Asosiy mazmunga o‘tish

Nashrlar

Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.

4 311 natija

Barchasi

4 311 natija

Tartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    QORAQALPOG‘ISTON SHAROITIDA QOVUNNING «ALA GURBEK» NAVINI YETISHTIRISH AGROTEXNIKASI

    Djalimbetov Musa Ayapbergenovich · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026

    Qovunning Ala gurbek navi yoz pishar navlardan bo‘lib, urug‘i unib chiqqandan so‘ng 94-105 kunda pishib yetilishadi. Yuqori hosildor, gektaridan 300-315 tsentner qovun hosili beradi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    STIMULYATORLARNI G‘O‘ZA NAVLARINING QURUQ MASSA TO‘PLASHIGA TA‘SIRI

    Abdualimov Shukhrat Khamadullaevich, Khudaykulov Takhir Rashitovich · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026

    Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida Hosildor stimulyatori chigitga va g‘o‘zaning shonalash-gullash davrlarida qo‘llanilganda nihollarning unib chiqishi tezlashib, o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishi yaxshilangan, g‘o‘zaning quruq massasi ortgan va g‘o‘zaning Andijon-37 navidan o‘rtacha uch yilda 2,6-5,5 ts/ga, g‘o‘zani Buxoro-102 navidan o‘rtacha ikki yilda 3,0-7,9 ts/ga   paxtadan qo‘shimcha paxta hosili olingan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    BAMIYA SABZAVOTINING MORFOLOGIK VA BIOLOGIK XUSUSIYATLARNI TAVSIFI

    M.M.Abdullayeva, K.O. Khudarganov · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026

    Dunyo aholisi uchun oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlashda qishloq xo‘jaligi sohasining roli va ahamiyati kun sayin ortib bormoqda. Xususan, mamlakatimizda aholini kafolatlangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta‘minlash, hosildorlikni va ularga qiziqishni yanada oshirish, shuningdek, sohaga ilmiy yutuqlar va zamonaviy yondashuvlarni joriy etish uchun mavjud resurslar va imkoniyatlardan oqilona foydalanish juda muhimdir. Umid qilamizki, ushbu maqola bamyaning morfobiologik xususiyatlari, ekish vaqti va yetishtirish texnologiyasini o‘rganish uchun zarur ma‘lumotlarni taqdim etadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI SHAROITIDA ERLARGA ISHLOV BERISHDA KOMBINASIYALASHGAN AGREGATLARNING AHAMIYATI VA ULARNING EKOLOGIK TA‘SIRI

    Smetov Murat Inyatovich, Shamuratov Kuralbai Turdibaevich, Utemuratov Khojabai Khudaibergenovich · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida erlarga ishlov berishda kombinasiyalashgan agregatlarning agrotexnik, iqtisodiy va ekologik ahamiyati tahlil qilingan. Hududning iqlim sharoiti, tuproq tarkibi va degradasiya jarayonlari hisobga olingan holda resurs tejamkor mexanizasiya texnologiyalarini qo‘llashning dolzarbligi asoslab berilgan. Kombinasiyalashgan agregatlar erga ishlov berish operasiyalarini bir vaqtning o‘zida bajarish orqali ish unumdorligini oshiradi, yoqilg‘i sarfini kamaytiradi va tuproqning tabiiy strukturasini saqlashga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, kombinasiyalashgan agregatlardan foydalanish natijasida tuproq zichlanishi 15–20 %, yoqilg‘i sarfi 25–30 %, mehnat sarfi esa 20–25 % ga kamayishiga erishiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    DALA DEHQONCHILIK MADANIYATI VA EKIN YERLARINI PASPORTLASHTIRISH

    Serimbetov T.E., Ismailov B.K., Abdikalikova S.B. · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026

    Maqolada qishloq xo‘jaligida uchraydigan muammolar, ularni bartaraf etish va hal qilish chora-tadbirlari, ekin maydonlarini pasportlashtirish, ekin maydonlariga agrotexnologik jihatdan to‘g‘ri munosabatda bo‘lish, yerlardan oqilona foydalanish hamda yerlarning uzoq muddat xizmat qilishining ilmiy asoslari yoritilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    “SHOLINI TUPROQ NAMLIGIGA EKISHDA URUG‘NING UNIB CHIQISHIGA NAMLIKNING VA HARORATNING TA‘SIRI”

    Khojambergenov Ghanibai Ametovich · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026

