Asosiy mazmunga o‘tish

SHIRIN QALAMPIR MOSLANUVCHAN NAVLARINI TURLI O‘G‘ITLASH VA O‘STIRUVCHI STIMULYATORLAR ME‘YORLARIDA HOSIL SHAKLLANISHI VA HOSILDORLIGI

Islamov A.J.1, Ostonokulov T.E.22026

  1. 1mustaqil izlanuvchi
  2. 2x. f.d., professor Qarshi davlat universiteti

Konferensiyalar“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.Jild 1Son 1Sahifa 204–207

Annotatsiya

Maqolada shirin qalampir ajratilgan moslanuvchan navlarini turli organomineral o‘g‘itlar va o‘stiruvchi stimulyatorlar me‘yorlarini birgalikda qo‘llanilganda o‘sishi, rivojlanishi, palak, ildiz tizimi va barg sathi shakllanishi, fotosintetik faolligi, mahsuldorlik va hosildorlikka ta‘sirini o‘rganishga bag‘ishlangan.

Boshqa tillarda

ruschaФОРМИРОВАНИЕ УРОЖАЯ И УРОЖАЙНОСТЬ СОРТОВ СЛАДКОГО ПЕРЦА, АДАПТИРУЕМЫХ К РАЗЛИЧНЫМ ВИДАМ УДОБРЕНИЯ И СТИМУЛЯТОРОВ РОСТА

Статья посвящена изучению влияния различных органоминеральных удобрений и стимуляторов роста на рост, развитие, формирование побегов, корневой системы и листовой поверхности, фотосинтетическую активность, продуктивность и урожайность отобранных адаптивных сортов сладкого перца.

inglizchaYIELD FORMATION AND YIELD OF SWEET PEPPER ADAPTABLE VARIETIES UNDER DIFFERENT FERTILIZATION AND GROWTH STIMULATORS

The article is devoted to studying the effects of different organomineral fertilizers and growth stimulants on the growth, development, formation of shoots, root system and leaf surface, photosynthetic activity, productivity and yield of selected adaptive varieties of sweet pepper.

Kalit so‘zlar

  • shirin qalampir
  • nav
  • duragay
  • o‘g‘it me‘yorlari
  • o‘stiruvchi stimulyator
  • o‘suv davri
  • o‘simlik bo‘yi
  • barg sathi
  • paykal fotosintetik potensiali
  • hosildorlik
  • tovarlilik

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

UO‘T:631.5:631.52:631:8:631.55 SHIRIN QALAMPIR MOSLANUVCHAN NAVLARINI TURLI O‘G‘ITLASH VA O‘STIRUVCHI STIMULYATORLAR ME’YORLARIDA HOSIL SHAKLLANISHI VA HOSILDORLIGI Islamov A.J., mustaqil izlanuvchi Ostonoqulov T.E., q.- x. f.d., professor Qarshi davlat universiteti e-mail: t-ostonakulov@mail.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.19243852 Maqolada shirin qalampir ajratilgan moslanuvchan navlarini turli organomineral o‘g‘itlar va o‘stiruvchi stimulyatorlar me’yorlarini birgalikda qo‘llanilganda o‘sishi, rivojlanishi, palak, ildiz tizimi va barg sathi shakllanishi, fotosintetik faolligi, mahsuldorlik va hosildorlikka ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlangan. Kalit so‘zlar: shirin qalampir, nav, duragay, o‘g‘it me’yorlari, o‘stiruvchi stimulyator, o‘suv davri, o‘simlik bo‘yi, barg sathi, paykal fotosintetik potensiali, hosildorlik, tovarlilik. В статье изложены результаты изучения роста, развития, фотосинтетической активности и урожайности выделенных адаптивных сортов сладкого перца при возделывании и совместном внесении различных норм органоминеральных удобрений и стимуляторов роста. Ключевые слова: сладкий перец, сорта, гибриды, нормы органо-минеральных удобрений, стимуляторы роста, вегетационный период, высота растений, площадь листовой поверхности, фотосинтетический потенциал посевов (ФПП), урожайность, товарность. The article presents the results of studying the growth, development, photosynthetic activity, and yield of selected adaptive sweet pepper varieties under cultivation with the combined application of different rates of organomineral fertilizers and growth stimulants. Keywords: sweet pepper, varieties, hybrids, organomineral fertilizer rates, growth stimulants, vegetation period, plant height, leaf surface area, photosynthetic potential of crops (PPС), yield, marketability. Kirish. Shirin qalampir tropik mintaqada ko‘p yillik, mo‘tadil va subtropik mintaqada esa bir yillik o‘simlik. U juda issiqsevar va o‘suv davrining uzoq davom etishi (120 kun va ko‘p) bilan farqlanadi. Shuning uchun yuqori hosil olish uchun ko‘p me’yorda organik va mineral o‘g‘itlar berishni talab etadi. Bir tonna shirin qalampir hosilini olish uchun 12,3 kg sof azot, 8,8 kg sof fosfor va 6,2 kg sof kaliy sarflaydi[1.]. Respublikamiz shirin qalampir o‘stirish uchun bo‘z tuproqlar sharoitida 20-30 t/ga go‘ng, mineral o‘g‘itlar N150-200 P120-160 K90-100 kg/ga ta’sir etuvchi modda holida, o‘tloq va o‘tloq-botqoq tuproqlarda esa N150-200 P120-160 K90-100 kg/ga tavsiya etilgan. Shirin qalampir biokimyoviy tarkibiga ko‘ra, boshqa sabzavotlardan farqlanib, 85,56 % suv, 1,49 % azotli moddalar, 0,95 % moy, 0,69 % kul, 1,8 % kletchatka va 5,44 % azotsiz ekstraktiv moddalar saqlaydi. U tarkibida “S” vitamini saqlash bo‘yicha sabzavotlar orasida birinchi o‘rinda turadi va pishgan sayin askorbin kislota miqdori oshib boradi. N.N. Balashev, G.O. Zeman ma’lumotlari bo‘yicha, o‘zimizda yetishtirilgan shirin qalampir mevasi texnik pishganda 54-118 mg/%, fiziologik pishganda esa 368-535 mg/% “S” vitimini mavjud bo‘ladi[2.].

