Asosiy mazmunga o‘tish

ASOSIY EKIN SIFATIDA MOSLANUVCHAN POMIDOR NAV VA DURAGAYLARINI TURLI O‘G‘ITLASH ME‘YORLARI VA O‘STIRUVCHI STIMULYATORLARDA HOSILDORLIGI VA BIOKIMYOVIY TARKIBI

Ostonakulov T.E.1, Toychiyev Sh.Sh.2, Berdanov A.A.32026

  1. 1q.-x.f.d., professor
  2. 2mustaqil-izlanuvchi Qarshi davlat universiteti
  3. 3mustaqil-izlanuvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi agroxizmatlar markazi

Konferensiyalar“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.Jild 1Son 1Sahifa 201–203

Annotatsiya

Maqolada asosiy ekin sifatida pomidor ajratilgan moslanuvchan nav(duragay)lari turli o‘g‘itlar va o‘stiruvchi stimulyatorlar me‘yorlarida o‘stirilganda o‘sishi, rivojlanishi, tupning, barg sathi, paykalning fotosintetik potensialining shakllanishi xususiyatlari, mahsuldorlik ko‘rsatkichlari, hosildorligi, biokimyoviy tarkibi va sifatini o‘rganish yakunlari bayon etilgan.

Boshqa tillarda

ruschaУРОЖАЙНОСТЬ И БИОХИМИЧЕСКИЙ СОСТАВ СОРТОВ И ГИБРИДОВ ТОМАТА, ПРИСПОСОБЛЕННЫХ В КАЧЕСТВЕ ОСНОВНОЙ КУЛЬТУРЫ, ПРИ РАЗЛИЧНЫХ НОРМАХ УДОБРЕНИЯ И СТИМУЛЯТОРАХ РОСТА

В статье представлены результаты исследования роста, развития, формирования фотосинтетического потенциала куста, листовой поверхности, стручков, показателей продуктивности, урожайности, биохимического состава и качества адаптивных сортов (гибридов) томата, выращиваемых в качестве основной культуры при различных удобрениях и стимуляторах роста.

inglizchaYIELD AND BIOCHEMICAL COMPOSITION OF TOMATO VARIETIES AND HYBRIDS ADAPTED AS A MAIN CROP UNDER DIFFERENT FERTILIZATION RATES AND GROWTH STIMULATORS

The article presents the results of a study of the growth, development, formation of the photosynthetic potential of the bush, leaf surface, pods, productivity indicators, yield, biochemical composition and quality of tomato-derived adaptive varieties (hybrids) grown as the main crop under different fertilizers and growth stimulants.

Kalit so‘zlar

  • nav
  • duragay
  • pomidor
  • o‘g‘it me‘yori
  • o‘stiruvchi stimulyatorlar
  • mahsuldorlik
  • tovar hosildorlik

