YERLARDAN SAMARALI FOYDALANISHDA REKUL‘TIVACIYALASHNING AHAMIYATI VA KEYIN KUZGI BUG‘DOY EKISHNING IQTISODIY SAMARODORLIGI
Reymov Omirbay Nietbaevich1, Orazymbetov Nurbek Aybekovich2, Reimov Nietbay Baynazarovich32026
- 1Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining «Suv xo‘jaligi yerdan foydalanish» kafedrasi assistent o‘qituvchisi.
- 2Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining «Suv xo‘jaligi va yerdan foydalanish» kafedrasining 1 bosqich magistranti.
- 3Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining «Suv xo‘jaligi va yerdan foydalanish» kafedrasi professori. Don va sholi ilmiy tadqiqot instituti direktorining ilm, fan va innovatsiyalar bo‘yicha maslahatchisi. Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Konferensiyalar“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.Jild 1Son 1Sahifa 259–262
Annotatsiya
Ushbu ilmiy maqolada Respublikamiz yerlaridan samarali foydalanish uchun tashlandiq yerlarni qayta tiklash, shuningdek, tuproq unumdorligini saqlash va yaxshilash uchun mahalliy va mineral o‘g‘itlardan foydalanish, begona o‘tlarga qarshi kurash va ulardan kuzgi bug‘doy uchun o‘g‘it sifatida foydalanish masalalari o‘rganiladi.
Boshqa tillarda
ruschaВажность рекультивации для эффективного землепользования и экономической эффективности последующей посадки озимой пшеницы
В данной научной статье рассматривается рекультивация выведенных из оборота земель для эффективного использования земель нашей Республики, а также использование местных и минеральных удобрений для поддержания и повышения плодородия почвы, измельчение сорняков и использование под озимую пшеницу их в качестве удобрений.
inglizchaTHE IMPORTANCE OF RECLAIMING IN EFFECTIVE LAND USE AND THE ECONOMIC EFFICIENCY OF SUBSEQUENT WINTER WHEAT PLANTING
This scientific article examines the reclamation of abandoned lands for the efficient use of our Republic‘s lands, as well as the use of local and mineral fertilizers to maintain and improve soil fertility, weed control, and their use as fertilizers for winter wheat.
Kalit so‘zlar
- O‘zbekiston
- Qoraqalpog‘iston
- melioratsiya
- noqulay iqlim
- yer
- tuproq
- yerdan foydalanish
- unumdorlik
- suv tanqisligi
- kadastr
- kuzgi bug‘doy
- hosil
- iqtisodiy samaradorlik
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
UO‘K – 622.882+631.15+504.062.4+631.155 YERLARDAN SAMARALI FOYDALANISHDA REKUL`TIVACIYALASHNING AHAMIYATI VA KEYIN KUZGI BUG‘DOY EKISHNING IQTISODIY SAMARODORLIGI Reymov Omirbay Nietbaevich – Qoraqalpog’iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining «Suv xo’jaligi yerdan foydalanish» kafedrasi assistent o’qituvchisi. omirbayreymov9@gmail.com Orazımbetov Nurbek AybekovichQoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutining «Suv xo’jaligi va yerdan foydalanish» kafedrasining 1 bosqich magistranti. Reimov Nietbay Baynazarovich – Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutining «Suv xo’jaligi va yerdan foydalanish» kafedrasi professori. Don va sholi ilmiy tadqiqot instituti direktorining ilm, fan va innovatsiyalar bo’yicha maslahatchisi. Qishloq xo’jaligi fanlari doktori. nietbajreimov1@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.19244046 İzoh – Ushbu ilmiy maqolada Respublikamiz yerlaridan samarali foydalanish uchun foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni rekul`tivatsiyalash orqali qayta foydalanishga qо’shish hamda tuproq unumdorligini saqlab turish va oshirib borish uchun mahalliy va mineral ug’itlardan foydalanish hamda begona о’tlarni maydalab, ug’it sifatida kuzgi bugdoy dalasiga foydalanish haqida so’z yuritiladi. Аnnotаsiya- В данной научной статье рассматривается рекультивация выведенных из оборота земель для эффективного