Asosiy mazmunga o‘tish

ChERRI POMIDORNI OCHIQ DALADA YETISHTIRISHNING TEXNOLOGIYASI

Saidov Mahmud Amonovich, Saidova Gulshoda Anvar kiziBuxoro davlat universiteti https://ror.org/05k4xnj242026

Konferensiyalar“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.Jild 1Son 1Sahifa 285–289

Annotatsiya

Mazkur tadqiqotda ochiq dala sharoitida yetishtirilgan “Cherry” pomidorining Fazilat navida turli agrotexnik usullar (soya beruvchi setka, tirgovuch hamda shpalera usullari) qo‘llanilganda o‘simlikning fenologik rivojlanish bosqichlari o‘rganildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, qo‘llanilgan agrotexnik tadbirlar pomidor o‘simligining o‘sish va rivojlanish muddatlariga ma‘lum darajada ta‘sir ko‘rsatishi aniqlandi. Xususan, shpalera va soya beruvchi setka qo‘llanilgan variantlarda vegetatsiya davri nisbatan qisqargani va mevalarning tezroq pishishi kuzatildi. Nazorat variantiga nisbatan boshqa usullarda o‘simliklarning gullash va meva pishish fazalari biroz ertaroq sodir bo‘lgani qayd etildi. Olingan natijalar pomidor yetishtirishda samarali agrotexnik usullarni tanlash orqali o‘simlik rivojlanishini boshqarish va hosildorlikni oshirish mumkinligini ko‘rsatadi.

Boshqa tillarda

ruschaТЕХНОЛОГИЯ ВЫРАЩИВАНИЯ ПОМИДОРОВ ЧЕРРИ В ОТКРЫТОМ ПОЛЕ

В данном исследовании изучались фенологические стадии развития томата сорта «Черри» «Фазилат», выращиваемого в открытом грунте, при использовании различных агротехнических методов (затеняющая сетка, шпалера и шпалерные методы). По результатам исследования было установлено, что применяемые агротехнические меры оказывают определенное влияние на периоды роста и развития томатных растений. В частности, в вариантах с использованием шпалеры и затеняющей сетки вегетационный период был относительно короче, а плоды созревали быстрее. Было отмечено, что фазы цветения и созревания плодов у растений происходили несколько раньше при других методах по сравнению с контрольным вариантом. Полученные результаты показывают, что при выборе эффективных агротехнических методов в томатоводстве возможно контролировать развитие растений и повышать продуктивность.

inglizchaTECHNOLOGY OF CHERRY TOMATOES GROWING IN THE OPEN FIELD

In this study, the phenological development stages of the “Cherry” tomato variety Fazilat, grown in open field conditions, were studied when various agrotechnical methods (shade net, trellis, and trellis methods) were used. According to the results of the study, it was found that the applied agrotechnical measures have a certain effect on the growth and development periods of tomato plants. In particular, in the variants using trellis and shade net, the vegetation period was relatively shortened and the fruits ripened faster. It was noted that the flowering and fruit ripening phases of plants occurred slightly earlier in other methods compared to the control variant. The results obtained show that it is possible to control plant development and increase productivity by choosing effective agrotechnical methods in tomato cultivation.

Kalit so‘zlar

  • Cherry pomidor
  • Fazilat navi
  • ochiq dala
  • shpalera
  • soyalatish to‘ri
  • fenologik fazalar
  • biometrik ko‘rsatkichlar
  • hosildorlik

