Asosiy mazmunga o‘tish

ASOSIY VA TAKRORIY EKINLAR SIFATIDA O‘STIRILGANDA BODRING DURAGAYLARINING O‘SISHI VA HOSILDORLIGI

Ostonakulov T.E.1, Meyliyeva H.Sh.2, Umirova D.M.32026

  1. 1q.x.f.d., professor
  2. 2mustaqil izlanuvchi
  3. 3q.-x.f.f.d., katta o‘qituvchi Qarshi davlat universiteti

Konferensiyalar“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.Jild 1Son 1Sahifa 186–189

Annotatsiya

Maqolada  bodring 11 ta duragaylarini asosiy va takroriy ekinlar sifatida o‘sishi, rivojlanishi, barg sathi, palak va ildiz massasi, paykal fotosintetik potensiali shakllanishi, mahsuldorlik ko‘rsatkichlari va hosildorligini   o‘rganish natijalari keltirilgan.

Boshqa tillarda

ruschaРост и урожайность гибридов огурцов при выращивании в качестве основной и повторной культуры.

В статье представлены результаты исследования роста, развития, площади листьев, массы побегов и корней, формирования фотосинтетического потенциала, показателей продуктивности и урожайности 11 гибридов огурца в качестве основной и повторной культуры.

inglizchaGROWTH AND YIELD OF CUCUMBER HYBRIDS WHEN CULTIVATED AS MAIN AND REPEATED CROPS

The article presents the results of a study of the growth, development, leaf area, shoot and root mass, formation of photosynthetic potential, productivity indicators and yield of 11 cucumber hybrids as main and repeated crops.

Kalit so‘zlar

  • bodring
  • duragay
  • ekish tartibi
  • tup qalinligi
  • o‘g‘it me‘yori
  • barg sathi
  • paykalning fotosintetik potensiali
  • hosildorlik
  • moslanuvchanlik koeffitsiyenti

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

UUT: 635.62:631.5:631.52:631.55 ASOSIY VA TAKRORIY EKINLAR SIFATIDA O‘STIRILGANDA BODRING DURAGAYLARINING O‘SISHI VA HOSILDORLIGI. Ostonaqulov T.E., q.x.f.d., professor Meyliyeva H.Sh., mustaqil izlanuvchi Umirova D.M., q.-x.f.f.d., katta o‘qituvchi Qarshi davlat universiteti e-mail: t-ostonakulov@mail.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.19240393 Annotatsiya: Maqolada bodring 11 ta duragaylarini asosiy va takroriy ekinlar sifatida o‘sishi, rivojlanishi, barg sathi, palak va ildiz massasi, paykal fotosintetik potensiali shakllanishi, mahsuldorlik ko‘rsatkichlari va hosildorligini o‘rganish natijalari keltirilgan. Kalit so‘zlar: bodring, duragay, ekish tartibi, tup qalinligi, o‘g‘it me’yori, barg sathi, paykalning fotosintetik potensiali, hosildorlik, moslanuvchanlik koeffitsiyenti. Аннотация: В статье изложены результаты изучения особенности роста, развития, формирования площади листовой поверхности, массы ботвы и корней, фотосинтетический потенциал посева, показатели продуктивности и урожайности 11 гибридов огурцов при возделывании в качестве основной и повторной культуры. Ключевые слова: огурцы, гибрид, схема высева, густота стояния, норма удобрений, площадь листовой поверхности, фотосинтетический потенциал посева, урожайность, коэффициент адаптивности. Annotation: The article presents the results of studying the characteristics of growth and development, formation of leaf surface area, biomass of aboveground parts and roots, photosynthetic potential of crops, productivity indicators, and yield of 11 cucumber hybrids when cultivated as a main and secondary crop. Keywords: cucumber, hybrid, sowing pattern, plant density, fertilizer rate, leaf surface area, photosynthetic potential of crops, yield, adaptability coefficient.

