QORAQALPOG‘ISTON SHAROITIDA BAHORGI BUG‘DOYNING SHO‘RGA CHIDAMLI VA TEZPISHAR NAVLARINI YARATISHNING ILMIY ASOSLARI
Tursymuratova Gozzal MuratbaevnaDon va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi stajer-tadqiqotchisi2026
Konferensiyalar“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.Jild 1Son 1Sahifa 66–68
Annotatsiya
Mazkur tezisda Qoraqalpog‘iston Respublikasining sho‘rlangan va qurg‘oqchil tuproq-iqlim sharoitida bahorgi bug‘doy seleksiyasining dolzarb masalalari yoritilgan. Boshlang‘ich seleksiya materiallarini tanlash, ularni baholash va yuqori hosildor, sho‘rga chidamli hamda tezpishar navlar yaratishda dunyo tajribasidan foydalanish yo‘llari tahlil qilindi.
Boshqa tillarda
ruschaНАУЧНЫЕ ОСНОВЫ СОЗДАНИЯ СОЛЕУСТОЙЧИВЫХ И РАННЕСПЕЛЫХ СОРТОВ ЯРОВОЙ ПШЕНИЦЫ В УСЛОВИЯХ КАРАКАЛПАКСТАНА
В данной диссертации рассматриваются актуальные проблемы селекции яровой пшеницы в засоленных и засушливых почвенно-климатических условиях Республики Каракалпакстан. Анализируются методы отбора первичного селекционного материала, его оценка, а также использование мирового опыта в создании высокоурожайных, солеустойчивых и скороспелых сортов.
inglizchaSCIENTIFIC BASIS OF CREATING SALT-TOLERANT AND EARLY-MATURING SPRING WHEAT VARIETIES IN THE CONDITIONS OF KARAKALPAKSTAN
This thesis covers the current issues of spring wheat breeding in the saline and arid soil-climatic conditions of the Republic of Karakalpakstan. The methods of selecting primary breeding materials, their evaluation, and using world experience in creating high-yielding, salt-resistant, and early-maturing varieties are analyzed.
Kalit so‘zlar
- bahorgi bug‘doy
- seleksiya
- sho‘rga chidamlilik
- genofond
- boshlang‘ich namuna
- hosildorlik
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
QORAQALPOGʻISTON SHAROITIDA BAHORGI BUGʻDOYNING SHOʻRGA CHIDAMLI VA TEZPISHAR NAVLARINI YARATISHNING ILMIY ASOSLARI
Tursımuratova Gózzal Muratbaevna Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi stajer-tadqiqotchisi Tel: [telefon raqami yashirilgan] e-mail: aman0206882020@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.19239238 Annotatsiya. Mazkur tezisda Qoraqalpogʻiston Respublikasining shoʻrlangan va qurgʻoqchil tuproq-iqlim sharoitida bahorgi bugʻdoy seleksiyasining dolzarb masalalari yoritilgan. Boshlangʻich seleksiya materiallarini tanlash, ularni baholash va yuqori hosildor, shoʻrga chidamli hamda tezpishar navlar yaratishda dunyo tajribasidan foydalanish yoʻllari tahlil qilindi. Kalit soʻzlar: bahorgi bugʻdoy, seleksiya, shoʻrga chidamlilik, genofond, boshlangʻich namuna, hosildorlik. Аннотация. В данном тезисе освещены актуальные вопросы селекции яровой пшеницы в засоленных и засушливых почвенно-климатических условиях Республики Каракалпакстан. Проанализированы пути отбора исходных селекционных материалов, их оценки и использования мирового опыта в создании высокоурожайных, солеустойчивых и скороспелых сортов. Ключевые слова: яровая пшеница, селекция, солеустойчивость, генофонд, исходная проба, урожайность. Abstract. This thesis highlights the current issues of spring wheat breeding in the saline and arid soil and climatic conditions of the Republic of Karakalpakstan. Ways of using world experience in the selection of initial breeding materials, their evaluation, and the creation of highyielding, salt-tolerant, and early-ripening varieties were analyzed. Keywords: spring wheat, selection, salt tolerance, gene pool, initial sample, yield. Kirish.Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida tuproqlarning yuqori darajada shoʻrlanishi, suv tanqisligi va keskin kontinental iqlim sharoiti qishloq xoʻjaligi ekinlaridan barqaror hosil olishni qiyinlashtirmoqda. Ayniqsa, bugʻdoy yetishtirishda ekologik stress omillari asosiy cheklovchi faktor hisoblanadi. Bugʻdoy dunyo miqyosida asosiy oziq-ovqat ekini bo‘lib, u global miqyosda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda muhim ahamiyatga ega. Xususan, Food and Agriculture Organization (FAO) maʼlumotlariga koʻra, bugʻdoy insoniyat isteʼmol qiladigan don mahsulotlarining asosiy qismini tashkil etadi. Orolboʻyi mintaqasida iqlim oʻzgarishi natijasida bugʻlanish darajasi ortib, yer osti suvlari sathi koʻtarilishi tuproqning ikkilamchi shoʻrlanishiga olib kelmoqda. Bahorgi bugʻdoy uchun vegetatsiya davrining qisqaligi va issiq garmsellarning erta boshlanishi asosiy xavf hisoblanadi. Shu sababli, tezpishar va galofit (shoʻrga chidamli) genotiplarni yaratish oziq-ovqat xavfsizligi uchun strategik ahamiyatga ega. Ma’lumotlarga ko‘ra, Qoraqalpogʻiston Respublikasida sug‘oriladigan yerlarning katta qismi kuchsiz, o‘rtacha va kuchli sho‘rlangan bo‘lib, bu esa bug‘doy hosildorligi va don sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, mintaqa sharoitiga moslashgan, shoʻrga chidamli, yuqori hosildor va tezpishar bahorgi bugʻdoy navlarini yaratish seleksiya ishlarining ustuvor yoʻnalishidir.
