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari shaharning rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Ushbu maqolada Chustning tarixiy ildizlari, geografik o‘rni, madaniyati va bugungi kundagi ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Maqolada akademik manbalar asosida tarixiy tahlilga asoslangan holda Chustning qadimiylik darajasi, uning xalqaro e’tirofi, arxeologik ekspeditsiyalar natijalari, shaharning hozirgi holati hamda uning O‘zbekiston tarixidagi o‘rni ochib beriladi.Geografik joylashuvi: Chust shahri Namangan viloyatining shimoli-g‘arbiy qismida, Olmos-Varzik tog‘etaklarida, Rezaksay va G‘ovasoy oralig‘ida, Chustsoy bo‘yida, dengiz sathidan 1200 metr balandlikda joylashgan.[10,23] Viloyat markazi Namangandan 40 kilometr uzoqlikda joylashgan. Bugungi kunda Chust orqali Toshkent – O‘sh avtomagistrali o‘tadi. Bu yo‘l qadimda ham muhim savdo yo‘li bo‘lgan bo‘lib, Buyuk Ipak yo‘li tarkibida bo‘lgan. Geografik joylashuvining qulayligi uni qadimdan muhim savdo, madaniy va ma’muriy markazga aylantirgan. [2,35] Hudud iqlimi keskin kontinental bo‘lib, yoz oylarida havo harorati +40 °C gacha ko‘tarilishi, qishda esa -10 °C gacha tushishi mumkin. Yog‘ingarchilik asosan bahor va kuz fasllariga to‘g‘ri keladi. Bunday iqlim sharoiti hududda bog‘dorchilik, uzumchilik va sabzavotchilik kabi qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining rivojlanishiga imkon yaratadi. Shaharning geografik joylashuvi uni tarixan muhim madaniy va savdo markaziga aylantirgan. Ayniqsa, qadimiy Ipak yo‘lining bo‘ylab joylashgani Chustning tarixiy ahamiyatini oshirgan. Bugungi kunda ham Chust o‘zining pichoqlari, milliy hunarmandchiligi va tabiiy boyliklari bilan mashhur bo‘lib, geografik jihatdan qulay joylashuvi tufayli iqtisodiy rivojlanishda muhim rol o‘ynaydi. [5,46] Tarixiy manbalarga ko‘ra, Chust qadimda Tus, Tuss, Tuz kabi nomlar bilan tanilgan. Miloddan avvalgi II ming yillikda Chust bronza davrining rivojlangan shahri sifatida shakllangan. Arxeologik topilmalar Chustda madaniyatning kamida 3700 yil avval mavjud bo‘lganligini ko‘rsatadi. [3,96] Bu hudud Farg‘ona vodiysining eng rivojlangan nuqtalaridan biri bo‘lgan. Antik davrlarda Chust qadimgi savdo yo‘llarining chorrahasida joylashgan bo‘lib, Ipak yo‘lining muhim shahri sifatida faoliyat yuritgan. Bu esa shaharning rivojlanishiga turtki bo‘lgan. O‘rta asrlarda Chust hunarmandchilik, dehqonchilik va savdo markazi sifatida yuksalgan. Ayniqsa, bu davrda pichoqchilik san’ati va sopol buyumlar ishlab chiqarish keng rivojlangan. XIX asrda Chust Qo‘qon xonligi tarkibida bo‘lib, hududiy va iqtisodiy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Rossiya imperiyasi bosib olganidan so‘ng, Chust yangi ma’muriy tizimga o‘tkazilgan va zamonaviy shahar sifatida shakllanish jarayoni boshlangan. XX asr davomida esa Chustda sanoat, qishloq xo‘jaligi va infratuzilma sohalarida katta o‘zgarishlar yuz bergan. 1950–1980 yillarda akademiklar va tarixchilar tomonidan o‘tkazilgan arxeologik ekspeditsiyalar shaharning qadimiyligini isbotlagan.[2,26] Chust madaniyati bugungi kunda UNESCO ro‘yxatiga kiritilgan. Akademik A. Asqarov va Y. G‘ulomov tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, Chustda bronza davridan boshlab o‘troq hayot tarzi mavjud bo‘lgan, bu esa shaharlik madaniyatining erta bosqichlarini ko‘rsatadi.

