Asosiy mazmunga o‘tish

FARG‘ONA VODIYSIDA KULOLCHILIK, SHAHARSOZLIK VA ME‘MORCHILIK( AXSIKENT YODGORLIGI MISOLIDA)

Shakhnoza Mukhammadjonovna Khayitova“University of Business and Science”, Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi2025

Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 1Sahifa 50–55

Annotatsiya

Ushbu maqolada qadim Farg‘ona vodiysi va undagi shahar Axsikent ,shaharda hunarmandchilikning eng muhim tarmoqlaridan biri bo‘lgan kulolchilik tarixi,tuproqqa ishlov berish, kulollar tomonidan qanday buyumlar tayyorlanganligi, tayyorlanish jarayoni va ushbu buyumlarning bir biridan yasalish va davr nuqtai nazaridan farqli va o‘xshash tomonlari, hamda Axsikentda shaharsozlik,me‘morchilik, temirchilik va bugungi kun tadqiqotlari va natijalar haqida ma‘lumotlar keltirilgan.

Boshqa tillarda

ruschaГРАДОСТРОИТЕЛЬСТВО И АРХИТЕКТУРА ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЫ (НА ПРИМЕРЕ ПАМЯТНИКА АХСИКЕНТ)

В статье представлена ​​информация о древней Ферганской долине и городе Ахсикенте, об истории гончарного дела, одного из важнейших направлений ремесла, обработке почвы, о типах изделий, изготавливаемых гончарами, о процессе производства, о различиях и сходствах между этими предметами с точки зрения их изготовления и периода, а также о городском планировании, архитектуре, кузнечном деле, а также о современных исследованиях и результатах в Ахсикенте.

inglizchaURBAN PLANNING AND ARCHITECTURE IN THE FERGANA VALLEY (ON THE EXAMPLE OF THE AKHSIKENT MONUMENT)

This article presents information about the ancient Fergana Valley and the city of Akhsikent, the history of pottery, one of the most important branches of craftsmanship, soil processing, the types of objects made by potters, the production process, and the differences and similarities between these objects in terms of their manufacture and period, as well as urban planning, architecture, blacksmithing and current research and results in Akhsikent.

Kalit so‘zlar

  • Farg‘ona vodiysi
  • sopol buyumlar
  • Axsikent temirchiligi
  • kulolchilik xumdonlari
  • loy
  • tuproq
  • hunarmand ustalar
  • arxeolog tadqiqotchilar

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

FARG‘ONA VODIYSIDA KULOLCHILIK, SHAHARSOZLIK VA ME’MORCHILIK( AXSIKENT YODGORLIGI MISOLIDA)

ГРАДОСТРОИТЕЛЬСТВО И АРХИТЕКТУРА ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЫ (НА ПРИМЕРЕ ПАМЯТНИКА АХСИКЕНТ)

URBAN PLANNING AND ARCHITECTURE IN THE FERGANA VALLEY (ON THE EXAMPLE OF THE AKHSIKENT MONUMENT)

Shaxnoza Muxammadjonovna Xayitova “University of Business and Science”, Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi e-mail:hayitovashahnoza51@gmail.com TEL: [telefon raqami yashirilgan] https://doi.org/10.5281/zenodo.16871216

Annotatsiya Ushbu maqolada qadim Farg‘ona vodiysi va undagi shahar Axsikent ,shaharda hunarmandchilikning eng muhim tarmoqlaridan biri bo‘lgan kulolchilik tarixi,tuproqqa ishlov berish, kulollar tomonidan qanday buyumlar tayyorlanganligi, tayyorlanish jarayoni va ushbu buyumlarning bir biridan yasalish va davr nuqtai nazaridan farqli va o‘xshash tomonlari, hamda Axsikentda shaharsozlik,me’morchilik, temirchilik va bugungi kun tadqiqotlari va natijalar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Аннотация В статье представлена информация о древней Ферганской долине и городе Ахсикенте, об истории гончарного дела, одного из важнейших направлений ремесла, обработке почвы, о типах изделий, изготавливаемых гончарами, о процессе производства, о различиях и сходствах между этими предметами с точки зрения их изготовления и периода, а также о городском планировании, архитектуре, кузнечном деле, а также о современных исследованиях и результатах в Ахсикенте. Annotation This article presents information about the ancient Fergana Valley and the city of Akhsikent, the history of pottery, one of the most important branches of craftsmanship, soil processing, the types of objects made by potters, the production process, and the differences and similarities between these objects in terms of their manufacture and period, as well as urban planning, architecture, blacksmithing and current research and results in Akhsikent. Kalit so‘zlar: Farg‘ona vodiysi, sopol buyumlar, Axsikent temirchiligi, kulolchilik xumdonlari, loy, tuproq,hunarmand ustalar,arxeolog tadqiqotchilar Ключевые слова: Ферганская долина, керамика, ахсикентское кузнечное дело, гончарные хумдоны, глина, почва, ремесленники, исследователи-археологи.. Key words: Ferghana Valley, ceramics, Akhsikent blacksmithing, pottery khumdons, clay, soil, artisans, archeological researchers

