Asosiy mazmunga o‘tish

FARG‘ONA VODIYSINING G‘OVASOY VOHASIDA OLIB BORILGAN ARXEOLOGIK TADQIQOTLAR

Bekmirzayev Islamjon Ibrahim ogluFanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi “Ipak yo‘li arxeologiyasi” bo‘limi katta ilmiy xodimi2025

Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 1Sahifa 23–28

Annotatsiya

Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysining shimoliy qismida joylashgan G‘ovasoy vohasida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijalari ilmiy jihatdan tahlil etilgan. Tadqiqotlar davomida vohaning o‘rta qismida joylashgan va so‘nggi bronza hamda ilk temir davrlariga oid Bibiona (Chust madaniyatiga mansub) yodgorligida amalga oshirilgan qazishmalar asosida muhim ilmiy xulosalar ilgari surilgan. Mazkur yodgorlikdan aniqlangan arxeologik materiallar – jumladan, qadimgi sopol buyumlar, metallurgiya faoliyatiga oid izlar, xo‘jalik va turar-joy inshootlari – G‘ovasoy vohasida antropogen landshaftning shakllanish jarayonlarini aniqlash va baholashda muhim manba bo‘lib xizmat qilmoqda.

Boshqa tillarda

ruschaАРХЕОЛОГИЧЕСКИЕ ИССЛЕДОВАНИЯ В ГАВАСАЙСКОЙ ОАЗИСЕ ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЫ

В данной статье научно проанализированы результаты археологических исследований, проведённых в Гавасайской долине, расположенной в северной части Ферганской впадины. В ходе исследований на памятнике Бибиона, расположенном в центральной части долины и относящемся к позднему бронзовому и раннему железному векам (культура Чуст), были получены важные научные выводы. Археологические материалы, обнаруженные на данном памятнике – в том числе древняя керамика, следы металлургической деятельности, хозяйственные и жилые сооружения – служат важным источником для выявления и анализа процессов формирования антропогенного ландшафта в Гавасайской долине.

inglizchaARCHAEOLOGICAL RESEARCH CONDUCTED IN THE G‘OVASOY OASIS OF THE FERGANA VALLEY

This article presents a scientific analysis of the results of archaeological investigations carried out in the G‘ovasoy valley, located in the northern part of the Fergana Basin. Important conclusions were drawn based on excavations at the Bibiona site, situated in the central part of the valley and associated with the Late Bronze and Early Iron Ages (Chust culture). The archaeological materials discovered at this site – including ancient ceramics, traces of metallurgical activity, and domestic and residential structures – serve as a significant source for identifying and interpreting the processes of anthropogenic landscape formation in the G‘ovasoy valley.

Kalit so‘zlar

  • G‘ovasoy vohasi
  • arxeologik tadqiqotlar
  • Bibiona yodgorligi
  • Chust madaniyati
  • bronza davri
  • temir davri
  • metallurgiya
  • antropogen landshaft
  • moddiy madaniyat

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

FARG‘ONA VODIYSINING G‘OVASOY VOHASIDA OLIB BORILGAN ARXEOLOGIK TADQIQOTLAR

АРХЕОЛОГИЧЕСКИЕ ИССЛЕДОВАНИЯ В ГАВАСАЙСКОЙ ОАЗИСЕ ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЫ

ARCHAEOLOGICAL RESEARCH CONDUCTED IN THE G‘OVASOY OASIS OF THE FERGANA VALLEY

Bekmirzayev Islomjon Ibrohim o‘g‘li Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi “Ipak yo‘li arxeologiyasi” bo‘limi katta ilmiy xodimi e-mail: bekruchka@gmail.com Тел: [telefon raqami yashirilgan] https://doi.org/10.5281/zenodo.16870066

Annotatsiya. Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysining shimoliy qismida joylashgan G‘ovasoy vohasida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijalari ilmiy jihatdan tahlil etilgan. Tadqiqotlar davomida vohaning o‘rta qismida joylashgan va so‘nggi bronza hamda ilk temir davrlariga oid Bibiona (Chust madaniyatiga mansub) yodgorligida amalga oshirilgan qazishmalar asosida muhim ilmiy xulosalar ilgari surilgan. Mazkur yodgorlikdan aniqlangan arxeologik materiallar – jumladan, qadimgi sopol buyumlar, metallurgiya faoliyatiga oid izlar, xo‘jalik va turar-joy inshootlari – G‘ovasoy vohasida antropogen landshaftning shakllanish jarayonlarini aniqlash va baholashda muhim manba bo‘lib xizmat qilmoqda. Аннотация. В данной статье научно проанализированы результаты археологических исследований, проведённых в Гавасайской долине, расположенной в северной части Ферганской впадины. В ходе исследований на памятнике Бибиона, расположенном в центральной части долины и относящемся к позднему бронзовому и раннему железному векам (культура Чуст), были получены важные научные выводы. Археологические материалы, обнаруженные на данном памятнике – в том числе древняя керамика, следы металлургической деятельности, хозяйственные и жилые сооружения – служат важным источником для выявления и анализа процессов формирования антропогенного ландшафта в Гавасайской долине. Abstract. This article presents a scientific analysis of the results of archaeological investigations carried out in the G‘ovasoy valley, located in the northern part of the

