Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola13.00.00Ochiq kirish

“KASHTA-DIZAYN” INNOVATSION TEXNOLOGIYASI: MILLY KASHTACHILIK ASOSIDA ESTETIK TARBIYANI SHAKLLANTIRISHGA ZAMONAVIY YONDASHUV

Olimova Dilnoza Murodullo qiziTermiz davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi2025

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 7Sahifa 53–56

Annotatsiya

Mazkur maqolada milliy kashtachilik san‘atini zamonaviy raqamli dizayn, loyiha metodikasi va gamifikatsiya orqali estetik tarbiyani shakllantirish vositasi sifatida qo‘llashga yo‘naltirilgan “Kashta-Dizayn” innovatsion texnologiyasi tahlil qilinadi.

Boshqa tillarda

ruschaИННОВАЦИОННАЯ ТЕХНОЛОГИЯ «ВЫШИВКА-ДИЗАЙН»: СОВРЕМЕННЫЙ ПОДХОД К ФОРМИРОВАНИЮ ЭСТЕТИЧЕСКОГО ВОСПИТАНИЯ НА ОСНОВЕ НАЦИОНАЛЬНОЙ ВЫШИВКИ

В статье анализируется инновационная технология «Вышивка-Дизайн», направленная на использование искусства национальной вышивки как средства формирования эстетического воспитания посредством современного цифрового дизайна, проектной методики и геймификации.

inglizcha“EMBROIDERY-DESIGN” INNOVATIVE TECHNOLOGY: A MODERN APPROACH TO THE FORMATION OF AESTHETIC EDUCATION ON THE BASIS OF NATIONAL EMBROIDERY

This article analyses the innovative technology "Kashta-Dizayn" (Embroidery-Design), which is aimed at applying the art of national embroidery as a means of forming aesthetic education through modern digital design, project methodology and gamification.

Kalit so‘zlar

  • Kashta-Dizayn
  • estetik tarbiya
  • AR/VR
  • milliy naqshlar
  • gamifikatsiya
  • pedagogik loyiha

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

“KASHTA-DIZAYN” INNOVATSION TEXNOLOGIYASI: MILLY KASHTACHILIK ASOSIDA ESTETIK TARBIYANI SHAKLLANTIRISHGA ZAMONAVIY YONDASHUV Olimova Dilnoza Murodullo qizi Termiz davlat pedagogika instituti o’qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.16757952 Annotatsiya: Mazkur maqolada milliy kashtachilik san’atini zamonaviy raqamli dizayn, loyiha metodikasi va gamifikatsiya orqali estetik tarbiyani shakllantirish vositasi sifatida qo‘llashga yo‘naltirilgan “Kashta-Dizayn” innovatsion texnologiyasi tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: Kashta-Dizayn, estetik tarbiya, AR/VR, milliy naqshlar, gamifikatsiya, pedagogik loyiha.

ИННОВАЦИОННАЯ ТЕХНОЛОГИЯ «ВЫШИВКА-ДИЗАЙН»: СОВРЕМЕННЫЙ ПОДХОД К ФОРМИРОВАНИЮ ЭСТЕТИЧЕСКОГО ВОСПИТАНИЯ НА ОСНОВЕ НАЦИОНАЛЬНОЙ ВЫШИВКИ Аннотация: В статье анализируется инновационная технология «ВышивкаДизайн», направленная на использование искусства национальной вышивки как средства формирования эстетического воспитания посредством современного цифрового дизайна, проектной методики и геймификации. Ключевые слова: Вышивка-Дизайн, эстетическое воспитание, дополненная и виртуальная реальность, национальные узоры, геймификация, педагогический проект.

INNOVATIVE TECHNOLOGY "EMBROIDERY-DESIGN": A MODERN APPROACH TO THE FORMATION OF AESTHETIC EDUCATION BASED ON NATIONAL EMBROIDERY Abstract: This article analyzes the innovative technology "Embroidery-Design", which is aimed at using the art of national embroidery as a means of forming aesthetic education through modern digital design, project methodology and gamification. Keywords: Embroidery-Design, aesthetic education, AR/VR, national patterns, gamification, pedagogical project.

