Asosiy mazmunga o‘tish

Nashrlar

Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.

4 311 natija

Barchasi

4 311 natija

Tartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    MASOFADAN ZONDLASH MA‘LUMOTLARIDAN FOYDALANIB MAVZULI XARITALAR YARATISH

    Shovkiyev Ahad Mamadalievich, Rakhimov Sherzod Shavkatovich, Abduganieva Malika Burkhan kizi · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026

    Ushbu maqolada masofadan zondlash ma‘lumotlarudan foydalanib mavzuli xaritalar yaratishning ilmiy-uslubiy asoslari yoritilgan. Sun‘iy yo‘ldosh tasvirlari asosida yer qoplami, o‘simlik indeksi(NDVI), relyef va boshqa tematik qatlamlarni shakllantirish jarayonlarini tahlil qilish. Masofadan zondlash ma‘lumotlari asosida mavzuli xaritalar yaratishning ilmiy-uslubiy asoslari yoritilgan. Tadqiqotda sun‘iy yo‘ldosh tasvirlari va aerokosmik suratlar orqali yer yuzasida sodir bo‘layotgan tabiiy hamda antropogen jarayonlarni aniqlash, tahlil qilish va ularni kartografik shaklda ifodalash masalalari ko‘rib chiqilgan. Masofadan zondlash texnologiyalarining geografik axborot tizimlari (GIS) bilan integratsiyasi natijasida yer resurslaridan foydalanish holatini baholash, hududiy o‘zgarishlarni monitoring qilish hamda turli sohalar uchun tematik xaritalar yaratish imkoniyatlari kengayishi asoslab berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SUV OB‘EKTLARINING SUVNI MUHOFAZA QILISH VA SANITARIYA-MUHOFAZA ZONALARINI BELGILASH METODOLOGIYASI

    Bobokulov Bakhtiyor Kamol oglu · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026

    Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 11 dekabrdagi 981-sonli qarori asosida suv ob‘ektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash metodologiyasi ilmiy jihatdan tahlil qilinadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    TURLARARO DURAGAYLARDA QISMAN AMFIPLOID SHAKLLARNING GENETIK ASOSLARI VA SELEKSION AHAMIYATI

    Otabek Gulboev · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026

    Mazkur maqolada yumshoq bug‘doy (Triticum aestivum L.) va Thinopyrum (Agropyron) turkumiga mansub yovvoyi qarindosh turlar o‘rtasidagi turlararo duragaylash natijasida olingan partial (qisman) amfiploid shakllarning yaratilish mexanizmlari tahlil qilinadi. Th. ponticum, Th. intermedium Th. Elongatum va Th. Junceiforme turlarining sitogenetik xususiyatlari, genom tarkibi hamda biotik va abiotik stresslarga chidamlilik genlarini introgressiya qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Adabiyotlar tahlili asosida partial amfiploidlarning bug‘doyning chidamli navlarini yaratishda oraliq seleksion bo‘g‘in sifatidagi ahamiyati asoslab berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    YANGI NAV TIZIMLARINING ASOSIY XO‘JALIK QIMMATLI BELGILARINING QURG‘OQCHILIKKA CHIDAMLILIGI

    Allamuratov Erbol Tursynbay ugli, Nagimetov Orakbay · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026

    G‘o‘zaning yangi navlarini yaratish uchun seleksionerlar asosiy xo‘jalik belgilarining genetikasi to‘g‘risida ma‘lumotga ega bo‘lishlari kerak. Ma‘lumotlar shuni ko‘rsatadiki, miqdoriy belgilar turli genlar bilan bog‘liq bo‘lib, ularning ta‘siri atrof-muhit sharoitlari ta‘sirida o‘zgarishi mumkin. Mazkur ishda bizning sharoitimizga yaxshi moslashgan turli yoshdagi gibrid populyatsiyalarni yaratish vazifasi qo‘yilgan. Eng yaxshi seleksiya materiallari keyinchalik tegishli ko‘chatzorlarda sinab ko‘rish va bizning ekstremal sharoitlarimizga chidamli yangi nav raqamlarini yaratish uchun seleksionerlarga beriladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    LALMIKOR SHAROITDA YUMSHOQ BUG‘DOY (TRITICUM AESTIVUM L.) F2 DURAGAYLARINING FENOLOGIK RIVOJLANISH BOSQICHLARI

