Asosiy mazmunga o‘tish

QATTIQ BUG‘DOYNING FAKUL‘TATIV KUZGI NAMUNALARINI HOSILDORLIGI BO‘YICHA BAHOLASH NATIJALARI

Karshiboyev Hasan Kholbazarovich1, Amirova Muhayyo Sabir kizi22026

  1. 1Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori (DSc)
  2. 2Tayanch doktorant (PhD)., Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti

Konferensiyalar“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.Jild 1Son 1Sahifa 74–77

Annotatsiya

Maqolada qattiq bug‘doy genetikasi, seleksiyasi va urug‘chiligi laboratoriyasining namunalar tajriba maydonida o‘rganilgan fakul‘tativ kuzgi lalmi qattiq bug‘doy namunalarining hosildorligini tahlil qilish bo‘yicha olib borilgan ikki yillik tadqiqot natijalari keltirilgan. Olib borilgan ikki yillik tahlil natijalariga ko‘ra hosildorligi andoza navdan yuqori bo‘lgan lalmi qattiq bug‘doyning namunalari tanlab olinganligi bo‘yicha tahlil natijalari bayon etilgan.

Boshqa tillarda

ruschaРЕЗУЛЬТАТЫ ОЦЕНКИ УРОЖАЙНОСТИ ДОПОЛНИТЕЛЬНЫХ ОБРАЗЦОВ ТВЕРДОЙ ПШЕНИЦЫ, ВЫРАЩЕННЫХ В ЗИМНИЙ ПЕРИОД

В статье представлены результаты двухлетнего исследования по анализу урожайности образцов факультативной озимой богарной твёрдой пшеницы, изученных на опытном участке лаборатории генетики, селекции и семеноводства твёрдой пшеницы. По результатам двухлетнего анализа были отобраны образцы богарной твердой пшеницы с урожайностью выше стандартного сорта.

inglizchaRESULTS OF YIELD EVALUATION OF OPTIONAL WINTER SAMPLES OF DURUM WHEAT

The article presents the results of a two-year study on the analysis of the yield of facultative winter rainfed durum wheat samples studied in the experimental plot of the laboratory of genetics, breeding and seed production of durum wheat. Based on the results of a two-year analysis, samples of rainfed durum wheat with a yield higher than the standard variety were selected.

Kalit so‘zlar

  • Qattiq bug‘doy
  • nav
  • namuna
  • fakul‘tativ kuzgi
  • hosildorlik
  • baholash
  • seleksiya