    Qoraqalpog‘iston Respublikasining ekstremal, suv tanqisligi bulayotgan tuproq iqlim sharoitida sholini tuproq namligiga ekib yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish natijasida suv sarfini 25-30 foizga kamaytirishga va hosildorlikni barqarorligiga erishiladi. Ushbu ekish texnologiyasini ishlab chiqarishda sholi urug‘i bahorda tuproqning tabiyiy namligiga ekilganligi sababli urug‘ning o‘nib chiqishiga tuproqdagi namlik va harorat aprel oyining uchinchi o‘n kunligida yetarli buladiganligi aniqlandi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASIDA SHOLINI TUPROQ NAMLIGIGA EKIB YETISHTIRISH USULINING SUV SARFIGA TA‘SIRI

    Khojambergenov Ghanibai Ametovich · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026

    Maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasining suv tanqisligi bo‘layotgan ekstremal tuproq iqlim sharoitida sholini tuproq namligiga ekib, 30-35 kundan so‘ng suv bostirib va vegetatsiya davrining oxirigacha vaqti-vaqti bilan sug‘orish natijasida suv sarfini 25-30 foizgacha kamaytirib, hosildorlikni barqaror saqlash imkoniyati yaratiladiganligi ma‘lum bo‘ldi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    O‘ZBEKISTON LALMIKOR MAYDONLARI TUPROQ HOLATI VA EKINLAR HOSILDORLIGI

    Khaidarov Bekmurod Dosiyarovich, Mamatkulov Ikram Shavkatovich, Shakarov Ikram Vakhobovich, Mustafaqulova O‘giloy Ismatullo‘s daughter · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026

    Maqolada lalmikor maydonlar tuproqlarning xozirgi zamon holati, tuproqning xajm og‘irligi, mexanik tarkibi, hosil bilan olib chiqib ketiladigan organik va mineral moddalar miqdori, tuproqni himoyalovchi resurstejamkor texnologiyaning samaradorligi, organik va mineral o‘g‘itlar qo‘llash chuqurligining tuproqdagi gumus miqdori va o‘zgarishining ekinlar hosildorligiga ta‘siri taxlil qilinib shu hududlarda istiqomat qiladigan aholining g‘alla, yem-xashak hamda oqsilga boy dukkakli ekinlarga bo‘lgan extiyojini to‘laroq qondirishda, ularning turmush farovonligini oshirishda, fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy sharoitini yaxshilashda muhim axamiyat bayon etilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    O‘ZBEKISTON LALMIKOR MAYDONLARIDA YETISHTIRILAYOTGAN EKINLAR HOSILDORLIGINING ATMOSFERA YOG‘IN-SOCHINLARIGA BOG‘LIQLIGI

    Khaidarov Bekmurod Dosiyarovich, Muratkashimov Alisher Sattarovich, Mustafakulova Ogiloy Ismatullo qizi, Shakarov Ikrom Vakhobovich, Dzhumaev Ziyadulla Tashtemirovich · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026

    Maqolada lalmikor maydonlardan samarali foydalanish, ko‘p yillik ob-xavo sharoitlarini taxlil qilgan holda tuproq namlanish chuqurligining lalmikor maydonlarda ekilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligiga ta‘sirini o‘rganish, dehqonchilik yuritishning ilmiy asoslangan maqbul tizimini, fermer xo‘jaliklarining yer sharoiti, tuproq va ob-havo sharoitlarini, xo‘jalik yuritish soxasini hisobga olgan holda g‘alla, toza va band shudgor almashlab ekish sxemalarini joriy etish tuproq unumdorligini oshirishga imkon yaratilishi bayon etilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    ISSIQXONA TUPROG‘I SHO‘RLANISHINING OLDINI OLISHNING AHAMIYATI.

    Mambetnazarov Yesen Biysenbaevich, Bisenbaeva Nodira Yesenin‘s daughter · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026

    Mazkur maqolada issiqxona sharoitida tuproq sho‘rlanishining kelib chiqish sabablari, uning o‘simliklar o‘sishi va hosildorlikka salbiy ta‘siri hamda oldini olishning ilmiy-amaliy ahamiyati yoritilgan. Issiqxonalarda yopiq muhit sharoitida tuzlarning tuproqning yuqori qatlamida to‘planib borishi, suv va oziqa moddalarning o‘zlashtirilishini cheklashi hamda hosil sifatini pasaytirishi tahlil qilingan. Shuningdek, sho‘rlanishni kamaytirish va oldini olish bo‘yicha samarali agrotexnik chora-tadbirlar, me‘yoriy o‘g‘itlash, sifatli sug‘orish suvidan foydalanish, drenaj tizimini yaxshilash, tuproqni yuvish hamda organik moddalardan foydalanish masalalari bayon etilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    SOYA O‘SIMLIGI HOSILDORLIGIGA MAHALLIY O‘G‘ITLAR VA EKISH MUDDATLARINING TA‘SIRI

    H.S.Samadova, S.M.Nazarova · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026

