Asosiy mazmunga o‘tish

SO NGGI BRONZA VA ILK TEMIR DAVRI FARG ONA VODIYSIDAGI CHUST VA EYLATON YODGORLIKLARI HIMOYA INSHOOTLARINING O RGANILISHI TAHLILLARI

Normatov Sherzod MirzayevichAxborot texnologiyalari va menejment universiteti tarix kafedrasi dotsenti e-mail:2025

Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 1Sahifa 35–39

Annotatsiya

Ushbu maqola Farg‘ona vodiysining so‘nggi bronza va ilk temir davri himoya inshootlari Chust va Eylaton manzilgohlarining barpo qilinishi, taraqqiyot bosqichlari va tahlillari ilmiy manbalar va adabiyotlar asosida yoritilgan.

Boshqa tillarda

ruschaАНАЛИЗ РЕЗУЛЬТАТОВ ИЗУЧЕНИЯ ЗАЩИТНЫХ СООРУЖЕНИЙ ПАМЯТНИКОВ ЧУСТ И ЭЙЛАТОН В ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЕ ПОСЛЕДНЕГО БРОНЗОВОГО И РАННЕГО ЖЕЛЕЗНОГО ВЕКОВ

В данной статье рассматривается строительство последних защитных сооружений бронзового и раннего железного веков поселений Чуст и Эйлатон в Ферганской долине, этапы разработки и анализ, основанный на научных источниках и литературе.

inglizchaANALYSIS OF THE STUDY OF THE PROTECTIVE STRUCTURES OF CHUST AND EILATON MONUMENTS IN THE FERGANA VALLEY OF THE LAST BRONZE AND EARLY IRON AGE

This article covers the construction of the last bronze and early Iron Age protective structures of the Fergana Valley Chust and Eilaton settlements, stages of development and analysis based on scientific sources and literature.

Kalit so‘zlar

  • Chust
  • Eylaton
  • so‘nggi bronza
  • Qoradaryo
  • Simtepa
  • qal‘asimon
  • yoysimon
  • paxsa
  • xom g‘isht
  • guvala
  • minora

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

SOʻNGGI BRONZA VA ILK TEMIR DAVRI FARGʻONA VODIYSIDAGI CHUST VA EYLATON YODGORLIKLARI HIMOYA INSHOOTLARINING OʻRGANILISHI TAHLILLARI

АНАЛИЗ РЕЗУЛЬТАТОВ ИЗУЧЕНИЯ ЗАЩИТНЫХ СООРУЖЕНИЙ ПАМЯТНИКОВ ЧУСТ И ЭЙЛАТОН В ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЕ ПОСЛЕДНЕГО БРОНЗОВОГО И РАННЕГО ЖЕЛЕЗНОГО ВЕКОВ

ANALYSIS OF THE STUDY OF THE PROTECTIVE STRUCTURES OF CHUST AND EILATON MONUMENTS IN THE FERGANA VALLEY OF THE LAST BRONZE AND EARLY IRON AGE

Normatov Sherzod Mirzayevich Axborot texnologiyalari va menejment universiteti tarix kafedrasi dotsenti e-mail: sherzodnormatov453@gmail.com Tel: [telefon raqami yashirilgan] https://doi.org/10.5281/zenodo.16870347

Annotatsiya Ushbu maqola Fargʻona vodiysining soʻnggi bronza va ilk temir davri himoya inshootlari Chust va Eylaton manzilgohlarining barpo qilinishi, taraqqiyot bosqichlari va tahlillari ilmiy manbalar va adabiyotlar asosida yoritilgan. Abstract. This article covers the construction of the last bronze and early Iron Age protective structures of the Fergana Valley Chust and Eilaton settlements, stages of development and analysis based on scientific sources and literature. Аннотация. В данной статье рассматривается строительство последних защитных сооружений бронзового и раннего железного веков поселений Чуст и Эйлатон в Ферганской долине, этапы разработки и анализ, основанный на научных источниках и литературе. Kalit soʻz. Chust, Eylaton, soʻnggi bronza, Qoradaryo , Simtepa, “qalʼasimon”, yoysimon, paxsa, xom gʻisht, guvala, minora. Keywords. Chust, Eylaton, the last bronze , Karadarya, Simtepa, "Castle", arch, paxsa, raw brick, guvala, Tower. Ключевые слова. Чуст, Эйлатон, последняя бронза, Карадарья, Симтепа, "Замок", арка, пакша, кирпич-сырец, гувала, башня.

