Asosiy mazmunga o‘tish

QORAQOLPOG‘ISTON SHAROITIDA KUNJUT YETISHTIRISH AGROTEXNALOGIYASINING ILMIY ASOSLARI

Ismailov Mahsetbay Embergenovich1, Babanazarov is the son of Damir Kayratdin22026

  1. 1Qoraqalpog‛iston qishloq xo‛jaligi va agrotexnologiyalar instituti q.x.f.n, docent
  2. 2Qoraqalpog‛iston dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti tayanch doktoranti

Konferensiyalar“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.Jild 1Son 1Sahifa 263–266

Annotatsiya

Mazkur maqolada kunjut (Sesamum indicum L.) o‘simligining biologik xususiyatlari, agrotexnik talablari, sug‘orish va o‘g‘itlash tizimi hamda kasallik va zararkunandalari tahlil qilingan. Kunjut yuqori moyliligi, oziqaviy qiymati va qurg‘oqchilikka chidamliligi bilan ajralib turadigan muhim moyli ekin hisoblanadi. Tadqiqotda kunjut o‘simligining issiqsevarligi, tuproq-iqlim sharoitlariga moslashuvchanligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida yetishtirishning agrotexnik xususiyatlari yoritilgan. Shuningdek, ekinning suvga bo‘lgan talabi, ekish me‘yorlari va o‘g‘itlash tizimining hosildorlikka ta‘siri ko‘rib chiqilgan.

Boshqa tillarda

ruschaНАУЧНЫЕ ОСНОВЫ АГРОТЕХНОЛОГИИ ВЫРАЩИВАНИЯ КУНЖУТА В КАРАКАЛПОКИСТАНЕ

В данной статье анализируются биологические характеристики, агротехнические требования, системы орошения и удобрения, а также болезни и вредители кунжута (Sesamum indicum L.). Кунжут — важная масличная культура, характеризующаяся высоким содержанием масла, питательной ценностью и засухоустойчивостью. В исследовании освещаются теплолюбивые свойства кунжута, его адаптивность к почвенно-климатическим условиям, а также агротехнические особенности его выращивания в условиях Республики Каракалпакстан. Также рассматриваются потребности культуры в воде, стандарты посадки и влияние системы удобрения на урожайность.

inglizchaSCIENTIFIC BASIS OF AGROTECHNOLOGY OF SESAME GROWING IN KARAKALPOKISTAN

This article analyzes the biological characteristics, agrotechnical requirements, irrigation and fertilization system, as well as diseases and pests of sesame (Sesamum indicum L.). Sesame is an important oilseed crop characterized by high oil content, nutritional value, and drought resistance. The study highlights the heat-loving nature of sesame, its adaptability to soil and climatic conditions, and the agrotechnical characteristics of its cultivation in the conditions of the Republic of Karakalpakstan. The crop‘s water requirements, planting standards, and the impact of the fertilization system on yield are also considered.

Kalit so‘zlar

  • kunjut
  • moyli ekin
  • Sesamum indicum
  • agrotexnika
  • sug‘orish
  • o‘g‘itlash
  • biologik xususiyatlar

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

QORAQOLPOG‘ISTON SHAROITIDA KUNJUT YETISHTIRISH AGROTEXNALOGIYASINING ILMIY ASOSLARI

Ismailov Maxsetbay Embergenovich Qoraqalpog‛iston qishloq xo‛jaligi va agrotexnologiyalar instituti q.x.f.n, docent Babanazarov Damir Qayratdin uli Qoraqalpog‛iston dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti tayanch doktoranti babanazarovdamir40@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.19244052 Annotatsiya .Mazkur maqolada kunjut (Sesamum indicum L.) o‘simligining biologik xususiyatlari, agrotexnik talablari, sug‘orish va o‘g‘itlash tizimi hamda kasallik va zararkunandalari tahlil qilingan. Kunjut yuqori moyliligi, oziqaviy qiymati va qurg‘oqchilikka chidamliligi bilan ajralib turadigan muhim moyli ekin hisoblanadi. Tadqiqotda kunjut o‘simligining issiqsevarligi, tuproq-iqlim sharoitlariga moslashuvchanligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida yetishtirishning agrotexnik xususiyatlari yoritilgan. Shuningdek, ekinning suvga bo‘lgan talabi, ekish me’yorlari va o‘g‘itlash tizimining hosildorlikka ta’siri ko‘rib chiqilgan.