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

UO‘T 633.11 : 631.52 QATTIQ BUG‘DOYNING FAKUL’TATIV KUZGI NAMUNALARINI HOSILDORLIGI BO‘YICHA BAHOLASH NATIJALARI Qаrshiboyev Hаsаn Xolbаzаrovich., Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori (DSc)., Amirova Muhayyo Sobir qizi., Tayanch doktorant (PhD)., Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti., Tel: [telefon raqami yashirilgan]., e-mail: hasankarshiboev1984@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.19239607 Annotatsiya. Maqolada qattiq bug‘doy genetikasi, seleksiyasi va urug‘chiligi laboratoriyasining namunalar tajriba maydonida o‘rganilgan fakul’tativ kuzgi lalmi qattiq bug‘doy namunalarining hosildorligini tahlil qilish bo‘yicha olib borilgan ikki yillik tadqiqot natijalari keltirilgan. Olib borilgan ikki yillik tahlil natijalariga ko‘ra hosildorligi andoza navdan yuqori bo‘lgan lalmi qattiq bug‘doyning namunalari tanlab olinganligi bo‘yicha tahlil natijalari bayon etilgan. Kalit so‘zlar. Qattiq bug‘doy, nav, namuna, fakul’tativ kuzgi, hosildorlik, baholash, seleksiya. Аннотaция. В статье представлены результаты двухлетнего исследования по анализу урожайности образцов факультативной озимой богарной твёрдой пшеницы, изученных на опытном участке лаборатории генетики, селекции и семеноводства твёрдой пшеницы. По результатам двухлетнего анализа были отобраны образцы богарной твердой пшеницы с урожайностью выше стандартного сорта. Ключевые слова. Твердая пшеница, сорт, образец, факультативная озимая, урожайность, оценка, селекция. Annotation. The article presents the results of a two-year study on the analysis of the yield of facultative winter rainfed durum wheat samples studied in the experimental plot of the laboratory of genetics, breeding and seed production of durum wheat. Based on the results of a two-year analysis, samples of rainfed durum wheat with a yield higher than the standard variety were selected. Key words. Durum wheat, variety, sample, facultative winter, yield, evaluation, selection. Kirish. Qattiq bug‘doy ekini dunyo dehqonchiligi va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim ekinlardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, makaron va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishda uning yuqori sifat ko‘rsatkichlari alohida ahamiyat kasb etadi. So‘nggi yillarda kuzatilayotgan iqlim sharoitining o‘zgaruvchanligi, suv resurslarining cheklanishi qattiq bug‘doy ekinining tuproq-iqlim sharoitiga moslashuvchan va yuqori hosilli navlarini yaratishni taqozo etmoqda. Shuning uchun qattiq bug‘doyning fakul’tativ kuzgi namunalarini o‘rganish, hosildorligi bo‘yicha baholash va istiqbolli genotiplarini tanlab olish ularni duragaylash asosida yangi qattiq bug‘doy navlarini yaratish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Respublikamiz aholisining har yili oshib borishi bug’doy doni yetishtirishda yuqori hosilli va don sifatiga ega bo‘lgan bug’doy navlarini yaratish ustida seleksioner olimlar tomonidlan olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirishni taqazo etadi [4]. Lalmikor yerlardan samarali foydalanish, lalmi maydonlarda yetishtirilayotgan g’alla hosildorligini oshirish, ichki va tashqi bozorda qattiq bug’doy (Тriticum durum) doniga bo‘lgan ehtiyojning yuqoriligini hisobga olgan holda noqulay omillariga chidamli, lalmikor maydonlarda ekish uchun hosildor va don sifati yuqori bo‘lgan, davlat andoza talablariga javob beradigan qattiq bug’doyning yangi navlarini yaratish muhim vazifalardan hisoblanadi [5]. Qattiq bug‘doy hosili salmog‘ini bеlgilovchi asosiy ko‘rsatkichlar boshoq uzunligi, boshoqdagi don soni, boshoqdagi don og‘irligi hamda 1000 dona don vazni hisoblanib, ushbu

