MOSH O‘SIMLIGIDA QURUQ MASSA TO‘PLANISHIGA URUG‘ EKISH MUDDATLARI HAMDA EKISH ME‘YORLARINI TA‘SIRI.
Khoshimov Ibrokhim Nabievich1, Rahmonov Shukhratjon Husanboevich2, Khudoyberdiyeva Shakhnoza Davlatovna32026
- 1q.x.f.d., professor
- 2q.x.f.f.d
- 3Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti.
Konferensiyalar“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.Jild 1Son 1Sahifa 62–65
Annotatsiya
Ushbu maqolada mosh o‘simligida quruq massa to‘plashga urug‘ ekish muddatlari va ekish sxemasining ta‘siri atroflicha keng o‘rganildi. Tadqiqotlar Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot institutining Farg‘ona ilmiy tajriba stansiyasida 2022-yilda olib borilgan tajribalar asosida, 3 urug‘ ekish muddatlari va 6 ta ekish sxemasi bo‘yicha jami 18 variantda sinovdan o‘tkazildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, birinchi muddatda, ayniqsa 76x15-1 sxemada ekilgan variantda 1 tup o‘simlikda quruq massa miqdori barcha rivojlanish fazalarida ortib borib, pishish fazasiga kelib eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘ldi. Ushbu variant ikkinchi va uchinchi muddatlarda 76x15-1 sxemada ekilgan variantlarga nisbatan pishish fazasida 1,83-5,34 g.ga yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘ldi
Boshqa tillarda
ruschaВЛИЯНИЕ ВРЕМЕНИ ПОСЕВА И СТАНДАРТОВ ПОСАДКИ НА НАКОПЛЕНИЕ СУХОЙ МАССЫ У ГРИБЫ.
В данной статье всесторонне изучено влияние сроков и схем посева на накопление сухой массы маша. Исследование основано на экспериментах, проведенных на Ферганской научно-экспериментальной станции Научно-исследовательского института зернобобовых культур в 2022 году, и всего было протестировано 18 вариантов при 3 сроках и 6 схемах посева. Результаты показали, что в первом семестре, особенно у варианта, высаженного по схеме 76х15-1, количество сухой массы на растение увеличивалось на всех стадиях развития и достигало наивысшего уровня в фазе созревания. Этот вариант имел более высокий индекс 1,83-5,34 г в фазе созревания по сравнению с вариантами, высаженными по схеме 76х15-1, во втором и третьем семестрах.
inglizchaTHE EFFECT OF SOWING TIME AND PLANTING STANDARDS ON DRY MASS ACCUMULATION IN MUSHROOMS.
This article comprehensively studied the effect of sowing dates and sowing patterns on dry mass accumulation in mung bean. The research was based on experiments conducted at the Fergana Scientific Experimental Station of the Scientific Research Institute of Grain and Legume Crops in 2022, and a total of 18 variants were tested under 3 sowing dates and 6 sowing patterns. The results showed that in the first term, especially in the variant planted in the 76x15-1 scheme, the amount of dry mass per plant increased in all development phases and reached the highest level in the ripening phase. This variant had a higher index of 1.83-5.34 g in the ripening phase compared to the variants planted in the 76x15-1 scheme in the second and third terms.
Kalit so‘zlar
- Mosh
- ekish muddati
- ekish me‘yori
- qator oralig‘i
- quruq massa
- biomassa
- fenologik rivojlanish
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
UO‘T:633.652. MOSH O‘SIMLIGIDA QURUQ MASSA TO‘PLANISHIGA URUG‘EKISH MUDDATLARI HAMDA EKISH ME’YORLARINI TA’SIRI. Xoshimov Ibroxim Nabievich, q.x.f.d., professor Rahmonov Shuxratjon Husanboevich, q.x.f.f.d., Xudoyberdiyeva Shaxnoza Davlatovna Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti. (E-mail): ddeiti-19@mail.ru. https://doi.org/10.5281/zenodo.19239209 Annotatsiya: Ushbu maqolada mosh o‘simligida quruq massa to‘plashga urug‘ekish muddatlari va ekish sxemasining ta’siri atroflicha keng o‘rganildi. Tadqiqotlar Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot institutining Farg‘ona ilmiy tajriba stansiyasida 2022-yilda olib borilgan tajribalar asosida, 3 urug‘ekish muddatlari va 6 ta ekish sxemasi