Asosiy mazmunga o‘tish

TURLI KO‘CHAT YOSHINI POREY PIYOZI HOSILDORLIGIGA TA‘SIRI

Nizanov Janibek KhummetillovichSabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston Respublikasi ilmiy-tajriba stansiyasi sabzavot, poliz va kartoshka ekinlari seleksiya va urug‘chiligi laboratriyasi mudiri2026

Konferensiyalar“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.Jild 1Son 1Sahifa 146–149

Annotatsiya

Turli yoshdagi ko‘chatlaridan yetishtirilgan porey piyozining “Karantanskiy” navida eng yuqori umumiy va tovarbop oq soxta poya hosildorlik 50 (24,9 va 13,6 t/ga) hamda 40 (22,5 va 12,3 t/ga) kunlik ko‘chatlardan yetishtirilgan o‘simliklarda qayd etildi, aksincha, ko‘chat yoshi 20 kunlik ko‘chatlardan yetishtirilgan o‘simliklarda (18,7 va 9,9 t/ga) nisbatan kam hosildorlikni namoyon qildi.

Boshqa tillarda

ruschaВЛИЯНИЕ РАЗЛИЧНЫХ РАССАДОК НА УРОЖАЙНОСТЬ ЛУКА-ПОРЕЯ

У сорта лука-порея «Карантанский», выращенного из рассады разного возраста, самые высокие суммарные и товарные урожаи белого ложного стебля были зафиксированы у растений, выращенных из 50-дневной (24,9 и 13,6 т/га) и 40-дневной (22,5 и 12,3 т/га) рассады, в то время как у растений, выращенных из 20-дневной рассады, урожайность была относительно низкой (18,7 и 9,9 т/га).

inglizchaEFFECT OF DIFFERENT SEEDLINGS ON LEEK YIELD

In the "Karantansky" variety of leek grown from seedlings of different ages, the highest total and marketable white false stalk yields were recorded in plants grown from 50 (24.9 and 13.6 t/ha) and 40 (22.5 and 12.3 t/ha) day-old seedlings, while plants grown from 20-day-old seedlings showed relatively low yields (18.7 and 9.9 t/ha).

Kalit so‘zlar

  • porey piyozi
  • o‘simlik
  • barg
  • oq soxta poya
  • ko‘chat yoshi
  • umumiy va tovarbop hosildorlik

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

UО‘T: 635.261+631.53.04 TURLI KO‘CHAT YOSHINI POREY PIYOZI HOSILDORLIGIGA TA’SIRI Nizanov Janibek Xummetillovich Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston Respublikasi ilmiy-tajriba stansiyasi sabzavot, poliz va kartoshka ekinlari seleksiya va urug‘chiligi laboratriyasi mudiri janibeknizanov2@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.19240235 Annotatsiya. Turli yoshdagi kо‘chatlaridan yetishtirilgan porey piyozining “Karantanskiy” navida eng yuqori umumiy va tovarbop oq soxta poya hosildorlik 50 (24,9 va 13,6 t/ga) hamda 40 (22,5 va 12,3 t/ga) kunlik ko‘chatlardan yetishtirilgan o‘simliklarda qayd etildi, aksincha, kо‘chat yoshi 20 kunlik ko‘chatlardan yetishtirilgan o‘simliklarda (18,7 va 9,9 t/ga) nisbatan kam hosildorlikni namoyon qildi. Аннотatsiя. У сорта лука-порея «Карантанский», выращенного из рассады различного возраста, наибольшая общая и товарная урожайность белой ложной стеблевой части отмечена у растений, полученных из 50-дневной (24,9 и 13,6 т/га) и 40-дневной рассады (22,5 и 12,3 т/га). В то же время у растений, выращенных из 20-дневной рассады, показатели урожайности были сравнительно ниже (18,7 и 9,9 т/га). Abstract. In the “Karantanskiy” leek variety grown from seedlings of different ages, the highest total and marketable yield of the white pseudostem was recorded in plants produced from 50-day-old (24.9 and 13.6 t/ha) and 40-day-old seedlings (22.5 and 12.3 t/ha). In contrast, relatively lower yield indicators were observed in plants grown from 20-day-old seedlings (18.7 and 9.9 t/ha). Kalit so‘zlar: porey piyozi, о‘simlik, barg, oq soxta poya, kо‘chat yoshi, umumiy va tovarbop hosildorlik Ключевые слова: лук-порей, растение, лист, белый ложный стебель, возраст рассады, общая и товарная урожайность. Keywords: leek, plant, leaf, white pseudostem, seedling age, total and marketable yield.

