YUMSHOQ BUG‘DOYNING F1 DURAGAY AVLODIDA ASOSIY BOSHOQDAGI DONLAR SONINING IRSIYLANISHI
Ochilov Zafar Abdullayevich1, Juraev Mamatkul Abdurakhmonovich2, Mamarakhimov Bunyod Ikromovich.2026
- 1Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
- 2Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti
Konferensiyalar“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.Jild 1Son 1Sahifa 78–81
Annotatsiya
Bila opredelena stepen dominirovaniya otobrannix roditelskix form v nasledovanii kolichestva zeren v glavnom kolose v gibridnom pokolenii F1 obiknovennoy pshenitsi, i rekomendovani sorta i linii s visokim indeksom dominirovaniya dlya ispolzovaniya v kachestve roditelskix form pri sozdanii visokourojaynix sortov obiknovennoy pshenitsi.
Boshqa tillarda
ruschaНАСЛЕДОВАНИЕ КОЛИЧЕСТВА ЗЕРЕН В ГЛАВНОМ КОЛОСЕ В ГИБРИДНОМ ПОКОЛЕНИИ F1 МЯГКОЙ ПШЕНИЦЫ
The degree of dominance of selected parental forms in the inheritance of the number of grains in the main spike in the F1 hybrid generation of common wheat was determined, and varieties and lines with a high dominance index were recommended for use as parental forms in the creation of high-yielding common wheat varieties.
inglizchaINHERITANCE OF THE NUMBER OF GRAINS IN THE MAIN HEAD IN THE F1 HYBRID GENERATION OF COMMON WHEAT
Yumshoq bug‘doyning F1 duragay avlodida asosiy boshoqdagi donlar sonining irsiylanishida tanlab olingan ota-ona formalarining dominantlik darajasi aniqlangan hamda yuqori dominantlik ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan nav va tizmalar yuqori hosilli yumshoq bug‘doy navlarini yaratishda ota-ona formalari sifatida foydalanishga tavsiya etildi.
Kalit so‘zlar
- yumshoq bug‘doy F1 duragay avlodi
- duragay kombinatsiya
- asosiy boshoqdagi don soni
- irsiylanish
- dominantlik
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
UO‘T: 633.11; 631.52. YUMSHOQ BUG‘DOYNING F1 DURAGAY AVLODIDA ASOSIY BOSHOQDAGI DONLAR SONINING IRSIYLANISHI
Ochilov Zafar Abdullayevich., Juraev Mamatqul Abdurahmonovich., Mamarahimov Bunyod Ikromovich. Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti. E-mail: zafarochilov827@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.19239626 Annotatsiya. Yumshoq bug‘doyning F1 duragay avlodida asosiy boshoqdagi donlar sonining irsiylanishida tanlab olingan ota-ona formalarining dominantlik darajasi aniqlangan hamda yuqori dominantlik ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan nav va tizmalar yuqori hosilli yumshoq bug‘doy navlarini yaratishda ota-ona formalari sifatida foydalanishga tavsiya etildi. Kalit so‘zlar. Yumshoq bug‘doy Ғ1 duragay avlodi, duragay kombinatsiya, asosiy boshoqdagi don soni, irsiylanish, dominantlik. Аннотация. Определена степень доминантности выбранных родительских форм в наследовании количества зерен в основном колосе в гибридном поколении F1 мягкой пшеницы, а также сорта и линии с высоким показателем доминантности рекомендованы для использования в качестве родительских форм при создании высокоурожайных сортов мягкой пшеницы. Ключевые слова. Мягкая пшеница, гибридное поколение Ғ1, гибридная комбинация, количество зерен в основном колосе, наследование, доминантность. Abstract. The degree of dominance of the selected parental forms in the inheritance of the number of grains in the main spike in the F1 hybrid generation of soft wheat was determined, and varieties and lines with a high indicator of dominance were recommended for use as parental forms in the creation of high-yielding soft wheat varieties. Keywords. Soft wheat F1 hybrid generation, hybrid combination, number of grains in the main spike, inheritance, dominance.
