MASOFADAN ZONDLASH MA‘LUMOTLARIDAN FOYDALANIB MAVZULI XARITALAR YARATISH
Shovkiyev Ahad Mamadalievich1, Rakhimov Sherzod Shavkatovich2, Abduganieva Malika Burkhan kizi32026
- 1“O‘ZDAVYERLOYIHA”DILI mustaqil tadqiqotchisi "Navvilyerloyiha" bo‘linmasi direktori
- 2Geologiya fanlar universiteti “Konchilik ishi va texnologiyalar” kafedrasi dotsenti PhD
- 3Geologiya fanlari universiteti “Geodeziya kartografiya va kadastr” yo‘nalishi talabasi
Konferensiyalar“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.Jild 1Son 1Sahifa 131–135
Annotatsiya
Ushbu maqolada masofadan zondlash ma‘lumotlarudan foydalanib mavzuli xaritalar yaratishning ilmiy-uslubiy asoslari yoritilgan. Sun‘iy yo‘ldosh tasvirlari asosida yer qoplami, o‘simlik indeksi(NDVI), relyef va boshqa tematik qatlamlarni shakllantirish jarayonlarini tahlil qilish. Masofadan zondlash ma‘lumotlari asosida mavzuli xaritalar yaratishning ilmiy-uslubiy asoslari yoritilgan. Tadqiqotda sun‘iy yo‘ldosh tasvirlari va aerokosmik suratlar orqali yer yuzasida sodir bo‘layotgan tabiiy hamda antropogen jarayonlarni aniqlash, tahlil qilish va ularni kartografik shaklda ifodalash masalalari ko‘rib chiqilgan. Masofadan zondlash texnologiyalarining geografik axborot tizimlari (GIS) bilan integratsiyasi natijasida yer resurslaridan foydalanish holatini baholash, hududiy o‘zgarishlarni monitoring qilish hamda turli sohalar uchun tematik xaritalar yaratish imkoniyatlari kengayishi asoslab berilgan.
Boshqa tillarda
ruschaСОЗДАНИЕ ТЕМАТИЧЕСКИХ КАРТ С ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ ДАННЫХ ДИСТАНЦИОННОГО ЗОНДИРОВАНИЯ
В данной статье рассматриваются научно-методологические основы создания тематических карт с использованием данных дистанционного зондирования. Проводится анализ процессов формирования растительного покрова, индекса растительности (NDVI), рельефа и других тематических слоев на основе спутниковых снимков. Обсуждаются научно-методологические основы создания тематических карт на основе данных дистанционного зондирования. В исследовании рассматриваются вопросы идентификации, анализа и представления природных и антропогенных процессов, происходящих на поверхности Земли, с использованием спутниковых и аэрокосмических снимков в картографической форме. Интеграция технологий дистанционного зондирования с географическими информационными системами (ГИС) привела к расширению возможностей оценки состояния землепользования, мониторинга территориальных изменений и создания тематических карт для различных секторов.
inglizchaCREATING THEMATIC MAPS USING REMOTE SENSING DATA
This article discusses the scientific and methodological foundations of creating thematic maps using remote sensing data. Analysis of the processes of forming land cover, vegetation index (NDVI), relief and other thematic layers based on satellite images. The scientific and methodological foundations of creating thematic maps based on remote sensing data are discussed. The study considers the issues of identifying, analyzing and representing natural and anthropogenic processes occurring on the earth‘s surface using satellite images and aerospace images in cartographic form. The integration of remote sensing technologies with geographic information systems (GIS) has led to the expansion of the possibilities of assessing the state of land resource use, monitoring territorial changes, and creating thematic maps for various sectors.