KIRISH Jahon miqyosida o‘quvchilarning estetik tarbiyasini shakllantirish masalasi dolzarb ilmiyamaliy muammolardan biri sifatida maydonga chiqmoqda. Chunki estetik ong, estetik tafakkur va estetik did insonning barkamol shaxs sifatida shakllanishida muhim omillardan hisoblanadi. Bu jarayonda milliy madaniy meros va badiiy an’analarni, xususan kashtachilik san’atini ta’limtarbiya vositasi sifatida qayta baholash zarurati tug‘iladi. Milliy kashtachilik o‘zida tarixiymadaniy yodgorlik, badiiy tasvir, ranglar uyg‘unligi, xalqning didi va estetik qarashlarini mujassamlashtirgan bebaho san’at shaklidir. Ushbu san’at turi orqali o‘quvchilarda estetik qadriyatlarni anglash, milliy g‘urur hissi va ijodiy tafakkurni shakllantirish imkoniyati mavjud. Shu nuqtai nazardan, texnologiya fanida kashtachilik san’atining estetik salohiyatini to‘laqonli pedagogik jarayonga integratsiyalash maqsadida “Kashta-Dizayn” deb nomlangan innovatsion texnologiya ishlab chiqildi. Mazkur texnologiya boshlang‘ich ta’lim darajasida o‘quvchilarning estetik kompetensiyalarini milliy qadriyatlar, amaliy hunarmandchilik va zamonaviy dizayn yondashuvlari asosida uyg‘unlashtirishga yo‘naltirilgan kompleks tizimdir.

ASOSIY QISM “Kashta-Dizayn” texnologiyasining bosh maqsadi o‘quvchilarda milliy identitetni anglash, estetik tafakkur va ijodiy kompetensiyalarni rivojlantirishda kashtachilik faoliyatini amaliy va raqamli formatda uyg‘unlashtirishdan iboratdir. Bu texnologiya orqali o‘quvchilar nafaqat mahsulot yaratadilar, balki o‘z estetik qarashlarini asoslash, dizayn fikrlash, ranglar uyg‘unligini his etish, kompozitsion g‘oyalarni shakllantirish hamda milliy qadriyatlarni o‘z dunyoqarashi bilan bog‘lash ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar. Texnologiya quyidagi vazifalarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi: milliy kashtachilik asosida estetik tarbiyani shakllantiruvchi topshiriqlar tizimini ishlab chiqish; raqamli dizayn texnologiyalarini (masalan, Canva, CorelDraw, Adobe Illustrator) ta’lim jarayoniga integratsiyalash; kashtachilik faoliyatida loyiha metodidan foydalanish orqali o‘quvchilarda mustaqil fikrlashni rag‘batlantirish; estetik baholash mezonlarini ishlab chiqish va reflektiv fikrlash asosida o‘zaro tahlil madaniyatini shakllantirish. Shuningdek, AR texnologiyalar orqali milliy naqshlarni interaktiv muhitda ko‘rsatish ham o‘quvchilarning qiziqishi va estetik anglash darajasini oshiradi. Zamonaviy ta’lim jarayonida estetik tarbiya muhim o‘rin tutadi. Milliy kashtachilik xalqimizning madaniy merosi, estetik qarashlari va san’at ifodasi bo‘lib, uni o‘quvchilarda estetik tafakkur va ijodiy kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan vosita sifatida talqin qilish mumkin. “Kashta-Dizayn” texnologiyasining mohiyati shundan iboratki “Kashta-Dizayn” texnologiyasi texnologiya fanini estetik dizayn va raqamli yondashuv bilan uyg‘unlashtirishga asoslangan. U 3 bosqichli modelga tayangan: “Ko‘rish – Yaratuv - Baholash”. Texnologiyaning asosiy komponentlari sifatida quyidagilar aytish mumkin. 1. “Ko‘rish” moduli – AR/VR texnologiyalari yordamida milliy naqshlarni vizual tarzda o‘rganish. 2. “Yaratuv” moduli – Canva, CorelDraw va boshqa raqamli ilovalar orqali dizayn yaratish. 3. “Baholash” moduli – ekspert bahosi va peer-review usuli asosida estetik tahlil. Yangi metodlar va pedagogik yondashuvlarni estetik loyiha metodi, gamifikatsiyalashgan baholash, AR orqali kashta o‘rganish, reflektiv tahlillar sifatida sanab o’tish mumkin. Texnologiya orqali o‘quvchilar estetik qarash, ijodiy fikrlash va milliy qadriyatlarga asoslangan dizayn yondashuvlarini egallaydi. “Kashta-Dizayn” texnologiyasi milliy meros va zamonaviy ta’lim vositalarining uyg‘unlashuvi asosida estetik tarbiyani shakllantirishda samarali model sifatida taklif qilinmoqda. “Kashta-dizayn” innovatsion texnologiyasi Texnologiya fani darslarini loyiha, dizayn va estetik baholash faoliyatlari bilan uyg‘unlashtirish asosiy vazifa qilib olingan bo‘lib o‘quvchilar 3 bosqichli estetik rivojlanish zanjiri asosida faoliyat yuritadi: “Ko‘rish – Yaratuv – Baholash”. Milliy naqshlar asosida raqamli va amaliy kashtachilik topshiriqlari gamifikatsiya (o‘yin elementlari) orqali beriladi. Texnologiyaning asosiy komponentlari: 1. “Ko‘rish” moduli – Milliy naqshlar, kashtachilik namunalarining tarixiy va badiiy qimmatini vizual vositalar (AR/VR, 3D maketlar) yordamida namoyish etish. 2. “Yaratuv” moduli – O‘quvchi raqamli dizayn ilovalari (Canva, CorelDraw, Procreate) yoki amaliy kashtachilik orqali o‘z mahsulotini yaratadi.