Farg‘ona vodiysi qadim tarixiy shahar ekani barchamizga ma’lum. Axsikent, Mingtepa, Sho‘rabashat, Chust, Dalvarzintepa, Eylatan kabi arxeologik yodgorliklari vodiyning ko‘hna tarixiy xudud ekanini bildiradi. Farg‘ona vodiysi O‘rta Osiyodagi yirik tarixiy-madaniy o‘lkalardan biri hisoblanib, u O‘rta

Osiyoning shimoliy-sharqiy qismida, Sirdaryo va uning irmoqlari xavzasida joylashgan. U shimolda Chotqol, Qurama, sharqda Farg‘ona, janubda Oloy, Turkiston tog‘tizmalari bilan chegaralangan. Vodiyning g‘arbiy chegaralari tarixiy-geografik jihatdan Xo‘jabaqirgansoy havzasi bo‘lib, undan keyingi hududlar Sug‘diyona-Ustrushona tarixiy-madaniy o‘lkasi hisoblangan [5,23].To‘g‘ri, ba’zi manbalarda Xo‘jand qadimgi Farg‘ona xududiga kiritilgan va Xo‘jabaqirgansoy xavzasi vodiy xududi hisoblangan.Qadimgi Farg‘ona Baqtriya, So‘g‘d, Xorazm kabi Turonzaminning yirik tarixiy-madaniy o‘choqlaridan biri hisoblanib, umumbashariyat madaniyatiga qo‘shgan munosib hissasi tufayli “Farg‘ona sivilizatsiyasi” degan nom ostida jahon tarixiga kirgan [9,32]. Manbalarda “O‘rta Osiyo javohiri” deb nom olgan Farg‘ona vodiysi suv manbalariga boy, iqlimi mo‘‘tadil, tuprog‘i unumdor bo‘lib, bu zaminda insonni yashab mehnat qilishi uchun juda qulay tabiiy shart-sharoitlar mavjud bo‘lgan [9,36]. U insoniyat tarixining ibtidosidayoq eng qadimgi odamzot ajdodlarining makonlaridan biri bo‘lgan. Jumladan, Janubiy Farg‘onadan topilgan tosh qurollari va odam suyaklariga qaraganda, bu o‘lka Markaziy Osiyoda insoniyatning eng qadimgi vakillari paydo bo‘lgan, shakllangan mintaqalar qatoriga kiradi. Farg‘onaning so‘nggi bronza davri yodgorliklarini har tomonlama o‘rganish natijasida aniqlanishicha, dastlab dehqonlar qarorgohi, keyin shaharmonand qal’aqo‘rg‘onlar, so‘ngra esa ilk shaharlar paydo bo‘ladi. Dalvarzin o‘zining tarixiy topografiyasi va o‘ziga xos moddiy madaniyati bilan nafaqat vodiyda, balki O‘zbekistondagi ilk shaharlar qatoriga kirgan. Qolaversa, uning vodiyning eng qadimgi o‘troq dehqonchilik va hunarmandchilik markazi bo‘lgani manbalarda tasdiqlangan [5.90]. Yana bir necha arxeologik yodgorliklar Chust, Ashqoltepa, Dehqon, Xo‘jambog‘ (maydoni 4-13 ga) kabilar ham o‘z navbatida qadimgi voha dehqonchiligi markazlari bo‘lgan. Demak, mil. avv. II mingginchi yillikning oxirgi choragidan vodiyda ilk shaharlar, shaharmonand qal’a- qo‘rg‘onlar tarkib topgan [1,9]/ Ilk shaharlar shubhasiz, dastlabki irrigatsiya inshootlari asosida yuzaga kelgan. Irrigatsiya tarmoqlarining mavjudligi va hunarmandchilikning rivojlangani, shubhasiz, dastlabki davlatchilikning asosiy belgilaridandir. Ilk temir va antik davrlarda ham Farg‘onada (mil. avv. VI-IV va milodiy IV asrigacha) dehqonchilik madaniyati an’analari davom etadi. Sopol buyumlar arxeologiyada juda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, o‘rganilayotgan hudud yoki yodgorlikning davri, uni taraqqiyoti darajasi xususida ko‘plab ma’lumotlar bera oladi. Biz ushbu maqola orqali sizga ba’zi muhim ma’lumotlarni beradigan Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Axsikent yodgorligi hududidan topillgan kulolchilk buyumlari qoldiqlari,hunarmandchilik ustaxonalari qoldiqlari,harbiy aslahalar qoldiqlari turar joy,makonlar qoldiqlari ham Axsientning qadimiy shahar ekanligi va u yerda kulolchilik,me’morchilk shaharsozlik yuksak darajada rivojlanganligidan dalolatdir[1,41]. Axsikent shahrining bizgacha saqlanib qolgan qismlaridan ham ko‘plab sirlangan va sirlanmagan sopol buyumlar yetib kelgan. Axsikent xarobalarini arxeologik jihatdan oʻrganish ishlari XIX asr oxirlari XX asr boshlaridan boshlangan [2,16]. 1885-yil Nikolay Veselovskiy, 1914-yili I.A. Kastane shaharda arxeologik qazilma va qidiruv ishlarini olib bordi. Shoʻrolar davrida Mixail