Fargʻona vodiysining soʻnggi bronza va ilk temir davri himoya inshootlari qurilishi bosqichlarini davrlashtirishda Chust manzilgohi himoya inshootlarida olib borilgan tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Chust manzilgohi shimoligʻarbdan tashqari barcha tomondan tabiiy soylar va botqoqliklar bilan oʻrab olingan. Yodgorlikning shimoli-gʻarbiy qismidagi 15 gektar maydon himoya devorlari bilan oʻrab olingan. Bu “yoysimon” devor deb ataladigan, qurilishlardan tashkil topgan inshoot hhisoblanadi. Uzunligi 64 metrdan iborat ushbu yoysimon

devor V.I.Sprishevskiyning fikricha, shimoliy va janubiy qanot qismlaridan iborat boʻlgan [1,227-233]. Yodgorlikdagi yoysimon devorning shimoliy qanoti 34 metr uzunlikda, 3 metr qalinlikda, 2,1 metr balandlikda saqlanib qolgan. Shuningdek, bu yerda poydevor asosida aylana shakli (diametri 10-11 metr) dagi “qalʼa koʻrinishidagi” inshoot mavjud boʻlgan. Ushbu qalʼa qurilishida devorda ishlatilgan xom gʻishtlardan foydalanilgan. Devorlar va qalʼa qurilishidan oldin maydon shibbalab tekislanganligi bois ularning ostidagi madaniy qatlamlarning qalinligi bir xilda kuzatilmagan [2,72-78]. Yoysimon devorning janubiy qanoti qalinligi 30 metr, balandligi 4 metr, enliligi 3 metr qalinlikda saqlanib qolgan. Ushbu devorning pastki qismi paxsadan, yuqori qismi esa xom gʻishtdan qad koʻtarib, xom gʻishtlar orasi loysuvoq aralashma bilan mustahkamlangan. Tadqiqotchilar gʻishtlar orasidagi loysuvoq aralashmaga ayrim holatlarda somon yoki ganch qoʻshilganligini devorning mustahkamligini taʼminlashi bilan izohlaydilar [3,230]. Bu holat loyga somon qoʻshib qurilishda (gʻisht oʻzida, gʻishtlar terilayotganda ular orasida) ishlatilish anʼanalari bronza davridayoq qadimgi binokorlar tomonidan qoʻllanilganligidan dalolat beradi. Chust manzilgohi himoya inshootlari qurilishlaridagi qurilish xom ashyosini tahlil etar ekan V.I.Sprishevskiy, xom gʻishtlar oʻlchamlaridagi farqlar va ularning paxsa bloklaridan farqlanishni tahlil etar ekan, devorlarning janubiy qismi inshoot bunyod etilishining ikkinchi bosqichida qurilganligi haqida fikr bildiradi. Tadqiqotchining eʼtirof etishicha, xom gʻishtlar oʻlchami katta va kichik boʻlganligiga sabab, bu davrda gʻishtlarning standart oʻlchamlari maʼlum emas edi. Binokorlar loy va suv mavjudligiga qarab, yaʼni, sharoitdan kelib chiqib gʻisht ishlab chiqarganlar. Undan tashqari gʻishtlarning oʻlchamlari hal qiluvchi ahamiyat ham kasb etmagan [4,44-51]. Chust himoya inshootlarining asosiy tadqiqotchisi boʻlgan V.I.Sprishevskiy tahlillar asosida bu yerdagi himoya tizimi uch bosqichda shakllanganligini taʼkidlaydi. Birinchi bosqichda “qalʼasimon” inshooti boʻlgan yoysimon devorning shimoliy qismi bunyod etilgan. Ikkinchi bosqichda yoysimon devorning shimoliy qismi (tomoni) tiklangan. Uchinchi bosqichda janubiy yoysimon devor oldida qoʻshimcha himoya inshootlari qurilib, 1,65 gektarni oʻz ichiga olgan butun himoya tizimi shakllanadi [5,231]. Dalvarzin koʻhna shahri shubhasiz Chust madaniyatining markazi hisoblansada, ushbu madaniyat yoyilgan hududlarning gʻarbiy chegarasida joylashgan Chust manzilgohi uchun himoyalanish masalalari oʻz davri uchun hayotiy muhim ahamiyatga ega boʻlgan. Shu bilan birga qurilish materiallarining tahlillari shuni koʻrsatadiki, Chustning himoya inshootlari Chust madaniyati gullab yashnagan davrda bunyod etilgan. Xullas, Chust manzilgohining himoya inshootlarida paxsa, xom gʻisht, guvala kabi qurilish materiallari ishlatilgan. Chust madaniyati himoya inshootlari haqidagi maʼlumotlarni umumlashtirib quyidagi xulosaga kelish mumkin: rejasiga koʻra koʻhna shaharlar trapetsiyasimon koʻrinishga ega; koʻhna shaharlar ular atrofidagi botqoq va soylar bilan tabiiy himoyalangan; yodgorliklarni oʻrab olgan