Kalit so‘zlar: kunjut, moyli ekin, Sesamum indicum, agrotexnika, sug‘orish, o‘g‘itlash, biologik xususiyatlar.

Аннотация .В данной статье рассматриваются биологические особенности кунжута (Sesamum indicum L.), его агротехнические требования, система орошения и удобрения, а также основные болезни и вредители культуры. Кунжут является важной масличной культурой, отличающейся высоким содержанием масла, высокой питательной ценностью и устойчивостью к засухе. В работе анализируются особенности выращивания кунжута в условиях Республики Каракалпакстан, требования растения к температуре, почве и влаге. Также рассматривается влияние агротехнических мероприятий на урожайность культуры.

Ключевые слова: кунжут, масличная культура, агротехника, Sesamum indicum, орошение, удобрение, биологические особенности.

Abstract .This article analyzes the biological characteristics, cultivation technology, irrigation practices, fertilization system, and major diseases of sesame (Sesamum indicum L.). Sesame is an important oilseed crop distinguished by its high oil content, nutritional value, and drought tolerance. The study describes the agroecological requirements of sesame and its cultivation features under the conditions of the Republic of Karakalpakstan. Particular attention is given to irrigation requirements, fertilization practices, and their influence on crop productivity. Keywords: sesame, oilseed crop, Sesamum indicum, agrotechnology, irrigation, fertilization, biological characteristics.