использования земель нашей Республики, а также использование местных и минеральных удобрений для поддержания и повышения плодородия почвы, измельчение сорняков и использование под озимую пшеницу их в качестве удобрений. Abstract - This scientific article examines the reclamation of abandoned lands for efficient use of our Republic’s lands, as well as the use of local and mineral fertilizers to maintain and increase soil fertility, weed crushing, and their use as fertilizers for winter wheat. Kalit so’zlar – О’zbekiston, Qoraqalpog’iston, rekul`tivaciya, noquloy iqlim,yer, tuproq, yerdan foydalanish, unumdorlik, suv tanqisligi, kadastr, kuzgi bugdoy, hosil, iqtisodiy samaradorlik. Ключевые слова - Узбекистан, Каракалпакстан, рекультивация, неблагоприятный климат, земля, почва, землепользование, плодородие, дефицит воды, кадастр, озимая пшеница, урожай, экономическая эффективность. Key words – Uzbekistan, Karakalpakstan, reclamation, unfavorable climate, land, soil, land use, fertility, water scarcity, cadastre, winter wheat, harvest, economic efficiency. Kirish. О’zbekiston Respublikasi xalqining soni 39 millionga yaqinlashib, ortib borayotgan bir davrda qishloq xо’jaligi mutaxassislari va olimlar oldida yerlardan yana da samarali foydalanish masalasi kun tartibidagi birinchi dolzarb masalalardan hisoblanadi. Mana, usha vaqtda oldin faol foydalanishda turgan ekish yerlarining har xil sabablar (suv tanqisligi, noto’g’ri ishlov berish, yer egallovchining barcha maydonlarini vaqtida ekishga ulgurmasligi, begona о’tlar bosib ketishi, yerlarning notekisligi, sanoaatning va mudofa ishlarining faol rivojlanishi, avto va temir yo’llarning rekonstruksiyalanishi) bilan faol foydalanishdan chiqib qolgan yer maydonlari
uchrachadi va ushbu yerlarni qaytadan faol foydalanishga qо’shish har bir mutaxassisning vazifasi hisoblanadi. So’ngi yillarda Respublikamizda 450 ming gektar sug’oriladigan yerlar suv taqchilligi, global iqlim о’zgarishi, yerlarning shо’rlanish tempining kuchayishi, ekish yerlarni noto’g’ri foydalanish, irrigatsiya tizimlarining yomonlashuvi, yerlarning meliorativ holatining yomonlashishi va sanoatning rivojlanishi sababidan faol foydalanishdan chiqib qolib, foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolganligining sababchisi bo’lmoqda. Shu bilan birga, mamlakatimizda sug’orish suvlarining to’liq yetishmasligi, irrigatsiya, melioratsiya tarmoqlarining takomillashishga zarurligi, suvni tejaydigan tomchilatib sug’orish, diskret sug’orish, yomg’irlatib sug’orish va boshqa da takomillashgan usullarni qo’llash sababidan iqtisod qilingan sug’orish suvlari hisobidan har xil sabablar bilan faol foydalanishdan chiqib ketgan bir milliondan ortiq yer maydonlarini faol foydalanish imkoniyati mavjud. Yerlardan samarali foydalansak xalqimizning farovanligi uchun ishlab chiqilgan oziq ovqat dasturida ko’rsatilgan qishloq xo’jaligi ekinlaridan yuqori hosil olish uchun barcha imkoniyatlarni foydalanish bo’ladi [1,3]. Respublikamiz Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi «O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo’ljallangan strategiyasini tasdiqlash to’g’risida»gi 5853-son Farmoni, 2017 yil 18 yanvardagi PQ-2731-son «2017-2021 yillarda Orol boyi regionini rivojlantirish bo’yicha davlat dasturi to’g’risida»gi jahon qishloq xo’jaligida foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni qaytadan ishga qo’shishni qo’llash maqsadida, tuproq unumdorligini saqlash, tiklash va yuqorilatish bo’yicha har xil ijobiy qarorlar qabul qilingan: yerlardan sifatli, intensiv va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi «O’zbekiston Respublikasini qishloq xo’jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo’ljallangan