Asosiy mazmunga o‘tish

POREY PIYOZINING SIFATLI OQ SOXTA POYALARINI YETISHTIRISHDA SAMARALI QUMLASH USULINI ANIQLASH

Asatov Shukhrat Ismatovich1, Nizanov Janibek Xummetillovich22026

  1. 1Toshkent davlat agrar universiteti professori, q.x.f.d
  2. 2Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston Respublikasi ilmiy-tajriba stansiyasi sabzavot, poliz va kartoshka ekinlari seleksiya va urug‘chiligi laboratriyasi mudiri

Konferensiyalar“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.Jild 1Son 1Sahifa 142–145

Annotatsiya

Qoraqalpog‘iston Respublikasi tuproq-iqlim sharoitida porey piyozining “Karantanskiy” navi turli qumlash usullarida yetishtirilganda, eng yuqori umumiy va tovarbop oq soxta poya hosildorligi mos ravishda 3 marta (27,4 t/ga) va 2 marta (26,2 t/ga) qumlash variantlarida qayd etildi.

Boshqa tillarda

ruschaОпределение эффективного метода шлифовки для выращивания высококачественных стеблей белого ложного лука.

При выращивании сорта лука-порея «Карантанский» в почвенно-климатических условиях Республики Каракалпакстан с использованием различных методов посыпки песком, самые высокие суммарные и товарные урожаи белого ложного стебля были зафиксированы при трехкратном (27,4 т/га) и двукратном (26,2 т/га) посыпке песком соответственно.

inglizchaPOREY PIYOZINING SIFATLI OQ SOXTA POYALARINI YETISHTIRISHDA SAMARALI QUMLASH USULINI ANIQLASH

When the leek variety "Karantansky" was grown in the soil-climatic conditions of the Republic of Karakalpakstan using various sanding methods, the highest total and marketable white false stalk yields were recorded in the 3-fold (27.4 t/ha) and 2-fold (26.2 t/ha) sanding options, respectively.

Kalit so‘zlar

  • porey piyozi
  • o‘simlik balandligi va vazni
  • barg soni
  • uzunligi
  • eni
  • vazni va sathi
  • oq soxta poya uzunligi
  • diametri
  • vazni va hosildorligi

