Nashrlar
Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.
4 311 natija
Barchasi
4 311 natijaTartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ChERRI POMIDORNI OCHIQ DALADA YETISHTIRISHNING TEXNOLOGIYASI
Saidov Mahmud Amonovich, Saidova Gulshoda Anvar kizi · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Mazkur tadqiqotda ochiq dala sharoitida yetishtirilgan “Cherry” pomidorining Fazilat navida turli agrotexnik usullar (soya beruvchi setka, tirgovuch hamda shpalera usullari) qo‘llanilganda o‘simlikning fenologik rivojlanish bosqichlari o‘rganildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, qo‘llanilgan agrotexnik tadbirlar pomidor o‘simligining o‘sish va rivojlanish muddatlariga ma‘lum darajada ta‘sir ko‘rsatishi aniqlandi. Xususan, shpalera va soya beruvchi setka qo‘llanilgan variantlarda vegetatsiya davri nisbatan qisqargani va mevalarning tezroq pishishi kuzatildi. Nazorat variantiga nisbatan boshqa usullarda o‘simliklarning gullash va meva pishish fazalari biroz ertaroq sodir bo‘lgani qayd etildi. Olingan natijalar pomidor yetishtirishda samarali agrotexnik usullarni tanlash orqali o‘simlik rivojlanishini boshqarish va hosildorlikni oshirish mumkinligini ko‘rsatadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
OROL DENGIZI QURIGAN TUBI TUPROQ-GRUNTLARINING SHAKLLANISHI VA EKOLOGIK-MELIORATIV HOLATI
Qalandarov Nazimkhon Nazirovich, Ismonov Abduvakhob Jo‘rayevich, Abdurakhmonov Nodirjon Yulchiyevich · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Mazkur maqolada Orol dengizining qurigan tubida shakllangan tuproq-gruntlarning ekologik-meliorativ holati geoaxborot texnologiyalari asosida baholandi. Tadqiqotlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi 4,2 mln gektar maydonni qamrab olib, dala kuzatuvlari, tuproq kesmalari tahlili va laboratoriya-kameral ishlari asosida amalga oshirildi. Har 450 gektarga bitta asosiy kesma kovlanib, kimyoviy tahlillar bajarildi. Natijada 1:200 000 masshtabda tuproq-gruntlar, sho‘rlanish, zaharli tuzlarning tarqalishi, geomorfologik rayonlashuv va agrolandshaft xaritalari tuzildi. Tadqiqotlar qurigan tubda eol jarayonlar, qum ko‘chishi va sho‘rlanishning jadallashayotganini ko‘rsatdi. Iqlim isishi va sizot suvlar sathining pasayishi natijasida o‘simlik qoplami qisqarib, cho‘llanish jarayonlari kuchaygani aniqlandi. Olingan natijalar hududning ekologik holatini baholash va meliorativ tadbirlarni rejalashtirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QISHLOQ XO‘JALIK MAHSULOTLARINI ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGIGA TA‘SIR ETUVCHI OMILLARNI KORRELYATSION-REGRESSION TAHLIL QILISH VA EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH
Kenjayev Toshbolta Aminovich · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Ushbu maqolada qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish samaradorligiga ta‘sir etuvchi omillarni korrelyatsion-regression tahlil qilish va ekonometrik modellashtirish natijalari yoritib berilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
BIOSTIMULYATORLARNING G‘O‘ZA BARGIDAGI XLOROFILL VA KARATINOIDLAR MIQDORIGA TA‘SIRI
Islamov Toyirkhuja Hasan oglu, Abdualimov Shukhrat Hamadullayev, Karimov Sharofiddin Abdukarimovich · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Ushbu maqolada Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida g‘o‘zaning Buxoro-10 naviga organik asosli Maltamin, Marvarid va Regoplant biostimulyatorlari bilan ishlov berilganda, g‘o‘zaning shonalash, gullash va pishish fazalarida o‘simlik bargidagi xlorofill va karatinoidlar miqdorining o‘zgarishiga ta‘siri haqida so‘z boradi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QORAQALPOG‘ISTONNING KEGEYLI TUMAN TUPROQ-IQLIM SHAROITI OLTINSIMON QORAG‘ATNI KO‘CHATLARINI KO‘PAYTIRISH