Mahalliy aholining hunarmandchilik, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullangani tarixiy manbalarda qayd etilgan.[2,47] Chust shahri o‘zining boy madaniyati va qadimiy hunarmandchilik an’analari bilan ajralib turadi. Farg‘ona vodiysining qadimiy shaharlaridan biri sifatida Chustda ko‘plab madaniy qadriyatlar, urf-odatlar, xalq og‘zaki ijodi va san’at shakllari saqlanib qolgan. Aholi orasida qadimdan avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan ko‘plab hunar turlari mavjud bo‘lib, ular bugungi kunda ham Chustning brendiga aylangan. Chustning eng mashhur hunarmandchiligi – bu pichoqchilikdir. [1,56]Chust pichoqlari butun O‘zbekiston va hatto Markaziy Osiyo bo‘ylab mashhur. Mahalliy ustalar pichoq yasash san’atini bolalikdan o‘rganadilar. Pichoqlar turli o‘lcham, shakl va bezaklarda bo‘lib, har biri o‘ziga xos dizayn va ishlovga ega. Pichoq dastalari asosan yong‘oq, olma yoki zarang daraxtlaridan yasaladi, tig‘lar esa po‘latdan charxlab tayyorlanadi.[6,56] Ustalar pichoq ustiga milliy naqshlar, arabiy yozuvlar yoki geometrik bezaklar tushirish orqali ularga estetik ko‘rinish baxsh etadilar. Bundan tashqari, Chust sopol buyumlari bilan ham mashhur. Mahalliy sopolchilar turli xil idishlar, laganlar, ko‘zalar va suvenirlar tayyorlaydilar. Ularning ko‘plarida an’anaviy naqshlar va tabiiy bo‘yoqlar ishlatiladi. Bu buyumlar nafaqat mahalliy ehtiyojlar uchun, balki turistlar orasida ham katta qiziqish uyg‘otadi. Chustda to‘qimachilik ham rivojlangan bo‘lib, ayniqsa, adras va atlas matolar tayyorlash bo‘yicha mahalliy ustalar o‘z hunarini davom ettirmoqda. Ayollar tomonidan to‘qilgan milliy liboslar, gilamlar, ro‘mol va boshqa uy-ro‘zg‘or buyumlari Chust madaniyatining ajralmas qismidir. Madaniyat sohasida xalq og‘zaki ijodi – dostonchilik, qo‘shiqlar va maqollar katta o‘rin egallaydi. To‘y marosimlari, bayramlar, xalq sayillari va diniy an’analar Chustning ijtimoiy hayotida muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, Navro‘z va Mustaqillik kuni kabi bayramlarda ko‘cha tomoshalari, xalq o‘yinlari va musiqiy chiqishlar keng nishonlanadi. Shuningdek, Chustda bir nechta madaniyat uylari, muzeylar va kutubxonalar faoliyat yuritadi Chust hunarmandchiligi O‘zbekiston madaniyatida muhim o‘rin tutadi. Chust pichog‘i dunyo miqyosida mashhur bo‘lib, uning sifati va dizayni bilan ajralib turadi. Mahalliy ustalar tomonidan ishlangan metall buyumlar, zargarlik mahsulotlari va to‘qimachilik an’analari hali-hanuzgacha saqlanib kelmoqda.[6,86] Chust shahrining tarixiy va zamonaviy iqtisodiy hayotida dehqonchilik, bog‘dorchilik, savdo va hunarmandchilik alohida o‘rin tutadi. Bu tarmoqlar asrlar davomida Chust aholisining asosiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘lib kelgan va bugungi kunda ham iqtisodiyotning muhim bo‘g‘inlarini tashkil etmoqda. Qadimdan Chust aholisi jamoaviy dehqonchilik bilan shug‘ullangan.[9,71] Sug‘orish tizimlarining paydo bo‘lishi va takomillashuvi natijasida Norin daryosining irmoqlaridan foydalanib, katta maydonlarda dehqonchilik ishlari olib borilgan. Asosan bug‘doy, arpa, jo‘xori, no‘xat kabi donli ekinlar yetishtirilgan. Keyinchalik sabzavotchilik rivoj topib, pomidor, bodring, sabzi, kartoshka singari mahsulotlar ekila boshlandi. Bu mahsulotlar nafaqat shahar ichida, balki butun vodiyda savdo qilinadigan asosiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga aylangan. Chustda bog‘dorchilik ham alohida e’tiborga loyiq. Mevali daraxtlar – gilos, olma, anor, shaftoli, o‘rik, behi, nok, uzum yetishtirish qadimdan mavjud bo‘lib, bu