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

UO‘T: 635.261+631.53.04 POREY PIYOZINING SIFATLI OQ SOXTA POYALARINI YETISHTIRISHDA SAMARALI QUMLASH USULINI ANIQLASH Asatov Shuxrat Ismatovich Toshkent davlat agrar universiteti professori, q.x.f.d., shuxrat.asatov@tdau.uz Nizanov Janibek Xummetillovich Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston Respublikasi ilmiy-tajriba stansiyasi sabzavot, poliz va kartoshka ekinlari seleksiya va urug‘chiligi laboratriyasi mudiri, janibeknizanov2@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.19240210 Annotatsiya. Qoraqalpog‘iston Respublikasi tuproq-iqlim sharoitida porey piyozining “Karantanskiy” navi turli qumlash usullarida yetishtirilganda, eng yuqori umumiy va tovarbop oq soxta poya hosildorligi mos ravishda 3 marta (27,4 t/ga) va 2 marta (26,2 t/ga) qumlash variantlarida qayd etildi. Аннотация. В почвенно-климатических условиях Республики Каракалпакстан при выращивании сорта лука-порея «Карантанский» с применением различных способов окучивания наибольшая общая и товарная урожайность белого ложного стебля отмечена при трёхкратном (27,4 т/га) и двукратном окучивании (26,2 т/га). Abstract. Under the soil and climatic conditions of the Republic of Karakalpakstan, the highest total and marketable yield of the white pseudostem of the “Karantanskiy” leek variety was recorded under triple (27.4 t/ha) and double hilling treatments (26.2 t/ha). Kalit so‘zlar: porey piyozi, o‘simlik balandligi va vazni, barg soni, uzunligi, eni, vazni va sathi, oq soxta poya uzunligi, diametri, vazni va hosildorligi. Ключевые слова: лук-порей, высота и масса растения, количество листьев, длина, ширина, масса и площадь листа, длина, диаметр, масса и урожайность белого ложного стебля. Keywords: leek, plant height and weight, number of leaves, leaf length, width, weight and area, length, diameter, weight and yield of the white pseudostem. KIRISH. Zamonaviy jahon sabzavotchiligida qimmatli xо‘jalik belgilar majmuasiga ega bo‘lgan yuqori mahsuldor sabzavot ekinlari hisobiga assortimentni kengaytirish dolzarb vazifa hisoblanadi. Bu borada hosildorligi yuqoriligi, kasallik va zararkunandalarga chidamliligi, sovuqqa bardoshliligi bilan ajralib turadigan porey piyozi juda istiqbolli hisoblanadi. Bu sabzavot ekinining rayonlashtirilgan navlari yo‘qligi sababli mamlakatimizda kam tarqalgan sabzavot hisoblanadi. Porey piyozi nozik ta’mga ega, unda faol oltingugurt birikmalari mavjudligi tufayli o‘tkir hid va ta’m yo‘q, bu esa uni parhez ovqatlanishda qo‘llash imkonini beradi [6]; [7]. Urug‘larni ekish uchun maqbul muddat va kо‘chat yetishtirishda oziqlanish maydonini belgilash qishloq xо‘jaligi texnologiyasini rivojlantirishning eng muhim bosqichlaridan biridir. Tahlil shuni kо‘rsatadiki, porey piyozi ikki usulda – urug‘idan va kо‘chatidan о‘stiriladi. Kо‘chatidan yetishtirish usuli orqali urug‘idan ekishga qaraganda 40-50% ga yuqori hosil olish mumkin. Bundan tashqari, kо‘chatlar orqali yetishtirish bir xil mahsulot olish imkonini berishi ta’kidlangan [1]; [3]. Porey piyozi kо‘chatlarini ekishdan oldin sug‘orilib, ildizlarini loyga botirish tavsiya

