Asosiy mazmunga o‘tish

SARALANGAN BIR CHIGITLI PAXTALARDAN OLINGAN URUG‘LIK CHIGITLARNING UNUVCHANLIGINI ANIQLASH NATIJALARI

Utegenov UsnatdinMustaqil tadqiqotchi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti (QXMITI)2026

Konferensiyalar“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.Jild 1Son 1Sahifa 225–227

Annotatsiya

Maqolada nazorat va takomillashtirilgan triboelektrik qurilmada saralangan bir chigitli paxtalardan olingan urug‘lik chigitlarning laboratoriya va dala sharoitidagi unuvchanligini aniqlash natijalari keltirilgan. Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, takomillashtirilgan triboelektrik qurilmada saralangan bir chigitli paxtalardan olingan urug‘lik chigitlarning laboratoriya va dala sharoitidagi unuvchanligi nazoratga nisbatan, mos ravishda, 16,0 va 18,0 foizga yuqori bo‘lib, ushbu ko‘rsatkichlari bo‘yicha bir-biriga yaqin bo‘lgan urug‘lik chigitlar olingan.

Boshqa tillarda

ruschaРЕЗУЛЬТАТЫ ОПРЕДЕЛЕНИЯ ПЛОДОРОДНОСТИ СЕЯНЦЕВ, ПОЛУЧЕННЫХ ИЗ ОТОБРАННЫХ ОДНОСЕМЯННЫХ РАСТЕНИЙ ХЛОПКА

В статье представлены результаты определения всхожести семян, полученных из односемянного хлопка, отсортированного с использованием контрольного и усовершенствованного трибоэлектрического устройства в лабораторных и полевых условиях. Результаты показали, что всхожесть семян, полученных из односемянного хлопка, отсортированного с использованием усовершенствованного трибоэлектрического устройства в лабораторных и полевых условиях, была на 16,0 и 18,0 процентов выше, чем в контрольной группе, соответственно, и по этим показателям были получены семена, близкие друг к другу.

inglizchaRESULTS OF DETERMINING THE FERTILITY OF SEEDLINGS OBTAINED FROM SELECTED SINGLE-SEED COTTON PLANTS

The article presents the results of determining the germination of seeds obtained from single-seeded cotton sorted using a control and improved triboelectric device in laboratory and field conditions. The results showed that the germination of seeds obtained from single-seeded cotton sorted using an improved triboelectric device in laboratory and field conditions was 16.0 and 18.0 percent higher than the control, respectively, and seeds were obtained that were close to each other in terms of these indicators.

Kalit so‘zlar

  • Takomillashtirilgan triboelektrik qurilma
  • bir chigitli paxta
  • saralash
  • nazorat
  • saralangan
  • urug‘lik chigit
  • unuvchanlik

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

UO'T: 631.362.36 SARALANGAN BIR CHIGITLI PAXTALARDAN OLINGAN URUG‘LIK CHIGITLARNING UNUVCHANLIGINI ANIQLASH NATIJALARI Utegenov Usnatdin Mustaqil tadqiqotchi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti (QXMITI) Tel.: [telefon raqami yashirilgan] e-mail: Usnatdin@mail.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.19243901 Annotatsiya. Maqolada nazorat va takomillashtirilgan triboelektrik qurilmada saralangan bir chigitli paxtalardan olingan urug‘lik chigitlarning laboratoriya va dala sharoitidagi unuvchanligini aniqlash natijalari keltirilgan. Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, takomillashtirilgan triboelektrik qurilmada saralangan bir chigitli paxtalardan olingan urug‘lik chigitlarning laboratoriya va dala sharoitidagi unuvchanligi nazoratga nisbatan, mos ravishda, 16,0 va 18,0 foizga yuqori bo‘lib, ushbu ko‘rsatkichlari bo‘yicha bir-biriga yaqin bo‘lgan urug‘lik chigitlar olingan. Аннотация. В статье приведены результаты определения лабораторной и полевой всхожести посевных семян полученных от контрольного и сортированного на усовершенствоанном трибоэлектрическом устройстве летучек хлопка-сырца. Полученные результаты показали, что лабораторная и полевая всхожесть посевных семян полученных от сортированных летучек на усовершенствованном трибоэлектрическом устройстве по сравнению с контрольным вариантом увеличилась, соответственно, на 16,0 и 18,0 % и получились посевные семена близкие друг к другу по этим показателям. Annotation. The article presents the results of determining the laboratory and field germination of seeds obtained from control and sorted raw cotton pappuses on an improved triboelectric device. The obtained results showed that the laboratory and field germination of the sown seeds obtained from the sorted pappuses on the improved triboelectric device increased, respectively, by 16,0 and 18,0 % compared to the control variant, and sown seeds were close to each other in these indicators. Kalit so‘zlar: Takomillashtirilgan triboelektrik qurilma, bir chigitli paxta, saralash, nazorat, saralangan, urug‘lik chigit, unuvchanlik. Ключевые слова: Усовершенствованное трибоэлектрическое устройство, летучка, сортирование, контроль, сортированное, посевной семена, всхожесть. Key words: Improved triboelectric device, pappuses, sorting, control, sorted, sowing seeds, germination. Kirish. Ilmiy manbalardan ma’lumki, paxtalarni tolasining sifat ko‘rsatkichlari bilan bilan chigiti o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzviy bog‘lanish mavjud [1, 2]. Shuni hisobga olib, G.Goldberg va G.Lomuxina bir chigitli paxtalarni tolalarining sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha pnevmatik usugda asoslangan qurilmada saralashni taklif qilishgan [3]. A.T.Rosaboyev sara urug‘lik chigitlar olish uchun bir chigitli paxtalarni triboelektrik qurilma, ya’ni ishqalanish natijasida vujudga keladigan elektr maydoni ega bo‘lgan qurilmada saralashni taklif qilgan [4]. A.Yusubaliyev va F.F.Raxmatullinovlar esa dielektrik qurilma, ya’ni qarama-qarshi ishorali elektrodlar orasida vujudga keladigan elektr maydoniga ega bo‘lgan qurilmada saralashni taklif qilishgan [3, 5].