Shunga qaramasdan Respublikamizda shirin qalampir yetishtirish aholini talabini va eksport qilish darajasini qondirmasdan kelmoqda. Muayyan sharoitda shirin qalampir ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish va ekin hosildorligini oshirish talab etiladi. Ekin hosildorligini oshirish va eksport salohiyatini ko‘tarish ko‘p jihatdan har bir tuproq va iqlim sharoiti uchun yuqori hosildor, moslanuvchan nav va duragaylarni to‘g‘ri tanlash, ularni o‘stirish agrotexnologiyasini organik va mineral o‘g‘itlar va o‘stiruvchi stimulyatorlardan birgalikda foydalanib, takomillashtirish ilmiy va amaliy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin, Qashqadaryo viloyati sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida shirin qalampir moslanuvchan nav-duragaylarini belgilash va agrotexnologiyasini takomillashtirish, jumladan organomineral o‘g‘itlar va o‘stiruvchi stimulyatorlarni birgalikda qo‘llash borasida tadqiqotlar yetarlicha o‘tkazilmagan. Shuni hisobga olib, biz 2022-2024 yillarda viloyatning Shahrisabz tumani “Xujamurod” fermer xo‘jaligi sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida dala tajribasi o‘tkazildi. Tadqiqotning maqsadi – shirin qalampir ajratilgan moslanuvchan navlari turli organomineral o‘g‘itlar va o‘stiruvchi stimulyatorlar me’yorlarida o‘sishi, rivojlanishi, tupning shakllanish xususiyatlari, mahsuldorligi va hosildorligini o‘rganish asosida maqbul o‘g‘it va o‘stiruvchi stimulyator me’yorini aniqlashdan iborat. Materiallar va uslublar. Tajribada ajratilgan moslanuvchan shirin qalampirning Marjona (st.), Dar Tashkenta va Zumrad navlari olinib, 4 ta organomineral o‘g‘itlar va o‘stiruvchi stimulyatorlar me’yorlarida, ya’ni 1-variant N200 P150 K100 kg/ga (nazorat); 2-variant N200 P150 K100 kg/ga + 6-7 g/ga gibberellin; 3-variant 20 t/ga go‘ng + N200 P150 K100 kg/ga; ); 4-variant 20 t/ga go‘ng + N200 P150 K100 kg/ga 6-7 g/ga gibberellin o‘z aro taqqoslanib o‘rganildi va ularni birgalikda qo‘llashning samaradorligi aniqlandi. Tajribada ko‘chat olish uchun urug‘lar 28 fevral-5 martda sepildi, 4-5 chinbargli ko‘chatlar 10-11 aprelda 90x25 sm sxemada jo‘yak olingan, sug‘orilgan dalaga o‘tkazildi. Ko‘chat o‘tkazilgach, namlik tuproqda ko‘chatlar tutguncha 70-80% da ushlandi. Tajriba dalasi ko‘chatlar o‘tkazilishigacha 4 qismga bo‘linib, go‘ng va mineral o‘g‘itlar tajriba sxemasiga muvofiq variantlar bo‘yicha sepildi. So‘ngra egatlar qayta olinib, sug‘orilib, ko‘chatlar o‘tkazildi. Delyankaning maydoni navlar bo‘yicha 36 m2, o‘g‘itlar bo‘yicha 108 m2, takrorlar bo‘yicha 432 m2 bo‘ldi. O‘simlikni gullash davrida “gibberellin” biostimulyatori bilan ishlash uchun 6-7 g kukuni olinib, oldin toza 120-150 ml etil spirtida eritilib, so‘ngra 10-20 l iliq suvga aralashtiriladi. Shundan so‘ng 360-400l tiniq suvga qo‘shilib, yaxshilab aralashtirib, sepiladi. O‘simlikka sepish ertalab va kechki paytlarda qo‘lda “Avtomaks” yordamida va mexanizmlar vositasida amalga oshirildi. Tajriba uchastkasida barcha agrotexnologik tadbirlar, o‘lchash, kuzatish, hisoblash va tahlillar umume’tirof etilgan uslublar va agrotavsiyalar asosida olib borildi [3,4,5,6,7]. Tadqiqot natijalari va uni muhokamasi. Shirin qalampir ajratilgan moslanuvchan navlarini turli organomineral o‘g‘itlar va o‘stiruvchi stimulyatorlar me’yorlarida o‘stirilganda ko‘chat o‘tkazilgandan gullashgacha bo‘lgan davr 21-31 kun, gullashdan mevalashgacha 12-15 kun, “mevalash-pishish” davri 31-36 kun, o‘suv davri esa 65-80 kunni tashkil etgani aniqlandi. Organomineral o‘g‘itlar va o‘stiruvchi stimulyatorlarni birgalikda qo‘llash shirin qalampir