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

UO‘T: 635.64+631.543.1 ChERRI POMIDORNI OCHIQ DALADA YETISHTIRISHNING TEXNOLOGIYASI Saidov Mahmud Amonovich, Saidova Gulshoda Anvar qizi Buxoro davlat universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.19244102 Annotatsiya. Mazkur tadqiqotda ochiq dala sharoitida yetishtirilgan “Cherry” pomidorining Fazilat navida turli agrotexnik usullar (soya beruvchi setka, tirgovuch hamda shpalera usullari) qo‘llanilganda o‘simlikning fenologik rivojlanish bosqichlari o‘rganildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, qo‘llanilgan agrotexnik tadbirlar pomidor o‘simligining o‘sish va rivojlanish muddatlariga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi. Xususan, shpalera va soya beruvchi setka qo‘llanilgan variantlarda vegetatsiya davri nisbatan qisqargani va mevalarning tezroq pishishi kuzatildi. Nazorat variantiga nisbatan boshqa usullarda o‘simliklarning gullash va meva pishish fazalari biroz ertaroq sodir bo‘lgani qayd etildi. Olingan natijalar pomidor yetishtirishda samarali agrotexnik usullarni tanlash orqali o‘simlik rivojlanishini boshqarish va hosildorlikni oshirish mumkinligini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: Cherry pomidor, Fazilat navi, ochiq dala, shpalera, soyalatish to‘ri, fenologik fazalar, biometrik ko‘rsatkichlar, hosildorlik. Kirish Bugungi kunda global oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda aholining sog‘lom ovqatlanishiga bo‘lgan talabni qondirish maqsadida vitaminlarga boy va yuqori sifatli sabzavot mahsulotlarini yetishtirish qishloq xo‘jaligining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. So‘nggi yillarda iste’molchilar orasida yuqori ta’m sifati, shirinligi hamda jozibador tashqi ko‘rinishi bilan ajralib turadigan cherry pomidorlariga bo‘lgan talab tobora ortib bormoqda. Mazkur ekin kichik o‘lchamli mevalari, yuqori oziqaviy qiymati va dekorativ xususiyatlari bilan nafaqat ichki bozorda, balki eksport salohiyatini oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq Buxoro viloyatining keskin kontinental, issiq va quruq iqlim sharoitida cherry pomidorini ochiq maydonlarda samarali yetishtirish uchun an’anaviy agrotexnik usullar yetarli darajada yuqori natija bermasligi mumkin. Shu sababli ushbu hudud sharoitiga moslashtirilgan zamonaviy agrotexnologiyalarni, jumladan, optimal ekish sxemalari, oziqlantirish tizimi, suvni tejovchi sug‘orish usullari hamda o‘simliklarni himoya qilishning ilg‘or usullarini qo‘llash dolzarb hisoblanadi. Bu esa nafaqat hosildorlikni oshirish, balki mahsulot sifatini yaxshilash va ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini ta’minlash imkonini beradi. Tadqiqotning maqsadi — cherry pomidorini vertikal spalerada o‘stirish va quyosh radiatsiyasidan himoya qilish orqali maksimal hosildorlikka erishish imkoniyatlarini ilmiy asoslashdan iborat. Tadqiqot metodikasi va materiallari Tadqiqot ishlari 2022–2024 yillar davomida Buxoro viloyati sharoitida olib borildi. Tajriba ob’ekti sifatida cherry pomidorining “Fazilat” navi tanlandi. Tajriba variantlari quyidagicha belgilandi: ➢ Ochiq dala (nazorat): Hech qanday yordamchi vositalarsiz, o‘simlik poyasi yerda yotgan holda o’stirish.

➢ Egatlar ustidan soyalatish: Quyosh nuri intensivligini kamaytirish uchun to‘r (setka) qo‘llash. ➢ Tirgovuchlar yordamida o‘stirish: Poyani yog’och tirgovuchlarga bog’lab o’stirish. ➢ Shpalerada o‘stirish: O‘simlikni maxsus yo’gosch konstruktsiyaga bog‘lab o’stirish. ➢ Shpalera + setka bilan soyalatish: Eng maqbul texnologik variant. O‘simliklarning rivojlanishi (poya balandligi, barg va gullar soni) hamda yillar kesimidagi hosildorlik ko‘rsatkichlari har bir variantda alohida qayd etib borildi. Natijalar: 2022–2024-yillarda “Cherry” pomidorining “Fazilat” navida o‘tkazilgan fenologik kuzatuv natijalari asosida tuzilgan 1-jadvalda o‘simlikning rivojlanish fazalari turli agrotexnik usullar ta’sirida sezilarli darajada farqlanishini ko‘rsatdi. 1-jadval ma’lumotlarga ko‘ra, ochiq dala nazorat variantida maysalashdan gullashgacha bo‘lgan davr 67 kunni, gullashdan meva pishishigacha bo‘lgan davr esa 48 kunni tashkil etgan. Natijada maysalashdan birinchi meva pishguniga qadar umumiy vegetatsiya davri 111 kun davom etganligi aniqlangan. Grafikda bu ko‘rsatkich boshqa variantlarga nisbatan eng uzoq davr sifatida qayd etilgan. Ochiq dala sharoitida soya beruvchi setkadan foydalanilgan variantda fenologik fazalar biroz tezlashgani kuzatiladi. Natijalarga ko‘ra, bu variantda maysalashdan gullashgacha 64 kun, gullashdan meva pishishigacha esa 45 kun davom etib, umumiy vegetatsiya davri 110 kunni tashkil etgan. Tirgovuch qo‘llanilgan variantda esa maysalashdan gullashgacha 66 kun, gullashdan meva pishishigacha 47 kun davom etib, umumiy davr 110 kun bo‘lgan.