Kalit so‘zlar
- masofadan zondlash
- sun‘iy yo‘ldosh tasvirlari
- radar va lidar tizimlari
- NDVI analizi
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
MASOFADAN ZONDLASH MA’LUMOTLARIDAN FOYDALANIB MAVZULI XARITALAR YARATISH
Shovqiyev Ahad Mamadaliyevich “O‘ZDAVYERLOYIHA”DILI mustaqil tadqiqotchisi "Navvilyerloyiha" bo‘linmasi direktori Email: ahadshovqiyev87@gmail.com Raximov Sherzod Shavkatovich Geologiya fanlar universiteti “Konchilik ishi va texnologiyalar” kafedrasi dotsenti PhD Email: sherzodraximov@gmail.com Abdug’aniyeva Malika Burxon qizi Geologiya fanlari universiteti “Geodeziya kartografiya va kadastr” yo‘nalishi talabasi mlkabduganiyeva@gmail.c https://doi.org/10.5281/zenodo.19240076 Annotatsiya. Ushbu maqolada masofadan zondlash ma’lumotlarudan foydalanib mavzuli xaritalar yaratishning ilmiy-uslubiy asoslari yoritilgan. Sun’iy yo’ldosh tasvirlari asosida yer qoplami, o’simlik indeksi(NDVI), relyef va boshqa tematik qatlamlarni shakllantirish jarayonlarini tahlil qilish. Masofadan zondlash ma’lumotlari asosida mavzuli xaritalar yaratishning ilmiy-uslubiy asoslari yoritilgan. Tadqiqotda sun’iy yo‘ldosh tasvirlari va aerokosmik suratlar orqali yer yuzasida sodir bo‘layotgan tabiiy hamda antropogen jarayonlarni aniqlash, tahlil qilish va ularni kartografik shaklda ifodalash masalalari ko‘rib chiqilgan. Masofadan zondlash texnologiyalarining geografik axborot tizimlari (GIS) bilan integratsiyasi natijasida yer resurslaridan foydalanish holatini baholash, hududiy o‘zgarishlarni monitoring qilish hamda turli sohalar uchun tematik xaritalar yaratish imkoniyatlari kengayishi asoslab berilgan. Аннотация. В данной статье освещены научно-методические основы создания тематических карт с использованием данных дистанционного зондирования Земли. На основе спутниковых снимков и аэрокосмических изображений проанализированы процессы формирования тематических слоёв, включая земное покрытие, вегетационные индексы (NDVI), рельеф и другие пространственные характеристики. В исследовании рассматриваются вопросы выявления и анализа природных и антропогенных процессов, происходящих на поверхности Земли, а также их картографического отображения. Обоснованы возможности интеграции технологий дистанционного зондирования с геоинформационными системами (ГИС) для оценки состояния использования земельных ресурсов, мониторинга территориальных изменений и создания тематических карт для различных отраслей. Abstract. This article discusses the scientific and methodological foundations of creating thematic maps using remote sensing data. Based on satellite imagery and aerospace photographs, the processes of generating thematic layers such as land cover, vegetation indices (NDVI), relief, and other spatial features are analyzed. The study examines the identification and analysis of natural and anthropogenic processes occurring on the Earth’s surface and their cartographic representation. The integration of remote sensing technologies with Geographic Information Systems (GIS) is substantiated as an effective approach for assessing land resource use, monitoring territorial changes, and developing thematic maps for various sectors. Kalit so‘zlar: masofadan zondlash, sun’iy yo’ldosh tasvirlari, radar va lidar tizimlari, NDVI analizi. Ключевые слова: дистанционное зондирование, спутниковые снимки, радиолокационные и лидарные системы, анализ NDVI, тематическое картографирование.
