G‘O‘ZANING F3 DURAGAYLARIDA TOLA CHIQIMINING O‘ZGARUVCHANLIGI
Aytjanov Uzaqbay Eshanovich1, Aitjanov Bakhitzhan Uzakbayevich2, Utepbergenova Gulayim Marat kizi32026
- 1“G‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi” laboratoriyasi mudiri q.x.f.d., k.i.x. Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti
- 2Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi
- 3“G‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi” laboratoriyasi katta laboranti
Konferensiyalar“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.Jild 1Son 1Sahifa 115–117
Annotatsiya
Ushbu maqolada biologik ko‘chatzordagi o‘rganilayotgan o‘chinchi avlod duragay kombinaciyalarning tola chiqimi ko‘rsatkichlarning o‘zgaruvchanligi to‘g‘risidagi taxlillar bayon etilgan. Jumladan, duragaylarda ota-ona shakllariga nisbatan tola chiqimi ko‘rsatkichi o‘zgaruvchanlik amplitudasiga qarab ularda ajralish jarayoni ketayotganligi va ular ichidan tola chiqimi ko‘rsatkichi bo‘yicha o‘simliklarni ajratib olish imkoniyati mavjudligi aniqlangan.
Boshqa tillarda
ruschaИзменчивость урожайности волокна у гибридов хлопка F3
В данной статье представлен анализ изменчивости показателей урожайности волокна гибридных комбинаций третьего поколения, изученных в биологическом питомнике. В частности, установлено, что гибриды проходят процесс разделения в зависимости от амплитуды изменчивости урожайности волокна относительно родительских форм, и существует возможность выделения из них растений по показателю урожайности волокна.
inglizchaVARIABILITY OF FIBER YIELD IN F3 COTTON HYBRIDS
This article describes the analysis of the variability of fiber yield indicators of the third generation hybrid combinations studied in the biological nursery. In particular, it was found that the hybrids are undergoing a process of separation depending on the amplitude of fiber yield variability relative to the parental forms, and there is a possibility of isolating plants from them according to the fiber yield indicator.
Kalit so‘zlar
- tola chiqimi
- duragay kombinatsiya
- xorijiy nav namunalar
- duragaylar
- andoza nav sifatida
- o‘zgaruvchanglik
- amplituda
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
UO‘T: 633.511:631.52:575 G‘O‘ZANING F3 DURAGAYLARIDA TOLA CHIQIMINING O‘ZGARUVCHANLIGI Aytjanov Uzaqbay Eshanovich “G‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi” laboratoriyasi mudiri q.x.f.d., k.i.x. Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti Tel: [telefon raqami yashirilgan]. e-mail:aytjanov1974@mail.ru Aytjanov Baxitjan Uzaqbayevich q.x.f.d., k.i.x 2 laboratoriya mudiri e-mail: aytjanov1974@mail.ru Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi,Tel:[telefon raqami yashirilgan] Utepbergenova Gulayim Marat qizi “G‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi” laboratoriyasi katta laboranti Tel:[telefon raqami yashirilgan] e-mail:utepbergenovagulayim558@mail.