strategiyasini tasdiqlash to’g’risda»gi PF-5853-sonli Farmoni yerlarni maksimal darajada faol foydalanish bilan birga tuproq unumdorligini saqlash, yerlarni faol foydalanishda saqlab, qishloq xo’jaligi ekinlaridan rejalashtirilgan hosilni yetishtirishda yerlarni sifatli rekul`tivatsiyalash va yerlarning foydalanishdan chiqib ketishining oldini olish bo’yicha ahamiyatli qaror va farmonlar qabul qilinmoqda. [2,5] Adabiyotlar tahlili. Yer resurslaridan samarali foydalanish, yerlarni faol foydalanishda ushlab turish, foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni rekul`tivatsiyalash orqali qayta faol foydalanishga qо’shish bo’yicha dunyo miqyosida Germaniyada G.Shuls, Rossiyada S.Volkov, V.Vilyams, AQShda B.Volger, H.Gardner, Fransiyada J.Bussengo, Germaniyada A.Shideldorf, Avstraliyada K.Binder kabi olimlar tomonidan o’rganilgan va keng qamrovli ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan. Respublikamizning turli tuproq-iqlim sharoitlarida S.Avezbayev, A.Bobojanov, K.Raxmanov, B.Inomov, R.Sharapov, N.Reimov, SH.Narbaev va boshqa olimlar yerlardan samarali foydalanish, yer tuzish, kadastr va yer monitoringi, yangi texnologiyalar, masofadan zondlash bо’yicha har xil ilmiy tadqiqotlar olib borgan. Lekin, Qoraqalpog’iston Respublikasi sharoitida yerlarni faol foydalanishda ushlab turish, foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni rekul`tivatsiyalash orqali qayta foydalanishga kiritish va uning tuproq unumdorligiga ta`siri bo’yicha tadqiqotlar yetarli darajada o’rganilmagan hamda ilmiy tavsiyalar berilmagan [5].
Materiallar va uslublar. Tadqiqotlar dala usulida olib borilib, bunda B.A.Dospexovning «Dala tajribalarini o’tkazish uslublari» uslubiy qo’llanmasi, yerlarni rekul`tivatsiya qilish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar asosida bajarilgan. Faol foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni rekul`tivaciyalash va rekul`tivasiyalangan uchastkalarda har xil qishloq xо’jaligi ekinlarini sinab, iqtisodiy samaradorligini aniqlash bo’yicha dala tajribasi rekul`tivaciya ishlarining 17.5.1.02-85. GOSTining qishloq xo’jaligidagi rekul`tivaciya yunalishi bo’yicha olib borildi. Tadqiqotlar Qoraqalpog’iston Respublikasi tumanlarida, rekul`tivatsiyaga muxtoj fermer xo’jaligi yerlarida dala tajribasi usulida olib borilib, bunda yerlarni rekul`tivatsiya qilish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar; tuproqning unumdor qatlamini qirqib olish, saqlash va oqilona foydalanish. Toshkent; ID-1255. 2018.; 1:10000, 1:25000 masshtablardagi Taxtako’pir tumani xo’jaliklari xaritalari; qurilish uchun injenerlik qidiruvlari hujjati (KMK 01.07.97y.); topografik syomka bo’yicha yo’riqnoma; B.A. Dospexovning «Tajriba o’tkazish metodikasi» 1985 yil; tajribalardan olingan ma’lumotlarga statistik ishlov berish B.A.Dospexovning bir omilli dispers usulida amalga oshirildi. Ilmiy tadqiqot ishlarini bajarishda ilmiy mushohada, tizimli tahlil, dala tadqiqotlari, hisob-konstruktiv, qiyosiy taqqoslash, matematik modellashtirish, statistik guruhlash usullaridan foydalanilgan [4,5]. Natijalar. Yerlarni rekul`tivatsiyalab bo’lgan so’ng shu dalaga qo’shimcha 30 tonna hisobidan mahalliy o’g’it berish, 30 tonna hisobidan mahalliy o’g’it va 300 kg/ga hisobidan madaniy (mineral o’g’itdan-ammofos) o’g’itni berish, yig’ilgan yovvoyi o’tlarlarni maydalagich uskuna (IGK) uskunasi yordamida maydalab, takroriydan dalaga o’g’it qilib sochib yuborishga uqshagan usullar qo’llanilganda va faqat yerlar rekul`tivatsiya ishlanib, qo’shimcha tadbirlar ishlanmaganda (nazorat varianti) bug’doy o’stirish tajribada iqtisodiy samarodorlik yuqorida yoritilgan ko’rsatkichlar bo’yicha aniqlanib, soliq va byudjetke tegishli ajirimlar bunga