Kirish. Dunyoda sabzavot ekinlari assortimentini kengaytirish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Bu borada, O‘zbekistonda – porey piyozi (Allium porrum L.) istiqbolli sabzavot ekini hisoblanadi. Porey piyozi ikki usulda – urug‘idan va kо‘chatidan о‘stiriladi. Kо‘chatidan etishtirish usuli orqali urug‘idan etishtirishga qaraganda 40-50 % yuqori hosil olish mumkin. Bundan tashqari, kо‘chatlar orqali yetishtirish bir xil mahsulot olish imkonini beradi [3]; [7]. Porey piyozini tayyor kо‘chatlarida – 3-4 ta haqiqiy barg, ildiz qalinligi – 0,3-0,5 sm, soxta poya diametri – 0,6-0,8 sm, balandligi – 15-25 sm bо‘lishi ta’kidlangan [1]; [8]. Porey piyozini Osenniy velikan navining 60-kunlik kо‘chatlarini ekishda uning balandligi – 30 sm, soxta poya diametri – 2,5 mm, barglar soni – 3,2 dona, 40 kunlik kо‘chatlarda (mos ravishda) – 17 sm; 1,7 mm va 2,2 dona bo‘lishi kerakligi ta’kidlangan [6]. Karantanskiy navining 115, 95 va 72 kunlik yoshdagi kо‘chatlari о‘rganilganda 115 va 95 kunlik kо‘chatlar iyun oyining oxiriga qadar bog‘lama hosilini va iyul oyining oxiriga qadar standart soxta poya olish mumkinligini ta’minlaydi. Ammo, 72 kunlik kо‘chatlardan maksimal hosilni (367,1 s/ga) ta’minlanishi ilmiy asoslangan [9].

