IQLIM O‘ZGARISHI VA SUV TANQISLIGI SHAROITIDA SHIMOLIY MINTAQALARDA ISTIQBOLLI SHOLI GENOTIPLARINI TANLASH ASOSLARI
Kamalov Miyirbek Murat oglu1, Utambetov Duysenbay Usnatdinovich2, Kalibaeva Aigerim Shaken‘s kizi3, Tlewmbetova Shashsanem Mahmud kizi42026
- 1Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi
- 2q.x.f.f.d. Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi
- 3O‘simliklar genetik resurslari ilmiy tadqiqot instituti tayanch doktaranti
- 4Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti magistranti
Konferensiyalar“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.Jild 1Son 1Sahifa 94–97
Annotatsiya
Iqlim o‘zgarishi va suv tanqisligi sharoitida shimoliy mintaqalarda sholi seleksiyasini takomillashtirish dolzarb masalalardan biridir. Tadqiqotda Qoraqalpog‘iston sharoitida kolleksiya ko‘chatzorida o‘rganilgan namunalarning xo‘jalik jihatdan qimmatli belgilariga qiyosiy baho berildi. Natijalar Gulistan standart navi bilan solishtirildi. D-294(D-120)(D-30) namunasi bir o‘simlik mahsuldorligi (10,2 g), D-180, D-289, D-182 kombinatsiyasi esa ro‘vakdagi donlar soni (96 dona) va guruch shaffofligi (90 %) bo‘yicha ustunlik ko‘rsatdi. Ayrim genotiplar standart navdan yuqori hosildorlik komponentlariga ega ekanligi aniqlanib, keyingi bosqich seleksiya sinovlariga tavsiya etildi.
Boshqa tillarda
ruschaОСНОВА ДЛЯ ОТБОРА ПЕРСПЕКТИВНЫХ ГЕНОТИПА РИСА В СЕВЕРНЫХ РЕГИОНАХ В УСЛОВИЯХ ИЗМЕНЕНИЯ КЛИМАТА И НЕДОСТАТКА ВОДЫ
Улучшение селекции риса в северных регионах в условиях изменения климата и нехватки воды является одной из актуальных задач. В исследовании была проведена сравнительная оценка экономически ценных признаков образцов, изученных в питомнике в условиях Каракалпакстана. Результаты сравнивались со стандартным сортом «Гулистан». Образец D-294(D-120)(D-30) показал превосходство по урожайности с растения (10,2 г), в то время как комбинация D-180, D-289, D-182 показала превосходство по количеству зерен на метелке (96 зерен) и прозрачности риса (90%). Было установлено, что некоторые генотипы имеют более высокие компоненты урожайности, чем стандартный сорт, и были рекомендованы для следующего этапа селекционных испытаний.
inglizchaBASIS FOR SELECTING PROMISING RICE GENOTYPES IN NORTHERN REGIONS UNDER CLIMATE CHANGE AND WATER SHORTAGE CONDITIONS
Improving rice breeding in the northern regions in the conditions of climate change and water shortage is one of the urgent issues. The study provided a comparative assessment of the economically valuable traits of the samples studied in the collection nursery in the conditions of Karakalpakstan. The results were compared with the standard variety Gulistan. The sample D-294(D-120)(D-30) showed superiority in terms of productivity per plant (10.2 g), while the combination of D-180, D-289, D-182 showed superiority in terms of the number of grains per panicle (96 grains) and rice transparency (90%). It was found that some genotypes have higher yield components than the standard variety and were recommended for the next stage of selection trials.
