SHO‘RLANGAN TUPROQLARI SHAROITIDA SIDERAT EKINLARNING ORGANIK QOLDIQLARI TARKIBIDA OZIQA MODDALARNING MIQDORI
Ismailov Uzagbay Embergenovich1, Tolibekov Islambek Makhsetovich22026
- 1Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
- 2Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti kafedra assistenti
Konferensiyalar“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.Jild 1Son 1Sahifa 215–217
Annotatsiya
Ushbu maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi sho‘rlangan tuproqlari sharoitida siderat ekinlarning bir, ikki va uch komponentli aralashmasi va unga qo‘shimcha gung qo‘llashi orqali tuproq tuproqga qoldirgan organik qoldiqlari kimyoviy tarkibi sharhlangan. Qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori va sifatli hosil olish uchun tuproqda ko‘plab oziq moddalar bo‘lishi talab etiladi. Ular tuproqda turli shakllarda, asosan mineral va organik holatda bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini sideratsiya sifatida foydalanish ahamiyati katta. Ko‘p yillik tadqiqotlarga ko‘ra, o‘simliklarning qoldiqlari (poya, barg, ildiz va b.) tuproqda qancha ko‘p qolsa tuproqning organik qismi shuncha yaxshilanadi. Siderat ekinlarning tuproqda qoldirgan ildiz, angiz, poya xosili kimyoviy tarkibi o‘rganildi.
Boshqa tillarda
ruschaСОДЕРЖАНИЕ ПИТАТЕЛЬНЫХ ВЕЩЕСТВ В ОРГАНИЧЕСКИХ ОСТАТКАХ СИДЕРАТНЫХ КУЛЬТУР НА ЗАСОЛЕННЫХ ПОЧВАХ
В данной статье рассматривается химический состав органических остатков, оставшихся в почве засоленных земель Республики Каракалпакстан после внесения в них одно-, двух- и трехкомпонентных смесей сидеротов и дополнительного навоза. Для получения высоких и качественных урожаев сельскохозяйственных культур почва должна содержать большое количество питательных веществ. Они присутствуют в почве в различных формах, главным образом в минеральной и органической. Использование сельскохозяйственных культур, таких как сидероты, имеет большое значение. Согласно многолетним исследованиям, чем больше растительных остатков (стеблей, листьев, корней и т. д.) остается в почве, тем лучше органическое вещество почвы. Изучен химический состав корней, надземной части и стеблей, оставшихся в почве после внесения сидеротов.
inglizchaNUTRIENT CONTENT IN ORGANIC RESIDUES OF SIDERATE CROPS IN SALINATED SOILS
This article reviews the chemical composition of organic residues left by the soil in the saline soils of the Republic of Karakalpakstan by applying one-, two- and three-component mixtures of siderat crops and additional manure to them. To obtain high and high-quality yields from agricultural crops, the soil must contain a large number of nutrients. They are found in the soil in various forms, mainly in mineral and organic forms. The use of agricultural crops as siderats is of great importance. According to many years of research, the more plant residues (stems, leaves, roots, etc.) remain in the soil, the better the organic matter of the soil. The chemical composition of the roots, tops, and stems left by siderat crops in the soil was studied.
Kalit so‘zlar
- tuproq
- siderat ekinlar
- mosh
- soya
- arpa
- go‛ng
- organik qoldiqlar
- ildiz
- angiz
- poya xosili
- unumdorlik
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
UO‘T: 632.121+631.92+631.871+631.874.3 SHO‘RLANGAN TUPROQLARI SHAROITIDA SIDERAT EKINLARNING ORGANIK QOLDIQLARI TARKIBIDA OZIQA MODDALARNING MIQDORI Ismaylov Uzaqbay Embergenovich, Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, Tel: [telefon raqami yashirilgan] email: uzakbayismailov51@gmail.com Tolibekov Islambek Maxsetovich Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti kafedra assistenti, [telefon raqami yashirilgan] email: islamtollibekov@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.19243876 Annotatsiya: Ushbu maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi shoʻrlangan tuproqlari sharoitida siderat ekinlarning bir, ikki va uch komponentli aralashmasi va unga qo‘shimcha gung qo‘llashi orqali tuproq tuproqga qoldirgan organik qoldiqlari kimyoviy tarkibi sharhlangan. Qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori va sifatli hosil olish uchun tuproqda ko‘plab oziq moddalar bo‘lishi talab etiladi. Ular tuproqda turli shakllarda, asosan mineral va organik holatda bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini sideratsiya sifatida foydalanish ahamiyati katta. Ko‘p yillik tadqiqotlarga ko‘ra, o‘simliklarning qoldiqlari (poya, barg, ildiz va b.) tuproqda qancha ko‘p qolsa tuproqning organik qismi shuncha yaxshilanadi. Siderat ekinlarning tuproqda qoldirgan ildiz, angiz, poya xosili kimyoviy tarkibi o‘rganildi. Kalit so‘zlar: tuproq, siderat ekinlar, mosh, soya, arpa, go‛ng, organik qoldiqlar, ildiz, angiz, poya xosili, unumdorlik. Аннотaция. В данной статье рассматривается химический состав органических остатков, остающихся в почве после внесения одно-, двух- и трехкомпонентных смесей сидератов и дополнительного навоза в условиях засоленных почв Республики Каракалпакстан. Для получения высоких и качественных