bo‘yicha jami 18 variantda sinovdan o‘tkazildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, birinchi muddatda, ayniqsa 76x15-1 sxemada ekilgan variantda 1 tup o‘simlikda quruq massa miqdori barcha rivojlanish fazalarida ortib borib, pishish fazasiga kelib eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘ldi. Ushbu variant ikkinchi va uchinchi muddatlarda 76x15-1 sxemada ekilgan variantlarga nisbatan pishish fazasida 1,83-5,34 g.ga yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘ldi Kalit so‘zlar: Mosh, ekish muddati, ekish me’yori, qator oralig‘i, quruq massa, biomassa, fenologik rivojlanish. Аннотация: В данной статье исследовано влияние сроков посева и схемы посева на накопление сухой массы у растения маш. Исследования проводились в 2022 году на базе Центральной опытной станции Ферганского научно-исследовательского института зерновых и бобовых культур. Опыт включал 3 срока посева и 6 схем посева, всего 18 вариантов. Результаты показали, что при первом сроке посева, особенно при схеме 76x15- 1, сухая масса на 1 растении увеличивалась на всех фазах развития и достигала максимальных значений в фазе созревания. Этот вариант по сравнению с посевом того же сорта в рамках второго и третьего сроков по схеме 76x15-1 показал преимущество в фазе созревания на 1,83–5,34 г. Ключевые слова: маш, сроки посева, норма высева, междурядья, сухая масса, биомасса, фенологическое развитие. Abstract: This study investigated the effect of sowing dates and planting schemes on dry matter accumulation in mung bean (Vigna radiata). The experiments were conducted in 2022 at the Central Experimental Station of the Fergana Research Institute of Grain and Legume Crops. The trial included three sowing dates and six planting schemes, totaling 18 variants. Results indicated that for the first sowing date, particularly under the 76x15-1 scheme, dry matter per plant increased across all developmental stages, reaching the highest values at the maturity stage. This variant showed an advantage of 1,83–5.34 g in the maturity stage compared to the same scheme sown in the second and third dates. Keywords: mung bean, sowing date, seeding rate, row spacing, dry matter, biomass, phenological development. Kirish. Bugungi kunda qishloq xo‘jaligida aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, yer resurslaridan samarali foydalanish hamda ekinlar hosildorligini oshirish eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shu jihatdan dukkakli don ekinlari, xususan mosh o‘simligi
katta ahamiyatga ega ekin bo‘lib, u yuqori oziqaviy qiymati, oqsilga boy tarkibi, qisqa vegetatsiya davri va tuproqni azot bilan boyitish xususiyati bilan ajralib turadi. Adabiyotlar sharxi. А.П. Пилов [4;61-b] ta’kidlashicha, mosh ekinini ko‘k massa uchun ekish samarali bo‘lib, mosh ekinining poyalaridan ko‘kat o‘g‘it sifatida foydalanishni ta’vsiya etgan. M.A.Sattarov, I.T.Mirzaeva [5;27-32-b]lar ta’kidlashicha, mosh o‘simligi yuqori proteinli ekin bo‘lib, uning donlari birinchi navbatda oziq-ovqat maqsadida ishlatiladi. Moshning pichanidan ma’lum darajada chorva xayvonlari uchun yem-xashak ekini sifatida, pichan, silos va somon sifatida foydalaniladi. N.Jumaev va E.Shermatovlar [6;57-59-b] tomonidan bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston sharoitida moshni takroriy ekin sifatida boshoqli don ekinlardan kegin ang‘izda yetishtirilganda, doni va ko‘k massasidagi oqsil miqdori sezilarli darajada oshadi. Tadqiqot metodologiyasi va uslubi. Tadqiqotlar 2022 yilda Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot institutining Farg‘ona ilmiy tajriba stansiyasi markaziy tajriba maydonida moshning Baraka navida olib borildi. Tajriba uch xil ekish muddatida (10-15.06; 20-25.06; 1-5.07) hamda 60x5-1, 60x10-1, 60x15-1, 76x5-1, 76x10-1 va 76x15-1 ekish sxemalarida