ko‘rsatkichlarning dеyarli barchasi navning biologik xususiyatlariga, navlarni ekish muddati, mе’yori, usuli, o‘simlikninig nam bilan ta’minlanishi, mineral o‘g‘itlar bilan oziqlanishi va boshqa omillarga uzviy bog‘liq bo‘ladi [2]. Lalmikor maydonlarda kuzgi boshoqli don va boshqa qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligi ko’p jihatdan atmosfera yog‘in-sochinlarining vegetatsiya davrida qanday taqsimlanishiga bog‘liq holda o‘zgaradi. Bu maydonlarda kuzgi g‘alla ekinlaridan barqarorligi yuqori va sifatli hosil yetishtirishning asosiy shartlaridan biri ekiladigan urug‘ni qulay agrotexnik muddatlarda sifatli qilib ekish va maysalarning qishki tinim davrigacha to‘liq tuplash fazasiga o‘tishini ta’minlashdir [6]. Materiallar va uslublar. Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti qattiq bug‘doy genetikasi, seleksiyasi va urug‘chiligi laboratoriyasining namunalar tajriba maydonida o‘rganilgan fakul’tativ kuzgi lalmi qattiq bug‘doy namunalari tajriba materiallari hisoblanadi. Tajriba kuzatuvlari, taxlillar butunittifoq o‘simlikshunoslik instituti [3] hamda Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti G‘allaorol ilmiy tajriba stansiyasi tomonidan qabul qilingan [1] uslubiy qo‘llanmalar asosida amalga oshirildi. Natijalar va munozara. Olib borilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra namunalar tajriba maydonida o‘rganilgan fakul’tativ kuzgi lalmi qattiq bug‘doy namunalarining hosildorligi tahlil qilinganda andoza Leukurum-3 navining o‘rtacha hosildorligi 201,0 g/m² ni tashkil etdi. Tahlil natijalariga ko‘ra o‘rganilgan namunalarda Ikki yillik o‘rtacha hosildorlik ko‘rsatkichlari 162 g/m² dan 266,5 g/m² gacha bo‘lganligi aniqlandi. Tahlillarga ko‘ra andoza navdan hosildorlik ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan №13 Tilling / Icajihan 1 namunasi (266,5 g/m²) hosildorligi andozadan 65,5 g/m² yuqori, №20 Miki 3 (254,5 g/m²) 53,5 g/m², №8 Sebatel 2 // Wdz 6 (229,5 g/m²) 28,5 g/m², №5 Mrb 3/Mna 1 (229,0 g/m²) 28,0 g/m² va №4 ig 1523174 (227,0 g/m²) 26,0 g/m² yuqori hosildorlikka ega ekanligi kuzatildi. Ushbu namunalar lalmi sharoitga moslashuvchan va yuqori hosildor namuna sifatida tanlab olindi. O‘rganilgan namunalarni yillar kesimida tahlil qilganimizda, 2024 yilda ayrim namunalar (№13 Tilling / Icajihan 1 namunasi 308,0 g/m² va №20 Miki 3 namunasi 274,0 g/m²) juda yuqori natija ko‘rsatgan bo‘lsa, 2025 yilda ko‘pchilik namunalarda hosildorlik nisbatan barqaror yoki biroz pasayganligi aniqlandi. Bu holat yillar bo‘yicha ob-havo sharoitlarining farqlanishi bilan izohlanadi. Masalan, №23 Ouasloukos 1/5/0 namunasi hosildorligi 2024 yilda 138,0 g/m² bo‘lgan bo‘lsa, 2025 yilda 213,0 g/m² ga yetgan, ya’ni muhit sharoiti yaxshilanganda uning mahsuldorlik salohiyati namoyon bo‘ldi. Bu esa genotip va muhit o‘zaro ta’sirining mavjudligini ko‘rsatdi. Olib borilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra ikki yillik o‘rtacha hosildorlik ko‘rsatkichi bo‘yicha №13 Tilling / Icajihan 1, №20 Miki 3, №8 Sebatel 2 // Wdz 6, №5 Mrb 3/Mna 1 va №4 ig 1523174 namunalari seleksiya ishlarida yuqori hosildor namunalar sifatida foydalanish uchun ajratib olindi (1-jadval). 1-jadval. Qattiq bug‘doyning fakul’tativ kuzgi xalqaro dastlabki nav sinash tajriba maydonidan hosildorligi yuqoriligi bo‘yicha tanlab olingan namunalar (G’allaorol -2025-yil). Hosildorlik, Andozadan № Nav namunalar nomi (g/m2) farqi, (g/m 2) 2024 y 2025 y O’rtacha 1 Leukurum-3 (an) 206,0 196,0 201,0 ±