Kirish. Bodring - dunyoda sabzavot ekinlaridan keng ekiladigan ommabop ekinlardan hisoblanadi. Uning pishmagan mevasi yangiligicha, tuzlangan va konservalangan hollarda iste’mol qilinadi. Oziq –ovqatlik ahamiyati juda katta bo‘lib, odam organizmining ovqatni hazm qilishda asosiy masalliq hisoblanib, tarkibida A, B, B2, PP va C vitaminlari, kaliy, kalsiy, fosfor yurak va buyrak faoliyatini yaxshilovchi ishqoriy tuzlar, ishtahani yaxshilovchi efir moylar saqlaydi. Shuning uchun tibbiyotda, farmasevtikada va kosmetologiyada keng qo‘llaniladi. Qandli diabet kasalligiga chalingan insonlarning oziqlanish ratsionida almashinmaydigan mahsulot hisoblanadi. [1,2,3]. Respublikamizda bodring har yili 20-22 ming gektarga ekilib, har gektardan 180-200 sentner hosildorlik olinmoqda. Tavsiya etilgan meyo’rga ko‘ra, aholi jon boshiga yil davomida 10-13 kg bodring ishlab chiqarish hozirgi kunda 60-70 % ga bajarilmoqda. Shuning uchun mamlakatimizda bodring ishlab chiqarish hajmini oshirish va hosildorligini ko‘paytirishning asosiy rezervlaridan bo‘lib, asosiy va takroriy ekinlar hisobida ekin maydonini kengaytirishdir [4]. Qashqadaryo viloyatining sug‘oriladigan och tuzli bo‘z tuproqlari sharoitida bodring ekinini asosiy va takroriy ekinlar sifatida o‘stirib, mo‘l va sifatli hosil olish ko‘p jihatdan uning

moslanuvchan yuqori hosilli duragaylarini tanlashga bog‘liq. Lekin, qayd etilgan sharoitda bodring duragaylar to‘plami asosiy va takroriy ekinlar sifatida yetarlicha o‘rganilmagan. Tadqiqotning maqsadi – Qashqadaryo viloyati sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida bodring duragaylar to‘plamini asosiy va takroriy ekinlar sifatida har tomonlama baholab, moslanuvchan, yuqori hosilli asosiy va takroriy ekin sifatida o‘stirishga moslarini ajratishdan iborat. Tadqiqot materiallari va uslublari. Dala tajribalari G‘uzor tumani “ASR CHORVA SERVIS” fermer xo‘jaligi sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlarida olib borildi. Tajribada bodringning 11 ta duragaylari, ya’ni Sardor F1( standart), Resord F1, Fontina F1, Lider F1, Zena F1, Doyara F1, Desna F1, Masha(Mondu) F1, Koshan F1, Regal F1, Optimus F1 o‘rganildi. Ekish asosiy ekinda 2-5 aprelda, takroriy ekin sifatida 1-3 iyunda 4-5 sm chuqurlikda (180+60):2x40 sm tartibda 20,8 ming tup qalinlikda ekildi. Delyankaning maydoni 24 m2, takrorlar soni 3 ta bo‘ldi. Tajriba uchastkasining maydoni 792 m2. Dala tajribalarida barcha parvarishlash tadbirlari, hisoblash, kuzatish, tahlil va o‘lchashlar umumqabul qilingan uslublar va agrotavsiyalar asosida olib borildi [5,6,7,8,9]. Tadqiqot natijalari va uni muhokamasi. Bodring turli duragaylari asosiy va takroriy ekinlar sifatida o‘rganilganda o‘sishi, rivojlanishi, barg sathi shakllanishi va mahsuldorlik ko‘rsatkichlari sezilarli farqlandi. Asosiy ekin sifatida bodring o‘rganilgan duragaylarida davrlar davomiyligi, jumladan “ekish-unib chiqish” - 4-6 kun, “unib chiqish-gullash” davri 33-39 kun, “gullash-mevalash” – 6- 10 kun, “mevalash - texnik pishish” – 5-8 kun, o‘suv davri esa 44-57 kunni tashkil etdi. Takroriy ekin sifatida esa, mos ravishda, bu davrlar davomiyligi, 4-5, 32-36, 4-7, 4-6 kun, o‘suv davri 41- 49 kun ekanligi aniqlandi. Nisbatan tezpishar bo‘lib, Sardor F1, Resord F1, Fontina F1, Lider F1 duragaylari hisoblanib, o‘suv davri asosiy ekin sifatida o‘stirilganda 44-48, takroriy ekin sifatida esa 41-43 kunni tashkil etdi. Biometrik o‘lchashlarga ko‘ra, bodring sinalgan duragaylari asosiy ekin sifatida o‘rganilganda, o‘suv davri boshidanoq, ya’ni gullash davridan boshlab, eng uzun boshli (191,4- 198,7 sm), shoxlangan (22-25 dona yon shoxlar), barglangan (131-156 dona) va barg sathili (2354- 2604 dm2) o‘simliklar Resord F1, Fontina F1 , Lider F1 , Desna F1 , Regal F1 duragaylarida kuzatildi. Maydon birligida barg sathi shakllanishi bo‘yicha o‘rganilgan duragaylar sezilarli farqlanib, eng yuqori barg sathi sdandart Sardor F1 duragayiga nisbatan Resord F1 (54,16 ming m2/ga), Fontina F1 (53,29 ming m2/ga), Desna F1 (53,85 ming m2/ga), Lider F1 (51,92 ming m2/ga), Doyara F1 (51,52 ming m2/ga) duragaylari qayd etildi. Takroriy ekin sifatida bu ko‘rsatkich Resord F1, Fontina F1, Lider F1, Desna F1 va Sardor F1 duragaylarida 49,96 – 52,87 ming m2/ga bo‘ldi. Paykalning fotosintetik potensiali asosiy va takroriy ekin sifatida o‘stirilganda o‘suv davri davomida eng yuqori (1400,5-1839,5 ming m2/ga) ajratilgan Record F1, Fontina F1, Lider F1, Desna F1, Doyara F1 va Sardor F1 duragaylarda kuzatildi. Ushbu ajratilgan bodring duragaylarda baquvvat palak (1580-1632 g), ildiz tizimi (117,8-147,3 g) hamda mahsuldorlik ko‘rsatkichlari (bir tup meva hosili 1,7-1,8-2,2-2,4 kg, mevalar soni 31-40 dona, o‘rtacha bitta meva vazni 49-70 g) olingani qayd qilindi. Hosildorlik o‘rganilgan bodring duragaylarida asosiy ekin sifatida o‘stirilganda 26,3 dan (Masha F1) 39,2 tonnagacha (Record F1), takroriy ekin sifatida esa 24,2-37,5 t/ga ni tashkil etdi (1-jadval).