Khakimova Sojida Rustam kizi, Ismetullayev Aitbay Torebaevich · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Ushbu maqolada Qoraqalpog‘istonning qurg‘oqchil va sho‘rlanishga moyil hududlarida oltisimon qorag‘at ko‘chatlarini yetishtirishning agrotexnik texnologiyalari yoritilgan. Tajribada toshkent shahridagi Mahmud Mirzaev nomidagi “Bog‘dodchilik uzumchilik va vinochlik” ilmiy tadqiqot institutdan olib kelib ekilgan oltinsimon qorag‘atning ustida olib borilgan. Oltinsimon qorag‘atning navlari ko‘chatlarni yetishtirish davomida ularning issiqlik va qurg‘oqchilikka chidamliligi o‘rganilgan. Ushbu tavsiyalar Kegeyli tuman sharoitida oltinsimon qorag‘at ko‘chatlarini yetishtirish samaradorligini oshirish uchun amaliy ahamiyatga ega.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QORAQOLPOG‘ISTON SHAROITIDA KUNJUT YETISHTIRISH AGROTEXNALOGIYASINING ILMIY ASOSLARI
Ismailov Mahsetbay Embergenovich, Babanazarov is the son of Damir Kayratdin · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Mazkur maqolada kunjut (Sesamum indicum L.) o‘simligining biologik xususiyatlari, agrotexnik talablari, sug‘orish va o‘g‘itlash tizimi hamda kasallik va zararkunandalari tahlil qilingan. Kunjut yuqori moyliligi, oziqaviy qiymati va qurg‘oqchilikka chidamliligi bilan ajralib turadigan muhim moyli ekin hisoblanadi. Tadqiqotda kunjut o‘simligining issiqsevarligi, tuproq-iqlim sharoitlariga moslashuvchanligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida yetishtirishning agrotexnik xususiyatlari yoritilgan. Shuningdek, ekinning suvga bo‘lgan talabi, ekish me‘yorlari va o‘g‘itlash tizimining hosildorlikka ta‘siri ko‘rib chiqilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
YERLARDAN SAMARALI FOYDALANISHDA REKUL‘TIVACIYALASHNING AHAMIYATI VA KEYIN KUZGI BUG‘DOY EKISHNING IQTISODIY SAMARODORLIGI
Reymov Omirbay Nietbaevich, Orazymbetov Nurbek Aybekovich, Reimov Nietbay Baynazarovich · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Ushbu ilmiy maqolada Respublikamiz yerlaridan samarali foydalanish uchun tashlandiq yerlarni qayta tiklash, shuningdek, tuproq unumdorligini saqlash va yaxshilash uchun mahalliy va mineral o‘g‘itlardan foydalanish, begona o‘tlarga qarshi kurash va ulardan kuzgi bug‘doy uchun o‘g‘it sifatida foydalanish masalalari o‘rganiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
JANUBIY MIRZACHO‘L MAGISTRAL KANALINING ISHONCHLILIGI VA SAMARADORLIGINI DALA TADQIQOTLARI ASOSIDA BAHOLASH
Sadiev Umidjon Abdusamadovich · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Maqolada Janubiy Mirzacho‘l magistral kanalining texnik holati hamda suv transportirovkasi samaradorligi dala tadqiqotlari asosida baholangan. Tadqiqot jarayonida kanal o‘zanida yuzaga keladigan filtratsiya jarayonlari, suv yo‘qotishlari va kanalning ekspluatatsion holati tahlil qilindi. Kanalning texnik holati va foydali ish koeffitsienti ko‘rsatkichlari asosida uning ishonchliligi baholandi. Tadqiqot natijalari kanalning ayrim uchastkalarida gidravlik samaradorlik pastligini hamda suv yo‘qotishlari mavjudligini ko‘rsatdi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
SARDOBA SUV OMBORI KOSASINING MORFOLOGIK PARAMETRLARINI GIDRAVLIK MODELLASH ASOSIDA ANIQLASH VA HISOBLASH USULINI TAKOMILLASHTIRISH
Sadiev Umidjon Abdusamadovich, Makhmudov Dilbar Ilkhomjon kizi · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Ushbu maqolada Sardoba suv ombori kosasining morfologik parametrlarini aniqlash va hisoblash usulini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot jarayonida suv ombori tubining morfodinamik o‘zgarishlarini tavsiflovchi gidravlik model ishlab chiqildi. Model Exner tenglamasiga asoslangan bo‘lib, suv ombori tubida cho‘kindi jarayonlari hamda o‘zan transformatsiyasi dinamikasini tavsiflash imkonini beradi. Tadqiqot natijasida suv ombori kosasining morfologik parametrlarini aniqlash uchun matematik model ishlab chiqildi va uning sonli tajribalari amalga oshirildi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
