XOTIRALARDA MUHRLANGAN FARYOD: ZAKI VALIDI NIGOHIDA 1916-YIL TURKISTON QO‘ZG‘OLONI
Abduqahorov Anvarjon Alijon o‘g‘liNavoiy davlat universiteti ilmiy tadqiqotchisi2025
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 7Sahifa 24–27
Annotatsiya
Mazkur maqola 1916-yilda Turkistonda yuz bergan xalq qo‘zg‘olonining tarixiy-siyosiy ildizlari va oqibatlarini Ahmad Zaki Validi To‘g‘onning “Xotiralar” asari asosida tahlil etishga bag‘ishlangan. Unda muallif esdaliklarida tasvirlangan voqealar zamirida yotgan milliy iztirob, mustamlaka zulmi va xalqning erkinlikka bo‘lgan intilishi aks etgan sahifalar ochib beriladi. Ayniqsa, Zaki Validining guvohliklari orqali qo‘zg‘olon ishtirokchilari, ularning taqdirlari va chor hukumatining zo‘ravon siyosati aniq faktlar asosida yoritiladi. Maqola tarixiy xotira, shaxsiy kuzatuv va voqeiylik uyg‘unligi orqali 1916-yil fojiasining o‘ziga xos aks sadosini ochib beradi va Turkiston xalqlarining ozodlik kurashidagi muhim bosqich sifatida baholanadi.
Boshqa tillarda
ruschaКРИК, ЗАПЕЧАТЛЁННЫЙ В ПАМЯТИ: ТУРКЕСТАНСКОЕ ВОССТАНИЕ 1916 ГОДА ГЛАЗАМИ ЗАКИ ВАЛИДИ
Данная статья посвящена анализу историко-политических корней и последствий народного восстания 1916 года в Туркестане на основе произведения Ахмада Заки Валиди Тогана «Воспоминания». В статье раскрываются страницы, отражающие национальное страдание, колониальное угнетение и стремление народа к свободе, лежащие в основе описываемых автором событий. Особенно подчёркивается значение свидетельств Заки Валиди, через которые подробно освещаются участники восстания, их судьбы и репрессивная политика царского правительства на основе конкретных фактов. Статья, основанная на синтезе исторической памяти, личных наблюдений и событийной реальности, передаёт уникальное эхо трагедии 1916 года и оценивает её как важный этап в борьбе народов Туркестана за независимость.
inglizchaA CRY SEALED IN MEMORIES: THE 1916 TURKESTAN UPRISING THROUGH THE EYES OF ZAKI VALIDI
This article is devoted to analysing the historical and political roots and consequences of the popular uprising that took place in Turkestan in 1916 on the basis of Ahmad Zaki Validi Togan‘s work "Memoirs". It opens up the pages reflecting the national suffering, the colonial oppression and the people‘s aspiration for freedom that lie behind the events described in the author‘s recollections. In particular, through the testimony of Zaki Validi, the participants in the uprising, their fates and the violent policy of the tsarist government are described on the basis of concrete facts. Through the unity of historical memory, personal observation and factuality, the article reveals the distinctive echo of the tragedy of 1916 and assesses it as an important stage in the freedom struggle of the peoples of Turkestan.
Kalit so‘zlar
- Qo‘zg‘alon
- xotiralar
- imperya
- siyosiy kuchlar
- milliy ozodlik
- mustaqillik
- dehqon
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
XOTIRALARDA MUHRLANGAN FARYOD: ZAKI VALIDI NIGOHIDA 1916- YIL TURKISTON QO‘ZG‘OLONI Abduqahorov Anvarjon Alijon o‘g‘li Navoiy davlat universiteti ilmiy tadqiqotchi E-mail: anvarabduqahhorov34@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.16757952 Annotatsiya: Mazkur maqola 1916-yilda Turkistonda yuz bergan xalq qo‘zg‘olonining tarixiy-siyosiy ildizlari va oqibatlarini Ahmad Zaki Validi To‘g‘onning “Xotiralar” asari asosida tahlil etishga bag‘ishlangan. Unda muallif esdaliklarida tasvirlangan voqealar zamirida yotgan milliy iztirob, mustamlaka zulmi va xalqning erkinlikka bo‘lgan intilishi aks etgan sahifalar ochib beriladi. Ayniqsa, Zaki Validining guvohliklari orqali qo‘zg‘olon ishtirokchilari, ularning taqdirlari va chor hukumatining zo‘ravon siyosati aniq faktlar asosida yoritiladi. Maqola tarixiy xotira, shaxsiy kuzatuv va voqeiylik uyg‘unligi orqali 1916-yil fojiasining o‘ziga xos aks sadosini ochib beradi va Turkiston xalqlarining ozodlik kurashidagi muhim bosqich sifatida baholanadi. Kalit so’zlar: Qo’zg’alon, xotiralar, imperya,siyosiy kuchlar, milliy ozodlik, mustaqillik, dehqon.