Kirish. Hozirgi kunda dunyo miqyosida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Moyli ekinlar, xususan kunjut o‘simligi yuqori oziqaviy qiymatga ega bo‘lib, uning urug‘larida 50–60 % gacha moy mavjud. Shu sababli kunjut dunyo qishloq xo‘jaligida muhim iqtisodiy ahamiyatga ega ekinlardan biri hisoblanadi. Kunjut issiqsevar va qurg‘oqchilikka chidamli o‘simlik bo‘lib, qurg‘oqchil iqlim sharoitlariga moslashuvchanligi bilan ajralib turadi. Shu sababli O‘zbekistonning janubiy va shimoliy hududlarida, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasida kunjut yetishtirish uchun qulay agroekologik sharoitlar mavjud. Kunjutning urug‘lari 15˚C haroratda unib shiqaboshlaydi, qiyg‘os unib chiqishi uchun 18-20 ˚C hararot zarur. Havo harorati 23-25 ˚C bolganida unishi tezlashadi. Salgina sovuq havo bolsa maysalari ham voyga etgan O‘simlik ham nobud boladi. O‘suv davrining boshida havo harorati past bolsa O‘simlik juda sekin O‘sadi, sarg‘ayib nimjon boladi, shuning uchin quloy sharoit vujudga keltirishga erishish lozim. Harorat 2 ˚C bolganda gullar solib qoladi, 3 ˚C bolganda katta osimliklarda sovuqdan nobud boladi. Kunjut O‘simligining generativ organlarining rivojlanishiga 30-35 °C talap qiladi shuningdek O‘simlikning foydali harorat yig‘indisi 2500 °C. Tuproqta nam yetarli bolib, qulay sharoit bolganida maysa 4 kunda onib shiqadi. Kunjut ham O‘suv davrining boshida sust rivojlanadi, gullashga 10-12 kun qolganda tez osa boshlaydi. Gullash davri juda tez osadi. Kunjut tuproqga talapchan hisoblanadi. Tarkibida organik moddalar miqdori yuqori, begona otlardan toza, unumdor, govak tuproqlar kunjut etishtirish uchin en qulay hisoblanadi. Og‘ir soz tuproqlar kunjut etishtirish uchun tavsiya etilmaydi. O‘suv davrining uzunligiga qarap uch xil boladi. Ertapishar, ortapishar va kechpishar. Ertapishar navlar tuproq iqlim sharoitiga qarap 75-78 kunda, ortapishar navlar 95-110 kunda, kechpishar navlar esa 120-150 kunda pishib etiladi. [1;2]. Agrotexnikasi. Kunjut yerning shuqur ishlanishini talab qiladi. Chimqirqarli plug bilan 25-27 sm chuqurlikda haydaladi. Shorlangan yerlar yuviladi va erta bahordan barona qilinadi. Ekishdan oldin maydon egatlar orqali sug‘oriladi. Tuproq yetilishi bilan kultivatorda ishlanadi, undan keyin baronalanadi va mola bosiladi. Osuv davrida 2-3 marta kultivaciyadan otkaziladi. Ekiladigan urug‘sifatida etibor beriladi. Urug;ning tozaligi 95-98 % dan oz bolmasligi, unuvchanligi 85-95 % bolishi kerak. Kunjut ken qatorlap ekiladi 60-70 sm, ekish shuqurligi 3-5 sm boladi. Bir gektarga 1.5-2.0 mln dona yoki 5-6 kg urug‘qadaladi. Kunjut sentyabr oylarining oxirlariga borib pishib yetilishadi. O‘simlik sarg‘ayib barglar tokiladi, pastki kO‘skshalari oldin yetiladi. Vaqtida hosil yig‘ilmasa, kosakchalar yorilib, urug‘tokiladi. O‘roq mashinasida yig‘ib olingan kunjut bog‘lanib, xirmonda quritiladi va 10-12 kundan keyin yanchiladi. O‘simlik pastga qaratilgan holda qoqib olinadi. Don tozalash mashinalarda tozalanadi va qopda yoki 20-30 sm balandlidagi toza yerda saqlanadi. Saqlanadigan urug‘likda namlik 9% dan kop bolmasligi lozim. [6]. Sug‘orish. Kunjut ekining suvga bolgan talabi unub chiqish, maysalash va urug‘shakllanish davrlarida yuqori boladi. O‘simlik gullari qattiq shamol bolgan davrlarda puch bolib qoladi. Sug‘oriladigan yerlarda kunjut ekiladigan bolsa ekishdan oldin yer sug‘orilishi lozim. Kunjut ekini otloqli-qumoq tuproqlarda, qora tuproqlarda yaqshi rivojlanadi. Botqoqlangan,shorlangan og‘ir loyli tuproqlarda yetishishtirish tavsiya etilmaydi. Qoraqalpog‘iston sharoitida kunjut ekinini ekish uchun yetarli darajada chayip sug‘orilgan,