Taklif qilingan qurilmalar kamchiliklarga ega bo‘lgani uchun amaliyotga joriy etilmagan. Shuni hisobga olib, keyingi yillardagi ilm-fan va ishlab chiqarish sohasi hamda kimyo sanoatidagi yutuqlarga tayanib, biz bir chigitli paxtalarni tolalarining sifat ko‘rsatkilari bo‘yicha takomillashtirilgan triboelektrik qurilmada saralashni tavsiya qildik [6]. Buning mohiyati shundan iboratki, takomillashtirilgan triboelektrik qurilmaning ish organi polietilen quvurdan tayyorlanib, yuzasiga qiyalik burchagi 100º chuqurligi 10 mm va eni bir chigitli paxtalarning o‘rtacha eniga teng bo‘lgan ariqchalar ynilgan. Bunda saralanadigan bir chigitli paxtalar ariqchalarga ratsional joylashib, ish organi bilan ta’sirlashish maydoni oshgani uchun, ularni ish organing yuzasiga tortadigan elektr maydon kuchining qiymati ortib, saralash samaradorligi yuqori bo‘ladi. Natijada, saralangan bir chigitli paxtalardan kafolatlangan urug‘lik chigitlar olinadi. Qurilmaning tuzilishi sodda, tayyorlash oson, energiya va resurstejamkor, elektr va ng‘indan xavfsiz , eng asosiysi, yuqori kuchlanishli elektr maydonini vujudga keltirish uchun hech qanday tashqi manbaа kerak emas. Materiallar va usullar. Bir chigitli paxtalarni saralash bo‘yicha eksperimental tadqiqotlar takomillashtirilgan triboelektrik qurilmaning tajriba nusxasida o‘tkazildi. Eksperimental tadqiqotlar paxtaning S-6524 seleksion navi bilan amalga oshirildi. Nazorat va saralangan bir chigitli paxtalardan olingan urug‘lik chigitlarning laboratoriya sharoitidagi unuvchanligi termostatda, dala sharoitidagi unuvchanligi kichik hajmdagi yer maydonida to‘rt qaytariliqda aniqlandi. Olingan natijalarga matematik statistika usulidan foydalanib, hozirgi zamon kompyuterlarida mavjud bo‘lagn dasturlar asosida qayta ishlov berildi. Natijalar va munozara. 1-jadvalda nazorat va saralangan bir chigitli paxtalardan olingan urug‘lik chigitlarning laboratoriya sharoitidagi unuvchanligini aniqlash natijasi keltirilgan. 1-jadval Laboratoriya sharoitdagi unuvchanligini aniqlash natijasi

T/r Laboratoriya O‘rtacha Variatsiya Fraksiyalar nomi sharoitdagi kvadratik koeffitsiyenti unuvchanligi U, % og‘ish ϭ, % V, % 1 Nazorat 93,0 1,71 1,84 2 Saralangan 100,0 0,0 0,0

