Nashrlar
Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.
4 311 natija
Barchasi
4 311 natijaTartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish
- Ochiq kirishMaqola
НЕМАТОДЫ И НЕМАТОДОЗЫ ЖЕЛУДОЧНО-КИШЕЧНОЙ СИСТЕМЫ ЛОШАДЕЙ
К.Х Уроков, А.С. Даминов · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Maqolada Samarqand viloyatining turli biotsenozlaridagi otlarning oshqozon-ichak tizimida parazitlik qiluvchi Strongyloididae, Strongylidae, Trichonematidae, Oxyuridae, Ascarididae oilalariga mansub nematodalar va ularning kasallik qo‘zg‘atuvchilari Strongyloides westeri, Strongylus equinus, Alfortia edentates, Delofandia vulgaris, Oxyuris equi, Parascaris equorum lar tomonidan chaqiriladigan kasalliklar strongilidioz, strongillioz, trixonematoz, alfartioz, delafondioz, oksiuroz, paraskaridozlarning invaziya ekstensivligi va invaziya intensivligi haqida ma‘lumotlar keltirilgan.
- Ochiq kirishMaqola
ОП ШАРОИТИДА НЯК БЕМОРЛАР НАЗОРАТИ ВА УЛАРДА СРО, ЭЧТНИНГ КЛИНИК-ПРОГНОСТИК АҲАМИЯТИ
Maxkamov Mansurjon Maxmudjonovich, Zakirova Umida Irkinovna · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Носпецифик ярали колит (НЯК) – аутоиммун ва яллиғланиш жараёнлари билан кечувчи, ремиссия ва рецидивлар алмашиниб давом этадиган касаллик ҳисобланади. Касаллик кечиши, прогнози, даволаш самарадорлиги ҳар бир беморда турлича ва йиллар давомида даволанишга тўғри келади. Ушбу мақолада яллиғланиш биомаркери сифатида эритроцитлар чўкиш тезлиги ва С-реактив оқсил (СРО, CRP)нинг аҳамияти, унинг ташхис, касаллик фаоллигини баҳолаш ва даволаш самарасини мониторинг қилишдаги ўрни таҳлил қилинади.
- Ochiq kirishMaqola
ТАЛАБАЛАРДА ЭКОЛОГИК МАДАНИЯТНИ ШАКЛЛАНТИРИШНИНГ ПСИХОЛОГИК-ПЕДАГОГИК АСОСЛАРИ
Raxmanov Sharifjon Valijonovich, Nuraliyeva Xosila G‘ayrat qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Мақолада талабаларга экологик таълим ва тарбия бериш, уларни атроф муҳитга ҳамда она табиатга бўлган муносабатини ижобий томонга ўзгартириш, она табиатни асраб-авайлаш, бугунги кунда кузатилаѐтган глобал экологик муаммолар ва уларнинг салбий оқибатларини юмшатиш, жумладан сув ресурсларининг етишмаслиги, глобал иқлим ўзгаришлари, Орол денгизи муаммолари ва унинг регион иқлими ва табиатига таъсири тўғрисида фикр юритилади
- Ochiq kirishMaqola
O‘ZBEKISTONDA MAKTABGACHA TA‘LIM TIZIMINI VA PEDAGOGLARI SHAKLLANTIRISH: PEDAGOGLAR VA OTA-ONALAR UCHUN QAYTA ALOQA PLATFORMASINI TAKOMILLASHTIRISH
Yo‘ldashev Axrorjon · Research Focus International Scientific Journal · 2025
O‘zbekistondagi maktabgacha ta‘lim o‘qituvchilarini tayyorlash dasturlari kelajakdagi pedagog o‘qituvchilarni ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu kontekstdan kelib chiqqan holda, tadqiqotdan maqsad — bakalavriat bosqichidagi (ya‘ni, xizmatga kirishgacha bo‘lgan) o‘qituvchi tayyorlash dasturi orqali zaruriy pedagogik kompetensiyalar qanday shakllanishini baholashdan iborat bo‘ldi. Fenomenologik tadqiqot dizayniga asoslangan holda, mazkur ish O‘zbekistonning Qo‘qon universiteti maktabgacha ta‘lim yo‘nalishi talabalari, o‘qituvchilari, bo‘lim rahbarlari va ta‘lim sohasi vakillari ishtirokida olib borildi. Tadqiqot uchun qulaylik nuqtayi nazaridan tanlab olingan jami 18 nafar ishtirokchi jalb etildi. Sifatli ma‘lumotlarni yig‘ish uchun tuzilgan intervyular va dars jarayonlarini bevosita kuzatish usullaridan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, maktabgacha ta‘lim o‘qituvchilarini tayyorlash bo‘yicha dastur pedagogik kompetensiyalarni samarali rivojlantiruvchi kuchli tizimga ega. Biroq, bu jarayonda muhim muammolar - amaliyotning cheklanganligi, resurslarning yetishmasligi va til to‘siqlari mavjudligi ham ta‘kidlandi. Asosiy xulosalar shuni ko‘rsatadiki, ta‘lim dasturida amaliy mashg‘ulotlar tarkibini kuchaytirish, talabalarga yetarli amaliyot imkoniyatlarini yaratish, darsdan tashqari faoliyatlarni boyitish, bilm-malakani oshrib borishda elektron platformalar foydalanish, baholash usullarini takomillashtirish va izchil, foydali fikr-mulohazalar berishni ta‘minlash orqali pedagog o‘qituvchi tayyorlash sifatini oshirish zarur.