Jadval 1. 2022-2024-yilda ekilgan "Cherri" pomidorining Fazilat navida o‘tkazilgan fenologik fazalarini kuzatuv tahlili Maysalashdan to Мaysalar unib Gullashdan – Yetishtirishning 1-chi meva № chiqgandan - meva texnologik usuli pishgunga gullashgacha pishishgacha qadar, kun 1 Ochik dala nazorat 67 48 111

3 Ochik dala + tirgovuch 66 47 110 Ochik dala tirgovuch + 4 63 44 109 setka 5 Shpalerada ustirish 65 43 108 6 Shpalera + soyabon 63 43 107

Tirgovuch va soya setkasi birgalikda qo‘llanilgan variantda esa fenologik rivojlanish jarayonining yanada tezlashgani 1-jadval ko‘rsatkichlarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Ushbu variantda maysalashdan gullashgacha 63 kun, gullashdan meva pishishigacha 44 kun davom etib, umumiy vegetatsiya davri 109 kunni tashkil etgan.

Shpalera usulida yetishtirilgan o‘simliklarda ham rivojlanish jarayonining tezlashishi kuzatilgan bo‘lib, 1-jadval ma’lumotlarga ko‘ra maysalashdan gullashgacha 65 kun, gullashdan meva pishishigacha esa 43 kun davom etgan. Natijada umumiy vegetatsiya davri 108 kunni tashkil etgan. Eng qisqa vegetatsiya davri shpalera va soya setkasi birgalikda qo‘llanilgan variantda kuzatilgan bo‘lib, bu yerda maysalashdan gullashgacha 63 kun, gullashdan meva pishishigacha 43 kun davom etgan va umumiy davr 107 kunni tashkil etgan.

2022–2024-yillarda Buxoro viloyati sharoitida ochiq maydonda yetishtirilgan cherri pomidorining “Fazilat” navi biometrik ko‘rsatkichlari turli agrotexnik usullar ta’sirida sezilarli Yetishtirishning Asosiy poya Yon Meva Barglar Gullar soni, texnologik usuli balandligi, shoxlar tugunchalari soni, dona dona sm soni, dona soni, dona Ochiq dala (nazorat) 66,7 3,7 79,9 47,6 42,5 Egatlar ustidan 68,0 3,7 83,0 50,2 44,4 soyalatish Tirgovuchlar yordamida 70,3 4,0 86,8 51,8 46,6 o‘stirish Tirgovuchlar + setka bilan 72,9 4,2 91,1 54,5 48,7 soyalatish Shpalerada 73,9 4,3 93,2 56,3 50,2 o‘stirish Shpalera + setka 77,4 4,5 97,4 60,4 53,4 bilan soyalatish darajada farqlanishi aniqlangan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ochiq dala nazorat variantida o‘simlikning asosiy poyasi balandligi 66,7 sm, yon shoxlar soni 3,7 dona, barglar soni 79,9 dona, gullar soni 47,6 dona va meva tugunchalari soni 42,5 donani tashkil etgan. Egatlar ustidan soyalatish usuli qo‘llanilganda ushbu ko‘rsatkichlarning biroz oshgani kuzatilib, o‘simliklarning vegetativ rivojlanishi yaxshilangani qayd etilgan (2-jadval). Jadval 2.

Buxoro viloyati sharoitida ochiq maydonda yetishtirilgan cherri pomidorining Fazilat navi biometrik ko‘rsatkichlari (2022–2024 yy.)

Tirgovuchlar yordamida o‘stirilgan variantlarda esa o‘simliklarning o‘sishi yanada jadallashib, poya balandligi 70,3 sm ga, barglar soni 86,8 donaga va meva tugunchalari soni 46,6 donaga yetgan. Tirgovuch va setka bilan soyalatish birgalikda qo‘llanilganda biometrik ko‘rsatkichlar yanada ortib, o‘simliklarning vegetativ va generativ organlari faol rivojlanganligi aniqlangan. Eng yuqori biometrik ko‘rsatkichlar shpalera va setka bilan soyalatish usuli qo‘llanilgan variantda qayd etilib, asosiy poya balandligi 77,4 sm, barglar soni 97,4 dona, gullar soni 60,4 dona hamda meva tugunchalari soni 53,4 donani tashkil etgan.

2022–2024-yillarda Buxoro viloyati sharoitida ochiq maydonda yetishtirilgan cherri pomidorining “Fazilat” navi hosildorligi turli agrotexnik usullar ta’sirida sezilarli darajada o‘zgarishi aniqlangan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ochiq dala nazorat variantida o‘rtacha hosildorlik 36,2 t/ga ni tashkil etgan. Egatlar ustidan soyalatish usuli qo‘llanilganda hosildorlik 38,4 t/ga ga yetib, nazoratga nisbatan 2,2 t/ga yoki 106 % ga oshgani qayd etildi. Jadval 3.

