Nashrlar
Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.
4 311 natija
Barchasi
4 311 natijaTartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
“O‘ZBEKISTONDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI NATIJALARI: EGALISK QILISH IMKONI, RATSION SIFATI VA OZIQ-OVQAT MAHSULOT XAVFSIZLIGI”
PRIMOV Abdulla, KADIRKHANOV Bekhzod · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Ushbu tezis O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi natijalarini — hususan, oziq-ovqatga ega bo‘lish imkonini, ratsion sifatini va oziq-ovqat mahsulot xavfsizligi tizimini — rasmiy statistika, xalqaro hisobotlar hamda siyosiy hujjatlardan olingan ikkilamchi ma‘lumotlar asosida baholaydi. Tahlil uy xo‘jaliklari daromadlari va fermer xo‘jaliklari tuzilmasini oziq-ovqatning mavjudligi va hamyonbopligi bilan bog‘laydi, shuningdek oziq-ovqat mahsulot xavfsizligi boshqaruvi va qiymat zanjiri quvvatlari iste‘molchi xatarlariga qanday ta‘sir qilishini ko‘rib chiqadi. Dalillar ochlikni kamayganligini hamda Global Food Security Index (GFSI)dagi o‘rinning yaxshilanganini ko‘rsatadi. Biroq qishloq hududlarida mikroozuqalar yetishmovchiligi, daromadlarning beqarorligi, ayrim tovarlar va resurslar bo‘yicha importga bog‘liqlik, shuningdek saqlash va qayta ishlash infratuzilmasining cheklanganligi oziq-ovqat mahsulotlariga bardavom ega bo‘lish imkonini susaytirishda davom etmoqda. Tezis profilaktik oziq-ovqat mahsulot xavfsizligi salohiyati va inspeksiya bo‘yicha yo‘riqnomalardagi bo‘shliqlarni, maqsadli ovqatlanish choralarini kuchaytirish, oziq-ovqat mahsulot xavfsizligi boshqaruvini mustahkamlasi, sovutkichli omborlar, qayta ishlash va logistika infratuzilmasiga investitsiyalarni oshirish zarurligini ta‘kidlaydi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
SABZAVOT EKINLARI SIRFID PASHSHALARI (SYRPHIDAE) VA ULARNING BIOLOGIK AHAMIYATI
Sattorova Dilafroz Alisherovna · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Sabzavot ekinlari agrosenozlarida zararkunandalar populyatsiyasini tabiiy ravishda boshqaruvchi entomofag hasharotlar nihotayda ko‘p. Entomofag hasharotlarning eng samarali guruhlaridan biri sirfid pashshalardir. Sirfid pashshalar (Syrphidae) sabzavot ekinlari agrosenozlarining eng muhim tarkibiy qismi bo‘lib, lichinkalik davrida sabzavot ekinlari zararkunandalarini, ayniqsa shira bitlarini yeb foyda keltiradi. Samarqand tumani karam hamda bodring agrosenozlarida lichinkalari yirtqich hayot tarziga ega bo‘lgan sirfid pashshalarning Sphaerophoria, Eupeodes, Episyrphus, Ischiodon, Melanostoma, Paragus avlodlariga mansub 9 ta turi va lichinkalari fitofag usulda oziqlanadigan Eumerus avlodining 1 ta turi aniqlandi. Sphaerophoria avlodi vakillari (Sphaerophoria rueppeli, S. scripta) tadqiqot maydonlarida dominant turlar sifatida qayd qilindi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QABAQShA (Cucumus Pepo L.) SABZAVOTÍNÍŃ XALÍQ XOJALÍǴÍNDAǴÍ HÁM INSAN SALAMATLÍǴÍ UShÍN ÁHMIYETI.