- Ochiq kirishMaqola
SPORT MAKTABLARIDA YOSH GANDBOLCHILARNI TANLAB OLISH VA ULARNI JISMONIY TAYYORLASH TIZIMINI MODERNIZATSIYALASH
Safarova Shahlo Abdurasul qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Mazkur ilmiy ish sport maktablarida yosh gandbolchilarni tanlab olish va ularni jismoniy tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda zamonaviy talablar asosida modernizatsiyalash masalalariga bag‘ishlangan. Unda yosh sportchilarni aniqlash, ularning sport salohiyatini baholash, tanlab olish mezonlarini ishlab chiqish hamda jismoniy tayyorgarlikning samarali metodlarini joriy etish bo‘yicha nazariy va amaliy yondashuvlar yoritilgan.
- Ochiq kirishMaqola
“KASHTA-DIZAYN” INNOVATSION TEXNOLOGIYASI: MILLY KASHTACHILIK ASOSIDA ESTETIK TARBIYANI SHAKLLANTIRISHGA ZAMONAVIY YONDASHUV
Olimova Dilnoza Murodullo qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Mazkur maqolada milliy kashtachilik san‘atini zamonaviy raqamli dizayn, loyiha metodikasi va gamifikatsiya orqali estetik tarbiyani shakllantirish vositasi sifatida qo‘llashga yo‘naltirilgan “Kashta-Dizayn” innovatsion texnologiyasi tahlil qilinadi.
- Ochiq kirishMaqola
EMPIRICAL ASSESSMENT OF THE METHODOLOGY AND EFFECTIVENESS OF DEVELOPING LANGUAGE SKILLS THROUGH INTERACTIVE DIGITAL PLATFORMS (DUOLINGO, QUIZLET, KAHOOT) IN TEACHING ENGLISH
Kamilla Rakhimova · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu maqolada ingliz tilini o‘qitishda (ELT) til ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun interaktiv raqamli platformalardan, xususan Duolingo, Quizlet va Kahoot dan foydalanishning metodologiyasi va empirik samaradorligi o‘rganiladi. Tadqiqotda ta‘lim natijalarini baholash uchun dastlabki va yakuniy testlar, sinfdagi kuzatuvlar va intervyulardan foydalanilgan. Natijalar interaktiv, o‘yinlashtirilgan platformalar o‘quvchilarning ingliz tilini o‘zlashtirish jarayonidagi jalb etilganligi va samaradorligini sezilarli darajada oshirishi mumkinligini ko‘rsatadi.
