Nashrlar
Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.
4 311 natija
Barchasi
4 311 natijaTartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
KONIMEX TABIIY GEOGRAFIK RAYONI TUPROQLARIDAGI ZAHARLI VA ZAHARSIZ TUZLAR TAHLILI
Kilichova Nazokat Akhmedovna · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Ushbu maqolada Konimex tabiiy geografik rayonida tarqalgan sug‘oriladigan qumli cho‘l va sug‘oriladigan tuproqlar tarkibidagi zaharli va zaharsiz tuzlarning miqdoriy nisbati hamda ularning profil bo‘ylab taqsimlanish qonuniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotlar davomida tuzlarning toksiklik darajasi va ularning madaniy o‘simliklarga ta‘siri o‘rganilgan. Aniqlanishicha, o‘rganilgan hududlarda o‘ta zaharli tuz – soda (Na2CO3) uchramaydi, biroq umumiy tuzlar miqdorida boshqa zaharli tuzlar ulushi 13% dan 94% gachani tashkil etadi. Sug‘orma dehqonchilikka tortilgan maydonlarda 2015 va 2023 yillardagi olingan ko‘rsatkichlar qiyoslanganda, sug‘orish va sho‘r yuvish tadbirlari natijasida zaharli tuzlar tuproq profilining quyi qatlamlarida (100-200 sm) akkumulyatsiyasi kuzatilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
SHIRIN QALAMPIR MOSLANUVCHAN NAVLARINI TURLI O‘G‘ITLASH VA O‘STIRUVCHI STIMULYATORLAR ME‘YORLARIDA HOSIL SHAKLLANISHI VA HOSILDORLIGI
Islamov A.J., Ostonokulov T.E. · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Maqolada shirin qalampir ajratilgan moslanuvchan navlarini turli organomineral o‘g‘itlar va o‘stiruvchi stimulyatorlar me‘yorlarini birgalikda qo‘llanilganda o‘sishi, rivojlanishi, palak, ildiz tizimi va barg sathi shakllanishi, fotosintetik faolligi, mahsuldorlik va hosildorlikka ta‘sirini o‘rganishga bag‘ishlangan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ASOSIY EKIN SIFATIDA MOSLANUVCHAN POMIDOR NAV VA DURAGAYLARINI TURLI O‘G‘ITLASH ME‘YORLARI VA O‘STIRUVCHI STIMULYATORLARDA HOSILDORLIGI VA BIOKIMYOVIY TARKIBI
Ostonakulov T.E., Toychiyev Sh.Sh., Berdanov A.A. · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Maqolada asosiy ekin sifatida pomidor ajratilgan moslanuvchan nav(duragay)lari turli o‘g‘itlar va o‘stiruvchi stimulyatorlar me‘yorlarida o‘stirilganda o‘sishi, rivojlanishi, tupning, barg sathi, paykalning fotosintetik potensialining shakllanishi xususiyatlari, mahsuldorlik ko‘rsatkichlari, hosildorligi, biokimyoviy tarkibi va sifatini o‘rganish yakunlari bayon etilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
TAKRORIY EKIN SIFATIDA BODRING AJRATILGAN DURAGAYLARI TURLI EKISH TARTIBI VA O‘G‘IT ME‘YORLARIDA O‘STIRILGANDA BARG SATHI SHAKLLANISHI, PAYKALNING FOTOSINTETIK POTENSIALI VA HOSILDORLIGINI O‘RGANISH
Meylieva H.Sh., Ostonakulov T.E. · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Maqolada takroriy ekin sifatida ekilgan bodring ajratilgan moslanuvchan Record F1 va Fontina F1 duragaylari turli o‘g‘it me‘yorlari, ekish tartibi va tup qalinligida o‘sishi, rivojlanishi, barg sathi shakllanishi, paykalning fotosintetik potensiali va uning faolligi, mahsuldorlik ko‘rsatkichlari va hosildorligini o‘rganish natijasida bayon etilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
SHIRIN QALAMPIR NAV VA DURAGAYLARINI O‘SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGI BO‘YICHA O‘RGANISH NATIJALARI
Rasulov F.F., Ostonakulov T.E., Islamov A.J. · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Maqolada Qashqadaryo viloyati sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida shirin qalampir nav va duragaylar to‘plamini o‘sishi, rivojlanishi, barg sathi, palak, ildiz tizimi shakllanish xususiyatlari, paykal fotosintetik potensiali, mahsuldorlik elementlari, hosildorlik, moslanuvchanlik imkoniyati va koeffitsienti, hosilning biokimyoviy tarkibi va sifati bo‘yicha o‘rganish natijalari bayon etilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