    Amirov Otabek Haydar oglu · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026

    Mazkur maqolada lalmikor sharoitda yetishtirilgan yumshoq bug‘doy (Triticum aestivum L.) F₂ duragaylarining fenologik rivojlanish bosqichlari tahlil natijalari keltirilgan. Tadqiqot jarayonida duragaylarning unib chiqish, boshoqlash va donning pishish fazalarining davomiyligi tahlil qilindi. Fenologik kuzatuvlar asosida duragay shakllar va andoza nav o‘rtasida rivojlanish sur‘ati, vegetatsiya davri davomiyligi va erta pisharlik darajasi bo‘yicha sezilarli farqlar mavjudligi aniqlandi. Olingan natijalar lalmikor hududlarga moslashuvchan, qurg‘oqchilikka chidamli va qisqa vegetatsiya davriga ega navlarni yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yumshoq bug‘doy F2 duragaylari ustida o‘tkazilgan nazorat tajriba natijalaridan kelib chiqib, erta boshoqlash va erta pishish fazasiga kirgan duragay tanlab olindi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    G‘O‘ZANING F3 DURAGAYLARIDA TOLA CHIQIMINING O‘ZGARUVCHANLIGI

    Aytjanov Uzaqbay Eshanovich, Aitjanov Bakhitzhan Uzakbayevich, Utepbergenova Gulayim Marat kizi · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026

    Ushbu maqolada biologik ko‘chatzordagi o‘rganilayotgan o‘chinchi avlod duragay kombinaciyalarning tola chiqimi ko‘rsatkichlarning o‘zgaruvchanligi to‘g‘risidagi taxlillar bayon etilgan. Jumladan, duragaylarda ota-ona shakllariga nisbatan tola chiqimi ko‘rsatkichi o‘zgaruvchanlik amplitudasiga qarab ularda ajralish jarayoni ketayotganligi va ular ichidan tola chiqimi ko‘rsatkichi bo‘yicha o‘simliklarni ajratib olish imkoniyati mavjudligi aniqlangan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    INNOVATSION SELEKSIYA TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA OLINGAN GIBRID BUG‘DOY LINIYALARINING AGROBIOLOGIK VA TEXNOLOGIK AFZALLIKLARI

    Azizov Bekzod Gayrat oglu · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026

    Tadqiqotda 16 ta bahorgi gibrid bug‘doy liniyalarining hosildorligi va xo‘jalik jihatdan qimmatli belgilari turli sharoitlarda baholandi. Qarshi tumanida Bunyodkor naviga nisbatan olib borildi. Natijalar gibridlar o‘rtasida ishonchli genetik farq mavjudligini ko‘rsatdi (P<0.0001). Ayrim liniyalar andoza navlardan 15–17 s/ga (Qarshi sharoitida) yuqori hosil berdi. Shuningdek, ularda issiqlikka chidamlilik va morfo-biologik ko‘rsatkichlar yaxshiroq shakllangani qayd etildi. Olingan natijalar mazkur gibridlarni mahalliy sharoitga mos, yuqori hosildor yangi navlar yaratish uchun istiqbolli seleksion material sifatida tavsiya etish imkonini beradi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    ANALYSIS OF MORPHOLOGICAL TRAITS OF MUNGBEAN CULTIVARS AND SAMPLE

    Djarasov Aydos Djarasovich, Allambergenov Tanjarbay Dauletmuratovich, Yuldashova Shahnoza Baxtiyar qizi · GOLLECTION OF MATERIALS of the Republican Scientific and Practical Conference “CURRENT ISSUES IN THE DEVELOPMENT OF AGRICULTURE IN NORTHERN REGIONS AND THEIR INNOVATIVE SOLUTIONS” · 2026