КРИК, ЗАПЕЧАТЛЁННЫЙ В ПАМЯТИ: ТУРКЕСТАНСКОЕ ВОССТАНИЕ 1916 ГОДА ГЛАЗАМИ ЗАКИ ВАЛИДИ Аннотация: Данная статья посвящена анализу историко-политических корней и последствий народного восстания 1916 года в Туркестане на основе произведения Ахмада Заки Валиди Тогана «Воспоминания». В статье раскрываются страницы, отражающие национальное страдание, колониальное угнетение и стремление народа к свободе, лежащие в основе описываемых автором событий. Особенно подчёркивается значение свидетельств Заки Валиди, через которые подробно освещаются участники восстания, их судьбы и репрессивная политика царского правительства на основе конкретных фактов. Статья, основанная на синтезе исторической памяти, личных наблюдений и событийной реальности, передаёт уникальное эхо трагедии 1916 года и оценивает её как важный этап в борьбе народов Туркестана за независимость. Ключевые слова: Восстание, воспоминания, империя, политические силы, национальное освобождение, независимость, крестьянин.
A CRY SEALED IN MEMORIES: THE TURKESTAN UPRISING OF 1916 IN THE EYES OF ZAKI VALIDI Abstract: This article is devoted to analyzing the historical and political roots and consequences of the popular uprising that took place in Turkestan in 1916 based on the work of Ahmad Zaki Validi To'gan "Memories". It reveals the pages that reflect the national suffering, colonial oppression, and the people's desire for freedom that lie at the heart of the events described in the author's memoirs. In particular, through the testimonies of Zaki Validi, the participants of the uprising, their fates, and the violent policy of the tsarist government are illuminated based on concrete facts. Through the combination of historical memory, personal observation, and reality, the article reveals the unique echoes of the tragedy of 1916 and is evaluated as an important stage in the struggle for freedom of the peoples of Turkestan. Keywords: Uprising, memories, empire, political forces, national liberation, independence, peasant.
KIRISH 1916-yilgi O‘rta Osiyo qo‘zg‘oloni Turkiston mintaqasida yuzaga kelgan eng muhim tarixiy silkinishlardan biri sifatida, nafaqat lokal darajadagi xalq noroziligining, balki umummilliy uyg‘onish, o‘zligini anglash va mustamlakachilikka qarshi harakatlarning manbai bo‘lgan voqealardan biri sifatida e’tirof etiladi. Ushbu voqea o‘zining murakkab ijtimoiy, siyosiy va mafkuraviy ildizlari bilan XX asr boshidagi Markaziy Osiyo taraqqiyotiga bevosita ta’sir ko‘rsatgan. Aynan shunday jarayonlarga munosabat bildirgan, ularni o‘zining siyosiy va ilmiy faoliyati bilan bog‘lagan yirik shaxs – Zaki Validi To‘g‘andir[1]. To‘g‘anning “Xotiralari”, bu borada noyob manba bo‘lib, unda 1916-yilgi qo‘zg‘olon to‘g‘ridan-to‘g‘ri tafsilotlar bilan emas, balki voqealarning mafkuraviy talqini orqali aks ettirilgan. To‘g‘an, o‘z yurtida siyosiy tazyiqlardan so‘ng muhojirlikka ketgan bo‘lsa-da, uning ilmiy va siyosiy e’tibori Turkistondagi harakatlarga, jumladan, 1916 yil voqealariga bo‘lgan munosabati orqaga qaramay, barqaror qolgan. ASOSIY QISM To‘g‘an o‘z asarlarida, xususan, “Xotiralar”da, O‘rta Osiyodagi siyosiy kuchlar harakatini, ayniqsa basmachi harakatini, 1916-yilgi xalq qo‘zg‘oloni bilan uzviy bog‘liq holda ko‘rsatadi[2]. U 1916-yilgi harakatni mustamlakachilik siyosatiga nisbatan tabiiy norozilik deb talqin qiladi. Uning fikricha, bu faqatgina