ajratilgan moslanuvchan navlar o‘suv davrini 3-4 kunga uzaytirgani qayd etildi. Bundan tashqari, baland bo‘yli (39-51 va 80-95 sm), shoxlangan (5-6 va 7-9 dona yon shoxlar), barglangan (25-30 va 81-89 dona) barg sathili (0,43-0,46 va 0,79-0,88 m2) o‘simlik shakllangani kuzatildi. Maydon birgligida eng yuqori barg sathi (35,1-39,4 ming m2/ga) tanlangan moslanuvchan shirin qalampir navlarida organomineral o‘g‘itlar va o‘stiruvchi stimulyatorlar maqbul me’yorda birgalikda qo‘llanilganda olindi. Shunda paykalning fotosintetik potensiali o‘simlik o‘suv davri davomida standart Marjona navida 1930,6-2252,4; Dar Tashkenta navida 2150,7-2520,7 va Zumrad navida 1794,8-2019,8 ming m2/ga ni tashkil etgani qayd qilindi. Eng yuqori paykalning fotosintetik potensiali organomineral o‘g‘itlar va o‘stiruvchi stimulyatorlar 20 t/ga go‘ng+N200P150K 100 kg/ga +6-7g/ga gibberellin me’yorida birgalikda qo‘llanilganda kuzatildi. Bir vaqtda eng ko‘p bargdagi xlorofill miqdori (418,8-524,3 mg/100g) va fotosintez sof mahsuldorligi (4,8-6,1 g/m3 sutkada ) ekanligi ma’lum bo‘ldi. Organomineral o‘g‘itlar va o‘stiruvchi o‘stiruvchi biostimulyator “gibberellin” maqbul me’yorlari birgalikda qo‘llanilganda (20 t/ga go‘ng+N200P150K 100 kg/ga +6-7g/ga gibberelin) tanlangan moslanuvchan shirin qalampir navlarining mahsuldorlik ko‘rsatkichlariga sezilarli ta’sir etib, ularda baquvvat ildiz tizimi (6,9-8,7 g ko‘p) va palak (29-33 g ziyod), tupdagi meva hosili 26,4-36,5 g ziyod meva o‘rtacha vazni nazoratdan 1,6-4,4 g ziyod bo‘lgani aniqlandi. Tadqiqot natijalarining ko‘rsatishicha, Qashqadaryo viloyati sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida shirin qalampir ajratilgan moslanuvchan navlarini organo- mineral o‘g‘itlar va o‘stiruvchi biostimulyator “gibberellin” maqbul me’yorlarini (20 t/ga go‘ng+N200P150K 100 kg/ga +6-7g/ga) birgalikda qo‘llash orqali eng yuqori hosildorlikka (39,3-44,1 t/ga, shundan 38,7- 43,8 t/ga yoki 98,9-99,3% tovar hosil) va yaxshi sifatli biokimyoviy tarkib va sifatga ega hosilga erishish mumkin ekan. Shunday qilib, organomineral o‘g‘itlar va o‘stiruvchi stimulyatorlarni maqbul (20 t/ga go‘ng+N200P150K 100 kg/ga +6-7g/ga gibberellin (gullash davrida) me’yorlarida birgalikda qo‘llash tanlangan moslanuvchan shirin qalampir navlari o‘simligining o‘sishi, rivojlanishi, tup, palak va ildiz tizimi, barg sathi shakllanishi, paykalning fotosintetik faolligi, mahsuldorlik ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir etdi. Natijada gektaridan 38-40 t/ga va ziyod yaxshi sifatli tovar hosilni ta’minladi.

