INNOVATSION SELEKSIYA TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA OLINGAN GIBRID BUG‘DOY LINIYALARINING AGROBIOLOGIK VA TEXNOLOGIK AFZALLIKLARI
Azizov Bekzod Gayrat ogluqishliq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori “Donli ekinlar seleksiyasi” laboratoriya mudiri,Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti2026
Konferensiyalar“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.Jild 1Son 1Sahifa 110–114
Annotatsiya
Tadqiqotda 16 ta bahorgi gibrid bug‘doy liniyalarining hosildorligi va xo‘jalik jihatdan qimmatli belgilari turli sharoitlarda baholandi. Qarshi tumanida Bunyodkor naviga nisbatan olib borildi. Natijalar gibridlar o‘rtasida ishonchli genetik farq mavjudligini ko‘rsatdi (P<0.0001). Ayrim liniyalar andoza navlardan 15–17 s/ga (Qarshi sharoitida) yuqori hosil berdi. Shuningdek, ularda issiqlikka chidamlilik va morfo-biologik ko‘rsatkichlar yaxshiroq shakllangani qayd etildi. Olingan natijalar mazkur gibridlarni mahalliy sharoitga mos, yuqori hosildor yangi navlar yaratish uchun istiqbolli seleksion material sifatida tavsiya etish imkonini beradi.
Boshqa tillarda
ruschaАГРОБИОЛОГИЯ И ТЕХНОЛОГИИ: ПРЕИМУЩЕСТВА ГИБРИДНЫХ ЛИНИЦ ПШЕНИЦЫ, ПОЛУЧЕННЫХ НА ОСНОВЕ ИННОВАЦИОННЫХ СЕЛЕКЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ
В исследовании оценивались урожайность и экономически значимые признаки 16 линий яровых гибридов пшеницы в различных условиях. Исследование проводилось в Каршском районе в сравнении с сортом Буньодкор. Результаты показали достоверное генетическое различие между гибридами (P<0,0001). Некоторые линии дали на 15–17 ц/га больше, чем эталонные сорта (в условиях Карши). Также было отмечено, что они обладают лучшей жаростойкостью и морфобиологическими показателями. Полученные результаты позволяют рекомендовать эти гибриды в качестве перспективного селекционного материала для создания новых высокоурожайных сортов, пригодных для местных условий.
inglizchaAGROBIOLOGY AND TECHNOLOGY ADVANTAGES OF HYBRID WHEAT LINES OBTAINED BASED ON INNOVATIVE BREEDING TECHNOLOGIES
The study evaluated the yield and economically valuable traits of 16 spring hybrid wheat lines under different conditions. It was conducted in the Karshi district against the Bunyodkor variety. The results showed a reliable genetic difference between the hybrids (P<0.0001). Some lines yielded 15–17 c/ha higher than the reference varieties (under Karshi conditions). It was also noted that they had better heat resistance and morpho-biological indicators. The results obtained allow us to recommend these hybrids as promising breeding material for creating new high-yielding varieties suitable for local conditions.