Kalit so‘zlar
- sholi
- seleksiya
- genotip
- Gulistan standarti
- mahsuldorlik
- shimoliy mintaqa
- suv tanqisligi
- don sifati
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
UDK: 633.18:631.52:551.583 IQLIM O‘ZGARISHI VA SUV TANQISLIGI SHAROITIDA SHIMOLIY MINTAQALARDA ISTIQBOLLI SHOLI GENOTIPLARINI TANLASH ASOSLARI Kamalov Miyirbek Murat o‘g‘li Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi. Tel: [telefon raqami yashirilgan] e-mail: kamalov.miyirbek@mail.ru. org/ 0009-0002-8294-5405 Utambetov Duysenbay Usnatdinovich q.x.f.f.d. Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi. Tel: [telefon raqami yashirilgan] e-mail:utambetovduysenbay@Npozerno.uz Kalibaeva Aygerim Shaken qizi O‘simliklar genetik resurslari ilmiy tadqiqot instituti tayanch doktaranti Tel: [telefon raqami yashirilgan] e-mail. kalbaevaaygerim@gmail.com Tlewmbetova Shaxsanem Maxmud qizi Qoraqalpog'iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti magistranti Tel: [telefon raqami yashirilgan] e-mai Shaxsanem001@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.19239830 Annotatsiya. Iqlim o‘zgarishi va suv tanqisligi sharoitida shimoliy mintaqalarda sholi seleksiyasini takomillashtirish dolzarb masalalardan biridir. Tadqiqotda Qoraqalpog'iston sharoitida kolleksiya ko‘chatzorida o‘rganilgan namunalarning xo‘jalik jihatdan qimmatli belgilariga qiyosiy baho berildi. Natijalar Gulistan standart navi bilan solishtirildi. D-294(D- 120)(D-30) namunasi bir o‘simlik mahsuldorligi (10,2 g), D-180, D-289, D-182 kombinatsiyasi esa ro‘vakdagi donlar soni (96 dona) va guruch shaffofligi (90 %) bo‘yicha ustunlik ko‘rsatdi. Ayrim genotiplar standart navdan yuqori hosildorlik komponentlariga ega ekanligi aniqlanib, keyingi bosqich seleksiya sinovlariga tavsiya etildi. Kalit so‘zlar. sholi, seleksiya, genotip, Gulistan standarti, mahsuldorlik, shimoliy mintaqa, suv tanqisligi, don sifati. Аннотация. В условиях изменения климата и дефицита воды совершенствование селекции риса в северных регионах приобретает особую актуальность. В исследовании проведена сравнительная оценка хозяйственно ценных признаков образцов риса в условиях Каракалпакстана. Результаты сопоставлены со стандартным сортом Гулистан. Образец D- 294(D-120)(D-30) показал наибольшую продуктивность одного растения (10,2 г), а комбинация D-180, D-289, D-182 — максимальное количество зёрен в метёлке (96 шт.) и высокую прозрачность зерна (90 %). Выявленные генотипы рекомендованы для дальнейшего селекционного испытания. Ключевые слова: рис, селекция, генотип, сорт Гулистан, продуктивность, северный регион, дефицит воды, качество зерна. Abstract. Under conditions of climate change and water scarcity, improving rice cultivation in northern regions has become a priority task. In this study, economically valuable traits of rice accessions were evaluated under the conditions of Karakalpakstan and compared with the Gulistan standard variety. Accession D-294(D-120)(D-30) demonstrated the highest single-plant productivity (10.2 g), while D-180, D-289, D-182 showed the highest number of grains per panicle (96 grains) and high grain transparency (90%). The selected genotypes were recommended for further breeding trials. Key words. rice, collection sample, breeding, yield, 1000-grain weight, panicle length, genotype, donor. Kirish.Iqlim o‘zgarishi, suv resurslarining qisqarishi hamda tuproq sho‘rlanishining kuchayishi shimoliy mintaqalarda qishloq xo‘jaligi barqarorligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, sug‘orishga yuqori talabchan ekinlardan biri bo‘lgan sholi yetishtirishda moslashuvchan
