Asosiy mazmunga o‘tish

QORAQALPOG‘ISTONNING KEGEYLI TUMAN TUPROQ-IQLIM SHAROITI OLTINSIMON QORAG‘ATNI KO‘CHATLARINI KO‘PAYTIRISH

Khakimova Sojida Rustam kizi1, Ismetullayev Aitbay Torebaevich22026

  1. 1Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik inistituti daktaranti.
  2. 2Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik inistitutining Qaqoqalpoq ITS direkto‘ri

Konferensiyalar“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.Jild 1Son 1Sahifa 267–270

Annotatsiya

Ushbu maqolada Qoraqalpog‘istonning qurg‘oqchil va sho‘rlanishga moyil hududlarida oltisimon qorag‘at ko‘chatlarini yetishtirishning agrotexnik texnologiyalari yoritilgan. Tajribada toshkent shahridagi Mahmud Mirzaev nomidagi “Bog‘dodchilik uzumchilik va vinochlik” ilmiy tadqiqot institutdan olib kelib ekilgan oltinsimon qorag‘atning ustida olib borilgan. Oltinsimon qorag‘atning navlari ko‘chatlarni yetishtirish davomida ularning issiqlik va qurg‘oqchilikka chidamliligi o‘rganilgan. Ushbu tavsiyalar Kegeyli tuman sharoitida oltinsimon qorag‘at ko‘chatlarini yetishtirish samaradorligini oshirish uchun amaliy ahamiyatga ega.

Boshqa tillarda

ruschaПОЧВЕННЫЕ И КЛИМАТИЧЕСКИЕ УСЛОВИЯ РАЙОНА КЕГЕЙЛИ ШТАТА КАРАКАЛАПАКИСТАН. РАЗМНОЖЕНИЕ САЖЕНЦЕВ ЗОЛОТИСТОЙ ТОНКОЙ.

В данной статье рассматриваются агротехнические методы выращивания рассады золотистой смородины в засушливых и засоленных районах Каракалпакстана. Эксперимент проводился на рассаде золотистой смородины, привезенной из Научно-исследовательского института виноградарства и виноделия им. Махмуда Мирзаева в Ташкенте. В ходе выращивания рассады золотистой смородины изучалась ее жаро- и засухоустойчивость. Данные рекомендации имеют практическое значение для повышения эффективности выращивания рассады золотистой смородины в условиях Кегелейского района.

inglizchaSOIL AND CLIMATE CONDITIONS OF KEGEYLI DISTRICT OF KARAKALPAKISTAN PROPAGATION OF GOLDEN CURREN SEEDLINGS

This article discusses the agrotechnical technologies for growing golden currant seedlings in arid and saline-prone areas of Karakalpakstan. The experiment was conducted on golden currant seedlings brought from the Mahmud Mirzaev Scientific Research Institute for Viticulture and Winemaking in Tashkent. During the cultivation of golden currant seedlings, their heat and drought resistance were studied. These recommendations are of practical importance for increasing the efficiency of growing golden currant seedlings in the conditions of the Kegeyli district.

Kalit so‘zlar

  • Oltinsimon qorag‘at
  • tuproq
  • harorat
  • gumus
  • navlar

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

UDK: 631.634 QORAQALPOG‘ISTONNING KEGEYLI TUMAN TUPROQ-IQLIM SHAROITI OLTINSIMON QORAG‘ATNI KO‘CHATLARINI KO‘PAYTIRISH Xakimova Sojida Rustam qizi Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik inistituti daktaranti. Tel: [telefon raqami yashirilgan] e-mail: hakimovasojida98@gmail.com Ismetullayev Aitbay To’rebaevich Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik inistitutining Qaqoqalpoq ITS direkto’ri e-mail:torebatevarislon049@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.19244064 Annotatsiya. Ushbu maqolada Qoraqalpog‘istonning qurg‘oqchil va sho‘rlanishga moyil hududlarida oltisimon qorag’at ko‘chatlarini yetishtirishning agrotexnik texnologiyalari yoritilgan. Tajribada toshkent shahridagi Mahmud Mirzaev nomidagi “Bog’dodchilik uzumchilik va vinochlik” ilmiy tadqiqot institutdan olib kelib ekilgan oltinsimon qorag’atning ustida olib borilgan. Oltinsimon qorag’atning navlari ko’chatlarni yetishtirish davomida ularning issiqlik va qurgʻoqchilikka chidamliligi o’rganilgan. Ushbu tavsiyalar Kegeyli tuman sharoitida oltinsimon qorag’at ko‘chatlarini yetishtirish samaradorligini oshirish uchun amaliy ahamiyatga ega. Kalit so’zlar: Oltinsimon qorag’at, tuproq, harorat, gumus,navlar. Аннотация. В данной статье рассмотрены агротехнические технологии выращивания саженцев золотистой смородины в засушливых и склонных к засолению районах Каракалпакстана. Исследования проводились на сортах золотистой смородины, привезённых и высаженных из Научно-исследовательского института садоводства, виноградарства и виноделия имени Махмуда Мирзаева (г. Ташкент). В процессе выращивания саженцев изучалась их устойчивость к высоким температурам и засухе. Представленные рекомендации имеют практическое значение для повышения эффективности выращивания саженцев золотистой смородины в условиях Кегейлийского района. Ключевые слова: золотистая смородина, почва, температура, гумус, сорта. Annotation.This article describes the agrotechnical technologies for cultivating golden currant seedlings in the arid and saline-prone regions of Karakalpakstan. The experiment was conducted using golden currant varieties brought and planted from the Scientific Research Institute of Horticulture, Viticulture and Winemaking named after Mahmud Mirzaev in Tashkent. During the cultivation of seedlings, the heat and drought resistance of different golden currant varieties were studied. These recommendations have practical significance for increasing the efficiency of growing golden currant seedlings under the conditions of Kegeyli district. Keywords: Golden currant, soil, temperature, humus, varieties. Kirish: Oltinsimon qorag‘at – ko‘p yillik buta bo‘lib ildiz tizimi 2 m chuqurlikgacha yetadi. Barglari navbat bilan joylashgan, uch-besh bo’lakli, och va to’q yashil rangli bo’lib, bazilari bir oz ayrimlari esa tarvaqaylab ketadi. Tashqi ko’rinishi krijovninik o’simlikining