Bugʻdoy seleksiyasi boʻyicha xalqaro tajriba asosan genetik xilma-xillikdan samarali foydalanish, seleksiya va stressga chidamlilikni oshirishga qaratilgan. Materiallar va uslublar.International Maize and Wheat Improvement Center (CIMMYT, Meksika) tomonidan yaratilgan bugʻdoy navlari qurgʻoqchilik va shoʻrlanishga chidamliligi bilan ajralib turadi. Ushbu markaz tomonidan ishlab chiqilgan genetik liniyalar Markaziy Osiyo davlatlarida muvaffaqiyatli sinovdan oʻtgan. International Center for Agricultural Research in the Dry Areas (ICARDA) esa qurgʻoqchil hududlar uchun mos navlar yaratishda yetakchi hisoblanadi. ICARDA seleksionerlari tomonidan tuzga chidamli genotiplar ajratib olinib, ular mintaqaviy dasturlarga tavsiya etilgan. Isroil, Avstraliya va Hindiston kabi davlatlarda shoʻrlangan tuproqlarda hosildorlikni saqlab qolish uchun fiziologik va molekulyar seleksiya usullari qoʻllanilmoqda. Masalan, Israel tajribasida tomchilatib sugʻorish bilan birga tuzga chidamli navlarni qoʻllash orqali hosildorlik barqarorligi taʼminlangan. Australiada esa qurgʻoqchilik va shoʻrga chidamli genotiplar uzoq muddatli dala tajribalari asosida tanlab olinadi. Bahorgi bugʻdoy seleksiyasida boshlangʻich material sifatida: − mahalliy navlar; − introduksiya qilingan xorijiy navlar; − gibrid kombinatsiyalar; − xalqaro markazlardan olingan liniyalar qoʻllaniladi. Boshlangʻich namunalarni baholashda quyidagi ko‘rsatkichlar muhim: 1. Vegetatsiya davri davomiyligi (tezpisharlik); 2. Shoʻrga chidamlilik darajasi; 3. Hosildorlik va 1000 dona don vazni; 4. Kasalliklarga chidamlilik; Natija va munozara.Sho‘rlanish o‘simlik organizmida osmotik stressni keltirib chiqarib, suv almashinuvini buzadi va fotosintez intensivligini pasaytiradi. Shu bois sho‘rga chidamli navlar yaratishda fiziologik va biokimyoviy belgilarni hisobga olish zarur. Bahorgi bug‘doyning qisqa vegetatsiya davri Orolbo‘yi sharoitida muhim ustunlik hisoblanadi. Chunki yoz oylarida haroratning keskin oshishi don to‘lish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tezpishar namunalar bu salbiy omillardan qisman qochish imkonini beradi. Shuningdek, resurs tejamkor agrotexnologiyalarni qo‘llash sho‘rlanish sharoitida namlikni saqlash va tuproq strukturasini yaxshilashga xizmat qiladi. Olib borilgan tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, tezpishar namunalar 81–83 kunda pishib etilishi, boshoqdagi don soni 39–41 donagacha bo‘lishi, hosildorlik o‘rtacha 25–28 s/ga atrofida bo‘lishi normal hisoblanadi. Shuningdek, o‘simlik bo‘yi 89–96 sm oralig‘ida bo‘lishi, bug‘doy poyasining yotib qolishiga chidamlilik va yig‘im-terim uchun qulaylik yaratadi. Xulosa va tavsiyalar. Qoraqalpogʻiston sharoitida seleksiya ishlarini xalqaro genofond asosida olib borish va xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari (CIMMYT va ICARDA) liniyalari bilan mahalliy navlarni chatishtirish muhim yunalish hisoblanadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasining murakkab agroiqlim sharoitida bahorgi bugʻdoy seleksiyasi strategik ahamiyat kasb etadi. Dunyo tajribasi shuni koʻrsatadiki, xalqaro genofond,
molekulyar seleksiya usullari va adaptiv yondashuvlar asosida yuqori hosildor, shoʻrga chidamli va tezpishar navlar yaratish mumkin.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar4 ta adabiyot
- Food and Agriculture Organization (FAO). 2023. World Food and Agriculture – Statistical Yearbook 2023. Rome: FAO. 45–52-betlar.
- Hasanuzzaman M., Nahar K., Alam M.M. 2017. “Salinity stress tolerance in wheat: physiological and molecular mechanisms.” Plants, Vol. 6, No.2. 1–25-betlar.
- Oyiga B.C., Sharma R.C., Baum M. 2019. “Identification of salt tolerant wheat genotypes.” Euphytica, Vol. 215, Article 20. 1–15-betlar.
- Yuldashev T., Mavlyanov D., Ruziev F. 2023. “Productivity and adaptation of spring wheat varieties under saline soils of Uzbekistan.” Agro Ilm, №2. 37–42-betlar.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011905
- Nashr sanasi
- 2026-04-07
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.
- Jild
- 1
- Son
- 1
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/1020
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 66–68
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25