va resurs tejamkor genotiplarni yaratish ustuvor vazifaga aylangan. So‘nggi yillarda global iqlim o‘zgarishi sharoitida sholi seleksiyasining asosiy yo‘nalishlari suvdan samarali foydalanish, stress omillariga chidamlilik va hosildorlik komponentlarini uyg‘unlashtirishga qaratilmoqda [1]. Xalqaro tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, sholi hosildorligi ko‘p jihatdan ro‘vakdagi donlar soni, don yirikligi va mahsuldor tuplanish kabi strukturaviy ko‘rsatkichlarga bog‘liq [2]. Shu bois dastlabki seleksiya bosqichida kolleksiya materiallarini xo‘jalik jihatdan qimmatli belgilar bo‘yicha baholash istiqbolli genotiplarni aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. IRRI metodik tavsiyalariga ko‘ra, dastlabki bosqichda genotiplarni fenotipik baholash va standart nav bilan qiyosiy tahlil qilish seleksiya samaradorligini oshiradi [3]. Qoraqalpog‘iston Respublikasida sholi yetishtirish suv ta’minotiga bevosita bog‘liq bo‘lib, suv tanqisligi sharoitida barqaror navlar yaratish dolzarb ilmiy-amaliy vazifadir. Mahalliy tadqiqotlarda ham sho‘rlanish va suv yetishmovchiligi sharoitida genotiplarning differensial javob reaksiyasi mavjudligi qayd etilgan [4]. Ayrim namunalarda hosildorlik komponentlari bo‘yicha standart navdan ustunlik aniqlangan bo‘lib, ularni keyingi bosqich seleksiya sinovlariga o‘tkazish zarurligi ta’kidlangan [5]. Shu nuqtai nazardan, kolleksiya ko‘chatzorida o‘rganilgan sholi namunalari xo‘jalik jihatdan qimmatli belgilar bo‘yicha qiyosiy baholanishi hamda Gulistan standarti bilan solishtirilishi shimoliy mintaqalarda istiqbolli genotiplarni tanlashning ilmiy asoslarini belgilashga xizmat qiladi. Materiallar va uslublar. Tadqiqot Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi tajriba maydonlarida 2025-yil vegetatsiya mavsumida olib borildi. Kolleksiya ko‘chatzori takrorlanishsiz ekilib, namunalarning dala sharoitida dastlabki seleksion baholash bosqichi amalga oshirildi. Materiallarni dala maydoniga joylashtirish va agrotexnik tadbirlar amaldagi tavsiyalar hamda IRRI (International Rice Research Institute) metodik ko‘rsatmalariga muvofiq bajarildi. Tadqiqot obekti sifatida kolleksiya ko‘chatzoridan tanlab olingan sholi (Oryza sativa L.) namunalari o‘rganildi. Har bir namuna bo‘yicha 10 ta tipik o‘simlik tanlab olinib, quyidagi xo‘jalik jihatdan qimmatli belgilar baholandi. O‘simlik Bo‘yi (SM). Ro‘vak uzunligi (SM). Mahsuldor Tuplanish Soni (Dona). Ro‘vakdagi donlar soni (dona). ro‘vakdagi donlar vazni (g),1000 dona don vazni (g)Guruch Shaffofligi (%), bir o‘simlik mahsuldorligi (g). Fenologik kuzatishlar IRRI Standard Evaluation System (SES) metodikasi asosida olib borildi. Olingan ma’lumotlar arifmetik o‘rtacha qiymat asosida hisoblab chiqildi. Natijalar va munozara. Kolleksiya ko‘chatzorida o‘rganilgan sholi namunalari xo‘jalik jihatdan qimmatli belgilar bo‘yicha sezilarli fenotipik farqlanishni namoyon etdi (1-jadval). O‘simlik bo‘yi 82,1–103,0 sm oralig‘ida qayd etilib, eng baland ko‘rsatkich D-148(D-91)(D-36) otb namunasida (103,0 sm) kuzatildi. Shu bilan birga, D-294(D-120)(D-30) hamda D-180, D-289, D-182 namunalari nisbatan baland o‘sish xususiyati bilan ajralib turdi. Ro‘vak uzunligi 15,2–18,2 sm oralig‘ida o‘zgarib, eng yuqori natija D-294(D-120)(D-30) namunasida (18,2 sm) qayd etildi. Ro‘vakdagi donlar soni 55–96 dona oralig‘ida bo‘lib, eng yuqori ko‘rsatkich D-180, D-289, D-182 kombinatsiyasida (96 dona) aniqlanib, Gulistan standartiga (57 dona) nisbatan sezilarli ustunlik kuzatildi. Mahsuldor tuplanish soni 3,0–3,4 dona oralig‘ida qayd etildi va genotiplar orasida katta tafovut kuzatilmadi. 1000 dona don vazni 30,1–32,1 g diapazonda bo‘lib, ko‘rsatkichlar
barqarorligi kuzatildi. Guruch shaffofligi 79–90 % oralig‘ida aniqlanib, eng yuqori natija D- 180, D-289, D-182 namunasida qayd etildi. Bir o‘simlik mahsuldorligi 7,59–10,2 g oralig‘ida o‘zgarib, D-294(D-120)(D-30) namunasi eng yuqori natijani (10,2 g) ko‘rsatdi. Shuningdek, D-180, D-289, D-182 (9,50 g) hamda D-85, D- 213 (9,22 g) namunalari ham yuqori mahsuldorlik komponentlariga ega ekanligi aniqlandi. 1-jadval