3. “Baholash” moduli – Yaralgan mahsulotlar estetik mezonlar asosida ekspert bahosi va tengdoshlar fikri orqali tahlil qilinadi (peer-review). “Kashta-Dizayn” metodlari: Estetik loyiha metodi – Har bir o‘quvchi milliy naqsh asosida kichik loyiha yaratadi (masalan, “Bayramona do‘ppi dizayni”). AR (Augmented Reality) kashtachilik usuli – Naqshlar telefon yoki planshet orqali AR formatda ko‘rinadi, o‘quvchi naqshni 3D tarzda o‘zgartira oladi. Raqamli kashtachilik gamifikatsiyasi – Har bosqichni bajarishda “ball” to‘plash, eng yaxshi dizaynerni aniqlash orqali motivatsiya oshiriladi. Estetik refleksiya usuli – Har bir ishning ichki estetik g‘oyasi haqida yozma sharh va fikr almashish. Yangi texnologiyaning ilmiy yangiligi: ushbu “Kashta-Dizayn” texnologiyasi milliy kashtachilikning estetik imkoniyatlarini zamonaviy raqamli dizayn, loyiha metodikasi va gamifikatsiya bilan integratsiya qilgan holda o‘quvchilarda estetik tafakkur, milliy qadriyat va ijodiy kompetensiyalarni birgalikda shakllantirishga qaratilgan yangi yondashuv hisoblanadi. Ushbu texnologiya o‘zining didaktik, texnologik va motivatsion-kommunikativ komponentlari bilan ajralib turadi. Didaktik blokda estetik materiallar, milliy naqshlar kolleksiyasi, ranglar nazariyasi va psixologik yosh xususiyatlariga moslashtirilgan dizayn topshiriqlari mavjud. Texnologik blokda “Ko‘rish – Yaratuv – Baholash” tamoyili asosida bosqichma-bosqich faoliyat yuritiladi: avval kashtachilik namunalari ko‘rgazma yoki AR yordamida vizual tarzda tahlil qilinadi, so‘ngra o‘quvchilar o‘z dizayn mahsulotini yaratadi va yakunida ishlar estetik mezonlar asosida baholanadi. Motivatsion-kommunikativ blok esa o‘yin usullari (gamifikatsiya), hamkorlikdagi dizayn, ijodiy bellashuvlar orqali o‘quvchilarni rag‘batlantirishga xizmat qiladi. “Kashta-Dizayn” texnologiyasida qo‘llaniladigan asosiy metodlar – estetik loyiha metodi, raqamli dizayn usuli, estetik refleksiya va AR-visualizatsiya metodlaridir. Bu metodlar o‘quvchilarni nafaqat estetik faoliyatga jalb qiladi, balki ularning tafakkurini, dunyoqarashini, axloqiy-estetik qadriyatlarini ham chuqurlashtiradi. Natijada, texnologiya fani orqali o‘quvchilar estetik ongli shaxs sifatida shakllana boshlaydi, ijodkorlik va milliy o‘zlikni anglash kabi muhim kompetensiyalarni egallaydi. Ushbu texnologiyaning qo‘llanilishi orqali quyidagi natijalarga erishiladi: o‘quvchilarda estetik did, ranglar uyg‘unligini anglash, milliy naqshlarga nisbatan estetik munosabat shakllanadi; mustaqil ijodiy fikrlash, dizayn asosida qaror qabul qilish ko‘nikmalari rivojlanadi; texnologiya fanining mazmuni milliy va zamonaviy qadriyatlar asosida boyitiladi hamda estetik tarbiya ta’limtarbiya jarayonining ajralmas tarkibiy qismiga aylanadi. XULOSA Xulosa qilib aytganda, “Kashta-Dizayn” innovatsion texnologiyasi — bu nafaqat yangi pedagogik yondashuv, balki milliy merosni zamonaviy raqamli vositalar bilan uyg‘unlashtirgan estetik tarbiyaviy model bo‘lib, o‘quvchilarning didi, estetik qarashlari va ijodiy salohiyatini rivojlantirishda samarali pedagogik vosita sifatida xizmat qiladi. Ushbu texnologiyani amaliyotga joriy etish orqali ta’limda estetik madaniyat, milliy qadriyatlar va innovatsion o‘qitish metodlarining uyg‘un tizimi barpo etiladi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar8 ta adabiyot