barglarini eslatadi. [1] Oltinsimon qorag’at yorug’lik yaxshi tushadigan joyda o’sadi,biroq salqinroq joyda ham yaxshi o’sishi mumkin. Ortiqcha qorong’ulik va panalash ham yaramaydi: bunda qorag’atning novdalari cho’zilib ketadi, natijada u kam meva beradi. [2] Oltinsimon qorag’at qalamchalari noyabrdan to mart oyigacha kesib olinadi 18-20smlilik har bir qalamchada beshtadan yaxshi rivojlangan kurtak bo’lishi lozim. Qalamchalarning pastki kurtagi ostidan, tepasi esa kurtakning yuqorisidan kesiladi. Kuzda qalamchalar tayyorlanib, bahorda ekiladigan bo’lsa, ular 50-100 tadan qilib bog’lanadi, ularga nav ko’rsatilgan paxtachalar bog’lanadi, qishda yerto’lada tuproqda ko’mib saqlanadi. Qalamchalar ko’chatzorga qator orasi 70-80 santimetr qatordagi tublar orasi esa 15-10 santimetr qilib yaxshilab haydalgan va tekislangan maydonlarga qo’lda ariq olib ekiladi. Qalamcha ekilganida tuproq yuzasida uning 1-2 santimetrlik qismi chiqib turish kerak. Mana shu bir ikki santimetrlik qismiga ham daraxt qitbog’i yoki yumshoq tuproq tashlab qo’yilgan ma’qul. Bir gektar yerga 120-130 ming dona qalamcha ekiladi. Qalamchalar ekib bo’lingandan keyin tezda aniqlar olinib yer miriqtirib sug’orilishi kerak.[3] Materyal va uslublar: Qoraqalpog‘iston sharoitida yerlarning cho‘lanishi kuchli bo‘lganligi sababli yerlarda tez-tez sho‘r yuvish ishlari olib boriladi. Sho‘r yuvish ishlari odatda kech kuz va qish oylarida o‘tkaziladi. Bazi suv kam boʻlgan yillari erta bahorda ham o’tkazish mumkin. Yerni sho’r yuvish jarayonida yer yoppasiga sugʻoriladi bunda yerning yuziga suv chiqib turishi kerak va suv bilan birgalikda tuzlar yer osti qatlamlariga tushadi va yuvilib ketadi. Bizning olib borayotgan tajribamizda oltinsimon qorag‘at qalamchalarini ekish muddatlarini o’rganish asosiy qismi bo’lib hisoblanadi. Chunki ushbu hudud iqlimi keskin kantinental shu sababli qalamchalarning qishning qora sovuqlariga va yozning quruq issiqlariga chidamliligini o’rganish. Oltinsimon qorag’at qalamchalarini ikki hil muddatda ekildi. Yani erta bahorda va kuzda. Birinchi mudatda oltinsimon qorag‘at ko‘chatlari kech kuzda tayyorlab qo‘yildi va erta bahorda ekish uchun yer tayyorlanib qalamchalar kovlab olinib tayyorlab olingan yerlarga ekildi. Ikkinchi muddatda esa kuz oyida oltinsimon qorag’atda shoxlari kesib olindi va qalamchalar tayyorlandi. Ularning bir qismi o’sha payitda ekildi. Ikkinchi qismi esa erta bahorda ekish uchun tayyorlab kalyus otishi uchun chuqurcha kovlanib tagiga biogumus tashlanib ko’mib qo’yildi. Erta bahorda qalamchalar kovlab olinib oldinda tayyorlangan maxsus ariqlarga ekildi va 2-3 kungacha ariqlar sugʻorilib turdi. Uchunchi usulda erta bahorda shira harakati boshlanmasdan oldin kesib olib qalamchalar tayyorlab ekildi. Natijalar вa munozara. Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik uzimchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutdagi oltinsimon qorag’at kolleksiyasi bog’idan 6 nav tanlab olinib ularning qalamchalari bahor oyida yerga ekildi. Erta bahorda O’zbekistonning janubiy hududidan to shimoliy hududigacha haroratning ko’tarilishi va dexqonchilikning boshlanishi o’rtasidagi tafovut qariyb 15-20 kunni tashkil etadi. Ushbu hududda mevali daraxt ko’chatlar asosan mart oyining birinchi dekadasida ekish boshlanadi. Ushbu muddat obi-havoga qarab yo oldinroq yoki kengroqga surilishi mumkin. 2025-yil erta bahor ancha sovuq keldi bahorning birinchi kunlaridanoq qor yog’di va ancha sovuq bo’ldi keyinchalik yog’ingarchilik kuchaydi yerimiz qish oyida yetarli suv kelmaganligi sababli erta bahorda yerni sho’r yuvish ishlari olib borildi. Erta bahorda ekilgan navlar ustida biometrik o’lchovlar olib borilib o’sishi va rivojlanishi kuzatib borildi. Quydagi jadvalda shulardan qisqacha malumot navlar bo’yicha. Erta bahorda ekilgan qalamchalarning o’sishi, sm

