Asosiy mazmunga o‘tish

YANGI NAV TIZIMLARINING ASOSIY XO‘JALIK QIMMATLI BELGILARINING QURG‘OQCHILIKKA CHIDAMLILIGI

Allamuratov Erbol Tursynbay ugli1, Nagimetov Orakbay22026

  1. 1tayanch doktarant
  2. 2Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti

Konferensiyalar“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.Jild 1Son 1Sahifa 121–122

Annotatsiya

G‘o‘zaning yangi navlarini yaratish uchun seleksionerlar asosiy xo‘jalik belgilarining genetikasi to‘g‘risida ma‘lumotga ega bo‘lishlari kerak. Ma‘lumotlar shuni ko‘rsatadiki, miqdoriy belgilar turli genlar bilan bog‘liq bo‘lib, ularning ta‘siri atrof-muhit sharoitlari ta‘sirida o‘zgarishi mumkin. Mazkur ishda bizning sharoitimizga yaxshi moslashgan turli yoshdagi gibrid populyatsiyalarni yaratish vazifasi qo‘yilgan. Eng yaxshi seleksiya materiallari keyinchalik tegishli ko‘chatzorlarda sinab ko‘rish va bizning ekstremal sharoitlarimizga chidamli yangi nav raqamlarini yaratish uchun seleksionerlarga beriladi.

Boshqa tillarda

ruschaЗасухоустойчивость основных экономических ценностей новых сортов

Для создания новых сортов хлопка селекционерам необходима информация о генетике основных экономических признаков. Данные показывают, что количественные признаки связаны с различными генами, эффект которых может меняться под влиянием условий окружающей среды. Задача данной работы — создание гибридных популяций разного возраста, хорошо адаптированных к нашим условиям. Лучший селекционный материал будет затем передан селекционерам для тестирования в соответствующих питомниках и для создания новых сортов, устойчивых к нашим экстремальным условиям.

inglizchaDROUGHT TOLERANCE OF THE MAIN ECONOMIC VALUES OF NEW VARIETIES

To create new varieties of cotton, breeders need to have information about the genetics of the main economic traits. The data show that quantitative traits are associated with different genes, the effect of which can change under the influence of environmental conditions. The task of this work is to create hybrid populations of different ages that are well adapted to our conditions. The best selection material will then be given to breeders for testing in appropriate nurseries and for creating new varietal numbers that are resistant to our extreme conditions.

Kalit so‘zlar

  • Nav
  • tizma
  • duragay
  • chigit
  • qurg‘oqchilik
  • variatsiya
  • tezpisharlik
  • tola chiqimi
  • tola uzunligi
  • namuna

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

УДК: 633.51;631.523 YANGI NAV TIZIMLARINING ASOSIY XO‘JALIK QIMMATLI BELGILARINING QURG‘OQCHILIKKA CHIDAMLILIGI Allamuratov Erbol Tursınbay ulı1 tayanch doktarant Tel: [telefon raqami yashirilgan] Nagimetov Oraqbay2, q.x.f.n., k.i.x. Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti Tel: [telefon raqami yashirilgan] https://doi.org/10.5281/zenodo.19239975 Annotatsiya. G‘o‘zaning yangi navlarini yaratish uchun seleksionerlar asosiy xo‘jalik belgilarining genetikasi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lishlari kerak. Ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, miqdoriy belgilar turli genlar bilan bog‘liq bo‘lib, ularning ta’siri atrof-muhit sharoitlari ta’sirida o‘zgarishi mumkin. Mazkur ishda bizning sharoitimizga yaxshi moslashgan turli yoshdagi gibrid populyatsiyalarni yaratish vazifasi qo‘yilgan. Eng yaxshi seleksiya materiallari keyinchalik tegishli ko‘chatzorlarda sinab ko‘rish va bizning ekstremal sharoitlarimizga chidamli yangi nav raqamlarini yaratish uchun seleksionerlarga beriladi. Kalit so‘zlar. Nav, tizma, duragay, chigit, qurg‘oqchilik, variatsiya, tezpisharlik, tola chiqimi, tola uzunligi, namuna. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini barqaror rivojlantirishni ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu, birinchi navbatda, erta pishadigan, qurg‘oqchilikka va tuzga chidamli, ekologik va iqtisodiy jihatdan foydali ekinlarni yaratish zarurligini ta’kidlaydi. Tadqiqot o‘rta sho‘rlangan va sun’iy qurg‘oqchil fonlarda tadqiqot ishlarining metodologiyasi va sxemasiga muvofiq amalga oshirildi. Tadqiqotning maqsadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy sharoitida tuproq namligi tanqisligiga qarab nisbiy o‘zgaruvchanlik darajasiga ega bo‘lgan g‘oza tizmalarining reaksiya tezligini o‘rganishdan iborat. Tadqiqotning vazifalari: - duragaylarning namlik yetishmasligiga qarab genetik parametrlarining o‘zgaruvchanlik darajasiga ko‘ra manba materialini baholash: - asosiy xo‘jalik qimmatli belgilariga ko‘ra F4 va F5 tizmalarining transgressiv tarqalish tabiatini aniqlash, xususiyatlarining o‘zgarish diapazonini taxlil qilish. Yergabulov J. O. Nagimetov, J. Abdurasuliyeva nav va liniyalarning qurg‘oqchilikka nisbatan turlicha genotipik munosabatda bo‘lishini va qurg‘oqchil agrofonda miqdoriy qimmatli belgilarning o‘zgaruvchanligi nav namunasining genotipik salohiyatiga va uning suv stressiga bo‘lgan munosabatiga bog‘liqligini ta’kidlaydilar [1]. Qishloq xo‘jaligi o‘simliklarining qurg‘oqchilikka chidamliligi murakkab fiziologikbiokimyoviy xususiyat bo‘lib, u yoki bu turdagi o‘simlikning genotipiga bog‘liq. A. Dadabayev va N.G. Simongulyan (1969) ma’lumotlariga ko‘ra, G. Arboreum va G. Herbaceum turidagi g‘o‘za navlari qurg‘oqchilikka yuqori chidamlilikka ega [2]. Tkachuk Ye.S. (1986) o‘simliklarning suv iste’moli koeffitsiyenti qiymatini o‘g‘itlash yordamida boshqarish mumkinligini yozadi, bu esa ko‘p jihatdan o‘simliklarning suv rejimiga javob reaksiyasi xususiyatini belgilaydi [3].

