Asosiy mazmunga o‘tish

KO‘P YILLIK BUG‘DOY NAV VA NAMUNALARINING DON SIFAT KO‘RSATKICHLARIGA HAVO HARORATINING TA‘SIRI

Nortojiyev Sunnatillo Farhod oglu1, Amanov Amir Amanovich22026

  1. 1Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti
  2. 2Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor

Konferensiyalar“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.Jild 1Son 1Sahifa 82–85

Annotatsiya

Janubiy mintaqada ilk bor ko‘p yillik bug‘doy nav va namunalari ustida tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Maqolada ko‘p yillik bug‘doyning don tarkibidagi kleykovina miqdori o‘rganilganda o‘rtacha 24,7-33,4 % ni tashkil etganligi olib borilgan laboratoriya tahlil natijalarida kuzatildi. Kleykovina miqdori eng yuqori ko‘rsatkichga ega 4 ta namuna borligi aniqlanib andoza navlarga nisbatan 1,8-5,5 % ga yuqori ko‘rsatkichni namoyon etdi.

Boshqa tillarda

ruschaВлияние температуры воздуха на показатели качества зерна многолетних сортов пшеницы и образцы.

Впервые в южном регионе проводятся исследования многолетних сортов и образцов пшеницы. В статье показано, что среднее содержание глютена в зерне многолетней пшеницы, согласно результатам лабораторного анализа, составляет 24,7-33,4%.Выяснилось, что у 4 образцов было самое высокое содержание глютена, на 1,8-5,5% выше, чем у стандартных сортов.

inglizchaINFLUENCE OF AIR TEMPERATURE ON GRAIN QUALITY INDICATORS OF PERENNIAL WHEAT VARIETIES AND SAMPLE

For the first time in the southern region, research is being conducted on perennial wheat varieties and samples. The article shows that the average gluten content of perennial wheat in the grain was 24.7-33.4%, according to the results of laboratory analysis.It was found that there were 4 samples with the highest gluten content, which was 1.8-5.5% higher than the standard varieties.

Kalit so‘zlar

  • don
  • janubiy mintaqa
  • namunalar
  • ko‘p yillik bug‘doy
  • kleykovina
  • tadqiqot
  • ko‘rsatkich
  • miqdor
  • tahlil
  • nav
  • havo harorati
  • laboratoriya
  • o‘rtacha

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

UDK. 633.11:631.52 KOʻP YILLIK BUGʻDOY NAV VA NAMUNALARINING DON SIFAT KOʻRSATKICHLARIGA HAVO HARORATINING TA’SIRI Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti Tayanch doktorant: Nortojiyev Sunnatillo Farhod o‘g‘li Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor: Amanov Amir Amanovich E-mail: nortojiyevsunnatillo@gmail.com Telefon nomer:[telefon raqami yashirilgan] https://doi.org/10.5281/zenodo.19239654 Annotasiya: Janubiy mintaqada ilk bor ko‘p yillik bug‘doy nav va namunalari ustida tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Maqolada ko‘p yillik bug‘doyning don tarkibidagi kleykovina miqdori o‘rganilganda o‘rtacha 24,7-33,4 % ni tashkil etganligi olib borilgan laboratoriya tahlil natijalarida kuzatildi. Kleykovina miqdori eng yuqori ko‘rsatkichga ega 4 ta namuna borligi aniqlanib andoza navlarga nisbatan 1,8-5,5 % ga yuqori ko‘rsatkichni namoyon etdi. Kalit so‘zlari: don, janubiy mintaqa, namunalar, ko‘p yillik bug‘doy, kleykovina, tadqiqot, ko‘rsatkich, miqdor, tahlil, nav, havo harorati, laboratoriya, o‘rtacha. Аннотация: Впервые в южном регионе проводятся исследования многолетних сортов и образцов пшеницы. В статье показано, что среднее содержание глютена в зерне многолетней пшеницы, согласно результатам лабораторного анализа, составляет 24,7- 33,4%. Выяснилось, что у 4 образцов было самое высокое содержание глютена, на 1,8-5,5% выше, чем у стандартных сортов. Ключевые слова: зерно, южный регион, образцы, многолетняя пшеница, глютен, исследование, показатель, количество, анализ, сорт, температура воздуха, лаборатория, среднее значение. Annotation: For the first time in the southern region, research is being conducted on perennial wheat varieties and samples. The article shows that the average gluten content of perennial wheat in the grain was 24.7-33.4%, according to the results of laboratory analysis. It was found that there were 4 samples with the highest gluten content, which was 1.8-5.5% higher than the standard varieties. Key words: grain, southern region, samples, perennial wheat, gluten, research, indicator, quantity, analysis, variety, air temperature, laboratory, average. Mavzuning dolzarbligi va zarurati. Hozirgi kunda dunyoda kechayotgan global iqlim o‘zgarishi oqibatida o‘rtacha havo-haroratining 2 oC ga ko‘tarilishi, yog‘ingarchilik miqdorining kamayib ketishi, turli mintaqalarda animal sovuq hamda animal isib ketishi holatlari tez-tez kuzatilishi oqibatlarida, o‘simliklarning o‘sib rivojlanishi uchun ancha noqulay sharoitlar tug‘dirmoqda. Buning natijasida esa bug‘doy hosildorligining pasayib ketishi hamda don sifati ko‘rsatkichlariga yomon tasir ko‘rsatmoqda. Respublikamizda 2025-yilgi hosili uchun jami 1 mln 300 ming gektardan ortiq maydonlarga boshoqli don ekinlari yetishtirilib kelinmoqda. Bug‘doy eng muhim oziq-ovqat manbai hisoblandi. Hozirgi kunda Respublikamizning janubiy mintaqalarida boshoqli don ekinlarining boshoqlash va pishish davrida havo-haroratining +45oC dan +49,3oC gacha ko‘tarilib