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.19239941 Annotatsiya. Ushbu maqolada biologik ko‘chatzordagi o‘rganilayotgan o‘chinchi avlod duragay kombinaciyalarning tola chiqimi ko‘rsatkichlarning o‘zgaruvchanligi to‘g‘risidagi taxlillar bayon etilgan. Jumladan, duragaylarda ota-ona shakllariga nisbatan tola chiqimi ko‘rsatkichi o‘zgaruvchanlik amplitudasiga qarab ularda ajralish jarayoni ketayotganligi va ular ichidan tola chiqimi ko‘rsatkichi bo‘yicha o‘simliklarni ajratib olish imkoniyati mavjudligi aniqlangan. Kalit so‘zlar: tola chiqimi, duragay kombinatsiya, xorijiy nav namunalar, duragaylar, andoza nav sifatida, o‘zgaruvchanglik, amplituda. Аннотация. В данной статье представлены анализ изменчивости показателей урожайность волокна гибридов третьего поколения, изученных в биологическом питомнике. В частности, установлено, что у гибридов проходят процесс расщипления в зависимости от амплитуды изменчивости урожайности волокна относительно родительских форм, и что существует возможность выделения отдельных растений по показателю урожайности волокна. Ключевые слова; урожайность волокна, гибридная комбинация, образцы зарубежных сортов, гибриды. Abstract. This article presents an analysis of the variability of fiber yield in third-generation hybrids studied in a biological nursery. Specifically, it was established that hybrids undergo a process of segregation depending on the amplitude of fiber yield variability relative to their parental forms, and that it is prossible to distinguish individual plants based on fiber yield. Key words; fiber yield, hybrid combination, samples of foreign varieties, hybrids, as a standard variety, variability, amplitude. Kirish. Hozirgi vaqtda seleksiya ishlarida yangi navlarning tola chiqimining yuqori bo‘lgan navlarni ishlab chiqarishga joriy etish katta ahamiyatga ega. Shuning uchun boshlang‘ich ashyoni baholashda o‘ni tanlashda va yaratishda tola chiqimiga alohida e’tibor berish lozim. Tola chiqimi murakkab poligen belgi bo‘lib har hil omillar tasirida o’zgarib turadi va g’o’za navlarida 25-40 % gacha bo‘ladi. R.R.Egamberdiyev, V.A.Avtonomov, M.X.Kimsanbayevlarning [1] dala sharoitida, 3 qaytariqda qo‘yilgan tajribalarida bir yilning o‘zida ota-ona shakllari va F1-F3 duragaylari o‘rganilgan. Izlanishlar tahlillari asosida F1 da istiqbolli duragaylarni, F2 da o‘simliklarni va F3 da yuqori tola chiqimiga ega bo‘lgan oilalarni ajratish mumkinligini aniqlangan.
A.R.Siddikov [2] ma’lumotiga ko‘ra seleksiya yutuqlari chatishtirish uslublariga va ularning qanchalik genetik o‘zgaruvchanlikka olib kelishiga bog‘liq. Seleksionerlarning qaysi duragaylash uslubini tanlashi ota-ona juftlarining qimmatli xo‘jalik belgilarini yaratilgan duragaylarda nechog‘lik irsiylanishiga karab aniqlanadi. Tola g‘o‘zaning asosiy mahsuloti bo‘lganligi uchun har bir g‘o‘za navining tola chiqimi yuqori bo‘lishi ma’lum maydondan olinadigan tola miqdorini belgilaydi. Agar ota-onalik shakllar bir belgining sezilarli farqlanishi bilan ajralib tursa, F₁ duragaylari ota-onadan biriga yaqinlashib, oraliq holatda bo‘ladi, tola chiqimi belgisini nazorat qiluvchi genlar avlodlarda ota-ona shakllariga bog‘liq bo‘lgan holda ulardan bir qismi ustunlik yoki o‘ta ustunlik qilishi mumkinligi aniqlanganlar [3]. Materiallar va uslublar. Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti g‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi laboratoriyasida ekologo-geografik uzoq, ya’ni Meksika va AQSH namunalari, mahalliy navlar va ular ishtirokida olingan F3 duragay kombinasiyalar dala va laboratoriya sharoitlarida maqolada ko‘rsatilgan belgilar bo‘yicha o‘rganildi va ulardan qimmatli xo‘jalik belgilari tahlil qilinib, chiqitga chiqarish ishlari amalga oshirildi. O‘rganilgan uchinshi avlod duragaylarini dala va laboratoriya tajribalarida olib borish, genetik va statistik metodlardan