Buxoro viloyati sharoitida ochiq maydonda yetishtirilgan cherri pomidorining Fazilat navi hosildorlik ko‘rsatkichlari (2022-2024 yy.)

Tirgovuchlar yordamida o‘stirilgan variantda o‘rtacha hosildorlik 40,5 t/ga ni tashkil etib, nazoratga nisbatan 4,3 t/ga qo‘shimcha hosil olingan. Tirgovuchlar bilan birga setka yordamida soyalatish usuli qo‘llanilganda hosildorlik 43,5 t/ga ga yetib, nazorat variantiga nisbatan 7,3 t/ga yoki 120,1 % yuqori natija kuzatilgan. Shpalerada o‘stirish usulida esa o‘rtacha hosildorlik 44,5 t/ga ni tashkil etib, nazoratga nisbatan 8,3 t/ga qo‘shimcha hosil olingan (3-jadval).

Eng yuqori hosildorlik ko‘rsatkichi shpalera va setka bilan soyalatish birgalikda qo‘llanilgan variantda kuzatilib, o‘rtacha 50,5 t/ga ni tashkil etgan hamda nazoratga nisbatan 14,3 t/ga yoki 139,5 % ga yuqori bo‘lgan. Statistik tahlil natijalariga ko‘ra, EKF05 qiymatlari 0,46– 0,69 oralig‘ida, tajriba aniqlik ko‘rsatkichi (Sx) esa 0,36–0,45 % ni tashkil etib, olingan natijalarning ishonchliligini tasdiqlaydi.

Xulosa: 2022–2024-yillarda Buxoro viloyati sharoitida ochiq maydonda yetishtirilgan cherri pomidorining “Fazilat” navi ustida olib borilgan tadqiqotlar natijasida turli agrotexnik usullar o‘simlikning fenologik rivojlanishi va hosildorligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. Hosildorlik, t/ga Qo‘shimcha hosil nazoratga Yetishtirishning nazoratga 2022 y. 2023 y. 2024 y. o‘rtacha nisbatan, texnologik usuli nisbatan, % tonna Ochiq dala 32,4 39,3 36,9 36,2 - 100,0 (nazorat) Egatlar ustidan 34,3 41,7 39,1 38,4 2,2 106,0 soyalatish Tirgovuchlar yordamida 36,2 44,0 41,3 40,5 4,3 111,8 o‘stirish Tirgovuchlar + setka bilan 38,9 47,3 44,3 43,5 7,3 120,1 soyalatish Shpalerada 39,8 48,4 45,3 44,5 8,3 123,0 o‘stirish Shpalera + setka 45,1 54,9 51,5 50,5 14,3 139,5 bilan soyalatish EKF05 0,46 0,62 0,69 Sx (%) 0,36 0,43 0,45 Kuzatuv natijalari shuni ko‘rsatdiki, o‘simliklarni tirgovuch, shpalera va soyalatish usullaridan foydalanib parvarishlash vegetatsiya davrining biroz qisqarishiga hamda rivojlanish bosqichlarining tezlashishiga xizmat qiladi. Shu bilan birga, ushbu agrotexnik tadbirlar hosildorlik ko‘rsatkichlarining sezilarli darajada oshishiga olib kelgan. Ayniqsa, shpalera va setka bilan soyalatish usuli qo‘llanilganda o‘rtacha hosildorlik 50,5 t/ga ni tashkil etib, nazorat variantiga nisbatan 14,3 t/ga yoki 139,5 % yuqori natija qayd etilgan. Olingan natijalar Buxoro viloyati sharoitida cherri pomidorining “Fazilat” navini yetishtirishda zamonaviy agrotexnik usullarni qo‘llash yuqori hosil olishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. Azimov, B.J., Azimov, B.B. Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilikda tajribalar o‘tkazish metodikasi. Toshkent. 2021.
  2. Hamroyev R. Buxoro viloyatining ochiq maydonlarida pomidor yetishtirish agrotexnikasi. Agro-ilm jurnali, 5(12). 2022. - 45-48.
  3. Jones J. B. Tomato Plant Culture: In the Field, Greenhouse, and Home Garden. 2020. CRC Press.
  4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi. (2023). Intensiv sabzavotchilik texnologiyalari bo‘yicha tavsiyanomalar.
  5. Srivastava A. K. Sustainable cultivation of cherry tomatoes in arid zones. Journal of Arid Agriculture, 18(3), 2022. - 210-222.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011964
Nashr sanasi
2026-04-07
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.
Jild
1
Son
1
DOI
10.66073/44vnrj16
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
285–289
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-16 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-06