begona otlar kam bolgan dalalarga ekish maqsatga muvafiq boladi. Vegetaciya davrida 2-4 marta sug‘oriladi, gullaguncha 1-2 marta suvg‘oriladi, gullash davrida 2 marta suv beriladi.. Gullagan paytida o‘simlik suvga talapshan boladi vaqtida suv berish shanglanish miqdorini oshiradi. va hosildorlikni sezilarli darajada orttiradi. Kunjut o‘simligini sug‘orish normasi gektariga 600-700 m³/ga Ekish. Kunjut otmishdosh ekinlarga juda talabchan. Uni albatta begona otlardan toza bolgan dalalarga ekish lozim. Kunjut uchin qora shudigar poliz ekinlari, dukkakli don ekinlari va beda eng yaqshi o‘tmishdosh boladi. Donli ekinlardan so‘ng dalaga mineral va organik o‘g‘itlar berib keyin kunjut ekish mumkin. Kunjutning kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish uchun kunjut ekilgan joyga almashlap ekishni sistemasi asosida ekilishi kerak. Agarda kunjutdan keyin kunjut darxol ekilsa uning kasalliklari va zararkunandalari kupayib hosildorligi kamayib ketadi. Yani yerga bir xil ekinlarning ekilishi shu tuproqta shu ekinga mos zararkunanda va kasalliklarning kopayib ketishiga sabab boladi va hosildorlikning pasayip ketishiga yol qoyiladi. Kunjut bahorda hamma sovuqlar o‘tib ketkandan keyin tuproq 18-20 ˚C harorat bolgan vaqtida ekiladi. Toshkent,Samarqand Xorazm va Qoraqalpog‘stonda kunjutni 20 maylarda janubiy viloyatlarda esa may oyining boshi va ortasida ekishi mumkin. Erta muddatda ekish turli kasalliklarni kushaytirib hosilni kamaytiradi. [4]. Og‘itlash. Kunjut yetishtirishda o‘g‘itlash tizimi ham muhim ahamiyatga ega. Mineral o‘g‘itlarning muvozanatli qo‘llanilishi o‘simliklarning vegetativ rivojlanishini tezlashtirib, fotosintez jarayonini faollashtiradi. Natijada o‘simliklarda generativ organlar – gullar va ko‘sakchalar soni ortadi hamda hosildorlik ko‘rsatkichlari yaxshilanadi. Shuningdek, tuproq unumdorligini saqlash va agroekologik muvozanatni ta’minlashda organik o‘g‘itlardan foydalanish muhim hisoblanadi. Gong, biogumus va biotorf kabi organik o‘g‘itlar tuproqning fizik-kimyoviy xossalarini yaxshilab, undagi foydali mikroorganizmlar faoliyatini oshiradi. Natijada o‘simlik ildiz tizimi yaxshi rivojlanib, oziq moddalarning o‘zlashtirilishi yaxshilanadi. Kunjut qurg‘oqchilikka chidamli ekin bo‘lib, uning kuchli ildiz tizimi tuproqning chuqur qatlamlaridan namlikni o‘zlashtirish imkonini beradi. Shu sababli bu ekin qurg‘oqchil hududlarda ham barqaror hosil berish xususiyatiga ega.Kunjut o‘simligi oziqaga talabchan hisoblanadi. 1 t urug‘yetishtirish uchun tuproqtan olnadi 80-90 kg azot, 20-25 kg fosfor, 90-100 kg kaliy. Yer haydashdan avval bir gektar yerga 10-15 t go‘ng, 60-80 kg fosfor solinadi. Bahorda ekishdan oldin gektariga 20-30 kg azot solinib, 2 marta qoshimcha oziqlandiriladi, har birida 40-50kg azot ishlatiladi.Kunjut mineral o‘g‘itlarga nisbatan juda talabchan boladi. U unumsiz yerlarda juda past hosil beradi. Shuning uchun kuzda 15-20 tonna go‘ng va 30-35 kg fosforli o‘g‘it solinadi. Azotli o‘g‘itlarni albatta bahorda qator oralarini ishlash paytida berish lozim. Birinshi oziqlantirish gullash fazasining boshida, ikkinshi oziqlantirilgan paytda tuproqda nam miqdori normal bolishi lozim. Agarda nam miqdori normal darajada bolmasa berilgan o‘g‘itlar sezilarli samara bermaydi. Azot yetishmasligi urugʻning oʻsishini sekinlashtiradi va hosildorlikni pasaytiradi. Fosfor va kaliy oʻgʻiti yetishmasligi donndagi yogʻmiqdorining kamayishiga sabab boladi. [2;3]. Kasallik va zararkunandalari: Fuzarioz so‘lish kasalliklari. Kunjut o‘simligi fuzarioz so‘lish kasalligi bilan zararlanadi. Bu kasalliklani zamburug‘chaqiradi, ular tuproqdan kunjut ildiziga o‘tadi. Avvalo kunjutning pastki barglari qo‘ng‘ir rangga kirib, sarg‘ayadi, to‘kiladi. Rivojlanishining dastlabki bosqichida kasallangan o‘simlik nobud bo‘ladi. Kunjut ko‘pincha

