OROL DENGIZI QURIGAN TUBI TUPROQ-GRUNTLARINING SHAKLLANISHI VA EKOLOGIK-MELIORATIV HOLATI
Qalandarov Nazimkhon Nazirovich1, Ismonov Abduvakhob Jo‘rayevich2, Abdurakhmonov Nodirjon Yulchiyevich32026
- 1b.f.f.d. (PhD), katta ilmiy xodim
- 2b.f.n., katta ilmiy xodim
- 3b.f.d., professor. Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti, Toshkent.
Konferensiyalar“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.Jild 1Son 1Sahifa 281–284
Annotatsiya
Mazkur maqolada Orol dengizining qurigan tubida shakllangan tuproq-gruntlarning ekologik-meliorativ holati geoaxborot texnologiyalari asosida baholandi. Tadqiqotlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi 4,2 mln gektar maydonni qamrab olib, dala kuzatuvlari, tuproq kesmalari tahlili va laboratoriya-kameral ishlari asosida amalga oshirildi. Har 450 gektarga bitta asosiy kesma kovlanib, kimyoviy tahlillar bajarildi. Natijada 1:200 000 masshtabda tuproq-gruntlar, sho‘rlanish, zaharli tuzlarning tarqalishi, geomorfologik rayonlashuv va agrolandshaft xaritalari tuzildi. Tadqiqotlar qurigan tubda eol jarayonlar, qum ko‘chishi va sho‘rlanishning jadallashayotganini ko‘rsatdi. Iqlim isishi va sizot suvlar sathining pasayishi natijasida o‘simlik qoplami qisqarib, cho‘llanish jarayonlari kuchaygani aniqlandi. Olingan natijalar hududning ekologik holatini baholash va meliorativ tadbirlarni rejalashtirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
Boshqa tillarda
ruschaФОРМИРОВАНИЕ И ЭКОЛОГИЧЕСКИ-АМЕЛИОРАЦИОННОЕ СОСТОЯНИЕ ПОЧВ НА ОСЫПАЮЩЕМ ДНЕ АРАЛЯ.
В данной статье с использованием геоинформационных технологий проведена оценка экологического и мелиоративного состояния почв, образовавшихся на высохшем дне Аральского моря. Исследование охватило территорию площадью 4,2 миллиона гектаров в Республике Каракалпакстан и проводилось на основе полевых наблюдений, анализа почвенных разрезов, лабораторных и фотосъемок. На каждые 450 гектаров был выкопан один основной разрез, проведен химический анализ. В результате были составлены карты почв, засоленности, распределения токсичных солей, геоморфологического зонирования и агроландшафта в масштабе 1:200 000. Исследование показало, что на высохшем дне ускоряются эоловые процессы, миграция песка и засоление. Установлено, что в результате глобального потепления и снижения уровня поверхностных вод сократился растительный покров и усилились процессы опустынивания. Полученные результаты имеют важное научное и практическое значение для оценки экологического состояния региона и планирования мероприятий по восстановлению.
inglizchaFORMATION AND ECOLOGICAL-AMELIORATION STATE OF SOILS IN THE DRYING BOTTOM OF THE ARAL SEA
In this article, the ecological and reclamation state of the soils formed on the dried-up bottom of the Aral Sea was assessed using geoinformation technologies. The research covered an area of 4.2 million hectares in the Republic of Karakalpakstan, and was carried out on the basis of field observations, analysis of soil sections, and laboratory and camera work. One main section was excavated for every 450 hectares and chemical analyses were performed. As a result, maps of soils, salinity, distribution of toxic salts, geomorphological zoning, and agrolandscape were compiled on a scale of 1:200,000. The research showed that aeolian processes, sand migration, and salinization are accelerating on the dried-up bottom. It was found that as a result of global warming and a decrease in the level of surface water, the vegetation cover has decreased and desertification processes have intensified. The results obtained are of significant scientific and practical importance in assessing the ecological state of the region and planning reclamation measures.