Kushmuratova is the daughter of Nursaya Akhmetali, Abdigapbarov Azamat Saymbetovich. · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Maqalada qabaqsha (Cucurbita pepo L.) miywesiniń ximiyalıq quramı, azıqlıq muǵdarı hám insan salamatlıǵı ushın shıpalı qásietleri keltirilgen. Onıń quramındaǵı vitaminler, mineral zatlar, pektin hám kletchatkanıń fiziologiyalıq áhmiyeti jarıtılǵan. Qabaqshanıń dietalıq ónim sıpatında júrek-qan tamır, as sińiriw, búyrek hám bawır keselliklerinde qollanılıwı ilimiy tiykarlanǵan. Sonday-aq, onı Ózbekstan sharayatında jetistiriw hám xalıqtıń azıq-awqat racionındaǵı áhmieti kórsetip berilgen.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
PALIZ EGINLERI BIOCENOZINDA USHIRASATUǴIN TIYKARǴI EKI QANATLILAR TOPARI WÁKILLERINE QARSI XIMIYALIQ PREPARATLARDIŃ BIOLOGIYALIQ PAYDALILIǴI
Shamuratov Kuralbai Turdibaevich, Smetov Murat Inyatovich., Utemuratov Khojabai Khudaibergenovich · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Palız eginleri biocenozinde eki qanatlılar (Diptera) otryadına tiyisli ziyankes jánlikler keń tarqalgan bolıp, olar ósimliklerdiń ósiwi hám ónimdarlıǵına unamsız tásir kórsetedi. Bul izertlewde palız eginlerinde ushırasatuǵın tiykarǵı eki qanatlılar toparınıń wákillerine qarsı qollanılatuǵın ximiyalıq preparatlardıń biologiyalıq nátiyjeliligi úyrenildi. Nátiyjelerge bola, qollanılǵan insekticidler zıyankes populyaciyasın azaytıp, ósimliklerdiń zıyanlanıw dárejesin tómenletiwi hám ónimdarlıqtı arttırıwǵa unamlı tásir kórsetiwi anıqlandı.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
G‘O‘ZANI TOMCHILATIB SUG‘ORISH USULIDA SUG‘ORILGAN MAYDONLARDA UCHRAYDIGAN BEGONA O‘TLARGA QARSHI KURASH CHORALARINING PAXTA TOLASINING SIFAT KO‘RSATKICHLARIGA TA‘SIRI
F. M. Khasanova, O. Yu. Ulashova · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Maqolada Toshkent viloyati tipik bo‘z tuproqlar sharoitida g‘o‘zada tomchilatib sug‘orishda begona o‘tlarga qarshi kurash choralarida paxta tolasining sifat ko‘rsatkichlariga ta‘siri ta‘siri keltirilgan. Olib borilgan ilmiy izlanishlar, qo‘llanilgan gerbitsidlar va oq va qora polietilen plyonkani paxta tolasining sifat ko‘rsatkichlariga salbiy ta‘siri kuzatilmadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QARAQALPAQSTANDA GEWREK (FERULA) DÁRILIK ÓSIMLIGINIŃ ZIYANKESLERI
Bekbergenova Zakhira Omirbekovna, Beknazarova is the daughter of Perizat Berdakh, Atayeva Gulrukh Berdibay qizi · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Maqalada Qaraqalpaqstan Respublikasında tábiyiy halda ósetuǵın gewrek (Ferula) dárilik ósimliginiń zıyankesleriniń túr quramı boyınsha maǵlıwmatlar berilgen. Izertlewlerimiz nátiyjesinde: 8 otryadqa tiyisli 29 túr dizimge alındı: Tuwri qanatlılar (Orthoptera) otryadı - 1, Tripsler (Thysanoptera) otryadı - 1, Teń qanatlılar (Homoptera) otryadı - 5, Yarım qattı qanatlılar yamasa qandalalar (Heteroptera) otryadı - 6, Qattı qanatlılar yamasa qońızlar (Coleoptera) otryadı - 13, Eki qanatlılar (Diptera) otryadı - 1, Teri qanatlılar yamasa qulaq qagıshlar (Dermaptera) otryadı - 1, Qalqan qanatlılar yamasa gúbelekler (Lepidoptera) otryadı -1 túr dizimge alındı.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
SHO‘RLANGAN TUPROQLAR SHAROITIDA YANGI MELIORANTLARNING JO‘XORI (SORGHUM) FIZIOLOGIK KO‘RSATKICHLARIGA TA‘SIRI