SARDOBA SUV OMBORI GIDROTEXNIKA INSHOOTLARINING TEXNIK VA ISHONCHLILIK HOLATINI DALA TADQIQOTLARI ASOSIDA BAHOLASH
Narziev Jasurbek Joraevich, Sadiev Umidjon Abdusamadovich, Makhmudov Dilbar Ilkhomjon kizi · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Maqolada Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv ombori gidrotexnika inshootlarining texnik holati va ishonchlilik darajasi dala tadqiqotlari asosida baholangan. Suv omborining asosiy inshootlari — to‘g‘on, suv keltiruvchi kanal va suv chiqarish inshootlarining konstruktiv holati o‘rganildi. Pezometr kuzatuvlari orqali to‘g‘on tanasidagi filtratsiya jarayonlari tahlil qilindi. Olingan natijalar ayrim pezometrlar ishlamayotgani, to‘g‘on qiyaliklarida o‘simliklar o‘sib ketgani va ayrim konstruktiv elementlar shikastlanganini ko‘rsatdi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
SAPROPEL XOMASHYOSIDAN QISHLOQ XO‘JALIGIDA FOYDALANISH ISTIQBOLLARI
Tajibaev Turganbay Ansatbayevich, Reymov Akhmed Mambetkarimovich, Bazarbaev Shukhrat Khojabai-uly, Allamuratova Ayjamal Jumamuratovna · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Ushbu maqolada Qoraqalpog‘istonning mahalliy xomashyosi hisoblangan Kusxanatau va Orol dengizi qurigan tubidagi sapropelining fizik-kimyoviy xususiyatlari va uning qishloq xo‘jaligida qo‘llanilish istiqbollari tadqiq etilgan. Tadqiqot doirasida sapropelning sirt tuzilishi mikroskopik usulda o‘rganildi va uning g‘ovakdor morfologiyasi tuproqda namlik hamda ozuqa elementlarini saqlashda yuqori samaradorlikka ega ekanligi aniqlandi va sapropelni har xil yo‘nalishlarda ekologik toza o‘g‘it olishda xomashyo sifatida qo‘llash tavsiya etildi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
CHIGIT EKISH MUDDATLARI VA MINERAL O‘G‘IT ME‘YORLARINING TUPROQ HAJM MASSASIGA TA‘SIRI
Sh.Kh. Kholmuminov · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Tadqiqotlarga ko‘ra, 5-10 aprelda ekilgan o‘rta va ingichka tolali g‘o‘za navlarida mineral o‘g‘itlarni oshirilgan me‘yorda qo‘llash tuproq strukturasini yaxshilagan. Mavsum oxirida tuproqning hajm massasi 1,36-1,40 g/sm³ bo‘lib, bu ko‘rsatkich 20-25 mart va 20-25 aprelda ekilgan variantlarga nisbatan 0,01-0,02 g/sm³ ga kam ekani aniqlangan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
SHO‘RLANGAN BO‘Z TUPROQLAR UNUMDORLIGINI OSHIRISHDA GIBRID MELIORANTLAR VA SIRT FAOL MODDALARNING QO‘LLANILISHI
Saburov Shadibek Urazbay uli, Eshqurbanov Furqat Bozorovich, Hamidov Azim Panji oglu, Abdullayeva Raykhona Ilhom qizi · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Ushbu tadqiqotda sho‘rlangan bo‘z tuproqlar unumdorligini qayta tiklashda gibrid meliorantlar va sirt faol moddalarni qo‘llashning meliorativ samaradorligi tahlil qilingan. Sho‘rlangan tuproqlarda organik moddalar degradatsiyasi va gumus mineralizatsiyasi muammosi asosiy to‘siq sifatida ko‘rsatilgan. Muallifning kompleks hosil qiluvchi ionitlar va polimer sorbentlar sohasidagi ilmiy ishlariga tayanib, Xovdak bentonitining gumin kislotalarini barqarorlashtirish mexanizmi yoritilgan. Taklif etilayotgan gibrid tizim tuproqning sorbsion xossalarini yaxshilash va ekinlarning (bug‘doyning "Grom" navi) barqaror rivojlanishi uchun qulay biokimyoviy muhit yaratish imkonini beradi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
YER MAYDONLARINING MELIORATIV HOLATINI MONITORING QILISHDA GEOAXBOROT TIZIMLARINING ROLI.