Fergana Basin. Important conclusions were drawn based on excavations at the Bibiona site, situated in the central part of the valley and associated with the Late Bronze and Early Iron Ages (Chust culture). The archaeological materials discovered at this site – including ancient ceramics, traces of metallurgical activity, and domestic and residential structures – serve as a significant source for identifying and interpreting the processes of anthropogenic landscape formation in the G‘ovasoy valley. Kalit so‘zlar. G‘ovasoy vohasi, arxeologik tadqiqotlar, Bibiona yodgorligi, Chust madaniyati, bronza davri, temir davri, metallurgiya, antropogen landshaft, moddiy madaniyat.

Ключевые слова. Гавасайская долина, археологические исследования, памятник Бибиона, культура Чуст, бронзовый век, железный век, металлургия, антропогенный ландшафт, материальная культура. Key words. G‘ovasoy valley, archaeological research, Bibiona site, Chust culture, Bronze Age, Iron Age, metallurgy, anthropogenic landscape, material culture.

G‘ovasoy vohasi bugungi kunda Farg‘ona vodiysining shimoliy qismida, O‘zbekiston Respublikasining Namangan viloyati (Pop va Chust tumanlari) hamda Qirg‘iziston Respublikasining Jalolobod viloyatiga qarashli Ola-Buqa tumani hududlarida joylashgan. Tabiiy-geografik nuqtai nazardan voha uchta asosiy qismga – quyi, o‘rta va yuqori bo‘limlarga bo‘linadi. Quyi G‘ovasoy vohasi asosan pasttekisliklardan iborat bo‘lib, G‘ovasoy daryosi ushbu hududdan oqib o‘tib, Sirdaryo tomon yo‘naladi hamda bir necha irmoqlarga ajralgan holda delta shakllantiradi. Ayni paytda mazkur delta Sirdaryo daryosidan taxminan 10 kilometr masofada joylashgan. Arxeologik tadqiqotlar ushbu vohaning eramizdan avvalgi VI asrda ham G‘ovasoy daryosi orqali sug‘orilganini ko‘rsatadi [1: 77]. Bu esa quyi vohada qadimiy sug‘oriladigan dehqonchilik tizimi mavjud bo‘lganini va ilg‘or irrigatsiya inshootlari rivojlanganini tasdiqlaydi. Mazkur hududda joylashgan Chilxujra yodgorligi muhim arxeologik obyektlardan biri bo‘lib, olib borilgan qazishmalar natijasida u vohaning qadimgi dehqonchilik va hunarmandchilik markazlaridan biri sifatida shakllanganini ko‘rsatdi [2: 11]. Yodgorlikdan aniqlangan moddiy madaniyat namunalari, jumladan, sopol buyumlar, xo‘jalik inshootlari va ishlab chiqarish faoliyatiga oid qoldiqlar, vohaning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida muhim o‘rin tutganligini ilmiy asosda tasdiqlaydi. O‘rta G‘ovasoy vohasi adirliklar hamda adir orti pasttekisliklardan tashkil topgan bo‘lib, uning asosiy qismini G‘ovasoy, Ko‘kteraksoy va Sumsarsoy daryolarining konussimon yoyilma shakllaridan iborat adirliklari egallaydi. Bu relyef shakllari G‘ovasoy daryosining uzoq muddatli denudatsion va akkumulyativ

