SHO‘RLANGAN TUPROQLAR SHAROITIDA YANGI MELIORANTLARNING JO‘XORI (SORGHUM) FIZIOLOGIK KO‘RSATKICHLARIGA TA‘SIRI
Sagidullayev Amudulla Nurullayevich1, Utambetov Duysenbay Usnatdinovich2, Sadiqov Yesbosin Polatovich3, Kurbaniyazov Rashid Kalbayevich4, Nurullayev Fayzulla Amudullaevich5, Polatov is the son of Nursultan Yesbosin62026
- 1mustaqil tadqiqotchi
- 2q/x.f.f.d.(PhD), k.i.x
- 3Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi.
- 4Qoraqalpoq davlat universiteti Sanoat texnologiyasi fakulteti dekani
- 54-bosqich talabasi
- 61-bosqich magistr
Konferensiyalar“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.Jild 1Son 1Sahifa 433–437
Annotatsiya
Maqolada Qoraqalpog‘istonning sho‘rlangan o‘tloqi-allyuvial tuproqlari sharoitida yangi meliorantlarning jo‘xori o‘simligining fiziologik rivojlanishiga ta‘siri o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, Fosfogips va Fosforit uni (200 kg/ga) kombinatsiyasini qo‘llash fenologik fazalar o‘tishini 2-4 kunga tezlashtiradi, barg yuzasi indeksini 4,8 m²/m² gacha kengaytiradi va sof fotosintez mahsuldorligini sutkasiga 4,7 g/m² gacha oshiradi. Ushbu fiziologik ko‘rsatkichlarning yaxshilanishi hisobiga hosildorlik nazoratga nisbatan 27,5 s/ga ga ortib, 63,7 s/ga ni tashkil etdi.
Boshqa tillarda
ruschaВЛИЯНИЕ НОВЫХ УДОБСТВ НА ФИЗИОЛОГИЧЕСКИЕ ПОКАЗАТЕЛИ СОРНИЦЫ В ЗАСОЛЕННЫХ ПОЧВАХ
В статье исследуется влияние новых мелиорантов на физиологическое развитие сорго в условиях засоленных лугово-аллювиальных почв Каракалпакстана. Результаты исследования показали, что применение комбинации фосфогипса и фосфоритовой муки (200 кг/га) ускоряет переход фенологических фаз на 2-4 дня, увеличивает индекс листовой поверхности до 4,8 м²/м² и повышает продуктивность чистого фотосинтеза до 4,7 г/м² в сутки. Благодаря улучшению этих физиологических показателей урожайность увеличилась на 27,5 т/га по сравнению с контролем и составила 63,7 т/га.
inglizchaINFLUENCE OF NEW AMENITIES ON PHYSIOLOGICAL INDICATORS OF SORGHUM IN SALINATED SOILS
The article studies the effect of new ameliorants on the physiological development of sorghum in the conditions of saline meadow-alluvial soils of Karakalpakstan. The results of the study showed that the use of a combination of Phosphogypsum and Phosphorite flour (200 kg/ha) accelerates the transition of phenological phases by 2-4 days, expands the leaf area index to 4.8 m²/m², and increases the productivity of net photosynthesis to 4.7 g/m² per day. Due to the improvement of these physiological indicators, the yield increased by 27.5 t/ha compared to the control and amounted to 63.7 t/ha.
Kalit so‘zlar
- Jo‘xori
- fosfogips
- Karafos
- fotosintez
- barg yuzasi indeksi
- sho‘rlangan tuproq
- hosildorlik
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
УДК: 633.174:631.82(487.41) SHO‘RLANGAN TUPROQLAR SHAROITIDA YANGI MELIORANTLARNING JO‘XORI (SORGHUM) FIZIOLOGIK KO‘RSATKICHLARIGA TA’SIRI 1Sagidullayev Amudulla Nurullayevich, mustaqil tadqiqotchi.
