Asosiy mazmunga o‘tish

FARG‘ONA VODIYSIDAGI DALVARZIN YODGORLIGI HIMOYA INSHOOTINING O‘RGANILISHI TAHLILLARI

Normatov Sherzod MirzayevichAxborot texnologiyalari va menejment universiteti tarix kafedrasi dotsenti e-mail:2025

Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 1Sahifa 43–47

Annotatsiya

Ushbu maqola Farg‘ona vodiysidagi Dalvarzin manzilgohining o‘rganilishi, taraqqiyot bosqichlari va tahlillari ilmiy manbalar va adabiyotlar asosida yoritilgan.

Boshqa tillarda

ruschaАНАЛИЗ РЕЗУЛЬТАТОВ ИЗУЧЕНИЯ ЗАЩИТНОГО СООРУЖЕНИЯ ПАМЯТНИКА ДАЛЬВАРЗИН В ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЕ

В этой статье мы расскажем о том, как Фергана водийсидага Далварзина помогали строить, развивать и анализировать научные ресурсы и литературу.

inglizchaANALYSIS OF THE STUDY OF THE PROTECTIVE STRUCTURE OF THE DALVARZIN MONUMENT IN THE FERGANA VALLEY

This article covers the study, stages of development and analysis of the Dalvarzin settlement in the Fergana Valley on the basis of scientific sources and literature.

Kalit so‘zlar

  • Dalvarzin
  • Qoradaryo
  • xo‘jalik o‘ralari
  • himoya tizimi
  • shibbalangan tuproq
  • guvala
  • xom g‘isht

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

FARGʻONA VODIYSIDAGI DALVARZIN YODGORLIGI HIMOYA INSHOOTINING OʻRGANILISHI TAHLILLARI

ANALYSIS OF THE STUDY OF THE PROTECTIVE STRUCTURE OF THE DALVARZIN MONUMENT IN THE FERGANA VALLEY

АНАЛИЗ РЕЗУЛЬТАТОВ ИЗУЧЕНИЯ ЗАЩИТНОГО СООРУЖЕНИЯ ПАМЯТНИКА ДАЛЬВАРЗИН В ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЕ

Normatov Sherzod Mirzayevich Axborot texnologiyalari va menejment universiteti tarix kafedrasi dotsenti e-mail: sherzodnormatov453@gmail.com Tel: [telefon raqami yashirilgan] https://doi.org/10.5281/zenodo.16871022

Annotatsiya Ushbu maqola Fargʻona vodiysidagi Dalvarzin manzilgohining oʻrganilishi, taraqqiyot bosqichlari va tahlillari ilmiy manbalar va adabiyotlar asosida yoritilgan. Abstract. This article covers the study, stages of development and analysis of the Dalvarzin settlement in the Fergana Valley on the basis of scientific sources and literature. Аннотация. В этой статье мы расскажем о том, как Фергана водийсидага Далварзина помогали строить, развивать и анализировать научные ресурсы и литературу. Kalit soʻz: Dalvarzin, Qoradaryo, xoʻjalik oʻralari, himoya tizimi, shibbalangan tuproq, guvala, xom gʻisht. Keywords. Dalvarzin, Karadarya, farm ditches, protection system, shibbled soil, guwala, raw brick. Ключевые слова. Дальварзин, Карадарья, фермерские канавы, система защиты, щебеночный грунт, гувала, кирпич-сырец.

