Asosiy mazmunga o‘tish

LALMIKOR MAYDONLARDA ARPANING RAQOBATNAV SINOV KO‘CHATZORIDA NAV VA TIZMALARNING KASALLIKLARGA CHIDAMLILIGINI BAHOLASH.

Dustkulov Ulugbek Erkaboevich1, Kholdorov Abdugufurjon Abdivakhobovich22026

  1. 1mustaqil tadqiqotchi (PhD)
  2. 2q.x.f.f.d., k.i.x., Arpa, yem-xashak ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi laboratoriyasi mudiri.

Konferensiyalar“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.Jild 1Son 1Sahifa 102–105

Annotatsiya

Ushbu maqolada lalmikor maydonlarda arpaning raqobat nav sinov  ko‘chatzorida o‘rganilgan mahalliy navlar va xalqaro ICARDA tashkilotidan keltirilgan nav va tizmalarning kasalliklarga chidamlilik darajasini o‘rganish hamda baholash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari natijalari aks etgan.

Boshqa tillarda

ruschaОЦЕНКА УСТОЙЧИВОСТИ СОРТОВ И ЛИНИЙ К БОЛЕЗНЯМ В КОНКУРЕНТНОМ ИСПЫТАТЕЛЬНОМ КЛЕТОЧ ...

В данной статье представлены результаты научного исследования, проведенного для изучения и оценки устойчивости к болезням местных сортов и линий, заимствованных из международной организации ICARDA, изученных в питомнике сортов ячменя в открытом грунте.

inglizchaEVALUATION OF DISEASE RESISTANCE OF VARIETIES AND LINES IN A COMPETITIVE BARLEY TEST STUD IN LAND-FARMS.

This article presents the results of a scientific study conducted to study and evaluate the disease resistance of local varieties and varieties and lines introduced from the international organization ICARDA, studied in a competitive variety test nursery of barley in open fields.

Kalit so‘zlar

  • arpa
  • nav
  • namuna
  • fenologik kuzatuv
  • kasalliklarga chidamlilik
  • gelmintosporioz
  • rinxosporioz
  • un shudring
  • seleksiya
  • ICARDA

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

UDK 631.52.633.16 LALMIKOR MAYDONLARDA ARPANING RAQOBATNAV SINOV KO‘CHATZORIDA NAV VA TIZMALARNING KASALLIKLARGA CHIDAMLILIGINI BAHOLASH. Dustkulov Ulug‘bek Erkaboevich - mustaqil tadqiqotchi (PhD), Xoldorov Abdug‘ofurjon Abdivaxobovich q.x.f.f.d., k.i.x., Arpa, yеm-xashak ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi laboratoriyasi mudiri. Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti. Tel: [telefon raqami yashirilgan] e-mail:Ulugbekdustqulov34@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.19239881 Annotatsiya. Ushbu maqolada lalmikor maydonlarda arpaning raqobat nav sinov ko‘chatzorida o‘rganilgan mahalliy navlar va xalqaro ICARDA tashkilotidan keltirilgan nav va tizmalarning kasalliklarga chidamlilik darajasini o‘rganish hamda baholash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari natijalari aks etgan. Аннотaция. В данной статье отражены результаты научных исследований по изучению и оценке уровня устойчивости к болезням местных сортов и линий, привезенных из международной организации ICARDA, изученных в конкурентном сортоиспытательном питомнике ячменя на богарных землях. Annotation. This article reflects the results of scientific research on the study and assessment of the disease resistance level of local varieties and lines imported from the international organization ICARDA, studied in the competitive barley variety testing nursery on fallow lands. Kalit so‘zlar. Arpa, nav, namuna, fenologik kuzatuv, kasalliklarga chidamlilik, gelmintosporioz, rinxosporioz, un shudring, seleksiya, ICARDA. Ключевые слова. Ячмень, сорт, образец, фенологический мониторинг, устойчивость к болезням, гельминтоспориоз, ринхоспориоз, мучнистая роса, селекция, ICARDA. Keywords. Barley, variety, sample, phenological monitoring, disease resistance, helminthiasis, rhynchospora, wheat mildew, selection, ICARDA. Kirish. Arpa eng muhim еm-xashak, oziq-ovqat va texnikaviy ekin hisoblanadi. Dunyoda bug‘doy, sholi, makkajo‘xorida keyin to‘rtinchi eng muhim don ekinidir. Arpa solodidan ajratib olingan ekstrakt moddalari meditsina, konditerlik mahsulotlari, teri pishirish hamda to‘qimachilik sanoatida foydalaniladi. Bugungi kunda mamlakatimiz dehqonchiligida qishloq xo‘jaligining muhim tarmog‘i bo‘lgan g‘allachilikda boshoqli don ekinlaridan biri arpadan mo‘l hosil еtishtirish strategik ahamiyatga ega bo‘lgan sohadir. O‘tkazilayotgan ilmiy izlanishlar, ilg‘or xo‘jaliklar tajribalari sug‘oriladigan maydonlarda hosildorlikni 50-60 s/ga, lalmi maydonlarda esa hosildorlikni 25-30 s/ga va undan ham oshirish imkoniyatlari mavjudligini ko‘rsatmoqda. Keyingi yillarda arpaning yangi navlarini yaratayotgan seleksioner olimlar ularning zamburug‘li kasalliklarga bardosh bera olishiga juda katta e’tibor bermoqdalar. O‘zbekiston sharoitida ko‘pincha arpa ekini 3 tur kasalliklar gelmintosporioz, rinxosporioz va un shudring bilan zararlanadi. Kasalliklarga chidamli nav yaratish iqtisodiy jihatdan foydali bo‘lishi bilan birgalikda, kasallikka chalingan g‘alla maydonlariga kimyoviy vositalardan