mahsulotlar o‘zining tabiiyligi, mazasi va eksportga yaroqliligi bilan mashhur. Ayniqsa, gilos va uzum yetishtirishda Chust Farg‘ona vodiysi bo‘yicha yetakchi hududlardan biridir. Bu bog‘dorchilik tarmog‘i mahalliy iqtisodiyotga katta foyda keltirib, eksport salohiyatini oshirgan. Chustda paxtachilik XIX asr oxirlaridan boshlab keng rivojlana boshlagan. Sovet davrida esa paxta yetishtirish, uni yig‘ish va qayta ishlash yo‘lga qo‘yilib, bu tarmoq yirik davlat ahamiyatiga ega sohalardan biriga aylangan. Chust paxta tozalash zavodlari orqali paxtani qayta ishlash, tola olish, keyinchalik to‘qimachilik sanoati uchun xom ashyo tayyorlash bo‘yicha faoliyat yuritgan. Bugungi kunda ham bu an’ana davom ettirilmoqda. Xususiy sektorga qarashli paxta qayta ishlash korxonalari, kooperatsiyalar va kichik ishlab chiqarish korxonalari ishlab turibdi. Chustning tarixiy taraqqiyotida savdo tarmog‘i alohida o‘rin tutadi. Qadimda bu hudud Ipak yo‘lining tarmoqlaridan biri bo‘lib, bu yerda yirik bozorlar, savdo rastalari va karvonsaroylar faoliyat yuritgan. Ko‘plab savdogarlar Hindiston, Xitoy, Eron, Arabiston kabi mamlakatlardan bu hududga kelib, o‘z mahsulotlarini sotgan va mahalliy mahsulotlarni olib ketishgan. Ayniqsa, Chust pichog‘i, sopol idishlar, paxta tolasidan tayyorlangan matolar va quritilgan mevalar o‘zining sifati va chidamliligi bilan mashhur bo‘lgan. Karvonsaroylar esa savdo-sotiq faoliyati bilan bir qatorda, madaniy va ijtimoiy aloqalarning rivojlanishida ham muhim rol o‘ynagan.[3,48] Savdogarlar karvonsaroylarda to‘xtab, muloqot qilgan, yangiliklar almashilgan, diniy va ilmiy bahs-munozaralar bo‘lib o‘tgan. Bu esa Chustda ijtimoiy hayotning taraqqiy etishiga xizmat qilgan. Zamonaviy Chustda ham savdo sohasi jadal sur’atlarda rivojlanmoqda. Yirik dehqon bozorlar, ko‘chma rastalar, savdo markazlari, do‘konlar, supermarketlar, xizmat ko‘rsatish shoxobchalari va omborlar faoliyat yuritmoqda. Mahsulotlar ichki bozor bilan birga, qo‘shni davlatlarga ham eksport qilinmoqda. Ayniqsa, sabzavotlar, mevalar, konservalangan mahsulotlar, quritilgan mevalar va hunarmandchilik buyumlari chet ellik xaridorlar orasida talabga ega. Chustda hunarmandchilik ham qadimiy va bugungi iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridan biri sanaladi. Ayniqsa, pichoqchilik san’ati bilan mashhur. Chust pichoqlari o‘zining mustahkamligi, jozibador dizayni va sifatli ishlanishi bilan butun O‘zbekiston va undan tashqarida ham tanilgan. Har bir pichoq qo‘lda yasalib, o‘ziga xos naqsh va bezaklar bilan bezatiladi. Pichoq yasash jarayoni bir necha bosqichdan iborat bo‘lib, bunda temir, po‘lat, yog‘och va suyak materiallaridan foydalaniladi. Ustalar bu hunarni asrlar davomida avloddan-avlodga o‘tkazib kelmoqda. Bundan tashqari, kulolchilik, misgarlik, yog‘och o‘ymakorligi, zardo‘zlik kabi hunar turlari ham rivojlangan. Ayniqsa, Chust sopol idishlari, naqshli guldonlar, sirlangan qozon va laganlari bilan tanilgan. Yog‘och o‘ymakorligi esa eshik va derazalar, sandiqlar va masjid me’morchiligi uchun buyurtmalar asosida tayyorlanadi. Chustdagi hunarmandlar mahsulotlari ichki bozorga yetkazilishdan tashqari, xalqaro ko‘rgazmalarda ham namoyish etiladi. Ba’zi mahsulotlar esa turistik sovg‘a sifatida xorijiy sayyohlarga sotiladi. Hunarmandlar uyushmasi, davlat granti asosida tashkil etilgan ustaxonalar bu sohaning jadal rivojlanishiga turtki bermoqda. Yoshlar orasida hunarga qiziqish ortib borayotgani, kasb-hunar maktablari, ko‘rgazmalar, tanlovlar orqali ustozshogird an’anasining davom etayotgani bu sohaning istiqboliga xizmat qilmoqda.