Masson (1939) va A. Bernshtamlar (1948) shahar ustida tekshiruv ishlarini amalga oshirishadi. Arxeologik tadqiqotlar natijasida shaharning ark, shahriston va rabotdan iborat boʻlganligi, uchala qismi ham alohida devorlar bilan oʻralganligi, arkda hokim saroyi, zindon, shahristonda ichki bozor, jome’ masjidi, pishiq g‘ishtdan ishlangan hovuz va ariqlar, rabotda hunarmandlar mahallalari va tashqi bozor mavjud boʻlganligi aniqlangan [2,15]. Shuningdek, Axsikent shahri Namangan oʻlkashunoslik muzeyi xodimlari tomonidan ham 1957–1959-yillarda oʻrganilgan. 1960-yilda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Tarix va arxeologiya instituti tomonidan uyushtirilgan maxsus ekspeditsiya Axsikent rabotidan XI asrga oid koʻhna hammom oʻrnini aniqlagan.

Hammom 13 xonadan iborat bo‘lib 3 ta qurilish davriga ega. Hammomning 7 chi va 8 chi xonalaridan tashqari hama xonalari issiq xonalar hisoblanib ularning asosiy qismi yet sathidan pastda joylashgan [1,78]. Hammomdan sopol idish, quvur, chaqa tanga va shisha buyumlar topilgan. Bundan tashqari, xarobalarning gʻarbiy qismida oʻrta asrlarga oid yana bir shahar xarobalari borligi ham aniqlangan. Akademik Yahyo Gʻulomov va arxeolog Inqilob Ahrorov mazkur tadqiqotlar asosida bu yerda turli davrlarga oid ikki shahar boʻlganligini, ulardan biri qadimgi Axsikent va ikkinchisi Bobur tugʻilgan Axsi shahri ekanligini birinchi boʻlib isbotlashgan. 1967-yil rassom I. Smirnov shahar xarobalaridan yigʻib olingan sopol idish, jez buyum va zeb-ziynatlar majmuasini Moskvadagi Sharq xalqlari davlat muzeyiga taqdim etgan. Axsikent yodgorligi oʻzbek xalq madaniyati tarixida muhim oʻrin tutganligi uchun 1950- yildan davlat muhofazasiga olingan. 2002-yilda London Universiteti Arxeologiya instituti professori Tilo Rehren Axsikentda oʻtkazilgan Britaniya – Oʻzbekiston arxeologik ekspeditsiyasiga rahbarlik qiladi. Olimlar bu yerda mustahkam, ammo bukiladigan va parchalanishga chidamli Damashq po‘lati ishlab chiqarilganiga oid dalillarni topadilar [1,77]. Shuningdek, ular 1300 gradusgacha bo‘lgan haroratga bardosh beradigan kaolindan yasalgan, yong‘inga chidamli tigellarni topadilar. Hunarmandlarning koʻpchiligi temir, poʻlat ishlab chiqarish va ulardan xilma-xil buyumlar va qurollar tayyorlash bilan band boʻlgan. Arxeologik tadqiqotlar Fargʻona-Axsikat shahrining iqtisodiy salohiyati va uning Markaziy Osiyoda tutgan oʻrnini aniqlash imkonini berdi. Maʻlum boʻlishicha, Axsikatning ustasi farang hunarmandlari boyitilgan temirdan sof poʻlat ("bulat") olishni bilishgan. Buning uchun maxsus kaolin loyidan tayyorlangan silindr shaklidagi idishga ("tigel") boyitilgan temir xom ashyosini solib, unga yogʻoch koʻmir va boshqa bizga nomaʻlum boʻlgan qoʻshimchalarni qoʻshib, soʻng maxsus pechga qoʻyilgan. Pechning ichi ham kaolin loyi bilan suvalgan. Kaolin loyidan tayyorlangan maxsus idish (tigel) va pech 1650-1700 C issiqlikka chidagan [12,28]. Poʻlat ishlab chiqarish texnologiyasi sir tutilgan. Tayyor boʻlgan poʻlatni idishda sovutib, soʻng, uni idishni sindirish yoʻli bilan olingan. Bunday poʻlatdan tayyorlangan qilichlarning bahosi juda yuqori turgan. Shuning uchun bunday qurollar koʻpincha boy-badavlat odamlar yoki savdogarlar buyurtmasi asosida tayyorlangan. Axsikatda tayyorlangan qurollar "Damashq" qilichlari nomi bilan butun dunyoga mashhur edi. Buni biz manbalardagi maʻlumotlardan ham bilib olsak boʻladi. Masalan, arab tarixchi-geograflari Muqaddasiy va Ibn Havqal yozib qoldirgan manbalarda, Ustrushona temiri Farg‘ona( Axsikat) ustalari qo‘liga tushgach ,u u insom aqli yetmaydigan qurollar(narsalar) ga aylangan deyiladi .

Ushbu qurollar ikki xil boʻlib, biri hind poʻlatiga oʻxshab qattiq poʻlatdan, ikkinchisi yumshoq poʻlatdan tayyorlangan. Masalan, yumshoq poʻlatdan tayyorlangan qilichlar toʻgʻrisida mahalliy xalq orasida har xil rivoyatlar yuradi. Axsikent yodgorligini o‘rganish jarayonida metallurgiya qoldiqlari ham topilgan. Ular qora va rangli metallga ikkilamchi ishlov berish bilan bog‘liq bo‘lgan. Birinchi shahristonning bir ob’ekti (VIII) va ikkinchi shahristonning to‘rt ob’ektida (IV,VII, XV, XXII) IX-XIII asrlar boshlariga oid temirga ishlov berish bilan bog‘liq ustaxona qoldiqlari topilgan. G‘arbiy rabodning (Axsi II) ikki nuqtasida metallurgiya pechi qoldiqlari ochilgan. Xususan, ob’ekt XIII da temir eritish pechining kichik qoldiqlari, ob’ekti XIV esa mis eritish pechining qoldiqlari ochilgan.

Axsikent yodgorligi va uning atrofida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar, yozma manbalardagi ma’lumotlar va ularning qiyosiy tahlili Farg‘ona vodiysida antik va o‘rta asrlar davri shahar madaniyatining rivojlanish dinamikasini aniqlashga imkon berdi. Arxeologik tadqiqot asosida Eski Axsi yodgorligi o‘rnida miloddan avvalgi III asrning ikkinchi yarmida 40 gektardan ziyod maydonda