Keywords: remote sensing, satellite imagery, radar and LiDAR systems, NDVI analysis, thematic mapping. Masofadan zondlash – Yerning yuzasi to’g’risidagi axborotni u bilan amaliy kontaksiz to’plashga asoslangan ilmiy yo’nalishdir. Yuza to’g’risidagi ma’lumotlarni olish jarayoni obektlar tomonidan aks etadigan yoki tarqaladigan keyinchalik ishlov berish, tahlil qilish va amalda foydalanish maqsadida zondlashni va yozib olishni oz ichiga oladi. Sun`iy yo`ldosh tasvirlarining asosiy aniqlik turlari – fazoviy, spektral, radiometrik va vaqtinchalik aniqlik haqida amaliy tahlil va misollar orqali ma`lumotlar berishdan iborat. Fazoviy aniqlik (Spatial Resolution) Fazoviy aniqlik — bu masofadan zondlash tasviridagi har bir piksel yer yuzasida qamrab oladigan maydon o‘lchami. Ya’ni, rasmda ko‘rinayotgan bitta piksel aslida yerda necha metrga tengligini bildiradi. Piksel qanchalik kichik bo‘lsa, tasvir shunchalik aniq bo‘ladi. Piksel qanchalik katta bo‘lsa tasvir shunchalik yiriklashgan, noaniq ko‘rinadi. 30m fazoviy aniqlikda bitta piksel 30×30metr maydonni qamrab oladi (masalan: Landsat 8). 10m fazoviy aniqlik piksel 10×10metr (masalan: Sentinel-2). 0.5m fazoviy aniqlik juda yuqori aniqlik, har piksel 50×50 sm (masalan: WorldView). Spektral aniqlik (Spectral Resolution) Spektral aniqlik — bu masofadan zondlash tizimida sensorning elektromagnit nurning qaysi spektral diapazonlarini (kanallarini) qayd eta olishi va ularning kengligi bilan belgilanadi. Sensor qanchalik tor spektral diapazonda ma’lumot to‘plasa, spektral aniqligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Turli yer ob’ektlari (o‘simlik, suv, tuproq, asfalt) har xil spektral imzoga ega bo‘lgani uchun ko‘proq spektral kanallar - ko‘proq farqlash imkoniyati beradi. Spektral aniqlikni belgilovchi omillar: Kanallar soni (RGB → 3 ta, Sentinel-2 → 13 ta, Landsat → 11 ta) Har bir kanalning to‘lqin uzunligi diapazoni (narrow band = yuqori aniqlik) Spektral aniqlik yuqori bo‘lsa- o‘simlik turlarini aniqlash, suvdagi ifloslanishni farqlash, minerallarni tasniflash, yer yuzasidagi mayda spektral farqlarni aniqlash. RGB kamera - past spektral aniqlik (faqat 3 kanal). Hiperspektral sensor - juda yuqori spektral aniqlik (yuzlab tor kanallar) Radiometrik aniqlik - bu sensorning Yer yuzasidan qaytgan nurni qanchalik nozik darajada o‘lchay olishi, ya’ni yorqinlik qiymatlarini necha bit aniqlikda yozib olishini bildiradi. 8-bit teng 256 daraja yorqinlikka, 12-bit esa 4096 daraja,16-bit - 65 536 daraja. Bitlar soni qancha ko‘p bo‘lsa, tasvirdagi soyalar, yorug‘lik farqlari aniqroq bo‘ladi, nozik obyektlar yaxshiroq ko‘rinadi, klassifikatsiya natijalari ishonchli bo‘ladi. Vaqtinchalik aniqlik - bu masofadan zondlash tizimining biror hududni qayta-qayta suratga olish tezligi, ya’ni bir xil joy ustidan sun’iy yo‘ldoshning qayta uchib o‘tish oralig‘i. Sentinel-2 – 5 kunlik vaqtinchalik aniqlikka ega. (Ya’ni bir joyni 5 kunda bir marta suratga oladi.) Landsat 8/9 – 16 kun. Radar tizimlari ob-havo sharoitiga bog‘liq bo‘lmagan holda ishlashi bilan ajralib turadi va yer deformatsiyasi, toshqinlar hamda namlik darajasini aniqlashda muhim vosita hisoblanadi. Aniqlik turlarini solishtirish