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

UO‘T:631.64:631.52:631.8:631.55 ASOSIY EKIN SIFATIDA MOSLANUVCHAN POMIDOR NAV VA DURAGAYLARINI TURLI O‘G‘ITLASH ME’YORLARI VA O‘STIRUVCHI STIMULYATORLARDA HOSILDORLIGI VA BIOKIMYOVIY TARKIBI Ostonaqulov T.E., q.-x.f.d., professor To‘ychiyev Sh.Sh., mustaqil-izlanuvchi Qarshi davlat universiteti Berdanov A.A., mustaqil-izlanuvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi agroxizmatlar markazi e-mail: t-ostonakulov@mail.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.19243837 Maqolada asosiy ekin sifatida pomidor ajratilgan moslanuvchan nav(duragay)lari turli o‘g‘itlar va o‘stiruvchi stimulyatorlar me’yorlarida o‘stirilganda o‘sishi, rivojlanishi, tupning, barg sathi, paykalning fotosintetik potensialining shakllanishi xususiyatlari, mahsuldorlik ko‘rsatkichlari, hosildorligi, biokimyoviy tarkibi va sifatini o‘rganish yakunlari bayon etilgan. Kalit so‘zlar: nav, duragay, pomidor, o‘g‘it me’yori, o‘stiruvchi stimulyatorlar, mahsuldorlik, tovar hosildorlik. В статъе изложены итоги изучения особенности роста, развития, формирования куста, листовой поверхности, фотосинтетический потенциал посева, показатели продуктивности, урожайности, биохимический состав и качества выделенных адаптивных сортов (гибридов) томата при возделывании различных норм удобpeний и стимуляторов роста. Ключевые слова: сорт, гибрид, томат, нормы удобрений, стимулятор роста, продуктивность, товарная урожайность. The article presents the results of studying the characteristics of growth, development, plant formation, leaf surface area, photosynthetic potential of crops, productivity indicators, yield, biochemical composition, and quality of selected adaptive tomato varieties (hybrids) cultivated under different fertilizer rates and growth stimulators. Keywords: variety, hybrid, tomato, fertilizer rates, growth stimulator, productivity, marketable yield. Kirish. Respublikamizda pomidor 2024 yilda 118-122 ming gektar maydonga ekilib, 2,8- 3,0 mln tonna yalpi hosil yetishtirilgan. Qashqadaryo viloyati xo‘jaliklarida esa 9,3-9,5 ming gektarga ekilib, har gektardan 22 tonna hosildorlik olinib, 211-214 ming tonna yalpi hosil olinmoqda. Muayyan sharoitida pomidor ishlab chiqarishni ko‘paytirishda asosiy ekin sifatida hosildorlikni oshirish bo‘lsa, takroriy ekin sifatida esa ekin maydonini boshoqli don ekinlaridan so‘ng kengaytirish hisoblanadi. Shuning uchun takroriy ekin sifatida pomidor maydoni yildan yilga kengayib bormoqda va hozirgi kunda 40 ming gektarga yetdi, viloyatda esa 4,2 ming gektarni tashkil qildi. Asosiy va takroriy ekinlar sifatida pomidor ekin maydonini kengaytirish va hosildorligini oshirishda ekin nav-duragaylarini to‘g‘ri tanlash, ularni o‘stirish agrotexnologiyasini takomillashtirish, ayniqsa organomineral o‘g‘itlar va o‘stiruvchi stimulyatorlardan samarali foydalanish muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega hisoblanadi. Tadqiqotning maqsadi - pomidor ajratilgan moslanuvchan nav-duragaylarini turli organomineral o‘g‘itlar va o‘stiruvchi stimulyatorlar me’yorlarida o‘sishi, rivojlanishi, barg sathi,