Biroq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tuproq-iqlim sharoitida porey piyozini yetishtirishda maqbul kо‘chat yoshlarini aniqlash bо‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilmagan. Shu sababli, maqbul kо‘chat yoshini aniqlash dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Materiallar va uslublar. Dala tajribalarida porey piyozidan yuqori hosilni ta’minlashda maqbul kо‘chat yoshini aniqlash bо‘yicha “Karantanskiy” navining 20, 30 (nazorat), 40 va 50 kunlik kо‘chatlari yetishtirib о‘rganildi. Dala tajribalari “Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilikda tajribalar o‘tkazish metodikasi” [2], “Методика опытного дела в овощеводстве и бахчеводстве” [4] nomli uslubiy qo‘llanmalari asosida olib borildi, tadqiqot natijalarining statistik tahlili “Excel 2010” va “Statistica 7.0 for Windows” kompyuter dasturida, 0,95% ishonchlilik oralig‘i bilan “Методика полевого опыта” [5] dispersion usuli boyicha hisoblandi. Tajribalarda fenologik kuzatuvlar, biometrik hamda hosildorlikni aniqlash boyicha o‘lchovlar o‘tkazildi. Natijalar va munozara. Turli yoshdagi kо‘chatlardan 2023-2025-yillar bо‘yicha yetishtirilgan porey piyozining “Karantanskiy” navida eng baland о‘simliklar kо‘chat yoshi 50 (104,7 sm) va 40 (88,1 sm) kunlikda aniqlanib, kо‘chat yoshi nazorat 30 kunga (84,2 sm) nisbatan mos ravishda – 20,5 va 3,9 sm baland, aksincha, kо‘chat yoshi 20 kunlikda (74,3 sm) – 9,9 sm past balandlikdagi о‘simliklar shakllanganligi aniqlandi. Turli yoshdagi kо‘chatlardan yetishtirilgan porey piyozining “Karantanskiy” navini bir dona eng og‘ir о‘simlik vazni 50 (298,6 g) va 40 (270,5 g) kunlik kо‘chatlardan yetishtirilgan о‘simliklarda aniqlanib, 30 kunlik (nazorat) kо‘chat yoshiga (241,3 g) nisbatan mos ravishda – 57,3 va 29,0 g og‘ir bо‘ldi. Aksincha, 20 kunlik kо‘chatlardan yetishtirilganda (224,7 g) – 16,6 g yengil vaznli о‘simliklarni namoyon qildi. Bir dona о‘simlik vazni matematik va statistik ishlov berilganda EKF05 – 5,2 g va Sx% – 2,0 % tashkil qildi. Turli yoshdagi kо‘chatlardan yetishtirilgan porey piyozining “Karantanskiy” navini bir tupdagi eng kо‘p barglar soni kо‘chat yoshi 50 (16,7 dona) va 40 (15,3 dona) kunlikda aniqlanib, 30 kunlik (nazorat) kо‘chatlarga nisbatan (13,0 dona) mos ravishda – 3,7 va 2,3 dona kо‘p shakllanganligi ma’lum bо‘ldi. Aksincha, 30 kunlik (nazorat) kо‘chatlarga nisbatan 20 kunlikda (11,0 dona) – 2,0 donaga kam barglar shakllanganligi aniqlandi (1-jadval). 1-jadval Turli yoshdagi kо‘chatlardan yetishtirilgan porey piyozini “Karantanskiy” navining о‘simlik va barg о‘lchamlari (2023-2025-yy.) О‘simlik Barg Kо‘chat yoshi balandligi, vazni, soni, uzunligi, eni, sm vazni, g sm g dona sm 20 kun 74,3 224,7 11,0 62,2 4,4 105,7 30 kun (nazorat) 84,2 241,3 13,0 69,8 4,8 114,0 40 kun 88,1 270,5 15,3 71,5 5,1 123,3 50 kun 104,7 298,6 16,7 86,9 5,4 135,0 EKF05 1,0 5,2 0,2 0,7 0,1 2,7 Sx% 1,2 2,0 1,2 1,0 1,7 2,2 1-jadvaldagi ma’lumotlarga kо‘ra, turli yoshdagi kо‘chatlardan yetishtirilgan porey piyozining “Karantanskiy” navi o‘simliklarida bir dona eng uzun barglar 50 (86,9 sm) va 40 (71,5 sm) kunlik kо‘chatlardan etishtirilgan o‘simliklarda aniqlanib, 30 kunlik (nazorat) (69,8 sm) kо‘chatlardan etishtirilgan o‘simliklarga nisbatan mos ravishda – 17,1 va 1,7 sm uzun barglar shakllanganligi ma’lum bо‘ldi. Aksincha, 30 kunlik (nazorat) kо‘chatlardan etishtirilgan o‘simliklarga nisbatan 20 kunlik (62,2 sm) kо‘chatlarda – 7,6 sm kalta barglarni namoyon qildi.