o‘rganildi. Tadqiqot 18 variant va 4 takrorlanishdan iborat bo‘lib, xar bir qaytariq maydoni 240 m2, hisoblash maydonchasi esa 120 m2 ni tashkil etdi. Fenologik kuzatuvlar “Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari” hamda «Методика Государственного сортоиспытания сельскохозяйственных культур» asosida olib borildi, natijalar esa «Методика полевого опыта» uslubi bo‘yicha statistik tahlil qilindi [1,2,3]. Tatqiqot natijalari. Olib borilgan tatqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, moshning quruq massa to‘plashi ekish muddati va ekish sxemasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Moshda 1 tup o‘simlikda quruq massa to‘planishi eng yuqori ko‘rsatkichga birinchi muddatda ekilgan variantlarda kuzatildi. Birinchi muddatda ekilgan variantlar orasida eng yuqori ko‘rsatkich 76x15-1 sxemada ekilgan variantda kuzatilib, shoxlanishda 8,43 g, g‘unchalashda 14,92 g, gullashda 20,51 g, dukkaklashda 37,98 g va pishish fazasida 55,43 g ni tashkil etdi. Ushbu variant shu muddatda 60x5-1 sxemada ekilgan variantga nisbatan shoxlanish fazasida 3,74 g.ga, g‘unchalashda 6,38 g.ga, gullashda 9,81 g.ga, dukkaklash va pishish fazalarida 20,82–33,29 g.ga yuqori bo‘ldi. Qator orasi 60x15-1 hamda 60x10-1 sxemada ekilgan variantlarga nisbatan shoxlanishda 1,15–2,59 g.ga, g‘unchalashda 1,76– 4,6 g.ga, gullashda 2,32–6,44 g.ga, dukkaklashda 3,73–12,21 g.ga hamda pishish fazasida 6,40– 16,77 g.ga yuqori bo‘ldi. Qator orasi 76x10-1 va 76x5-1 sxemada ekilgan variantlarga nisbatan esa shoxlanishda 1,29–3,17 g.ga, g‘unchalashda 2,29–5,91 g.ga, gullashda 3,21–7,75 g.ga, dukkaklashda 8,32–15,57 g.ga hamda pishish fazasida ushbu ko‘rsatkich 13,65–25,08 g.ga yuqori bo‘ldi. Birinchi muddat qator orasi 76x15-1 sxemada ekilgan variant ikkinchi va uchinchi muddatda 60x5-1 sxemada ekilgan variantlarga nisbatan shoxlanish fazasida 3,94–4,03 g.ga, g‘unchalashda 6,62–6,78 g.ga, gullashda 10,04–10,24 g.ga, dukkaklashda 21,34–22,09 g.ga hamda pishish fazasida 34,03–34,91 g.ga yuqori bo‘ldi. Qator orasi 60x10-1 sxemada ekilgan variantlarga nisbatan shoxlanishda 2,68–2,79 g.ga, g‘unchalashda 4,77–4,97 g.ga, gullashda 6,62– 6,88 g.ga, dukkaklashda 11,59–13,13 g.ga hamda pishish fazasida 18,11–20,29 g.ga; 60x15-1 1-jadval.
Urug‘ekish muddatlari va ekish me’yorlarini moshning quruq massa to‘plashiga ta’siri, 2022-yil. Shoxlanis Dukkaklash G‘unchalash Gullash Pishish Ekish h a Ekish 1 tup 1 tup 1 tup № muddatlar 1 tup 1 tup sxemasi o‘simlik o‘simlik o‘simlik i o‘simlik o‘simlik vazni, g. vazni, g. vazni, g. vazni, g. vazni, g. 1 60x5-1 4,69 8,54 10,70 17,16 22,14 2 60x10-1 5,84 10,32 14,07 25,77 38,66 3 60x15-1 7,28 13,16 18,19 34,25 49,03 10-15.06 4 76x5-1 5,26 9,01 12,76 22,41 30,35 5 76x10-1 7,14 12,63 17,30 29,66 41,78 6 76x15-1 8,43 14,92 20,51 37,98 55,43 7 60x5-1 4,49 8,30 10,47 16,64 21,40 8 60x10-1 5,75 10,15 13,89 26,39 37,32 9 60x15-1 7,16 12,90 17,92 32,63 46,73 20-25.06 10 76x5-1 5,16 8,81 12,54 21,51 29,27 11 76x10-1 7,08 12,41 17,05 28,65 40,19 12 76x15-1 8,32 14,70 20,19 36,76 53,60 13 60x5-1 4,40 8,14 10,27 15,89 20,52 14 60x10-1 5,64 9,95 13,63 24,85 35,14 15 60x15-1 7,06 12,77 17,76 31,67 45,03 1-5.07 16 76x5-1 5,06 8,63 12,36 20,93 28,10 17 76x10-1 6,96 12,24 16,85 27,65 38,65 18 76x15-1 8,20 14,45 18,55 34,68 50,09 sxemada ekilgan variantlarga nisbatan shoxlanishda 1,27–1,37 g.ga, g‘unchalashda 2,02–2,15 g.ga, gullashda 2,59–2,75 g.ga, dukkaklashda 5,35–6,31 g.ga hamda pishish fazasida 8,7–10,40 g.ga yuqori bo‘ldi. Qator orasi 76 sm ekilgan variantlarga nisbatan esa 76x5-1 sxemada ekilgan variantlarga nisbatan shoxlanish fazasida 3,27–3,37 g.ga, g‘unchalashda 6,11–6,29 g.ga, gullashda 7,97–8,15 g.ga, dukkaklashda 16,47–17,05 g.ga, pishish fazasida 26,16–27,33 g.ga yuqori bo‘ldi. Qator orasi 76x10-1 sxemada ekilgan variantlarga nisbatan shoxlanishda 1,35–1,47 g.ga, g‘unchalashda 2,51–2,68 g.ga, gullashda 3,46–3,66 g.ga, dukkaklashda 9,33–10,33 g.ga, pishish fazasida 15,24–16,78 g.ga hamda qator orasi 76x15-1 sxemada ekilgan variantlarga nisbatan shoxlanishda 0,11–0,23 g.ga, g‘unchalashda 0,22–0,47 g.ga, gullashda 0,32–1,96 g.ga, dukkaklashda 1,22–3,30 g.ga hamda pishish fazasida 1,83–5,34 g.ga yuqori bo‘lganligi aniqlandi. Xulosa. Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, moshning quruq massa to‘plashiga ekish muddatlari va ekish sxemalari sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Birinchi muddatda qator orasi 76x15- 1 sxemada ekilgan variant, barcha rivojlanish fazalarida 1 tup o‘simlikda quruq massa miqdori eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lib, shoxlanishda 8,43 g, g‘unchalashda 14,92 g, gullashda 20,51 g, dukkaklashda 37,98 g va pishish fazasida 55,43 g. ga to‘g‘ri kelib, ushbu variant ikkinchi muddatdagi 76x15-1 sxemada ekilgan variantga nisbatan shoxlanishda 0,11 g, g‘unchalashda 0,22 g, gullashda 0,32 g, dukkaklashda 1,22 g va pishishda 1,83 g.ga, uchinchi muddatdagi 76x15-1
sxemada ekilgan variantga nisbatan esa, shoxlanishda 0,23 g, g‘unchalashda 0,47 g, gullashda 1,96 g, dukkaklashda 3,30 g va pishishda 5,34 g.ga yuqori bo‘ldi.
Foudalanilgan adabiuotlar ro‘uxati. 1. Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari. O‘zRITI, Toshkent 2007 g. 33-61 s. 2. 2.Методика Государственного сортоиспытания селскохозяйственных култур. Выпуск второй. Зерновые, крупяные, зернобобовые, кукуруза и кормовые културы. Москва - 1989. Стр.30-38. 3. Б.А.Доспехов Методика полевого опыта (с основами статической обработки резултатов иследований). – 5-е изд., доп. и перераб. –М.: Агропромиздат, 1985. 253-255 с. 4. Пилов А.П. Loviya va mosh. Toshkent. Monografiya.1978-y. 61-b. 5. Sattarov M.A., Mirzayeva I.T. O‘zbekistonda mosh seleksiyasi va yetishtirish istiqbollari “Global iqlim o‘zgarishlari sharoitida sholi va dukkakli don ekinlari yetishtirishning muammolari va yutuqlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman maqolalar to‘plami. 27-32-b. Toshkent- 2025. 6. Jumayev N., Shermatov E. Almashlab ekish majmuidagi ekinlarning g‘o‘za hosildorligiga ta’siri.//Janubiy O‘zbekistonda dexqonchilik samaradorligini oshirish texnologiyasi.- QMII.Agronomiya kafedrasining birinchi ilmiy ishlar to‘plami. –Qarshi.2001.B.57-59.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar6 ta adabiyot
- Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari. O‘zRITI, Toshkent 2007 g. 33-61 s.
- 2.Методика Государственного сортоиспытания селскохозяйственных култур. Выпуск второй. Зерновые, крупяные, зернобобовые, кукуруза и кормовые културы. Москва - 1989. Стр.30-38.
- Б.А.Доспехов Методика полевого опыта (с основами статической обработки резултатов иследований). – 5-е изд., доп. и перераб. –М.: Агропромиздат, 1985. 253-255 с.
- Пилов А.П. Loviya va mosh. Toshkent. Monografiya.1978-y. 61-b.
- Sattarov M.A., Mirzayeva I.T. O‘zbekistonda mosh seleksiyasi va yetishtirish istiqbollari “Global iqlim o‘zgarishlari sharoitida sholi va dukkakli don ekinlari yetishtirishning muammolari va yutuqlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman maqolalar to‘plami. 27-32-b. Toshkent-2025.
- Jumayev N., Shermatov E. Almashlab ekish majmuidagi ekinlarning g‘o‘za hosildorligiga ta’siri.//Janubiy O‘zbekistonda dexqonchilik samaradorligini oshirish texnologiyasi.-QMII.Agronomiya kafedrasining birinchi ilmiy ishlar to‘plami. –Qarshi.2001.B.57-59.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011904
- Nashr sanasi
- 2026-04-07
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.
- Jild
- 1
- Son
- 1
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/1019
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 62–65
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25