LiDAR texnologiyasi esa lazer impulslaridan foydalanib, yuqori aniqlikdagi raqamli relyef modellari va uch o‘lchamli (3D) modellarni yaratish imkonini beradi. Bu esa geologik tadqiqotlar, o‘rmon xo‘jaligi va muhandislik loyihalarida katta ahamiyatga ega. Bugungi kunda qishloq xo‘jaligi sohasida raqamli texnologiyalardan foydalanish tobora muhim ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Masofadan zondlash materiallari va ularni GAT texnologiyalarini qayta ishlash negizida qishloq xo‘jaligida turli maqsadli monitoringlarni olib borish, olinadigan hosilni baholash, suv resurslaridan samarali foydalanish hamda ekologik holatni barqarorlashtirish imkoniyati yaratilmoqda. Masofadan zondlash materiallarini qayta ishlash asnosida Normalized Difference Vegetation Index (NDVI) tahlillarni o‘tkazish yuqori samara berishi ilmiy asoslanmoqda va bu borada dunyo hamda o‘zbekiston olimlari tomonidan ko‘plab izlanishlar olib borilib salmoqli natijalarga erishmoqda. Tadqiqot ishining ushbu qismi aynan Milliy tabiat bog‘larini NDVI usuli asosida kuzatish, ularning holatini baholash va qo‘shimcha indekslarni ishlab chiqish masalalariga qaratiladi. Har bir agronom va fermer uchun birinchi darajali vazifa — sifatli va mo‘l hosil olishdir. Ushbu natijaga erishish uchun aniq dehqonchilikning turli usullari qo‘llaniladi, ular orasida NDVI indeksi alohida ahamiyatga ega. U hosil hajmini oldindan prognoz qilish va o‘sayotgan o‘simliklarning haqiqiy holatini eng aniq baholash imkonini beradi. Masofadan zondlash materiallari orqari NDVI tahlillarini olib borish asosan yer yuzasi va o‘simliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni sun’iy yo‘ldoshlar orqali yig‘ishga asoslanadi. Bugungi kunga kelib qishloq xo‘jaligini chuqur tahlil qilishda Landsat, Sentinel-2, MODIS va PlanetScope kabi sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan keng foydalaniladi.
DVI tahlillarini olib borish quyidagi formuladan foydalaniladi. NDVI=(NIR-RED)/(NIR+RED) Bu yerda: NIR – yaqin infraqizil diapazonda aks etgan nurlanish; RED – qizil diapazon qiymati. NDVI qiymatlariga ko`ra hududlarni ajratish: NDVIdan foydalanib yer yuzasidagi namlikni aniqlash mumkin. Bu esa namlik vegetatsiya davrida yuqori bo’ladigan hududlarda barcha turdagi ekinlarni ekish bo’yicha tavsiyalarni berishga, ekinlarni to’g’ri rejalashtirilganligini bilishgaxizmat qiladi. NDVI yordamida hududdagi vegetatsiya holati, quruq yerlar va suv yuzalari aniq ajratildi. Bu usul qishloq xo‘jaligi, ekologik monitoring va yer resurslarini tahlil qilishda muhim ahamiyatga ega. Vegetatsiya hududlari yashil ranglarda Quruq yerlar sariq–jigarrang ranglarda Suv yuzalari ko‘k yoki qora ranglarda aks etirilgan. 2-rasm Sirdayo viloyati (NDVI analiz xarita)
1-rasm. O‘simliklar rivojlanish klasssifikatsiyasi
Foydalanilga adabiyotlar: 1. Islomov T. “Masofadan zondlash asoslari”. 2. “Masofadan zondlash” Musaev Ilhomjon Maqsudovich Shokirov Shuhrat Sobirovich 3. “Fotogrammetriya va yerni masofadan tadqiq etish” N.V.Kоvаlyov, Dj.K.Muxitdinоv, О.G.Shukina, M.B.Xаmidоvа
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar3 ta adabiyot
- Islomov T. “Masofadan zondlash asoslari”.
- “Masofadan zondlash” Musaev Ilhomjon Maqsudovich Shokirov Shuhrat Sobirovich
- “Fotogrammetriya va yerni masofadan tadqiq etish” N.V.Kоvаlyov, Dj.K.Muxitdinоv, О.G.Shukina, M.B.Xаmidоvа
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011923
- Nashr sanasi
- 2026-04-07
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.
- Jild
- 1
- Son
- 1
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/1040
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 131–135
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25