RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA TADBIRKORLIK VA KICHIK BIZNESNI MODERNIZATSIYA QILISH YO‘LLARI
Zuparov Bobur Botir o‘g‘liToshkent amaliy fanlar universiteti,2025
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 7Sahifa 28–31
Annotatsiya
Mazkur maqolada raqamli transformatsiya jarayonining tadbirkorlik va kichik biznesga ta‘siri chuqur tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda iqtisodiyotning barcha jabhalarida raqamli texnologiyalarning joriy etilishi biznes yuritish uslublarini tubdan o‘zgartirib, yangi imkoniyatlar va bir vaqtning o‘zida yangi chaqiriqlarni yuzaga keltirmoqda. Maqolada global omillar – jumladan, globallashuv, P2P iqtisodiyoti, innovatsion jarayonlar, kommunikatsion vositalarning raqamlashtirilishi va ijtimoiy-demografik o‘zgarishlarning kichik biznesga ko‘rsatayotgan ta‘siri o‘rganiladi.
Boshqa tillarda
ruschaПУТИ МОДЕРНИЗАЦИИ ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА И МАЛОГО БИЗНЕСА В УСЛОВИЯХ ЦИФРОВОЙ ТРАНСФОРМАЦИИ
В данной статье проводится глубокий анализ влияния процесса цифровой трансформации на предпринимательство и малый бизнес. Внедрение цифровых технологий во всех сферах экономики в последние годы коренным образом изменило методы ведения бизнеса, создавая новые возможности и одновременно новые вызовы. В статье исследуется влияние глобальных факторов на малый бизнес, включая глобализацию, P2P-экономику, инновационные процессы, цифровизацию средств коммуникации и социально-демографические изменения.
inglizchaWAYS OF MODERNIZING ENTREPRENEURSHIP AND SMALL BUSINESS UNDER THE CONDITIONS OF DIGITAL TRANSFORMATION
This article analyses in depth the impact of the process of digital transformation on entrepreneurship and small business. In recent years the introduction of digital technologies in all spheres of the economy has fundamentally changed the ways of conducting business, creating new opportunities and at the same time new challenges. The article examines the impact on small business of global factors, including globalisation, the P2P economy, innovation processes, the digitalisation of communication tools and socio-demographic changes.
Kalit so‘zlar
- Raqamli transformatsiya
- tadbirkorlik
- kichik biznes
- raqamli iqtisodiyot
- innovatsiyalar
- globallashuv
- raqobatbardoshlik
- raqamli platformalar
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA TADBIRKORLIK VA KICHIK BIZNESNI MODERNIZATSIYA QILISH YOʻLLARI Zuparov Bobur Botir o‘g‘li Toshkent amaliy fanlar universiteti, E-mail: boburzuparov4@xmail.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.16755735 Annotatsiya: Mazkur maqolada raqamli transformatsiya jarayonining tadbirkorlik va kichik biznesga ta’siri chuqur tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda iqtisodiyotning barcha jabhalarida raqamli texnologiyalarning joriy etilishi biznes yuritish uslublarini tubdan o‘zgartirib, yangi imkoniyatlar va bir vaqtning o‘zida yangi chaqiriqlarni yuzaga keltirmoqda. Maqolada global omillar – jumladan, globallashuv, P2P iqtisodiyoti, innovatsion jarayonlar, kommunikatsion vositalarning raqamlashtirilishi va ijtimoiy-demografik o‘zgarishlarning kichik biznesga ko‘rsatayotgan ta’siri o‘rganiladi. Kalit so‘zlar: Raqamli transformatsiya, tadbirkorlik, kichik biznes, raqamli iqtisodiyot, innovatsiyalar, globallashuv, raqobatbardoshlik, raqamli platformalar
APPROACHES TO MODERNIZING ENTREPRENEURSHIP AND SMALL BUSINESSES IN THE CONTEXT OF DIGITAL TRANSFORMATION Abstract: This article provides an in-depth analysis of the impact of digital transformation processes on entrepreneurship and small businesses. In recent years, the implementation of digital technologies across all sectors of the economy has fundamentally altered business practices, creating new opportunities and simultaneously presenting new challenges. The article examines the influence of global factors on small businesses, including globalization, the P2P economy, innovation processes, the digitalization of communication tools, and socio-demographic changes. Keywords: Digital transformation, entrepreneurship, small business, digital economy, innovation, globalization, competitiveness, digital platforms.