Sagidullayev Amudulla Nurullayevich, Utambetov Duysenbay Usnatdinovich, Sadiqov Yesbosin Polatovich, Kurbaniyazov Rashid Kalbayevich, Nurullayev Fayzulla Amudullaevich, Polatov is the son of Nursultan Yesbosin · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Maqolada Qoraqalpog‘istonning sho‘rlangan o‘tloqi-allyuvial tuproqlari sharoitida yangi meliorantlarning jo‘xori o‘simligining fiziologik rivojlanishiga ta‘siri o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, Fosfogips va Fosforit uni (200 kg/ga) kombinatsiyasini qo‘llash fenologik fazalar o‘tishini 2-4 kunga tezlashtiradi, barg yuzasi indeksini 4,8 m²/m² gacha kengaytiradi va sof fotosintez mahsuldorligini sutkasiga 4,7 g/m² gacha oshiradi. Ushbu fiziologik ko‘rsatkichlarning yaxshilanishi hisobiga hosildorlik nazoratga nisbatan 27,5 s/ga ga ortib, 63,7 s/ga ni tashkil etdi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
SIRKA DARAXTINING TABIATDAGI SIRLI DUNYOSI
Naurizbaeva Guldana Pakhratdinovna, Atamuratova is the daughter of Khurliman Rustem, Baltaniyazov Zhaksybay Sarsenbaevich · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Ushbu maqolada Totim (Rhus) avlodiga mansub o‘simliklarning morfologik, biologik va xo‘jalik ahamiyatiga oid ma‘lumotlar yoritilgan. Xususan, Totimning o‘ziga xos tashqi tuzilishi, uning ikki uyli o‘simlik sifatidagi gullash xususiyatlari, meva va barglarning mavsumiy o‘zgarishi atroflicha tahlil qilingan. Maqolada shuningdek, tarixiy manbalarga tayanib, Rhus coriaria (oshlovchi totim) turining terini oshlash va bo‘yash sanoatidagi o‘rni, uning “sirka daraxti” deb nomlanishi sabablari hamda zamonaviy botanikadagi ahamiyati ochib berilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QAYRAG‘OCHNING XALQ XO‘JALIGI VA ETNOMADANIYATIDAGI O‘RNI
Atamuratova is the daughter of Khurliman Rustem, Naurizbaeva Guldana Pakhratdinovna, Baltaniyazov Zhaksybay Sarsenbaevich · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Mazkur maqolada qayrag‘och (Ulmus) daraxtining biologik xususiyatlari, uning tabiat va inson hayotidagi o‘rni, shuningdek, etnomadaniyatdagi ahamiyati keng yoritilgan. Muallif qayrag‘ochning morfologik tuzilishi, uning qurg‘oqchilikka chidamliligi va shahar ekologiyasidagi tutgan o‘rnini ilmiy nuqtai nazardan tahlil qiladi. Shu bilan birga, daraxt yog‘ochining mustahkamlik xususiyatlari, uning qadimgi mehnat qurollari (xususan, omochlar) va mebelsozlikdagi qo‘llanilishi tarixiy manbalar asosida ko‘rib chiqiladi. Maqolada qayrag‘och bilan bog‘liq xalq afsonalari va uning madaniy meros sifatidagi qiymati ham alohida ta‘kidlanadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
TAKRORIY EKIN YETISHTIRISHDA TUPROQQA HAR XIL USULDA ISHLOV BERISH HAMDA EKISH USULLARINING TUPROQNING SUV O‘TKAZUVCHANLIGI VA HOSILDORLIGIGA TA‘SIRI
Karabaev Ikromjon Turaevich, Dauletnazarova Zamira Nazarovna, Sultanov Umbetali Tazabayevich · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Ushbu maqolada Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlar sharoitida kuzgi bug‘doydan so‘ng tuproqqa ishlov berishning 3 xil usuli (an‘anaviy, Mini till, No till) qo‘llanilib, takroriy ekin sifatida marjumak va rijik ekinlari yetishtirilganida tuproqning suv o‘tkazuvchanligiga va hosildorligiga ta‘siri bayon etilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
G‘O‘ZANING ISTIQBOLLI S-6580 NAVINI UNIB CHIQISHI HAMDA HOSILDORLIGI