Farg‘ona (Yuan) shahri qurilganligi isbotlanadi. Uning qurilish madaniyati Chust va Eylaton madaniyati asosida shakllangan. Dastlab shahar ikki qismdan iborat bo‘lgan, keyinchalik, miloddan avvalgi II asrda hunarmandlar shahri “rabod” ("protogorod") paydo bo‘ladi. Natijada, shahar 3 qismdan iborat bo‘lib, maydoni 50 gektardan oshib ketadi [2,24]. Ilk o‘rta asrlarda shahar sharq tomonga kengayib, maydoni 70 gektarga yaqinlashadi. Rivojlangan o‘rta asrlarda uning maydoni 400 gektardan oshib ketadi. Ushbu tadqiqot natijasida, Farg‘ona shahar moddiy madaniyatining 1,5 ming yillik evolyusiyasi kuzatildi. Bunga Eski Axsi yodgorligining quyi qatlamlari o‘rganilgan 5 ta ob’ektdan olingan antik va ilk o‘rta asrlar davriga tegishli sopol komplekslari va yuqori qatlamlari o‘rganilgan 15 ta ob’ektdan olingan rivojlangan o‘rta asrlarga oid sopol komplekslarini qiyosiy tahlil qilish tufayli erishilgan. Bu esa o‘z navbatida Farg‘ona vodiysi moddiy madaniyatining,ayniqsa kulolchilikhunarmandchiligining yuksak darajada tivojlanganligidan dalolatdir. Sopol komplekslarini qiyosiy tahlil qilish davrlashtirishda asos bo‘lib hizmat qildi. Aniqlanishicha, Farg‘ona-Axsikat shahri tarixida sopol idishlar o‘z ko‘rinishi va shaklini antik va ilk o‘rta asrlarda 70-90- yillar oralig‘ida o‘zgartirganligi ma’lum bo‘ldi. XI asrning ikkinchi yarmi – XIII asrni boshlari uchun esa bunday o‘zgarishlar 50-60 yilda yuz bergan.

Xullas, arxeologik tadqiqotlar va yozma manbalardagi ma’lumotlarni qiyosiy tahlil qilish tufayli Farg‘onaning antik va o‘rta asrlar davri shahar madaniyati tarixini tiklashga harakat qilindi. Axsikent shahri xarobalaridan topilgan moddiy madaniyat ashyolari rang-barang. Ayniqsa, sirlangan sopol idishlar diqqatga sazovordir. Ularning baʻzilarida kufiy yozuvidagi bitiklarni oʻqish mumkin. Ushbu bitiklarda har xil aforizmlar va hadislardan olingan soʻzlar yozilgan. Axsikat hunarmandlari X-XII asrlarda sirli sopol idishlarni bezash va sirlash borasida oʻziga xos maktab yaratgan . Buning mahsuli boʻlgan ajoyib naqshindor va chinnidek jiloga ega X asrga oid idishlarning namunalari Oʻzbekiston sanʻat muzeyi va dunyoning eng nufuzli muzeylarida saqlanmoqda. Shunday idishlardan ikkita katta kosa Oʻzbekiston sanʻat muzeyida saqlanadi. Idishlar juda ham nafis ishlangan, yengil, xuddi chinnidek tovlanadi. Birinchi idishning ichki qismida qoramtir jigarrang va qoramtir qizil rangda kufiy yozuvida arab tilida quyidagi soʻzlar bitilgan: “Fikr bildirish uchun hech qachon shoshilma” [1,90]. Ushbu soʻzlar Markaziy Osiyo xalqlarining ming yillik hayot tajribasidan kelib chiqib aytilgan. Bu yerda insonni har bir masala boʻyicha oʻylab, soʻng, fikr bildirishga chaqiriladi. 2- rasimdagi spool idishda esa “Boylikdagi olijanoblik – xohishdan voz kechishdir” deb arab kufiy yozuvida fikrlar yozilgan [1,92]. Umuman olganda, Fargʻona-Axsikat shahri oʻrta asrlarda har tomonlama rivojlanib, oʻz davrining megapolisiga aylanadi. Qazishmalar davrida XI-XII asrlarga oid tangalar va XII asrning oxiri – XIII asrni birinchi choragiga taaluqli sopol idishlar topildi. 