Fargʻona vodiysi soʻnggi bronza va ilk temir davrining uchta yodgorligi nisbatan (Chust va Eylaton madaniyatlari) toʻliq oʻrganilgan boʻlib, ular Chust, Dalvarzin va koʻhna shaharlaridir. Dalvarzin koʻhna shahri Andijon viloyatidagi Oyim qishlogʻidan 2 km. sharqda, hozirgi Qoradaryo daryosining qirgʻogʻidan 3-4 km. chapda joylashgan. Umumiy maydoni 25 gektar boʻlgan ushbu yodgorlik yer sathidan 5 metr balanlikdagi tepalik ustida barpo etilgan. Yodgorlik oʻtgan asrning 50-yillarida ochilgan boʻlib, bu yerda uzoq yillar tadqiqotlar olib borilgan [1,39-48]. Bu tadqiqotlar vodiy tarixi va madaniyati uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan. Dalvarzinning barcha hududlarida stratigrafik tadqiqotlar olib borilgan boʻlib, yodgorlikning barcha hududlarida madaniy qatlamlar (50 sm.dan 4 metrgacha) ning qalinligi bir xil emas. Yu.A.Zadneprovskiy “yer sathi bilan bir tekisda boʻlgan xoʻjalik oʻralari va qurilishlarga qarab”, Dalvarzindagi uchta qurilish bosqichini ajratgan [2,48]. Yuqoridagi qurilish bosqichi alohida turarjoylar devorlari hamda koʻp sonli xoʻjalik oʻralari bilan izohlanadi. Pastki qurilish

bosqichi yuqoridagi ikkita bosqichga nisbatan qurilish qoldiqlarining yaxshi saqlanib qolganligi kuzatilgan. Bu bosqichda qalinligi 0,6-1,0 metr boʻlgan devor qoldiqlari aniqlangan boʻlib, bu yerdan topilgan oʻchogʻ, sopol idishlar, bir nechta bronza quyish qoliplari, aylana shakldagi sopol pishirish qozoni bu yerda “ishlab chiqarish ustaxonasi” mavjud boʻlganligi haqidagi fikrga asos boʻldi [3,146]. Dalvarzin koʻhna shahri inson faoliyati barcha jabhalarining rivojlanishi kuzatiladi. Bu rivojlanish avvalo qurilish jarayonida, ayniqsa, koʻhna shahar himoyasi bilan bogʻliq qurilishlarda yaqqol koʻzga tashlanadi. Koʻhna shaharning mustahkam himoya devorlari ular turli qurilish bosqichlari bosib oʻtganligini dalillaydi. Tadqiqotlarga koʻra, Dalvarzin uch qismli rejaga ega boʻlib, 1) turar joylar, 2) chorva saqlanadigan joy va 3) qalʼadan iborat holda shakllangan. Yodgorliklarning janubiy qismidagi dastlabki himoya devori 100 metrdan ziyodroq uzunlikda, 4-6 metr qalinlik va 2,5 metr balandlikda saqlanib qolgan. Bu devor 50- 80 sm. qalinlikdagi madaniy qatlamda bunyod etilgan [4,3-13]. Oʻtgan asrning 50-70-yillarida Dalvarzinda koʻplab tadqiqotlar olib borgan Yu.A.Zadneprovskiy yodgorlikning hayot faoliyati, mudofaa tizimi va uning rivojlanishi boʻyicha quyidagi xulosani beradi: 1-davrda himoya devorlarisiz ochiq manzilgoh 50-80 sm.li pastki madaniy qatlam ustiga bunyod etilganligi bilan izohlanadi. 2-davrda himoya devorlari shakllanib, ayrim hollarda taʼmirlanganligi ham kuzatiladi. Bu davrda devorning qalinligi 2,5 metrga yetadi. 3-davr devorlarining vayron etilishi va koʻhna shaharda hayot toʻxtagani bilan izohlanadi [5,3-13]. Dalvarzinda sopol idishlarga koʻra nisbiy davrlashtirish boʻlmaganligi sababli bu davrlashtirishni qurilish texnikasi va qurilish xom ashyolari orqali amalga oshirish zaruriyati paydo boʻlgan. Bunday davrlashtirishga urinish M.Turebekov tomonidan amalga oshirilgan [,79]. Devorlar qurilishining evolyutsiyasi va himoya inshootlaridagi qurilish materiallarini oʻrganib, M.Turebekov Dalvarzin himoya tizimini quyidagicha davrlaydi: 1-davrda koʻhna shaharning 5 gektar maydoni himoya devorlari bilan oʻrab olinadi. 2-davrda koʻhna shahar gʻarbga tomon kengayib boradi va 18 gektar hudud himoya inshootlari bilan oʻrab olinadi. 3-davrda koʻhna shaharning qalʼa hududi himoya devorlari bilan oʻrab olinadi [7,80]. Mustaqillik yillariga qadar olib borilgan Davlvarzin koʻhna shahrining himoya tizimi masalalari boʻyicha tadqiqotlardan quyidagicha xulosalar chiqarilgan: 1. Qadimgi quruvchilar himoya inshootlari bunyod etishda turli-tuman - shibbalangan tuproq, guvala, xom gʻisht, paxsa kabi qurilish materiallaridan foydalanganlar. 2. Xom gʻishtlar bir xil hajm va shaklda boʻlmasdan, ularda ustalarning belgi-muhri qoʻyilgan hamda gʻishtlar bir-biriga bogʻlash usulida terilgan. 3. Devorlar qalinligi 15-30 sm.li tuproq poydevor ustida qad koʻtargan. Devorlar yon tomonlarida qad koʻtarib, boʻsh qolgan oʻrta qismi tuproq, siniq gʻisht va guvalalar, chiqindilar bilan toʻldirilgan [8,49].