devorlarda minoralar boʻlmagan; atrof qishloq va vohalar markazlari boʻlgan yirik va oʻrta hajmdagi manzilgohlarda qalʼalar mavjud boʻlgan. Ushbu davrda qoʻllanilgan qurilish uslublari keyingi davrlarda ham davom etgan. Aynan shuning uchun ham qurilish uslublarining vorisiyligi va ayrim oʻzgarishlar bilan rivojlanishi Eylaton madaniyati himoya inshootlarida kuzatiladi. Taʼkidlash lozimki, Fargʻona vodiysi Eylaton madaniyati himoya inshootlari uncha koʻp emas va Eylaton koʻhna shahri [6,36-40] hamda Simtepaning pastki qatlamlari [7,92-104], shuningdek qisman Sarvontepaning pastki qatlamlarida [8,28-29] oʻrganilgan. Shunga qaramasdan tadqiqotlar davomida olingan natijalar Eylaton himoya tizimini soʻnggi bronza va ilk temir davri Chust madaniyati himoya inshootlari bilan qiyosiy solishtirish imkonini bergan. Eylaton yodgorligi Andijon viloyati, Izboskan tumanining Eylaton qishlogʻida, Qoradaryoning qadimgi botqoqsimon qirgʻogʻi boʻyida joylashgan. Koʻhna shahar toʻrtburchak minoralarga ega boʻlgan ikki qatorli himoya devorlari bilan oʻrab olingan. Himoya inshootlari nuqtayi nazaridan koʻhna shahar paydo boʻlgan davrni aniqlash maqsadida ichki shaharning minoralari boʻlgan sharqiy devori va darvozasida qazishmalar olib borilgan. Natijada enliligi 4,2 metr va balandligi 2-2,5 metrli devor qoldiqlari aniqlangan boʻlib, devor qumloq yer sathida shibbalangan tuproq va guvala aralash 50-60 sm.li poydevor ustiga qurilgan [9,39]. Devor xom gʻisht va guvaladan qad koʻtargan. Gʻishtlar toʻgʻriburchak va toʻrtburchak shaklda boʻlib, qolipda qoʻyilmagan, oʻlchamlari ham turlicha. Koʻhna shahar mudofaa inshootlaridagi ushbu stratigrafik qazishmalar muallifi T.G. Obolduyeva ularni tahlil etib quyidagi xulosalarni chiqargan. 1. Devor va xonalari boʻlgan minoralar Eylaton davrida qurilgan 2. Devorlar va minoralar vayron boʻlgan. 3. Milodnnig boshlariga kelib devorlar eski asosda qayta tiklangan [10,193]. Tadqiqotlarni umumlashtirish asosida Eylaton koʻhna shahri himoya inshootlarining rivojlanishi (evolyutsiyasi) bosqichlari tahlil qilingan boʻlib, quyidagi davrlarga ajratilgan: 1-davr. Koʻhna shahar faoliyati boshlangan dastlabki davr (aynan Eylaton davri)da barcha himoya inshootlari-devorlar, darvoza, minoralar va darvozaxona bunyod etilgan. 2-davr. Mil.avv. I ming yillikning soʻnggi asrlariga kelib koʻhna shahar darvozaxonasida qurilishlar amalga oshirilgan. 3-davr. Devor qurilganidan maʼlum muddat oʻtgach devorning sharqiy darvozasi mustahkamlanib, oʻtish yoʻlagi qisqaradi. 4-davr. Devorlarning nuragan joylari taʼmirlanadi. 5-davr. Himoya inshootlari faoliyati toʻxtaydi. Eylaton davriga oid Simtepadan ichki xonalari boʻlgan poydevorgina aniqlangan boʻlib, unda inson faoliyati izlari kuzatilmagan. Simtepa devorlari paxsa va xom gʻisht ketma-ketlikda terilishi uslubida qad koʻtargan. Devorning balandligi va enliligi haqida maʼlumot uchramaydi [11,96].