ПУТИ МОДЕРНИЗАЦИИ ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА И МАЛОГО БИЗНЕСА В УСЛОВИЯХ ЦИФРОВОЙ ТРАНСФОРМАЦИИ Аннотация: В данной статье проводится глубокий анализ влияния процесса цифровой трансформации на предпринимательство и малый бизнес. Внедрение цифровых технологий во всех сферах экономики в последние годы коренным образом изменило методы ведения бизнеса, создавая новые возможности и одновременно новые вызовы. В статье исследуется влияние глобальных факторов на малый бизнес, включая глобализацию, P2P-экономику, инновационные процессы, цифровизацию средств коммуникации и социально-демографические изменения. Ключевые слова: Цифровая трансформация, предпринимательство, малый бизнес, цифровая экономика, инновации, глобализация, конкурентоспособность, цифровые платформы
KIRISH So‘nggi yillarda dunyo miqyosida raqamli transformatsiya iqtisodiyotning barcha jabhalariga jadal kirib kelmoqda. Bu jarayon tadbirkorlik faoliyatini olib borishning an’anaviy shakllarini o‘zgartirib, yangi raqamli vositalar va texnologiyalarga asoslangan yondashuvlarni talab qilmoqda. Ayniqsa, kichik biznes subyektlari bu o‘zgarishlarga tez va moslashuvchan tarzda
javob bera olishlari lozim. Ushbu maqolada raqamli transformatsiya sharoitida kichik biznes va tadbirkorlikni modernizatsiya qilish yo‘llari tahlil qilinadi, mavjud muammolar va istiqbolli yechimlar taklif etiladi. ASOSIY QISM Raqamli transformatsiya raqamli texnologiyalarni mavjud biznes-modellarni takomillashtirish va ularni samarali qilish maqsadida joriy etishdir. Raqamli muhitda menejment tizimi tubdan yangilanadi: xodimlarga qo‘yiladigan talablar murakkablashadi, boshqaruv qarorlarini qabul qilish avtomatlashtiriladi, menejerlar axborot texnologiyalari bo‘yicha yuqori salohiyatga ega bo‘lishi lozim [1]. Raqamli transformatsiya amalga oshirilishi uchun kapital, infratuzilma va bilimga asoslangan resurslar kerak[2]. Raqamli transformatsiyaga ta’sir etuvchi global omillar va ularning kichik biznesga ta’siri: Globalizatsiya va jahon bozorlarining o‘zgaruvchanligi Hamkorlikdagi iste’mol modeli va P2P iqtisodiyoti Innovatsiyalar va o‘zgarish tezligining oshishi Kommunikatsiyaning raqamlashtirilishi Ijtimoiy transformatsiya va demografik siljishlar Txnologiyalar va postindustrial jamiyat ta’siri Globalizatsiya va jahon bozorlarining o‘zgaruvchanligi. So‘nggi o‘n yillikda kapital, texnologiya va tovarlar bozorlari tobora globallashib bormoqda. Natijada, kichik biznes subyektlari jahon bozoridagi raqobat sharoitida o‘z mahsulotlari va xizmatlarini tezroq, sifatliroq hamda raqamli vositalar yordamida taklif etishga majbur bo‘lmoqda. Iste’molchilar mahsulotlar haqida real vaqtda axborotga ega bo‘lishmoqda va bu ishlab chiqaruvchilarni bozordagi o‘zgarishlarga tezkor moslashishga undaydi. Globallashuv kichik biznes uchun bir vaqtning o‘zida ham imkoniyat (eksport, brend tanilishi), ham xavf (raqobat) manbai bo‘lib xizmat qilmoqda. Hamkorlikdagi iste’mol modeli va P2P iqtisodiyoti. Yaqin yillarda “Hamkorlikda iste’mol iqtisodiyoti” (Collaborative consumption) modeli jadal rivojlanmoqda. Bu modelda P2P (peer-topeer) asosidagi xizmatlar, masalan, uy, avtomobil, bilim va xizmatlarni ulashish kichik biznes uchun yangi nişalarning paydo bo‘lishiga olib kelmoqda Resurslarni egalik qilish emas, balki ulardan foydalanish samaradorligiga asoslangan bu model kichik tadbirkorlik subyektlariga