урожаев сельскохозяйственных культур почва должна содержать большое количество питательных веществ. Они находятся в почве в различных формах, главным образом в минеральной и органической. Использование сельскохозяйственных культур в качестве кормовых растений для сидератов имеет большое значение. Согласно многолетним исследованиям, чем больше растительных остатков (стеблей, листьев, корней и т. д.) остается в почве, тем лучше содержание органического вещества в почве. Был изучен химический состав корней, побегов и стеблей, оставшихся в почве после выращивания сидератов. Ключевые слова: почва, севооборот, маш, соя, ячмень, навоз, органические остатки, корни, побеги, стеблевые культуры, плодородие. Abstract. This article reviews the chemical composition of organic residues left by the soil in the saline soils of the Republic of Karakalpakstan by applying one-, two- and three-component mixtures of siderat crops and additional manure to them. To obtain high and high-quality yields from agricultural crops, the soil must contain a large number of nutrients. They are found in the soil in various forms, mainly in mineral and organic forms. The use of agricultural crops as siderats is of great importance. According to many years of research, the more plant residues (stems, leaves, roots, etc.) remain in the soil, the better the organic part of the soil. The chemical composition of the roots, tops, and stems left by siderat crops in the soil was studied.
Keywords: soil, siderate crops, mung beans, soybeans, barley, manure, organic residues, roots, shoots, stem crops, fertility. Kirish (adabiyotlar sharhi). Dunyo bo‘yicha g‘o‘zadan yuqori hosil olish bilan birga tuproq unumdorligini saqlash va oshirishda yangi ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqish va joriy etish, jumladan, mahalliy va siderat o‘g‘itlardan keng foydalanish orqali erishishga, hamda tuproqning agrofizikaviy, agrokimyoviy, mikrobiologik xossalarini yaxshilash bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Shuningdek, ekinlarni almashlab ekish, g‘o‘za hosildorligini oshirishda sideratlarni qo‘llashga e’tibor qaratilmoqda. Olib borilgan tadqiqotlarga ko’ra, Jizzax viloyatining o‘rtacha sho‘rlangan, o‘tloqilashib borayotgan bo‘z tuproqlari sharoitida paxtachilik xo‘jaliklarida oraliq vaqt davomida ikki komponentli oraliq siderat (raps+perko) ekinlarni siderat sifatida parvarishlab, ulardan 310,7 sentnergacha ko‘k massa yoki 56,4 sentnergacha quruq massa, shu bilan birga o‘rtacha gektariga 67,9 sentnerdan 75,0 sentnergacha organik qoldiq to‘plashga va shu orqali tuproqda 80,2-98,7 kg/ga azot, 20,7-28,6 kg/ga fosfor, 80,5-95,3 kg/ga miqdorida kaliy moddasi qoldirishi aniqlangan [2; 92-94-b]. Qisqa navbatlab ekishning 1:1, kuzgi bug‘doy+takroriy ekin soya+oraliq ekin (klever):g‘o‘za tizimida takroriy va oraliq ekin sifatida ekilgan dukkakli ekinlarning ildiz-ang‘iz (8,83 t/ga) hamda organik qoldiqlari (193,3 s/ga) hisobiga 1-rotatsiyada (2 yil) gektariga 51,2-86,7 kg azot, 62,0-98,8 kg fosfor, 52,4-81,0 kg kaliy tuproqqa qaytadi [1; 189-193-b]. Materiallar va uslublar: Tadqiqot Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani Oq oltin OFY hududida joylashgan “Orazimbet ata Xojeli” fermer xo‘jaligida olib borildi. Tadqiqot obiekti g‘o‘zaning “C-4727” navi, kuzgi bugdoy, go’ng va siderat ekinlar sifatida mosh, soya, arpa olingan. Tajriba usuli: dala usuli. Tajribada 9 variantdan iborat bo‘lib, tizimli ravishda joylashtirildi, to‘rt takrorlanishda. Har bir variant maydoni 120 m2. Tajribada 2-9 variantlarda dukkakli va boshoqli ekinlar ayrim va birgalikta kuzlik bug‘doydan keyin siderat ekinlar sifatida ekildi. 1-variantda kuzlik bug‘doydan keyin shudgor ishlanib, so‘ng barcha variantlarga ikki yil g‘o‘za ekiladi. 2-4 variantlarda mosh, soya va arpa siderat uchun kuzlik bug‘doydan so‘ng alohida ekiladi, 5-7 variantlarda siderat ekinlar mosh+arpa, soya+arpa va mosh+soya ekini birgalikda ekiladi, 8-variantda siderat ekinlar mosh+soya+arpa birgalikda ekiladi, 9 variantda siderat ekinlar mosh+soya+arpa birgalikda va surim oldidan 10 t/ga go‘ng beriladi. Ilmiy tadqiqot ishlari hisob-kitob va kuzatish ishlari “Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari” [3] asosida olib borildi. Natijalar va munozara. Tadqiqot ishlarida siderat ekinlari o‘simliklarni ildiz qismida azot eng ko‘p moshda 1,03%, undan so‘ng soyada 0,940%ga teng bo‘lib, eng kam arpa alohida ekilgan varinatda 0,443%ni tashkil etdi. Fosfor mosh ildizida (2-variant) 2,080% ga teng bo‘ldi. Eng kichik ko‘rsatkich esa arpada tegishlicha 0,143. Kaliy esa soya alohida parvarishlanganda kuzatilib 2,310%ni tashkil etdi. Undan so‘ng mosh alohida ekilganda va soya+mosh ekilgan variantlarda 2,090 va 1,200%ga teng bo‘lganligi aniqlandi. Tarkibida kaliy saqlash bo‘yicha eng kam ko‘rsatkich arpa alohida ekilganda 0,476% ni tashkil etdi. Siderat ekinlar mosh+soya+arpa va unga qo‘shimcha 10 t/ga gung qo‘llanilgan 9-variantda azot, fosfor, kaliy tarkibi 1,285; 1,356;1,523% nisbatga teng bo‘ldi.