2 №2 Omrabi 5 (Joric 69) 164,0 245,0 204,5 3,5 3 №3 ig 1523082 162,0 184,0 173,0 −28,0 4 №4 ig 1523174 214,0 240,0 227,0 26,0 5 №5 Mrb 3/Mna 1 234,0 224,0 229,0 28,0 6 №6 Mrb 3/Mna 1 // Ter 190,0 190,0 190,0 −11,0 7 №7 Sebatel 2 178,0 213,0 195,5 −5,5 8 №8 Sebatel 2 // Wdz 6 240,0 219,0 229,5 28,5 9 №9 Ouasloukos 1/5 148,0 180,0 164,0 −37,0 10 №10 CM 829 / Candocr 217,0 198,0 207,5 6,5 11 №11 Tilling / ch 17 164,0 215,0 189,5 −11,5 12 №12 Tilling / Gil 4 198,0 208,0 203,0 2,0 13 №13 Tilling / Icajihan 1 308,0 225,0 266,5 65,5 14 №14 Mrb 3*2 / Amar 8 198,0 182,0 190,0 −11,0 15 №15 Ouasloukos 1/5/Gil 214,0 175,0 194,5 −6,5 16 №16 Ouasloukos 1/5/Az 144,0 208,0 176,0 −25,0 17 №17 Ouasloukos / 9955 140,0 184,0 162,0 −39,0 18 №18 Ouasloukos / 9986 150,0 219,0 184,5 −16,5 19 №19 IcaJoudy ¼ 218,0 216,0 217,0 16 20 №20 Miki 3 274,0 235,0 254,5 53,5 21 №21 Tilling / ch 113/4 184,0 218,0 201,0 ± 22 №22 Mrb 3*2 / Turartu 180,0 190,0 185,0 −16,0 23 №23 Ouasloukos 1/5/0 138,0 213,0 175,5 −25,5 24 №24 Ouasloukos1/5/Bel 162,0 197,0 179,5 −21,5

Xulosa. Tadqiqot natijalariga asoslanib shuni xulosa qilish mumkinki lalmi maydonlarda fakul’tativ kuzgi qattiq bug‘doy namunalari qisqa o‘suv davriga ega bo‘lib, noqulay ob-havo sharoitlariga chidamliligi bilan ajralib turdi. Ularning hosildorlik ko‘rsatkichini tahlil qilish yuqori samarali namunalarni tanlab olish imkonini berdi. Shuningdek, tahlillarga ko‘ra fakul’tativ kuzgi qattiq bug‘doy namunalari qisqa muddatli sovuqlarga chidamli, o‘suv davri nisbatan moslashuvchan, noqulay iqlim sharoitida yuqori hosil bera olishi bilan seleksiya ishlarida muhim ahamiyatga ega ekanligi kuzatildi. Olib borilgan ikki yillik tadqiqot natijalariga ko‘ra andoza navdan hosildorlik ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan №13 Tilling / Icajihan 1, №20 Miki 3, №8 Sebatel 2 // Wdz 6, №5 Mrb 3/Mna 1 va №4 ig 1523174 namunalari seleksiya jarayonida foydalanish uchun yuqori hosildor namunalar sifatida tanlab olindi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar6 ta adabiyot

  1. Amanov A. A. va boshqalar. Donli ekinlar seleksiyasi va boshlang‘ich urug‘chiligi bo‘yicha uslubiy qo‘llanma. G‘allaorol 2004 yil.
  2. Abirov Z.Z. Analysis of “Durum” varieties of wheat, spike length, number of grains in spike, indicators of 1000 seed weight icarhse International Conference on Advance Research in Humanities, Sciences and Education Malaysia conference.2022. P.69.
  3. Изучение мировой коллекции пшеницы. Методические указания. ВИР. Ленинград 1984.
  4. Мамеев В.В., Сычева И.В., Сычев С.М. Влияние гуминовых и минералных удобрений на урожайност озимой пшеницы. Агрохимический вестник. №5. 2015. С. 6-9. mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya
  5. Qarshiyev A. Lalmikorlik sharoitida yetishtirilgan qattiq bug’doyning o‘suv davrida tuproqdagi namlik miqdori. Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o‘rni va rivojlanish omillari. To‘plam 2-son. 2024. B. 3.
  6. Xaydarov B. Iqlim o’zgarish sharoitida lalmi maydonlar uchun qurg’oqchilikka chidamli ekin navlarini yaratish va yetishtirish agrotexnikasi. Respublika ilmiy -amaliy anjumani. 2022-yil 30-may. B. 12.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011907
Nashr sanasi
2026-04-07
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.
Jild
1
Son
1
DOI
10.66073/refocus-conf/1023
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
74–77
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
22026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25