minimal kapital bilan raqamli platformalar orqali bozorga chiqish imkonini beradi. Innovatsiyalar va o‘zgarish tezligining oshishi. Texnologik innovatsiyalarning o‘suvchan tezligi korxona va biznes modelining moslashuvchanligini zarur qiladi. Yangi mahsulotlar bozorda tezroq paydo bo‘lishi, mijozlar talabining tez o‘zgarishi va texnologiyalarning jadal yangilanishi kichik biznesni doimiy transformatsiyaga undaydi. Shu sababli, kichik biznes vakillari mavjud biznes-modellarini yangilash, raqamli strategiyalarni joriy qilish va innovatsion yondashuvlarni qabul qilishga tayyor bo‘lishlari kerak. Kommunikatsiyaning raqamlashtirilishi. Raqamli texnologiyalar orqali muloqot qilish imkoniyatlari kengaymoqda. Endilikda tadbirkorlar vositachilarsiz mijoz bilan bevosita muloqotga kirishishlari mumkin. Onlayn xizmatlar, elektron platformalar va mobil ilovalar kichik biznesga o‘z mahsulot va xizmatlarini global miqyosda taqdim etish imkonini yaratmoqda. Shu bilan birga, davlat xizmatlari, soliq tizimi, ta’lim va boshqa sohalarda raqamli integratsiya kichik biznes faoliyatini soddalashtirmoqda. Ijtimoiy transformatsiya va demografik siljishlar. Aholining qarishi, gender rollarining o‘zgarishi, ayollarning biznesdagi faolligi va avlodlar almashuvi kabi ijtimoiy o‘zgarishlar xizmat
ko‘rsatish sohasining salmog‘ini oshirmoqda. Bu esa kichik biznes uchun yangi ixtisoslashuv yo‘nalishlarini, xususan sog‘liqni saqlash, onlayn ta’lim, psixologik xizmatlar va boshqa insoniy omillarga yo‘naltirilgan xizmatlarni rivojlantirish imkonini beradi. Ayniqsa, ayollar va yoshlar tadbirkorligining rag‘batlantirilishi innovatsion biznes muhitini kuchaytiradi. Texnologiyalar va postindustrial jamiyat ta’siri. Postindustrial jamiyatda ishlab chiqarishdan ko‘ra xizmat ko‘rsatish, bilimlar, axborot va texnologiyalar asosiy iqtisodiy resursga aylanmoqda. Bu esa kichik biznesni ham sun’iy intellekt, axborot texnologiyalari va bilimlar iqtisodiyoti asosida faoliyat yuritishga majbur qilmoqda. Masalan, texnologiyalar yordamida kichik kompaniyalar avtomatlashtirilgan xizmatlar, mobil ilovalar, e-commerce platformalar, onlayn o‘quv kurslar va boshqa innovatsion xizmatlarni yaratish orqali o‘z daromadlarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda [3]. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik faoliyati iqtisodiy resurslar asosida tashkil etilib, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarida shaxsiy tashabbus va tashkiliy qobiliyat muhim ahamiyat kasb etadi. Tadbirkorlik kapitalining shakllanishi, uni harakatga keltiruvchi omillar va zamonaviy transformatsiyalarga moslashuvchanligi kichik biznesning raqamli sharoitda rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tadbirkorlik faoliyatining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini alohida ta’kidlab: “Joylardagi ijtimoiy muammolarni hal etishda eng samarali yo‘l – bu tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdir, ayniqsa, yoshlar va ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga ustuvor ahamiyat berish zarur”, deya ta’kidlagan. Tadbirkorlik faoliyati – shakli, turi va sohasidan qat’iy nazar foyda olish va uni ko‘paytirish maqsadida eng zamonaviy fan-texnika yutuqlari, innovatsiya, yangi texnologiyalarni qo‘llagan holda amalga oshiriladigan faol iqtisodiy faoliyatdir [4]. Zamonaviy iqtisodiy sharoitda tadbirkorlik faoliyatini aniqlashda muhim jihatlardan biri bu raqamli texnologiyalarni tadbirkorlik faoliyatiga integratsiya qilish bilan bog‘liq. Ta’riflarga ko‘ra, bu faoliyat “eng zamonaviy fan-texnika yutuqlari, innovatsiya, yangi texnologiyalarni qo‘llagan holda foyda olishga yo‘naltirilgan faol iqtisodiy faoliyat” hisoblanadi. Tadbirkorlik faoliyatini modernizatsiya qilishda quyidagi tamoyillarga asoslanish lozim: birinchidan, tadbirkorlik faoliyatida iqtisodiy erkinlik va tanlov huquqi muhim omil hisoblanadi. Ikkinchidan, ishlab chiqarish vositalariga egalik va mulk huquqi ta’minlanishi kerak. Uchinchidan, erkin yo‘nalish tanlash imkoniyati mavjud bo‘lishi va investitsiyaviy muhit yaratilishi zarur. To‘rtinchidan, mulkchilik shakllarining xilma-xilligi va ularga kirishning ochiqligi tadbirkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi [5]. Raqamli texnologiyalar mehmonxona biznesiga nafaqat ichki jarayonlarni avtomatlashtirishda, balki mijozlar bilan aloqani kuchaytirishda, xizmatlar sifati va tezkorligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Veb-saytlarning qidiruv tizimidagi joylashuvi, ko‘p tilliligi va foydalanuvchilar bilan o‘zaro aloqasi mehmonxona korxonalarining raqobatbardoshligini belgilab bermoqda. O‘zbekiston sharoitida ham tadbirkorlik va kichik biznesni modernizatsiya qilishda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish zarurligini ko‘rsatadi. Ayniqsa, xizmat ko‘rsatish sohalarida raqamli tizimlar bu nafaqat qulaylik balki, raqobatbardoshlik, foyda va mijozlar sodiqligi garovidir. Shu sababli, raqamli transformatsiyani tadbirkorlik strategiyasining ajralmas qismi sifatida ko‘rish lozim. XULOSA Raqamli transformatsiya zamonaviy iqtisodiy muhitda tadbirkorlik va kichik biznesni modernizatsiya qilishning ajralmas qismiga aylangan. Kichik biznes raqamli texnologiyalarni o‘zlashtirish orqali innovatsion bozorga moslashmoqda. Maqolada qayd etilgan texnologik,
kommunikatsion va ijtimoiy omillar O‘zbekistonda ham tadbirkorlik salohiyatini kuchaytirish, yangi nişalarni egallash va iqtisodiy raqobatbardoshlikni oshirishda muhim rol o‘ynaydi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar5 ta adabiyot
- Saidaxmedova, D. S., & Xoshimova, M. (2023). Raqamli iqtisodiyot sharoitida tadbirkorlik faoliyatini boshqarishga ta’sir etuvchi omillar. Jizzax Politexnika Instituti
- Garikai Makuyana. Public and private investment and economic growth// Journal of Accounting and Management 2016, vol.: 06;
- Begalov, B. A., & Abdullayev, M. K. (2023). Raqamli iqtisodiyot. Toshkent: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
- Shodmonov, Sh. (2021). Iqtisodiyot nazariyasi (darslik). Toshkent: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
- Safronova T.N., Yabrova O.A., Evtukhova O.M., Kamoza T.L. (2020). Digitalization as a Main Trend in the Development of Hotel Businesses in the Regions. Proceedings of the III International Scientific and Practical Conference "Digital Economy and Finances" (ISPC- DEF 2020). Atlantis Press. DOI: 10.2991/aebmr.k.200312.01310.2991/aebmr.k.200312.013
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-013048
- Nashr sanasi
- 2025-08-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 4
- Son
- 7
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v4i7.1724
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 28–31
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06