O‘simliklarning ang‘iz qismida ham oziqa moddalar turlicha ekanligi kuzatilib, eng yuqori mosh va soyada, eng kami esa arpada ekanligi kuzatildi. Azot elementi mosh ang‘izida 0,970%, eng kami soya va arpada 0,550-0,483% ekanligi aniqlandi. Fosfor esa soya ang‘izida 2,240%, moshda 1,470%, shuningdek, sideratga soya+mosh ekilganda 1,055% ekanligi, eng kam ko‘rsatkich arpada 0,284%ga teng bo‘lganligi aniqlandi. Kaliy bo‘yicha ham deyarli shu ko‘rsatkich kuzatildi. Kaliy bo‘yicha ham deyarli shu ko‘rsatkich kuzatildi. Siderat ekinlar mosh+soya+arpa va unga qo‘shimcha 10 t/ga gung qo‘llanilgan 9-variantda azot, fosfor, kaliy tarkibi 1,891; 1,252; 2,186% bo‘ldi. Poya hosilida da yuqori qo‘rsatkich 9-variantda azot, fosfor, kaliy tarkibi 1,389; 1,103; 1,829% ko‘rsatkichlar kuzatildi. Xulosa va tavsiyalar. Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sho‘rlangan tuproqlari sharoitida siderat ekinlarning tuproqdagi organik qoldiqlari tarkibi va ta’siri tuproq xossalarini yaxshilash uchun kuzgi bug‘doydan keyin siderat ekinlari mosh, soya va arpa ekinlarini ekilishi, unga qo‘shimcha 10 t/ga go‘ng berilishi va keyingi yillarda g‘o‘za ekish maqsadga muvofiq. Sideratciyani qo‘llash orqali tuproqda tarkibidagi organik moddalar miqdoriga ijobiy ta’siri kuzatiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Bozorov X.M., Xalikov B.M., Maxsadov X.E. Qisqa navbatli almashlab ekishning g‘alla:g‘o‘za (1:1) tizimida o‘simliklarning tuproqda qoldirgan ildiz-ang‘iz qoldiqlari hamda ular tarkibidagi oziqa elementlarini miqdori. Xorazm ma’mun akademiyasi axborotnomasi. Ilmiy jurnal. Xiva, 2023 y. –11-1/2023.- 189-193 b. 2. Ganiyev S.E. Organik o‘g‘itlar va siderat ekinlarning tuproq unumdorligini oshirishdagi samaradorligi “Innovatsion texnologiyalar” jurnali. – Qarshi, 2022. - №2 (46).– 92-94 b. 3. Dala tajribalarini o'tkazish usullari (UzNIXI).-Toshkent. 2007.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar3 ta adabiyot
- Bozorov X.M., Xalikov B.M., Maxsadov X.E. Qisqa navbatli almashlab ekishning g‘alla:g‘o‘za (1:1) tizimida o‘simliklarning tuproqda qoldirgan ildiz-ang‘iz qoldiqlari hamda ular tarkibidagi oziqa elementlarini miqdori. Xorazm ma’mun akademiyasi axborotnomasi. Ilmiy jurnal. Xiva, 2023 y. –11-1/2023.- 189-193 b.
- Ganiyev S.E. Organik o‘g‘itlar va siderat ekinlarning tuproq unumdorligini oshirishdagi samaradorligi “Innovatsion texnologiyalar” jurnali. – Qarshi, 2022. - №2 (46).– 92-94 b.
- Dala tajribalarini o'tkazish usullari (UzNIXI).-Toshkent. 2007.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011946
- Nashr sanasi
- 2026-04-07
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.
- Jild
- 1
- Son
- 1
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/1069
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 215–217
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 22026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25