palak, ildiz va meva hosili shakllanishi xususiyatlarini, paykal fotosintetik potensiali, terimlar bo‘yicha umumiy va tovar hosildorligini, hosil biokimyoviy tarkibi va sifatini o‘rganish asosida maqbul organomineral va o‘stiruvchi stimulyatorlar me’yorlarini belgilashdan iborat. Materiallar va uslublar. Dala tajribalari 2022-2024 yillarda Qarshi tumanidagi “Mo‘minov Iskandar Azimovich” fermer xo‘jaligining sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida o‘tqazildi. Tadqiqot ob’ekti sifatida pomidor ajratilgan moslanuvchan Volgogradskiy 5/95 (standart), yangi Mustaqillik-28 nav va Lojayin F1, duragaylari olindi. Tajribada 4-5 chinbargli ko‘chatlar 18-22 mart kunlari 90x25 sm sxemada o‘tqazildi. O‘tkazish oldi va o‘tkazilgach sug‘orildi. Ko‘chatlar to‘liq tutib olguncha tuproq namligi 70-80%ga ushlandi. Jo‘yaklar olishdan oldin organomineral o‘g‘itlar quyidagi variantlar bo‘yicha solindi. 1. 20 t/ga go‘ng; 2. 20 t/ga go‘ng + N100 P80 K50; 3. 20 t/ga go‘ng + N150 P120 K75; 4. 20 t/ga go‘ng + N200 P160 K100 (nazorat); 5. 20 t/ga go‘ng + N200 P160 K100 kg/ga + 5 g/ga gibberellin; 6. 20 t/ga go‘ng + N200 P160 K100 kg/ga + 10 g/ga gibberellin; 7. 20 t/ga go‘ng + N200 P160 K100 kg/ga + 15 g/ga gibberellin va o‘zaro taqqoslandi. Azot ammoniyli selitra (34,6% N), fosfor - ammofos (48% P2O5, 11% N) va kaliy - kaliy xlorid (60% K2O) holida berildi. Gibberellin - o‘stiruvchi biostimulyatori o‘simlik gullash davrida qo‘llanilib, dastlab 100- 150 ml toza etil spirtida, so‘ngra 10-20 l iliq suvga aralashtirildi. Shundan so‘ng 360-400 l tiniq suvga qo‘shilib, ertalab yoki kechki paytlarda qo‘lda “Avtomaks” yoki mexanizmlarda sepildi. Tajriba uchastkasida barcha agrotexnik tadbirlar, hisoblash, kuzatish, o‘lchash va tahlillar umumqabul qilingan uslublar va agrotavsiyalar asosida olib borildi [1,2,3,4,5]. Tadqiqot natijalari va uni muhokamasi. Ajratilgan moslanuvchan pomidor navduragaylari asosiy ekin sifatida turli o‘g‘itlar va o‘stiruvchi stimulyatorlar me’yorlarida o‘stirilganda, unib chiqishdan 4-chinbarg chiqarishgacha bo‘lgan davr 22-25 kun, 4-chinbarg chiqarishdan shonalashgacha 5-9 kun, shonalashdan gullashgacha 5-7 kun, gullashdan mevalashgacha 10-15 kun davom etib, bu davrlar organomineral o‘g‘itlar va o‘stiruvchi stimulyatorlar birgalikda qo‘llanilganda 1-3 kunga uzaydi. O‘suv davri pomidor ajratilgan moslanuvchan nav-duragaylari turli o‘g‘itlar va o‘stiruvchi stimulyatorlar me’yorlarida sezilarli o‘zgarib Volgogradskiy 5/95 navida 76-81, yangi Mustaqillik-28 navida 72-74 va Lojayin F1 duragayida 82-83 kunni tashkil etdi. Asosiy ekin sifatida pomidor ajratilgan moslanuvchan nav-uragaylari orgonominiral o‘g‘itlar va o‘stiruvchi stimulyatorlar birgalikda qo‘llanilgan 20 t/ga go‘ng + N200 P160 K100 kg/ga + 15 g/ga gibberellin me’yorida baland bo‘yli (78,6-91,0), shoxlangan (5,1-6,3 dona yon shoxlar), barglangan (48,0-64,4 dona) yoki barg sathili (0,81-0,90 m2) o‘simliklar shakllangani qayd etildi. Organomineral o‘g‘itlar va gibberellin birgalikda qo‘llanilgan maqbul me’yorda (20 t/ga go‘ng + N200 P160 K100 kg/ga + 10-15 g/ga gibberellin) pomidor ajratilgan moslanuvchan nav(uragay)larida maydon birligida eng ko‘p barg sathi hosil bo‘lib, gullash davrida 25,0-30,8; mevalash davrida 35,0-40,4; texnik pishish davrida 37,4-41,0 va 1-terimda 39,4-42,5 ming m2/ga tashkil etgani aniqlandi. Shunda paykalning fotosentitik potensiali ham eng yuqori bo‘lib, davrlar bo‘yicha, mos ravishda, 614,0-750,1; 581,6-914,3; 1205,6-1322,5; 724,4-1100,2 ming m2/ga o‘suv davrida esa standart Volgogradskiy 5/95 navida 2329,4-3140,2; Mustaqillik-28 navida