Bugungi kunga kelib, navlarning ekstremal sharoitlarga yoki o‘ziga xos cheklovchi ekologik omillarga (namlik yetishmasligi va tuproq sho‘rlanishi) moslashish xususiyatlari kam o‘rganilgan. O‘simliklar va organizmlarning qurg‘oqchilikka chidamliligi mohiyatini tushunish uchun qurg‘oqchilikka qarshi kurash usullari va usullarini ishlab chiqish kerak. Bu muammo Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi uchun o‘ta dolzarb, murakkab va muhim ahamiyatga ega. Institut tajriba xo‘jaligida qurg‘oqchilikning g‘o‘za duragaylarida qimmatli xo‘jalik belgilarining shakllanishiga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha tajribalar sun’iy qurg‘oqchil agrofonda o‘tkazildi. Paxta gullash davrida 0-1-0 sug‘orish sxemasi bo‘yicha tajriba maydonida bir marotaba sug‘orish amalga oshirildi. Natiyjalar. To‘rtinchi va beshinchi avlodlarda o‘rganilgan duragaylarida vegetatsiya davrining davomiyligi andoza navga qaraganda o‘rtacha 2-9 kunga qisqaroq ekanligi kuzatildi. F4 (Mehr xGazina), (Chimboy -3010 X Gazina), (Mehr X Mehnat), (Mehnat x Chimboy-3010 va F5 (Namangan-77xZeta-2), (C-4727 x Bolqon), (Namangan-77 x Andijon-21) duragaylari o‘rganilgan boshqa duragaylarga qaraganda suv omiliga nisbatan sezuvchanligi past bo‘lganligi aniqlandi. Qurg‘oqchil agrofonda turli yoshdagi o‘rganilgan duragaylarda suv rejimining tola hosildorligini shakllantirishga ta’siri har xil va o‘simliklarning genotipik reaksiyasiga bog‘liqligini ko‘rish mumkun. Olingan ma’lumotlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, tolaning uzunligiga tuproqdagi namlik yetishmasligi juda kuchli ta’sir qiladi. Bundoy xolat F4 (Mehr x Mehnat), (Chimboy-3010 х Mehr), (Mehnat x Chimboy-3010), (Mehnat x L-152) va F5 (C-4727 x Balkan), (Chimboy-3104 x Andijan-21), (Namangan-77 x Andijan-21) tizmalarida kuzatildi. Suv stressi F4–F5 g‘o‘za tizmalarining tola uzunligini shakllantirishga kuchli ta’sir qiladi. F4 (Gazina x Mehnat), (L-152 xMehr), (Mehnat x Chimboy-3010), (L-152 X Mehr) va (Gazina x L-152) va F5 (Chimboy-4104 h Yulduz), (Chimboy-3104 х Andijan-21) va (C-4727x Balkan) tizmalar o‘rtasida tola uzunligining suv ta’siriga nisbatan eng solishtirma o‘zgaruvchanligi ko‘rsatilgan. Oddiy va sun’iy qurg‘oqchil fonida «yarim bo‘lish» usuli bilan o‘rganilgan oilalar, asosiy xo‘jalik qimmatli xususiyatlarning o‘zgarishi oralig‘i va o‘zgaruvchanlik koyeffitsiyentida teng bo‘lmagan o‘zgaruvchanlikni ko‘rsatdi. Qurg‘oqchilik fonida F5 (C-4727 х Balkan), (Namangan-77 x Andijan-21), (Yulduz х Andijan- 21) va (C-4727 х Balkan) tizmalari qurg‘oqchilikka yaxshi moslashish qobiliyatiga ega bo‘lgan miqdoriy tasniflari bo‘yicha qiyosiy farqga ega bo‘lgan qurg‘oqchilikka chidamli navlarni yaratish uchun juda qimmatlidir. Foydali belgilar majmuasi bo‘lgan tizmalarni seleksiya jarayonida foydalanish o‘z natijasini beradi. Qurg‘oqchil agrofonning g‘o‘za tizmalarining asosiy belgi xususiyatlarini shakllantirishga ta’sirini o‘rganib, shuni ta’kidlaymizki, turli yoshdagi gibrid kombinatsiyalar qurg‘oqchilikka turli xil genotipik reaksiyalarga ega, ularning genotipik potensialiga va uning suv stressining ta’siriga bog‘liq ekanligi aniqlandi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar3 ta adabiyot

  1. Yergabulov J., Abdurasuliyeva J. "Suv tanqisligiga chidamli duragaylar olish. Nukus 2002.
  2. Simongulyan N.G. Problema skorospelosti v seleksii xlopchatnika. T.Fan, 1971 s. 221.
  3. 3.Tkachuk Ye.S. "Fiziologiya vodopotrebleniya pri optimizatsii mineralnogo

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011920
Nashr sanasi
2026-04-07
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.
Jild
1
Son
1
DOI
10.66073/refocus-conf/1036
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
121–122
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25