foydalanildi. Izlanishlar davomida olingan natijalarning sonli koʻrsatkichlari statistik tahlil Dospexov usulidan foydalanib matematik ishlovdan oʻtkazildi. Natijalar va munozara. Joriy yildagi bizning biologik ko‘chatzordagi o‘rganilayotgan o’chinchi avlod duragay kombinasiyalarning ichida F3 (S-4727 x 010203) oilasida tola chiqimi belgisi 37,9 % ni tashkil qilgan bo‘lsa, onalik sifatida S-4727 navi qatnashganda esa tola chiqimi ko’rsatkichi 37,9 % ni tashkil qildi, ya’ni ushbu holatda belgi bo‘yicha ko‘rsatkich S-4727 naviga nisbatan teng ko‘rsatkichga ega bo‘lgan bo’lsa onalik sifatida ishtirok etgan 011163 raqamli AQSh namunasiga nisbatan 1,2 % ga yuqori bo’lganligi kuzatildi. Onalik sifatida 011163 raqamli kolleksion namunasi qatnashganda esa duragayning tola chiqimi ko‘rsatkichi bo‘yicha 38,4 % ni tashkil qilib, ota-ona namunasidan 3,0 va 2,1 % dan yuqori ekanligi aniqlandi. F3 (S-4727 x 011162) duragay kombinasiyasida tola chiqimi 39,6 % ni tashkil qilgan bo‘lsa, onalik sifatida S- 4727 navi qatnashganda esa ushbu ko‘rsatkich 39,4 % ni tashkil qildi. Ushbu holatda tola chiqimi S-4727 naviga nisbatan 0,8 % past bo’lgan bo’lsa, otalik sifatida ishtirok etgan 011782 raqami AQSh namunasiga nisbatan 3,7 % ga yuqori bo‘lganligi qayd etildi. Resiprok holatda onalik sifatida 011155 namunasi ishtirok etganda duragay o‘simliklar ijobiy ko‘rsatkichda bo‘lib, ularda tola chiqimi 40,9 % ni tashkil qildi, tebranish amplitudasi esa 2,3 % dan iborat bo‘ldi. Faqat ayrim duragaylarda ota-ona shakllariga nisbatan tola chiqim ko‘rsatkichi biroz past bo‘ldi. Duragaylarning o‘zgaruvchanlik amplitudasiga qarab ularda ajralish jarayoni ketayotganligi va ular ichidan tola chiqimi ko‘rsatkichi bo‘yicha o‘simliklarni ajratib olish imkoniyati mavjudligi aniqlandi. Xulosa va tavsiyalar. Xulosa qilib shuni takidlash mumkin, ushbu belgi bo’yisha o‘rganilgan kombinatsiyalar bo’yicha ushbu ko’rsatkich 35,4 % -40,9 % oralig’ida bo’lib, bu o‘rtacha ota-ona ko‘rsatkichlariga yaqindir. Izlanishda ishtirok etgan boshqa duragay kombinatsiyalarda ham uxshash qonuniyatlar kuzatildi. Qoraqalpog‘iston sharoitida tola chiqimi yuqori bo‘lgan g‘o‘za navlarini yaratish uchun AQSh va Meksika nav namunalari ishtirokida olingan duragay kombinasiyalarni tabiiy sho‘rlangan erlarda sinab ko‘rish maqsadga muvofiqdir.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar3 ta adabiyot
- Egamberdiev R.R., Avtonomov V.A., Kimsanbaev M.X. İzmenchivostь i nasleduemostь vыxoda volokna u geograficheski otdalyonnыx gibridov F1-F3 xlopchatnika G.Barbadense L. // G‘o‘za, beda seleksiyasi va urug‘chiligi. İlmiy ishlar tuplami. «Fan» –Toshkent 2009. –B.213-218.
- Sidiqov A.R. Murakkab duragaylash ta’sirida g‘o‘za qimmatli xo‘jalik belgilarining o‘zgaruvchanligi.: Q.x.f.n. diss. avtoref.- Toshkent, 2006.-B. 19-22.
- Sultonov S. Sbalansirovannostь xozyaystvenno-cennыx priznakov u individualьnыx otborov novыx sortov xlopchatnika. // Mat. Resp. nauchno-prakt. konf. Dostijeniya i perspektivы eksperimentalьnoy biologii rasteniy. – Tashkent. 2013. – S.113-116.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011918
- Nashr sanasi
- 2026-04-07
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.
- Jild
- 1
- Son
- 1
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/1034
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 115–117
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25