Kalit so‘zlar
- Orol dengizi
- Orolqum cho‘li
- qurigan tub tuproqlari
- tuproq-gruntlar
- sho‘rlanish
- zaharli tuzlar
- eol jarayonlar
- geoaxborot texnologiyalari (GAT)
- ekologik-meliorativ holat
- cho‘llanish jarayonlari
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
UDK 631.4 OROL DENGIZI QURIGAN TUBI TUPROQ-GRUNTLARINING SHAKLLANISHI VA EKOLOGIK-MELIORATIV HOLATI Qalandarov Nazimxon Nazirovich b.f.f.d. (PhD), katta ilmiy xodim, Ismonov Abduvaxob Jo’rayevich b.f.n., katta ilmiy xodim, Abduraxmonov Nodirjon Yulchiyevich b.f.d., professor. Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti, Тошкент. Тел: [telefon raqami yashirilgan], E-mail: nazimxon-1984@mail.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.19244094 Annotatsiya. Mazkur maqolada Orol dengizining qurigan tubida shakllangan tuproqgruntlarning ekologik-meliorativ holati geoaxborot texnologiyalari asosida baholandi. Tadqiqotlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi 4,2 mln gektar maydonni qamrab olib, dala kuzatuvlari, tuproq kesmalari tahlili va laboratoriya-kameral ishlari asosida amalga oshirildi. Har 450 gektarga bitta asosiy kesma kovlanib, kimyoviy tahlillar bajarildi. Natijada 1:200 000 masshtabda tuproq-gruntlar, sho‘rlanish, zaharli tuzlarning tarqalishi, geomorfologik rayonlashuv va agrolandshaft xaritalari tuzildi. Tadqiqotlar qurigan tubda eol jarayonlar, qum ko‘chishi va sho‘rlanishning jadallashayotganini ko‘rsatdi. Iqlim isishi va sizot suvlar sathining pasayishi natijasida o‘simlik qoplami qisqarib, cho‘llanish jarayonlari kuchaygani aniqlandi. Olingan natijalar hududning ekologik holatini baholash va meliorativ tadbirlarni rejalashtirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Kalit so‘zlar: Orol dengizi, Orolqum cho‘li, qurigan tub tuproqlari, tuproq-gruntlar, sho‘rlanish, zaharli tuzlar, eol jarayonlar, geoaxborot texnologiyalari (GAT), ekologik-meliorativ holat, cho‘llanish jarayonlari. Kirish. Bugungi kunda Orol dengizining qoldiq hajmi 1960 yil darajasining 10 foizidan kamrog‘ini tashkil etmoqda. Qoldiq suv hajmi uchta havzalarga bo‘lingan: G‘arbiy dengiz – maydoni 2680 km2, Sharqiy dengiz – maydoni 1,280 km2 va Kichik (Shimoliy) Orol –maydoni 3030 km2 (1990 yilgcha). Shu jumladan, suv hajmi ham qariyib 15 marta kamaygan. Lekin, 2024 yilga kelib dengiz faqat g‘arbiy qismida, kichik suv havzasi sifatida saqlanib qolganligi dala ekspeditsiyasi davrida qayd etildi [1,2]. Ma’lumki, keyingi 55 yilda Orol dengizining qurigan tubida 5,2 million gektar (umumiy) maydonda, yangi Orolqum cho‘li paydo bo‘ldi. Dunyoning boshqa har qanday cho‘llarida bo‘lgani kabi, Orolqumda ham odamlarning to‘kis hayot kechirishi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, bioxilmaxillik va ekotizimni qo‘llab-quvvatlash uchun kerak bo‘lgan infratuzilma, shuningdek ijtimoiy taraqqiyot va farovonlik uchun zarur bo‘lgan boshqa shart-sharoitlar mavjud emas[6, 7, 8]. Ushbu maqolada keltirilgan ma’lumotlar Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan moliyalashtirilgan “Geoaxborot texnologiyalari asosida Orol dengizi qurigan tubida degradatsiyaga uchragan tuproqlarning ekologik-meliorativ holatiga oid o‘rta masshtabli tuproq kartasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida olib borilgan[3, 5]. Tadqiqot ob’ekti va uslublari. Tadqiqotlarimiz Orol dengizining 1960-yildan boshlab qurigan tubida shakllangan tuproq-gruntlarida olib borilgan bo‘lib, dala tadqiqotlari, kimyoviy tahlil va kameral ishlar Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida umum qabul qilingan uslubiyotlar asosida bajarilgan [4].