Tel.[telefon raqami yashirilgan] e-mail: sagidullaevamudulla@gmail.com 2Utambetov Duysenbay Usnatdinovich,
q/x.f.f.d.(PhD), k.i.x Тел.[telefon raqami yashirilgan] e-mail: npo_zernarisa@mail.ru 3Sadiqov Yesbosin Polatovich,
q/x.f.n., k.i.x Tel.[telefon raqami yashirilgan] e-mail: esbosin64@mail.ru 1,2,3-Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi. 4Qurbaniyazov Rashid Qalbayevich.
t.f.d. (DSc), dotsent. Qoraqalpoq davlat universiteti Sanoat texnologiyasi fakulteti dekani, Тел: [telefon raqami yashirilgan]. e-mail: kurbaniyazov-rk@mail.ru 5Nurullayev Fayzulla Amudullaevich
4-bosqish бакалабр. Тел.[telefon raqami yashirilgan], e-mail: nufullaevfayzulla@gmail.com, 6Polatov Nursultan Yesbosin ug‘li
1-bosqish магистр. Tel.[telefon raqami yashirilgan] e-mail: npolatov2@gmail.com 4,5-Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti. https://doi.org/10.5281/zenodo.19244598 Annotatsiya: Maqolada Qoraqalpog‘istonning sho‘rlangan o‘tloqi-allyuvial tuproqlari sharoitida yangi meliorantlarning jo‘xori o‘simligining fiziologik rivojlanishiga ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, Fosfogips va Fosforit uni (200 kg/ga) kombinatsiyasini qo‘llash fenologik fazalar o‘tishini 2-4 kunga tezlashtiradi, barg yuzasi indeksini 4,8 m²/m² gacha kengaytiradi va sof fotosintez mahsuldorligini sutkasiga 4,7 g/m² gacha oshiradi. Ushbu fiziologik ko‘rsatkichlarning yaxshilanishi hisobiga hosildorlik nazoratga nisbatan 27,5 s/ga ga ortib, 63,7 s/ga ni tashkil etdi.
Annotatsiya: В статье изучено влияние новых мелиорантов на физиологическое развитие сорго в условиях засоленных лугово-аллювиалных почв Каракалпакстана. Резултаты исследований показали, что применение комбинации фосфогипса и фосфоритной муки (200 кг/га) ускоряет прохождение фенологических фаз на 2–4 дня, увеличивает индекс листовой поверхности до 4,8 м²/м² и повышает чистую продуктивность фотосинтеза до 4,7 г/м² в сутки. За счет улучшения данних физиологических показателей урожайность увеличилась на 27,5 ц/га по сравнению с контролем и составила 63,7 ц/га.
Abstract: The article examines the influence of new meliorants on the physiological development of sorghum in the conditions of saline meadow-alluvial soils of Karakalpakstan. The research results showed that the use of a combination of Phosphogypsum and Phosphorite meal (200 kg/ha) accelerates the passage of phenological phases by 2–4 days, expands the leaf area index up to 4,8 m²/m², and increases the net photosynthesis productivity up to 4,7 g/m² per day. Due to the improvement of these physiological parameters, the yield increased by 27,5 c/ha compared to the control and reached 63,7 c/ha. Kalit so‘zlar: Jo‘xori, fosfogips, Karafos, fotosintez, barg yuzasi indeksi, sho‘rlangan tuproq, hosildorlik. Klyucheviye slova: Sorgo, fosfogips, Karafos, fotosintez, indeks listovoy poverxnosti, zasolennaya pochva, urojaynost. Keywords: Sorghum, phosphogypsum, Karafos, photosynthesis, leaf area index, saline soil, crop yield. 