- Ochiq kirishMaqola
ESHITISHIDA NUQSONI BOR SPORTCHILARGA YUNON-RUM KURASHINI O‘RGATISHDA TEXNIK-TAKTIK TAYYORGARLIK VA MUSOBAQA FAOLIYATINING ILMIY-METODIK ASOSLARI
Ibragimov Murod Arslanovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Mazkur maqolada eshitishida nuqsoni bor sportchilarga yunon-rum kurashining texnik-taktik elementlarini o‘rgatish jarayonini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari yoritilgan. Tadqiqot maqsadi – surd sportchilarni samarali tayyorlashning optimal usullarini aniqlashdan iborat. Tajriba davomida maxsus “SurdWrestling” dasturi, imo-ishora orqali boshqaruv, trening bosqichlariga texnik yondashuvlar joriy qilindi. Tajriba guruhi sportchilarida texnik-taktik ko‘rsatkichlar 30% gacha oshdi, yutqazilgan ochkolar 14% ga kamaydi. Surdlimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgan sportchilar misolida samaradorlik tasdiqlandi. Maqola yakunida Surdlimpiya uchun tayyorgarlikni takomillashtirishga oid amaliy tavsiyalar berilgan.
- Ochiq kirishMaqola
RANGE OF MOTION INDICATORS IN THE MAJOR BODY JOINTS DURING THE EXECUTION OF THE FORWARD JUMP TECHNIQUE WITH THE LEFT LEG IN BOXERS
F.Qo‘chqorov · Research Focus International Scientific Journal · 2025
ushbu maqolada boks sport turida chap qoyoq yordamida qadam tashlash texnikasini amalga oshirish va bu jarayonida tana bog‘imlarining harakati va qadam tashlash treaktoriyasi bo‘yicha kinematic tahlil amalga oshirilgan. Ushbu tahlil natijasida bokschilarning qadam tashlat texnikasini takomillashtirish yuzasidan kerakli ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
- Ochiq kirishMaqola
ФИЛОСОФСКИЕ ОСНОВАНИЯ И ИСТОРИЧЕСКАЯ ЭВОЛЮЦИЯ КОНЦЕПЦИИ СЕКУЛЯРИЗМА: ОТ ВЕСТФАЛЬСКОГО МИРА ДО ПОСТСЕКУЛЯРНОГО ОБЩЕСТВА
К.А.Пулатов · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Maqolada «sekulyarizm» tushunchasining paydo bo‘lishi va rivojlanishi XVII asrning huquqiy-kanonik va siyosiy kontekstidan tortib uning Gegel, Kont va Veber asarlaridagi falsafiy institutsionalizatsiyasigacha tadqiq etilgan. Ayniqsa, sekulyarizmni taraqqiyot va aqlning mustaqilligi g‘oyasi sifatida talqin qilishga alohida e‘tibor qaratilgan.
- Ochiq kirishMaqola
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA TADBIRKORLIK VA KICHIK BIZNESNI MODERNIZATSIYA QILISH YO‘LLARI
Zuparov Bobur Botir o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Mazkur maqolada raqamli transformatsiya jarayonining tadbirkorlik va kichik biznesga ta‘siri chuqur tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda iqtisodiyotning barcha jabhalarida raqamli texnologiyalarning joriy etilishi biznes yuritish uslublarini tubdan o‘zgartirib, yangi imkoniyatlar va bir vaqtning o‘zida yangi chaqiriqlarni yuzaga keltirmoqda. Maqolada global omillar – jumladan, globallashuv, P2P iqtisodiyoti, innovatsion jarayonlar, kommunikatsion vositalarning raqamlashtirilishi va ijtimoiy-demografik o‘zgarishlarning kichik biznesga ko‘rsatayotgan ta‘siri o‘rganiladi.
- Ochiq kirishMaqola
XOTIRALARDA MUHRLANGAN FARYOD: ZAKI VALIDI NIGOHIDA 1916-YIL TURKISTON QO‘ZG‘OLONI
Abduqahorov Anvarjon Alijon o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Mazkur maqola 1916-yilda Turkistonda yuz bergan xalq qo‘zg‘olonining tarixiy-siyosiy ildizlari va oqibatlarini Ahmad Zaki Validi To‘g‘onning “Xotiralar” asari asosida tahlil etishga bag‘ishlangan. Unda muallif esdaliklarida tasvirlangan voqealar zamirida yotgan milliy iztirob, mustamlaka zulmi va xalqning erkinlikka bo‘lgan intilishi aks etgan sahifalar ochib beriladi. Ayniqsa, Zaki Validining guvohliklari orqali qo‘zg‘olon ishtirokchilari, ularning taqdirlari va chor hukumatining zo‘ravon siyosati aniq faktlar asosida yoritiladi. Maqola tarixiy xotira, shaxsiy kuzatuv va voqeiylik uyg‘unligi orqali 1916-yil fojiasining o‘ziga xos aks sadosini ochib beradi va Turkiston xalqlarining ozodlik kurashidagi muhim bosqich sifatida baholanadi.
- Ochiq kirishMaqola
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ТУПРОҚЛАРИНИНГ МЕЛИОРАТИВ ХОЛАТИ ВА МОНИТОРИНГИ
Sh.V.Raxmanov, X.G‘.Nuraliyeva · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Мақолада ер захираларининг чекланганлиги ва сифат таркибининг пастлиги билан боглик, хавф тўхтовсиз ортиб бораётганлиги, айни вақтда ер улкан бойлик бўлибгина колмай, балки мамлакатимизнинг келажагини белгилаб берувчи омил эканлиги, шунинг учун хам ерларни мухофаза килиш, улардан ўта самарали ва оқилона фойдаланишни йўлга куйиш замонамизнинг энг долзарб масаласи эканлиги тахлил этилган.
- Ochiq kirishMaqola
YER OSTI ISSIQLIK AKKUMULYATORIDAGI NOSTATSIONAR ISSIKLIK JARAYONINI MODELLASHTIRISH
Xayriddinov B.E, Olimova D.A, G‘aniyev S.Y · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Mayda donador shaklidagi issiqlik akkumulyatorda issiq xavoni massiv tarkibidagi qatlam bilan o‘zaro ta‘sirlashib issiqlik miqdorini samaradorligi kuchayadi. Massiv tuproq tarkibidagi katta tog‘ jinsli bloklardan tuzilgan issiqlik akkumulyatorda issiq havoning o‘zaro ta‘sirlashida sodir bo‘ladigan issiqlik miqdori donador qatlamdagiga nisbatan kam bo‘ladi. Agar bloklar oralig‘ini 2-5 sm ga ochilishi g‘ovakligi oshirilishi bilan xavo oqimini bloklar orqali sirkulyatsiyalanishi natijasida issiqlik akkumulyatorini samaradorligi ortadi.
- Ochiq kirishMaqola
ZARARLI GAZLARNI TUTUVCHI DUDBURON QURILMASINI TAKOMILLASHTIRISH VA UNING SANOATDA QO‘LLANILISHI.
Mahmudov Begzod Mirzaahmad o‘g‘li, O‘ktamov Ahliyor Yusufjon o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Mazkur maqolada sanoat korxonalaridan ajralib chiqayotgan zararli gazlar — SO₂, NOₓ, P2O5 va CO ning inson salomatligi va atrof-muhitga ta‘siri, shuningdek, ularni kamaytirish maqsadida ishlab chiqilgan modifikatsiyalangan dudburon qurilmasi haqida fikr yuritiladi. Qurilmada Ca(OH)₂ (kaltsiy gidroksid) asosida neytrallash reaksiyasi qo‘llanilgan bo‘lib, laboratoriya sharoitida yuqori samaradorlik ko‘rsatgan. Ixtiro sanoatda foydalanish uchun mos, iqtisodiy va ekologik jihatdan foydali yechim sifatida taklif etiladi.
- Ochiq kirishMaqola
SHARQ MUTAFAKKIRLARI ASARLARIDA OILAVIY MUNOSABATLAR VA O‘SMIR SHAXSINING SHAKLLANISHI: IJTIMOIY-PSIXOLOGIK TAHLIL
Alimuxamedova Dilfuza Rustamovna · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu maqolada Sharq mutafakkirlari (Ibn Sino, Al-G‘azzoriy, Jaloliddin Rumiy) asarlarida ifodalangan oilaviy munosabatlar va o‘smirlik davrida shaxs shakllanishiga oid qarashlar zamonaviy psixologiya nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi – tarixiy manbalardagi g‘oyalarni bugungi rivojlanish psixologiyasi kontekstida baholab, ularning ilmiy yangiligini va amaliy ahamiyatini aniqlashdan iborat.