etiladi, shunda ular ekishgacha yangi bо‘lib turadi [8]. Kо‘chatlarni olishda ba’zi mualliflar barg va ildizlarning 1/3 qismini qisman qisqartirishni tavsiya qiladilar [1]; [6]; [7]. Qoraqalpog‘iston tuproq-iqlim sharoitida porey piyozi hosildorligiga oq soxta poyasini qumlash usullarini ta’siri yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borilmagan. Shuning uchun ushbu yetishtirish texnologiyasini o‘rganish dolzarb hisoblanadi. Materiallar va uslublar. Dala tajribalarida porey piyozining “Karantanskiy” navi о‘simliklarining oq soxta poyalarini о‘suv davrida qumlamasdan (nazorat), 1, 2 va 3 marta qumlash usullari о‘rganildi. Bunda, porey piyozining 50 kunlik kо‘chatlari 4 ta qaytariqli, egatlar uzunligi 5,15 m, 5 m2 hisobli maydondan har qumlashda 20 dona о‘simliklarda olib borildi. Dala tajribalarida porey piyozining “Karantanskiy” navining 50 kunlik kо‘chatlari 60×20 sm ekish sxemasida aprel oyining 1-dekadasida ekildi. О‘suv davrida oq soxta poyani bir marotaba qumlashda tuproq qalinligi 5 sm ni tashkil qildi. Dala tajribalari “Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilikda tajribalar o‘tkazish metodikasi” [2], “Metodika opitnogo dela v ovoshevodstve i baxchevodstve” [4] nomli uslubiy qo‘llanmalari asosida olib borildi, tadqiqot natijalarining statistik tahlili “Excel 2010” va “Statistica 7.0 for Windows” kompyuter dasturida, 0,95% ishonchlilik oralig‘i bilan “Metodika polevogo opita” [5] dispersion usuli boyicha hisoblandi. Tajribalarda fenologik kuzatuvlar, biometrik hamda hosildorlikni aniqlash bo‘yicha o‘lchovlar o‘tkazildi. Natijalar va munozara. Oq soxta poyani turli qumlash usullarida 2023-2025-yillar bо‘yicha yetishtirilgan porey piyozining “Karantanskiy” navi о‘simligining balandligi qumlanmasdan (nazorat) yetishtirilganda – 76,9 sm tashkil qilib, unga nisbatan 3 marta qumlashda (101,1 sm) – 24,2 sm, 2 marta qumlashda (93,5 sm) – 16,6 sm va 1 marta qumlashda (86,8 sm) – 9,9 sm uzun о‘simliklar balandligi aniqlandi. Shuningdek, porey piyozining “Karantanskiy” navi о‘simligining oq soxta poyasini turli qumlash usullarida yetishtirilganda bir dona о‘simlik vazni qumlanmasdan (nazorat) yetishtirilganda – 254,4 g bо‘lib, unga nisbatan 3 marta qumlashda (328,4 g) – 74,0 g, 2 marta qumlashda (314,8 g) – 60,4 g hamda 1 marta qumlashda (304,8 g) – 50,4 g og‘ir vaznli о‘simliklar aniqlandi (1-jadval). 1-jadval Porey piyozining “Karantanskiy” navi о‘simliklarining oq soxta poyalarini turli qumlash usullarida yetishtirishda о‘simlik va barg о‘lchamlari (2023-2025-yy.) О‘simlik Barg Qumlash usullari balandligi, vazni, soni, uzunligi, eni, vazni, sm g dona sm sm g Qumlanmasdan 76,9 254,4 12,7 65,1 4,7 99,0 (nazorat) 1 marta qumlash 86,8 304,8 14,7 71,3 5,4 133,6 2 marta qumlash 93,5 314,8 15,7 74,8 5,8 133,9 3 marta qumlash 101,1 328,4 16,7 79,6 6,2 140,8 EKF05 1,1 5,8 0,2 0,6 0,1 2,9 Sx% 1,2 1,9 1,2 0,9 1,7 2,3

1-jadvaldagi ma’lumotlarga ko‘ra, oq soxta poyani turli qumlash usullarida yetishtirishda porey piyozining “Karantanskiy” navi о‘simliklarining bir tupidagi barglar soni qumlanmasdan (nazorat) yetishtirilganda – 12,7 donani tashkil qilib, unga nisbatan 3 marta qumlashda (16,7 dona) – 4,0 dona, 2 marta qumlashda (15,7 dona) – 3,0 dona, 1 marta qumlashda (14,7 dona) – 2,0 donaga

ko‘p barglar shakllanganligi aniqladi. Bir dona barg uzunligi qumlanmasdan (nazorat) yetishtirilganda – 65,1 sm bo‘lib, unga nisbatan 3 marta qumlashda (79,6 sm) – 14,5 sm, 2 marta qumlashda (74,8 sm) – 9,7 sm, 1 marta qumlashda (71,3 sm) – 6,2 sm uzun shakllanganligi aniqlandi Porey piyozining “Karantanskiy” navi о‘simliklarining bir dona barg eni qumlanmasdan (nazorat) yetishtirilganda – 4,7 sm bo‘lib, unga nisbatan 3 marta qumlashda (6,2 sm) – 1,5 sm, 2 marta qumlashda (5,8 sm) – 1,1 sm, 1 marta qumlashda (5,4 sm) – 0,7 sm enli barglar shakllanganligi aniqlandi. Bir tupdagi barg vazni qumlanmasdan (nazorat) yetishtirilganda – 99,0 g bo‘lib, unga nisbatan 3 marta qumlashda (140,8 g) – 41,8 g, 2 marta qumlashda (133,9 g) – 34,9 g, 1 marta qumlashda (133,6 g) – 34,6 g og‘ir vaznli barglar shakllanganligi aniqlandi. Bir tupdagi barg vazni matematik va statistik ishlov berilganda EKF05 – 2,9 g va Sx% – 2,3 % namoyon qildi. Turli qumlash usullarida yetishtirilgan porey piyozining “Karantanskiy” navi о‘simliklari oq soxta poyasining uzunligi qumlanmasdan (nazorat) yetishtirilganda – 11,8 sm bo‘lib, unga nisbatan 3 marta qumlashda (21,6 sm) – 9,8 sm, 2 marta qumlashda (18,8 sm) – 7,0 sm, 1 marta qumlashda (15,6 sm) – 3,8 sm uzun oq soxta poyalar shakllanganligi aniqlandi. Porey piyozining “Karantanskiy” navi о‘simliklari oq soxta poyasining diametri qumlanmasdan (nazorat) yetishtirilganda – 3,2 sm bo‘lib, unga nisbatan 3 marta qumlashda (4,6 sm) – 1,4 sm, 2 marta qumlashda (4,2 sm) – 1,0 sm, 1 marta qumlashda (3,6 sm) – 0,4 sm keng oq soxta poya diametri aniqlandi. Turli qumlash usullarida yetishtirilgan porey piyozining “Karantanskiy” navi о‘simliklarining oq soxta poyasi vazni qumlanmasdan (nazorat) yetishtirilganda – 140,8 g bo‘lib, unga nisbatan 3 marta qumlashda (203,6 g) – 62,8 g, 2 marta qumlashda (184,2 g) – 43,4 g, 1 marta qumlashda (171,2 g) – 30,4 g og‘ir oq soxta poya vazni aniqlandi (2-jadval). 2-jadval Turli qumlash usullarida yetishtirilgan porey piyozining “Karantanskiy” navi о‘simliklarining oq soxta poyasining uzunligi, diametri, vazni va hosildorligi (2023-2025- yy.) Soxta poya Hosildorlik, t/ga Qumlash usullari uzunligi, diametri, vazni, g umumiy tovarbop sm sm Qumlanmasdan (nazorat) 11,8 3,2 140,8 21,2 11,7 1 marta qumlash 15,6 3,6 171,2 25,4 14,3 2 marta qumlash 18,8 4,2 184,2 26,2 15,4 3 marta qumlash 21,6 4,6 203,6 27,4 17,0 EKF05 0,2 0,04 2,0 0,2 0,3 Sx% 1,4 1,1 1,1 0,7 2,1 Turli qumlash usullarida yetishtirilgan porey piyozining “Karantanskiy” navi о‘simliklarining umumiy hosildorligi qumlanmasdan (nazorat) yetishtirilganda – 21,2 t/ga bo‘lib, unga nisbatan 3 marta qumlashda (27,4 t/ga) – 6,2 t/ga, 2 marta qumlashda (26,2 t/ga) – 5,0 t/ga, 1 marta qumlashda (25,4 t/ga) – 4,2 t/ga yuqori umumiy hosildorlik aniqlandi. Porey piyozining “Karantanskiy” navi о‘simliklarining tovarbop oq soxta poyasi hosildorligi qumlanmasdan (nazorat) yetishtirilganda – 11,7 t/ga bo‘lib, unga nisbatan 3 marta qumlashda (17,0 t/ga) – 5,3 t/ga, 2 marta qumlashda (15,4 t/ga) – 3,7 t/ga, 1 marta qumlashda (14,3 t/ga) – 2,6 t/ga yuqori tovarbop oq soxta poya hosildorlik aniqlandi. Umumiy hosildorlik matematik va statistik ishlov berilganda EKF05 – 0,2 t/ga va Sx% – 0,7 %, tovarbop oq soxta poyasi hosildorligida