  1. Olimova D.M. O‘zbekistondagi milliy kashtachilik sanati maktablari. 959964-b. Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga orgatish milliy markazi. Aniq va tabiiy fanlarni oqitishda zamonaviy yondashuv: muammo va yechimlar mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. 2023-y, 30may.
  2. Olimova D.M. O‘quvchilarni milliy kashtachilik asosida estetik tarbiyalashni takomillashtirish texnologiyasi metodik muammo sifatida” “Mug‘allim” №1-son 2023-yil.
  3. Olimova D.M. (2022). Uzbek embroidery as priceless cultural heritage of uzbek people. international scientific conference “ innovative trends in science, practice and education”, 1(2), 67-70 .
  4. Mamatkobilova, S., & Julayeva, M. (2020). FACTORS AFFECTING FAMILY STRENGTH AND WAYS TO ELIMINATE THEM. Студенческий вестник, (19-12), 44-46.
  5. Turamuratov Ulug‟bek Uroqovich, & Mamatkobilova Shodiya Azamat qizi. (2023). THEORETICAL AND METHODOLOGICAL ASPECTS AND MODERN PROBLEMS OF DUAL TEACHING. Academia Repository, 4(10),82–89. Retrieved from https://academiarepo.org/index.php/1/article/view/88
  6. Olimova D.M. (2023). Systematic approach to teaching the history of uzbek national embroidery. Academic research in educational sciences, 5(NUU conference 3), 481-485.
  7. Olimova, D. (2022). Importance of uzbek traditional embroidery in youth upbringing. Science and innovation, 1(B6), 574-576.
  8. Azamat, M. S., & Rajabali, P. S. International Evaluation Programs. International Journal of Innovations in Engineering Research and Technology, 1-5.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-013053
Nashr sanasi
2025-08-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
4
Son
7
DOI
10.66073/researchfocus.v4i7.1730
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
53–56
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06