Khaitov Islam Nurboy oglu, Mamatkulov Zohid Jonqobilovich · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Yer maydonlarining meliorativ holatini monitoring qilishda zamonaviy geoaxborot texnologiyalarining o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. GAT texnologiyalari yordamida sug‘oriladigan yerlarning sho‘rlanish darajasi, yer osti suvlari sathi, tuproq namligi hamda drenaj tizimlarining holatini baholash imkoniyatlari yoritiladi. Tadqiqotda masofadan zondlash ma‘lumotlari, raqamli xaritalar va fazoviy tahlil usullaridan foydalanish orqali meliorativ jarayonlarni tezkor va aniq monitoring qilish mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, masofadan zondlash ma‘lumotlari va geoma‘lumotlar bazalari asosida yerlarning degradatsiya jarayonlarini aniqlash hamda meliorativ tadbirlarni rejalashtirish samaradorligini oshirish masalalari tahlil etiladi. GAT texnologiyalari orqali vaqt bo‘yicha dinamik kuzatuv olib borish, muammoli hududlarni aniqlash va boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonini optimallashtirish mumkinligi asoslab beriladi. Natijada, geoaxborot tizimlari yer resurslaridan oqilona foydalanish, ularning meliorativ holatini yaxshilash va barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda samarali vosita ekanligi xulosa qilinadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
LABORATORIYA SHAROITIDA INOKULYATSIYA QILINGAN NO‘XAT URUG‘INING UNUVCHANLIGI VA O‘SISH INDIKATORLARI (Zabardast) navi misolida)
Khayitbaeva Nodira Alimkulovna, Mamatkulov Ikrom Shavkatovich · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Maqolada no‘xatning “Zabardast” navi urug‘larini mikroelementlar bilan boyitilgan biologik faol “BIOVAK-Y24” preparati bilan inokulyatsiya qilishning laboratoriya sharoitida unuvchanlik va ildiz rivojlanishiga ta‘siri o‘rganildi. Tajribalar Petri chashkalarida uch martalik takrorlanishda o‘tkazilib, natijalar nazorat varianti bilan taqqoslandi. Natijalarga ko‘ra, preparatning 5 l/t dozasi eng samarali bo‘lib, urug‘ unuvchanligi va ildiz ko‘rsatkichlarini sezilarli oshirdi. Tadqiqot natijalari biologik faol o‘g‘itlarning maqbul dozasini tanlash va no‘xatdan yuqori hamda barqaror hosil olishda amaliy ahamiyatga ega.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
SARALANGAN BIR CHIGITLI PAXTALARDAN OLINGAN URUG‘LIK CHIGITLARNING UNUVCHANLIGINI ANIQLASH NATIJALARI
Utegenov Usnatdin · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Maqolada nazorat va takomillashtirilgan triboelektrik qurilmada saralangan bir chigitli paxtalardan olingan urug‘lik chigitlarning laboratoriya va dala sharoitidagi unuvchanligini aniqlash natijalari keltirilgan. Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, takomillashtirilgan triboelektrik qurilmada saralangan bir chigitli paxtalardan olingan urug‘lik chigitlarning laboratoriya va dala sharoitidagi unuvchanligi nazoratga nisbatan, mos ravishda, 16,0 va 18,0 foizga yuqori bo‘lib, ushbu ko‘rsatkichlari bo‘yicha bir-biriga yaqin bo‘lgan urug‘lik chigitlar olingan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
CHIMBOY TUMANIDA SUG‘ORILADIGAN O‘TLOQI-ALLUVIYAL TUPROQLARINING SHO‘RLANISH DARAJASI VA TUZLAR ZAXIRASINI EKOLOGIK-MELIORATIV BAHOLASH