TAKRORIY EKIN SIFATIDA POMIDOR NAV VA DURAGAYLAR TO‘PLAMINING O‘SISHI, PALAK VA ILDIZ SHAKLLANISHI HAMDA HOSILDORLIK BO‘YICHA BAHOLASH
Ostonakulov T.E., Toychiyev Sh.Sh., Shamsiyev A.A. · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Maqolada pomidor nav-duragaylar to‘plamini takroriy ekin sifatida o‘stirilganda o‘sishi, rivojlanishi, tup, palak va barg sathining shakllanish xususiyatlari, paykalning fotosintetik potensiali va hosildorligini o‘rganish yakunlari bayon etilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ASOSIY VA TAKRORIY EKINLAR SIFATIDA O‘STIRILGANDA BODRING DURAGAYLARINING O‘SISHI VA HOSILDORLIGI
Ostonakulov T.E., Meyliyeva H.Sh., Umirova D.M. · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Maqolada bodring 11 ta duragaylarini asosiy va takroriy ekinlar sifatida o‘sishi, rivojlanishi, barg sathi, palak va ildiz massasi, paykal fotosintetik potensiali shakllanishi, mahsuldorlik ko‘rsatkichlari va hosildorligini o‘rganish natijalari keltirilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
INGICHKA TOLALI G‘O‘ZANI QURUQ MASSA TO‘PLASHIGA MAKRO-MIKRO O‘G‘ITLARNI TOMCHILATIB SUG‘ORISHDA QO‘LLASHNING TA‘SIRI
Karamirzaev Yomgir Khudoynazarovich · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Sug‘oriladigan taqir-o‘tloqi tuproqlar sharoitida tomchilatib sug‘orishda makro va mikroo‘g‘itlarni qo‘llashning ingichka tolali g‘o‘zani quruq massa to‘plashiga ta‘siri aniqlangan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
KUNJUT O‘SIMLIGINING XALQ XO‘JALIGIDA AHAMIYATI
Mambetnazarov Yesen Biysenbaevich, Shadenova Bibiruza Turaevich · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Kunjut (Sesamum indicum L.) dunyodagi eng qadimiy moyli ekinlardan biri bo‘lib, yuqori moyliligi, oziqaviy qimmati va qurg‘oqchilikka chidamliligi bilan ajralib turadi. Mazkur maqolada kunjut (Sesamum indicum L.) o‘simligining kelib chiqishi, botanik xususiyatlari, agrobiologik talablari, kimyoviy tarkibi va xo‘jalik ahamiyati tahlil qilingan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
KUNGABOQARNING TUPROQDAGI OZIQA ELEMENTLARIGA TA‘SIRINI O‘RGANISH
Seytbaev Rao‘aj Sarsenbaevich, Saparova Ziyoar Musaevna · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Ushbu maqolada kungaboqarning tuproqtagi oziqa elementlariga ta‘siri keltirilgan. Bunda kungaboqar ekilgan maydonda tuproqning 0-30 va 30-50 sm qatlamlaridan tuproq namunalari olinib tuproqtagi azot, fosfor va kaliyning umumiy miqdorini mavsum boshida va oxirida aniqlash maqsadida laboratoriya tahlillari olib borilgan. Tahlil natijalariga ko‘ra ekish oldi olingan dala tuprog‘ining ozuqa elementlariga nisbatan kungaboqar hosili yig‘ib olinganidan keyin olingan agrokimyoviy tahlillarda biroz kamayganligi aniqlangan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QORAQALPOG‘ISTON SHAROITIDA KUNGABOQARNING TUPROQDAGI OZIQA MODDALARIGA TA‘SIRI
Seytbaev Rao‘aj Sarsenbaevich, Saparova Ziyoar Musaevna · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Ushbu maqolada kungaboqarning tuproqtagi oziqa moddalarga ta‘sirining tahlil natijalari keltirilgan. Bunda kungaboqar ekinidan keyin gumusning miqdori tuproqning 0-30 sm qatlamida 0.02 % dan 0,10 % gacha tuproqning 30-50 sm qatlamida esa 0,09 % gacha kamayganligi aniqlangan. Tadqiqotlar natijasida kungaboqar ekilgan maydondagi tuproqlarning tarkibida o‘zgarishlar sodir bo‘lishi aniqlangan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QORAQALPOG‘ISTON AGROBIOTSENOZIDA EKILAYOTGAN MOSH O‘SIMLIGI BO‘YICHA MUAMMOLARNI ANIQLASH VA RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI
Aleuova Aysuliu Tanatar Girl, Turdyshev Bekmurat Khojamuratovich. · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Moqalada Qoraqalpog‘iston agrobiotsenozi sharoitida ekilayodgan mosh o‘simligi navlarining ekish muddatlari, olinadigan hosil me‘yori buyicha egallagan joyini aniqlash va olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar natijalari keltirilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QORAQALPOG‘ISTON SHIMOLIY HUDUDLARIDA OZUQA VA DUKKAKLI EKINLARNING O‘SIB RIVOJLANISH DAVRLARIGA EKISH MUDDATLARINING TA‘SIRI
Berdikeev D., Azizov K. · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Qoraqalalpog‘iston shimoliy xududlari sharoitida makkajo‘xori, jo‘xori, loviya, soyada ekish muddatlari ta‘sirida o‘simlikning barcha o‘suv davirlari davomiyligi kuchli darajada farqlanishi kuzatildi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QUSH EKIN SIFATIDA EKILGAN EKINLARDA BARGDAN OZIQLANTIRISHNING O‘SIMLIK XUSUSIYATLARIGA TA‘SIRINI ANIQLASH
Berdikeev D., Azizov K. · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Makkajo‘xori, jo‘xori, loviya va soya ekinlarini qush ekin sifatida ekilgan ekinlarni, 3 chi CO(NH2)2+GSN-2004 va 4 chi (CO(NH2)2+Kaliy gumati ug‘itlari bilan bargdan oziqlantirilgan variantlarda, bargdan oziqlantirilmagan variantga nisbatan bir dona so‘ta, ruvak va dukkakdagi don soni va og‘irligi bo‘yicha, yuqori kursatkichlarga ega bo‘ldi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QORAQALPOG‘ISTON SHAROITIDA JO‘XORINING “QORABOSH” NAVI ASOSIY XUSUSIYATLARIGA EKISH MUDDATLARINING TA‘SIRI
Berdikeev B.B., Khaliqbaev A.M. · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Qoraqalpog‘istonning shimoliy xududlarida jo‘xorining “Qorabosh” navidan sifatli va yuqori don hosili yetishtirish uchun optimal ekish muddati aprel oyining 2 chi un kunligi hisoblanadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QORAQALPOG‘ISTON SHAROITIDA AFRIKA TARIQINI YETISHTIRISH AGROTEXNOLOGIYASI
Berdikeev B.B., Khaliqbaev A.M. · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Qoraqalpog‘iston sharoitida afrika tarig‘i ekish muddati aprel oyi 2 chi un kunligi va iyun oyining 1 chi un kunligi, qator orasiga 2 marta, o‘simlikda 4-5 barg paydo bo‘lganda va poshalash davrida kultivatsiya qilinadi, oziqlantirishning yillik me‘yori N-200-250, P-120-150, K-50-70 kg/ga, sug‘orish sxemasi 1-2-1, me‘yori harbir sug‘orishda 700-800 m3, hosilni yig‘ish muddati sentyabr oyi 1-2 un kunligida o‘tkaziladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
TURLI KO‘CHAT YOSHINI POREY PIYOZI HOSILDORLIGIGA TA‘SIRI
Nizanov Janibek Khummetillovich · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Turli yoshdagi ko‘chatlaridan yetishtirilgan porey piyozining “Karantanskiy” navida eng yuqori umumiy va tovarbop oq soxta poya hosildorlik 50 (24,9 va 13,6 t/ga) hamda 40 (22,5 va 12,3 t/ga) kunlik ko‘chatlardan yetishtirilgan o‘simliklarda qayd etildi, aksincha, ko‘chat yoshi 20 kunlik ko‘chatlardan yetishtirilgan o‘simliklarda (18,7 va 9,9 t/ga) nisbatan kam hosildorlikni namoyon qildi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
POREY PIYOZINING SIFATLI OQ SOXTA POYALARINI YETISHTIRISHDA SAMARALI QUMLASH USULINI ANIQLASH
Asatov Shukhrat Ismatovich, Nizanov Janibek Xummetillovich · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Qoraqalpog‘iston Respublikasi tuproq-iqlim sharoitida porey piyozining “Karantanskiy” navi turli qumlash usullarida yetishtirilganda, eng yuqori umumiy va tovarbop oq soxta poya hosildorligi mos ravishda 3 marta (27,4 t/ga) va 2 marta (26,2 t/ga) qumlash variantlarida qayd etildi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ЭКОЛОГИЧЕСКАЯ ОЦЕНКА ВЛИЯНИЯ НОРМЫ ВЫСЕВА НА РОСТ, РАЗВИТИЕ И ГУСТОТУ СТОЯНИЯ РАСТЕНИЙ ОЗИМОЙ ПШЕНИЦЫ СОРТА «УТКИР» В УСЛОВИЯХ ПРИАРАЛЬЯ.