2003-2004-yillarda Oʻz RFA Arxeologiya institutining Andijon guruhi tadqiqotlari natijasida Dalvarzin koʻhna shahrining himoya inshootlari tarixi boʻyicha yangi maʼlumotlar olindi. Soʻnggi tadqiqotlarga koʻra, Dalvarzin qalʼasining shimoliy himoya devorlari 5 ta qurilish davrini oʻz ichiga olgan 4,5 metrli madaniy qatlamdan iborat. Himoya devori vaqti-vaqti bilan taʼmirlanishlarni hisobga olingan holda uchta qurilish bosqichini bosib oʻtgan. Bu holatni nafaqat koʻhna shaharning qalʼasi, balki shimoli-sharqiy qismida nisbatan uzoq vaqt hayot mavjud boʻlganligi ham tasdiqlaydi. Yangi maʼlumotlar shuningdek, koʻhna shahar himoya devorlar, umuman, koʻhna shahar volyutsiyasining alohida bosqichlarini yangicha talqin etishga imkoniyat beradi [9,18-24]. Davlvarzinda olib borilgan yangi izlanishlarning natijalari tadqiqotchilarga quyidagi xulosalar chiqarish imkonini bergan: 1. Koʻhna shahar atrofidagi va qalʼadagi himoya devorlarining qurilishi devor tashqarisidagi turar-joy mahallalari rejasiga mos ravishda bunyod etilgan. 2. Dastavval koʻhna shaharning shimoli-gʻarbiy qismidagi tashqi himoya devori qurilgan boʻlib, yer sathidagi tekis boʻlmagan asosda uch bosqichda bunyod etilgan. Koʻhna shaharning sharqiy qismi ikki, gʻarbiy qismi esa bir bosqichda tiklangan. 3. Koʻhna shaharning sharqiy devori turli qurilish xom ashyolari va texnik uslublar asosida inshoot etilgan. Shimoliy devor koʻhna shahar faoliyatining soʻnggi bosqichida qurilgan. 4. Koʻhna shahar himoya devorlari faoliyatining soʻnggi davriga kelib, qalʼasi boʻlgan shimoliy devor bilan tutashgan turar-joy majmuasida kuchli yongʻin izlari aniqlangan [10,78-80]. Dalvarzin koʻhna shaharning himoya devorlari qurilishida shibbalangan tuproq, paxsa, xom gʻisht va guvala kabi qurilish materiallari ishlatilgan. Shibbalangan tuproq ilk davrda faqatgina himoya devorlarining janubiy tomonida qisman ishlatilgan boʻlsa, soʻnggi bosqichda janubiy va gʻarbiy devorlari(chorva boshpanasi)ni tiklashda asosan shibbalangan tuproqdan foydalanilgan. Paxsa esa, Dalvarzininng deyarli barcha tashqi himoya devorlarini tiklashda guvala va xom gʻisht aralashgan holda qoʻshib ishlatilgan11,56]. Vodiydagi soʻnggi bronza davri Chust bosqichida Chust manzilgohiga kiraverishda yagona mustahkam darvozasi boʻlgan qalin muhofaza devorlari aniqlangan. Himoyaning bunday usuli dastavval Dalvarzinga ham qoʻllanilgan. Aynan Dalvarzintepaning atrofi himoya devorlari bilan oʻrab olingan boʻlib, unda hukmdor yashaydigan ark ajralib turadi. Koʻp yillik tadqiqotlar natijasida shu narsa aniqlanganki, 25 gektardan iborat Dalvarzintepada yashaydigan aholi uni uch qismdan iborat qilib bunyod etgan. Har bir qism alohida mudofa devorlari bilan oʻralgan hamda ularning oʻz vazifasi boʻlgan. Koʻhna shahar hududining 18 gektari turar joylar, 5 gektari xavf tugʻilgan paytda aholi jon saqlaydigan boshpana qism, 2 gektari esa maxsus alohida ajratilgan qism boʻlib, bu yerda hukmdorlar yashagan. Koʻhna shaharning devorlari guvala, xom gʻisht va paxsadan foydalanib tiklangan. Xullas, Dalvarzinda mukammal mudofa tizimi mavjud boʻlib, koʻhna shaharning har bir