Kalit so‘zlar
- Gibrid bug‘doy
- bahorgi bug‘doy
- innovatsion seleksiya
- hosildorlik
- genetik farqlanish
- issiqlikka chidamlilik
- agrobiologik ko‘rsatkichlar
- texnologik sifat
- seleksion material
- adaptivlik
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
INNOVATSION SELEKSIYA TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA OLINGAN GIBRID BUG‘DOY LINIYALARINING AGROBIOLOGIK VA TEXNOLOGIK AFZALLIKLARI
Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti Azizov Bekzod G‘ayrat o‘g‘li ORCID iD: 0009-0009-5894-0963 qishliq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori “Donli ekinlar seleksiyasi” laboratoriya mudiri https://doi.org/10.5281/zenodo.19239924 Annotatsiya. Tadqiqotda 16 ta bahorgi gibrid bug‘doy liniyalarining hosildorligi va xo‘jalik jihatdan qimmatli belgilari turli sharoitlarda baholandi. Qarshi tumanida Bunyodkor naviga nisbatan olib borildi. Natijalar gibridlar o‘rtasida ishonchli genetik farq mavjudligini ko‘rsatdi (P<0.0001). Ayrim liniyalar andoza navlardan 15–17 s/ga (Qarshi sharoitida) yuqori hosil berdi. Shuningdek, ularda issiqlikka chidamlilik va morfo-biologik ko‘rsatkichlar yaxshiroq shakllangani qayd etildi. Olingan natijalar mazkur gibridlarni mahalliy sharoitga mos, yuqori hosildor yangi navlar yaratish uchun istiqbolli seleksion material sifatida tavsiya etish imkonini beradi. Kalit so‘zlar. Gibrid bug‘doy, bahorgi bug‘doy, innovatsion seleksiya, hosildorlik, genetik farqlanish, issiqlikka chidamlilik, agrobiologik ko‘rsatkichlar, texnologik sifat, seleksion material, adaptivlik. Abstract. The study evaluated the yield and economically valuable traits of 16 spring hybrid wheat lines under different environmental conditions. The research was conducted in the Qarshi district using the Bunyodkor variety as a standard check. The results demonstrated significant genetic differences among the hybrids (P < 0.0001). Some lines exceeded the standard variety by 15–17 centners/ha under Qarshi conditions. In addition, improved heat tolerance and better morpho-biological characteristics were observed. The obtained results indicate that these hybrids can be recommended as promising breeding material for developing high-yielding and locally adapted new wheat varieties. Keywords. Hybrid wheat, spring wheat, innovative breeding, yield, genetic differentiation, heat tolerance, agrobiological indicators, technological quality, breeding material, adaptability. Аннотация. В исследовании проведена оценка урожайности и хозяйственно ценных признаков 16 линий яровой гибридной пшеницы в различных условиях выращивания. Опыты были заложены в Каршинском районе в сравнении со стандартным сортом «Бунёдкор». Полученные результаты показали наличие достоверных генетических различий между гибридами (P<0,0001). Отдельные линии превысили стандартный сорт по урожайности на 15–17 ц/га (в условиях Карши). Также отмечено лучшее формирование показателей жароустойчивости и морфобиологических признаков. Полученные данные позволяют рекомендовать данные гибриды в качестве перспективного селекционного материала для создания новых высокоурожайных сортов, адаптированных к местным условиям.