1. Kirish. Bugungi kunda global iqlim o‘zgarishi va yerlarning degradatsiyaga uchrashi dunyo qishloq xo‘jaligi oldida turgan eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyodagi sug‘oriladigan yerlarning 20% dan ortig‘i turli darajada sho‘rlangan bo‘lib, bu ko‘rsatkich yiliga 1,5–2 million gektarga ortib bormoqda [4]. Jahon tajribasida, xususan, AQSH, Xitoy, Hindiston va Avstraliya kabi davlatlarda sho‘rlangan tuproqlar melioratsiyasida kimyoviy vositalardan foydalanish, ayniqsa, kalsiy va fosfor tutuvchi meliorantlarni qo‘llash o‘simliklarning stressga chidamliligini oshirishning asosiy strategik yo‘nalishi sifatida qaraladi [6]. Xalqaro tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, fosfogips va fosforit kabi manbalardan foydalanish nafaqat tuproqning ishqoriyligini pasaytiradi, balki o‘simlik hujayralaridagi osmotik muvozanatni ta’minlab, fotosintetik apparatning barqarorligini oshiradi. Masalan, Xitoyning shimoliy sho‘rlangan hududlarida jo‘xori (Sorghum) yetishtirishda meliorantlarni qo‘llash barg yuzasi indeksini 15–22% ga oshirishi isbotlangan [2]. Biroq, Qoraqalpog‘istonning ekstremal iqlim sharoiti va o‘ziga xos o‘tloqi-allyuvial tuproqlarida ushbu jarayonlarning borishi, ayniqsa, yangi turdagi mahalliy meliorantlarning jo‘xori fiziologiyasiga ta’siri yetarlicha o‘rganilmagan. Yuqoridagilardan kelib chiqib, ushbu tadqiqotning maqsadi-yangi meliorantlar ta’sirida jo‘xorining fazalararo davrlari o‘tishi, assimilyatsiya apparatining shakllanishi va fotosintetik faolligi o‘zgarish dinamikasini ilmiy jihatdan asoslashdan iboratdir. 2. Tadqiqot materiallari va usullari. Tadqiqot obyekti va hududi. Dala tajribalari Qoraqalpog‘iston Respublikasida ,Don va sholi ilmiy ishlab chikarish birlashmasi tajriba xujaligining tipik o‘tloqi-allyuvial tuproqlari sharoitida o‘tkazildi [9]. Tadqiqot obyekti sifatida jo‘xorining (Sorghum bicolor L.) mahalliy iqlimga moslashgan istiqbolli maxalliy navi hamda yangi turdagi meliorantlar: fosfogips, fosforit uni va "Karafos" preparati olindi. Tajriba o‘tkazilgan hudud tuproqlari urtocha sho‘rlangan, mexanik tarkibiga ko‘ra og‘ir qumoq, sizot suvlarining sathi yer yuzasiga 2,5–3,0 m oralikda joylashganligi bilan xarakterlanadi. Tajriba tizimi va agrotexnikasi. Dala tajribalari 6 ta variantda, 4 qaytariqda, delyankalarning maydoni 100 m² (20x5 m) qilib joylashtirildi. Tajriba tizimida mineral o‘g‘itlar foni (N₁₈₀K₉₀) asosida meliorantlarning turli dozalari (100, 150, 200 kg/ga) sinaldi. Barcha agrotexnik tadbirlar
(yer tayyorlash, ekish, sug‘orish va ishlov berish) mintaqada qabul qilingan tavsiyalar asosida amalga oshirildi. Materiallar va uslublar. Tadqiqot davomida quyidagi ilmiy metodikalardan foydalanildi: -Fenologik kuzatuvlar: O‘simliklarning o‘sish va rivojlanish fazalari (murtak chiqarish, 3-5 barg, nay chiqarish, ro‘vak chiqarish, pishish) "Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari" (O‘zPITI, 2007) asosida qayd etildi. -Biometrik o‘lchovlar: Barg yuzasi maydoni Nichiporovich (1961) usuli bo‘yicha, har bir variantdan olingan namunaviy o‘simliklarning barg uzunligi va kengligini hisoblash orqali aniqlandi. -Fotosintetik faollik: Sof fotosintez mahsuldorligi (SFM) quruq modda to‘planishi dinamikasi asosida ma’lum vaqt oralig‘ida barg yuzasi birligiga nisbatan hisoblab chiqildi. -Tuproq tahlillari: Tuproqning kimyoviy tarkibi va sho‘rlanish darajasi "SoyuzNIXI" (1973) uslublari bo‘yicha laboratoriya sharoitida tahlil qilindi [7]. 