ketishi natijasida, bug‘doy donining puch bo‘lib qolishi, hosildorlikka hamda donning sifat ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Buning uchun iqlim o‘zgarishi sharoitlarida yuqori hosil beradigan, don sifat ko‘rsatkichlari yuqori hamda ertapishar nav va qimmatli manbalarni yaratish muhim vazifalardan biri hisoblandi. Adabiyotlar sharhi. Aydarov A. N va boshqa olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra, CIMMYT (Xalqaro makkajo‘xori va bug‘doyni yaxshilash markazi) 2017 yildan 2020 yilgacha bo‘lgan davrda o‘z tadqiqot ishlarini olib borgan va olib borilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, ko‘p yillik bug‘doy namunalarining don tarkibidagi oqsil va kleykovina miqdori bo‘yicha kuzgi bug‘doyning don tarkibidagi oqsil va kleykovina miqdoridan yuqori ekanligi aniqlandi [1; 197- 205 b]. Bug‘doy o‘simligining hosildorligiga salbiy tasir ko‘rsatadigan abiotik omillardan biri bu tuproqning sho‘rlanishidir. Tuproqning sho‘rlanishi hisobiga hosildorlik pasayadi va donning sifatining yomonlashishiga olib keladi deya ta’kidlaydi olimlar [2; 731-735 b]. Jo‘rayev D.T va boshqa olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra, yumshoq bug‘doyning 25-30 oC yuqori havo haroratida ham hosildorligi, don sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan yangi navlarni yaratish va ishlab chiqarishga joriy qilish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi [3; 29-b]. Z.Ziyodullayev. Sh.Dilmurodov. A. Fayzullayev va boshqa olimlarning yozishicha, bug‘doy doni kleykovinasi miqdoriga qarab quydagi sinflarga bo‘linadi; 1-sinf kleykovina miqdori 28 % dan kam bo‘lmagan; 2-sinf kleykovina miqdori 25 % dan kam bo‘lmagan; 3-sinf kleykovina miqdori 22 % dan kam bo‘lmagan; agar kleykovina miqdori 22 % dan kam bo‘lsa va sifati II guruhdan past bo‘lsa bunday bug‘doy “sinfsiz” deyiladi [4; 25-26 b]. Tadqiqotning usulublari Tadqiqot ishi tajribani joylashtirish va tajriba davomida fenologik kuzatish, hisob va tahlillar “Butunrossiya O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti uslubi”, Qurg‘oqchilikka chidamlilik Kojushko usuli bo’yicha amalga oshirildi. Kleykovina miqdori GOST 13586-1-68, don shishasimonligi GOST 10987-76, don namligi GOST 13586-5- 93, don naturasi GOST 3040-55, 1000 ta don vazni GOST 10842-89, oqsil miqdori GOST 10846- 91 bo‘yicha O‘ZDST-880 talablariga mosligi taqqoslanib o‘rganildi. Olingan ma’lumotlarning matematik-statistik tahlili esa B.A.Dospexov uslubi bo‘yicha bajarilgan. Tadqiqot natijalari. Olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, 2025-yilning may va iyun oylarida o‘rtacha havo harorati +27,2 oC dan 29,5 oC ni tashkil etib don sifatining shakillanishida harorat va namlik muhim ahamiyatga ega bo‘lib, vegetatsiya davri davomida va ayniqsa don to‘lishish davrida ularning tasiri juda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu davrda havo haroratining yuqori bo‘lishi va namlikning kamligi yumshoq bug‘doy donlarida yuqori sifatli oqsilning ko‘p miqdorda shakillanishiga olib keladi. Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot insitutining “Qishloq xoʻjaligini saqlash, qayta ishlash va yalpi tahlillash” laboratoriyasida nav va namunalarning sifat koʻrsatkichlari oʻrganildi (1- rasmga qarang).