1-jadval Asosiy va takroriy ekinlar sifatida bodring o‘rganilgan duragaylari o‘stirilganda hosildorligi (2022-2024 yillar) № Duragay nomi va kelib Hosildorlik , Shundan Standartdan chiqishi, rayonlashtirilgan yili t/ga tovar hosili farqi t/ga % т/га % Asosiy ekin sifatida 1 Sardor F1 (UZ.,2018)-st. 36,5 35,3 96,6 - 100,0 2 Record F1 ( IL) 39,2 38,2 97,4 2,7 107,5 3 Fontina F1 (NL.,2008) 38,7 37,5 97,0 2,2 106,0 4 Lider F1 (KR., 2023) 38,1 36,6 96,1 1,6 104,4 5 Zena F1 (JP., 2005) 30,8 29,0 94,2 -5,7 84,4 6 Doyara F1 (UZ., 2019) 34,4 32,9 95,7 -2,1 94,2 7 Desna F1 (RU) 37,1 35,4 95,4 0,6 101,6 8 Masha (Mondu) F1(DE) 26,3 24,5 93,3 -10,2 72,1 9 Koshan F1 (NL.) 28,6 26,9 94,0 -7,9 78,4 10 Regal F1 (FR., 2006) 33,2 31,6 95,1 -3,3 91,0 11 Optimus F1 (US) 32,5 30,8 94,8 -4,0 89,0 Takroriy ekin sifatida 1 Sardor F1 (UZ.,2018)-st. 34,7 33,0 95,2 - 100,0 2 Record F1 ( IL) 37,5 36,0 96,0 2,8 108,1 3 Fontina F1 (NL.,2008) 36,8 35,2 95,7 2,1 106,1 4 Lider F1 (KR., 2023) 36,3 34,4 94,8 1,6 104,6 5 Zena F1 (JP., 2005) 28,2 26,3 93,4 -6,5 81,3 6 Doyara F1 (UZ., 2019) 32,9 31,2 94,9 -1,8 94,8 7 Desna F1 (RU) 35,8 34,0 95,1 1,1 103,2 8 Masha (Mondu) F1(DE) 24,2 22,5 92,8 -10,5 69,7 9 Koshan F1 (NL.) 26,3 24,6 93,5 -8,4 91,3 10 Regal F1 (FR., 2006) 30,4 28,8 94,6 -4,3 87,6 11 Optimus F1 (US) 29,1 27,4 94,3 -5,6 83,9 Eng yuqori hosildorlik asosiy va takroriy ekinlar sifatida parvarishlanganda Record F1, Fontina F1, Lider F1, Desna F1 duragaylaridan olinib, umumiy hosildorlik asosiy ekinda 37,1-39,2 t/ga, takroriy ekinda esa 35,8-37,5 t/ga, shundan tovar hosil mos ravishda 35,4-38,2 t/ga yoki 95,4- 97,4 % va 34,0-36,0 t/ga yoki 95,1-96,0 % ni tashkil etdi. Ushbu ajratilgan bodring duragaylarida moslanuvchan koeffitsienti aniqlanganda, eng yuqori bo‘lib, 1,09-1,17 ekanligi ma’lum bo‘ldi. Biokimyoviy tarkibi va sifati tahlil qilinganda, eng yaxshi tarkib va sifat (quruq modda 4,1- 4,5 %, qand 2,5-3,2%, askorbin kislota 10,38-14,64 mg/%) Resord F1, Fontina F1, Lider F1, Doyara F1, Sardor F1, Regal F1 duragaylari bo‘lib, nitratlar miqdori 38,18-49,65 mg/kg, ya’ni tavsiya etilgan miqdordan (PDK=150 mg/kg) 3-4 barobar kam ekanligi aniqlandi. Demak, Qashqadaryo viloyati sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida bodring ekinining ajratilgan moslanuvchan Record F1, Fontina F1, Lider F1, Desna F1 va Sardor F1 duragaylarini keng joriy etish orqali asosiy ekin sifatida 36-38 t/ga va takroriy ekin sifatida 33-35 t/ga dan oshirib, yaxshi sifatli hosil olish mumkin ekan.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar10 ta adabiyot