Eylaton koʻhna shahri himoya inshootlari bilan bogʻliq maʼlumotlar tahlili shuni koʻrsatadiki, Fargʻona vodiysi himoya tizimining rivojlanishida Eylaton davri ahamiyat kasb etgan. Chust manzilgohidan farq qilgan holda Eylaton koʻhna shahri 200 gektardan iborat toʻgʻri burchakli shaklda boʻlib, ikki qismli ichki va tashqi shahardan tashkil topgan. Himoya devorlari bir-biridan aniq masofada joylashgan toʻrtburchak minoralar bilan mustahkamlangan. Bu yerdagi qurilish xom ashyosi Chustdagi qurilish xom ashyosi bilan oʻxshashlik topadi. Fikrimizcha, xom ashyo hamda qurilish uslublarining oʻxshashligi Fargʻona vodiysi binokorlari bunyodkorligining oʻzaro uygʻunligidan dalolat beradi. Vodiydagi soʻnggi bronza davri Chust bosqichida Chust manzilgohiga kiraverishda yagona mustahkam darvozasi boʻlgan qalin muhofaza devorlari aniqlangan. Chustning atrofi himoya devorlari bilan oʻrab olingan boʻlib, ularda hukmdor yashaydigan ark ajralib turadi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar14 ta adabiyot

  1. Спришевский В.И. Оборонительные сооружения эпохи бронзы на территории Узбекистана // СА.1972. -№3.
  2. Абдуллаев Б.М. Цитадели в оборонительной ссистемы древней Ферганы // Вестник Международного Института Центральноазиатских исследований. – Самаркан-Бишкек. Вып.3. 2006.
  3. Спришевский В.И. Оборонительные сооружения эпохы бронзы на территории Узбекистана // СА.1972.-№3.
  4. Спришевский В.И. Раскопки Чустского поселения эпохы бронзы в 1957 году // Изв. АН.УзССР.-№6.-Ташкент. 1958.
  5. Спришевский В.И. Оборонительные сооружения эпохы бронзы на территории Узбекистана // СА.1972.-№3.
  6. Оболдуева Т.Г. Раскопки 1960 года на городище Эйлатон // КСИА.-М., 1962.Вып.91.с.28-47
  7. Он же. О датировке стен Эйлатон // СА.1981.-№4. С. 186-195
  8. Кудратов С.С. Поселения левобережья р. Нарын в Фергане (III в.до.н.э.-V в.н.э.) Автореф.дисс...канд.ист.наук.-СПб. 1992.25.с.
  9. Кудратов С.С. Фарғона тарихида Эйлатон маданияти // Фарғона водийси тарихининг долзарб муаммолари. Респуб.илмий-амалий конф.мат. Фарғона. 2000. Б. 36-40.
  10. Горбунова Н.Г., Козенкова В.И. Поселение Сым-тепе // АСТЭ.-М., 1974. с. 92-104.
  11. Матбабаев Б.Х. К открытию древнего поселения Эйлатонской культуры на территории Андижана // Цивилизации Центральной Азии: земледельцы и скотоводы, традиции и современность. Мат. Меж.конф. Самарканд-Бишкек. 2002.
  12. Оболдуева Т.Г. Раскопки 1960 года на городище Эйлатон // КСИА.-М., 1962. Вып.91. с. 28-47.
  13. Оболдуева Т.Г. О датировке стен Эйлатон // СА.1981.-№4. С. 186-195.
  14. Горбунова Н.Г., Козенкова В.И. Поселение Сым-тепе // АСТЭ.-М., 1974. с. 92-104.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011047
Nashr sanasi
2025-08-27
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
Jild
1
Son
1
DOI
10.66073/refocus-conf/8
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
35–39
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25