SS N 1 R1 06.04 4 8 12 15 18 21 24 27 28 30 33 35 37 39 41

2 Yodgor 06.04 5 10 14 17 20 24 26 28 30 33 35 37 38 39 40

3 Muhabbat 05.04 3 5 7 9 11 13 15 16 17 19 21 23 25 27 28

4 Eliksir 06.04 4 6 8 10 12 15 19 21 22 25 28 30 32 34 36

5 O’zb slatkaya 06.04 5 9 13 17 21 25 28 32 33 35 38 40 42 44 45

6 Valintina 06.04 4 5 8 10 13 16 18 20 21 23 25 27 28 30 31

Ushbu jadvaldagi oltita oltinsimon qorag’at navlari Mahmud Mirzaev nomidagi bogdorchilik uzumchilik va vinovchilik ilmiy-tadqiqot institutidan seleksiya bo’limidan olib kelib ekildi. Ushbu hududga moslashuvchanligi harorat bilan mutanosib ravishda o’rganildi va har 10 kundan biometrik o’lchovlar olib borildi haroratga bog’liq holda o’sish o’rganildi. Tadqiqot shuni ko’rsatdiki oltinsimon qorag’at haroratga chidamli bo’lgani bilan harorat 40 gradusdan oshgan paytida o’sishni to’xtatdi. Xulosa va tavsiyalar. Qoraqalpog’iston respublikasining tuproq iqlim sharoiti juda og’ir qishi qahraton soliq yozi esa jazirama issiq hisoblanadi. Shu sababli ushbu mintaqada qurg’oqchilikga va jazirama issiqlarga chidamli meva turlarini yetishtrish maqsadga muvofidir. Oltinsimon qorag’at ham huddi shunday tuproq iqlim sharoitiga moslashgan meva turi hisoblanadi va bunga tajribamiz davomida yana bir bora min bo’ldik. Ushbu tajribada o’ltinsimon qoraga’at ko’chatlarinining yozning issiq va quruq hovsida qanday o’zgarishlar bo’lishi kuzatib borildi. Natijalar shuni ko’rsatdiki qorag’at ko’chatlari harorat 38 S ga yetganda ham yaxshi rivojlanganligi, 40 S dan oshganda esa o’sishiga salbi tasir ko’rsatishi kuzatildi. Olib borilgan tajriba asosida shuni aniq qilib aytishimiz keraki qalamchalar uchun ozuqa va gumisga boy tuproq kerak. Shu sababli erta bahorda kesib olib erta bahorda biogumus solib ekilgan qalamchalarni unuvchanligi yuqori bo’ldi. Kuzda kesib kuzda ekish Qaraqalpog’iston sharoiti uchun birmuncha samrabermadi. Kuzda tayyorlangan qalamchalar erta bahorda ekilganda ularning unuvchanligi yaxshi bo’ldi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar3 ta adabiyot

  1. Abdullayev R.M/, Abdullayeva H.R. “Rezavor mevali o’simliklar” Toshkent.2020 y 39- 41 b
  2. Abdullayev R.M, Abdullayeva H.R, Sultonov K, Agzamxodjayev J.B, Qosimov A. “Meva, rezavor meva va sitrus o’simliklar agrotexnikasi” Toshkent.2021 y 59 b mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya
  3. Rajametov.Sh, Normurotov.I, Adilov.I, Janokova.D, Namozov.I. “Meva va rezavor meva va tok ko’chatzorlarini tashkil etish”.Toshkent-2018y 84b

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011960
Nashr sanasi
2026-04-07
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.
Jild
1
Son
1
DOI
10.66073/gb5hj925
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
267–270
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-06