  1. Balashev N.N., Zeman G.O. – Sabzavotchilik. Toshkent.1980.-B.374 mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya
  2. Кристиогло Г.П. Огурцы, кабачки, патиссон. Ростов –на-Дону. 2000.- С.128.
  3. Ostonaqulov T.E., Zuev V.I., Qodirxo‘jaev O.Q. Mevachilik va sabzavotchilik(Sabzavotchilik) Darslik. Toshkent. Navro‘z. 2019.-b. 552.
  4. Ostonaqulov T.E., Xalilov N.X., Lukov M.Q., Sanaev S.T. Takroriy ekinlar- farovonlik manbai. Monografiya. Samarqand. 2017.-B. 116
  5. Azimov B.J., Azimov B.B. Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilikda tajribalar o‘tkazish metodikasi. – T.: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”, 2002 (2023). -B.217.
  6. Белик В.Ф. «Методика опытного дела в овощеводстве и бахчеводстве». Москва. 1992. -С.320.
  7. O‘zbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining Davlat reyestri. Toshkent.2025.- B.98.
  8. Литвинов С.С. Методика полевого опыта в овощеводстве. Москва. 2011. -С.648.
  9. Доспехов Б.А. Методика полевого опыта. Москва. 1985. (2011) -С.351.
  10. Yunusov S.A. Ochiq maydonlarda bodring yetishtirish. Toshket. Agrobank. 2021. – B.56.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011938
Nashr sanasi
2026-04-07
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.
Jild
1
Son
1
DOI
10.66073/refocus-conf/1058
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
186–189
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25