qo’shilmadı. Bizning hisoblashimizda bug’doyning «Alekseyeich» navini o’g’itlashning optimal me’yorlarini aniqlash bo’yicha o’tkazilgan ilmiy tajribaning o’g’it berilmagan va mineral o’g’itlarning har xil me’yorlari berilgan variantlardagi iqtisodiy samarodorlikni hisoblaganda quyidagi malumatlar olindi. Bug’doyning «Alekseyeich» navni ekib, qo’shimcha o’g’it berilmagan, tuproqning tabiyiy o’nimdorligi bilan, yani o’g’itsiz o’stirgan variantta 43,1 s/ga o’nim olinib, sotishdan kelib tushgan pul 10 million 775 mingta so’mga teng bo’ldi. Bug’doyni o’stirish vaqtidagi jami xarajatlar - vegetatsiya vaqtidagi xarajatlar, mexanizatsiyalashtrish ishlari, suvg’orish xarajatlar, uruq, o’g’it baholari hamda boshqada ko’rilmagan xarajatlar - 8 million 596 ming 845 so’mga teng bo’lib, tushgan sof foyda 2 million 178 ming so’mga va rentabellik saviyasi 25,3 % ga teng bo’ldi. Rekul`tivatsiyalangan yerlarda bug’doyning «Alekseyeich» navini qurigan o’t o’tlar (gektariga 2025kg) maydalanib ko’milgan va rekul`tivatsiya ishlangan variantda 46,0 s/ga o’nim olinib, sotishdan kelib tushgan xarajat 11 million 500 ming so’mga teng bo’ldi. Bug’doyni o’stirish vaqtidagi jami xarajatlar 8 million 923 ming so’mga teng bo’lib, tushkan sof foyda 2 million 577 ming so’mga va rentabellik saviyasi 28, 8 % ga teng bo’ldi. Rekul`tivatsiya ishlangan, gektariga 30 t/ga hisobidan gung berilgan va 300 kg fizik vaznda ammofos berilgan variatda 54,8 s/ga o’nim olinib, sotishdan kelib tushgan pul 13 million 700 ming so’mga teng bo’ldi. Kuzgi bug’doyni o’stirish vaqtidagi jami xarajatlar - vegetatsiya vaqtidagi xarajatlar, mexanizatsiyalashtirish ishlari, sug’orish xarajatlari, urug’, o’g’it baholari hamda
boshqada ko’rilmagan xarajatlar - 9 million 878 ming so’mga teng bo’lib, tushgan sof foyda 3 million 8227 ming so’mga va rentabellik saviyasi 38,6 % ga teng bo’ldi.
Xulosalar. Foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni qayta foydalanishga kiritish uchun rekul`tivaciyalash ishlari o’z qarajatlarini to’liq qoplaydi va qishloq xo’jaligi ekinlarini ekish bilan iqtisodiy jihatdan samaradorli ekanligi ilmiy tajribada dalillandi. Rekul`tivaciya ishlari bajarilgan yerlarda suvni tejovchi texnologiyalar (yerlarni lazerli tekislash, tomchlatib va yomg’irlatib sug’orish) bilan bug’doy ekish maqsadga muvofiq. Respublikada yerlarni foal foydalanishga kiritishga markazlashgan maxsus texnika va resurslarga ega yerlarni lazerli tekislash guruxini tashkil qilish maqsadga muvofiq.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar4 ta adabiyot
- 1.Reimov O.N., Reimov N.B. Yerlarni rekul`tivaciyalashning ahamiyati, so’ngi ekilgan ekinlarning hosiliga ta`siri. //Periodica impakfaktor Journal of Modern Philosophy, Social Sciences and Humanities. ISSN NO:2720-4030. December 2025 https://periodica.com. 18-21pp.
- Реимов О.Н., Реимов Н.Б. Рекультивация земель, вышедших из оборота в Каракалпакстане и ее влияние на урожайность последующих сельскохозяйственних культур и плодородие почв. //Актуальные проблемы современной науки. ISSN 1680-2721. ® №6. ноябрь (147) 2025 г. cтр.167-170.
- Reimov O.N., Narbaev Sh. K.,Reimov N.B. Foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni rekul`tivatsiyalash va so’ngi ekilgan ekinlarning hosildorligi bilan tuproq unimdorligiga ta’siri. //Xorazm Ma’mun akademiyasi axborotnomasi –11/1-2025yil. 312- 316 betlar
- Reymov Omirbayning dissertatsiya ishi hisobatlari.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011958
- Nashr sanasi
- 2026-04-07
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.
- Jild
- 1
- Son
- 1
- DOI
- 10.66073/g23p3a27
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 259–262
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-06