Umuman olganda, Chustda dehqonchilik, bog‘dorchilik, savdo va hunarmandchilikning tarixiy ildizlari chuqur bo‘lib, bu sohalar shahar iqtisodiyotining poydevorini tashkil etadi. Bugungi kunda ham bu an’analar zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashgan holda davom ettirilmoqda. Bu esa Chustning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlab, uning ijtimoiy barqarorligini ta’minlab kelmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, Chust shahri O‘zbekiston tarixida o‘ziga xos o‘rin egallagan qadimiy shahar hisoblanadi. Uning geografik joylashuvi, boy tarixi, madaniy merosi va hunarmandchilik an’analari uni nafaqat viloyat, balki mamlakat darajasida muhim markazga aylantirgan. Chustning qadimiy madaniyati, arxeologik yodgorliklari, tarixiy mahallalari va ijtimoiy-iqtisodiy hayoti hali-ham ilmiy tadqiqotlar uchun boy manba bo‘lib qolmoqda. Shahar tarixini chuqur o‘rganish, uni asrab-avaylash va kelajak avlodlarga yetkazish – bizning muqaddas burchimizdir.

1. Anorboyev A. Farg‘onanning qadimgi shaharlari va ularning Markaziy Osiyo tarixida tutgan o‘rni – Toshkent: 2002,148 bet 2. Asqarov. A – Qadimgi O‘zbekiston tarixi, T.: Fan, 1986,456 bet 3. Raxmonova Z.– Chustning iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari // “Iqtisodiyot va innovatsiyalar № 3.21-22 bet 4. Mahmudov.M – Hunarmandchilik an’analari va zamonaviylik, T.: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2022. 5. Mamatov J. Chust tumani ziyoratgohlari tarixidan (Mavlono Lutfulloh ziyoratgohi misolida) //“Tarixiy obyektlar va tabiiy maskanlar uyg‘unligi asosida O‘zbekistonning turistik salohiyatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari va istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiyamaliy konferensiyasidagi maqolalar tо‘plami. – Toshkent Universitet, 2024. –Б.71-76 6.Нажмиддин Фазлиддин угли Чуст тарихи. Чуст ,1995.171.б 7. Sagdullayev A va boshq //. O‘zbekiston tarixi. Toshkent: O‘qituvchi, 2019. 8. Berdiev.O. Qadimgi Farg‘ona vodiysi: arxeologik manbalar asosida. Toshkent: Fan, 2008. 9. www.chust.uz – Chust tumani hokimligi rasmiy veb-sayti (kirilgan sana: 2025-yil, 15-aprel).

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar9 ta adabiyot

  1. Anorboyev A. Farg‘onanning qadimgi shaharlari va ularning Markaziy Osiyo tarixida tutgan o‘rni – Toshkent: 2002,148 bet
  2. Asqarov. A – Qadimgi O‘zbekiston tarixi, T.: Fan, 1986,456 bet
  3. Raxmonova Z.– Chustning iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari // “Iqtisodiyot va innovatsiyalar № 3.21-22 bet
  4. Mahmudov.M – Hunarmandchilik an’analari va zamonaviylik, T.: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2022.
  5. Mamatov J. Chust tumani ziyoratgohlari tarixidan (Mavlono Lutfulloh ziyoratgohi misolida) //“Tarixiy obyektlar va tabiiy maskanlar uyg‘unligi asosida O‘zbekistonning turistik salohiyatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari va istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiyamaliy konferensiyasidagi maqolalar tо‘plami. – Toshkent Universitet, 2024. –Б.71-76
  6. 6.Нажмиддин Фазлиддин угли Чуст тарихи. Чуст ,1995.171.б
  7. Sagdullayev A va boshq //. O‘zbekiston tarixi. Toshkent: O‘qituvchi, 2019.
  8. Berdiev.O. Qadimgi Farg‘ona vodiysi: arxeologik manbalar asosida. Toshkent: Fan, 2008.
  9. www.chust.uz – Chust tumani hokimligi rasmiy veb-sayti (kirilgan sana: 2025-yil, 15-aprel).

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011061
Nashr sanasi
2025-08-27
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
Jild
1
Son
1
DOI
10.66073/refocus-conf/22
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
108–112
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-09-08