Asosiy mazmunga o‘tish

LALMIKOR SHAROITDA YUMSHOQ BUG‘DOY (TRITICUM AESTIVUM L.) F2 DURAGAYLARINING FENOLOGIK RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Amirov Otabek Haydar oglu3-bosqich tayanch doktorant Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti, G‘allaorol shaxri2026

Konferensiyalar“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.Jild 1Son 1Sahifa 118–120

Annotatsiya

Mazkur maqolada lalmikor sharoitda yetishtirilgan yumshoq bug‘doy (Triticum aestivum L.) F₂ duragaylarining fenologik rivojlanish bosqichlari tahlil natijalari keltirilgan. Tadqiqot jarayonida duragaylarning unib chiqish, boshoqlash va donning pishish fazalarining davomiyligi tahlil qilindi. Fenologik kuzatuvlar asosida duragay shakllar va andoza nav o‘rtasida rivojlanish sur‘ati, vegetatsiya davri davomiyligi va erta pisharlik darajasi bo‘yicha sezilarli farqlar mavjudligi aniqlandi. Olingan natijalar lalmikor hududlarga moslashuvchan, qurg‘oqchilikka chidamli va qisqa vegetatsiya davriga ega navlarni yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yumshoq bug‘doy F2 duragaylari ustida o‘tkazilgan nazorat tajriba natijalaridan kelib chiqib, erta boshoqlash va erta pishish fazasiga kirgan duragay tanlab olindi.

Boshqa tillarda

ruschaЭтапы фенологического развития гибридов F2 обыкновенной пшеницы (Triticum aestivum L.) в условиях суши

В данной статье представлены результаты анализа фенологических стадий развития гибридов F₂ обыкновенной пшеницы (Triticum aestivum L.), выращенных в засушливых условиях. В ходе исследования анализировалась продолжительность фаз прорастания, колошения и созревания зерна у гибридов. На основе фенологических наблюдений было установлено наличие существенных различий между гибридными формами и стандартным сортом по скорости развития, продолжительности вегетационного периода и степени раннеспелости. Полученные результаты имеют большое значение для создания сортов, адаптируемых к засушливым регионам, засухоустойчивых и имеющих короткий вегетационный период. На основе результатов контрольного эксперимента, проведенного на гибридах F2 обыкновенной пшеницы, был отобран гибрид, вступивший в раннюю фазу колошения и раннее созревания.

inglizchaPHENOLOGICAL DEVELOPMENT STAGES OF COMMON WHEAT (TRITICUM AESTIVUM L.) F2 HYBRIDS UNDER LAND CONDITIONS

This article presents the results of the analysis of the phenological development stages of F₂ hybrids of common wheat (Triticum aestivum L.) grown in arid conditions. During the research, the duration of the germination, heading and grain ripening phases of the hybrids was analyzed. Based on phenological observations, it was found that there are significant differences between the hybrid forms and the standard variety in terms of development rate, duration of the growing season and the degree of early maturity. The results obtained are of great importance in creating varieties that are adaptable to arid regions, drought-resistant and have a short growing season. Based on the results of the control experiment conducted on common wheat F2 hybrids, a hybrid that entered the early heading and early ripening phases was selected.

Kalit so‘zlar

  • yumshoq bug‘doy
  • avlod
  • duragay
  • unib chiqish
  • boshoqlash
  • pishish
  • vegetativ
  • generativ
  • faza