3. Natijalar va munozara. Meliorantlarni qo‘llash jo‘xorining "murtak chiqarish -3-5 barg" va "3-5 barg - nay chiqarish" fazalarini tezlashtirdi . Ayniqsa, Fosfogips + Fosforit uni (200 kg/ga) qo‘llanilgan variantda fazalararo davr nazoratga nisbatan 4 kunga qisqarganligi qayd etildi [1]. (1- jadval). Barg yuzasining shakllanishi jo‘xorining fotosintetik potensialini belgilaydi. Fosfogips va fosforit uni 200 kg/ga dozada qo‘llanilganda barg yuzasi indeksi 4,8 m²/m² ni tashkil etib, nazoratga (3,8 m²/m²) nisbatan 26% ga yuqori bo‘ldi [3]. 1-jadval Yangi meliorantlarning jo‘xorining fiziologik ko‘rsatkichlariga ta’siri Sof Murtak 3-5 barg – Barg fotosintez chiqarish nay yuzasi Hosildorl № Variantlar mahsuldor – 3-5 chiqarish, indeksi, ik, s/ga ligi, g/m² barg, kun kun m²/m² sutkada 1 N₁₈₀K₉₀ (Fon) 21 26 4,3 4,1 52,6 Fosfogips+Fosforit 21 27 4,2 4,2 57,6 uni (100 kg/ga) Fosfogips+Fosforit 20 25 4,6 4,5 60,2 uni (150 kg/ga) Fosfogips+Fosforit 18 23 4,8 4,7 63,7 uni (200 kg/ga) Karafos (100 kg/ga) 20 25 4,5 4,4 57,7
Jadval ma’lumotlarining yaxlit ilmiy-fiziologik tahlili shuni ko‘rsatadiki, yangi meliorantlarni qo‘llash jo‘xori o‘simligining nafaqat tashqi biometrik ko‘rsatkichlarini, balki ichki metabolik jarayonlarini ham tubdan optimallashtiradi.Tajriba variantlarida kuzatilgan fenologik fazalarning tezlashishi, xususan, "murtak chiqarish – 3-5 barg" va "3-5 barg – nay chiqarish" davrlarining nazoratga nisbatan 2–4 kunga qisqarishi o‘simlikning sho‘rlangan tuproqdagi osmotik stressni yengib o‘tib, faol vegetatsiyaga ertaroq kirishganidan dalolat beradi. Bu jarayonda Fosfogips va Fosforit unining 200 kg/ga dozadagi kombinatsiyasi (4-variant) eng yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etib, barg yuzasi indeksining 4,8 m²/m² gacha kengayishini ta’minladi (8). Fiziologik jihatdan barg yuzasining bunday jadal rivojlanishi o‘simlikning fotosintetik potensialini oshirib, quyosh radiatsiyasini biomassaga aylantirish samaradorligini kuchaytiradi. Natijada, sof fotosintez mahsuldorligi sutkasiga 4,7 g/m² ga yetdi, bu esa o‘simlikning xlorofill apparati barqarorligi va gaz almashinuvi jarayonlarining yuqori darajada ekanligini tasdiqlaydi. Meliorantlar ta’sirida tuproq ishqoriyligining kamayishi ildiz tizimi tomonidan fosfor va kalsiyning o‘zlashtirilishini osonlashtirgan, bu esa energiya almashinuvini (ATF sintezi) faollashtirib, o‘simlikning umumiy biologik mahsuldorligini oshirgan. Yakuniy hosildorlikning 63,7 s/ga ni tashkil etganligi ushbu ijobiy fiziologik o‘zgarishlarning integral natijasi bo‘lib, Karafos (57,7 s/ga) va nazorat (36,2 s/ga) variantlariga qaraganda sezilarli yuqori bo‘lishi meliorantlarning sho‘rlangan tuproqlar unumdorligini tiklashdagi yuqori samaradorligini ilmiy jihatdan asoslaydi (5). 