qismi alohida himoyalangan. Ular orasida arkka alohida eʼtibor berilib, u puxta oʻylangan reja asosida himoyalangan.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar14 ta adabiyot

  1. Заднепровский Ю.А. Дальварзинское поселение. (раскопки 1959 г) // КСИА. Вып.86. 1961.с.39-48
  2. Раскопки на Дальверзинском поселение // АО .М.1970. 1971.с. 102-110. Он же. Историческая Дальверзина // Уса. Ташкент, 1972. Вып.1.с.18-26 и др.10.1177/001112877201800115
  3. Заднепровский Ю.А. Дальварзинское поселение…с.48.
  4. Заднепровский Ю.А. Древнеземледельческая культура Ферганы // МИА. Ленинград.1962.146с.
  5. Заднепровский Ю.А. Укрепление Чустских поселений и их место в истории первобытной фортификации Средней Азии // КСИА. Вып.47.М., 1976.с.3-13.
  6. Заднепровский Ю.А. Укрепление Чустких…., с. 3-13
  7. Туребеков М.Т. Оборонительные сооружения древных поселений и городов Согда.-Нукус: Каракалпакстан.1990.с.79. (153).
  8. Туребеков М.Т. Оборонительные сооружения…с.80.
  9. Матбабаев Б.Х., Абдуллаев Б.М. Оборонительные сооружения…с.49.
  10. Матбабаев Б.Х., Древние города Ферганы (по археологическим материалам) // Великий шелковый путь и Ферганская долина. Ташкент. 2004.с. 18-24.
  11. Матбабаев Б.Х., Пардаев М.Х, Абдуллаев Б.М. Новое об оборонительных стенах городица Далварзинтепа // История Узбекистана в археологических и письменных источниках.-Ташкент. Б.И. 2005.с. 78-80.
  12. 9.Матбабаев Б.Х., Древние города Ферганы (по археологическим материалам)// Велий шелковый пут Ферганская долина. Ташкент. 2004.с.18-24.
  13. Матбабаев Б.Х..,Пардаев М.Х, Абдуллаев Б.М. Новое об оборонителых стенах городица Далварзинтепа // История Узбекистана в археологических и письменных источниках.-Ташкент. Б.И.2005 с78-80.
  14. Матбабаев Б.Х., Абдуллаев Б.М. Оборонительные сооружения…с.56.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011049
Nashr sanasi
2025-08-27
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
Jild
1
Son
1
DOI
10.66073/refocus-conf/10
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
43–47
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25