2019-yilda Axsikatning rabod qismidagi XXIV obyektda ham Qoraxoniylar davriga mansub mahobatli turar joy qoldiqlari topildi. Binoning asosiy qismidan birgina tashnov va uyum-uyum pishiq gʻishtlar qolgan. Lekin pishiq gʻishtlardan qurilgan tagxonalari yaxshi saqlangan. Demak, so‘ngi yillarda Axsikent yodgorligida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasi va tadqiqot ishlariga boshchilik ilayotgan arxeolog ustozimiz tarix fanlari doktori, professor Abdulhamidjon Anorboyevning xulosalariga ko‘ra Eski Axsi va Yangi Axsi toponimlari bitta Axsikat shaharining turli davrlarga oid xarobalariga mahalliy xalq tomonidan berilgan nomlardir. Hozirgi kunlardagi Axsi qishlogʻi esa 1620-yilda yuz bergan 9 balli zilziladan keyin shakllangan 15 ta qishloqning biri hisoblanadi [1,95]. Uning Eski Axsi va Yangi Axsi deb atalgan arxeologik yodgorliklarga aloqasi yoʻq. So‘ngi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Axsikentning o‘rganilishi va o‘rganish bo‘yicha berilayotgan ilmiy xulosalarga qarshi fikrlar ham uchrab turibdi Shuni taʻkidlash joizki, Eski Axsi (Axsikent) yodgorligi hududida olib borilgan qazishmalar davrida biror joyda Temuriylar davriga oid arxitektura qoldiqlari topilmadi. Bunday topilmalar 1980-yillarda Yakka Yigit qishlogʻi hududida saqlanib qolgan Yangi Axsi yodgorligida olib borilgan tadqiqotlarda qoʻlga kiritilgan. Jamiyat taraqqiyotida shaharning oʻrni yuqori darajada boʻlib, qishloqlarda ham boy-badavlat oilalar shahardagi uylarga taqlid qilib turar joylar qurishgan. Xususan, ilk oʻrta asrlarda shahar aholisining asosiy qismini oʻziga toʻq oilalar tashkil qilgan. Bu holat turar joylarda oʻz aksini topgan. Bu davrda shahar hayoti jamiyat taraqqiyotining asosiy mezoniga aylanadi. Fargʻona oʻzining samoviy tulporlari, paxtasi, shirin-shakar uzumlari va undan tayyorlangan vinolari bilan mashhur boʻlgan. Qishloq xoʻjaligida boshoqli oʻsimliklar, paxta va xilma-xil meva va sabzavotlar ekilgan. Ularning baʻzi birlari qayta ishlanib chet davlatlarga eksport qilingan. Jumladan, Xitoyga samoviy tulporlar bilan birga paxta va uzum mahsulotlari eksport qilingan. Shuni taʻkidlash joizki, aholini koʻpayishi munosabati bilan yuzlab gektar yangi yerlar oʻzlashtiriladi. Yozning issiq kunlari baʻzi bir soy havzalarida suv tanqisligi yuz bera boshlaydi. Bu esa oʻz navbatida suvni toʻgʻri taqsimlash va uni ustidan nazorat qilishni taqozo etadi. Natijada, daryo va soylar havzasining yuqori qismida suvdan foydalanishni nazorat qilish joylari paydo boʻladi. Masalan, Soʻx havzasida Sariqoʻrgʻon, Margʻilonsoyda Surxtepa, Isfayramsoyning irmogʻi hisoblangan Quvasoyning yuqori qismida Yuqori Moʻyan va Qorovultepa kabi kuzatuv qalʻa qoʻrgʻonlari quriladi. Bunday holatni vodiyning qolgan daryo va soy havzalarida ham kuzatish mumkin.