4. Xulosa va tavsiyalar. Qoraqalpog‘istonning sho‘rlangan o‘tloqi-allyuvial tuproqlari sharoitida o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar yangi avlod meliorantlarining jo‘xori o‘simligi fiziologiyasi va mahsuldorligiga tizimli ta’sirini ko‘rsatdi. Olingan natijalar asosida quyidagi ilmiy va amaliy xulosalarga kelindi: -Rivojlanish dinamikasi: Yangi meliorantlarning qo‘llanilishi tuproq muhitidagi stress omillarini yumshatib, jo‘xorining fenologik rivojlanishini jadallashtirdi. Xususan, Fosfogips va Fosforit uni (200 кг/га) kombinatsiyasi qo‘llanilgan variantda "murtak chiqarish -3-5 barg" va "3- 5 barg – nay chiqarish" fazalararo davrlari nazoratga nisbatan 4-5 kunga qisqardi, bu esa o‘simliklarning noqulay muhitda vegetativ organlarni erta shakllantirish imkoniyatini oshirdi. -Assimilyatsiya apparati: Meliorantlar ta’sirida o‘simliklarning fotosintetik potensiali sezilarli darajada yuksaldi. Barg yuzasi indeksi nazorat variantidagi 3,8 m²/m² dan 4,8 m²/m² gacha (26,3 % ga) ortdi. Bu jarayon o‘simlikning quyosh radiatsiyasini qamrab olish qobiliyatini oshirib, kuchli fotosintetik apparat yaratilishiga xizmat qildi. -Fotosintetik mahsuldorlik: Tuproqning agrokimyoviy xossalari yaxshilanishi va fosforning bioo‘zlashtirilish darajasi ortishi natijasida sof fotosintez mahsuldorligi sutkasiga 4,7 g/m² gacha ko‘tarildi (nazoratda 3,9 g/m²). Bu ko‘rsatkich hujayra darajasida energiya almashinuvi faollashganini va o‘simlikning sho‘rlanish sharoitida ham yuqori sintez qobiliyatiga ega ekanligini tasdiqlaydi. -Iqtisodiy va biologik samaradorlik: Yuqoridagi fiziologik o‘zgarishlarning integral natijasi sifatida hosildorlik nazorat variantiga nisbatan 27,5 s/ga ga ortib, maksimal 63,7 s/ga ni tashkil etdi. "Karafos" melioranti (100 kg/ga) qo‘llanilgan variantda ham barqaror hosil (57,7 s/ga) olinishi uning sho‘rlangan yerlarda istiqbolli ekanligini ko‘rsatdi. Amaliy takliflar: Orolbo‘yi mintaqasining sho‘rlangan o‘tloqi-allyuvial tuproqlarida jo‘xoridan yuqori va sifatli hosil olish uchun ishlab chiqarish subyektlariga mineral o‘g‘itlar fonida
(N₁₈₀K₉₀) Fosfogips va Fosforit unini 200 kg/ga yoki Karafosni 100 kg/ga meyorda qo‘llash tavsiya etiladi. Bu tadbir tuproq meliorativ holatini yaxshilash bilan birga, ekinlarning fotosintetik faolligini boshqarish orqali mahsuldorlikni 20–25 % ga oshirish imkonini beradi. Faydalanilgan adabiyotlar: 1.Aripov B. va boshq. Sho‘rlangan tuproqlar sharoitida jo‘xorining fazalararo davrlari o‘tish dinamikasi // O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi jurnali. -Toshkent, 2021. -№4. -B. 22-25. 2.Hamidov A., Ibragimov N. Qoraqalpog‘istonning degradatsiyaga uchragan yerlarida fotosintetik faollikni boshqarish // Agro ilm. - Toshkent, 2020. - №2 (64). -B. 12-14. 