kasallikka urug‘hosil qilish davrida chalinadi. Bunday paytlarda undan puch urug‘lar hosil bo‘ladi. Ildiz bog‘zi kasalliklari. Poyaning pastki qismida yara hosil bo‘ladi. Bu joyi ingichkalashadi, o‘simlik sinib tushadi. Ildiz bo‘g‘zi kasalliklarini chaqiruvchi zamburug‘lar avval tuproqda yashab, keyin ildizga o‘tadi. Kassalikka qarshi kurash shoralari agrotexnik qoidalarga qatiy roya qilish lozim. Kochatlarni ostirishda tuproq harorati 18 ˚C past bolmasligi, namlik esa meyordan oshmasligi kerak. Kasallikka chalingan yoki nimjon nihollarni yagona paytida olib tashlash shart. Un shudring kasalligi. Bu kasallikni zamburug‘lar chaqiradi, Bu kasallikka chalingan kunjutning barglari unsimon g‘ubor bilan qoplanadi. Un shudring yozda-iyun oylarida namlik ko‘p bo‘lgan yillari uchraydi. Shumg‘iya-parazit begona o‘t. Shumg‘iya kunjut ildizlarida parazitlik qilib yashaydi. Ildiziga joylashib olgandan so‘ng uning shirasi bilan oziqlanadi. Kunjut ko‘sakchalar hosil qilayotgan davrda shumg‘iya ham avj bilan o‘sadi va o‘simlikni nobud qiladi. Shumg‘iya tarqalgan kunjutzor mutlaqo hosil bermaydi. [1;5]. Xulosa. Kunjut (Sesamum indicum L.) yuqori moyliligi, oziqaviy qiymati va qurg‘oqchilikka chidamliligi bilan ajralib turadigan muhim moyli ekin hisoblanadi. O‘simlikning issiqsevarligi hamda kuchli ildiz tizimi uni qurg‘oqchil hududlarda yetishtirish uchun istiqbolli ekinlardan biriga aylantiradi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, kunjutni yetishtirishda agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri tashkil etish, almashlab ekish tizimiga rioya qilish, sug‘orish me’yorlarini optimal darajada qo‘llash hamda mineral va organik o‘g‘itlardan samarali foydalanish hosildorlikni oshirishda muhim omil hisoblanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida kunjut yetishtirish suv resurslaridan samarali foydalanish hamda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini diversifikatsiya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar6 ta adabiyot

  1. X.N. Atabayeva, J.B. Xudayqulov “O‘simlikshunoslik”slik. —Тoshkent.: «Fan va texnologiya», 2018,408 bet.
  2. Urazbaev I.U. Organik dehqonchilik. O‘qiw qo‘llanma / U.L.G‘oziyev, SН.Т. Salomov. Nukus: "ilmiy va Oquv adabiyotlar nashriyoti", 2023. – 224b.
  3. O‘g‘it qo‘llash tizimi. Darslik. –Samarqand: SamDU nashriyoti, 2021. 270 bet.
  4. Yo‘ldashev K.R., Qurbonboyeva H.O., Bazarbayeva M.A. Kunjut (Sesamum indicum) o‘simligining bioekologik xususiyatlari, ahamiyati va ko‘paytirish usullari. International Conference on Interdisciplinary Science, 2024
  5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi. Kunjut va mosh ekinlari seleksiyasini rivojlantirishga qaratilgan ishlar haqida yangilik.– Toshkent, 2024. – Elektron resurs.
  6. Karlibaev S.M. Kunjut (Sesamum indicum L.) ekish muddati va mineral o‘g‘it me’yorlari. ResearchBib Journal, 2024.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011959
Nashr sanasi
2026-04-07
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.
Jild
1
Son
1
DOI
10.66073/dw8t5b35
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
263–266
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-16 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-06