- Ochiq kirishMaqola
ИМПЛАНТАЦИЯ ПРИ АТРОФИИ АЛЬВЕОЛЯРНОГО ОТРОСТКА: СОВРЕМЕННЫЕ РЕШЕНИЯ
Кувондиков Мирсодик М., Кувондиков Мирсаид М., Хайитматов Х.Ш., Номозов Б.С., Каюмов Ш.Ш. · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu maqolada biz atrofiya sabablarini, tashxis usullarini, shuningdek, suyak plastikasi, kalta va yonoq implantlaridan foydalanish, darhol yuklash usullari hamda kompyuterda 3D modellashtirishni o‘z ichiga olgan dolzarb jarrohlik va protezlash yondashuvlarini ko‘rib chiqamiz.
- Ochiq kirishMaqola
БУҚОҚ КАСАЛЛИГИНИ ХИРУРГИК ДАВОЛАШДА СТРУМЭКТОМИЯНИНГ ТЕХНИК ВА ТАКТИК ЖИХАТЛАРИНИ ЯХШИЛАШ
G‘ozibekov Jamshid Isanbayevich · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ҳозирги кунга қадар қалқонсимон безга операция йули билан киришни амалга оширишда, аксарият ҳолларда, Кохернинг ёқасимон кесмаси қўлланилади. Ушбу кириш усули кенг операцион майдонни яратишни таъминлайди, аммо бу жуда травматик бўлиб косметик жиҳатдан кам натижа беради. Сўнгги 10-15 йил ичида бўйин олд юзасига, аксилляр, кўкрак олди, параареоляр, орқа мия, трансорал линиялар орқали, миниинвазив робот ёрдамида турли хил вариантларда кириш йўллари мавжуд. Ушбу муаммолардан келиб чиккан холда буқоқ касаллиги билан операция қилинган 112 нафар бемордан асосий гурухдагиларига такомилаштирилган ретрактор кулланилганида таккослаш гурухидаги беморарга нисбатан ижобий натижалар курсаткичи сезиларли даражада ошди.
- Ochiq kirishMaqola
ВЫБОР ТАКТИКИ ХИРУРГИИ ЖЕЛЧНОКАМЕННОЙ БОЛЕЗНИ ОСЛОЖНЕННОЙ СИНДРОМОМ МИРИЗЗИ
Сулайманов Салим Узганбаевич · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Mirizzi sindromi (MS) bilan og‘rigan bemorlarni davolash natijalarini uning turiga qarab jarrohlik taktikasini optimallashtirish yo‘li bilan yaxshilash. 2019-2024 yillarda SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasining jarrohlik bo‘limida MS tashxisi qo‘yilgan 28 yoshdan 82 yoshgacha bo‘lgan 72 nafar bemor operatsiya qilindi. Mexanik sariqlik bilan asoratlangan toshli xoletsistitda tashxis usullariga MRXPG qo‘shildi va u 22 nafar bemorda bajarildi. Ushbu tekshirish usulining tashxisiy sezgirligi yuqoriroq bo‘lib, 54,5% ni tashkil etdi. MS ga shubha qilinganda o‘t pufagini (O‘P) Pribram usulidan foydalangan holda “tubidan” olib tashlash eng yaxshi natija beradi, bu esa vaziyatni O‘P bo‘ynining “ichkarisidan” baholash imkonini beradi. MS turiga qarab O‘P ni to‘liq olib tashlash (I tur), pufakni olib tashlab, o‘t yo‘li devorini alohida choklar bilan tikish (ko‘pincha MS ning II turida), o‘t yo‘li devori nuqsonini O‘P bo‘yni devori bilan plastika qilish, O‘P bo‘ynini oqma yo‘l ustidan tikish (II va III turlarda) bajarilishi mumkin.
- Ochiq kirishMaqola
ЧЕЛЮСТНО-ЛИЦЕВАЯ ХИРУРГИЯ И ЭСТЕТИЧЕСКАЯ МЕДИЦИНА: СОВРЕМЕННЫЙ ВЗГЛЯД
Кувондиков Мирсодик М., Кувондиков Мирсаид М., Хайитматов Х.Ш., Номозов Б.С., Каюмов Ш.Ш. · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu maqolada jag‘-yuz jarrohligi va estetik tibbiyotning asosiy yo‘nalishlari, zamonaviy davolash usullari, ularning samaradorligi, shuningdek, ushbu sohalarning rivojlanish istiqbollari ko‘rib chiqiladi.