    Oziq-ovqat mahsulotlarini doimiy ravishda ishlab chiqarishda xo‘jalik xayvonlari uchun oziqa yetishtirish maqsadida oxirgi yillar soya doni ishlab chiqarishni kengaytirishni taqozo etayapti. Soyaning asosiy mahsulotlari-bu soya uni va soya moyi hisoblanadi. Maqolada soya o‘simligining ahamiyati, tarixi va yetishtirish texnologiyasi va maxalliy o‘g‘itlarni  soya o‘simligining hosildorligiga ta‘siri to‘g‘risida batafsil ma‘lumotlar keltirilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    URAL QIZILMIYASI (GLYCYRRHIZA URALENSIS FISCH) O‘SIMLIGIDA BARGLAR YUZASINING SHAKLLANISHIGA MINERAL O‘G‘ITLAR ME‘YORLARI VA BIOSTIMULYATORLAR QO‘LLASHNING TA‘SIRI

    Saparova Apuza Karimbaevna, Tajetdinov Nauruzbai Daribaevich · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026

    Maqolada ural qizilmiyasi (Glycyrrhiza uralensis Fisch) o‘simligi urug‘larini ekish oldidan po‘stlog‘i buzilib (skarifikatsiya qilinib), 36 soat mobaynida iliq suvda ivitish hamda mineral o‘g‘itlarning turli me‘yorlari fonida biostimulyatorlar bilan urug‘lariga ekish oldidan, o‘simlik hayotining birinchi, ikkinchi va uchinchi yillari shoxlanish va gullash davrlarida bargi orqali ishlov berilishi o‘simlikdagi barglar yuzasiga ta‘sir ko‘rsatishiga oid ma‘lumotlar keltirilgan. O‘simlikdagi barglar yuzasi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar mineral o‘g‘itlarning N100 P140 K80 kg/ga me‘yori qo‘llanilgan fonda Tandem stimulyatori bilan ekish oldidan urug‘larga 400 ml/t, o‘simlik hayotining birinchi, ikkinchi va uchinchi yillari shoxlanish davrida 300 ml/ga, gullash davrida 500 ml/ga me‘yorlarda ishlov berilganda kuzatilib, o‘suv davri oxirida bir gektar maydonda shakllangan barglar yuzasi hayotining birinchi yili 54,5 ming m2/ga, ikkinchi yili 56,6 dona/o‘simlik, uchinchi yili 59,6 ming m2/ga ni tashkil etgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    G‘O‘ZA O‘SIMLIGI HOSILDORLIGIGA TUPROQ AGROFIZIK XOSSALARINING TA‘SIRI (Buxoro viloyati misolida)

    Nazarova Sevara Mustakimovna, Yusupov Ahror Nusratillo oglu · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026

    Mazkur maqolada Buxoro viloyatining tuproq-iqlim sharoitida tarqalgan tuproqlar ularning agrofizikaviy xossalari hamda g‘o‘za o‘simligini yetishtirishda tuproqning agrofizik xossalarining hosildorlikka ta‘siri tahlil qilingan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, tuproqning optimal agrofizik xossalarini ta‘minlash g‘o‘za hosildorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    BUXORO VILOYATI TUPROQ-IQLIM SHAROITIDA FOSFOR O‘G‘ITLARINING G‘O‘ZANING MAQBUL OZIQLANISH REJIMIGA TA‘SIRI

    Jumayeva Zulfiya Mahmud kizi, Nazarova Sevara Mustakimovna · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026

    Mazkur maqolada Buxoro viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlari sharoitida fosfor o‘g‘itlarining g‘o‘zaning maqbul oziqlanish rejimiga ta‘siri ilmiy asosda o‘rganildi. Tadqiqot natijalari fosfor o‘g‘itlari g‘o‘zaning o‘sish sur‘ati, barg apparati rivojlanishi, barglardagi fosfor miqdori hamda hosil elementlarining shakllanishini sezilarli darajada yaxshilashini ko‘rsatdi. Eng yuqori agrobiologik ko‘rsatkichlar N₁₀₀P₉₀K₇₀ o‘g‘itlash variantida qayd etildi. Olingan natijalar fosfor o‘g‘itlaridan hududiy tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda ilmiy asosda foydalanish g‘o‘za hosildorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    INGICHKA TOLALI G‘O‘ZANING ILDIZ CHIRISH VA GOMMOZ KASALLIKLARIGA STIMULYATORLAR TA‘SIRI

    Mengnorova Mukhayo Abdurakhmanovna · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026