foydalanishning oldi olinib, ekologiyani kimyoviy ifloslanishdan saqlab turuvchi tadbir hisoblanadi. Zamburug‘li kasalliklarga qarshi kurashning ishonchli va iqtisodiy foydali usullaridan biri kasalliklarga chidamli navlarni yaratishdir. Tadqiqot usullari. Olib borilgan tajribalarda arpa nav namunalarini morfologik va biologik ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholash Mejdunarodnыy Klassifikator SEV Roda Hordeum L (Podrod Hordeum) xalqaro klassifikatorning (1983) arpaning HORDEUM avlodi bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubda hamda xalqaro ICARDA markazida (1996) ishlab chiqilgan Peterson va Manners shkalasi bo‘yicha o‘tkazildi. Fenologik kuzatuvlar va baholash Rossiya o‘simlikshunoslik instituti (1991) qo‘llanmasi asosida olib borildi. ICARDAdan keltirilgan yangi arpa namunalari va mahalliy arpa nav namunalaridan foydalanildi. Nav namunalarni 4 qaytariqda, har bir namuna 25 m2 da, gektariga 3mln dona unuvchan urug‘hisobida ekildi va fenologik kuzatuvlar olib borildi. Dala tajribalarida andoza nav sifatida Abu G‘ofur navidan foydalanildi. Tadqiqot natijalari. Ilmiy izlanishlarda kelib chiqishi jihatdan turli ekologik geografik joylarga mansub bo‘lgan arpa nav va namunalarining kasalliklarga chidamliligi Petersson, Manners shkalasi bo‘yicha (foiz hisobida) baholandi. Biotik omillardan arpa ekiniga sezilarli zarar keltiradigan turli potogen kasalliklar hisoblanib, lalmikor maydonlarda olib borilgan tajribalarimizda asosiy ko‘p uchraydigan uchta turga mansub zambrug‘li kasalliklar o‘rganildi. Olib borilgan dala tajribalarida Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida yaratilgan hamda xalqaro ICARDA tashkilotidan keltirilgan nav va tizmalar kasalliklarga chidamlilik xususiyati bo‘yicha o‘rganildi va natijalar tahlili quyidagicha bo‘ldi. Dala tajribasining birinchi yilida (2021 y) yog‘ingarchilikning kam, havo nisbiy namliginingpast bo‘lishi kasalliklar tarqalishi, rivojlanishi uchun nisbatan noqulay iqlim sharoitlari yuzaga keldi. O‘rganilgan nav va tizmalardi un shudring kasalligi kuzatilmadi. Gelmentosporiz kasalligi bilan zararlanish darajasi 10-20% oralig‘ida, nisbatan Noyob, Istak navlari va DNS-1-21, NM-21-19(Duvarak) tizmasida kasallanish past darajada qayd etildi. Rinxosporiz kasalligi bilan zararlanish barcha nav va tizmalarda juda past bo‘lganligi aniqlandi O‘tkazilgan tadqiqotlar ko‘rinib turibdiki 2022 yilning bahor (mart, aprеl, may) oylarida yog‘ingarchilikning miqdori o‘rtacha ko‘p yillikga nisbatan 136,9 mm ko‘p bo‘lishi natijasida arpa nav va namunalari kasalliklar bilan zararlandi. O‘rganilgan nav va tizmalarning pastki yarusi kasallik bilan ko‘proq zararlanishi kuzatildi. Kasallanish darajasi 5-100 % oralig‘ida, andoza Abu G‘ofur navida 80% ni, ushbu kasallikka nisbatan chidamli bo‘lgan Noyob, NM-2-19 va Istak nav va tizmalari ajralgan bo‘lsa, qolgan nav va namunalar chidamsiz deb topildi. Arpa ekiniga vegetatsiya davomida eng ko‘p zarar keltiradigan kasalliklardan biri gelmentosporiz bilan zararlanish to‘liq boshoqlash davrida o‘rganildi. Ushbu kasallik bilan nav va tizmalar 10-60 % oralig‘ida kasallanganligi qayd etildi. Kasallik bilan andoza Unumli arpa navi 50 % kasallangan holda nisbatan kam kasallanish Noyob, NM-21-19 (Duvarak) va Istak nav va tizmalarida kuzatildi. Rinxosporioz kasalligi bilan nav va tizmalarning to‘liq boshoqlash fazasida 5-10 % oralig‘ida zararlanishi qayd etildi. Tadqiqotning uchinchi yilida (2023 y) bahor (mart, aprеl, may) oylarida yog‘ingarchilikning miqdori 2022 yildagidan 136,1 mm kam, o‘rtacha ko‘p yillikga nisbatan 71,1 mm kam bo‘lishi, havo-haroratining (mart, aprеl, may) o‘tgan yilga nisbatan 3,7 °C, o‘rtacha ko‘p yillikga nisbatan 10,1 °C yuqori bo‘lishi natijasida arpa nav va namunalarida kasalliklar bilan