Bugungi kunda ham Axsikentda professor A. Anorboyev boshchiligidagi arxeologlar tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Juda ko‘p o‘rganilishi kerak bo‘lgan joylar mutaxassis va tarixchilarni kutmoqda.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar8 ta adabiyot

  1. Anorboyev A. Farg‘onanning qadimgi shaharlari va ularning Markaziy Osiyo tarixida tutgan o‘rni. – Toshkent, 2002.
  2. Анорбоев А. Фаргонанинг антик ва урта асрлар даври маданияти Докт.дисс. – Тошкент, 2017.
  3. Анарбаев А. Ахсикет – столица древней Ферганы. Ташкент, 2013.
  4. Анарбаев А. Довоннинг самовий отлари // ФАН ва ТУРМУШ. № 3-5. Тошкент, 2008.
  5. Горбунова Н.Г. Женские украшения Кугайско-карабулакской культуры Ферганы // Древний и средневековый Кыргызстан. – Бишкек: Илим, 1996.
  6. Заднепровский Ю.А. Древнеземледельческая культура Ферганы. Москва-Ленинград, 1962.
  7. Заднепровский Ю.А. Древняя Фергана // История Киргизской ССР. Том I. Фрунзе.: Кыргызстан, 1984.
  8. Матбобоев Б. Қадимги Фарғонанинг илк ўрта асрлар даври маданияти. Самарканд, 2009.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011051
Nashr sanasi
2025-08-27
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
Jild
1
Son
1
DOI
10.66073/refocus-conf/12
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
50–55
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
22026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-09-08