Shirin qalampir moslanuvchan navlarining turli o‘g‘itlash me’yorlari va gibberellin stimulyatori birgalikda qo‘llanilganda hosildorligi va tovarliligi (2022-2024 yillar) Yillar bo‘yicha Shu Hosildorlikdagi farqlar O‘g‘itlar hosildorlik, t/ga O‘rtac jumladan № me’yori, kg navlar o‘g‘it ha, t/ga tovar hosil (g)/ga 2022 2023 2024 bo‘yicha bo‘yicha t/ga % t/ga % t/ga % Marjona nav (st.) N200 P150 K100 1 36,4 33,7 32,5 34,2 33,3 97,3 - 100,0 - 100,0 (nazorat) N200 P150 K100 2 +6-7g 39,1 34,9 36,4 36,8 36,0 97,7 - 100,0 2,6 107,6 gibberellin 20 t go‘ng+ N200 3 40,4 35,7 36,7 37,6 36,8 97,9 - 100,0 3,4 109,9 P150 K100

20 t go‘ng+ N200 4 P150 K100 +6-7g 41,0 37,2 39,7 39,3 38,7 98,4 - 100,0 5,1 114,9 gibberellin 𝑆𝑥̅ (%) = 0.6 0.8 1.8 EKF05(t/ga) = 0.5 0.7 1.5 Dar Tashkenta navi N200 P150 K100 5 41,8 36,6 38,3 38,9 38,1 98,0 4,7 113,7 - 100,0 (nazorat) N200 P150 K100 6 +6-7g 43,2 39,4 41,9 41,5 40,9 98,6 4,7 112,8 2,6 107,8 gibberellin 20 t go‘ng+ N200 7 44,0 40,2 43,6 42,6 42,2 99,0 5,0 113,3 3,7 109,5 P150 K100 20 t go‘ng+ N200 8 P150 K100 +6-7g 46,1 42,5 43,7 44,1 43,8 99,3 4,8 112,2 5,2 113,4 gibberellin 𝑆𝑥̅ (%) = 1.1 0.9 2.5 EKF05(t/ga) = 1.1 0.8 2.3 Zumrad navi N200 P150 K100 9 37,1 34,7 35,0 35,6 34,7 97,6 1,4 104,1 - 100,0 (nazorat) N200 P150 K100 +6-7g 38,8 35,8 37,9 37,5 36,7 97,9 0,7 101,9 1,9 105,3 gibberellin 1 20 t go‘ng+ N200 40,2 36,5 39,1 38,6 37,8 98,0 1,0 102,7 3,0 108,4 1 P150 K100 20 t go‘ng+ N200 P150 K100 +6-7g 42,0 39,0 41,7 40,9 40,2 98,3 1,4 104,1 5,3 114,9 gibberellin 𝑆𝑥̅ (%) = 1.4 1.6 2.6 EKF05(t/ga) = 1.2 1.3 2.2

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar7 ta adabiyot

  1. Rasulov F.F. Shirin qalampir yetishtirish. Toshkent. Agrobank. 2021.-B.62.
  2. Balashev N.N., Zeman G.O. – Sabzavotchilik. Toshkent. 1980. – B.424.
  3. Azimov B.J., Azimov B.B. Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilikda tajribalar o‘tkazish metodikasi. Toshkent. 2023. – B.217
  4. O‘zbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya etilgan qishloq xo‘jalik ekinlari Davlat reestri. Toshkent. 2025.- B.98.
  5. Литвинов С.С. Методика полевого опыта в овощеводстве. Москва. 2011. – С.648.
  6. Ostonaqulova T.E., Zuev V.I., Qodirxo‘jaev O.Q. – Mevachilik va sabzavotchilik. (Sabzavotchilik) Toshkent. 2019. –B.552.
  7. Доспехов Б.А. Методика полевого опыта. Москва. 1985 (2011). -С.351.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011943
Nashr sanasi
2026-04-07
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.
Jild
1
Son
1
DOI
10.66073/refocus-conf/1063
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
204–207
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25