QISHLOQ XO‘JALIK MAHSULOTLARINI ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGIGA TA‘SIR ETUVCHI OMILLARNI KORRELYATSION-REGRESSION TAHLIL QILISH VA EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH
Kenjayev Toshbolta AminovichDenov Tadbirkorlik va pedagogika instituti mustaqil tadqiqotchisi2026
Konferensiyalar“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.Jild 1Son 1Sahifa 277–280
Annotatsiya
Ushbu maqolada qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish samaradorligiga ta‘sir etuvchi omillarni korrelyatsion-regression tahlil qilish va ekonometrik modellashtirish natijalari yoritib berilgan.
Boshqa tillarda
ruschaКорреляционно-регрессионный анализ и эконометрическое моделирование факторов, влияющих на эффективность сельскохозяйственного производства.
В данной статье представлены результаты корреляционно-регрессионного анализа и эконометрического моделирования факторов, влияющих на эффективность сельскохозяйственного производства.
inglizchaCORRELATION-REGRESSION ANALYSIS AND ECONOMETRIC MODELING OF FACTORS AFFECTING THE EFFICIENCY OF AGRICULTURAL PRODUCTION
This article presents the results of correlation-regression analysis and econometric modeling of factors affecting the efficiency of agricultural production.
Kalit so‘zlar
- qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish
- “aqlli” qishloq xo‘jaligi
- ishlab chiqarishni avtomatlashtirish
- robotlashtirish
- avtomatlashtirilgan qaror qabul qilish tizimlari
- ekotizimlarni modellashtirish texnologiyalari
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
QISHLOQ XO‘JALIK MAHSULOTLARINI ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLARNI KORRELYATSIONREGRESSION TAHLIL QILISH VA ЕKОNОMЕTRIK MОDЕLLАSHTIRISH Kenjayev Toshbolta Aminovich, Denov Tadbirkorlik va pedagogika instituti mustaqil tadqiqotchisi kenjayevtoshbolta@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.19244074 Annotatsiya: Ushbu maqolada qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarni korrelyatsion-regression tahlil qilish va еkоnоmеtrik mоdеllаshtirish natijalari yoritib berilgan. Аннотация: В данной статье освещены результаты корреляционно-регрессионного анализа и эконометрического моделирования факторов, влияющих на эффективность сельскохозяйственного производства. Abstract: In this article, the results of correlation-regression analysis and econometric modeling of factors affecting the efficiency of agricultural production are highlighted. Qishloq xo‘jaligida biologik va oziq-ovqat xavfsizligi uchun mavjud va kelajakdagi tahdidlarga qarshi turish uchun jamiyat barqaror rivojlanish tamoyillari va chiqindisiz iqtisodiyot modeliga mos keladigan zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan yangi agrar iqtisodiyotga muhtojdir. Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish "aqlli" qishloq xo‘jaligiga o‘tishga asoslangan. "Aqlli" qishloq xo‘jaligi - ishlab chiqarishni integratsiyalashgan avtomatlashtirish va robotlashtirish, qarorlarni qabul qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari, zamonaviy ekotizimni modellashtirish va dizayn texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan qishloq xo‘jaligi hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligini intellektuallashtirish, bir tomondan, tashqi resurslardan (agrokimyoviy, noorganik o‘g'itlar, yoqilg'i va boshqalar) haddan tashqari foydalanishni qisqartirishga, ikkinchi tomondan, mahalliy ishlab chiqarish omillaridan (organik o‘g‘it, bioyoqilg‘i, qayta tiklanadigan energiya manbalari va boshqalar) maksimal darajada foydalanishga imkon beradi [1]. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlariga ko‘plab omillar ta’sir ko‘rsatadi va ularni ma’lum xususiyatlarga ko‘ra tasniflash mumkin. Bunda iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy omillar qishloq xo‘jaligining joriy holati va rivojlanish darajasiga qarab turli ta’sirlarga ega bo‘ladi. Ko‘plab xorijiy va mahalliy tadqiqotlarda omillar global, mintaqaviy va milliy darajalarda o‘rganilganligi kuzatiladi. Qator tadqiqotlarda qishloq xo‘jaligining ilmiy tahlili natijasida asosiy omillar tizimlashtirilgan va guruhlangan. Bunda asosiy e’tibor omillarning soha rivojlanishini ta’minlashdagi ahamiyatiga qaratilgan. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishning taraqqiyoti darajasidan kelib chiqib, barcha tadqiqot ishlarida umumiylik katta ulushni tashkil etadi. Bu tabiiy omillar, davlatning rag‘batlantirishi omili, ilmiy-texnik jarayonlar, raqobatbardoshlik va narx omillari birlamchi omillar sifatida keltirilgan [2]. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir etuvchi omillar sonining aniq chegarasi mavjud emas. Ba’zi omillar ta’siri ahamiyatsiz bo‘lishi yoki ta’sir darajasini
aniqlash asoslari mavjud bo‘lmasligi, soha rivoji uchun barcha omillarni qamrab olish imkoniyatini kamaytiradi. Shunday bo‘lsada, omillarni atroflicha o‘rganmaslik, aslida ta’sir darajasi yuqori biror bir omilning ahamiyatsiz yoki asossiz omillar intervaliga tushib qolishiga sabab bo‘ladi. O‘tkazilgan korrelyatsion-regression tahlillar natijasida qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish samaradorligiga sezilarli ta’sir etuvchi asosiy omillarni ajratib olib, ko‘p omilli korrelyatsion-regression tahlillarni quyidagicha davom ettirdik. Xususan, Surхоndаryо vilоyаti qishloq xo‘jalik mаhsulоtlаri ishlаb chiqаrish hаjmi (Y)ga ta’sir qiluvchi asosiy omillarni aniqlash va ularning elastikligini baholash maqsadida, ekin maydoni (X1), kapital investitsiyalar (X2), mineral o‘g‘itlar (X3), ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi (X4) omillari tanlab olindi (1-jadval). 1-jadval Yillar (Y) Qishloq (X1) jami (X2) (X3) (X4) xizmatlar xo‘jaligi ekin Investitsiyalar Mineral hajmi mahsuloti, maydoni (mlrd so'm) o‘g‘itlar (mlrd.so‘m) mlrd. so`m (ming ga.) (tonna) 2010 2286,8 272,3 568,2 92216 625,7 2011 4099,6 280,1 802,9 68653 1085,3 2012 4825,7 280,4 980,3 65824 1410,8 2013 5411,0 283,2 1371,0 59284 1958,9 2014 6116,9 283,2 1209,5 65506 2307,8 2015 6802,0 283,2 1383,4 65606 3067,8 2016 7377,6 285,1 2144,2 66675 3845,5 2017 8106,2 286,4 3163,6 67463 4185,2 2018 8932,5 285,7 7240,6 64000 6173,2 2019 10384,6 284,9 10569,4 64000 8233,4 2020 12355,4 283,5 11068,9 64000 10238,4 2021 26755,7 244,1 18307,4 64150 12383,4 2022 26755,7 244,1 18307,4 64150 12383,4 2023 32234,8 244,1 18307,4 64150 28381,8 2024 35234,1 242,6 16593,1 55467 28381,8 Ma’lumotlardagi o‘zgaruvchilar faqat musbat qiymatlardan iborat bo‘lganligi va modelning boshqa mos afzalliklari sababli Log-log modelidan foydalanildi. Log–log regressiya modeli — bu regressiya turlaridan biri bo‘lib, unda ham bog‘liq o‘zgaruvchi (Y), ham mustaqil o‘zgaruvchi (X) logarifmik shaklga o‘tkaziladi. Model quyidagicha yoziladi: 𝑙𝑛(𝑌𝑡 ) = 𝛽0 + 𝛽1 ⋅ 𝑙𝑛(𝑋1𝑡 ) + 𝛽2 ⋅ 𝑙𝑛(𝑋2𝑡 ) + 𝛽3 ⋅ 𝑙𝑛(𝑋3𝑡 ) + 𝛽4 ⋅ 𝑙𝑛(𝑋4𝑡 ) + 𝜀𝑡 Exsel va Gretl dasturlash muhitidan foydalanib quyidagi model tenglamasi (elastiklik asosida)ni hosil qilamiz: 𝑙𝑛(𝑌𝑡 ) = 38,09 − 3,68 ⋅ 𝑙𝑛(𝑋1𝑡 ) + 0,086 ⋅ 𝑙𝑛(𝑋2𝑡 ) − 1,11 ⋅ 𝑙𝑛(𝑋3𝑡 ) + 0,386 ⋅ 𝑙𝑛(𝑋4𝑡 ) 𝑌𝑡 = 𝑒 38,09 ⋅ 𝑋1−3,68 𝑡 ⋅ 𝑋20,086 𝑡 ⋅ 𝑋3−1,11 𝑡 ⋅ 𝑋40,386 𝑡 Qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir etuvchi omillarga oid statistik ma’lumotlarning korrelyatsion-regression tahlillari natijasida qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish samaradorligiga sezilarli ta’sir etuvchi asosiy omillarni ajratib olinib, Exsel va Gretl dasturlash muhitidan foydalanib, ko‘p omilli korrelyatsion-regression