Основной Основной ОсновнойОсновнойОсновной Основной Основной Основной Основной Основной Основной Основной Основной Основной Основной Основной Основной ОсновнойОсновнойОсновной Основной Основной ОсновнойОсновнойОсновной Основной Основной Основной Основной Основной Основной Основной Основной Основной Основной Основной Основной Основной

Nav va namunalarning don tarkibidagi kleykovina miqdori, % (Qarshi 2023-2025 yy) va tahlil qilinganda GOST 13586-1-68 uslubi asosida kleykovina miqdori aniqlanganda yillar boʻyicha oʻrtacha 24,7-33,4 % ni tashkil etib, andoza “Bezostaya” navida kleykovina miqdori 27,5 % ni tashkil etgan boʻlsa, “Bezostaya 1” navida esa 28,4 % kleykovina miqdori borligi oʻz ifodasini topdi. Andoza navlardan kleykovina miqdori 1,8-5,5 % gacha yuqori boʻlgan tizmalar borligi aniqlanib ularning soni 4 tani tashkil qilganligi aniqlandi Bular, KR23-PW-ON-9 tizma 32,4 %, KR23-PW-ON-21 tizma 33,4 %, KR23-PW-ON-24 tizma 31,3 % KR23-PW-ON-28 tizmada esa 29,7 % ni tashkil etib andoza navlardan kleykovina miqdori yuqori ekanligini namoyon etdi va eng past koʻrsatkichga ega KR23-PW-ON-6 tizma 25,2 %, KR23-PW-ON-8 tizma 24,8 % ni va KR23-PW-ON-14 tizmalarida 24,7 % kleykovina miqdori past ekanligi aniqlandi. hamda oqsil miqdori bilan kleykovina miqdori oʻrasida ijobiy r=0,90 korrelyativ bogʻliqlik borligi aniqlandi. XULOSALAR Xulosa qilib shuni aytish joizki, o‘rganilayotgan ko‘p yillik bug‘doy nav va namunalarining kleykovina miqdori tahlil qilinganda andoza navlarga nisbatan eng yuqori ko‘rsatkichga ega 4 ta namunalar borligi aniqlandi. Ular andoza navlarga nisbatan kleykovina miqdori 1,8-5,5 % ga yuqori ekanligi kuzatildi hamda seleksiyaning keyingi bosqichi uchun tanlab olindi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. Айдаров А. Н., Шепелев С. С., Шаманин В. П. Оценка коллекции многолетней пшеницы в условиях южной лесостепи Западной Сибири //Письма в Вавиловский журнал генетики и селекции 2022. С.197-205
  2. https://pismavavilov.ru/wp-content/uploads/2022/07/004-PVJ-Aydarov.pdf
  3. F.Sh.Sobirov “bug‘doyning turli abiotik va biotik omillarga chidamliligini oshirishda yovvoyi turlarining o‘rni” //Scientific progress. – 2021. – Т. 1. – №. 5. – С. 731-735.
  4. D. T. Jo‘rayev, A. Amanov, O. Amanov, Sh. Dilmurodov, A. Meyliev. “Yumshoq bug‘doyning respublika cho‘l mintaqalari sharoitida abiotik omillarga chidamli hosildor nav va boshlang‘ich manbalarni yaratish” // Monografiya-Toshkent-2024 yil. 29-bet
  5. Z.Ziyodullayev. Sh.Dilmurodov. A. Fayzullayev “Sug‘oriladigan maydonlar uchun yumshoq bug‘doyning yangi navlarini yaratish” //Agro ilm № 6 [50 ].2017 y 25-26 bet

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011909
Nashr sanasi
2026-04-07
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.
Jild
1
Son
1
DOI
10.66073/refocus-conf/1025
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
82–85
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25