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

УДК: 633.111.1 LALMIKOR SHAROITDA YUMSHOQ BUG‘DOY (TRITICUM AESTIVUM L.) F2 DURAGAYLARINING FENOLOGIK RIVOJLANISH BOSQICHLARI Amirov Otabek Haydar o‘g‘li 3-bosqich tayanch doktorant Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti, G‘allaorol shaxri otabekamirovbio@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.19239955 ANNOTATSIYA Mazkur maqolada lalmikor sharoitda yetishtirilgan yumshoq bug‘doy (Triticum aestivum L.) F₂ duragaylarining fenologik rivojlanish bosqichlari tahlil natijalari keltirilgan. Tadqiqot jarayonida duragaylarning unib chiqish, boshoqlash va donning pishish fazalarining davomiyligi tahlil qilindi. Fenologik kuzatuvlar asosida duragay shakllar va andoza nav o‘rtasida rivojlanish sur’ati, vegetatsiya davri davomiyligi va erta pisharlik darajasi bo‘yicha sezilarli farqlar mavjudligi aniqlandi. Olingan natijalar lalmikor hududlarga moslashuvchan, qurg‘oqchilikka chidamli va qisqa vegetatsiya davriga ega navlarni yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yumshoq bug‘doy F2 duragaylari ustida o‘tkazilgan nazorat tajriba natijalaridan kelib chiqib, erta boshoqlash va erta pishish fazasiga kirgan duragay tanlab olindi. Kalit so‘zlar: yumshoq bug‘doy, avlod, duragay, unib chiqish, boshoqlash, pishish, vegetativ, generativ, faza. KIRISH Iqlimning global isishi lalmikor mintaqalar tabiiy-iqlim sharoitlariga ta’siri sezilmoqda. Ob-havo qurg‘oqchil kelgan yillarda hosildorlik keskin tushib ketadi. Ertapishar, don to‘lishish fazasi qisqa kunlarda o‘tadigan yumshoq bug‘doy navlarini yaratish lalmi yerlarda don hosildorligining oshishini hamda issiqlik va qurg‘oqchilik kabi noqulay ob-havo sharoitlarida ham barqaror don hosildorligini ta’minlaydi. ADABIYOTLAR SHARHI Tadqiqotchilar ma’lumotiga ko‘ra, don to‘lishish davrida yuqori havo haroratining garmsel bilan birgalikda sodir bo‘lishi tuproqda nam yetarli bo‘lgan sharoitda ham bug‘doy hosilini 30- 50% miqdorda kamaytiradi [4]. Bahorgi yumshoq bug‘doy namunalarida boshoqdagi don soniga may oyining ikkinchi va uchinchi dekadasidagi haroratning keskin kо‘tarilishi juda katta salbiy ta’sir kо‘rsatadi. Yuqori harorat natijasida boshoqchalarda don hosil bо‘lmaydi yoki rivojlanishdan orqada qolib ketadi [2]. Ertapisharlikni aniqlashda unib chiqishdan boshoqlashgacha bo’lgan davr muhim ro’l o’ynaydi [3]. Дробыш А. В. ta’kidlashicha, seleksiya ishlarida eng muhim masalalardan biri ota-ona juftliklarini to‘g‘ri tanlash masalasidir. Navlar xilma-xilligini oldindan baholashning asosiy usuli bu nav namunalarida biologik hosildorlik va hosil elementlarini qiyosiy o‘rganishdir [1]. Adabiyotlardan shuni xulosa qilish mumkunki, lalmikorlikda bug‘doyning fenologik davrlari qisqa bo‘lgan, intensiv don to‘lishish xususiyatlari bilan xarakterlanadigan, ertapishar hamda yuqori hosilli bug‘doy navlarini yaratish bugungi kundagi dolzarb vazifa. NATIJALAR

Tajribada 7 ta F2 avlodlar o‘rganildi (1-jadval). 1-jadval F2 duragaylarning kelib chiqishi. F2 avlod Tr Ona ♀ Ota ♂ nomi D- SP2-109/2023/F2-50/2022/Tezpishar x F1-2024-2 17th SBWON-HT-14 168 XA-178 DF1-2024-3 17th SBWON-HT-15 KSI-45/2023/Qizildon D- KP-99/2023/eritrospermum/spontan F1-2024-5 Tezpishar 170 mutantlar 2022 (manas-2021) D- SP2-70/2023/KSI-18/2021/KSIF1-2024-6 Tezpishar 171 20/2020/SP-303/2016(Grekum-2023) DF1-2024-7 Tezpishar UK 17-th SBWYT-HT-87 DF1-2024-8 17th SBWON-HT-5 KSI-45/2023/Qizildon D- SP221/2023/ F1-2024-9 Tezpishar 178 Eritrospermum-2020 Ertapisharlikni aniqlashda unib chiqishdan boshoqlashgacha bo’lgan davr(vegetativ faza) muhim ro‘l o‘ynaydi. F2 avlodlarning vegetativ fazasi andoza navga solishtirilganda (2024-yil) F2 avlodlar va andoza nav 15-18-fevral unib chiqib 28-aprel 26-may oralig‘ida boshoqlagan, 30-may 26-iyun oralig‘ida to‘liq pishib yetildi. Duragay avlodlar va andoza nav vegetativ fazasi 70-98 kun oralig‘ida ekanligi kuzatildi. Unib chiqish-pishish muddati(generativ faza) 102-129 kunni tashkil etdi. Andoza nav (Tezpishar) 15-fevral unib chiqib 14-may boshoqladi, 14-iyun to‘liq pishib yetildi. Vegetativ fazasi 89 kun, generativ fazasi 120 kunni tashkil etdi. Andoza navdan yaqqol ajralib turgan D-178 (F1-2024-9) -namuna vegetativ fazasi 18-fevral 28-aprelgacha, 70 kunda, generativ fazasi 102 kunda tugallanib, 30-may 2024-yil to’liq pishib yetildi. F2 duragay avlodlarning vegetativ fazasi andoza navga solishtirilganda (2025-yil) duragaylar va andoza nav 20-26-fevral unib chiqib 24-aprel 20-may oralig‘ida boshoqladi. 30-may 18-iyun oralig‘ida to‘liq pishib yetildi. Duragaylar va andoza navning vegetativ fazasi 64-84 kuni, generativ fazasi 97-113 kunni tashkil etdi. Andoza nav 26-fevral unib chiqib 12-may boshoqlagan, 18-iyun to‘liq pishib yetildi. Vegetativ fazasi 75 kun, generativ faza 112 kunni tashkil etdi. Andoza navga nisbatan D-178 (F1-2024-9) namuna vegetativ fazaga 11 kun kam vaqt, generativ fazaga 15 kun kam vaqt sarflagan (2025-yil). Ikki yillik kuzatish natijasida D-178 (F1- 2024-9) duragay avlodi barcha vegetatsiya davrlarida andoza nav va qolgan duragay avlodlardan erta boshoqlab pishib yetilganligi kuzatildi (2-jadval). 2-jadval F2 avlodlarning vegetativ va generativ fazalarini solishtirish (G‘allaorol sh. 2024-2025-yillar). Standar F2 avlod Vegetativ Generat To'liq Standart Tr Unib chiqish Boshoqlash t dan nomi faza iv faza pishish dan farqi farqi