Ключевые слова: гибридная пшеница, яровая пшеница, инновационная селекция, урожайность, генетическая дифференциация, жароустойчивость, агробиологические показатели, технологическое качество, селекционный материал, адаптивность. Kirish. Bugungi kunda iqlim o‘zgarishi, suv resurslarining cheklanishi va aholi sonining ortishi don mahsulotlariga bo‘lgan talabni yanada kuchaytirmoqda. Shu sharoitda bahorgi bug‘doyning yuqori hosildor, stress omillarga chidamli va mahalliy sharoitga mos navlarini yaratish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Innovatsion seleksiya texnologiyalari — gibridizatsiya, genetik tahlil va maqsadli tanlash usullari orqali xo‘jalik jihatdan qimmatli belgilarni bir genotipda mujassamlash imkonini beradi. Ayniqsa, turli ekologik sharoitlarda barqaror hosil shakllantirish, o‘suv davrini optimallashtirish va issiqlikka chidamlilikni oshirish seleksiya ishlarining ustuvor yo‘nalishidir. Shu munosabat bilan mazkur tadqiqotda innovatsion seleksiya asosida yaratilgan gibrid bug‘doy liniyalarining agrobiologik va texnologik afzalliklarini baholash hamda istiqbolli genotiplarni aniqlash maqsad qilib qo‘yildi. Chosh A., Puste A.M.[3] yuqori hosil olish uchun faqat ko‘p marotaba sug‘orish yoki o‘git berish bilan emas balki ayni tabiiy iqlim-sharoitiga mos bo‘lgan navni tanlash orqali xam erishish mumkin. Don ekinlarining mahsuldor tuplanishga, boshoqdagi don soniga, 1000 dona don vazniga o‘simlik o‘stiriladigan agrofon yoki bitta uchastkadagi joyning relefi xam ta’sir etish mumkin. Tadqiqot usullari. Janubiy dehqonchilik ITIning Qarshi tumanidagi markaziy tajriba maydonida 2025 yilda olib borildi. Bunda, yangi innovatsion texnologiyalar asosida Pokiston va Avstraliya qishloq xo‘jaligi universitetlaridan keltirilgan bahorgi yumshoq bug‘doyning 16 ta gibrid liniyalarining urug‘lari ilmiy tajriba uchun ilk maratoba mahalliy iqlim sharoitimizda sinash maqsadida 5m2da uch qaytarikda 2025 yil 17 mart kuni ekildi. Fenologik kuzatuvlar dala va laboratoriya sharoitida Qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash Davlat komisiyasining (1989), Rossiya o‘simlikshunoslik instituti (1991) uslubiy qo‘llanmalaridan foydalanildi, matematik hisoblar ANOVA dasturi asosida tahlil qilindi. Fenologik kuzatuvlarda asosiy fazalar (unib, chiqish, tuplash, naychalash, boshoqlash, sut, mum, to‘liq pishish), yotib qolishga, kasalliklarga chidamlilik darajasi dala sharoitida Rossiya o‘simlikshunoslik instituti tomonidan ishlab chiqilgan Halqaro klassifikator (SEF Triticum turi, 1983) uslubiy qo‘llanmalaridan foydalanildi. Tajriba delyankalaridagi o‘simlikning tup qalinligi dioganal bo‘yicha belgi qo‘yilgan uchta joydan aniqlandi. Hisob 1 va 3 qaytariqlarda nav va namunalar to‘liq unib chiqqanda amalga oshirildi. O‘simlikning pishishdavrida o‘rib olish oldidan belgi qo‘yilgan joydan o‘simliklar qo‘lda tomiri bilan yulib olinib, hosil strukturasi bo‘yicha biometrik tahlil qilishga olindi. O‘simlikning fiziologik ko‘rsatkichlari Kojushko N.N. Kompleksnaya fiziologicheskaya otsenka zasuxo– i jaroustoychivosti ozimoy pshenisы v usloviyax Uzbekistana (Metodicheskie ukazaniya. 1987), Udovenko R.V., Diagnostika ustoychivosti rasteniy k stressovыm vozdeystviyam. (Metodicheskie ukazaniya 1988.) aniqlandi. Natijalar. Qarshi tumani sharoitida gibrid bug‘doy liniyalari 15 mart kuni ekilib, ularning rivojlanish fazalari fenologik kuzatuvlar asosida baholandi. Qiyosiy tahlil mahalliy Bunyodkor navi bilan olib borildi. Kuzatishlar natijasida gibrid liniyalarning unib chiqishi 22–23 martga to‘g‘ri kelgani, boshoqlash fazasi 26–30 aprel oralig‘ida kechgani hamda to‘liq pishish davri 7–10 iyun kunlarida,