Rossiya imperiyasining zulmiga emas, balki ijtimoiy tengsizlik, agrar muammolar va din erkinligining cheklanishiga nisbatan bo‘lgan keng ko‘lamli xalq reaksiyasi edi. Zaki Validi To‘g‘anning ilmiy dunyoqarashi hamda siyosiy pozitsiyasi uni qo‘zg‘olon voqealarini bir tomonlama baholashdan yiroq qiladi. U xalq noroziligini faqat milliy yoki diniy asoslarda emas, balki ko‘proq ijtimoiy-siyosiy kontekstdan kelib chiqqan holda tushuntiradi. To‘g‘anning “Xotiralar”ida 1916-yil voqealari “Semirechye qo‘zg‘oloni” deb nomlanadi, bu esa uning qo‘zg‘olon joylashuviga oid xolis va aniq yondashuvini bildiradi1. “Xotiralar”da ifodalangan asosiy jihatlar: 1. Qo‘zg‘olonning sabablari – To‘g‘an nazarida, 25-iyun farmoni (tubjoy erkaklarni orqa front ishlariga safarbar qilish haqida) Rossiya imperiyasining mahalliy xalqlar bilan munosabatidagi tanazzulni yuzaga chiqardi. Bu farmon ijtimoiy portlashga sabab bo‘ldi. 2. Qo‘zg‘olon xarakteri – To‘g‘an uni diniy yoki faqat etnik kurash emas, balki keng xalq noroziligining mahsuli sifatida ko‘radi. Bu bilan u rus mustamlakachiligi ostida bo‘lgan boshqa musulmon xalqlar tajribasi bilan bog‘liqlikni ta’kidlaydi. 3. Anvar posho va boshqa tashqi kuchlarning roli – To‘g‘an bu boradagi da’volarga tanqidiy yondashadi. Masalan, Enver poshoni 1916-yilgi qo‘zg‘olonga sababchi sifatida ko‘rganlarning fikriga qarshi chiqib, bu qo‘zg‘olonning tub sababi mahalliy zulm va ijtimoiy bosimda ekanligini urg‘ulaydi. 4. Millatlararo munosabatlar va sinfiy tafovutlar – To‘g‘an qo‘zg‘olonning ko‘p qatlamli tabiatini e’tirof etadi: unda faqat turkiylar yoki boshqa etnik guruhlar emas, balki ularning ijtimoiy ahvoli, iqtisodiy manfaatlari va diniy erkinlik uchun kurashi ham muhim rol o‘ynagan[4]. Zaki Validi To‘g‘an bu voqealarni shunchaki tarixiy fakt sifatida emas, balki o‘zining siyosiy dunyoqarashiga asoslangan holda baholagan. U o‘z “Xotiralar”ida qo‘zg‘olon bilan bog‘liq fikrlarni O‘rta Osiyoning mustaqillik harakatlariga ulanadigan mafkuraviy asos sifatida ko‘radi. Uning uchun 1916-yil faqat o‘tmishdagi norozilik emas, balki kelajakdagi siyosiy kurashlar uchun saboq va yo‘l-yo‘riq vazifasini o‘tagan.
Togan, Zeki Velidi. Memoirs: National Existence and Cultural Struggles of Turkistan and Other Muslim Eastern Turks. Istanbul: 1969.
Zaki Validi To‘g‘an o‘zining siyosiy qarashlarida milliy ozodlik harakatlarining asosiy sabablarini faqat tashqi aralashuv yoki tasodifiy siyosiy harakatlarda emas, balki tarixiy, ijtimoiy va iqtisodiy omillar kompleksida ko‘radi. Uning "Xotiralar"i bu borada muhim manba bo‘lib, unda voqealarning tashqi ko‘rinishi bilan cheklanmay, ularning chuqur ildizlari, tafakkurdagi o‘zgarishlar va mafkuraviy qarama-qarshiliklar yoritilgan. 1916-yilgi qo‘zg‘olon to‘g‘risida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirokchilik nuqtayi nazaridan emas, balki kuzatuvchi va keyinchalik siyosiy faol shaxs sifatida bergan baholari To‘g‘anning tarixiy voqelikni xolis baholashga bo‘lgan intilishini ko‘rsatadi. Ayniqsa, u bu qo‘zg‘olonning birlamchi sababi sifatida tubjoy aholiga nisbatan olib borilgan iqtisodiy va siyosiy zulmni ko‘rsatadi. Zaki Validi To‘g‘anning tarixiy tafakkurida 1916-yil voqealari nafaqat mustamlakachilik rejimiga qarshi norozilik sifatida, balki musulmon sharqida uyg‘onayotgan milliy o‘zlikni anglash harakatining tarkibiy qismi sifatida baholanadi. U milliy