jarayonlari natijasida shakllanib, vohaning Sirdaryo tomonga kengayishiga sabab bo‘lgan. Ushbu adirliklar tizimining eng baland nuqtasi dengiz sathidan 858 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, ularning kelib chiqishi neogen geologik davriga taalluqlidir [10: 19]. G‘ovasoy daryosining o‘ng sohili keng tekisliklar bilan ajralib turadi; bu yerda mavjud bo‘lgan tabiiy buloqlar va daryo tarmoqlari ta’sirida mikrovohalar shakllangan. Mazkur mikrovohalar ilk sug‘orma dehqonchilikka oid manzilgohlar rivojlanishida muhim omil bo‘lib xizmat qilgan. Aynan shu mintaqada joylashgan Bibiona yodgorligi1 o‘rta G‘ovasoy vohasining arxeologik jihatdan eng muhim obyektlaridan biri hisoblanadi. Ushbu yodgorlikda olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida vohada so‘nggi bronza va ilk temir davrlarida qadimgi dehqon jamoalari yashab, sug‘orma dehqonchilik va metallurgiya faoliyati bilan shug‘ullanganliklari to‘g‘risida muhim ilmiy ma’lumotlar olingan [5: 69]. Topilmalar orasida sopol buyumlar, turar-joy inshootlari, xo‘jalik qurollari va ishlab chiqarish faoliyatiga oid arxeologik materiallar mavjud bo‘lib, ular ushbu hududda antropogen landshaftning shakllanish jarayonlarini ilmiy asosda o‘rganishga imkon yaratadi. Yuqori G‘ovasoy vohasi asosan tog‘li relyefdan iborat bo‘lib, bu hudud Tyonshon tog‘tizmasining g‘arbiy etaklarida – Qurama-Chotqol tog‘lari oralig‘ida joylashgan. Bu tog‘li hudud yer osti boyliklariga nihoyatda boy bo‘lib, arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra, qadimgi aholilar bu yerda temir, kumush va oltin kabi foydali qazilmalarni qazib olish va ularni qayta ishlash bilan shug‘ullanganlar [9: 103]. Mazkur hudud, ayniqsa, qadimgi konchilik va metallurgiyaning ilk bosqichlarini o‘rganishda katta ilmiy ahamiyatga ega. 2021- yildan boshlab, Chust madaniyatining dastlabki yodgorligi bo‘lmish Bibiona yodgorligida, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Milliy Arxeologiya markazi ilmiy xodimlari A. Anarbayev va S. Baratovlar boshchiligida arxeologik tadqiqotlar boshlandi [3: 9]. Tadqiqotlarning asosiy maqsadi – Bibiona yodgorligi hamda unga tutash hududlarni tizimli ravishda o‘rganish orqali G‘ovasoy vohasida ilk antropogen omillarning shakllanish jarayonlarini aniqlash, qadimgi ijtimoiy-iqtisodiy tuzilma, dehqonchilik va xo‘jalik faoliyatining rivojlanish bosqichlarini yoritishdan iboratdir. Ushbu izlanishlar nafaqat Chust madaniyatining xronologik va madaniy ko‘lamini belgilashga, balki butun voha tarixini arxeologik jihatdan chuqurroq talqin qilishga xizmat qilmoqda. Yodgorlik Namangan viloyatining Chust shahri shimoliy chekkasida, Bibiona ziyoratgohi yaqinida joylashgan tepalik bo‘lib. Geografik jihatdan G‘ovasoy daryosining o‘ng sohilidagi tepalik hisoblanadi. 1950- yillarda yodgorlik umumiy maydoni 4,06 gektarni tashkil etgan. Hozirgi kunda yodgorlikdan 2,3 gektar maydon saqlanib qolgan. Bu yodgorlik dastlab XX asrning 50 yillarida aniqlanib, M. E. Vorones [4: 56], V. I. Sprishevskiy [5: 69], Y. A. Zadneprovskiy [6: 54] va B. X. Matboyoev [7: 85] lar tomonidan ko‘p yillik qadishmalar olib borilgan.

1 Bibiona yodgorligi sovet davri arxeologik adabiyotlarida Chust yodgorligi nomi bilan tilga olingan bo‘lib, keyinchalik ushbu yodgorlik va unga o‘xshash madaniy qatlamlarga ega bo‘lgan boshqa obyektlar bir butun arxeologik birlik sifatida Chust madaniyati nomi bilan atala boshlandi. Bu madaniyat so‘nggi bronza va ilk temir davrlariga oiddir.