yuqori harorat boshlanishiga mos ravishda yakunlangani qayd etildi. Vegetatsiya davri o‘rtacha 76–80 kunni tashkil qildi. Qisqa vegetatsiya davri asosan bahorgi ekish muddati va gibrid liniyalarning ikki faslli (alternativ) biologik xususiyati bilan izohlanadi. Shu bilan birga, gibridlar andoza navga nisbatan ayrim xo‘jalik-qiymatli belgilari bo‘yicha ustunlik namoyon qildi. Gibrid bug‘doy avlodlarini qimmatli xususiyatlari (Qarshi tumani, 2025 yil)
Hosildorligi, s/ga Unib chiqishAndoza Duragaylar
1 Bunyodkor 22-Mar 27-Apr 36 08-Iyun 78 66,2 65,3 0 35,8 2 N-1 (one) 23-Mar 29-Apr 37 07-Iyun 76 76,8 75,6 10,3 38,4 3 N-2 (tu) 22-Mar 26-Apr 35 09-Iyun 79 75,2 72,8 7,5 35,2 4 N-3 (three) 22-Mar 30-Apr 39 08-Iyun 78 76,4 60,3 -5 36,7 5 N-4 ( Four) 23-Mar 28-Apr 36 08-Iyun 77 83,8 75,9 10,6 39,1 6 N-5 (fife) 23-Mar 30-Apr 38 07-Iyun 76 70,2 68,7 3,4 34,1 N-1 7 AR5xBhakkar 22-Mar 29-Apr 38 08-Iyun 78 71,6 65,4 0,1 36,9 Star N-2 BLA-AUS- 8 22-Mar 28-Apr 37 07-Iyun 77 80,2 78,9 13,6 40,2 07 x Bhakkar Star N-5 BAL-AUS - 9 23-Mar 29-Apr 37 10-Iyun 79 74,8 61,6 -3,7 37,4 02 x WV-1195 H-6 BAL-AUS- 10 22-Mar 30-Apr 39 09-Iyun 79 86,2 82,3 17 41,5 04 x WV-1195 H-8 BAL-AUS- 11 23-Mar 30-Apr 38 10-Iyun 79 79,6 88,6 23,3 40,6 03 x WV-1197 H-9 AR26xWV- 12 22-Mar 27-Apr 36 07-Iyun 77 90,3 84,5 19,2 39,7 Nishan 13 (International 23-Mar 30-Apr 38 08-Iyun 77 83,7 73,4 8,1 37,9 Check) BAL-7 BAL-7 14 23-Mar 28-Apr 36 09-Iyun 78 64,6 62,1 -3,2 38,2 Male sterile BLA-3 BLA-3 15 23-Mar 30-Apr 38 08-Iyun 77 71,9 65,8 0,5 37,4 Male sterile BF-1 AR26-3-1 16 22-Mar 29-Apr 38 10-Iyun 80 62,4 64,6 -0,7 39,3 Male sterile BF-2 AR5Male 17 22-Mar 39 07-Iyun 77 67,3 58,2 -7,1 38,6 sterile 30-Apr
Tadqiqot davomida gibrid bug‘doy liniyalari hosildorlik bo‘yicha 58,2–88,6 s/ga oralig‘ida natija ko‘rsatdi. Mahalliy Bunyodkor naviga nisbatan tahlilda 5 liniya past, 2 liniya teng va 9 liniya yuqori hosildorlik ko‘rsatdi. Ayniqsa, H-8 (BAL-AUS-03 × WV-1197) va H-9 (AR26 × WVmavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya 1197) liniyalari mos ravishda 23,3 va 19,2 s/ga ko‘proq hosil berdi. Bu natijalar shuni ko‘rsatdiki, bu gibridlar kuzgi ekish muddatlarida ham yuqori hosil berish qobiliyatiga ega. Shu bois kelgusi yilda ular kuzgi sinovlarda ham tekshirilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Qarshi tumanidagi tajriba maydonida ham 16 ta bahorgi yumshoq gibrid urug‘lari sinovdan o‘tkazildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, D-2 N-1, D-3 N-2, D-10 H-6 BAL-AUS- 04 × WV-1195, D-12 H-8 BAL-AUS-03 × WV-1197 va D-12 H-9 AR26 × WV-1197 kabi liniyalar andoza Zamin-1 naviga nisbatan 2–6 kun qisqa o‘suv davriga ega va erta pishar. Bu gibridlar yuqori hosildorlik, qisqa vegetatsiya va mahalliy sharoitga moslashuvchanligi bilan seleksiya uchun istiqbolli material sifatida ahamiyatli ekanligini ko‘rsatadi (1-jadval). 