1-jadvalda keltirilgan natijalardan ko‘rinib turibdiki, agar nazorat variantdagi urug‘lik chigitlarning laboratoriya sharoitidagi unuvchanligi o‘rtacha 93,0 foizni tashkil etsa, saralangan bir chigitli paxtalardan olingan urug‘lik chigitlarning laboratoriya sharoitidagi unuvchanligi 100,0 foizni tashkil etib, nazoratga nisbatan 7,0 foizga yuqori bo‘ldi. Shu bilan birga, nafaqat laboratoriya sharoitidagi unuvchanligi yuqori bo‘ldi, balki ushbu ko‘rsatkichi bo‘yicha bir-biriga yaqin bo‘lgan urug‘lar ham olindi. Bu nazorat va saralangan variantdagi urug‘lik chigitlarning variatsiya koeffitsiyentlarining qiymatlaridan yaqqol ko‘rinib turibti. 2-jadvalda nazorat va saralangan bir chigitli paxtalardan olingan urug‘lik chigitlarning dala sharoitidagi unuvchanligini aniqlash natijasi keltirilgan. 2-jadval Dala sharoitidagi unuvchanligini aniqlash natijasi

T/r Laboratoriya O‘rtacha Variatsiya Fraksiyalar nomi sharoitdagi kvadratik koeffitsiyenti unuvchanligi U, % og‘ish ϭ, % V, % 1 Nazorat 73,0 1,71 3,25 2 Saralangan 100,0 0,0 0,0

2-jadvalda keltirilgan natijalardan ko‘rinib turibdiki, agar nazorat variantdagi bir chigitli paxtalardan olingan urug‘lik chigitlarning dala sharoitidagi unuvchanligi o‘rtacha 73,2 foizni tashkil etgan bo‘lsa, saralangan variantdagi bir chigitli paxtalardan olingan urug‘lik chigitlarning dala sharoitidagi unuvchanligi o‘rtacha 91,5 foizni tashkil etib, nazoratga nisbatan 18,3 foizga yuqori bo‘ldi. Shu bilan birga, nafaqat dala sharoitidagi unuvchanligi yuqori bo‘ldi, balki ushbu ko‘rsatkichi bo‘yicha bir-biriga yaqin bo‘lgan urug‘lik chigitlar ham olindi. Bu nazorat va saralangan variantdagi bir chigitli paxtalardan olingan urug‘lik chigitlarning dala sharoitidagi unuvchanligini variatsiya koeffitsiyentlarining qiymatlaridan yaqqol ko‘rinib turibdi. Xulosa va takliflar. Bir chigitli paxtalarni takomillashtirilgan triboelektrik qurilmada saralash laboratoriya va dala sharoitidagi unuvchanligi yuqori hamda ushbu ko‘rsatkichlari bo‘yicha bir-biriga yaqin bo‘lgan urug‘lik chigitlar olishni ta’minlaydi. Bu urug‘lik chigitlar sarfini kamaytirish, ularni laboratoriya va dala sharoitidagi unuvchanligini oshirish, yetishtirilgan mahsulot tannarxini pasaytirish imkonini beradi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar7 ta adabiyot

  1. Росабоев А.Т. Выбор перспективной технологии для повышения посев-ных качеств семян хлопчатника//AGRO ILM. – Ташкент, 2015. – №2-3. – С. 9-12.
  2. Rosaboyev A.T., Utegenov U.A. Bir chigitli paxtalarni saralash uchun istiqbolli yo‘nalishni tanlash //“Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Axborotnomasi.– Nukus, 2020. – № 3. – B. 28-32.
  3. Юсубалиев А. Электротехнология подготовки семян хлопчатника / Под.ред. проф. А.Раджабова. – Т.: “NAVROZ”, 2014. – 232 с.
  4. Rosaboyev A.T. Letuchkalarni triboelektrik qurilmada saralashning ilmiy va texnologik asoslari: Ilmiy nashr. – T.: “Adabiyot uchqunlari”, 2015. – 109 b.
  5. Raxmatullinov F.F. Paxta tolasini pishib yetilganligi bo‘yicha ajratish asosida
  6. yigirilgan ip sifatini yaxshilash:t.f.f.d.(PhD) diss. ...avtoreferati.–Toshkent,2018.–49 b.
  7. Росабоев А.Т., Утегенов У.А. Усовершенствованное трибоэлектричес-кое устройство для сортирования летучек хлопка-сырца.: Вестник Каракалпак-ского отделения Академии наук Республики Узбекистан. – Нукус, 2020. – № 1. С. 26-28.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011949
Nashr sanasi
2026-04-07
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.
Jild
1
Son
1
DOI
10.66073/refocus-conf/1074
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
225–227
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25