Kirish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasi” ning 3.3 bandida Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish: Qishloq xo‘jalik ekinlarining yangi seleksiya navlarini hamda yuqori mahsuldorlikka ega, kasallik va zararkunandalarga, mahalliy tuproq-iqlim va ekologik sharoitlarga moslashgan ekin turlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish lozimligi ta’kidlangan [1]. Kuzgi boshoqli don ekinlari hosilining shakllanishida boshoq uzunligi va boshoqdagi boshoqchalar, bitta boshoqdagi donlar soni kabi ko‘rsatkachlar muhim ahamiyat kasb etadi. Hosilni belgilashda eng muhim ko‘rsatkich bu boshoqdagi don soni hisoblanadi. Boshoqdagi don soniga qarab namunalar tanlanadigan bo‘lsa, sermahsul namunalarni tanlab olish imkoniyati ancha oshadi. Bu ko‘rsatkich navning genetik imkoniyatlariga hamda o‘simlik o‘stiriladigan tashqi muhit omillariga bog‘liqdir. Bir boshoqdagi don soni 10 tadan 50 tagacha va undan ko‘p bo‘lishi mumkin [2]. Boshoqdagi don soni irsiyatga bog‘liq bo‘lib, bu komponent bo‘yicha tanlash ishlarini olib borish samarali bo‘ladi [3]. Yuqori hosil olish uchun faqat ko‘p marotaba sug‘orish yoki o‘g‘it berish bilan emas, balki aniq tabiiy iqlim-sharoitiga mos bo‘lgan navni tanlash orqali ham erishish mumkin. Donli
ekinlarning mahsuldor tuplanishga, boshoqdagi don soniga, 1000 dona don vazniga, o‘simlik o‘stiriladigan agrofon yoki bitta hududdagi joyning rel'efi ham ta'sir etish mumkin. Hosildorlikning sezilarli darajada turlicha bo‘lish jarayoni har xil yangi genlarning aralash manbalariga bog‘liq bo‘ladi va hosildorlikni belgilaydigan yangi genlarni baholashga imkoniyat yaratadi M.P.Reynolds [4]. Tadqiqotning maqsadi. Yuyumshoq bug‘doyning issiqlikka, qurg‘oqchilikka, kasallikka chidamli, don sifati yuqori bo‘lgan nav namunalarini o‘rganish va tanlash hamda mahalliy navlar bilan chatishtirib yuqori hosilli navlar yaratish. Tadqiqot obekti va uslublari. Ilmiy tadqiqot ishlari Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti tajriba dalasining lalmikor maydonlarida 2024-2025 yillarda olib borildi. Tadqiqot ob’ekti sifatida Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida yaratilgan yumshoq bug‘doy nav va tizmalari, Respublikada ekib kelinayotgan, rayonlashgan yumshoq bug‘doy navlari va ICARDA xalqaro ilmiy tashkilotining jaxon kolleksiyasidan olingan yumshoq bug‘doy nav va namunalaridan foydalanildi. Birinchi avlod bo‘g‘ini (Ғ1) maydoniga yumshoq bug‘doyning 16 ta duragay urug‘lari otaona formalari bilan birgalikda, 1,5 m uzunlikda, qator orasi 25 sm qilib qo‘lda ekildi. Ekish muddati mintaqa uchun maqbul bo‘lgan oktyabr oyining ikkinchi o‘n kunligida o‘tkazildi. Fenologik kuzatuvlarda asosiy davrlar (unib chiqish, tuplash, naychalash, boshoqlash, sut, mum, to‘liq pishish) dala sharoitida Rossiya o‘simlikshunoslik instituti tomonidan ishlab chiqilgan Xalqaro klassifikator (SEV Tritikum turi, 1984) uslubiy qo‘llanmasidan foydalanildi. Bug‘doy boshoqlarini bichish umum qabul qilingan Yurev va boshqalar (1950) usulida, changlatish CIMMYT xalqaro markazida ishlab chiqilgan Tvel usulda olib borildi (Merejko va boshqalar 1973). Biometrik o‘lchash (o‘simlik bo‘yi, mahsuldor tup soni, boshoq uzunligi, 1 ta boshoqdagi don soni, 1000 ta don vazni, 1 m2 dan olingan hosil) Qishloq xo‘jalik ekinlari Davlat nav sinash komissiyasining uslubi bo‘yicha (1986) tahlil qilindi. Tadqiqotda dominantlik darajasi P.Petr, K.Frey (1966) formulasi asosida aniqlanildi. Nr=(F1-MR)/(NR-MR) Nr -irsiylanish ko‘rsatkichi; F1-duragay o‘simliklar o‘rtacha ko‘rsatkichi; MR o‘rt –ikki ota-ona formaning o‘rtacha arifmetik ko‘rsatkichi; Nr yaxshi –eng yaxshi ota yoki ona formasining o‘rtacha arifmetik ko‘rsatkichi; Nr <0 bo‘lsa, salbiy dominantlilik; Nr =0 bo‘lsa, dominantlilik kuzatilmaydi; Nr >-1 bo‘lsa, qisman dominantlik; Nr >1 bo‘lsa, yuqori dominantlik kuzatiladi. Tadqiqot natijalari. Navlar o‘rtasida duragaylashda asosiy boshoqdagi donlar soni 52 donadan 69 donagacha bo‘lgan nav namuna va tizmalardan foydalanildi. Yumshoq bug‘doyning 12 ta duragay kombinatsiyada o‘tkazilgan tadqiqot natijalarida F1 avlodida ota-ona formalarining asosiy boshoqdagi donlar soni ko‘rsatkichi bo‘yicha og‘ish darajasi aniqlanildi (jadval-1).