    Maqolada Surxondaryo viloyatining ekstremal iqlim sharoitida ingichka tolali g‘o‘za chigitiga Uzgumi, Fitovak va Bioduks stimulyatorlari bilan ishlov berilganda, nihollarining ildiz chirish va gommoz kasalliklari bilan kamroq zararlanishi bayon etilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    THE EFFECT OF OPTIMIZING THE FODDER REGIME ON COTTON YIELD

    Ismoilov Maxsetbay Embergenovich, Ayekeev Aybek Utebekovich, Ibrohimova Oybibi Maqsud qizi · GOLLECTION OF MATERIALS of the Republican Scientific and Practical Conference “CURRENT ISSUES IN THE DEVELOPMENT OF AGRICULTURE IN NORTHERN REGIONS AND THEIR INNOVATIVE SOLUTIONS” · 2026

    Ushbu maqolada g‘o‘za hosildorligiga ozuqa rejimini optimallashtirishning ta‘siri o‘rganildi. Tajribalar natijasida turli tup sonlari qoldirilib, unga mineral o‘g‘itlarning yillik me‘yori va unga qo‘shimcha biostimulyatorlar qo‘llanilganda g‘o‘zaning hosildorligiga ijobiy ta‘siri kuzatildi. Tadqiqotlar natijasida, har xil tup soni qoldirilganda g‘o‘zaning hosildorlik potensiali yuqori bo‘lib, o‘simliklarning adaptiv xususiyatlari ortadi. Natijada, ozuqa rejimlarini optimallashtirish nafaqat o‘simliklarning optimal o‘sishi va rivojlanishini ta‘minlaydi, balki hosildorlikni barqaror oshirishda ham zarur agrotexnologik tadbir sifatida tavsiya etiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    KUZGI BUG‘DOYNING TURLI NAV VA NAMUNALARINI ULAR ORASIDAN QISHGA CHIDAMLI SHAKLLARINI ANIQLASH UCHUN SINASH

    Bekbanov B.A., Nagmetov O., Kutlimuratova Dilfuza Baltabaevna, Bazarbaev Ilxam · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026

    Turlar har xil xususiyatlarga ega, shuning uchun har doim hosildorlik, mahalliy sharoitga muvofiqligi, sifati, kasallik va zararkunandalarga chidamliligi va stress omillariga javob berishda farqlar mavjud. Shuning uchun, ma‘lum bir joy uchun to‘g‘ri nav tanlash va g‘alladan kerakli foydalanish g‘alla etishtirishning muvaffaqiyati uchun muhim ahamiyatga ega.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    SHIMOLIY MINTAQALARDA SUVNI TEJOVCHI AGROTEXNOLOGIYALAR ASOSIDA QISHLOQ XO‘JALIGINI BARQAROR RIVOJLANTIRISH

    Biysenbay Mambetnazarov, Biysenbay Bekbanov, Amangeldy Mambetnazarov, Asan Mambetnazarov, Bakhit Mambetnazaro · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026

    Shimoliy mintaqalarda, xususan Qoraqalpog‘iston Respublikasida suv tanqisligi va tuproq sho‘rlanishi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga jiddiy ta‘sir ko‘rsatmoqda. Tadqiqotda suv tanqisligi sharoitida kunjut yetishtirishning resurstejamkor agrotexnologiyalari o‘rganildi. Tajriba natijalariga ko‘ra tomchilatib sug‘orish qo‘llanilganda suv sarfi 30–35 % ga kamayib, hosildorlik 1,55–1,60 t/ga ga yetgani aniqlandi. Natijalar kunjutni suvni tejovchi texnologiyalar asosida yetishtirish qurg‘oqchil hududlarda barqaror hosil olishda samarali ekanligini ko‘rsatdi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    INGICHKA TOLALI G‘O‘ZANING O‘SISHI VA RIVOJLANISHIGA STIMULYATORLARNING TA‘SIRI

    Abdualimov Sh.Kh., Kulmurotov B.E. · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026

    Ushbu maqolada ingichka tolali SP-1607 g‘o‘za navining o‘sishi va rivojlanishi tezlashtirish, yuqori va sifatli paxta hosili yetishtirish maqsadida chigitga ekish oldidan hamda o‘suv davrida turli stimulyatorlar bilan ishlov berilganda g‘o‘zaning bo‘yi va hosil elementlari soni ortib, mo‘l hosil olishga erishilgani keltirilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    DIYXANSHÍLÍQ RAWAJLANWÍNDAǴÍ ILIMPAZLAR ÚLESI BOYÍNSHA TARIYXQA NÁZER

    Toreniyazova Gavhar Elmuratovna · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026

    Maqolada Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi sohasi rivojlanishining mustaqillik yillar boshlanishidagi olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari yangiliklarining ahamiyati bo‘yicha malumotlar tahlili kiritilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya