Asosiy mazmunga o‘tish

TAKRORIY EKIN SIFATIDA POMIDOR NAV VA DURAGAYLAR TO‘PLAMINING O‘SISHI, PALAK VA ILDIZ SHAKLLANISHI HAMDA HOSILDORLIK BO‘YICHA BAHOLASH

Ostonakulov T.E.1, Toychiyev Sh.Sh.2, Shamsiyev A.A.32026

  1. 1q.-x.f.d., professor
  2. 2izlanuvchi Qarshi davlat universiteti
  3. 3q.-x.f.f.d.,dotsent Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti

Konferensiyalar“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.Jild 1Son 1Sahifa 190–193

Annotatsiya

Maqolada pomidor nav-duragaylar to‘plamini takroriy ekin sifatida o‘stirilganda o‘sishi, rivojlanishi, tup, palak va barg sathining shakllanish xususiyatlari, paykalning fotosintetik potensiali va hosildorligini o‘rganish yakunlari bayon etilgan.

Boshqa tillarda

ruschaОценка роста, формирования оболочки и корней, а также урожайности ряда сортов и гибридов томатов в качестве повторяющейся культуры.

В статье описаны результаты исследования роста, развития, особенностей формирования куста, стебля и листовой поверхности, фотосинтетического потенциала и урожайности сортов и гибридов томатов, выращиваемых в качестве многолетней культуры.

inglizchaEVALUATION OF GROWTH, SHELL AND ROOT FORMATION, AND YIELD OF A SET OF TOMATO VARIETIES AND HYBRIDS AS A REPEATED CROP

The article describes the results of a study of the growth, development, formation characteristics of the bush, stalk and leaf surface, photosynthetic potential and yield of tomato varieties and hybrids grown as a repeated crop.

Kalit so‘zlar

  • pomidor
  • nav
  • duragay
  • takroriy ekin
  • o‘suv davri
  • barg sathi
  • paykal fotosintetik potensiali (PFP)
  • hosildorlik
  • tovarlilik

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

UO‘T:631.64:631.52:631.5:631.55 TAKRORIY EKIN SIFATIDA POMIDOR NAV VA DURAGAYLAR TO‘PLAMINING O‘SISHI, PALAK VA ILDIZ SHAKLLANISHI HAMDA HOSILDORLIK BO‘YICHA BAHOLASH Ostonaqulov T.E., q.-x.f.d., professor To‘ychiyev Sh.Sh., izlanuvchi Qarshi davlat universiteti Shamsiyev A.A., q.-x.f.f.d.,dotsent Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti e-mail: t-ostonakulov@mail.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.19240410 Maqolada pomidor nav-duragaylar to‘plamini takroriy ekin sifatida o‘stirilganda o‘sishi, rivojlanishi, tup, palak va barg sathining shakllanish xususiyatlari, paykalning fotosintetik potensiali va hosildorligini o‘rganish yakunlari bayon etilgan. Kalit so‘zlar: pomidor, nav, duragay, takroriy ekin, o‘suv davri, barg sathi, paykal fotosintetik potensiali (PFP), hosildorlik, tavarlilik. В статье изложены результаты изучения особенности роста, развития, формирования куста, ботвы, листовой поверхности, фотосинтетический потенциал посева и урожайности различных сортов и гибридов томата при возделывании в качестве повторной культуры. Ключевые слова: томат, сорта, гибриды, повторная культура, вегетационный период, площадь листовой поверхности, фотосинтетический потенциал посевов (ФПП), урожайность, товарность. The article presents the results of studying the characteristics of growth and development, plant formation, vegetative mass, leaf surface area, photosynthetic potential of crops, and yield of various tomato varieties and hybrids cultivated as a double crop. Keywords: tomato, varieties, hybrids, double cropping, vegetation period, leaf surface area, photosynthetic potential of crops (PPC), yield, marketability.

Kirish. Qashqadaryo viloyati respublikamizning janubiy hududlariga mansub bo‘lib, o‘ziga xos tuproq iqlim sharoitlari bilan xarakterlanadi va pomidor ishlab chiqarish hajmi aholi talabidan ancha past darajada, hosildorlik esa 22-24 t/ga ni tashkil etadi. Ushbu hududda pomidor ishlab chiqarishni ko‘paytirishning asosiy rezervi, ekin maydonlarini takroriy ekin sifatida ekish orqali kengaytirish va hosildorligini oshirish hisoblanadi. Bunda ekinning yuqori hosilli moslanuvchan nav-duragaylarini tanlash, ularni yetishtirish agrotexnologiyasini ishlab chiqish muhim o‘rin tutadi [3,6,7]. Lekin, viloyatning sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida pomidor navduragaylari va o‘stirish texnologiyasini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar yetarli o‘tqazilmagan. Shuni hisobga olib, biz pomidor nav-duragaylar to‘plamini takroriy ekin sifatida o‘stirib, o‘sish, rivojlanish, o‘simlikning mahsuldorlik ko‘rsatkichlari, umumiy va tovar hosildorligini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar olib borib, muhim ilmiy va amaliy ahamiyatini yechishga qaratdik. Tadqiqotning maqsadi - pomidor nav-duragaylar to‘plamini takroriy ekin sifatida o‘stirib o‘sishi, rivojlanishi, barg sathi, palak, ildiz va hosil shakllanishi, paykal fotosintetik potensiali, terimlar bo‘yicha umumiy va tovar hosildorligi, moslanuvchanlik imkoniyati hamda koeffitsiyenti kabilar bo‘yicha baholab, istiqbolli, moslanuvchan nav-duragaylarni ajratishdan iborat.

Materiallar va uslublar. Dala tajribalari 2022-2024 yillarda Qarshi tumanidagi “Mo‘minov Iskandar Azimovich” fermer xo‘jaligi sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlarida olib borildi. Tajriba dalasining tuprog‘ini mexanik tarkibi o‘rta qumoq, yer osti sizot suvlarining joylashish chuqurligi 8-10 metr, agrokimyoviy ko‘rsatgichlari–tuproq haydalma qatlamida gumus miqdori 0,76 - 0,83 %, yalpi azot-0,08-0,10 %, yalpi fosfor-0,13-0,18 %, kaliy-2,19-2,27%, haydalma osti qatlamda esa, mos ravishda, gumus-0,60-0,66%, yalpi azot-0,06-0,08%, fosfor-0,09-0,12%, kaliy 1,86-1,98 %. Nitrat azoti haydalma va haydalma osti qatlamda 3,65-6,83 mg, harakatchan fosfor- 9,62-14,10 mg/kg va almashinuvchan kaliy 140-210 mg/kg bo‘lib, tuproqning oziq elementlar bilan, xususan azot bilan juda kam, fosfor bilan kam, almashinuvchi kaliy bilan o‘rtacha ta’minlanganligi ma’lum bo‘ldi. Tajribada pomidorning 8 ta, shundan 5 ta nav (Volgogradskiy 5/95- standart, Mustaqillik- 28, Dar Zavoljya, Finish, Vostok-36), 3 ta duragaylar (Madera F1 - standart, Lojayin F1, Sulton F1) o‘rganildi. Ko‘chatlar 4-5 chinbarglik holatida kuzgi g‘alla ekinlardan so‘ng 18-22 iyunda 90x25 sm sxemada egatlar yoniga o‘tkazildi. O‘tkazishgacha va so‘ng darhol sug‘orildi. Har 2-3 kunda ko‘chatlar to‘liq tutib olinguncha sug‘orilib turildi. Delyankaning maydoni 36 m2, takrorlar soni 4 ta bo‘ldi. Tajriba uchaskasi maydoni 1152 m2 ni tashkil etdi. Tajriba dalasida barcha agrotexnik tadbirlar hisoblash, kuzatish, o‘lchash va tahlillar umum qabul qilingan uslublar va agrotavsiyalar asosida olib borildi [1,2,3,4,5,8,9]. Tadqiqot natijalari va uni muhokamasi. Pomidor o‘rganilgan nav va duragaylari takroriy ekin sifatida o‘stirilganda, o‘sishi, rivojlanishi, tupning, barg sathining, paykal fotosintetik potensiali, mahsuldorlik elementlari, terimlar bo‘yicha umumiy va tovar hosildorligi bo‘yicha farqlandi. Pomidor nav-duragaylari 1000 ta urug‘massasi 2,12-3,20 grammni tashkil etib, nisbatan mayda urug‘li (2,12-2,32 g) - Vostok-36, Lojayin F1, o‘rta yirikli (2,63-2,90 g) - Madera F1, Sulton F1, Finish; yirik urug‘li (3,0-3,2 g) Volgogradskiy 5/95, Dar Zavoljya, Mustaqillik-28 navduragaylari bo‘ldi. Eng yuqori urug‘ning unish quvvati (92-95%) va dala unuvchanligi (95-100%) hamda 1000 ta urug‘dan eng ko‘p standart ko‘chat chiqimi (93-97%) Mustaqillik-28, Dar Zavoljya, Lojayin F1, Sulton F1 va Madera F1 nav – duragaylarida qayd etildi. O‘suv davri o‘rganilgan nav va duragaylar takroriy ekin sifatida ekilganda 54-68 kunni, standart Volgogradskiy 5/95 navi va Madera F1 duragayida 54 kunni, boshqalarida esa 64-68 kunni tashkil etdi. Takroriy ekin sifatida pomidor nav-duragaylar to‘plami o‘stirilganda, eng baland bo‘yli, shoxlangan, barglangan yoki keng barg sathili o‘simliklar gullash davridan boshlab, Mustaqillik- 28 (75,9 sm va 6,7 dona), Madera F1 (75,4 sm va 7,7 dona), Lojayin F1 (76,5 sm va 7,5 dona), Sulton F1 (75,5 sm va 7,7 dona), nav – duragaylarda qayd etildi. Ushbu nav-duragaylar o‘simligida barg sathi yuzasi 0,70-0,78 m2 ekanligi ma’lum bo‘ldi. Maydon birligida barg sathi hosil bo‘lishi bo‘yicha o‘rganilgan nav va duragaylar sezilarli farqlanib, gullash davrida 15,55-19,11 ming m2, mevalash davrida 24,89-33,33 ming m2, texnik pishish davrida 27,56-35,11 ming m2, 1-terim davrida esa 26,22-34,67 ming m2/ga tashkil etgani va kamayish tendensiyasi kuzatildi. Maydon birligida eng yuqori barg sathi (29,33-35.11ming m2/ga) - Mustaqillik-28, Dar Zavoljya, Finish, Lojayin F1, Sulton F1 nav va duragaylarda qayd etildi. Xuddi shunday holat, ya’ni eng yuqori

paykalning fotosintetik potensiali (2211,0-2586,7 ming m2 /ga xkun) bo‘yicha ham ajratilgan pomidor nav-duragaylarida olindi. O‘rganilgan pomidor nav-duragaylari takroriy ekin sifatida baholanganda, eng baquvvat ildiz tizimi (115-132) va palak (465-510 g) hamda mahsuldorlik elementlari (tup hosili 659,9- 752,3g) bo‘yicha Mustaqillik-28, Dar Zavoljya, Finish, Lojayin F1, Sulton F1 nav va duragaylari ajraldi. Takroriy ekin sifatida pomidor nav va duragaylari hosildorligi gektaridan 21,0 dan 35,2 tonnagacha o‘zgardi (1-jadval).

1-jadval Takroriy ekin sifatida pomidor nav(duragay)lar hosildorligi va tovarliligi (2022-2024 yy.) Standartga O‘rtach Yillar bo‘yicha Shundan nisbatan Nav (duragay) nomi va a hosil- № hosildorlik, t/ga tovar hosil qo‘shim-cha kelib chiqishi dorlik, tovar hosil t/ga 2022 2023 2024 t/ga % t/ga % 1. Volgogradskiy5/95(st) 22,3 19,6 21,1 21,0 18,9 90,0 - 100,0 2. Vostok-36 (UZ.) 23,9 21,6 22,3 22,6 20,3 90,1 1,6 107,6 3. Mustaqillik-28 (UZ.) 33,0 27,0 28,8 29,6 27,0 91,3 8,6 141,0 4. Dar Zavoljya (RU.) 30,1 27,8 29,8 29,3 26,4 90,1 8,3 139,5 5. Finish (RU.) 30,9 26,3 29,6 28,9 26,8 92,9 7,9 137,6 𝑺𝒙̅ (%) = 2,2 3,6 3,3 EKF05= 1,4 1,9 1,9 6. Madera F1 (IT.)-st. 29,1 30,6 34,2 31,3 28,5 91,2 - 100,0 7. Lojayin F1 (NL.) 35,0 31,2 35,4 35,2 32,1 91,1 3,9 112,5 8 Sulton F1 (NL.) 35,9 31,4 33,0 33,4 30,9 92,5 2,1 106,7 𝑺𝒙̅ (%) = 2,1 3,0 2,6 EKF05= 1,5 2,1 2,0

Tadqiqot natijalarining ko‘rsatishicha, Qashqadaryo viloyati sug‘riladigan och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida takroriy ekin sifatida pomidor ekinidan gektaridan 28-30 tonna hosil olish maqsadida Mustaqillik-28, Dar Zavoljya, Finish, Madera F1, Lojayin F1, Sulton F1 nav va duragaylarini ekish maqsadga muvofiq bo‘lib, birinchi va ikkinchi terimlar salmog‘i 77,8-85,0 % ni tashkil etishi hamda yuqori biokimyoviy tarkib va sifat bilan xarakterlandi va eng yuqori moslanuvchanlik imkoniyati va koeffitsientiga ( 1,0-1,13 ) ega ekanligi ma’lum bo‘ldi. Demak, ajratilgan moslanuvchan Mustaqillik-28, Dar Zavoljya, Finish, Madera F1, Lojayin F1, Sulton F1 nav-duragaylarini yetishtirish orqali takroriy ekin sifatida pomidor har gektaridan 28-30 t/ga va ziyod hosildorlikka erishish mumkin ekan.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar9 ta adabiyot

  1. Azimov B.J., Azimov B.B. Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilikda tajribalar o‘tkazish metodikasi. – Toshkent. “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”, 2002 (2023). -B.217.
  2. Белик В.Ф. «Методика опытного дела в овощеводстве и бахчеводстве». Москва. 1992. -С.320. mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya
  3. O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jalik ekinlari davlat reyestri. Toshkent, 2025. -B.98.
  4. Доспехов Б.А. Методика полевого опыта. Москва. 1985(2011). -С.351.
  5. Литвинов С.С. Методика полевого опыта в овощеводстве. Москва. 2011. -С.648.
  6. Nizamov R.A. Pomidor yetishtirish. Toshkent. 2021. -B.82.
  7. Ostonaqulov T.E., Zuyev V.I., Qodirxo‘jaev O.Q. Mevachilik va sabzavotchilik (Sabzavotchilik). Darslik. Toshkent. Navro‘z nashriyoti. 2019.–B.552.
  8. Остонақулов Т.Э., Саидова Г.А Научные основы технологии возделывания томата в условиях засоленних почв Бухарской области. Монография. Самарканд. “Fan bulog`i” нашриёти. 2024.-Б. 200.
  9. Veb saytlar: http:||restr. gossort. com. http: ||www. agro. uz| uz| services |recommentations| 8120|.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011939
Nashr sanasi
2026-04-07
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.
Jild
1
Son
1
DOI
10.66073/refocus-conf/1059
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
190–193
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25