o‘zlikni madaniy tiklanish orqali anglash, tarixiy adolatni tiklash, mustaqil siyosiy strukturani shakllantirish orqali amalga oshirish zarurligini ta’kidlaydi. To‘g‘anning fikriga ko‘ra, 1916-yilgi qo‘zg‘olon xalqda to‘plangan g‘azabning portlashi bo‘lib, bu portlash uzoq yillar davomida to‘plangan ijtimoiy tengsizlik, agrar siyosatdagi adolatsizlik, din va madaniyatga bo‘lgan cheklovlar, til va urf-odatlarga nisbatan kamsitish siyosatining natijasi edi. Bu borada u xususan, chor hukumati tomonidan olib borilgan ko‘chirish siyosati (pereselencheskaya politika), yerga egalik huquqlarining buzilishi, harbiy xizmatdan chiqarilgan va orqa frontga yuborilgan turkiy xalqlar vakillariga nisbatan tazyiqlarni asosiy sabablar qatorida ko‘rsatadi[3]. Zeki Validi To‘g‘an o‘zining "Xotiralar"ida 1920-yillarda boshlangan va sovet tarixshunosligida “bosmachilik” nomi bilan atalgan harakatni ham 1916-yil voqealari bilan bog‘laydi. Uning fikricha, bu ikki tarixiy jarayon — bir-biridan uzilmagan, balki o‘zaro mafkuraviy va siyosiy jihatdan bog‘liq bosqichlar sifatida qaralishi kerak. Unga ko‘ra, 1916-yilda boshlangan xalq noroziligi, mustaqillik va tenglik uchun kurash sovet tuzumiga qarshi bo‘lgan keyingi harakatlar uchun zamin yaratdi. Aynan shu jihatdan, To‘g‘an Anvar Poshoga nisbatan ehtiyotkorona qarash bildirgan — u Anvar Poshoning 1916-yilgi qo‘zg‘olon uchun da’vo qilgan rahbarlik rolini inkor etgan va harakatni tashqi kuchlar emas, mahalliy xalq noroziligi shakllantirganini ta’kidlagan[2]. Zaki Validi To‘g‘anning faoliyati nafaqat siyosiy arbob sifatida, balki tarixchi, turkolog, sharqshunos olim sifatida ham 1916-yilgi voqealarni chuqur idrok etganini ko‘rsatadi. U “Turk xalqlari tarixi”, “Boshqirdiston tarixi”, “Islom dunyosida uyg‘onish harakatlari” kabi asarlarida bu voqealarning sabablari va oqibatlarini mustaqil ilmiy pozitsiyada yoritgan. Bu esa uning faoliyati doirasida tarixiy voqelikni siyosiy hodisaga aylanib qolmaslikka intilganini isbotlaydi. Zeki Validi o‘z “Xotiralar”ida nafaqat 1916-yil voqealarini, balki keyingi yillardagi xalq harakatlarining mafkuraviy ildizlarini ko‘rsatishga harakat qilgan. U milliy ozodlik harakati faqat mustamlakachilikka qarshi kurash emas, balki xalq tafakkurining yangilanishi, madaniy uyg‘onish, ta’lim va ilm-fan orqali shakllanishi kerakligini ta’kidlaydi. Shu bilan birga, u har qanday siyosiy harakatda xalqni qurbon sifatida emas, balki faol subyekt sifatida ko‘rishni talab qiladi. 1916 yilgi qo‘zg‘olon va Zaki Validi To‘g‘anning siyosiy dunyoqarashi o‘rtasidagi mafkuraviy bog‘liqlik. Zaki Validi To‘g‘an XX asr boshidagi turkiy dunyo tafakkurida markaziy o‘rin egallagan siymolardan biri bo‘lib, uning ilmiy va siyosiy qarashlari 1916 yilgi O‘rta Osiyodagi voqealar bilan bevosita aloqadorlik kasb etgan. U o‘zining “Xotiralar” asarida aynan
shu qo‘zg‘olonni Turkiston xalqlarining milliy uyg‘onish jarayonida burilish nuqtasi sifatida talqin qiladi. To‘g‘anning yozishicha, bu voqealar milliy haqiqatni tan olishga chorlov bo‘lib, turkiy xalqlarni mustamlaka zulmidan qutulishga undagan kuchli ijtimoiy hayotiy zarurat sifatida namoyon bo‘lgan[4]. 