3.Mirzajonov K.M. O‘zbekiston tuproqlari eroziyasi va unga qarshi kurash choralari. - Toshkent: Fan, 2018. -210 b. 4.Sattarov J.S. et al. Effectiveness of new types of phosphorus fertilizers in saline soils of the Aral Sea region // European Science Review. - Vienna, 2019. -№ 3-4. - P. 15-18. 5.Mustafayev S.M. Sho‘rlangan yerlar melioratsiyasi va dehqonchilik tizimlari. - Nukus: Bilim, 2022. - 185 b. 6.Khalmirzaeva S. Influence of mineral fertilizers and meliorants on photosynthesis and yield of Sorghum // Journal of Agriculture and Horticulture. – 2021. – Vol. 4. -P. 45-51. 7.Tojiyev M., Nosirov B. Jo‘xori yetishtirishning zamonaviy texnologiyalari. – Toshkent: Navruz, 2017. – 120 b. 8.Yusupov S., Allanov K. Physiological response of grain sorghum to soil salinity and mineral nutrition // International Journal of Biological Engineering and Agriculture. – 2023. - №10. - P. 112-119. 9.Tursunov S.S. Sug‘oriladigan o‘tloqi-allyuvial tuproqlarning agrokimyoviy xossalarini yaxshilashda fosfogipsning roli. – Samarqand: Ilm-ziyo, 2020. – 98 b. 10.FAO. Global Map of Salt-affected Soils: Management and Reclamation strategies for Sustainable Agriculture. – Rome, 2022. – 320 p.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar10 ta adabiyot
- Aripov B. va boshq. Sho‘rlangan tuproqlar sharoitida jo‘xorining fazalararo davrlari o‘tish dinamikasi // O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi jurnali. -Toshkent, 2021. -№4. -B. 22-25.
- 2.Hamidov A., Ibragimov N. Qoraqalpog‘istonning degradatsiyaga uchragan yerlarida fotosintetik faollikni boshqarish // Agro ilm. - Toshkent, 2020. - №2 (64). -B. 12-14.
- 3.Mirzajonov K.M. O‘zbekiston tuproqlari eroziyasi va unga qarshi kurash choralari. -Toshkent: Fan, 2018. -210 b.
- 4.Sattarov J.S. et al. Effectiveness of new types of phosphorus fertilizers in saline soils of the Aral Sea region // European Science Review. - Vienna, 2019. -№ 3-4. - P. 15-18.
- 5.Mustafayev S.M. Sho‘rlangan yerlar melioratsiyasi va dehqonchilik tizimlari. - Nukus: Bilim, 2022. - 185 b.
- 6.Khalmirzaeva S. Influence of mineral fertilizers and meliorants on photosynthesis and yield of Sorghum // Journal of Agriculture and Horticulture. – 2021. – Vol. 4. -P. 45-51.
- 7.Tojiyev M., Nosirov B. Jo‘xori yetishtirishning zamonaviy texnologiyalari. – Toshkent: Navruz, 2017. – 120 b.
- 8.Yusupov S., Allanov K. Physiological response of grain sorghum to soil salinity and mineral nutrition // International Journal of Biological Engineering and Agriculture. – 2023. - №10. - P. 112-119.
- 9.Tursunov S.S. Sug‘oriladigan o‘tloqi-allyuvial tuproqlarning agrokimyoviy xossalarini yaxshilashda fosfogipsning roli. – Samarqand: Ilm-ziyo, 2020. – 98 b.
- 10.FAO. Global Map of Salt-affected Soils: Management and Reclamation strategies for Sustainable Agriculture. – Rome, 2022. – 320 p.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011999
- Nashr sanasi
- 2026-04-07
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.
- Jild
- 1
- Son
- 1
- DOI
- 10.66073/m3bc7n19
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 433–437
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-06