Bir dona eng keng enli barglar 50 (5,4 sm) hamda 40 (5,1) kunlik kо‘chatlarda shakllangan bo‘lsa, aksincha, 20 kunlik kо‘chatlardan etishtirilgan o‘simliklarda (4,4 sm) kichik barg eni namoyon qildi. Bir tupdagi eng og‘ir vaznli barglar 50 (135,0 g) hamda 40 (123,3 g) kunlik kо‘chatlardan yetishtirilgan o‘simliklarda aniqlangan bo’lsa, aksincha, 20 kunlik kо‘chatlarda (105,7 g) nisbatan yengil vaznli barglar aniqlandi. Turli yoshdagi kо‘chatlardan yetishtirilgan porey piyozining “Karantanskiy” navi o‘simliklarida eng katta soxta poya uzunligi 50 (17,8 sm) hamda 40 (16,7 sm) kunlik ko‘chatlaridan yetishtirilgan o‘simliklarda shakllangan bо‘lib, 30 kunlik (nazorat) kо‘chatlardan yetishtirilgan o‘simliklarga (14,3 sm) nisbatan mos ravishda – 3,5 va 2,4 sm uzun, aksincha, 20 kunlik kо‘chatlardan yetishtirilgan o‘simliklarda (12,6 sm) – 1,7 sm kalta soxta poya uzunligi aniqlandi. Eng keng oq soxta poya diametri 50 (4,4 sm) hamda 40 (4,2 sm) kunlik ko‘chatlaridan yetishtirilgan o‘simliklarda shakllangan bo‘lsa, aksincha, 20 kunlik kо‘chatlardan yetishtirilgan o‘simliklarda (2,8 sm) nisbatan kichik diametrli oq soxta poyalar aniqlandi. Shuningdek, eng og‘ir vaznli oq soxta poyalar 50 (163,5 g) hamda 40 (147,2 g) kunlik ko‘chatlaridan yetishtirilgan o‘simliklarda shakllangan bo‘lsa, aksincha, 20 kunlik kо‘chatlardan yetishtirilgan o‘simliklarda (119,0 g) –yengil vaznli oq soxta poyalar shakillanganligi aniqlandi. Porey piyozining “Karantanskiy” navini turli yoshdagi kо‘chatlaridan yetishtirilgan 2023- 2025-yillardagi eng yuqori umumiy hosildorlik ko‘rsatkichlari 50 (24,9 t/ga) hamda 40 (22,5 t/ga) kunlik ko‘chatlaridan yetishtirilgan o‘simliklarda aniqlanib, 30 kunlik (nazorat) (20,1 t/ga) kо‘chatlardan yetishtirilgan o‘simliklarga nisbatan – 4,8 va 2,4 t/ga kо‘p, aksincha, 20 kunlik ko‘chatlaridan yetishtirilgan o‘simliklarda (18,7 t/ga) – 1,4 t/ga kam umumiy hosildorlikni aniqlan ko‘chatlaridan yetishtirilgan o‘simliklar aniqlandi. Umumiy hosildorlik matematik va statistik ishlov berilganda EKF05 – 0,2 t/ga va Sx% – 0,8% tashkil qildi (2-jadval). 2-jadval Turli yoshdagi kо‘chatlardan yetishtirilgan porey piyozini “Karantanskiy” navida oq soxta poya uzunligi, diametri, vazni va hosildorligi (2023-2025-yy.) Soxta poya Hosildorlik, t/ga Kо‘chat yoshi uzunligi, diametri, vazni, g umumiy Tovarbop sm sm 20 kun 12,6 2,8 119,0 18,7 9,9 30 kun (nazorat) 14,3 3,5 127,3 20,1 10,6 40 kun 16,7 4,2 147,2 22,5 12,3 50 kun 17,8 4,4 163,5 24,9 13,6 EKF05 0,2 0,05 1,6 0,2 0,3 Sx% 1,0 1,3 1,1 0,8 2,4 2-jadvaldagi ma’lumotlarga kо‘ra, porey piyozining “Karantanskiy” navini turli yoshdagi kо‘chatlaridan yetishtirilgan 2023-2025-yillardagi eng yuqori tovarbop hosildorlik 50 (13,6 t/ga) hamda 40 (12,3 t/ga) kunlik ko‘chatlaridan yetishtirilgan o‘simliklarda aniqlanib, 30 kunlik (nazorat) kо‘chatlardan yetishtirilgan o‘simliklarga (10,6 t/ga) nisbatan – 3,0 va 1,7 t/ga yuqori, aksincha, 20 kunlik (9,9 t/ga) kо‘chatlardan yetishtirilgan o‘simliklarda – 0,7 t/ga kam tovarbop oq soxta poyasi hosildorligini namoyon qildi. Tovarbop oq soxta poya hosildorlik matematik va statistik ishlov berilganda EKF05 – 0,4 t/ga va Sx% – 4,0% tashkil qildi. Xulosa va tаvsiyalar. Turli yoshdagi kо‘chatlardan yetishtirilgan porey piyozining “Karantanskiy” navi o‘simliklarini eng yuqori umumiy va tovarbop oq soxta poya hosildorligi