zararlanish darajasi juda kam bo‘ldi. O‘rganilgan nav va tizmalardi un shudring kasalligi kuzatilmadi. Gelmentosporiz kasalligi bilan zararlanish darajasi 10-20% oralig‘ida, nisbatan Noyob, Istak navlari va DNS-1-21 tizmasida kasallanish past darajada qayd etildi. Rinxosporiz kasalligi bilan zararlanish barcha nav va tizmalarda juda past bo‘lganligi aniqlandi (1-jadval). Arpaning raqobatnav sinov maydonida nav va tizmalarning kasalliklar bilan zararlanish darajasi (G‘allaorol 2021-2023 y.) Zararlanish darajasi, % Nav va tizmalar Gelmintosporioz Rinxosporioz Un shudring № nomi 202 2021 2022 2023 2021 2022 2023 2021 2022 1 Abu G‘ofur (andoza) 2/20 2/50 2/20 5 10 5 0 1/80 0 2 Unumli arpa 2/20 2/50 2/20 5 10 5 0 1/80 0 3 Abu G‘ofur-20 2/15 2/50 2/15 5 10 5 0 1/100 0 4 Mushtarak 2/20 2/40 2/20 5 5 5 0 1/80 0 5 Xotira 59 2/15 2/30 2/20 5 5 5 0 1/50 0 6 Savruk 2/20 2/50 2/20 5 10 5 0 1/80 0 7 Noyob 2/10 2/10 2/10 5 5 5 0 1/5 0 8 Istak 2/10 2/20 2/10 5 5 5 0 1/30 0 9 15-13 2/20 2/60 2/20 5 10 5 0 1/100 0 10 NM-21-19(Duvarak) 2/10 2/30 2/20 5 5 5 0 1/40 0 11 DNS-7 2/15 2/50 2/20 5 10 5 0 1/80 0 12 NM-2-19 2/20 2/30 2/20 5 5 5 0 1/50 0 13 DNS-28-20 2/15 2/50 2/15 5 10 5 0 1/100 0 14 DNS-1-21 2/10 2/40 2/10 5 5 5 0 1/50 0 Olib borilgan uch yillik tadqiqot natijalari tahlil qilinib andoza navga nisbatan kam zararlangan va umuman zararlanmagan Noyob, Istak, NM-21-19 (Duvarak) navlari hamda DNS- 1-21 tizmasi kasalliklarga chidamli navlarni yaratishda sеlеksiya jarayonida foydalanish uchun tanlab olindi. Xulosa. “Lalmikor maydonlar uchun arpaning qishga chidamli boshlang‘ich manba va navlarini yaratish” mavzusida olib borilgan tadqiqotlarda arpaning raqobat nav sinov ko‘chatzorida nav va tizmalar kasalliklarga chidamlilik xususiyati bo‘yicha baholandi, yuqori chidamlilik ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan 4 ta arpa nav va tizmalar tanlab olindi. Ushbu tanlab olingan nav va tizmalar kasalliklarga chidamli bo‘lgan arpaning yangi navlarini yaratishda boshlang‘ich manba sifatida foydalanishga tavsiya etiladi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. Abdukarimov D.T. Dala ekinlari xususiy sеlеksiyasi, T. 2010, 102 b.
  2. Mamaraximov B.I., Mamatqulov. T., Xoldorov. A.A., Usarov, Z.I., Dustkulov.U.E., Aminova G.X., Sattororva M.A., Abrorova K.M. (2026). Qurg‘oqchilik sharoitida arpa yеtishtirish bo‘yicha tavsiyalar. “Voris nashriyot” nashriyoti, Toshkеnt-2026.
  3. Sattorova M.A. Barley plant and its importance in agriculture. Web of agriculture: Journal of agricultural and biological sciences. Volume 2, Issue 6, June – 2024. ISSN(E):2938- 3781.
  4. U.E.Dustkulov, R.E.Siddiqov. Arpa nav namunalarining o‘suv davri davomiyligini o‘rganish natijalari. Iqlim o‘zgarishi sharoitida lalmi maydonlar uchun qurg‘oqchilikka chidamli mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya ekin navlarini yaratish va yetishtirish agrotexnologiyasi. Respublika ilmiy-amaliy anjumani ilmiy maqolalar to‘plami. 2022 yil, 30 may. Toshkent sh. B 64-66.
  5. Международный Классификатор СЕВ Рода Ҳордеум Л (Подрод Ҳордеум) халқаро классификаторнинг (1983) С-16-17.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011915
Nashr sanasi
2026-04-07
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.
Jild
1
Son
1
DOI
10.66073/refocus-conf/1031
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
102–105
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25