1-jadval Bahorgi yumshoq bug‘doyning gibrid liniyalarining o‘suv davri tavsifi ( Qrshi tumani 2025 yil) Unib Tuplashdan Boshoqlashda O‘su chiqishdan boshoqlashgac n mum v № Duragaylar nomi tuplashgach ha, kun pishigacha, dari, a, kuni kun kun 1 Zamin-1 29 30 32 91 2 N-1 (one) 29 27 31 87 3 N-2 (tu) 29 25 31 85 4 N-3 (three) 29 31 32 92 5 N-4 ( Four) 29 34 30 93 6 N-5 (fife) 29 33 30 92 7 N-1 AR5xBhakkar Star 29 35 30 94 N-2 BLA-AUS-07 x Bhakkar 8 29 34 27 90 Star N-5 BAL-AUS -02 x WV- 9 29 30 30 89 H-6 BAL-AUS-04 x WV- 10 29 30 29 88 H-8 BAL-AUS-03 x WV- 11 29 28 33 90 12 H-9 AR26xWV-1197 29 26 33 88 13 Nishan Local Check 29 28 33 89 14 BAL-7 BAL-7 Male sterile 29 27 31 87 15 BLA-3 BLA-3 Male sterile 29 36 30 95 16 BF-1 AR26-3-1 Male sterile 29 34 30 93 17 BF-2 AR5Male sterile 29 36 32 97
Hozirgi vaqtda iqlim sharoitning o‘zgarishi Respublikaning deyarli barcha sug‘oriladigan maydonlaridagi kuzgi boshoqli don ekinlari o‘sish va rivojlanishning ikkinchi yarmi (boshoqlashpishish) davrida tuproqda namlik va oziqa moddalar tanqisligi hamda kritik havo harorati (+35,+40 S) ba’zida undan yuqori haroratlar yuzaga kelgan bir sharoitda o‘tadi. Ma’lumki, boshoqli don ekinlarining aynan shu davrida havo harorati +25, +30 0S, nisbiy namligi esa 40-50 %, tuproq namligi 50-60 % atrofida bo‘lishi hosildorlik va uning sifatining yuqori bo‘lishini ta’minlaydi. Boshoqli don ekinlarning gullash davrida haroratning yuqori bo‘lishi bitta boshoqdagi don
sonining kamayishiga olib keladi natijada hosildorlikning 20% pasayishiga olib keladi. Xulosa. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, o‘rganilgan gibrid bug‘doy liniyalari o‘sish davri, issiqlikka chidamlilik va xo‘jalik jihatdan qimmatli belgilarga ega ekan. Xususan, H-8 (BAL-AUS-03 × WV-1197), H-6 (BAL-AUS-04 × WV-1195), H-2 va H-9 liniyalari yuqori hosildorligi bilan ajralib turib, bug‘doy seleksiyasida istiqbolli material sifatida ustuvor ahamiyat kasb etadi. Bu gibridlar nafaqat hosildorlik, balki texnologik va iqtisodiy jihatdan ham qimmatli belgilarga ega bo‘lib, kelajakda mahalliy sharoitga mos va yuqori hosildor yangi bug‘doy navlarini yaratishda asosiy genetik manba bo‘lib xizmat qiladi. Keyingi tadqiqotlar ushbu liniyalarning boshqa agronomik ko‘rsatkichlari, genetik barqarorligi va urug‘chilik salohiyatini chuqurroq tahlil qilishga yo‘naltirilishi maqsadga muvofiqdir.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar4 ta adabiyot
- Chosh, A., Puste, A.M. 1997. «Effect of Irrigatio and Inoculation on growth and yeild of wheat (T.Aes.) and Lenti (Lens Culinars) growth pure amnd in intercropping systems. Indian Journal of Agricultural Science. 67(12): 571-574 pp.
- Singh, R. P., Huerta-Espino, J., & Rajaram, S. (2005). Progress in breeding wheat for yield and disease resistance. Plant Breeding, 124(1), 1–6.
- Fischer, R. A., & Rees, D. (1998). Genetic and agronomic options to improve wheat yield. Field Crops Research, 60(1), 55–71.
- Rajaram, S., & van Ginkel, M. (1996). Use of modern genetic resources in
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011917
- Nashr sanasi
- 2026-04-07
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.
- Jild
- 1
- Son
- 1
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/1033
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 110–114
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25