Karabaev Ikromjon Turaevich, Nishonova Bahora Nishonovna · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Maqolada g‘o‘zaning S-6580 navini 80-90; 110-120 ming tup/ga ko‘chat qalinliklarida, mineral o‘g‘itlarning uch xil oziqlantirish me‘yorlari hamda sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 65-70-60; 70-75-65% me‘yorlar negizida parvarishlashni g‘o‘zaning unib chiqishi, hamda paxta hosildorligiga ta‘siri bayon etilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
SANOATBOP UZUM NAVLARINING OIDIUM (UN-SHUDRING) KASALLIGINING BIOEKOLOGIYASI
Nizamiddinov Kamoliddin · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Ushbu maqolada sanoatbop uzum navlarida oidium (un-shudring) kasalligi belgilari haqida ma‘lumotlar berilgan. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi Erysiphe necator bo‘lib, u tokning barcha yer ustki a‘zolarini zararlaydi. Tadqiqotlarda kasallikning ilk belgilari, infektsiya manbalari hamda novda, barg va mevalardagi simptomlari atroflicha o‘rganilgan. Shuningdek, patogenning mitseliy, konidiya va kleystotetsiy hosil qilishi, qishlab qolish xususiyatlari yoritilgan. Olingan natijalar sanoatbop uzum navlarini himoya qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
SURXONDARYO VILOYATI OCH TUSLI BO‘Z TUPROQLARI SHAROITIDA GERBITSIDLARNING MOSH VA LOVIYA HOSILDORLIGIGA TA‘SIRI
Sattorov Shokimardon Khushmamatovich, Khalikov Bakhodir Meylikovich · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Maqolada Surxondaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida mosh ekini begona o‘tlariga qarshi ekish bilan birga Shansgard gerbitsidi 4,0 l/ga, o‘suv davrida Fyuzilad forte gerbitsidi 1,5 l/ga me‘yorda, loviya ekini uchun ekish bilan birga Stomp gerbitsidi 4,0 l/ga, o‘suv darida Zellek super gerbitsidi 1,0 l/ga me‘yorda qo‘llanilganda mosh va loviyaning hosildorligi yuqori bo‘lganligi to‘g‘risida ma‘lumotlar berilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
MIYWE AǴASHLARI ZIYANKESLERINIŃ RAWAJLANIW BIOEKOLOGIYASI, ZIYANLILIǴI TIYKARINDAǴI QARSI GÚRES ILAJLARI
Tóreniyazov Tilewmurat Elmuratovich · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Moqalada Qoraqalpogiston sharoiti meva boǵlarida ushraydigan zararkunandalar turlarini aniqlash va biocenoz rivojlanish bioekologiyasi, keltiradigan zarar mezonini belgilash boyicha olib baralyatirgan ilmiy tadqiqotlar natijalari kiritilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QORAQALPOG‘ISTON AGROBIOTSENOZLARIDA QISHLOQ XO‘JALIK EKINLARI ZARARKUNANDALARIGA EKOLOGIK OMILLAR O‘ZGARISHINING TA‘SIRINI ANIQLASH
Toreniyazov Elmurat Sherniyazovich · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Maqolada Qoraqalpog‘iston agrobiotsenozida ekilayotgan qishloq xo‘jalik ekinlari turlarida tarqalgan zararkunandalarning rivojlanish bioekologiyasiga ekologik omillar ta‘sirini aniqlash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari keltirilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QISHLOQ XO‘JALIK EKINLARI ZARARKUNANDALARINING QISHLASHGA KETISH, CHIQISH VA QISHLASH DAVRIDAGI ABIOTIK TA‘SIRLARNING AHAMIYATI
Toreniyazov Elmurat Sherniyazovich, Zhandauletov Abatbay, Shamuratov Kural Turdybaevich, Zhumamuratova Dilbar · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Moqalada Qoraqalpog‘iston sharoitida sungi yillari vujudtga kelgan ekologik omillar o‘zgarishining zararkunandalar turlari qishlab chiqishidagi ijabiy ta‘sirlarini aniqlash bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar natijalari keltirilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ARTISHOK (Cynara scolymus L.) SABZAVOTÍNÍŃ XALÍQ XOJALÍǴÍNDAǴÍ HÁM INSAN SALAMATLÍǴÍ UShÍN ÁHMIYETI.