2587,6-3547,0 va Lojayin F1 duragayida 2811,0-3961,9 m2/ga ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bargdagi xlorofill miqdori va fotosintez sof mahsuldorligi pomidor ajratilgan moslanuvchan navduragaylarida turli o‘g‘it va stimulyatorlar me’yorlarida o‘rganilganda, o‘suv davri davomida keskin o‘zgarib, eng ko‘p xlorofill bargda (498,6-548,4 mg/100 g) va fotosintez sof mahsuldorligi (5,1-6,4 g/m2 sutkada) pishish davrida kuzatildi. Maqbul o‘g‘itlar va o‘stiruvchi stimulyator me’yorlashda ajratilgan moslanuvchan navduragaylar parvarishlanganda, baquvvat ildiz tizimi (127-133 g) va palak (346-404 g) shakllanib, natijada eng yuqori mahsuldorlik (bir tup hosili 811,6-898,6 g) ta’minlandi. Asosiy ekin sifatida pomidor ajratilgan moslanuvchan nav va duragaylari turli o‘g‘itlar va o‘stiruvchi stimulyatorlar me’yorlarida o‘stirilganda hosildorlik 18,1 dan 42,7 tonnaga o‘zgardi. Eng yuqori hosildorlik o‘rganilgan moslanuvchan pomidor nav-duragaylarida organomineral o‘g‘itlar va o‘stiruvchi stimulyatorlar - 20 t/ga go‘ng + N200 P160 K100 kg/ga + 10 g/ga gibberellin me’yorda birgalikda qo‘llanilganda olindi. O‘stiruvchi biostimulyator- gibberellin me’yorining keyingi oshirilganida hosildorlik oshib, qo‘shimcha hosil olindi, lekin hosildorlikdagi farq tajriba xatosi ichida bo‘ldi (EKF05=0,9-2,4 t/ga). Tahlillar natijalariga ko‘ra, o‘g‘it me’yorlari quruq modda miqdoriga deyarli ta’sir etmay, gibberellin biostimulyatori ta’siri o‘rganilgan navlarda 0,1-0,2% ga, qand esa 0,1 % gacha oshgani, askorbin kislotasi miqdorida ham o‘sish tendensiyasi qayd etildi. Demak, pomidor ajratilgan moslanuvchan nav va duragaylarini asosiy ekin sifatida maqbul organomineral o‘g‘itlar va gibberellin meyyorida (20 t/ga go‘ng + N200 P160 K100 kg/ga + 10 g/ga gibberellin) birgalikda qo‘llash orqali standart Volgogradskiy 5/95 navidan 26,2-28,1; yangi Mustaqillik-28 navidan 30,3-32,6 va Lojayin F1 duragayidan 38,2-40,8 t/ga tovar hosil yaxshi biokimyoviy tarkib va sifat bilan erishish mumkin ekan. Foydalangan adabiyotlar 1. Azimov B.J., Azimov B.B. Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilikda tajribalar o‘tkazish metodikasi. Toshkent. “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”, 2002 (2023). -B.217. 2. Белик В.Ф. «Методика опытного дела в овощеводстве и бахчеводстве». Москва. 1992. -С.320. 3. O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jalik ekinlari davlat reyestri. Toshkent, 2025. -B.98. 4. Доспехов Б.А. Методика полевого опыта. Москва. 1985(2011). -С.351. 5. Литвинов С.С. Методика полевого опыта в овощеводстве. Москва. 2011. -С.648. 6. Nizamov R.A. Pomidor yetishtirish. Toshkent. 2021. -B.82. 7. Ostonaqulov T.E., Zuyev V.I., Qodirxo‘jayev O.Q. Mevachilik va sabzavotchilik (Sabzavotchilik). Darslik. Toshkent. Navro‘z nashriyoti. 2019.–B.552. 8. Остонақулов Т.Э, Мурадов О.Х., Исмаилов А.И Оценка сортов и гетерозисных гибридов томата к повторной культуре. Ж.Актуальные проблемы современной науки. Москва. 2020. №6.-С.58-61. 9. Veb saytlar: http:||restr. gossort. com. http: ||www. agro. uz| uz| services |recommentations| 8120|.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar9 ta adabiyot

  1. Azimov B.J., Azimov B.B. Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilikda tajribalar o‘tkazish metodikasi. Toshkent. “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”, 2002 (2023). -B.217.
  2. Белик В.Ф. «Методика опытного дела в овощеводстве и бахчеводстве». Москва. 1992. -С.320.
  3. O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jalik ekinlari davlat reyestri. Toshkent, 2025. -B.98.
  4. Доспехов Б.А. Методика полевого опыта. Москва. 1985(2011). -С.351.
  5. Литвинов С.С. Методика полевого опыта в овощеводстве. Москва. 2011. -С.648.
  6. Nizamov R.A. Pomidor yetishtirish. Toshkent. 2021. -B.82.
  7. Ostonaqulov T.E., Zuyev V.I., Qodirxo‘jayev O.Q. Mevachilik va sabzavotchilik (Sabzavotchilik). Darslik. Toshkent. Navro‘z nashriyoti. 2019.–B.552.
  8. Остонақулов Т.Э, Мурадов О.Х., Исмаилов А.И Оценка сортов и гетерозисных гибридов томата к повторной культуре. Ж.Актуальные проблемы современной науки. Москва. 2020. №6.-С.58-61.
  9. Veb saytlar: http:||restr. gossort. com. http: ||www. agro. uz| uz| services |recommentations| 8120|.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011942
Nashr sanasi
2026-04-07
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.
Jild
1
Son
1
DOI
10.66073/refocus-conf/1062
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
201–203
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25