    Ushbu maqolada mosh dukkakli navlar va namunalarning asosiy morfologik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot asosan o‘simlik balandligi, hosildorlik shoxlari soni va dukkak uzunligi xususiyatlari o‘rtasidagi morfologik farqlarga qaratilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘simlik balandligi bo‘yicha eng yuqori natija Durdona navlariga (42.29±2.21), hosildorlik shoxlari va dukkak uzunligi bo‘yicha eng yuqori natija esa VI-060020 A-G navlariga tegishli edi. Olingan natijalar istiqbolli navlarni yaratish va sifatli namunalar olish uchun selektsiya amaliyotida katta ahamiyatga ega.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    LALMIKOR MAYDONLARDA ARPANING RAQOBATNAV SINOV KO‘CHATZORIDA NAV VA TIZMALARNING KASALLIKLARGA CHIDAMLILIGINI BAHOLASH.

    Dustkulov Ulugbek Erkaboevich, Kholdorov Abdugufurjon Abdivakhobovich · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026

    Ushbu maqolada lalmikor maydonlarda arpaning raqobat nav sinov  ko‘chatzorida o‘rganilgan mahalliy navlar va xalqaro ICARDA tashkilotidan keltirilgan nav va tizmalarning kasalliklarga chidamlilik darajasini o‘rganish hamda baholash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari natijalari aks etgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    LALMIKOR MAYDONLARDA ARPANING RAQOBATNAV SINOV KO‘CHATZORIDA NAV VA TIZMALARNING KASALLIKLARGA CHIDAMLILIGINI BAHOLASH

    Dustkulov Ulugbek Erkaboevich, Kholdorov Abdugufurjon Abdivakhobovich · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026

    Ushbu maqolada lalmikor maydonlarda arpaning raqobat nav sinov  ko‘chatzorida o‘rganilgan mahalliy navlar va xalqaro ICARDA tashkilotidan keltirilgan nav va tizmalarning kasalliklarga chidamlilik darajasini o‘rganish hamda baholash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari natijalari aks etgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    “MAHALLIY VA XORIJDAN KELTIRILGAN NO‘XAT NAV VA NAMUNALARIDA 1000 DONA DON VAZNI KO‘RSATKICHLARI”

    Dilshoda Juraeva, Ural kizi · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026

    Mazkur maqolada no‘xatning mahalliy hamda xorijdan keltirilgan nav va namunalarida 1000 dona don vazni o‘rganildi. Tadqiqot jarayonida ushbu ko‘rsatkichning hosildorlik bilan bog‘liqligi hamda navlarning biologik xususiyatlari va yetishtirish sharoitlarining ta‘siri tahlil qilindi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    IQLIM O‘ZGARISHI VA SUV TANQISLIGI SHAROITIDA SHIMOLIY MINTAQALARDA ISTIQBOLLI SHOLI GENOTIPLARINI TANLASH ASOSLARI

    Kamalov Miyirbek Murat oglu, Utambetov Duysenbay Usnatdinovich, Kalibaeva Aigerim Shaken‘s kizi, Tlewmbetova Shashsanem Mahmud kizi · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026

    Iqlim o‘zgarishi va suv tanqisligi sharoitida shimoliy mintaqalarda sholi seleksiyasini takomillashtirish dolzarb masalalardan biridir. Tadqiqotda Qoraqalpog‘iston sharoitida kolleksiya ko‘chatzorida o‘rganilgan namunalarning xo‘jalik jihatdan qimmatli belgilariga qiyosiy baho berildi. Natijalar Gulistan standart navi bilan solishtirildi. D-294(D-120)(D-30) namunasi bir o‘simlik mahsuldorligi (10,2 g), D-180, D-289, D-182 kombinatsiyasi esa ro‘vakdagi donlar soni (96 dona) va guruch shaffofligi (90 %) bo‘yicha ustunlik ko‘rsatdi. Ayrim genotiplar standart navdan yuqori hosildorlik komponentlariga ega ekanligi aniqlanib, keyingi bosqich seleksiya sinovlariga tavsiya etildi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    SUV TANQISLIGI SHAROITIDA G‘OZA DURAGAYLARIDA AYRIM BELGILARNING IRSIYLANISHI

    Amanturdiev Alisher Balkibayevich, Nagimetov Oraqbay, Allamuratov Erbol Tursynbay son · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026

    Mazkur maqola suv tanqisligi sharoitida g‘oza duragaylarda morfo-xo‘jalik belgilarning irsiylanishini  o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda turli genotiplarga mansub ota-ona shakllari hamda ularning   F4 avlod duragaylari suv tanqisligi sharoitida morfo- xo‘jalik belgilari bo‘yicha baholandi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    ERTAKI MUDDATDA EKILGAN KARTOSHKA NAV NAMUNALARINING XO‘JALIK-QIMMATLI BELGILARINI TAVSIFLASH

    Nizomov Rustam Akhrolovich, Khojamurotov Salamat Bekmuratovich · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026

    Maqolada kartoshka nav namunalarining o‘sishi va rivojlanishi, kolleksiyani boyitish hamda hosildorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha tadqiqot natijalari keltirilgan. Tadqiqotlar Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining tajriba dalalarida 2025-yilda o‘tkazildi. Hozirgi kunda kartoshka dunyoning 160 dan ortiq mamlakatlarida 22 million gektardan ortiq maydonda ekilib, har yili 356 million tonnadan ortiq hosil yetishtirilmoqda.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    KO‘P YILLIK BUG‘DOY NAV VA NAMUNALARINING DON SIFAT KO‘RSATKICHLARIGA HAVO HARORATINING TA‘SIRI

    Nortojiyev Sunnatillo Farhod oglu, Amanov Amir Amanovich · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026

    Janubiy mintaqada ilk bor ko‘p yillik bug‘doy nav va namunalari ustida tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Maqolada ko‘p yillik bug‘doyning don tarkibidagi kleykovina miqdori o‘rganilganda o‘rtacha 24,7-33,4 % ni tashkil etganligi olib borilgan laboratoriya tahlil natijalarida kuzatildi. Kleykovina miqdori eng yuqori ko‘rsatkichga ega 4 ta namuna borligi aniqlanib andoza navlarga nisbatan 1,8-5,5 % ga yuqori ko‘rsatkichni namoyon etdi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    YUMSHOQ BUG‘DOYNING F1 DURAGAY AVLODIDA ASOSIY BOSHOQDAGI DONLAR SONINING IRSIYLANISHI

    Ochilov Zafar Abdullayevich, Juraev Mamatkul Abdurakhmonovich, Mamarakhimov Bunyod Ikromovich. · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026

    Bila opredelena stepen dominirovaniya otobrannix roditelskix form v nasledovanii kolichestva zeren v glavnom kolose v gibridnom pokolenii F1 obiknovennoy pshenitsi, i rekomendovani sorta i linii s visokim indeksom dominirovaniya dlya ispolzovaniya v kachestve roditelskix form pri sozdanii visokourojaynix sortov obiknovennoy pshenitsi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    QATTIQ BUG‘DOYNING FAKUL‘TATIV KUZGI NAMUNALARINI HOSILDORLIGI BO‘YICHA BAHOLASH NATIJALARI

    Karshiboyev Hasan Kholbazarovich, Amirova Muhayyo Sabir kizi · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026

    Maqolada qattiq bug‘doy genetikasi, seleksiyasi va urug‘chiligi laboratoriyasining namunalar tajriba maydonida o‘rganilgan fakul‘tativ kuzgi lalmi qattiq bug‘doy namunalarining hosildorligini tahlil qilish bo‘yicha olib borilgan ikki yillik tadqiqot natijalari keltirilgan. Olib borilgan ikki yillik tahlil natijalariga ko‘ra hosildorligi andoza navdan yuqori bo‘lgan lalmi qattiq bug‘doyning namunalari tanlab olinganligi bo‘yicha tahlil natijalari bayon etilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    “O‘ZBEKISTONDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI UCHUN QISHLOQ XO‘JALIGINING TRANSFORMATSIYASI: DIVERSIFIKATSIYA, YERDAN FOYDALANISH VA SIYOSIY CHORALAR”

    PRIMOV Abdulla · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026

    Ushbu tezisda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining transformatsiyasi va uning oziq-ovqat xavfsizligiga qo‘shgan hissasi diversifikatsiya, yerdan foydalanishdagi o‘zgarishlar hamda asosiy siyosiy aralashuvlar prizmasi orqali ko‘rib chiqilgan. Rasmiy statistika, siyosiy hujjatlar va nashr etilgan tadqiqotlar kabi ikkilamchi manbalarga tayangan holda, tezis ekinlar va chorvachilik tendensiyalarini umumlashtiradi, ekin ishlab chiqarishning hududiy holatlarini ko‘rsatadi hamda 2014–2023 yillarda qishloq xo‘jaligi yerlarining taqsimlanishini tahlil qiladi. Dalillar paxta maydonlarining bosqichma-bosqich qisqarib, don ekinlari va yuqori qiymatli ekinlar ulushining ortganini ko‘rsatadi; chorvachilik esa ishlab chiqarishning muhim manbai bo‘lib qolayotgan bo‘lsa-da, yem-xashak va unumdorlik bo‘yicha qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Tezis davlatning yer va ijaraga berish islohotlari, sug‘orishni modernizatsiya qilish, subsidiyalar va imtiyozli moliyalashtirish, raqamli platformalar hamda AKIS kabi choralarini birlashtiradi. Xulosa shuki, oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha erishilgan yutuqlarni barqaror qilish uchun iqlimga mos suv boshqaruvini kengaytirish, qiymat zanjirlarini mustahkamlash va fermerlarning texnologiya, maslahat xizmatlari hamda bozorlarga kirishini yaxshilash zarur.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    QORAQALPOG‘ISTON SHAROITIDA BAHORGI BUG‘DOYNING SHO‘RGA CHIDAMLI VA TEZPISHAR NAVLARINI YARATISHNING ILMIY ASOSLARI

    Tursymuratova Gozzal Muratbaevna · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026

    Mazkur tezisda Qoraqalpog‘iston Respublikasining sho‘rlangan va qurg‘oqchil tuproq-iqlim sharoitida bahorgi bug‘doy seleksiyasining dolzarb masalalari yoritilgan. Boshlang‘ich seleksiya materiallarini tanlash, ularni baholash va yuqori hosildor, sho‘rga chidamli hamda tezpishar navlar yaratishda dunyo tajribasidan foydalanish yo‘llari tahlil qilindi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    MOSH O‘SIMLIGIDA QURUQ MASSA TO‘PLANISHIGA URUG‘ EKISH MUDDATLARI HAMDA EKISH ME‘YORLARINI TA‘SIRI.

    Khoshimov Ibrokhim Nabievich, Rahmonov Shukhratjon Husanboevich, Khudoyberdiyeva Shakhnoza Davlatovna · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026

    Ushbu maqolada mosh o‘simligida quruq massa to‘plashga urug‘ ekish muddatlari va ekish sxemasining ta‘siri atroflicha keng o‘rganildi. Tadqiqotlar Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot institutining Farg‘ona ilmiy tajriba stansiyasida 2022-yilda olib borilgan tajribalar asosida, 3 urug‘ ekish muddatlari va 6 ta ekish sxemasi bo‘yicha jami 18 variantda sinovdan o‘tkazildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, birinchi muddatda, ayniqsa 76x15-1 sxemada ekilgan variantda 1 tup o‘simlikda quruq massa miqdori barcha rivojlanish fazalarida ortib borib, pishish fazasiga kelib eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘ldi. Ushbu variant ikkinchi va uchinchi muddatlarda 76x15-1 sxemada ekilgan variantlarga nisbatan pishish fazasida 1,83-5,34 g.ga yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘ldi

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya