SUV TANQISLIGI SHAROITIDA G‘OZA DURAGAYLARIDA AYRIM BELGILARNING IRSIYLANISHI
Amanturdiev Alisher Balkibayevich1, Nagimetov Oraqbay2, Allamuratov Erbol Tursynbay son32026
- 1q. x. f. d. professor Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti
- 2q. x. f.n.k.i.x.
- 3tayanch doktaranti Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy tadqiqot institute
Konferensiyalar“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.Jild 1Son 1Sahifa 90–93
Annotatsiya
Mazkur maqola suv tanqisligi sharoitida g‘oza duragaylarda morfo-xo‘jalik belgilarning irsiylanishini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda turli genotiplarga mansub ota-ona shakllari hamda ularning F4 avlod duragaylari suv tanqisligi sharoitida morfo- xo‘jalik belgilari bo‘yicha baholandi.
Boshqa tillarda
ruschaНАСЛЕДОВАНИЕ ОПРЕДЕЛЕННЫХ ПРИЗНАКОВ У ГИБРИДОВ ГРАСА В УСЛОВИЯХ ДЕФИЦИТА ВОДЫ
Данная статья посвящена изучению наследования морфоэкономических признаков у гибридов хлопчатника в условиях дефицита воды. В исследовании оценивались родительские формы различных генотипов и их гибриды поколения F4 по морфоэкономическим признакам в условиях дефицита воды.
inglizchaINHERITANCE OF CERTAIN TRAITS IN GRAS HYBRIDS UNDER WATER DEFICIT CONDITIONS
This article is devoted to the study of the inheritance of morpho-economic traits in cotton hybrids under water deficit conditions. In the study, parental forms of different genotypes and their F4 generation hybrids were evaluated for morpho-economic traits under water deficit conditions.
Kalit so‘zlar
- g‘oza
- gossypium hirsutum
- duragay (F4)
- irsiylanish
- genotip
- fenotip
- qurg‘oqchilikka chidamlilik
- suv tanqisligi
- morfo-fiziologik belgilar
- hosildorlik
- tola sifati
- dominantlik
- genetik dispersiya
- seleksiya
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
UDK 631.521.633.51. SUV TANQISLIGI SHAROITIDA GʻOZA DURAGAYLARIDA AYRIM BELGILARNING IRSIYLANISHI Amanturdiyev Alisher Balkibayevich1, q. x. f. d. professor Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti Nagimetov Oraqbay2, q. x. f.n.k.i.x. Allamuratov Erbol Tursınbay ulı3, tayanch doktaranti Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy tadqiqot institute https://doi.org/10.5281/zenodo.19239803 Anotatsiya. Mazkur maqola suv tanqisligi sharoitida gʻoza duragaylarda morfo-xo’jalik belgilarning irsiylanishini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda turli genotiplarga mansub ota-ona shakllari hamda ularning F4 avlod duragaylari suv tanqisligi sharoitida morfo- xo‘jalik belgilari bo‘yicha baholandi. Kalit so‘zlar: gʻoza, gossypium hirsutum, duragay (F4), irsiylanish, genotip, fenotip, qurg‘oqchilikka chidamlilik, suv tanqisligi, morfo-fiziologik belgilar, hosildorlik, tola sifati, dominantlik, genetik dispersiya, seleksiya Анотация. Данная статья посвящено изучению наследования морфо-хозяйственных признаков у гибридов хлопчатника в условиях водного дефицита. В исследовании родительские формы, принадлежащие к разным генотипам, а также их гибриды поколений F4 были оценены по морфо- хозяйственным признакам в условиях водного дефицита. Ключевые слова: хлопчатник, Gossypium hirsutum, гибрид (F4), наследование, генотип, фенотип, засухоустойчивость, вододефицит, морфо-физиологические признаки, урожайность, качество волокна, доминантность, генетическая дисперсия, селекция Abstract. This study is devoted to the study of the inheritance characteristics of cotton hybrids under conditions of water scarcity. In the study, parental forms belonging to different genotypes, as well as their F4 generation hybrids, were evaluated based on morpho-physiological and economic characteristics under water deficit conditions. Keywords: cotton, gossypium hirsutum, hybrid (F4), heredity, genotype, phenotype, drought resistance, water scarcity, morpho-physiological characteristics, yield, fiber quality, dominance, genetic dispersion, selection
Kirish. Dunyoning pаxtа yetishtiruvchi rivojlаngаn mаmlаkаtlаridа g‘o‘zа o‘simligini pаrvаrishlаshdа tаjrubаli ilg‘or fermer xo’jаliklаri fаn yutuqlаridаn keng foydаlаngаn holdа tolа sifаti yuqori bo‘lgаn pаxtа hosili yetishtirishgа kаttа e’tibor qаrаtib kelmoqdаlаr. Chigitni ekish muddаtlаrini to‘g‘ri belgilаsh vа ekish sxemаlаrini tаnlаshdа g‘o‘zа nаvlаrini biologik vа morfologik xususiyаtlаrini, yetishtirilаyotgаn xududning tuproq-iqlim shаroitlаrini hisobgа olish muhimdir. G‘o‘zа o‘simligidаn yuqori vа sifаtli tolа yetishtirishdа hаr bir nаvni morfobiologik xususiyаtlаridаn kelib chiqqаn holdа mintаqаlаr kesimidа mаqbul ekish muddаtlаri, ekish tizimlаri vа ekish usullаrini ishlаb chiqishgа qаrаtilgаn ilmiy tаdqiqotlаr muhim аhаmiyаtgа egаdir. Respublikаmizning 1,0 mln gektаrdаn ziyodroq аsosiy ekin mаydonlаridа chigit ekib pаrvаrish qilib kelinmoqdа. “O‘zbekiston Respublikаsi qishloq xo‘jаligini rivojlаntirishning 2020- 2030 yillаrgа mo‘ljаllаngаn strаtegiyаsidа belgilаngаn vаzifаlаrni аmаlgа oshirish, hаmdа
PQ˗308˗sonli “Pаxtа hosildorligini oshirish, pаxtа yetishtirishdа ilm vа innovаtsiyаlаrni joriy qilishning qo‘shimchа tаshkiliy chorа-tаdbirlаri to‘g‘risidа”1gi qаroridа belgilаngаn vаzifаlаr ijrosini tа’minlаshdа hududlаrgа ekish uchun tаvsiyа etilgаn nаvlаrni mintаqаning tuproq˗iqlim shаroitlаridаn kelib chiqqаn holdа yetishtirish аgrotexnikаlаrini tаkomillаshtirib borish borаsidаgi ilmiy izlаnishlаr olib borish muhim аhаmiyаt kаsb etаdi. [1] Yengil sanoatda foydalaniladigan paxtaning 90% ga yaqini G.hirsutum turi navlari hissasiga to’g’ri keladi. Biroq yetishtiriladigan turlarning yuqori hosildorlik hamda sifati doimiy ravishda oshib borishi sababli abiotik va biotik omillarga chadamliligi odatda oshib bormaydi va hatto pasayishi mumkin [5, 6]. Gʻoza navlarining o‘sish sur’ati, hosildorligi, va ekologik sharoitga moslashuvi hududning qishloq xo‘jalik salohiyatini oshirishda, biologik resurslardan samarali foydalanishda va agroekologik barqarorlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, yangi gʻoza navlarining agrobiologik xususiyatlarini o‘rganish orqali ularning yuqori hosildorlik, sifat va ekologik moslashuv qobiliyati aniqlanadi, bu esa qishloq xo‘jaligi strategiyalarini ishlab chiqishda va amaliy tavsiyalar tayyorlashda asos bo‘lib xizmat qiladi. G.hirsutum L. turi navlarini biotik va abiotik omillarga chidamliligini oshirish uchun uning genetik asosini o’rganish talab etiladi. Buning uchun esa umuman olganda, g’o’zaning yovvoyi turlardan foydalanib madaniy turlar genotipini yaxshilash uchun foydalanish mumkin deb ta’kidlanadi. Smith va Brown xalqaro miqyosda olib borilgan tadqiqotlarda gʻoza navlarining o‘sish sur’ati, hosildorlik va ekologik moslashuvini tahlil qilib, yuqori hosildor navlarni aniqlash va ularni turli iqlim sharoitlariga moslashtirish bo‘yicha tavsiyalar bergan. [2] G‘o‘zada birinchi hosil shoxi qanchalik pastki bo‘g‘imlarda joylashgan bo‘lsa, shunchalik tezpishar bo‘ladi Shuningdek, qanchalik tezpishar bo‘lsa, ko‘sak vazni va 1000 dona chigit og‘irligi shunchalik past bo‘ladi. [3] Tezpishar, serhosil, kasallik va zararkunandalarga chidamli yangi navlarni joriy etish seleksiya ishlarining asosiy vazifasidir. So‘nggi yillarda davlat sinovlari va dastlabki ko‘paytirish uchun berilayotgan navlar ko‘pincha morfologik va qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha yetarli darajada tekislanmaganligi bilan ajralib turadi. Yangi navlar kuchli ifodalangan geterogenlikka ega va parchalanishga uchraydi. Bu yangi navlarni yaratish jarayonida duragaylarning yuqori avlodlarida miqdoriy belgilar bo‘yicha genetik-statistik tahlil usullari yordamida seleksion materialning tekislanganligini baholash mezonlari hanuzgacha qo‘llanilmaganligi bilan izohlanadi. Bundan tashqari, uzoq genomlarni jalb qilgan holda uzoq chatishtirishdan keng foydalanish seleksiya jarayonini uzaytiradi, chunki bu duragaylarning qoldiq geterozigotaligi yuqori avlodlarda kuchli namoyon bo‘ladi.[7] Tadqiqot obyekti sifatida: F4 (Gul. x L 45/573), F4 (Gul. x L-7211), F4 (C-5706 x L-374), F4 (C-5706 x L-7211) duragaylari orasidan o‘rganilayotgan asosiy qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichga ega namunalar tanlab olindi. Tadqiqot uslubi. Tadqiqotlarda G.hirsutum L. turini murakkab va qayta duragaylash natijasida yaratilgan yangi tizmaning asosiy qimmatli xo‘jalik belgilarini matematik statistik tahlillar B.A.Dospexovning [4] « Методика полевого опыта » uslubi hamda Ms Excel dasturi asosida amalga oshirilgan.
Natijalar va munozara. G.hirsutum L. turini chatishtirib, duragay avlodlarini tezpisharligi, mahsuldorligi, ko‘saklar yirikligi, tola chiqimi va sifati yuqoriligi, turli biotik omillarga bardoshliligini tahlillari asosida ko‘p yillik xilma xil seleksion tanlovlar natijasida yaratilgan yangi F4 (Gul. x L 45/573), F4 (Gul. x L-7211), F4 (C-5706 x L-374), F4 (C-5706 x L- 7211) tizmalari yaratildi. Ushbu yangi F4 (Gul. x L 45/573), F4 (Gul. x L-7211), F4 (C-5706 x L- 374), F4 (C-5706 x L-7211) tizmalar paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutini 1-yilgi seleksion ko‘chatzorida vegetatsiya davri, umumiy hosildorligi, bir jona ko‘sak vazni, tola chiqimi va hosildorligi kabi belgilari bo‘yicha o‘rganilgan.