Bunga ko‘ra, 9 ta duragay kombinatsiyada (♀Pfau/Milan x ♂Qizil sharq, ♀Pfau/Milan x ♂Sug‘diyona, ♀№66 Kauz x ♂Qizil sharq, ♀№66 Kauz x ♂Sanzar-6, ♀Attila x ♂Oq bug‘doy, ♀Attila x ♂Bahodir, ♀Attila x ♂2012/210, ♀Tezpishar x ♂DNS 2013/5, ♀Seri.1B/Flag-2 x ♂DNS 2015/3) irsiylanish darajasi +1 dan yuqori (Nr>1) yuqori dominantlik, 1 ta duragay kombinatsiyada (♀Attila x ♂Tezpishar) irsiylanish darajasi 0 dan +1 gacha (belgining asosiy boshoqdagi donlar soni yuqori bo‘lgan ota-ona navi tomonga og‘ishi), 2 ta duragay kombinatsiyada (♀Pfau/Milan x ♂Tezpishar, ♀Tezpishar x ♂Eritrospermum-40) irsiylanish darajasi -1 dan yuqori (Nr>-1) qisman dominantlik kuzatildi.
Jadval-1. Yumshoq bug‘doyning Ғ1 duragay bo‘g‘ini va ota-ona o‘simliklarining asosiy boshoqdagi donlar soni, irsiylanish ko‘rsatkichi. Asosiy boshoqdagi donlar soni, dona Irsiylanish № Duragaylar nomi farqi ko‘rsatkichi ♀ Ғ1 ♂ ♀ ♂ (Nr) 1 ♀Pfau/Milan x ♂Tezpishar 56 50 62 6 12 -3 2 ♀Pfau/Milan x ♂Qizil sharq 58 69 65 -11 -4 2,1 3 ♀Pfau/Milan x ♂Sug‘diyona 62 71 66 -9 -5 3,5 4 ♀№66 Kauz x ♂Qizil sharq 57 73 68 -16 -5 1,9 5 ♀№66 Kauz x ♂Sanzar-6 55 67 63 -12 -4 2 6 ♀Attila x ♂Oq bug‘doy 61 67 64 -6 -3 3 7 ♀Attila x ♂Bahodir 59 75 68 -21 -7 2 8 ♀Attila x ♂2012/210 54 73 66 -19 -7 2,1 9 ♀Tezpishar x ♂Eritrospermum-40 60 48 66 12 18 -5 10 ♀Tezpishar x ♂DNS 2013/5 61 74 67 -13 -7 3,3 11 ♀Attila x ♂Tezpishar 52 67 69 -15 2 0,7 12 ♀Seri.1B/Flag-2 x ♂ DNS 2015/3 62 66 63 -4 -3 7 Xulosa. Olingan natijalariga ko‘ra ♀Pfau/Milan x ♂Qizil sharq, ♀Pfau/Milan x ♂Sug‘diyona, ♀№66 Kauz x ♂Sanzar-6, ♀Attila x ♂Oq bug‘doy, ♀Attila x ♂Bahodir, ♀Attila x ♂2012/210, ♀Tezpishar x ♂DNS 2013/5, ♀Seri.1B/Flag-2 x ♂DNS 2015/3 nav va tizmalari F1 duragay avlodida asosiy boshoqdagi donlar sonining irsiylanishi bo‘yicha yuqori dominantlikka ega ekanligi aniqlandi. Ushbu nav va tizmalar yumshoq bug‘doyning yuqori hosilli navlarni duragaylash yo‘li bilan yaratishda ota-ona formalari sifatida foydalanishga tavsiya etiladi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar4 ta adabiyot
- Sh.M.Mirziyoev «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni/ Rasmiy nashr/ O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. – Toshkent: «Adolat», 2018 y. – 112 b.
- Мамонтов В.Н. «Сорта яровой пшеницы и методы их вуведения. Генетика», 1996 №10 стр. 21. mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya
- Beknazarov N., Katkova R.O. Создание и достоинство сортов пшеницы для богары / Селекция и семеноводство зерновыx, зернобобовыx и кормовыx култур.–Ташкент, 1983.-S. 46-49.
- Reynolds M.P., K.D.Sayre. and R.A.Fishser «Yield potential in modern varieties: Its association with a less competitive ideotyope. Field Crops. Res. 37. 1994. r-49-160.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011908
- Nashr sanasi
- 2026-04-07
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.
- Jild
- 1
- Son
- 1
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/1024
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 78–81
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25