Tadqiqot natijalari va ularning muhokamasi. Olib borilgan tadqiqotlarimiz yakunida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida joylashgan Orol dengizi qurigan tubi uchun (4,200 ming ga) 1:200 000 masshtabli “Orol dengizi suvlari chekingan hududlari tuproq-gruntlari xaritasi”, “Orol dengizi tuproq-gruntlarining sho‘rlanishlar xaritasi”, “Orol dengizi qurigan tubi tuproqgruntlarida zaharli tuzlarning tarqalishi xaritasi”, “Orol dengizi qurigan tubi tuproq-gruntlarining geomorfologik rayonlari xaritasi” “Orol dengizi qurigan tubi agrolandshaftlari xaritasi” tuzildi. Orol dengizi qurigan tubi markaziy qismida o‘tkazilgan dala tuproq tadqiqotlari, uslubiy ko‘rsatmaga rioya qilgan holda, har 450 gektardan bitta asosiy tuproq kesmasi va ular oralig‘idan to‘rttadan yordamchi kesmalar kovlanib tuproq namunalari olingan va ushbu olingan asosiy tuproq kesmalarida kimyoviy tahlil ishlari bajarilgan. Kimyoviy tahlil ma’lumotlari asosida, Orol dengizi qurigan tubining tuproq xaritasi eksplikatsiyalari bilan birga tuzilgan (1, 2, 3, 4-rasmlar). Dengizning suvlari chekingan qismlarida, hozirda iqlimni keyingi yillarda nisbatan ko‘tarilib borishi sabab, hududlardan chang-tuzlarni ko‘chishi jadal kechayotganligi aniqlandi. Xususan, Orol dengizining markaziy qismlarida, o‘simliklar bilan kam darajada qoplangan hududlarida qumlarni ko‘chishi va yangi
1-рasm. Orol dengizi qurigan tubi tuproq- 2-rasm. Orol dengizi qurigan tubi tuproqgruntlari xaritasi gruntlarida zaharli tuzlarning tarqalishi xaritasi
3-rasm. Orol dengizi tuproq-gruntlari 4-rasm. Orol dengizi tuproq-gruntlarining sho‘rlanishlar xaritasi geomorfologik rayonlari xaritasi
barxanlar, qumli kotlovanlarni vujudga kelayotganligi kuzatildi. Tuproq qoplamlarining yuza yoki yuqori qatlamlarini qurib borishi, qumlarni shamollar ta’sirida uchirilib ketishiga beriluvchan bo‘ladi va o‘z navbatida eol shakldagi releflarni paydo bo‘lishiga olib kelgan. Doimiy esuvchi shimoliy-sharqiy va g‘arbiy shamollar qumli hududlarda ularni uchirib boshqa qo‘shni hududlarga tuzlar bilan birga aralash holda yotqizib borgan. Ayrim hududlar borki, qum qoplamlari eol ta’sirga berilmagan, bunday qum qoplamlari nam sharoitda tuzlar va qumlarni yotqizilishi hisobiga ular o‘ta zichlashgan (yarim mustahkamlangan) qoplam hosil qilgan va keyingi yemirilishlarga kuchsiz uchraganligi aniqlandi. Markaziy qismlarni dala sharoitlarida tekshirish ishlarida gipsli hududlar Vozrojdeniya orolida g‘arbga tomon katta maydonlarda tarqalganligi kuzatildi va bu gipsli qatlamlar yuza qatlami ko‘chib yuruvchi qumlar bilan 10-15 sm qalinlikda qoplanganligi, o‘simliklarni juda kam darajada ahyon-ahyonda uchrashi bilan xarakterlidir. Hozirga vaqtda ushbu gipslardan, dengizni ichida qurilayotgan avtomobil yo‘llari qurishda to‘shama sifatida keng foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Asosiy holat bu qumlarni va uchirilgan jinslarni ko‘chirib yotqizilishi hisoblanadi ya’ni, aniqlangan tuproqlar qoplami yillar davomida qum bilan qoplanishi hisobiga ularni areallarini o‘zgarishidir. Havoning isib borishi yuqorida aytganimizdek, tuproq (tuzlarni) va qumlarni uchirilib yotqizilishini kuchaytirib boradi. Bu esa o‘z navbatida sho‘rlangan tuproq qoplamlari va qumli maydonlar (cho‘l) maydonlarini kengayishiga olib kelishi mumkin. Huddi shu holat dengizni avvaldan quriy boshlangan, markaziy va sharqiy (Jiltirbas ko‘li, Akpetki arxepelagi orollar) qismlarida jadallashganligi kuzatiladi. Dengizning qurigan tubi markaziy qismida asosan qoldiq sho‘rxoklar, tipik sho‘rxoklar, qumli cho‘l, sur tusli qo‘ng‘ir, qoldiq o‘tloqi, qoldiq botqoq, qoldiq botqoq sho‘rxoklarni tarqalganligi aniqlandi (39-rasm). Vozrojdenie oroli alohida o‘rganishni talab etadigan hudud