18.02.2024 92 kun 20.05.2024 -3 20.06.2024 -3 F1- kun 2024-2 113 25.02.2025 78 kun 14.05.2025 -3 18.06.2025 -1 kun 18.02.2024 92 kun 20.05.2024 -3 19.06.2024 -2 F1- kun 2024-3 113 25.02.2025 84 kun 20.05.2025 -9 18.06.2025 -1 kun 18.02.2024 98 kun 26.05.2024 -9 26.06.2024 -9 F1- kun 2024-5 113 25.02.2025 80 kun 16.05.2025 -5 18.06.2025 -1 kun 18.02.2024 92 kun 20.05.2024 -3 18.06.2024 -1 F1- kun 2024-6 112 26.02.2025 77 kun 14.05.2025 -2 18.06.2025 0 kun 18.02.2024 88 kun 16.05.2024 +1 18.06.2024 -1 F1- kun 2024-7 112 26.02.2025 75 kun 12.05.2025 0 18.06.2025 0 kun 20.02.2024 90 kun 20.05.2024 -1 18.06.2024 +1 F1- kun 2024-8 112 26.02.2025 77 kun 14.05.2025 -2 18.06.2025 0 kun F1- 18.02.2024 70 kun 28.04.2024 +19 30.05.2024 +8 178 kun 2024-9 20.02.2025 64 kun 24.04.2025 +11 97 kun 28.05.2025 +15 Tezpisha 15.02.2024 89 kun 14.05.2024 - 14.06.2024 - kun 177 r (St) 26.02.2025 75 kun 12.05.2025 - 18.06.2025 - kun XULOSA D-178 (F1-2024-9) namunada erta boshoqlash va erta pishish alomatlari kuzatilganligi sababli ertapishar navlar yaratishda foydalanish uchun boshlang‘ich material sifatida tanlab olindi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar4 ta adabiyot

  1. Bo’riyeva D. Rahimova M. Yaxshimurodova F “Seleksion Materialni Baholash Usullari”, Polish Science Journal. ISSUE 5(61).. 7-9b
  2. J.Jandullayev., G.Qaо‘yenderova., A. Amanbayeva. “Bahorgi Bug‘doy Navlarini Orolbо‘yi Hududida Yetishtirish”. Academic Research In Educational Sciences. Volume 4 | Issue 9 | 2023. 122-125b
  3. Luo P.G., Ren Z.L. “Wheat Leaf Chlorosis Controlled By A Single Recessive Gene” J. Plant Physiol. And Mol. Biol- 2006. 330-338-bet.
  4. Таранухо, Г. И. “Частная Селекция И Сортоведение Зерновых Култур”– Горки, 1987. 60-bet.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011919
Nashr sanasi
2026-04-07
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.
Jild
1
Son
1
DOI
10.66073/refocus-conf/1035
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
118–120
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25