esa EKF05 – 0,3 t/ga va Sx% – 2,1 % namoyon qildi. Turli qumlash usullaridagi porey piyozining “Karantanskiy” navi о‘simliklari umumiy hosildorligidagi oq soxta poya ulushi qumlanmasdan (nazorat) yetishtirilganda – 55,3 % bo‘lib, unga nisbatan oq soxta poyani 3 marta qumlash (62,0 %) – 59,8 %, 2 marta qumlash (58,5 %) – 50,8 %, shuningdek, 1 marta qumlash (56,2 %) – 44,7 % yuqori umumiy hosildorlikdagi oq soxta poya ulushini namoyon qildi. Xulosa va tаvsiyalar. Qoraqalpog‘iston Respublikasi tuproq-iqlim sharoitida porey piyozining “Karantanskiy” navi о‘simliklari turli qumlash usullarida yetishtirilganida yuqori umumiy va tovarbop oq soxta poya hosildorligi 3 marta (27,4 t/ga) va 2 marta (26,2 t/ga) qumlashda aniqlandi. Porey piyozini yetishtirishda oq soxta poyalarini 2-3 marta qumlash tavsiya qilinadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Адрицкая Н.А., Костко И.Г. Хозяйственно-биологическая и технологическая оценка сортов лука-порея в условиях северо-западного региона // Известия СанктПетербургского государственного аграрного университета. – Санкт-Петербург, 2016. – № 42. – С. 21-26. 2. Азимов Б.Ж., Азимов Б.Б. Сабзавотчилик, полизчилик ва картошкачиликда тажрибалар ўтказиш методикаси. – Тошкент, 2002. – Б. 121-152. 3. Бакулина В.А. Сорта и гибриды, впервые включенные в 2000 году в Госреестр селекционных достижений, допущенных к использованию // Журнал «Картофель и овощи». – Москва, 2001. – № 4. – С. 19-20. 3. 4. Белик В.Ф. Методика опытного дела в овощеводстве и бахчеводстве. – М: Агропрмиздат, 1992. – С. 133-135, 226. 5. Доспехов Б.А. Методика полевого опыта. – М.: Колос, 1985. – C. 207-223, 268- 6. Такаева Ш.К., Кароматов И.Дж. Лекарственное растение лук-порей // Электронный научный журнал «Биология и интегративная медицина». – Москва, 2017. – № 5 (май). – С. 232-237. 7. Турбин В.А., Тигунова И.Е. Изучение сортов лука-порея в почвенноклиматических условиях юга Украины // Журнал «Кубанского государственного аграрного университета». – Кубань, Украина, 2013. – № 89 (05). – С. 1-15.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar7 ta adabiyot

  1. Адрицкая Н.А., Костко И.Г. Хозяйственно-биологическая и технологическая оценка сортов лука-порея в условиях северо-западного региона // Известия Санкт-Петербургского государственного аграрного университета. – Санкт-Петербург, 2016. – № 42. – С. 21-26.
  2. Азимов Б.Ж., Азимов Б.Б. Сабзавотчилик, полизчилик ва картошкачиликда тажрибалар ўтказиш методикаси. – Тошкент, 2002. – Б. 121-152.
  3. Бакулина В.А. Сорта и гибриды, впервые включенные в 2000 году в Госреестр селекционных достижений, допущенных к использованию // Журнал «Картофель и овощи». – Москва, 2001. – № 4. – С. 19-20. 3.
  4. Белик В.Ф. Методика опытного дела в овощеводстве и бахчеводстве. – М: Агропрмиздат, 1992. – С. 133-135, 226.
  5. Доспехов Б.А. Методика полевого опыта. – М.: Колос, 1985. – C. 207-223, 268-297
  6. Такаева Ш.К., Кароматов И.Дж. Лекарственное растение лук-порей // Электронный научный журнал «Биология и интегративная медицина». – Москва, 2017. – № 5 (май). – С. 232-237.
  7. Турбин В.А., Тигунова И.Е. Изучение сортов лука-порея в почвенно-климатических условиях юга Украины // Журнал «Кубанского государственного аграрного университета». – Кубань, Украина, 2013. – № 89 (05). – С. 1-15.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011926
Nashr sanasi
2026-04-07
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.
Jild
1
Son
1
DOI
10.66073/refocus-conf/1043
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
142–145
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-16 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25