Olib borilgan arxeologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, yodgorlik ikki qismdan iborat bo‘lib: shimoli-g‘arbiy qismi, taxminan 1,5 gektar maydonga ega bo‘lib, mudofaa devori bilan mustahkamlangan. Bu yеrda turar joylar topilmagan. S. Baratov fikricha “ushbu qism chorva uchun qo‘ra yoki harbiy xavf tug‘ilganda atrof aholisi uchun boshpana sifatida foydalanilgan bo‘lishi mumkin.” Ikkinchi, ya’ni sharqiy qism esa mustahkamlanmagan bo‘lib, bu yеrda turar joylarning qoldiqlari aniqlanib, o‘rganilgan. Keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlar yodgorlikning shimoli-sharqiy qismida olib borildi. Arxeologik tadqiqotlar dastlab yodgorlikning sharqiy qismida rejali qazishma asosida amalga oshirildi. Qazishmalar 2×2 metr o‘lchamdagi to‘rtburchak shakldagi kvadratlarda olib borilib, uzun tomoni shimol-janub yo‘nalishida yo‘naltirildi. Har bir qazishma mavsumida sharqiy va janub yo‘nalishlarida ish maydoni bosqichmabosqich kengaytirilib bordi. Kvadratlarning gorizontal yo‘nalishi harflar (A, B, V, G, D) bilan, vertikal yo‘nalishi esa arab raqamlari (1, 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7) bilan belgilandi. Tadqiqotlar davomida 7A va 6A kvadratlari joylashgan janubi-g‘arbiy burchakda stratigrafik qazish (Shurf 1) amalga oshirilib, materik qatlamigacha еtib borildi. Natijada to‘rtta qurilish davri aniqlandi, har bir davrda turli qurilish bosqichlari qayd etildi. Tadqiqotlar davomida har bir qurilish davrida yashash qoldiqlari va binolarning rejalari o‘zgarib borganligi kuzatildi. Dastlabki yil yodgorlikning so‘ngi davriga oid qatlamlar tozalanib, o‘lchami 17x4,5 m umumiy maydonda tadqiqotlar olib borildi [3, 9]. qazishmaning markazidan yumaloq shakldagi yarim qazilma turdagi turar joy (zemlyanka) qoldiqlari ochib o‘rganildi. Qazishmalar jarayonida turar-joy va arxitektura qoldiqlari aniqlangan kvadratlar orasidagi brovka (ajratkich devorlar) olib tashlandi. Hozirga qadar qazish ishlarining umumiy maydoni 22,5×9,5 metrni tashkil etib, qazishmalar V. I. Sprishevskiyning markaziy qazishma hududidan 2 metr sharqda amalga oshirildi. Keyingi bosqichda, qazish joylarini bog‘lash maqsadida ikki qazishma hududi orasidan 1,5 metr kenglikdagi transheya vertikal yo‘nalishda qazildi. 2024-yilda ushbu transheya kengaytirilib, turar-joy pol qismi va xum topilib o‘rganildi. Tadqiqot natijasida ushbu arxitektura qoldiqlari yodgorlikning beshinchi qurilish davriga oidligi aniqlandi. Bu olib borilgan statsionar arxeologik tadqiqotlar natijasida yodgorlikning shu qismidan arxeosesmologik tadqiqotlar ham olib borildi. Natijada ikkinchi uchunchi va to‘rtinchi qurulishdavriga oid sesmik belgilar taxlil qilindi [5: 5]. Yuqorida taqdim etilgan ilmiy tahlillar asosida xulosa qilish mumkinki, O‘rta G‘ovasoy vohasi uzoq tarixiy davrlardan buyon inson faoliyati uchun qulay tabiiygeografik muhitga ega bo‘lgan va antropogen omillar ta’sirida izchil o‘zlashtirilgan muhim tarixiy-hududiy makonlardan biri hisoblanadi. Arxeologik tadqiqotlar bu hududda ilk dehqonchilik va chorvachilik faoliyatining shakllanganligini, doimiy aholi manzillarining paydo bo‘lganligini yaqqol ko‘rsatadi. Insoniyat faoliyati

natijasida tabiiy landshaft elementlari bosqichma-bosqich o‘zgarib, murakkab antropogen landshaft vujudga kelgan. Bibiona yodgorligida olib borilgan arxeologik qazishmalar mazkur hududda yashagan qadimgi jamoalarning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, ishlab chiqarish faoliyati va madaniy merosi to‘g‘risida muhim ilmiy dalillar taqdim etgan. Aniqlangan turar-joylar, xo‘jalik inshootlari, sopol buyumlar hamda boshqa moddiy madaniyat namunalari vohaning tarixiy taraqqiyot bosqichlarini tahlil qilishda muhim manba bo‘lib xizmat qilmoqda. Bundan tashqari, G‘ovasoy vohasida ilk sug‘orma dehqonchilik tizimining shakllanishi ushbu hududning o‘ziga xos geoekologik xususiyatlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lganligini ko’rsatmoqda.