Tureev Abat Arisovich · СБОРНИК МАТЕРИАЛОВ Республиканской научно-практической конференции “АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ РАЗВИТИЯ СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА В СЕВЕРНЫХ РЕГИОНАХ И ИХ ИННОВАЦИОННЫЕ РЕШЕНИЯ” · 2026
Ushbu maqolada Utkir qishki yumshoq bug‘doy navining o‘sishi, rivojlanishi va o‘simlik zichligiga turli xil ekish sur‘atlarining ta‘sirini o‘rganuvchi dala tajribasi natijalari keltirilgan. Tadqiqot gektariga 3, 4, 4,5 (nazorat), 5 va 6 million yashovchan urug‘larni ekish sur‘atlarida (129–258 kg/ga) o‘tkazildi. Optimal ekish sur‘ati kuzda ham, bahorda ham o‘simliklar zichligining oshishiga hissa qo‘shganligi aniqlandi. Qishlaydigan o‘simliklarning eng ko‘p soni gektariga 5 va 6 million urug‘ ekish sur‘atlarida kuzatildi. Maksimal hosildorlik (64,7 sentner/ga) gektariga 5 million urug‘ ekish sur‘atida (215 kg/ga) olindi. O‘sish ko‘rsatkichlari tahliliga ko‘ra, eng yuqori o‘rtacha o‘simlik balandligi (45,2 sm) gektariga 5 million urug‘ ekish sur‘atida qayd etildi. Umuman olganda, optimal ekish zichligi va eng qulay o‘sish sharoitlari gektariga 5 million yashovchan urug‘ miqdorida shakllantirilishi aniqlangan, bu esa ushbu tuproq-iqlim sharoitida Utkir navini yetishtirish uchun tavsiya etiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ЭКОЛОГИЯ ФОРМИРОВАНИЯ СТРУКТУРЫ УРОЖАЯ В ЗАВИСИМОСТИ ОТ НОРМ ВЫСЕВА ОЗИМОЙ ПШЕНИЦЫ СОРТА «УТКИР» В УСЛОВИЯХ КАРАКАЛПАКСТАНА.
Tureev Abat Arisovich · СБОРНИК МАТЕРИАЛОВ Республиканской научно-практической конференции “АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ РАЗВИТИЯ СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА В СЕВЕРНЫХ РЕГИОНАХ И ИХ ИННОВАЦИОННЫЕ РЕШЕНИЯ” · 2026
Antropogen bosimning ortishi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish zarurati sharoitida, kuzgi yumshoq bug‘doy yetishtirish uchun qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini ekologik optimallashtirish ayniqsa dolzarbdir. Ushbu tadqiqotda turli xil ekish me‘yorlarining (3; 4; 4,5 – nazorat; 5; gektariga 6 million yashovchan urug‘) Utkir navining hosildorlik tuzilishiga va don unumdorligiga resurslar samaradorligi va agrotsenozning biologik barqarorligi nuqtai nazaridan ta‘siri baholandi. Urug‘ ekish me‘yori fitotsenoz zichligiga, turlararo raqobatning tabiatiga, namlik va mineral ozuqalardan foydalanishga va o‘simlikning unumdorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarishga sezilarli ta‘sir ko‘rsatishi aniqlandi. Eng ekologik jihatdan muvozanatli variant 5 million urug‘/ga (215 kg/ga) me‘yor bo‘lib chiqdi, bu ekin tuzilishi elementlarining optimal nisbatini (312 boshoq/m², boshoqda 53,1 dona, 1000 donaning og‘irligi 39,1–39,2 g) ta‘minladi va 64,7–64,8 ts/ga maksimal hosildorlikka erishdi.