1916 yilgi qo‘zg‘olon To‘g‘anning ilmiy qarashlariga muhim turtki bo‘lgan. U bu voqealarni Rossiya imperiyasi tomonidan chekka hududlarda olib borilgan kamsituvchi siyosatning natijasi, deb bilgan. Ayniqsa, mahalliy xalqlarning yerga egalik huquqlarining cheklanishi, iqtisodiy bosimlar va madaniy siquvlar To‘g‘anning fikricha, isyon uchun asosiy sabablar bo‘lgan. U ushbu harakatni keng ma’nodagi milliy ozodlik kurashining bir qismi sifatida tasvirlaydi. Zaki Validi To‘g‘an qo‘zg‘olonni faqat etnik yoki diniy asosdagi norozilik deb emas, balki u murakkab ijtimoiy qatlamlar ishtirokida yuzaga kelgan harakat sifatida qaraydi. U “Xotiralar”ida, masalan, Semireche viloyatida yuzaga kelgan ijtimoiy portlashni faqatgina qirg‘izlarning yoki boshqa bir guruhning harakati sifatida emas, balki mintaqadagi umumiy norozilikning ifodasi sifatida taqdim etadi. Bu yondashuv uni boshqa tarixchilardan ajratib turadi. Uning fikricha, bu harakatda sinfiy elementlar — ya’ni, dehqonlar, ko‘chmanchilar va ishchilar ishtiroki muhim rol o‘ynagan. Ayniqsa, podshoh farmoni bilan ish kuchi safarbarligi e’lon qilingach, eng zaif ijtimoiy qatlamlar orasida norozilik keskin kuchaygan. Bu voqealarning zamirida, To‘g‘an yozganidek, “xalqning muammolarga qarshi to‘planib chiqishi va o‘z hayotini himoya qilish istagi” yotgan edi. Shuningdek, To‘g‘an qo‘zg‘olonni etnik nizo sifatida emas, balki Rossiya imperiyasining mustamlakachilik siyosatiga qarshi ijtimoiy va siyosiy norozilik harakati sifatida ko‘radi. U bu voqealarni “millatlararo hamjihatlik sharoitida yuzaga kelgan keng ko‘lamli qarshilik” deb ataydi. To‘g‘anning siyosiy va ilmiy faoliyatidagi keskin burilish 1916-yilgi qo‘zg‘olon va undan keyingi voqealar fonida ro‘y bergan[1]. XULOSA “Xotiralar”da To‘g‘an o‘zining Rossiya Davlat Dumasidagi faoliyatini, u yerda Turkiston masalalarini qanday ko‘targanini va bu masalalarda Mustafo Cho‘qay bilan qanday hamkorlik qilganini bayon qiladi. Bu ham To‘g‘anning siyosiy pozitsiyasini mustahkamlashda 1916-yilgi qo‘zg‘olon voqealari asosiy tayanch bo‘lganini ko‘rsatadi. Uning fikricha, bu voqealar Turkistonda federal va teng huquqli tuzum zarurligini fosh qilgan. To‘g‘an uchun bu qo‘zg‘olon Turkiy dunyo xalqlarining o‘z taqdirini o‘zi belgilashga bo‘lgan intilishi sifatida qadrlangan. U o‘z kitobida 1916 yil voqealarini “xalq noroziligining turg‘un va tabiiy oqimi” sifatida talqin qilgan. Uning nazarida, bu norozilik harakati sharq xalqlari siyosiy o‘zlikni anglash jarayonining ajralmas qismiga aylangan.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar4 ta adabiyot
- Abduqahorov, A. (2025). Turkistonda Ijtimoiy Adolatsizlik Va Milliy Ozodlik Harakatlarining Boshlanishi (Xix Asr Oxiri – Xx Asr Boshlari). In Central Asian Journal Of Academic Research (Vol. 3, Number 5, Pp. 111–113).
- Abduqahorov Anvarjon Alijon Ugli. (2025). Resistance To Colonial Policy: The 1916 Turkestan Uprising Based On New Research. Journal Of Applied Science And Social Science, 15(06), 230–
- “Central Asian Revolt Of 1916.” Wikipedia, The Free Encyclopedia. Https://En.Wikipedia.Org/Wiki/Central_Asian_Revolt_Of_1916
- “Togan, Ahmad Zaki Validi.” Memoirs: National Existence And Cultural Struggles Of Turkistan And Other Muslim Eastern Turks. Leiden: Brill, 1993.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-013047
- Nashr sanasi
- 2025-08-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 4
- Son
- 7
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v4i7.1723
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 24–27
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06