ФОЙДАЛАНИЛГАН МАНБА ВА АДАБИЁТЛАР. (REFERENCES)

1. Анарбаев А, Максудов Ф, Кубаев С, Насриддинов.Ш. Чильхуджра (Кыркхуджра) - руины древнего города северо-западной Ферганы //ИМКУ. Вып. 39. Самарканд, 2015. 2. Анарбаев А., Баратов С., Саидов М.М., Кубаев С. Археологические исследования на городище Чильхуджра // Археологические исследования в Узбекистане 2013 г. Самарканд, 2014. B-11. 3. Анарбаев А.А., Баратов С.Р., Насриддинов Ш., Омонов Ш., Нажмиддинов А. Новые археологические работы на поселении Чуст – Бибиона в 2021 году. Археологические исследования в Узбекистане.2022. c-9. 4. Анарбаев А.А., Баратов С.Р., Насриддинов Ш., Нажмиддинов А., Бекмирзаев И., Пардаев М. Aрхеологические работы на поселении ЧустБибиона в 2023 году. // Археологические работы в Узбекистане в 2023 году. Вып. 16. Самарканд 2024. С 39 – 46. 5. Анарбаев А., Корженков А. Сейсмическая опасность Ферганской долины: Археосесмологические данные. Ташкент: Фан, 2024. С.5. 6. Воронец М. Э. Археологическая рекогносцировка 1950 г. по Наманганской области. – Известия АН УзССР. № 5. Ташкент, 1951. 7. Спришевский В.И. Чустская стоянка эпохи бронзы (раскопки 1953 г.) // СЭ. № 3. – Москва: 1954. – С 69–76. 8. Заднепровский Ю. А. Раскопки поселений чустской культуры Ферганы. // АО. 1974. М, 1975. 9. Матбабаев Б. Х. Новые исследования на Чустском поселении (Фергана). // СА. № 4. М, 1984. 10. Дженчураева Р.Д. Генетические типы скарнов Гавасайского рудного поля (северо-восток Кураминского хребта) и условия их формирования. «Изв. АН СССР», сер. геол., 1971, № 6.

11. Mirzamahmudov O.T., Boymirzayev K.M. Namangan viloyati adirlarining landshaft-ekologik sharoitini baholash. Toshkent. Muharir nashriyoti 2011-yil 19-bet.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar11 ta adabiyot

  1. Анарбаев А, Максудов Ф, Кубаев С, Насриддинов.Ш. Чильхуджра (Кыркхуджра) - руины древнего города северо-западной Ферганы //ИМКУ. Вып. 39. Самарканд, 2015.
  2. Анарбаев А., Баратов С., Саидов М.М., Кубаев С. Археологические исследования на городище Чильхуджра // Археологические исследования в Узбекистане 2013 г. Самарканд, 2014. B-11.
  3. Анарбаев А.А., Баратов С.Р., Насриддинов Ш., Омонов Ш., Нажмиддинов А. Новые археологические работы на поселении Чуст – Бибиона в 2021 году. Археологические исследования в Узбекистане.2022. c-9.
  4. Анарбаев А.А., Баратов С.Р., Насриддинов Ш., Нажмиддинов А., Бекмирзаев И., Пардаев М. Aрхеологические работы на поселении Чуст-Бибиона в 2023 году. // Археологические работы в Узбекистане в 2023 году. Вып. 16. Самарканд 2024. С 39 – 46.
  5. Анарбаев А., Корженков А. Сейсмическая опасность Ферганской долины: Археосесмологические данные. Ташкент: Фан, 2024. С.5.
  6. Воронец М. Э. Археологическая рекогносцировка 1950 г. по Наманганской области. – Известия АН УзССР. № 5. Ташкент, 1951.
  7. Спришевский В.И. Чустская стоянка эпохи бронзы (раскопки 1953 г.) // СЭ. № 3. – Москва: 1954. – С 69–76.
  8. Заднепровский Ю. А. Раскопки поселений чустской культуры Ферганы. // АО. 1974. М, 1975.
  9. Матбабаев Б. Х. Новые исследования на Чустском поселении (Фергана). // СА. № 4. М, 1984.
  10. Дженчураева Р.Д. Генетические типы скарнов Гавасайского рудного поля (северо-восток Кураминского хребта) и условия их формирования. «Изв. АН СССР», сер. геол., 1971, № 6.
  11. Mirzamahmudov O.T., Boymirzayev K.M. Namangan viloyati adirlarining landshaft-ekologik sharoitini baholash. Toshkent. Muharir nashriyoti 2011-yil 19-bet.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011044
Nashr sanasi
2025-08-27
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
Jild
1
Son
1
DOI
10.66073/refocus-conf/5
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
23–28
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25