hisoblansada, o‘rgandik va bu yerdagi tuproqlar sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlar bo‘lib hisobanadi. Lekin, keyingi yillardagi shamollar ta’siridagi yemirilishlar orolni ham chetlab o‘tmagan, sababi tuproq qoplamlarini yuza qatlami qum zarrachalari bilan qoplanganligi tahlil ma’lumotlarida aniqlandi. Shunday bo‘lishiga qaramay, avvalgi tabiiy landshaft sharoitlarida katta o‘zgarishlar seziladi. Vozrojdenie orolining tabiati, Ustyurt platosi landshaftiga o‘xshash bo‘lib, muallif 1998 yil kuzatgan va uchratgan o‘simlik qoplamlari 50% ga qisqarib, qurib ketganligi kuzatildi. Vaholanki, dengizni qurigan tubida uchramaydigan o‘simliklar (juzg‘un, selen va b.) barq urib rivojlanganligi kuzatilgan edi. 2023 yilgi tadqiqotlarida iqlimni ta’siri va sizot suvlarining sathini pasayib ketganligi hisobiga o‘simliklar qoplami qurib ketayotganligi aniqlandi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Rafikov V., Mamadganova G. The forecast of changes of hierological and hidrochemical conditions of Aral sea // Editorial office for Journal of Geodesy and Geodynamics. – China, 2014 - vol. №2 pp. 16 - 23. 2. Рафиков В.А. Состояние Аральского моря и Приаралья до 2020 года // 2014. Ташкент. –С.112 3. Аbduvaxob Ismonov, Аlijon Dusaliev, Nazimkhon Kalandarov, Uktamkhon Mamajanova and Gulnoza Kattaeva. Profile of desert sandy soils formed in the Aral Sea dried-up seabed // E3S Web of Conferences 486, 04010 (2024) 4. Дўсалиев А., Исмонов А. Характеристика остаточных луговых солончаковых почв, сформированных на высохшем дне Аральского моря // Научный журнал «Почвоведение и агрохимия». — 2023. — № 3. — С. 22–26. 5. Исмонов А.Ж., Дусалиев А.Т., Каттаева Г., Каландаров Н.Н., Мамажанова У.Х. Целинно-пастбищные почвы Аральской акватории // Вестник Национального университета Узбекистана. — Ташкент, 2022. — № 3/1/1. — С. 71–73. 6. Ф.Хюфлер, З. Новицкий. Зелёный щит осушенного дна Арала. Ташкент. 2003 – С. 76 7. Томина Т.К. Почвы обсохшего дна Аральского моря // журнал Гидрометеорология и экология. - Алматы, 2009. - №1. – С. 60-75. 8. Liangliang Jiang, Guli·Jiapaer , Anming Bao, Ye Yuan , Guoxiong Zheng , Hao Guo , Tao Yu , The effects of water stress on croplands in the Aral Sea basin, Journal of Cleaner Production, 1 May 2020 – T.254 –C.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar8 ta adabiyot
- Rafikov V., Mamadganova G. The forecast of changes of hierological and hidrochemical conditions of Aral sea // Editorial office for Journal of Geodesy and Geodynamics. – China, 2014 - vol. №2 pp. 16 - 23.10.3724/sp.j.1246.2014.02016
- Рафиков В.А. Состояние Аральского моря и Приаралья до 2020 года // 2014. Ташкент. –С.112
- Аbduvaxob Ismonov, Аlijon Dusaliev, Nazimkhon Kalandarov, Uktamkhon Mamajanova and Gulnoza Kattaeva. Profile of desert sandy soils formed in the Aral Sea dried-up seabed // E3S Web of Conferences 486, 04010 (2024)10.1051/e3sconf/202448604010
- Дўсалиев А., Исмонов А. Характеристика остаточных луговых солончаковых почв, сформированных на высохшем дне Аральского моря // Научный журнал «Почвоведение и агрохимия». — 2023. — № 3. — С. 22–26.
- Исмонов А.Ж., Дусалиев А.Т., Каттаева Г., Каландаров Н.Н., Мамажанова У.Х. Целинно-пастбищные почвы Аральской акватории // Вестник Национального университета Узбекистана. — Ташкент, 2022. — № 3/1/1. — С. 71–73.
- Ф.Хюфлер, З. Новицкий. Зелёный щит осушенного дна Арала. Ташкент. 2003 –С. 76
- Томина Т.К. Почвы обсохшего дна Аральского моря // журнал Гидрометеорология и экология. - Алматы, 2009. - №1. – С. 60-75.
- Liangliang Jiang, Guli·Jiapaer , Anming Bao, Ye Yuan , Guoxiong Zheng , Hao Guo , Tao Yu , The effects of water stress on croplands in the Aral Sea basin, Journal of Cleaner Production, 1 May 2020 – T.254 –C.10.1016/j.jclepro.2020.120114
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011963
- Nashr sanasi
- 2026-04-07
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.
- Jild
- 1
- Son
- 1
- DOI
- 10.66073/mqs2va51
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 281–284
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-06