F4 duragay avlodladlarda morfo-xo’jalik belgilari ko’rsatgichlari
№ 1000 O‘sim Tola O‘suv Hosil Ko‘sak Bir dona dona lik chiqi Duragay oilalar davri, shoxi, soni, ko‘sak chigit boyi, mi, kun dona dona vazni, g vazni, sm % g 1 F4 (Gul. x L 45/573) 112 80,5 14,1 15,5 38,1 5,7 119 2 F4 (Gul. x L-7211) 112 81,3 14,1 16,2 38,3 5,7 129 3 F4 (C-5706 x L-374) 111 72,7 15,3 17,8 39,3 6,0 112 4 F4 (C-5706 x L-7211) 110 83,0 14,6 16,4 36,6 6,1 127
Suv tanqisligi sharoitida populyatsiyalar barqarorlanishining genetik-statistik parametrlari, shu jumladan fenotipik va genotipik o‘zgaruvchanlik F4 duragaylarda o’rganildi. Duragaylarining mahsuldorlik, tezpisharlik, tola chiqimi ko‘sak soni, bir dona ko‘sak vazni, 1000 dona chigit vazni belgilari bo‘yicha genotipik va fenotipik o‘zgaruvchanligi tavsiflangan bo’lib, F4 duragaylarida asosiy qimmatli xo‘jalik belgilarining irsiylanish xarakteri aniqlandi. Tadqiqot davomida statistik usullar, vizual kuzatuvlar va taqqoslash metodlari birlashtirilib, gʻoza navlarining o‘sish sur’ati, hosildorligi, urug‘lantirish xususiyatlari va ekologik moslashuv qobiliyati aniqlangan. Ushbu metodlar gʻoza navlarining agrobiologik ko‘rsatkichlarini baholash, ularning ekologik sharoitga moslashuvini o‘rganish va yuqori hosildor navlarni aniqlash imkonini berdi. [7] O‘rganilgan tizmalar o‘simlik boyi bo‘yicha eng yaqshi ko‘rsatkich F4 (C-5706 x L-7211) tizmasi 83,0 sm; tola chiqimi bo‘yicha eng yaqshi ko‘rsatkich 39,3 (C-5706 x L-374) ; 1000 dona chigit vazni bo‘yicha (Gul. x L-7211) o’ilada kuzatildi, Olingan natijalar keying avlod duragaylarining genetik tuzilishini o‘rganish ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu ma’lum darajada seleksiya-urug‘chilik ishlarini optimallashtirishga yordam beradi. Bu natijalar asosida belgilar irsiylanish tipi (dominantlik, oraliq irsiylanish, geterozis holati), genetik dispersiya komponentlari va irsiylik ko‘rsatkichlari aniqlandi. Qurg‘oqchilikka chidamlilik bilan bog‘liq belgilar — barg maydoni, ildiz tizimi rivojlanishi, transpiratsiya intensivligi, hosildorlik va tola sifati — kompleks ravishda tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari suv tanqisligi sharoitiga moslashgan, yuqori hosildor va barqaror gʻoza navlarini yaratishda samarali seleksiya strategiyalarini ishlab chiqish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. [7]
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar7 ta adabiyot
- https://lex.uz/docs O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 – 2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida
- Smith J., Brown L., 2018. Cotton Varieties: Growth, Yield and Adaptation. Journal of Agricultural Science, 10(2), 101–115.
- Жумаев Ф.Х., Абзалов М.Ф., Оразбаева Г., Холов Ё. G.hirsutum L. га мансуб навларда дурагай бўғинларда тезпишарликнинг генотипга боғлиқлиги. Тошкент. -Фан нашриёти. 2005. –Б. 37-40.
- Доспехов Б.А. Методика полевого опыта. –М.: Агропромиздат, 1985. - 351 с
- .Wendel JF, Brubaker CL, Edward PA. Genetic diversity in Gossypium hirsutum and the origin of upland cotton. American Journal of Botany. 1992; 79:1291–1310. 10.1002/j.1537- 2197.1992.tb13734.x - DOI.10.1002/j.1537-2197.1992.tb13734.x
- Iqbal MJ, Reddy OUK, El-Zik KM & Pepper AE. A genetic bottleneck in the evolution under domestication of upland cotton Gossypium hirsutum L. examined using DNA fingerprinting. Theoretical and Applied Genetics. 2001; 103:547–554. 10.1007/PL00002908 - DOI.10.1007/pl00002908
- Стабилизация фенотипической и генотипической изменчивости у некоторых линий хлопчатника (Автореферат) Сейтмусаев Абатбай Идирисович. Ташкент -1993. 3-5 C
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011911
- Nashr sanasi
- 2026-04-07
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.
- Jild
- 1
- Son
- 1
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/1027
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 90–93
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25