50 (24,9 va 13,6 t/ga) hamda 40 (22,5 va 12,3 t/ga) kunlik kо‘chatlardan yetishtirilgan o‘simliklarda, aksincha, kam umumiy va tovarbop oq soxta poya hosildorlik 20 kunlik (18,7 va 9,9 t/ga) kо‘chatlardan yetishtirilgan o‘simliklarda shakllanganligi aniqlandi. Shu sababli, porey piyozidan yuqori umumiy va tovarbop oq soxta poya hosilini yetishtirishda 40-50 kunlik kо‘chatlarini ekish tavsiya qilinadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Адрицкая Н.А., Костко И.Г. Хозяйственно-биологическая и технологическая оценка сортов лука-порея в условиях северо-западного региона // Известия СанктПетербургского государственного аграрного университета. – Санкт-Петербург, 2016. – № 42. – С. 21-26. 2. Азимов Б.Ж., Азимов Б.Б. Сабзавотчилик, полизчилик ва картошкачиликда тажрибалар ўтказиш методикаси. – Тошкент, 2002. – Б. 121-152. 3. Бакулина В.А. Сорта и гибриды, впервые включенные в 2000 году в Госреестр селекционных достижений, допущенных к использованию // Журнал «Картофель и овощи». – Москва, 2001. – № 4. – С. 19-20. 4. Белик В.Ф. Методика опытного дела в овощеводстве и бахчеводстве. – М: Агропрмиздат, 1992. – С. 133-135, 226. 5. Доспехов Б.А. Методика полевого опыта. – М.: Колос, 1985. – C. 207-223, 268-297 6. Папонов А.Н. Влияние сроков посева и площади питания рассада на урожайность лука порея // Журнал «Гавриш». – Москва, 2001. – № 3. – С. 29-32. 7. Такаева Ш.К., Кароматов И.Дж. Лекарственное растение лук-порей // Электронный научный журнал «Биология и интегративная медицина». – Москва, 2017. – № 5 (май). – С. 232-237. 8. Турбин В.А., Тигунова И.Е. Изучение сортов лука-порея в почвенноклиматических условиях юга Украины // Журнал «Кубанского государственного аграрного университета». – Кубань, Украина, 2013. – № 89 (05). – С. 1-15. 9. Фатьянов В.И. Лук. – М.: Олма-Пресс Гранд, 2003. – 30 с

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar9 ta adabiyot

  1. Адрицкая Н.А., Костко И.Г. Хозяйственно-биологическая и технологическая оценка сортов лука-порея в условиях северо-западного региона // Известия Санкт-Петербургского государственного аграрного университета. – Санкт-Петербург, 2016. – № 42. – С. 21-26.
  2. Азимов Б.Ж., Азимов Б.Б. Сабзавотчилик, полизчилик ва картошкачиликда тажрибалар ўтказиш методикаси. – Тошкент, 2002. – Б. 121-152.
  3. Бакулина В.А. Сорта и гибриды, впервые включенные в 2000 году в Госреестр селекционных достижений, допущенных к использованию // Журнал «Картофель и овощи». – Москва, 2001. – № 4. – С. 19-20.
  4. Белик В.Ф. Методика опытного дела в овощеводстве и бахчеводстве. – М: Агропрмиздат, 1992. – С. 133-135, 226.
  5. Доспехов Б.А. Методика полевого опыта. – М.: Колос, 1985. – C. 207-223, 268-297
  6. Папонов А.Н. Влияние сроков посева и площади питания рассада на урожайность лука порея // Журнал «Гавриш». – Москва, 2001. – № 3. – С. 29-32.
  7. Такаева Ш.К., Кароматов И.Дж. Лекарственное растение лук-порей // Электронный научный журнал «Биология и интегративная медицина». – Москва, 2017. – № 5 (май). – С. 232-237.
  8. Турбин В.А., Тигунова И.Е. Изучение сортов лука-порея в почвенно-климатических условиях юга Украины // Журнал «Кубанского государственного аграрного университета». – Кубань, Украина, 2013. – № 89 (05). – С. 1-15.
  9. Фатьянов В.И. Лук. – М.: Олма-Пресс Гранд, 2003. – 30 с

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011927
Nashr sanasi
2026-04-07
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.
Jild
1
Son
1
DOI
10.66073/refocus-conf/1044
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
146–149
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25