tahlillar natijasida quyidagi qishloq xo‘jalik mаhsulоtlаri ishlаb chiqаrish hаjmiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar Log-log modeli tenglamasi tuzildi: 𝑙𝑛(𝑌𝑡 ) = 38,09 − 3,68 ⋅ 𝑙𝑛(𝑋1𝑡 ) + 0,086 ⋅ 𝑙𝑛(𝑋2𝑡 ) − 1,11 ⋅ 𝑙𝑛(𝑋3𝑡 ) + 0,386 ⋅ 𝑙𝑛(𝑋4𝑡 ) 𝑌𝑡 = 𝑒 38,09 ⋅ 𝑋1−3,68 𝑡 ⋅ 𝑋20,086 𝑡 ⋅ 𝑋3−1,11 𝑡 ⋅ 𝑋40,386 𝑡 Tuzilgan model asosida quyidagi xulosa va tavsiyalar berildi: - model juda kuchli (R² = 0.990), omillar statistik jihatdan ahamiyatli; - ekin maydoni va o‘g‘itlar bo‘yicha sifat ko‘rsatkichlarini kiritish tavsiya etiladi; - investitsiya va xizmatlar hajmi strategik drayverlar sifatida qo‘llab-quvvatlanishi zarur; - kelgusi tahlillar uchun sho‘rlanish, hosildorlik, texnologik daraja kabi qo‘shimcha omillarni kiritish modelni yanada chuqurlashtiradi. Qishloq xo‘jalik mahsulоtlаri ishlаb chiqаrish hаjmining kеlgusidаgi prоgnоz qiymаtlаrini аniqlаsh uchun hаr bir tа’sir еtuvchi оmillаrning vаqtgа nisbаtаn о‘zgаrish qоnuniyаtini ifоdаlоvchi trеnd mоdеli tuzildi: 𝑌𝑡 = 3,1 ⋅ 1016 ⋅ 𝑋1−3,68 𝑡 ⋅ 𝑋20,086 𝑡 ⋅ 𝑋3−1,11 𝑡 ⋅ 𝑋40,386 𝑡
Tuzilgan trеnd mоdеli asosida: - qishloq xo‘jalik mahsulоtlаri ishlаb chiqаrish samaradorligiga tа’sir еtuvchi оmillаrning 2025–2028 yillar uchun prognozi (1-jadval); - qishloq xo‘jalik mahsulоtlаri ishlаb chiqаrish samaradorligi o‘sish dinamikasi 2025–2028 yillar uchun prognoz (2-jadval) jadvallari ishlab chiqldi. 2-jаdvаl Qishloq xo‘jalik mahsulоtlаri ishlаb chiqаrish samaradorligiga tа’sir еtuvchi оmillаrning 2025–2028 yillar uchun prognoz jadvali Yillar Jami ekin maydoni Investitsiyalar Mineral Xizmatlar hajmi (ming ga.) (X1) (mlrd so'm) o‘g‘itlar (tonna) (mlrd.so‘m) (X2) (X3) (X4) 2025 240,0 17000 58000 30000 2026 238,0 17500 60000 32000 2027 236,0 18000 62000 34000 2028 234,0 18500 64000 36000 3-jаdvаl Qishloq xo‘jalik mahsulоtlаri ishlаb chiqаrish samaradorligi o‘sish dinamikasi 2025–2028 yillar uchun prognoz jadvali Yillar Pessimistik Optimistik Yillik o‘sish Dinamik ssenariy ssenariy ssenariy (%) Mahsulot hajmi (mlrd. so‘m) 2025 36 301,0 38 212,6 40 123,2 +8,4% 2026 38 948,4 40 998,3 43 048,2 +7,3% 2027 41 504,6 43 689,1 45 873,6 +6,6% 2028 43 982,5 46 297,4 48 612,3 +6,0% O‘sish sur’ati barqaror pasayuvchi tendensiyada, bu xizmatlar va investitsiyalarning o‘sish tezligi ekin maydoni va o‘g‘itdagi salbiy elastiklikni to‘liq qoplamayotganini ko‘rsatadi. Olingan natijalar chuqur tahlil qilinib, quyidagi xulosa va tavsiyalar berildi:
ekin maydonini sifat bo‘yicha optimallashtirish; - kapital investitsiyalarni texnologik modernizatsiyaga yo‘naltirish; - mineral o‘g‘itlarni qo‘llashda sifat nazoratini kuchaytirish va agrotexnik balansga muntazam amal qilish; - raqamli agroservis, logistika, bilim xizmatlarini kengaytirish; - har bir omil bo‘yicha samaradorlikni baholovchi indikatorlar joriy etish.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar2 ta adabiyot
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi agrosanoat majmui va qishloq xo‘jaligida raqamlashtirish tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 17-dekabrdagi 794-son qarori.
- Малышева Н. В. Факторы, влияющие на развитие сельского хозяйства с учетом особенностей деятельности сельхозтоваропроизводителей/ Научное обозрение. Экономические науки. 2014. № 2 С. 25-26. https://s.science-economy.ru/pdf/2014/2/231.pdf
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011962
- Nashr sanasi
- 2026-04-07
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.
- Jild
- 1
- Son
- 1
- DOI
- 10.66073/5apqa718
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 277–280
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-06