Khojasov Allamurat, Sayimbetov Alisher, Khojasov Muratbek Allamuratovich, Saginbaeva Ulmeken Duysengali kizi · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Mazkur maqolada Chimboy tumani sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlarining sho‘rlanish darajasi va tipologik xususiyatlari dala hamda laboratoriya tadqiqotlari asosida tahlil qilingan. Hududdagi 460,4 ming gektar sug‘oriladigan yerlarning 91,4 foizi turli darajada sho‘rlanganligi aniqlanib, sho‘rlanish darajalari kesimida kuchsiz, o‘rtacha, kuchli va juda kuchli sho‘rlangan maydonlar ulushi ilmiy asosda yoritilgan. Natijalarda, tuproqlarning quruq qoldiq, anion va kation tarkibi bo‘yicha sezilarli farqlanishlari aniqlanib, ularning asosan xlorid-sulfatli, sulfat-xloridli va sulfatli sho‘rlanish tiplari ustunligi qayd etilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QORAQALPOG‘ISTON SHAROITIDA AMARANT O‘SIMLIGINI YETISHTIRISH AGROTEXNOLOGIYASI
Turdyshev Bekmurat Khojamuratovich, Seytbaev Rao‘aj Sarsenbaevich, Berdikeev Baymurza Bekmurzaevich · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Ushbu maqolada Qoraqalpog‘iston sharoitida amarant o‘simligini yetishtirish agrotexnologiyasi keltirilgan. Bunda o‘simlikning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, ekishga urug‘ni tayyorlash va ekish usullari, biologiyasi, kultivatsiya, oziqlantirish, sug‘orish me‘yorlari, zararkunandalarga qarshi kurash choralari, silos tayyorlash va saqlash hamda hosilni yig‘ib olish usullari keltirilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
SHO‘RLANGAN TUPROQLARI SHAROITIDA SIDERAT EKINLARNING ORGANIK QOLDIQLARI TARKIBIDA OZIQA MODDALARNING MIQDORI
Ismailov Uzagbay Embergenovich, Tolibekov Islambek Makhsetovich · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Ushbu maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi sho‘rlangan tuproqlari sharoitida siderat ekinlarning bir, ikki va uch komponentli aralashmasi va unga qo‘shimcha gung qo‘llashi orqali tuproq tuproqga qoldirgan organik qoldiqlari kimyoviy tarkibi sharhlangan. Qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori va sifatli hosil olish uchun tuproqda ko‘plab oziq moddalar bo‘lishi talab etiladi. Ular tuproqda turli shakllarda, asosan mineral va organik holatda bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini sideratsiya sifatida foydalanish ahamiyati katta. Ko‘p yillik tadqiqotlarga ko‘ra, o‘simliklarning qoldiqlari (poya, barg, ildiz va b.) tuproqda qancha ko‘p qolsa tuproqning organik qismi shuncha yaxshilanadi. Siderat ekinlarning tuproqda qoldirgan ildiz, angiz, poya xosili kimyoviy tarkibi o‘rganildi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
O‘RTACHA SHO‘RLANGAN TUPROQLARDA BAHORGI BUG‘DOYNI EKISHNING OPTIMAL MUDDATLARINI BELGILASH
Ismailov Makhsetbay Enbergenovich, Yuldashova Nazira Bazarbay kizi · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Maqolada Janubiy Orolbo‘yi (Qoraqalpog‘iston) hududining o‘rtacha sho‘rlangan o‘tloqi tuproqlari sharoitida bahorgi yumshoq bug‘doyning “Semurg‘”, “Janub gavhari” va “Saratovskaya-29” navlarining o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ekish muddatlarining ta‘siri o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ekish muddati kechikishi bilan dala unuvchanligi 7-8% ga, hosildorlik esa 15% dan 35% gacha kamayadi. Mintaqa uchun eng maqbul ekish muddati mart oyining birinchi yarmi ekanligi aniqlangan. Eng yuqori hosildorlik ko‘rsatkichi “Saratovskaya-29” navida (41,6 s/ga) qayd etilgan.