Kolleksiya ko‘chatzoridan tanlab olingan namunalarning qimmatli xo‘jalik ko‘rsatkichlari tasnifi Ro‘vagidagi Guruch Mah Buyi Ro‘vak Mahsuldo donlar 1000 shaffof Suldorligi uzun- uzun- r dona ligi ,
vazni, g ligi, ligi, tupla don sm sm nish vazni,g soni 1 Гулистан st 82,4 15,3 3,4 57 2,1 31,4 87 8,59 2 D-148(D-91)(D-36)otb 103,0 17,2 3,2 82 2,3 30,1 89 7,90 3 D-271, D-100 (3) 90,1 16,7 3,0 79 3,0 32,0 88 7,87 4 D-112, D-181 82,5 16,4 3,1 75 3,1 31,00 79 8,1 D-180, D-289, 5 98,2 16,7 3,3 96 3,8 31,0 90 9,50 D-182 D-85, D-213 6 82,1 16,9 3,2 68 3,1 32,1 86 9,22 (K-221) D-37(D-32) 7 82,4 15,2 3,2 55 2,1 31,00 86 7,59 (D-59) D-294(D-120) 10,2 8 100.1 18,2 3,2 79 3,2 32,1 89 (D-30) D-288(D-139) 9 82,2 16,9 3,2 69 3,1 32,1 87 9,19 (D-5)
Xulosa: Tadqiqot natijalariga ko‘ra, kolleksiya ko‘chatzorida o‘rganilgan ayrim sholi genotiplari xo‘jalik jihatdan qimmatli belgilar bo‘yicha Gulistan standart navi ustidan ustunlik namoyon etdi. Ayniqsa, D-294(D-120)(D-30) bir o‘simlik mahsuldorligi, D-180, D-289, D-182 esa ro‘vakdagi donlar soni va don sifati bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘ldi. Ushbu genotiplar keyingi bosqichda takrorli dala sinovlariga o‘tkazish va shimoliy mintaqalar sharoitiga mos barqaror navlar yaratishda foydalanish uchun tavsiya etiladi. Foydalangan adabiyotlar 1. 1.Bouman, B. A. M., Lampayan, R. M., & Tuong, T. P. (2007). Water management in irrigated rice: Coping with water scarcity. International Rice Research Institute (IRRI), Los Baños, Philippines. 2. Peng, S., Khush, G. S., Virk, P., Tang, Q., & Zou, Y. (2008). Progress in ideotype breeding to increase rice yield potential. Field Crops Research, 108(1), 32–38. 3. IRRI (2013). Standard Evaluation System for Rice (SES) (5th ed.). International Rice Research Institute.
1. Wassmann, R., Jagadish, S. V. K., Heuer, S., Ismail, A., Redona, E., Serraj, R., Singh, R. K., Howell, G., Pathak, H., & Sumfleth, K. (2009). Climate change affecting rice production: The physiological and agronomic basis for possible adaptation strategies. Advances in Agronomy, 101, 59–122. 2. Lafitte, H. R., Price, A. H., & Courtois, B. (2004). Yield response to water deficit in rice: A comparative study of drought tolerance. Field Crops Research, 89(2–3), 225–235.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar5 ta adabiyot
- 1.Bouman, B. A. M., Lampayan, R. M., & Tuong, T. P. (2007). Water management in irrigated rice: Coping with water scarcity. International Rice Research Institute (IRRI), Los Baños, Philippines.
- Peng, S., Khush, G. S., Virk, P., Tang, Q., & Zou, Y. (2008). Progress in ideotype breeding to increase rice yield potential. Field Crops Research, 108(1), 32–38.10.1016/j.fcr.2008.04.001
- IRRI (2013). Standard Evaluation System for Rice (SES) (5th ed.). International Rice Research Institute.
- Wassmann, R., Jagadish, S. V. K., Heuer, S., Ismail, A., Redona, E., Serraj, R., Singh, R. K., Howell, G., Pathak, H., & Sumfleth, K. (2009). Climate change affecting rice production: The physiological and agronomic basis for possible adaptation strategies. Advances in Agronomy, 101, 59–122.10.1016/s0065-2113(08)00802-x
- Lafitte, H. R., Price, A. H., & Courtois, B. (2004). Yield response to water deficit in rice: A comparative study of drought tolerance. Field Crops Research, 89(2–3), 225–235.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011912
- Nashr sanasi
- 2026-04-07
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.
- Jild
- 1
- Son
- 1
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/1028
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 94–97
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25