Turdybaeva Gulsanem Jumamuratovna, Abdigapbarov Azamat Saymbetovich. · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Maqalada Artishok (Cynara scolymus L.) ósimliginiń biologiyalıq aktiv elementleri, farmakologiyalıq qásiyetleri hám onıń insan salamatlıǵına tásiri haqqında sóz etiledi. Artishok quramındaǵı inulin, cinarin, fenol birikpeler hám flavonoidlar bawır xızmetin jaqsılaw, lipid hám uglevod almasıwın normallastırıw hámde antioksidant qorǵanıwdı kúsheytiwde áhmiyetke iye ekenligi ilimiy derekler tiykarında jarıtılǵan. Izertlew nátiyjeleri artishoktı funkcional azıq-awqat hám fitoterapiyalıq qural retinde qollanıw perspektivalı ekenligin kórsetedi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
KARTOSHKANING ALTERNARIOZ KASALLIGIGA QARSHI KIMYOVIY VA BIOLOGIK VOSITALARNING TA‘SIRI (kichik dala sharoitida)
Yuldashova Zebo Zukhrobovna · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Hozirgi vaqtda alternarioz kasalligi tufayli kartoshka ekini hosilining o‘rtacha yo‘qotilishi yiliga 5% ni tashkil qiladi. Ba‘zi yillarda kasallangan o‘simliklar miqdori 100% ga yetadi va hosildorlik 5 dan 78% gacha kamayadi (Алдиба А. Ш., Еськов И. Д., Мельников А. В., 2019.). Ushbu maqolada alternariozga qarshi, kimyoviy va biologik vositalarning kichik dala sharoitida ta‘sirini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari keltirildi. Kimyoviy preparatlardan Gidromil granula 68% s.d.g. va Ridomil Gold MS 68% s.d.g. preparatlari alternariozning rivojlanishiga sezilarli darajada ta‘sir etishi aniqlandi. Biologik preparatlardan esa Orgamika S, s. preparati bilan 2,0 l/ga hamda Serenada Aso sus.k. preparati bilan 7,0 l/ga sarf-meyorda qo‘llanilganda alternariozning rivojlanishi sezilarli darajada kamayganligi aniqlandi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
SABZAVOT (SHIRIN) MAKKAJO‘XORINI O‘SISHI, RIVOJLANISHIGA EKISH MUDDATLARI VA MINEARAL O‘G‘ITLAR ME‘YORLARINI TA‘SIRI
Rizayev Shukhrat Khudoyberdievich, Yuldasheva Hilola Bazarovna · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Ilmiy maqolada Samarqand viloyatining o‘tloqi-bo‘z tuproqlari sharoitida sabzavot makkajo‘xorini rivojlanish davrlari davomiyligi, o‘simlik bo‘yining shakllanishiga ekish muddatlari va mineral o‘g‘itlar me‘yorlarining samaradorligi bo‘yicha tadqiqotlar natijalari bayon etilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QORAQALPOG‘ISTONDA SUV TANQISLIGI SHAROITIDA JO‘XORINING QURG‘OQCHILIK VA SHO‘RGA CHIDAMLI «AZAMAT» NAVINING AGROTEXNOLOGIYASI
Turdishev Bekmurat Khojamuratovich, Reimov Nietbay Baynazarovich, Rizayev Shukhrat Khudaiberdievich · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Ilmiy maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuzatilayotgan suv tanqisligi, tuproq sho‘rlanishi hamda global iqlim o‘zgarishi sharoitiga moslashgan jo‘xorining ko‘p yillik «Azamat» navini yetishtirish agrotexnologiyasi bo‘yicha ma‘lumotlar keltirilgan.